Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va nomoyon bolish shakillari Reja


Download 361.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi361.07 Kb.
#1564815
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va nomoyon bolish shakilla




Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va nomoyon bolish 
shakillari 
 
Reja : 
1.Ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni. 
2.Ishsizlikning kelib chiqish sabalari va uning namoyon bo’lish shakllari. 
3.Ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
1.Ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni 
Ishsizlik va unga bog’liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy – mehnat 
munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi . Ishsiizlik muammosini 
o’rganishdan asosiy maqsad aholining bandligini yaxshilash orqali mamlakat 
ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga 
aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat . Jamiyatdagi ishsizlik darajasini 
pasaytirish uchun qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratish , ularni ishga tushirish 
aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak . 
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda – ishchi kuchining ish joyi bilan bilan 
ta’minlanmaganligi va natijada , uning biron –bir qonuniy daromad manbaiga 
ega bo’lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Odatda jahon 
mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT , Xalqaro Mehnat Tashkiloti(XMT) , 
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko’ra ishlab chiqishadi . 
Xalqaro tashkilotlarning bergan ta’rifiga binoan “ishsiz shaxslar” deganda –ishga 
ega bo’lmagan , ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi . Mana 
shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda , turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs 
deb e’tirof etish uchun qo’shimcha shartlar talab qilinadi. 
O’zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko’ra , “Ishsizlar – 16 yoshdan to pensiya 
bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagi , haq to’lanadigan ishga 
yoki daromad keltiradigan mashg’ulotga ega bo’lmagan , ish qidirayotgan va ish 
taklif etilsa , unga kirishishga tayyor bo’lgan yoxud kasbga tayyorlashdan , qayta 
tayyorlashdan o’tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo’lgan mehnatga 
layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassalarida ta’lim olayotganlar mustasno) . 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan , ishga joylashishda ko’mak olish 
uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish 
qidiruvchi sifatida ro’yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi.” 
Ishsiz shaxslar deb e’tirof etish uchun quyidagi to’rt shart mavjud bo’lishi lozim : 
Birinchi shart – fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’lishi va amaldagi qonun 
hujjatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi kerak . Huquqiy 
jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi , Mehnat kodeksining 77-
moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan. 




Download 361.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling