Islohotlarning mohiyati va maqsadlari
Download 395.47 Kb.
|
Якуний назорат
Iqtisodiyotni taribga solishning bozor va davlat mexanizmi
- Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki: davlat va bozor mexanizmlari yuzaga keldi. Fanning maqsadi - davlat va bozor mexanizmlarining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishdan iborat. Ular hayotda aralash va o‘zaro aloqadorlikda uchraydi. Ulaming optimal aloqadorlikda bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Fanning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor muno- sabatlari bilan birgalikda davlat mexanizmini qabul qilgan sohalar va shakllarini ko‘rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning o‘mi haqidagi turli konsepsiyalami tahlil etishdir. Bozor — insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biri. Uning rivojlanishi uzoq yo'lni bosib o‘tgan: bu jarayon kichik-kichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shaldlaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, jamiyat iqtisodiy subyektlari o'rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy mahsulotni yaratishdan to uni iste’mol etishgacha bo‘lgan davmi qamrab oladi. Bozor — bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘rinishidagi faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkchilik bozomi hal etuvchi shartlari bo£lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilaming moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo‘lib hisoblanadi.Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalami bajaradi. Ular quyidagilardir: - mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy xavfsizligini va milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini ta’minlash; - barqarorlashtirish vazifalari (pul muomalasini tartibga solish, inflatsiyani oldini olish va h.); - qonuniy tartibga solish vazifasi; - muvofiqlashtirish vazifasi; - ijtimoiy yo‘naltirilgan vazifasi; - taqsimlash; - nazorat va boshqalar. Yuqoridagilarning barchasi hozirgi zamon iqtisodiyotida bozor mexanizmi orqali iqtisodiyotni tartibga solish qanchalik zarur bo‘Isa, davlat mexanizmini shunchalar zarur ekanhgini ko‘rsatadi. Eng muhimi, iqtisodiy jarayonlami tartibga solishda har ikkala mexanizmlami afzal jihatlarini birlashtirishdir. Bu esa iqtisodiyotni ratsional boshqarishdagi muhim vazifalardan bin hisoblanadi. Download 395.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling