Ishsizlikni statistiko`rganish. Reja: L. Iqtisodiy faol va nofaol aholi. Mehnat resurslari
-§ . Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari
Download 28.99 Kb.
|
SHOXRUZdocx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlangan kishi-soati
3 -§ . Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari
Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tomoni hisoblanadi, ish vaqti va undan foydalanish darajasi esa uning sifat tarafmi belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish uchun ish vaqti fondlarini tarkibini o‘rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini, ishlagan ish vaqti hajmiga har xil omillar ta’sirini o'rganishni taqozo etadi. Ish vaqti statistikasi — mehnat statistikasining bir bolimi hisoblanadi. Ish vaqtini yo‘qotishni o‘rganish mehnat muammolari bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari, ijtimoiy ta ’minot bo‘limlari, kasaba uyushmalari, korxona va tashkilotlarning rahbarining doimiy e’tiborida turadi. Ish vaqti sarflangan mehnat me’yorini ifodalaydi va amaliyotda ikki ko‘rsatkich yordamida o ‘lchanadi: 1) ishlagan kishi — kuni xodimning korxona ro‘yxatida turgan va ishga kelgan kunlarini bildirib, unga ish vaqti davomida haqiqiy ishlangan va ishlanmagan soatlar kiraveradi. Ishlangan kishi-kunlariga shu korxonada o‘z xodimlari tomonidan amalda ishlangan kishi kunlari, bu korxona yo‘llanmasi bilan boshqa korxonada ishlangan kishi-kunlari, shuningdek, xizmat safarida bo'lgan xodimlarning ishlagan kunlari kiritiladi. 2) Ishlangan kishi-soati ish vaqtining aniq o ‘lchov birligi hisoblanadi, chunki uning tarkibiga tanaffus vaqtlari, kechikib kelish va vaqtli ketib qolish vaqtlari kiritilmaydi. Ish vaqtidan foydalanish darajasini bilish uchun statistika quyidagi ko'rsatkichlar tizimidan foydalanadi: 1) Bir ishchi tomonidan ishlangan kunlardan, ya’ni ish oyi uzunligidan foydalanish koeffitsiyenti; 2) Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsiyenti; 3) Ish vaqtidan to iiq foydalanish koeffitsiyenti; Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar sonini aniqlash uchun korxonada ishlangan barcha kishi-kunlar soni o'rta ch a ro‘yxatdagi xodimlar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichning amaldagisini bazis darajasi bilan solishtirihb birinchi koeffitsiyent aniqlanadi. Download 28.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling