Tarbiyachi: Hozir topishmoq aytaman, kim topsa, birinchi topshirig’imni bajaradi:
Boshi taroq,
Dumi o’roq. Bu nima?
Ulug’bek: Bu xo’roz.
Tarbiyachi: Juda to’g’ri. Ulug’bek, hozir siz xo’rozning niqobini topishingiz va niqobni kiyib xo’roz bo’lib qichqirishingiz kerak. Buning uchun men aytgan yo’nalishlarda harakat qilasiz.
Ulug’bek, eshik yoniga borib turing, o’ngga 3 qadam yuring, chapga 4 qadam, orqaga burilib 5 qadam yuring, o’ngga 2 qadam yursangiz niqobni topasiz. Niqobni taqib xo’roz bo’lib qichqiring.
Ulug’bek: Qu-qure-quuu
Tarbiyachi: Barakalla, Ulug’bek! Topshiriqni a’lo darajada bajarganingiz uchun hammamiz birgalikda olqishlaymiz. (Bolalar qarsak chaladilar)
Tarbiyachi: Keyingi topishmog’imni diqqat bilan eshitinglar va topinglar:
Kichkinagina qumg’on,
O’tirib ko’zini yumg’on. Bu nima?
Kamoljon: Bu mushuk.
Tarbiyachi: To’g’ri, Kamoljon, siz hozir mushukning niqobini topishingiz va niqobni taqib mushuk bo’lib miyovlashingiz kerak. Buning uchun men aytgan yo’nalishlarda to’g’ri harakat qilishingiz kerak. Deraza yoniga borib turing. O’ngga 5 qadam yuring, chapga 3 qadam, orqaga 2 qadam yursangiz niqobni topasiz.
Kamoljon: Miyov-miyov, miyov-miyov.
Tarbiyachi: Barakalla, Kamoljon! Topshiriqni a’lo darajada bajarganingiz uchun hammamiz birgalikda olqishlaymiz. (Bolalar qarsak chaladilar)
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi 3-topishmog’imni eshitinglar:
Ketaveradi, ketaveradi,
Savatdek erni oladi. Topishmoqning javobini ayting.
Jamolbek: Bu kuchukcha.
Tarbiyachi: To’g’ri, Jamolbek, siz hozir kuchukchaning niqobini topishingiz va niqobni taqib kuchuk bo’lib vovullashingiz kerak. Buning uchun men aytgan yo’nalishlarda to’g’ri harakat qilishingiz kerak. Mening stolim yoniga kelib turing. Oldinga 4 qadam yuring, chapga 3 qadam, o’ngga 5 qadam yursangiz kuchukchaning niqobini topasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |