Ishlanmalari


Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o’yin: “Teskari sanoq”


Download 156.34 Kb.
bet14/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o’yin: “Teskari sanoq”.

Bolalar doira bo’lib turadilar. Ular navbatma-navbat sonlarni teskari tartibda aytishlari kerak. Birinchi o’yinchi masalan “10” raqamini aytganda, ikkinchisi-“9”, uchinchisi-8 va boshqa bolalar ham shu tariqa “1” gacha davom ettirishadi. O’yin shu tariqa davom etadi. 10 dan-1 gacha 5-6 marta (bundan ko’proq) sanab o’rganishlari mumkin.

Bu o’yinda barcha bolalar ishtirok etadilar. Bolalar tarbiyachi bilan birga bir vaqtning o’zida oddiy yo’l bilan 10 dan-1 gacha teskari sanashni o’rganib oladilar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

1. 10 sonidan oldin qaysi son joylashgan?

2. Barmoqlaringiz nechta?

3. 10 dan 1 gacha teskari sanashda barmoqlaringizdan foydalana olasizmi? Sanab bering.

4. 5 sonidan oldin qaysi son joylashgan?

5. 9 sonidan oldingi va keyingi sonni ayting.


Faoliyat oxirida barcha bolalarni rag’batlantirish.

Geometrik shakllar
Mavzu: Tayoqchalardan turli shakllar hosil qilishni o’rgatishni davom ettirish
Maqsad:
  • Bolalarning geometrik shakllar (uchburchak, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak), uzunlik (eng uzun, kaltaroq, eng kalta), sanoq (10 ichida) haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash.





Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalarda sanoq, geometrik shakllar va miqdor (kattalik) haqidagi tasavvurlar mustahkamlanadi.


  • Maxsus mashqlar yordamida bolalarning fazoviy tasavvurlari (chaproq, o’ng tomonda, pastda, yuqorida, o’rtasida) mustahkamlanadi.


  • Bolalar tayoqchalarning ranglarini aniqlash va farqlash ko’nikmasini egallaydilar.





Kerakli jihozlar:
  • Turli hajmdagi rangli tayoqchalar to’plami.


  • Har bir bola uchun bittadan qo’g’irchoq.






Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling