Kerakli jihozlar:
Sanoq cho’plari 10 ta.
Amaliy ish uchun rasm (bo’yi 25 sm, eni 20 sm), qalam.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, hammamiz qo’llarimizda nechta barmoqlar borligini bilamiz-a. Nechta? Kelinglar, yana bir sanab ko’ramiz: 1, 2, 3, 4, 5, 6,7, 8, 9, 10. Barmoqlarimiz 10 ta ekan. Endi 10 ta sanoq cho’plarini sanab qo’yib chiqamiz. Bu sanashimiz to’g’ri sanash deyiladi. Sonlarni 10 dan boshlab 1 gacha ham sanash mumkin. Bunday sanash teskari sanash deyiladi. Sanoq cho’plarini 10 dan 1 gacha teskari sanab chiqamiz. 10, 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1.
Bolalar to’g’ri sanashni o’rganib olgansizlar, to’g’rimi? Teskari sanashni ham o’rganib olish mumkin. Raqamlar yordamida ham teskari sanoqni o’rganish mumkin:
10, 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1.
Kelinglar, endi barmoqlarimiz yordamida teskari sanashni o’rganamiz. (Bolalar bilan barmoqlar yordamida teskari sanash mashq qilinadi, bir necha marta).
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, ushbu rasmda qanday shakllar tasvirlangan? Rasmlarda nechta kubik, doira, kvadrat, uchburchak va to’rtburchak tasvirlangan bo’lsa, kvadratlarning ichiga shuncha nuqta qo’yinglar.
Do'stlaringiz bilan baham: |