Miqdor (Kattalik)
Mavzu: 20 gacha bo’lgan narsalarni o’lchamiga ko’ra joylashtirishni mashq qildirish
Maqsad:
Bolalarning miqdor, kattalik to’g’risidagi tushunchalarini rivojlantirish.
Kutilayotgan natijalar:
Kerakli jihozlar:
Turli rangdagi va uzunlikdagi lentalar.
Qizil, sariq, yashil, ko’k rangdagi lentalar va sharlar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, mana bu turli xil rangdagi va uzunlikdagi lentalar bilan xonani bezatamiz.
1,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13,14,15,16, 17,18,19,20.
Qaysi lentani qaerga taqishni aniqlash uchun ularning uzunligini o’lchab ko’ramiz. Buning uchun oldin ularni bir-birining ustiga qo’yib o’lchaymiz va lentalarni eng uzunidan eng kaltasigacha terib chiqamiz. Terilgan lentalar tagiga raqamlarni sanab qo’yib chiqamiz. Bolajonlar biz nechta lentani terib chiqdik? Bolalar bilan birgalikda sanab chiqiladi:
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20. Lentalarni sanab bo’lganlaridan so’ng raqamlab chiqadilar.
Lentalar raqamlab bo’lingandan keyin tarbiyachi bolalardan so’raydi:
-Birinchi lentaning rangi qanday?
-5-lenta qanday rangda?
-10-lenta qanday rangda?
-18-lenta qanday rangda?
-20-lenta qanday rangda?
-...
Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalar 4 xil -qizil, sariq, yashil, ko’k rangdagi lentalar yordamida kichik jamoalarga bo’linadilar. Qizil lentali bolalar qizil stolga, sariq lentali bolalar sariq stolga, yashil lentali bolalar yashil stolga, ko’k lentali bolalar ko’k stolga borib o’tiradilar. Har bir jamoaga 20 tadan ko’p shar va lentalar beriladi.
1-topshiriq.
Bolajonlar, endi sizlar oldingizdagi lentalar ichidan uzun-kaltalarini 20 gacha sanab terib chiqing. Ularning rangiga etibor bering.
2-topshiriq.
3-topshiriq.
Bolalar o’z burchaklarini bezatib bo’lganlaridan so’ng nima uchun shunday bezatganliklarini izohlab beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |