Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va nomoyon bolish shakillari Reja
Ishsizlikning kelib chiqish sabalari va namoyon bo’lish shakllari
Download 361.07 Kb. Pdf ko'rish
|
Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va nomoyon bolish shakilla
2.Ishsizlikning kelib chiqish sabalari va namoyon bo’lish shakllari
Iqtisodchilar ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabalari qandayligi to’g’risida hanuzgacha bahslashadilar . Jumladan , bu masala klassik va keyns maktablari o’rtasidagi kelishmovchilik mavzulardan biridir . Bu bahs xususida qisqacha to’talamiz. Klassik(va neoklassik) nazariyaga ko’ra , ommaviy ishsizlikning asosiy sababi pasayish tomoniga bo’lgan yuqori va moslashuvchan bo’lmagan ish haqi hisoblanadi . Ish haqi o’z muvozanat darajasidan oshib , kasaba uyushmasining faolligi hamda davlatning aralashuvi tufayli o’sha darajada “o’rnashib qolganda” mehnat talabi bilan taklifi o’rtasida uzilish paydo bo’ladi , mana shu narsa ishsizlikni keltirib chiqaradi . Agar bozordan tashqari kuchlar (kasaba uyushmalari va davlat) firmalarni ish bilan bandlikni oldingi darajasida saqlashga majbur qilsa, buning oqibati mamlakatdagi xronik inflatsiya bo’lishi mumkin . Bundan – neoklassiklarning asosiy “resepti” – ish haqi darajasini ushlab turish va hatto kamaytirish kelib chiqadi . Shuningdek , bu maktab vakillarining (D.Rikardo, J.S.Mill , A.Marshall va boshqalar) fikricha , mehnat bozoridagi raqobat majburiy ishsizlikni istisno etadi . Bozor tomonidan belgilangan ish haqiga mehnat qilishni xohlagan har bir kishi osongina ish topa oladi. 11 Yangi klassik maktab nazariyachilari (J.Perri , M Feldstayn , R. Xoll va boshqalar) mehnat bozorida muvozanat , ya’ni ish kuchiga talab va uning taklifi teng bo’lsa , ishsizlik bo’lmaydi deb hisoblashadi . Keynschilar (J.M Keyns , R. Godon va boshqalar) ishsizlikning asosiy sababi – “samarali talab” yetarli emasligidadir deb isbotlaydilar .Ushbu “samarali talab”ning tarkibiy qismi , bir tomondan , shaxsiy iste’mol tovarlariga talab bo’lsa, ikkinchi tomondan , investitsiya talablariga (ishlab chiqarish vositalariga) talabdir . “Ish bilan band bandlik hajmi , demak ish bilan band emaslik yoki ishsizlik , -deb yozgan edi J.Keyns , - mutlaqo ravishda samarali talab bilan bog’liqdir ”. U “samarali talabni” davlar xarajatlarini ko’paytirish , davlatning bozor talabii (eng avvalo , investetsiyaviy tovarlarni) ko’paytirish hisobiga oshirish zarurligini ko’rsatgan. Monetarchilar(M. Fridman , F. Kegen , D.Mayzelman , K .Brunner , A. Moltser va boshqalar) ish bilan bandlik faqat kutilmagan inflatsiya bilan bog’liq , chunki u ishsizlikning tabiiy darajasini o’zgartiradi , degan tushunchaga asoslanadilar . M.Fridmanning ishsizlikning tabiiy darajasi mavjudligi to’g’risidagi xulosasi muhim metodologik ahamiyatga egadir . Bu daraja mehnat bozori sharoitlari bilan qat’iy chegaralab qo’yilgan va davlat siyosati bilan o’zgartirilishi mumkin emas . Agar hukumat ish bilan bandlikni uning tabiiy darajasini talabni ko’paytirishning an’anaviy byudjet va kredit usullari bilan oshirmoqchi bo’lsa , bu choralar qisqa muddat samara keltirib , faqat narx-navo ko’tarilishiga olib keladi. Institutsional iqtisodiyot nazariyasida (T. Veblen , J. Gelbreyt , D . Kommons va boshqalar) mehnat bozoriga iqtisodiyotning eng muhim sektori sifatida qaraladi . T. Veblen bozorning tarixiy rivojlanishini tahlil etar ekan , industirial jamiyat taraqqiy etishibilan raqobat kurashi markazi tovarlar va xizmatlar bahosi uchun kurash sohasidan mehnat bahosi va sharoiti uchun kurashish sohasiga ko’chishini aniqladi. Mazkur yo’nalish tarafdorlari davlat mehnat bozoridagi rejali siyosatini bu yerda amal qiladigan institutlar orqali amalga oshirishi zarur degan fikrda bo’lganlar . J.Gelbreyt davlat ishi bilan bandlik darajasi yuqori bo’lishidan manfaatdor , chunki bu holat byudjetning daromad qismini ko’paytiradi va mamlakat boyligining ortishini ta’minlaydi deb ko’rsatgan Institutsional maktab vakillari qarashlarini tahlil etish asosida ularning mehnat bozorini tartibga solish bo’yicha nuqtai nazrlari to’g’risida quyidagi xulosaga kelish mumkin , Y’ni shaxs erkin hamda kasb malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladigan ijtimoiy tartib o’rnatish uchun ijtimoiy iqtisodiy siyosat quyidagi vazifalar xal etilishini ta’minlashi zarur : • Odamlarning qobiliyatiga muvofiq tanlagan kasbga o’qish uchun teng imkoniyat yaratish ; • Xodimlarning mehnat jarayoniga ko’milish , malaka oshirish , xizmat vazifasi bo’yicha ko’tarilish uchun teng imkoniyatlar yaratish; 12 • Mehnatni rag’batlantirish xodim va uning oilasi munosib turmush kechirishini ta’minlaydigan darajada bo’lishi; • Xodimlar bilan ish beruvchilar o’rtasida mehnat munosabatlarini tartibga solish Yuqorida bayon etilganlardan ishsizlikning kelib chiqishi sababi mehnat bozorida Ishchi kuchi taklifining unga talabidan ortiqligi natijasi ekanligi annglanadi . Lekin mehnat bozori faqat , muayyan bir vaqtda mehnat resurslariga talab va uning taklifi nisbatini aks ettiradi , xolos .Ana shu nisbetni tashkil etadigan mehnat resurslari mehnat bozori tashqarisida (moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish , muomala sohalarida) shakllanadi . Bu ishsizlik tarkibida ham o’z ifodasini topadi. 1-jadval Ishsizlikning tarkibi 1-Jadvalga ko’ra "Ishsizlik tarkibi" indikatori ishsizlarni jinsi, yoshi, ma'lumoti darajasi, kasbiy holati, ijtimoiy xususiyatlari (ishchilar , mutaxassislar), daromadlari va boyligi bo'yicha ishdan bo'shatish sabablariga ko'ra tavsiflaydi. Ishsizlik tarkibini tahlil qilish statistik, operatsion va sotsiologik tadqiqot usullarining kombinatsiyasi asosida amalga oshiriladi. Tahlil natijasi ishsizlarning ijtimoiy-demografik portretini ishlab chiqish bo'lishi mumkin. MDH mamlakatlardagi voqelik ishsizlikning iqtisodiy turg’unlik pasayishi sur’atlari bilan bevosita aloqasini tasdiqlamaydi . Masalan , sanoat ishlab chiqarish hajmlari deyarli ikki marta qisqarganda , ish bilan band bo’lganlar soni 10%dan ortiqroq kamayishi mumkin . Fikrimizcha , buning sababi quyidagicha bo’lishi mumkin : • Birinchidan , bu iqtisodiyotda davlat sektorining saqlanganligidir .Bozor islohotlarining boshlarida , davlat mulki ustuvor bo’lgan va korxonalarni , shu Ishsizlik tarkibi Jinsi bo’yicha Yoshi bo’yicha Ijtimoiy guruhlar bo’yicha Erkaklar ayollar Yoshlar , Pensiyaga chiqish arafasidagilar Ishchilar, xizmatchilar , mutaxasislar Ta’lim darajasi bo’yicha Malakasi bo’yicha Ixtisosligi bo’yicha O’rta , o’rta maxsus , oliy Muhandis , iqtisodchi o’qituvchi va boshqalar Malakali , malakasiz 13 jumladan , qaror keltiradiganlarni ham davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash davom etgan , ish haqining onda –sonda va kechikuvchi idekasasiya qilinishi munosabati bilan inflatsiya darajasining kamayishi korxonalarga , hatto ishlab chiqarish kamygan sharoitlarda ham , aholini ish bilan bandligini saqlash imkonini beradi . • Ikkinchidan , bu yashirin ishsizlikning to’liq bo’lmagan ish vaqti , ta’minot saqlanmagan ta’tillar shaklida ko’payishidir . Rasman ish bilan band bo’lgan bunday ishchilar hech qayerda ishsizlar sifatida ro’yxatga olinmaydi , ular garchi mohiyatiga kora sezilarli darajada ishsiz bo’lsalarda , rasman boshqa ish joyini qidirmaydilar . Qoidalarga ko’ra , qisman ish bilan band bo’lganlar ikkinchi marta ish bilan bandlik yoki o’z- o’zini ish bilan band qilish deb atalmish aholini ish bilan bandligiga ega bao’ladilar . • Uchinchidan , ishsizlikning kuchli o’sishi , ayniqsa , keskin iqtisodiy o’zgarishlardan keying dastlabki yillarda mehnat bozoridagi taklif kamayganligi tufayli ko’zga tashlanmaydi . Qo’llanilgan muddatdan oldin pensiyaga chiqarish , uy xo’jaligida ish bilan band bo’laganlar sonini ko’paytirish (asosan , ayollar) , yakka tartibdagi mehnat faoliyatining keng tarqalishi – bu iqtisopdiyot yashirin sektorining rivojlanishini jadallashtiradi – bularning hammasi bozordagi ishchi kuchi taklifini kamaytiradi . Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat bozorini tartibga solishda ish haqi bilan bog’liqligi , ayniqsa , muhim ahamiyatga egadir . Buni “Fillips egri chizig’i” orqali kuzatishimiz mumkin . Yangi Zellandiyada tavallud topgan , uzoq vaqt davomida Angiliyada ilmiy tadqiqotlar olib borgan Olban Uiliyam Fillips 1891- yildan 1958- yilgacha bo’lgan davrni qamrab olgan ma’lumotlar asosida ana shu bog’liqlikni asoslab bergan. Agar ish haqi va narxlarning o’zgarishi sur’atlari o’rtasida bir xil nisbat mavjud deb hisoblanadigan bo’lsa , Fillipsning egri chiziq modeliga ko’ra ikki: iqtisodiy o’sishning eng yuqori sur’atlari ish bilan bandlik darajasining yuqori bo’lishi , ayni paytda narxlarning tez qimmatlashishi yoki narxlarning barqarorligida ishsizlik darajasining yuqoriligi holati kuzatiladi . “Fillips egri chizigi ” konseptsiyasiga ko’ra , ishsizlik darajasining dinamikasi (u) va inflatsiya sur’atlari (п) o’rtasida teskari bog’liqlik bor . W, P,% W – nominal ish haqining o’sish sur’ati; P –inflatsiya darajasi; U –ishsizlik darajasi. 14 U,% 1-rasm “Fillips egri chizig’i” 1-rasmda aks ettirilganidek , masalan , ishsizlikning yuqori darajasi inflyatsiyaning past sur’atiga mos tushadi . Aksincha , ishsizlikning past darajasi ishsizlikning yuqori darajasiga mutanosibdir. Bundan ishsizlik darajasini barqarorlashtirish siyosati “Fillips egri chizig’i”ga to’gri nqtani topishdan iborat degan xulosa chiqadi . Biroq ushbu kontsepsiyada ham inflatsiya sur’atlarining past bo’lishi , ham ishsizlik darajasining past bo’lishidan iborat eng maqbul holatga erishishning imkoniyati yo’qligi ko’rsatiladi. XX asrning 70-yillarida inflatsiya sur’atlari va ish haqi darajasi bir vaqtda o’sishining imkoniyati yo’qligini inkor etgan voqealar sodir bo’ldi . Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK ) neft narxini oshirib yubordi . Buning oqibatida stagflyatsiya – ishlab chiqarishning pasayishi hamda inflatsiya sur’atining o’sishi ro’y berdi. “Fillips egri chizig’i”ning zamonaviy modellari inflatsiyaning o’sish sur’atlarini – narxning avvalgi darajasidan o’zgarishi quyidagi 3 omilga bog’liqligiga asoslangan, ya’ni: • Kutilayotgan inflatsiyaga; • Davriy inflatsiyaga; • Taklifning sok o’zgarishiga ; Nobel mukofotining lauriyati K.A.Pissarides o’zining “Ishsizlikning muvozanat nazariyasi” asarida ishsizlik ish bilan band xodimlar va ishsizlarning manfaatlari bir – biriga zidligi sababli yuzaga kelish g’oyasini ilgari suradi . Shuning uchun agar ish haqi faqat ish bilan band xodimlar mavjud bo’lgan firma darajasida belgilanadigan bo’lsa , ishsizlik muvozanati samarali bo’lmaydi . chunki ishsizlar va bo’sh ish joylari mavjud firma savdodan tushadigan foydadan ish bilan band xodimlar mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan kompaniya kabi yetarlicha manfaatdor bo’la olmaydi .Bunday kompaniya jamiyat manfaati nuqtai nazaridan ijtimoiy samarali emas . Iqtisodchi olim Pissarides ish haqi ijtimoiy samarali darajada bo’lgandagina ishsizlar faolroq ish qidirishlarini , natijada mehnat bozorida raqobat kuchayishi tufayli ish beruvchilar yuqoriroq bilim va malakaga ega bo’lishlari va bu pirovard natijada kompaniyalarning samaradorligi ta’minlanishiga olib kelishi to’g’risidagi xulosaga keladi . Ishsizlikning asosiy sabablaridan yana biri bu - mehnat bozorida nomutanosiblikdir. Ushbu nomutanosiblik, ayniqsa iqtisodiy tanazzul, urush, tabiiy ofatlar va boshqalarda kuchaymoqda. 15 Ishsizlik bozor iqtisodiyotining muhim sherigi hisoblanadi. Tabiiy me'yorda bo'lgan mehnat zaxirasi uning samarali ishlashining omillaridan biridir. Ishsiz odamlar va ularning oilalari ko'pincha moddiy muammolarga duch kelishadi. Ishsizlarning moliyaviy ahvoli, ularning asosiy qismi naqd pul jamg'armalariga ega emasligi sababli og'irlashadi, shuning uchun ular ish joyidan mahrum bo'lganda, ishsizlik nafaqalari bilan yashashga majbur bo'ladilar, ularning miqdori juda oz. Ishsizlarning oilalarida bo'sh vaqt, ta'til va bolalar ta'tilini o'tkazish, sport o'ynash, turli to'garaklarga, sektsiyalarga tashrif buyuradigan bolalarga va hokazolarga nisbatan ko'proq muammolar mavjud. Ishsizlik har bir shaxs uchun ish, kasb, mutaxassislikni majburiy yo'qotish, qayta tayyorlash va yangi kasbiy bilimlarni olish zaruriyati, yangi ish qidirish bilan bog'liq. Odamlar o'z odatlarini, ijtimoiy doirasini, eski turmush tarzini o'zgartirishga majbur. Ular ertangi kunga kamroq ishonishadi. Ishsizlikning hissiy oqibatlari orasida o'zini past qadrlash, tushkunlik va o'z joniga qasd qilish moyilligini nomlash moda. Ishsizlikdan kelib chiqadigan stress holati odamning turli kasalliklarga moyilligini oshirishi mumkin. Ba'zi tadqiqotchilar ishsizlik bilan bog'liq stress oila a'zolarining bir-birlariga g'amxo'rlik qilish qobiliyatini pasaytiradi, natijada o'smir bolalar uylaridan tez-tez qochib ketishadi va er-xotin o'rtasidagi munosabatlardagi mojarolar kuchayadi. Shu bilan birga, bunday vaziyat bolaning mustaqilligining rivojlanishiga, uning o'qishga, mehnatga bo'lgan munosabatining o'zgarishiga olib keladi. Bolalar mehnati ko'plab ijobiy tomonlarga ega. Yaxshi ish intizomni, bag'rikenglikni, o'zini o'zi qadrlashni, mehnatsevarlikni o'rgatishi mumkin. Bundan tashqari, ortiqcha yuk bolalarning sog'lig'i va ta'lim sifatiga ta'sir qiladi. Ko'pgina bolalar hech qanday bilim va kasbiy ko'nikmalarsiz pul topish va qulay yashash mumkin degan xulosaga kelishadi. Bunday hollarda o'spirinlarning o'qish va mehnatini birlashtirish masalasini oqilona hal qilish zarur. Va nihoyat, ishsizlik va jinoyatchilik o'rtasidagi bog'liqlikni ta'kidlash kerak. Shunday qilib, ishsizlik nafaqat ushbu pozitsiyaga tushgan har bir kishiga, balki uning oila a'zolariga ham halokatli ta'sir ko'rsatadi. Barcha kuchlarni safarbar etish va qiyin vaziyatdan chiqishga yordam berish jamiyat va ijtimoiy ish bo'yicha mutaxassislarning vazifasidir. Fuqaroni ishsiz deb tan olish to'g'risidagi qaror fuqaroning yashash joyidagi bandlik xizmati tomonidan pasport, mehnat daftarchasi yoki ularning o'rnini bosadigan hujjatlar, shuningdek hujjatlar taqdim etilgandan so'ng 11 kundan kechiktirmay ish bilan ta'minlash xizmatiga qabul qilinadi. Kasbiy malakasini tasdiqlash, oxirgi ish joyida oxirgi ikki oyda o'rtacha ish haqi to'g'risidagi ma'lumot, va birinchi marta ish izlayotganlar uchun va kasbiga (ixtisosiga) ega bo'lmaganlar uchun - pasport va ma'lumot to'g'risidagi hujjat. Bunday holda, fuqaro ushbu hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ishsiz deb tan olinadi . Ishsizlarni tanib bo'lmaydi: - 16 yoshgacha bo'lgan fuqarolar; - pensiya to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiya olgan fuqarolar, 3 guruh 16 nogironligi bo'yicha pensiya oladigan fuqarolar bundan mustasno; - tegishli ish uchun ikkita variantni olish uchun Bandlik markaziga murojaat qilgan kundan boshlab ikki kun ichida rad etgan fuqarolar. - Belgilangan tartibda ishsiz deb e'tirof etilmagan fuqarolar, tan olinishi uchun ikki hafta o'tgach, yana murojaat qilish huquqiga ega. - Agar murojaat qilingan kundan boshlab 10 kun ichida tegishli ish bilan ta'minlash imkoni bo'lmasa - Fuqarolar bandlik markaziga hujjatlar taqdim etilgan birinchi kundan boshlab ishsiz deb tan olinadi. Ish xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasi, oldingi ishi, sog'lig'i, ish joyining transport imkoniyatidan kelib chiqqan holda, uning kasbiy mosligiga mos keladigan deb hisoblanadi. Ijtimoiy ishchilar ishsizlarning oilalarini aniqlab, ularni kuzatishi, ularning holati, ehtiyojlarini o'rganishi kerak. Tahlil quyidagi ma'lumotlarni talab qiladi: - oila a'zolari, shu jumladan bolalar soni; - bolalar va ota-onalarning jinsi va yoshi; - oilaning moliyaviy ahvoli; - oiladagi ishsizlar soni; - ishsizlik davrining davomiyligi va uning sabablari; - uy sharoitlari; - ota-onalar, bolalar, ota-onalar va bolalar o'rtasidagi munosabatlar; - bolalar va ota-onalarning sog'lig'i holati, bolalikdan nogironlar; -bemorlarning mavjudligi; - ishsizlarning ma'lumot darajasi; - ishsizlar kasbi, ish staji; - bolalar qaysi o'quv yurtida tahsil olayotganlari to'g'risida ma'lumot; - bolalar faoliyati; - oila a'zolari orasida asotsial xulqning mavjudligi, uning turlari (alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar); - yozgi ta'tilni o'tkazish imkoniyati; - oila manfaatlari doirasi va boshqalar. Ishsizlar oilasidagi asosiy muammolarni aniqlash ijtimoiy ishchi ularga yordam ko'rsatadigan sohalarni aniqlashga yordam beradi. Yuridik yordam: ishsizlar va ularning oilalari manfaatlarini himoya qilish; huquqiy masalalar, mehnat va ijtimoiy qonunchilik, shu jumladan ishsizlar asossiz ishdan bo'shatilgan taqdirda, imtiyozlar noto'g'ri to'langan taqdirda ularning huquqlarini himoya qilish bo'yicha turli xil maslahat xizmatlarini ko'rsatish. Psixologik yordam ko'rsatish, aholiga psixologik yordamga muhtoj bo'lganlarga murojaat qilish. Bandlik markazi mijozini psixologga murojaat qilishlari mumkin bo'lgan muammolarning ma'lum bir ro'yxati mavjud: 1. Ishsizlar maqomining rad etilishi ("Nega men?"). 2. Qo'llab-quvvatlash, hamdardlik zarur. 3. O'ziga bo'lgan ishonchning etishmasligi. 17 4. Stressdan xalos bo'lish va o'zini o'zi boshqarish uchun so'rov. 5. Qabul paytida nizoli xatti-harakatlar. 6. Professional o'zini o'zi belgilash. 7. Talab qilingan kasbning diplom darajasi bilan nomuvofiqligi. 8. Qayta tayyorlash profilini tanlash. 9. Kasbiy rivojlanish, martaba masalalari. Ijtimoiy ishchi ushbu hududda joylashgan korxona va tashkilotlar, kasaba uyushmalari bilan birgalikda ishsiz oilalarning farzandlari uchun dam olish va dam olishni tashkil qilishi mumkin. Ijtimoiy ishchi ishsiz kishiga ish topishda va ish topishda yordam berishi mumkin. Ijtimoiy ishchi ishsizlarga o'z uyushmalarini tuzishda yordam berishi mumkin. Pul ishlashni istagan bolalar uchun ularning yordami bilan bolalar kooperativlari, aktsiyadorlik jamiyatlari, shirkatlar tashkil etish mumkin edi. Katta yoshdagi ishsizlar birgalikda o'z bizneslarini tashkil etishlari mumkin edi. Shu bilan birga, ular bir-birlarini ma'naviy jihatdan ham qo'llab-quvvatlashlari mumkin edi. bir xil qiyin vaziyatdagi odamlar bir-birlarini yaxshiroq tushunadilar. Ijtimoiy ishchi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun turli kurslar, to'garaklar va maktablarni tashkil etishga yordam berishi mumkin So’nggi yillarda turli G’arb mamlakatlarida ishsizlar soni turlicha bo’ldi. Eng kam ishsizlar ko’rsatgichiga ega mamlakat-bu Shveytsariyadir. Buyuk Britaniya va Download 361.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling