Kutilayotgan natijalar:
Bolalar fazodagi o’zining va atrofidagi narsalarning joylashishini to’g’ri aniqlashni o’rganadilar.
Bolalar o’ngda, chapda, oldinda, orqada so’zlarini nutqda to’g’ri ifodalashni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Turli o’yinchoqlar. Yulduzchalar.
Varraklar tasvirlangan tugallanmagan rasmlar (qog’oz o’lchami bo’yi 8 sm, eni 15 sm).
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan oldin ham o’ng-chap, yuqori-past, oldin-orqa, uzoq-yaqin haqida gaplashganmiz. Bugun sizlarning bilimlaringiz qanchaligini bilib olamiz. Mening stolimga turli o’yinchoqlar qo’yilgan-kuchukcha, mushuk, sigir, buzoqcha, qo’y, qo’zichoq, echki, quyon, ot, toychoq. Bolajonlar, kelib stol ustidagi hayvonlarga yaxshilab e’tibor bering va savollarga javob bering:
-Sigirning yonida nima turibdi?
-Mushukdan chapda nima turibdi?
-Qo’yning o’ng tomonida nima turibdi?
-Mushukning yonida qaysi hayvon turibdi?
-Mushukdan uzoqda qaysi hayvon turibdi?...
Tarbiyachi o’yinchoqlarni bir-birining orqasida turadigan qilib aralashtirib qo’yadi va so’raydi:
-Qaysi hayvon birinchi ketmoqda?
-Sigir qaysi hayvondan keyin ketmoqda?
-Qo’ydan oldin qaysi hayvon ketayapti?...
Bolalar teskari qarab turadilar. Tarbiyachi o’yinchoqlardan birini olib qo’yadi va qaysi o’yinchoqning oldidagi hayvon olinganini aytishni so’raydi:
-Bolajonlar, qaysi hayvonning oldidagi hayvonni olib qo’ydim?
-Bolajonlar, qaysi hayvondan keyingi hayvonni olib qo’ydim?
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, bular siz sevib o’ynaydigan varraklardir. Varraklar nechta? Varraklarning o’ng tomonini boshqa rangga, chap tomonini boshqa rangga bo’yang.
Birinchi varrakning “dumi”da nechta uchburchaklar bor?
Uchinchi varrakning “dumi”da uchburchaklar nechta?
Ikkinchi varrakning “dumi”da nechta uchburchak bor?
Varraklar qaysi shaklga o’xshaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |