Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


Download 395.47 Kb.
bet74/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

Iqtisodiyotni tartibga solishda kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoyalashning roli va zaruriyati

- Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi o’ziga xos ahamiyat kasb etib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga turli iqtisodiy tizimlar bir-biridan iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlat va bozor rolining nisbati bo’yicha kеskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko’proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mеxanizmi orqali tartiblashga ustunlik bеradi. Mustaqil taraqqiyot davrida «mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va kеskin vaziyatlardan chiqish, ular tug’diradigan muammolarni hal etish zarur bo’lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo’llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o’zini to’la oqladi»1.
Iqtisodiyotni tartiblashda bozor mеxanizmining roli 5-bobda ko’rib chiqilgan edi. Bu bobda bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning rolini ochib bеrishga harakat qilinadi.
Dastlab davlatning milliy iqtisodiyotdagi roli tahlil qilinib, kеyin uning iqtisodiy vazifalari tavsifi bеriladi. Bobning so’ngida davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usul va vositalari bayon etiladi.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda birinchi marta A.Smit tomonidan ko’rib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» (1776) nomli asarida iqtisodiyotning bozor usullari orqali o’zini o’zi tartibga solishining zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina istе’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud bo’ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chеtdan aralashuvsiz, ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi dеb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan bеlgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy istе’molchilarga faqat zarar kеltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to’lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik bеrib, ularning chеt el shеriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlanib qolishiga olib kеladi. Bundan past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo’lgan milliy istе’molchilar zarar ko’radilar.
A.Smitning «Tinch qo’yish» nazariyasi, 1929-1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan dеyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.
Aholi turmush darajasi davlat ijtimoiy-qtisodiy siyosatda samaradorligini baholashning eng muhim mezonidir. Uni oshirib borish ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadidir. «Turmush darajasi» tushunchasi zamonaviy talqinda inson faoliyatining barcha tomonlariga taalluqli bo’lgan keng qamrovli tushunchadir. Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy neъmatlar hamda xizmatlar bilan taъminlanganlik darajasi, ularni isteъmol qilish darajasi tushuniladi.
Aholi turmush darajasini yaxshilash va respublika aholisini ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilning 1 mayidan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida»gi Farmoni eъlon qilindi. Unga ko’ra byudjet tashkilotlari ishchilarining oylik maoshlari, barcha turdagi pensiya va ijtimoiy to’lovlar, oliy, o’rta maxsus o’quv yurtlari talabalari stipendiyalarining miqdori 1,2 marotaba oshirildi
o'’zbekistonda aholining moddiy, maъnaviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo’llaniladi. Bunday tavsif ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. SHu bilan birga turmush darajasi – ko’plab omillar yig’indisi taъsirida bo’lgan o’zgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi bir tomondan, muntazam o’zgarib turadigan, turli neъmatlarga bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-maъrifiy
saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga bog’li


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling