Ishlanmalari


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 156.34 Kb.
bet63/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Labirint so’zining ma’nosini ayting.
2. Labirintlarning echimini topishda qiynalmadingizmi?
3. Labirintlarning echimini izlash qiziqarli ekanmi?

Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.


Son va sanoq

Mavzu: Arifmetik masala tuzilishi bilan tanishtirish
Maqsad:
  • Bolalarni arifmetik masala tuzilishi bilan tanishtirish va masalani echish yo’llarini o’rgatish.




Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalar masalaning shartini tuzishni va savol qo’yishni o’rganadilar.


  • Bolalarda mustaqil holda turli mavzularda to’g’ri masala tuzish va echish ko’nikmasi hosil bo’ladi.




Kerakli jihozlar:
  • 3 ta ayiqcha.


  • 4 ta jo’ja.


  • Qalamlar.


  • Rasmlar (bo’yi 12 sm, eni 20 sm).




Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, Sizlar bilan turli sodda hisoblashlarni amalga oshirishni o’rganib olganmiz, to’g’rimi? Bugun masala tuzishni va echishni o’rganamiz.
Kamoljon, siz shkafdan 2 ta ayiqchani olib keling va stolga qo’ying. Jamolbek, siz 1 ta ayiqcha olib keling.
1. Stoldagi ayiqchalar Kamoljon olib kelgan ayiqchalardan ko’pmi,
kammi?

2. Jamolbek olib kelgan ayiqcha stoldagi ayiqchalardan ko’pmi?


3. Bolajonlar, Kamoljon nechta ayiqcha olib keldi?
4. Jamolbek nechta ayiqcha olib keldi?
Bolajonlar, Kamol 2 ta, Jamolbek 1 ta ayiqcha olib keldi. Kamol bilan Jamolbek birgalikda nechta ayiqcha olib keldilar?
Bolalar Jamolbek 1 ta ayiqcha olib kelganini, hamma ayiqchalar 3 ta, 3 birdan katta ekanligini tushuntiradilar.
Tarbiyachi: Men masala tuzdim, siz uni echdingiz. Men masalani bunday tuzdim: Kamoljon qancha, Jamolbek qancha ayiqcha keltirganini so’zlab berdim, keyin Kamoljon bilan Jamolbek birgalikda nechta ayiqcha keltirganini so’radim. Siz savolga to’g’ri javob berdingiz, masalani to’g’ri echdingiz.

Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling