Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, doira shaklida turing. Kvadrat shaklida turing. Uchburchak shaklida turing. Endi bolajonlar, o’tirib keyingi topshiriqni bajaramiz.
Bolajonlar, 10 ta tayoqcha donasidan kalit shaklini yasaymiz. Ushbu kalitdagi 4 ta tayoqcha donasining o’rnini o’zgartirib shunday qo’yingki, 3 ta kvadrat hosil bo’lsin. Qani bolajonlar boshladik.
Javob:
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bolajonlar, topshiriqlardan qaysi biri sizga ko’proq yoqdi?
3. 10 ta tayoqchadan yasalgan kalit shaklidan nechta tayoqchani olib 3 ta kvadrat yasadik?
4. Uycha shaklida nechta tayoqchadan foydalandik?
5. Bolajonlar, uycha tasvirida sizlar bilgan qanday shakllar bor?
Faoliyat oxirida barcha bolalarni rag’batlantirish.
Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Butunni 4 ta teng qismga bo’lishni, butun va qismni taqqoslashni o’rgatish
Maqsad:
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar butunni 4 ta teng qismga bo’lishni o’rganadilar.
Bolalar butun va qism haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Bolalar nutqda butun, qism so’zlarini tushungan holda to’g’ri ifodalay oladilar.
Kerakli jihozlar:
Bo’yi 15 sm, eni 20 smli qog’oz varag’i (har bir bolaga 2 tadan).
Turli o’lchamda geometrik shakllarning bo’laklari (turli rangda va bir xil rangda).
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, esingizda bo’lsa sizlar bilan kvadrat va doira shaklini teng 2 ta qismlarga bo’lishni o’rgangan edik. Bugun ham butun va qism haqida gaplashamiz, lekin endi butunni 4 ta teng qismga bo’lishni o’rganamiz. Hammamiz qo’limizga katta qog’oz varag’ini olamiz va uning uchlarini teng qilib, chizig’ini aniq qilib buklaymiz, keyin yana bir bor buklaymiz. Qismlar teng bo’lishi uchun tekis buklash kerak. Hamma buklab bo’ldimi? Endi qog’ozlarni ochib, nechta teng qismlar hosil bo’lganligini sanab chiqamiz. Qismlar nechta ekan?
Endi shu 4 ta qismlarni qirqib olamiz. Bitta qismni butun qog’oz ustiga qo’yib nima kattaligini aniqlaymiz. Nima katta ekan butunmi yoki bitta qismmi?
Bitta qism yoniga ikkinchi qismni ham qo’yib taqqoslab ko’ramiz. Butun varaq kattami yoki ikkita qismmi?
Ikkita qism yoniga uchinchi qismni ham qo’yamiz va yana taqqoslab ko’ramiz. Butun kattami yoki uchta qismmi?
Uchta qism yoniga to’rtinchi qismni ham qo’yamiz va taqqoslab ko’ramiz. Birlashtirilgan qismlar butunga tengmi yoki kattami?
Bolajonlar, 4 ta qismning har birini nima deb atash mumkin? Bolajonlar bu qismlarni to’rtdan bir yoki chorak deb aytishimiz mumkin. 4 dan bir deyishimizga sabab butunning mana shu 4 ta qismidan biridir. Bolajonlar, doskada 4 ta qism turibdi, ulardan birini olsam, doskada 4 dan necha qism qoladi? 4 dan 3 qism qoladi.
2 tasini olsam 4 dan necha qism qoldi? 4 dan 2 qism qoldi. Doskada qolgan 4 dan 2 qism kattami yoki mening qo’limdagimi? Doskadagi va qo’limdagi qismlar teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |