Bolalar javobi: Bir xil balandlikda.
Tarbiyachi: Ranglari-chi? Endi uyimiz yoniga daraxt ekamiz. Daraxt tanasini yashil tayoqchadan yasaymiz. Shoxlari esa 2 ta yashil tayoqchadan iborat bo’ladi. Daraxt tanasi uchun nechta tayoqcha kerak bo’ladi? Shoxlar uchun-chi? Ular qanday rangda?
Qo’g’irchoqlar bir-birinikiga mehmonga borganda qaerdan yurar ekan? Demak, yo’lakchalar kerak ekan. Uylar orasiga yo’lakchalar quramiz. Faqat hamma yo’lakchalar bir xil rangda bo’lsin.
Ana endi, barcha qo’g’irchoqlar bunday chiroyli uylarda maza qilib yashaydi va bir-birinikiga mehmonga boradilar. Endi turib, bir-birimizning ishlarimizni ko’rib chiqamiz.
(Faoliyat davomida bolalar harakatiga yordam ko’rsatiladi).
Bolalar bilimini oshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Uyning devoriga va tomiga nechta tayoqcha ishlatdik?
2. Uyning devori qanday shaklda?
3. Uyning tomi qanday shaklda?
4. Deraza, eshik va mo’riga nechta tayoqcha ishlatdik?
5. Deraza qanday shaklda?
6. Eshik va mo’ri qanday shaklda?
7. Zinani nechta tayoqchadan yasadik?
8. Derazani qanday rangdagi tayoqchadan yasadik?
Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.
Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Narsalarni bo’lish usuli bilan 2 ta teng qismga bo’lishni o’rgatish
Maqsad:
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar shakllarni teng 2 qismga bo’lishni o’rganadilar.
Bolalar butun va qismni farqlashni bilib oladilar.
Bolalar butun va qism so’zlarini nutqda to’g’ri ishlatishni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Har bir bolaga 2 tadan kvadrat shaklidagi qog’oz varag’i (o’lchami: bo’yi 8 sm, eni 8 sm) va qaychi.
Har bir bolaga 2 tadan doira shaklidagi rangli qog’oz (diametri 8 sm).
“Domino” o’yini uchun kartochkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |