Ishlanmalari


Bolalar bilimini mustahkamlash uchun savollar


Download 156.34 Kb.
bet59/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Bolalar bilimini mustahkamlash uchun savollar:
1. Bolajonlar, sizga topshiriqlardan qaysi biri yoqdi?
2. Eng katta shishirilgan shar qanday rangda?
3. Eng kichkina shishirilgan shar qanday rangda?

Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.



Fazoviy tasavvur
Mavzu: Harakat davomida, yurib ketayotganda yo’nalishni o’zgartirish

Maqsad:
  • Bolalarga harakat davomida yo’nalishni o’zgartirishni o’rgatish.




Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalarda yurib ketayotganida, harakat davomida yo’nalishni o’zgartirish ko’nikmasi shakllanadi.


  • Bolalarning fazoviy tasavvurlari mustahkamlanadi.




Kerakli jihozlar:
  • Fazoda mo’ljal olish bo’yicha mashq bajarish uchun shartli. belgili kartochkalar (bo’yi 10 sm, eni 15 sm).


  • Xo’roz, mushuk, kuchukcha niqoblari.





Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan o’ng-chap, orqa-oldin, yuqorida-pastda haqida juda ko’p gaplashganmiz. Bugun xuddi shu tomonlarni harakat davomida aniqlab, aytilgan topshiriq bo’yicha yo’nalishni o’zgartirishni o’rganamiz. Buning uchun avvalo tomonlar to’g’risidagi sevimli o’yinimizni o’ynab mashq qilib olamiz.

Bolalar uchun amaliy ish.

Fazoda mo’ljal olish bo’yicha mashq.
Bu mashqda piktogramma usulida tomonlar shartli belgilar bilan belgilab olinadi va musiqa ostida ko’rsatilgan belgi bo’yicha harakat qilinadi. Qaysi belgida qanday harakatni bajarish oldindan o’rgatiladi.
- Oldinga - Chapga

- Orqaga - Sakrash



- O’ngga -Joyida aylanish.
Oldinga belgisi ko’rsatilganda oldinga 1 qadam, orqaga belgisi ko’rsatilganda orqaga 1 qadam yuriladi. Chapga, o’ngga belgisiga 1 qadam chapga va o’ngga yuradilar. Sakrash belgisida 3-4 marta sakraydilar, doira ko’rsatilganda turgan joyida 1 aylanib oladilar. Bu harakatlar bir necha marta takrorlanadi.


Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling