Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet53/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Bolalar uchun amaliy ish.

Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlarga turli qalinlikdagi va kattalikdagi kitoblar chizilgan rasmlarni tarqataman. Siz ularni o’zingiz xohlagan rangga bo’yaysiz va qaysi kitobni qanday rangga bo’yaganingizni aytasiz. Masalan: Men qalin va katta kitobni ko’k rangga bo’yadim. Yupqa va kichik kitobni sariq rangga bo’yadim.

Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Sehrli qopcha”.
Bolalar doira bo’lib turadilar, tarbiyachi doira o’rtasida turadi, tarbiyachining qo’lida “Sehrli qopcha”, qopchada turli qalinlikda va uzunlikdagi matolar, qalamlar bo’ladi. Bolalar bittadan kelib qopchadan bir narsani ushlab uning nimaligini va qandayligini aytadilar, hamda qopchadan chiqarab rangini ham aytadilar. Bolalar to’g’ri topgan buyumlar olib qo’yiladi.

Bolalar bilimini oshirish va tekshirish uchun savollar:


1. Kitobning varaqlari ko’p bo’lsa u qalin bo’ladimi yoki yupqami?
2. Qalamning uzunligi uning rangiga bog’liqmi yoki bo’yigami?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.

Fazoviy tasavvur

Mavzu: Fazoda boshqa odamga, boshqa buyumlarga nisbatan mo’ljal olishni o’rgatish

Maqsad:
  • Bolalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish.




Kutilayotgan natijalar:


Kerakli jihozlar:
  • Velosiped.


  • Qo’ng’iroqcha.





Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar o’ng-chap, orqa-oldin, yonida-uzoqda kabi tushunchalarni juda yaxshi tushunasizlar. Hozir sizlar bilan turli o’yin-topshiriqlarni bajaramiz va bilimlaringizni sinovdan o’tkazamiz.
O’ngda-chapda, oldinda-orqada” o’yini.
Bu o’yin orqali bolalar boshqa odamlarga nisbatan mo’ljal olishni o’rganadilar. Bolalar doira bo’lib turadilar. Tarbiyachi ham ular qatorida turadi.


Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling