Ishlanmalari
Bolalar bilimini mustahkamalsh va tekshirish uchun savollar
Download 156.34 Kb.
|
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan natijalar
- Faoliyatning borishi
- Hafta kunlari va biz”
Bolalar bilimini mustahkamalsh va tekshirish uchun savollar:
1. Bugun qaysi o’yinlarni o’ynadik? 2. O’ng va chap, orqa va oldinni bilasizmi? Ko’rsatib aytib bering. Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish. Vaqt haqida tasavvur Mavzu: Hafta kunlarining nomlarini bilish va ketma-ket kelishi haqidagi bilimlarni mustahkamlash Maqsad: Bolalarning hafta kunlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Kutilayotgan natijalar: Bolalar hafta kunlarining nomlarini bilib oladilar. Hafta kunlarining ketma-ketligini to’g’ri aytishni o’rganadilar. Kerakli jihozlar: 1-7 gacha raqamlar yozilgan medalionlar. Yulduzchalar. Konvertlar. Faoliyatning borishi:Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, sizlar “Hafta kunlari” deb juda ko’p eshitgansizlar. Hafta kunlari so’zini eshitib qaysi ertak yodingizga tushdi? Hafta kunlari deganda balki “Oppog’oy va etti gnom ertagi” esingizga tushgandir. Kelinglar, bolajonlar, hozir sizlar bilan “Hafta kunlari va biz” mavzusida musobaqa uyushtiramiz. Buning uchun kichik jamoalarga bo’linib olamiz. Jamoalarga bo’linish uchun hafta kunlarini navbat bilan aytib chiqamiz. Har bir kishi qaysi kunni aytganini eslab qolsin. Men «Dushanba» deganlarga 1 raqamli, «Seshanba» deganlarga 2, «Chorshanba» deganlarga 3, «Payshanba» deganlarga 4, «Juma» deganlarga 5, «Shanba» deganlarga 6, «Yakshanba» deganlarga 7 raqamli medalionlarni berib chiqaman. Ular medalionlarni taqib- «Dushanba» deganlar-1 raqami turgan stolga, «seshanba»-2 raqami turgan stolga, «chorshanba»-3 raqami turgan stolga, «payshanba»-4 raqami turgan stolga, «juma»-5 raqami turgan stolga, «shanba»-6 raqami turgan stolga, «yakshanba» deganlar-7 raqami turgan stolga borib o’tiradilar. Bolajonlar, nechta jamoaga bo’lindik? (Bolalarning javoblari) Musobaqamiz 3 bosqichdan iborat bo’ladi. 1-bosqich 1-bosqichda sizlarga savollar beraman. Savollarga javob berganlarga yulduzcha beriladi va qaysi jamoa ko’proq yulduzcha to’plasa shu jamoa g’olib bo’ladi. Diqqat bilan eshiting va savollarga javob bering: 1. Bir haftada necha kun bor? 3. Barcha dam oladigan kun? 4. Dushanbadan keyingi kun? 5. Haftaning uchinchi kuni - 6. Bolajonlar, sizlar qaysi kunlari dam olasizlar? 7. Haftaning beshinchi kunini ayting. 8. Chorshanbadan keyingi kun? 9. Seshanba kunidan oldingi kunni ayting. 10. Payshanbadan keyingi kunni ayting. Javoblar: 1. 7 kun. 2. Dushanba. 3. Yakshanba. 4. Seshanba. 5. Chorshanba. 6. Shanba, yakshanba. 7. Juma. 8. Payshanba. 9. Dushanba. 10. Juma. 2-bosqich Har bir jamoa o’z kunida nima ishlar qilishi haqida rasmli hikoya chizadilar. Hamda hikoyani so’zlab beradilar. Bu hikoyada shu kunning nomi kamida 5 marta aytilishi shart. 3-bosqich Jamoalar oldindan tayyorlangan konvertlardan birini tanlaydilar. Konvertlarda vaqt haqida she’r aytish yoki topishmoqni topish shartlaridan biri bo’ladi. Musobaqa yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish. Download 156.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling