Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
#165
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
 
MAVLONO (arab. - bizning janob) - O’rta Osiyo, Afg‘oniston va Pokistonda eng yuqori 
lavozimdagi amaldorlar, yozuvchi, olim va fozil kishilarni, ustozlarni ulug‘lab, ularning 
nomlariga qo‘shib ishlatiladigan so‘z. M so‘zi hurmat ma’nosida shaxs nomlaridan avval 
aytilgan (mas., Mavlono Alisher Navoiy, Mavlono Jomiy, Mavlono Muqimiy va b.). O’rta 
Osiyoda o‘rta asrlarda qo‘llanilgan.  
 
MAVLUD, mavludan-nabiy (arab. -tug‘ilish, payg‘ambarning tug‘ilgan kuni) -Muhammad 
payg‘ambar(sav)ning tug‘ilgan kunlari, bayram. M. Rabi al-avval oyining 12-kuni 
nishonlanadi. Musulmon mamlakatlarida M. kuni duolar, payg‘ambar(sav) sha’niga 
madhiyalardan iborat she’rlar o‘qiladi, sadaqalar beriladi, ruhoniylarning yig‘ilishlari 
o‘tkaziladi. Ko‘pgina arab mamlakatlarida, shuningdek, bizning diyorimizda ham M. kuni 
va oyida Imom Barzanjiy qalamiga mansub arab tilida yozilgan "Mavludun-nabiy" 
qasidasini o‘qish uchun masjid va xonadonlarda maxsus marosimlar o‘tkaziladi.  
 
 
MADINA (arab. - shahar, to‘liq arab. nomi -Madinat Rasululloh yoki Madinat an-nabiy -
payg‘ambar shahri) - Saudiya Arabistonining shim.-g‘arbiy qismidagi shahar. Hijoz 
viloyatida. Xalq uni M.i munavvara -Nurafshon shahar deb e’zozlaydi. Makkadan 400 km 
shimolda joylashgan. M.ga asos solingan vaqt noma’lum. Qad. Yasrib (Yatrib) ilk o‘rta 
asrlardan boshlab M. deb atalgan. 622 y. Muhammad (sav) Makkadan M.ga ko‘chib 
o‘tganlar (q. Hijra) va qolgan umrlari shu yerda kechgan. Harbiy harakatlarga rahbarlik 
qilish, Makka ziyoratiga borish uchungina shaharni tark etganlar. M.da musulmonlar 
jamoasi (umma) tuzilib, islom mustaqil din sifatida shakllandi; 7-a.dan boshlab M. 
musulmonlarning Makkadan keyingi eng katta ziyoratgohi hisoblanadi. M. 632-656 
y.larda Arab xalifaligining poytaxti bo‘lgan. Umaviylar va abbosiylar davrida Hijozning 
ma’muriy markaziga aylangan. 10-a.dan boshlab esa, Misrga tobe bo‘lgan. 1517 y.da 
turklar Misrni bosib olgach, M. Usmonli turk saltanatiga, 1919 y.da esa, Hijoz qirolligiga 
qo‘shib olingan. Oradan 5 yil o‘tgach, M.ni Ibn Saud qo‘shinlari zabt etdi. 1932 y. bu 
shahar Saudiya Arabistoniga qo‘shib olingan. M. atrofi ilgari mudofaa devori bilan 
o‘ralgan bo‘lib, sakkizta darvozasi bor edi. Hozir ular buzilib ketgan. Hojilarga hajdan 
so‘ng M.i munavvaraga borib, Muhammad(sav)ning qabrlarini ziyorat qilish rasm 
bo‘lgan. M. markazida Rasulullohning uylari (Harami sharif) va maqbaralari bor, 
Maqbara ustiga katta masjid kurilgan (656). Shahar aholisi, asosan, savdo, 
ziyoratchilarga xizmat qilish, ibodat qilish uchun zarur buyumlar (tasbeh, joynamoz, 
ziyoratchilar uchun maxsus kiyimlar) i.ch. bilan mashg‘ul. Aholining bir qismi xurmo va 
sabzavot yetishtiradi. Bugunga M. ham ko‘hna, ham navqiron shahar. Saudiya 
Arabistonining deyarli barcha qatnov yo‘llari M. shahri bilan bog‘liq. Shahar eng 
zamonaviy aloqa vositalari bilan jihozlangan. 1961 y. Islom universiteti ochildi. 
Shaharning tub aholisi 0,5 mln. kishidan iborat. Shaharda aerodrom bor. M. shahriga 
haj mavsumida jahonning turli mamlakatlaridan millionlab musulmon ziyoratchilari 
qadam ranjida qilishadi. 
 
 
MADOINIY Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Abu Sayf (9-a.ning 1-yarmi) 
- tarixchi va adib. Basrada ta’lim olgan. Birmuncha vaqt Madoin (Mesopotamiya)da 
turgan (M. nisbasi ham shundan), Bag‘dodda yashagan. Ibn an-Nadim "Fehrist" 
("Mundarija") nomli asarida M. to‘g‘risida eslatib o‘tgan. M. islom, xalifalik tarixi, 
bosqinchilik urushlari, qo‘zg‘olonlar hamda o‘lka va shaharlar, tarixi, Muhammad (sav) 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
tarjimai hollari, adib va shoirlar haqida 239 ta asar yozgan. M. asarlari keyingi asrlarda 
yozilgan arab tarixchilarining kitoblariga asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. "Axbor al-
xulafo" ("Xalifalar xabarlari"), "Axbor quraysh" ("Quraysh qabilasi xabarlari"), "Kitob 
futuh ash-Shom" ("Shom-Suriyaning bosib olinishi haqida kitob"), "Axbor shuaro" 
("Shoirlar solnomasi"), "Tarix al-buldon" ("O’lkalar tarixi") kabi asarlar muallifi.  
 
 
MADRASA (arab. - dars o‘qitiladigan joy, darsxona) - islomda o‘rta va oliy maxsus diniy 
o‘quv yurti. Yaqin va O’rta Shark mamlakatlarida ulamolar va maktabdorlar, davlat idora 
xodimlarini tayyorlagan. Islom mamlakatlarida M. haqidagi ilk ma’lumotlar 10-a.ga oid 
bo‘lib, ular Xuroson va Movarounnahrda joylashgan. 11-a.dan boshlab yetakchi o‘quv 
yurtiga aylangan, bungacha ta’lim masjidlarda va xususiy uylarda, shuningdek, 
mehmonxonalar, kutubxonalar, kasalxonalarda olib borilgan. M.lar vaqf hisobiga ta’sis 
etilgan. M.da mudarrislar va b. xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, o‘quv jihozlari 
(daftar, kitob, kalam va b.) va turar joy bilan ta’minlangan. M.lar 11-12-a.larda O’rta 
Osiyoning barcha yirik shaharlarida bo‘lgan. M.ga maktabni tugatgan o‘spirinlar qabul 
qilingan. O’rta Osiyodagi Mlarda arab va fors tilida yozilgan - Qur’on, hadislar, shariat 
qonunlari o‘rgatilgan. Ayrim Mlarda tibbiyot, aruz ilmi, falsafa, geografiya va b. fanlar 
o‘qitilgan. Hozir jahondagi ko‘p xorijiy musulmon mamlakatlarning M.larida diniy ta’lim 
bilan birga dunyoviy bilimlar ham o‘qitiladi. Yana q. Diniy o‘quv yurtlari. 
 
 
MAJLIS (ko‘pligi - majolis) - o‘tirish joyi; predmet ma’nosida - o‘rindiq, kursi; kengash, 
yig‘ilish joyi; mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xona (masjid, madrasa va b.da); auditoriya; 
dars, ma’ruza; dars, ma’ruzani yozib borish; qabul, audientsiya (qabul marosimi); qabul 
zali; kengash, yig‘ilish, uchrashuv, kompaniya. Turkiya va Eronda yangi davrda M. 
vakolatli muassasani (parlament, palata, kengash) anglatadigan bo‘lgan; hozir ham shu 
ma’noda bir qator arab va musulmon mamlakatlarida qo‘llaniladi.  
 
 
MAJUSIYLIK - 1) Majusiy - quyosh yoki olovga sig‘inuvchi odam. Islom dini kelmasdan 
burun ajam xalqdari M. e’tiqodiga mansub edilar. M. kalimasi kuyosh yoki olovga 
sig‘ingan kishilarda hozirga qadar atama sifatida qo‘llaniladi. 2) yakkaxudolik 
(monoteizm) paydo bo‘lgunga qadar vujudga kelgan diniy e’tiqodlar, marosim va 
bayramlarni ifodalash uchun ishlatilgan. 
 
 
MAZDAKIYLIK, al-Mazdakiya (fors. mazdakiyon) - mazdakiylar, 5-a. oxiri - 6-a.da 
sosoniylar Eronida vujudga kelgan va islomning dastlabki asrlarida xalifalikning Sharqiy 
qismida mavjud bo‘lgan zardushtiylik tarikatlaridan birining nomi. Asoschisi Mazdak (ism 
yoki faxriy laqab) sharafiga shunday nom olgan. M. Zardushtakon nomli "ashaddiy" 
manixeylik (moniylik) tariqatidan kelib chiqqan bo‘lib, bu tariqat ba’zi ma’lumotlarga 
ko‘ra, 3-a.da, boshqasiga ko‘ra esa, 5-a.da vujudga kelgan. Uning muxlislari ezgulikning 
yovuzlik ustidan uzil-kesil g‘alaba qozonishiga ishonganlar. M. tarafdorlari odamlar 
o‘rtasidagi mulkiy va tabaqaviy tengsizlikni yo‘q qilishni rejalashtirganlar. Tabaqaviy 
tengsizlikni yo‘qotishning samarali usuli sifatida xotinlarni umumiy deb e’lon qilganlar. 
M.ning ijtimoiy shiorlari Eron aholisining keng qatlamlarida tarqalgan. 6-a. boshida urug‘ 
zodagonlari va zardushtiylikning oliy kohinlariga qarshi keng xalq harakati avj olgan. 
Xusrav Anushirvon tomonidan M. harakati tor-mor etilgach (taxm. 530 y.), Mazdak 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
tarafdorlari Sosoniylar davlatining borishi qiyin bo‘lgan chekka tumanlariga qochganlar. 
M. islomning dastlabki asrlarida ham mavjud bo‘lgan, bu hakda ash-Shahristoniy, Yoqut, 
Rashididdin, Hamdulloh Qazviniy va b. aytib o‘tishgan. Musulmon tarixchilarining bir 
qismi M. g‘oyasining asosiy unsurlarini o‘zlashtirib olgan xurramiylarni M. bilan aynan bir 
deb hisoblaganlar. Zardushtiylardan M. muqaddas olovga e’tiqod qilmasligi bilan ajralib 
turadi. M. tarafdorlari arablar va mulkdorlarga qarshi 8-9-a.da ko‘tarilgan harakatlarda 
(Abu Muslim, Sunbod mug‘, Muqanna, Bobak harakati va b.da) ko‘pincha xurramiylar, 
shialar va xorijiylar bilan birga faol ishtirok etishgan.  
 
 
MAZOLIM (hukm al-mazolim, yoki nazar al-mazolim - g‘ayriqonuniy harakatlarni ko‘rib 
chiqishning qisqartmasi) - qilingan adolatsizlik ustidan tushgan shikoyatni davlat 
boshlig‘i yoki uning vakili tomonidan ko‘rib chiqilishi, appelyatsiya (shikoyat) sudi. 
Islomda M. tartibi johiliyat davrida nohaq chiqarilgan hukm ustidan qabilalararo va 
qabila doirasida o‘tkazilgan ajrimlarga borib taqaladi. 
Islomning dastlabki davrlarida bu tartib kam o‘zgargan. Lekin shikoyat arizasi berish 
mumkin bo‘lgan yagona shaxs xalifaning o‘zi bo‘lgan va shu tufayli xohlagan paytda 
unga murojaat qilishgan. Umaviylardan bo‘lgan to‘rtinchi xalifa Abdulmalik ibn Marvon 
(685-705) shikoyatlarni eshitish uchun alohida kunlarni belgilagan va ularni hal etishni 
o‘zining qozisi Ibn Idris al-Azdiyga topshirgan, o‘zi esa, uning chiqargan qarorini 
tasdiqlagan. Bunday tajriba xalifa Umar ibn Abdulaziz davrigacha (717-720) saqlangan, 
bu xalifa shikoyatlarni o‘zi ko‘rgan. Biroq, undan keyinga xalifalar avvalgi holatga qaytib, 
bu vazifani qozi va vazirlarga topshirishgan. Xalifa Mahdiy (775-785) shikoyatlarni o‘zi 
ko‘rgan, al-Muhtadiy davrigacha (869-870) shunday bo‘lgan, keyin esa, shikoyatlarni 
xalifaning ishonchli kishisi sifatida vazirlar ko‘rgan. Hoz. paytda musulmon 
mamlakatlarida an’anaga ko‘ra, M. deb huquqni nazorat qilish organlari va apellyatsiya 
(shikoyat) sudlariga aytiladi.  
 
 
MAZHAB (arab. - yo‘nalish, oqim, yo‘l, ta’limot), shariat mazhablari — islomda diniy 
huquq tizimlari va yo‘nalishlari. 8-9-a.larga k.elib shariatning shakllanishi jarayonida 
huquqshunoslik - fiqh sohasida juda ko‘p M.lar yuzaga kelgan. Hoz. vaqtda sunniilikda 
to‘rtta M. - hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylik (M.lar nomi ularning asoschilari: 
Abu Hanifa (Imomi A’zam), Molik ibn Anas, Shofi’iy, Ibn Hanbal nomidan olingan), 
shialikda bir M. -ja’fariylik (asoschisi - Ja’far as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat M.lari 
diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi to‘rttala M. ham teng hisoblanadi, yirik 
musulmon universitetlarida to‘rt mazhab bo‘yicha alohida dars o‘qitiladi. M.lar umuman 
an’anaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani holda, shariat masalalarida yengilroq yoki 
qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida 
hanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va h.k.), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, 
Liviya), shofi’iylik (Misr, Indoneziya va h.k.), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) M.lari, 
shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va h.k.)ning huquqiy 
hayotida ja’fariylik M.i o‘z mavqeini ma’lum darajada saqlab kelmoqda. O’rta Osiyoda, 
xususan, O’zbekistonda hanafiylik M.i keng yoyilgan.  
 
 
MAKKA - musulmonlarning muqaddas shahri. Saudiya Arabistonining g‘arbida, Qizil 
dengaz sohilidan 80 km uzoqlikda tog‘lar orasida joylashgan bu shaharni arablar Umm 
ul-Qurro, Umm ul-Madoin, ya’ni shaharlar onasi deb yuritadilar. Qur’onda "Bakka" nomi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
bilan kelgan. U Hijozning ma’muriy va savdo markazi, musulmonlar haj qiladigan -
musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan joy. Qur’oni karim 114 surasining 86 
tasi Makkada nozil bo‘lgan. M.da Ka’ba bilan bosh masjid - Harom masjidi bor. M. - 
islom dinining Muhammad payg‘ambari (sav)ning vatanlari, arablarning qad. 
ziyoratgohi. Musulmon rivoyatlariga ko‘ra, M.da Odamato va Momohavo hamda Shis, 
Ibrohim, Ismoil va Hojar yashaganlar. Makka sh.ga qachon asos solingani ma’lum emas. 
Ilk bor Zamzam bulog‘i tevaragida aholi yashash maskanlari paydo bo‘lgani haqida 
ma’lumot bor. Islomga qadar Makka majusiy arab qabilalarining diniy hamda Sharq bilan 
O’rta dengaz bo‘yidagi davlatlar o‘rtasidagi muhim savdo markazi bo‘lgan. Islom 
vujudga kelishidan ko‘p asrlar ilgari Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi arab qabilalarining 
ziyorat markazi bo‘lib, unda qabila xudolarining sanamlari saqlangan. Shahar birinchi 
marta yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida Makoraba nomi bilan tilga olingan va bu 
yerda mil. 2-a.da ibodatxona mavjudliga aytib o‘tilgan. Makkada payg‘ambar 
Muhammad (sav) tavallud topganlar va shu yerda islom targ‘ibotini boshlaganlar. 
Muhammad (sav) 622 y. o‘z sahobalari bilan Makkadan Yasrib (keyinchalik al-Madina 
deb ataladigan) shahriga hijrat qilganlar. Rivoyatga ko‘ra, qad. Jurhum, Xuzo’a 
qabilalari, 4-a. oxiridan esa, Quraysh qabilasi ko‘chib kelib yashay boshlagan. 6-7-a. 
o‘rtalarida Ka’badan 800-900 m shim.-sharqqa va taxm. 500 m jan.-g‘arbga cho‘zilgan 
vodiy bo‘ylab aholi istiqomat qilardi. Markazda, Ka’badan jan.rokda bozor bo‘lgan. Turar-
joylar devorlar bilan o‘ralgan katta hovlilardan iborat bo‘lib, hovli ichida qavmi qarindosh 
oilalarning imoratlari joylashgan. O’sha vaqtda M.da 6-7 ming aholi yashagan. M.da 
sug‘orish uchun suv yo’qligi, muqaddas hududda dehqonchilik va ov bilan shug‘ullanish 
man qilingani ustiga atrofdaga qabilalar uchun muqaddas hisoblangani tufayli 
qurayshlarning savdo bilan mashg‘ul bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan. Shahar aholisi asosan diniy 
marosimlar uchun zarur bo‘lgan buyumlarni tayyorlagan va hajga kelganlarga xizmat 
qilgan. Muhammad (sav) M.dan chiqib ketgach, Madinadagi yangi masjidni Ka’baga 
qarshi qo‘ya boshlaganlari yo‘q, aksincha, uni Ka’ba (qibla)ga to‘g‘rilaganlar. 630 y. 
musulmonlarning M.ni fath etishlari shaharning muqaddas markaz sifatidagi alohida 
mavqeini tiklabgana qolmay, uni yangi maqomga ko‘tardi; haj qilish marosimida Ka’bani 
tavof qilish bilan birga Arafot tog‘iga ko‘tarilish ham qo‘shiddi; M.ni ziyorat qilish 
islomning asosiy ruknlaridan biri hisoblanadi. 
Umaviylar davrida M. rivojlandi va qiyofasi butunlay o‘zgardi: bir qavatli imoratlar 
o‘rnida ko‘p qavatli uylar va qasrlar qad ko‘tardi. M. ma’murlari suv yig‘iladigan 
inshootlar bunyod etdilar, osma quvurlar o‘tkazdilar, shahar atroflarida bog‘-rog‘lar 
paydo bo‘ddi. Xalifalikning hamma tomonidan kela boshlagan mablag‘lar, shuningdek, 
ziyoratchilardan tushgan daromad makkaliklarni imtiyozli musulmonlar guruhiga 
aylantirdi. Ka’ba 624 y. qibla deb e’lon qilinganidan keyin Ka’baga tomon qarab ibodat 
qilina bopshagan.19-a. boshigacha M.ni G’arbiy Arabistonda hokimiyatni amalga 
oshirgan davlatlarning noiblari boshqarib kelganlar, lekin shaharning ichki hayotida ko‘p 
narsalarni shariflar (Muhammad (sav) avlodlari) hal qilardi. Ma’lumki, Bag‘dod xalifaligi 
inqirozga uchraganidan so‘ng Makka fotimiylar, ayyubiylar va mamluklar qo‘l ostiga, 
keyinchalik - 1517 y.da Usmonli turk saltanati tobeligiga o‘tdi. 1925 y.dan Saudiya 
Arabistoni tarkibida. Islom dini amal qilayotgan 14 a.dan ortiq vaqt davomida M. 
g‘ayridinlar uchun yopiq shahar hisoblanadi, ammo 18-a.dan e’tiboran yevropalik ayrim 
tadqiqotchilar musulmon ziyoratchilari niqobida unga kira boshlaganlar. 20-a. 
boshigacha M. abbosiylar davridagi hududga teng joyni egallab kelgan, doimiy aholisi 50 
ming kishidan oshmagan. Hoz. vaqtda M.ning tub aholisi salkam 0,5 mln. kishini tashkil 
etadi, shahar avtomobil yo‘llari orqali tashqi dunyo bilan bog‘langan.  
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
 
MAKRUH (arab. - rad etilgan, qoralangan, nomaqbul) - shariat hukmlaridan biri (farz, 
mandub, muboh, harom bilan birga). Qat’iyan taqiq qilinmagan, lekin nomaqbul 
hisoblangan va rad etilgan amallar M. hisoblangan. M. -Payg‘ambarimiz (as) qaytargan 
ish demakdir. Har bir musulmon M. ishlarni qilishdan saqlanishi lozim. M. ishni 
gunohidan qo‘rqib qilmagan kishi savobli, qilavergan kishi gunoxli bo‘lur. M. ishlarning 
Mligini inkor qilgan kishi imondan chiqmasa-da, gunohkor bo‘lur. M. ishlar uchun jazo 
belgilanmagan. M. amallarga diniy burchni bajarish paytdagi ba’zi holatlar, xasislik, 
berahmlik, dabdabalik va isrofgarchilikka moyillik, oilaviy va ijtimoiy burchga 
mensimaslilik bilan qarash, birovni yo‘q yaxshi sifatlar bilan maqtash, boshqa dindagilar, 
balog‘atga yetmagan bilan nikohga kirish va b. kiradi. Mazhabga ko‘ra, M.ga aslida man 
etilgan ba’zi taom va ichimlik turlari kiradi. M. tushunchasi halol bilan haromni ajratib 
berishi bilan islomiy axloqning shakllanishida muhim o‘rin tutadi.  
 
 
MAKTAB - yozishadigan joy; boshlang‘ich maktab; yozuv stoli, kabinet, idora, byuro. 
Boshlang‘ich ("Qur’on" o‘qitishdan) maktabni anglatuvchi istiloh sifatida M. kuttobning 
sinonimi holida qo‘llanilgan; to‘g‘ri, shunday holat ham qayd etilganki (11-a.da 
Nishopurda), M.da 5 yoshdan boshlab faqat eng sodda ta’lim, kuttobda esa - 10 
yoshdan e’tiboran keyinga ta’lim berilgan. 18-20-a.da M. so‘zi ko‘pincha usmoniylar 
Turkiyasida, Volga bo‘yi, Qrim va O’rta Osiyoda ishlatilgan. Arab mamlakatlarida esa, uni 
boshqa so‘z bilan (Kuttob va b.) ifodalashgan. 
 
 
MALAKUT - oliy ilohiy hokimiyat, Allohning g‘oya va qarorlari, uning ilohiy sirlari 
(asror)ning oliy olami. Qur’onda M. istilohi Allohning oliy hokimiyati ma’nosida kelgan va 
u oddiy, "erdagi" hokimiyatdan butunlay o‘zgacha (6:75; 7:185/184; 23:88/90; 36/83). 
M. bilan odatda jabarut (ilohiy qudrat) tushunchasi ham bog‘liq. M. va jabarutga inson 
aqli bovar qilmaydi, biroq ular predmet sifatida "Quyi", moddiy olamda aks etgan. Ular 
mukammallik va doimiylik bilan ajralib turadi, hoz. va kelajak hayot haqidagi bilimlarni 
o‘zlarida saqlaydilar. "Olam al-M." (M. olami) va M.ning o‘zi qo‘shimcha sinonim sifatida 
ishlatiladi. Jabarut odatda M. va mulk o‘rtasidagi mavqeni egallaydi va M. g‘oyalarini 
mulkda amalga oshishida vositachi bo‘lib xizmat qiladi. M., jabarut va mulk Qur’onga 
qilingan o‘rta asrlardagi sharxlarda, sunniylar, shialar, so’fiylarning asarlarida ko‘p 
uchraydi. Ularni qo‘llashdagi farqlarga qaramasdan, ularning asosiy ma’nosi, mazmuni 
odatda o‘zgarishsiz qolgan. 
 
 
MALOIKA - q. Farishta.  
 
 
MALOMATIYLAR (arab.- ta’na ahli, ta’naga qoluvchilar) - so’fiylik tariqatlaridan birining 
tarafdorlari. M. ta’limotining asosiy qoidalarini Hamdun al-Kassor (884 y. v.e.) ishlab 
chiqqan. Al-Muhosibiy, Abu Yazid al-Bistomiy va Sahl at-Tustariy kabi Iroq zohidlarining 
qarashlari mazkur ta’limotning shakllanishida muhim rol o‘ynagan. M. harakati umuman 
yagona tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lmay, mustaqil mahalliy to‘garaklar shaklida edi. 
Dastlab Nishopurda yuzaga kelib, g‘arbga - Iroq va Suriyaga, sharqqa -Movarounnahr va 
Turkistonga tarqalgan. M. ayrim ruhoniylarning o‘z taqvodorligini boshqalarga pesh qilib, 
ibodat va marosimlarni yuzaki, namoyishkorona bajo etishiga e’tiroz bildirishgan. Vaqt 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
o‘tishi bilan M. tariqati yo‘qolib, uning tarafdorlari qolmadi. Bu ta’limotning ba’zi jihatlari 
naqshbandiylik tariqatida namoyon bo‘lgan.  
 
 
MAMLUK ("egalik qilinadigan kishi") - qul, sinonimi abd, lekin undan farkli o‘laroq hech 
qachon ko‘chma ma’noda qo‘llanilmaydi (mas., "Allohning kuli" kabi). Dastlab M. - 
tug‘ma quldan farqli ravishda faqat qo‘lga kiritilgan qul. Qur’onda bir marta abd mamluk 
(16:75/77) shaklida uchraydi. M.lar deb harbiy qo‘shinda xizmat qiluvchi qul-jangchilar 
atalgan. Ular ko‘pincha yuqori harbiy lavozimlarni egallab, bu bilan hatto ozodlikka ham 
erishganlar. 9-a.dan g‘ulom (o‘smir, qul-jangchi) so‘zining sinonimi sifatida, lekin odatda 
oq gulomlarga nisbatan qo‘llanilgan; 12-13-a.larda M. atamasi Suriya va Misrda g‘ulom 
istilohini siqib chiqargan. Ayyubiylardan bo‘lgan M. amirlari 1250 y. Misrda hokimiyatni 
qo‘lga olgan bo‘lib, ular 14-a. o‘rtalarigacha rasman Abbosiylardan bo‘lgan xalifalarning 
amirlari hisoblanganlar, so‘ngra mutlaqo mustaqil hukmdorlarga aylanishgan. 1250-
1290 y.larda hukmronlik qilgan sultonlar M.larning Bahriy sulolasiga mansub; Burjiy 
M.lari (1382-1517) o‘zaro qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog‘lanmaganlar, ular • 
guruhbozlik asosida birlashganlar. Butun mana shu davr mobaynida qullardan chiqqan 
sultonlar o‘z qo‘shinlarini M.lar - turklar va kavkazliklardan to‘ldirganlar. Usmoniylar 
tomonidan Misr bosib olingach (1517 y.), M.lar mamlakatning harbiy mulkdor yuqori 
tabaqasi sifatida saqlanib qolishgan; Istanbuldan tayinlanadigan posho mamlakatni 
mamluk amirlaridan tashkil topgan kengash yordamida boshqargan. 1805 va 1811 
yillarda turk lashkarboshisi, albanlardan bo‘lgan Muhammad Ali Qohirada mamluklarning 
barcha rahbarlarini qirib tashlagan.  
 
 
MANOT - qad. arab ma’budasi; Nabateya, Suriya va Hijozda, ayniqsa, e’zozlangan; 
takdir va o‘lim ma’budasi bo‘lgan. Qora toshdan ishlangan sanami va sajdagohi 
Makkadan Yasribga boradigan yo‘ldagi Qudaydada joylashgan. Yasribdagi Avs va Xazraj 
qabilalari M.ga ayniqsa qattiq topinganlar. Ular Makkadagi Ka’ba qatori M.ning 
sajdagohini ham ziyorat qilganlar. M. Arabistonning eng qad. ma’budalaridan hisoblanib 
ko‘pgina kishi nomlari tarkibiga ham qo‘shilgan. Makkada uchta ma’buda (al-Lot va al-
Uzza qatorida)dan biri sifatida topilgan. Qudaydadagi sajdagoh Muhammad (sav) 
topshiriqlariga ko‘ra 630-31 y.da buzib tashlangan. 
 
 
MANDUB (arab. - tavsiya etilgan, lozim topilgan) - shariat hukmlaridan biri (farz, 
muboh, makruh, harom bilan birga). Dindorlar uchun bajarish lozim topilgan, tavsiya 
etilgan, lekin majbur hisoblanmagan amallar M. hukmiga kiritilgan. Ixtiyoriy 
bajariladigan bir qancha urf-odatlar M. hisoblanadi, ular mohiyatan sunna qo‘ygan 
talablardan keyin turadi, ba’zan ular ayni mazmunda ham talqin etiladi. 
 
 
MANOQIB (arab. - fazilatlar) - tasavvuf tushunchasi. Biror ulug‘ zotning fazl va 
martabasini maqtab, ta’rif-tavsif qilish. Ko‘pincha shu haqdagi risola yoki asar 
tushuniladi. Mas., "Manoqibi Xoja Ahror" (Xoja Ahror ta’rifi), "Manoqibi Shoh Abdulloh" 
(Shoh Abdullohning ta’rif va tavsifi) va h. k. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
182
MANSUR ibn NUH I, Abu Solih (? - 976) -somoniylardan bo‘lgan Xuroson va 
Movarounnahr hukmdori (961-976). As-Sadid ("dono", "tadbirkor") laqabi bilan mashhur 
bo‘lgan. Davlatni mustahkamlash maqsadida bir qator tadbirlarni amalga oshirgan. Bu 
ishda unga vazirlari Bal’amiy va Utbiylar yordam bergan. Buvayhiylar ustidan qozongan 
g‘alabasi uning shuhratini oshirgan. Uning topshirig‘iga ko‘ra Bal’amiy Tabariyning "Tarix 
ul-anbiyo va-r-rusul va-l-muluk va-l-xulafo" ("Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalar 
tarixi") nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan va boyitgan. 
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling