Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar mana bunday o’yinlarni o’ynaganmisiz? (Turli labirintlar ko’rsatiladi). Bu o’yinlar qanday nomlanadi? Bu o’yinlar labirint deyiladi. “Labirint” so’zi bolajonlar, yunonchadan olingan bo’lib “xonalari behad ko’p, yo’laklari odamni adashtiruvchi ulkan bino” degan ma’noni bildiradi.
Labirintda topshiriq, aniq bo’lgan manzilning boshi va oxiri, chalkash yo’llar ko’p bo’ladi. Topshiriq asosida manzilning boshidan, chalkash yo’llar ichidan eng qulayini topib oxirgi manzilga etib borish kerak.
Hozir sizlar bilan labirintlarning chalkash yo’llaridan to’g’risini topishni o’rganamiz.
Bolajonlar, mana bu labirintda shunday topshiriq berilgan: Momiqvoy nomli mushukning suti labirintning o’rtasida ekan. Momiqvoyga sutiga etib olishga yordam bering. Biz Momiqvoy turgan joydan sutgacha bo’lgan barcha yo’llarni ko’rib chiqamiz va eng to’g’ri yo’lni topamiz. Buning uchun qo’limizga qalam olib, yo’llarda yurgan izimizni chizib chiqamiz. Har bir yo’limiz ajralib turishi uchun, turli rangdagi qalamlardan foydalanamiz. Bolajonlar qanday rangdagi qalamlar yordamida chizib chiqishni xohlaysizlar?
Birinchi urinish uchun qaysi rangdagi qalamni tanlaymiz?
Ikkinchi urinish uchun qaysi rangdagi qalamdan foydalanamiz?
Uchinchi urinish uchun qaysi rangdagi qalamni ishlatamiz?
To’rtinchi urinish uchun qaysi rangdagi qalamni ishlatamiz? ...
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Labirintda to’g’ri yo’lni topamiz”
Polga labirint chiziladi, labirintning nechta yo’li bo’lsa, bolalar navbat bilan shu yo’llardan yurib eng oson yo’lni topadilar. O’yin oxirida tarbiyachi bolalardan eng oson yo’lni ko’rsatishni so’raydi. Barcha bolalar o’z fikrini bildiradi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Hamma bolalarga bir xil mavzudagi labirintlar beriladi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, hammaga bir xil labirint berildi. Bu labirintning eng to’g’ri yo’lini nechta urinishda topasiz? Shuni aniqlash uchun 1-urinishni qizil rangda chizib chiqing, 2-urinishni sariq rangda chizing, 3- urinishni ko’k rangda chizing, 4-urinishni yashil rangda chizing, 5-urinishni binafsha rangda chizing.
Bolalar chizib bo’lganlaridan keyin yonidagi o’rtog’ining bajargan ishini ko’rib chiqadilar va nechanchi urinishda to’g’ri yo’lni topganini aniqlab, tegishli joyga belgilab qo’yadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |