Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
al-MA’OD ("qaytish") - kelajakdagi hayot, oxir zamondan keyingi hayot (ba’zi jihatdan oxiratning sinonimi). Al-M. tushunchasi oxir zamon (as-sa’a), o‘liklarning tirilishi (al- qiyama), Allohning odamlarni sud qilishi (yaum ad-din, as-sual), odamlarni jahannam va jannatga tushishlaridan tarkib topgan. Al-M. haqidagi tasavvur - islomning eng asosiy aqidalaridan biri. Musulmonlar o‘rtasida keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, oxir zamon bo‘lishidan avval ad- Dajjol paydo bo‘ladi, yovuzlik kuchlari Yerda g‘alaba qiladi, sharq tomondan ya’juj va ma’juj paydo bo‘ladi, Yer qa’ridan so‘zlovchi qandaydir bir hayvon chiqadi, Yer uzra tutunlar buralab ko‘kka bo‘y cho‘zadi, Quyosh g‘arbdan chiqadi. So‘ngra Iso (as) va al- Mahdiy Dajjolni yengishadi, Yer yuzida adolat o‘rnatiladi, so‘ngra esa, as-sa’a (soat) muddati kelib, unda yaum al-qiyama (o‘liklarni tirilishi kuni), yaum ad-din (sud kuni), yaum al-hisob (hisob kuni) va b. sodir bo‘ladi. Isrofil (as) sur chaladi, yulduzlar yerga qulaydi, dengizlar to‘lib-toshadi, tog‘lar joyidan qo‘zg‘aladi va barcha insonlar halok bo‘ladi. Surning ikkinchi sadosi bilan qachonlardir Yerda yashagan barcha insonlar qayta tirilib bir yerga to‘planishadi (al-mahshar). So‘ngra ular Alloh oldvda qattiq terga botib (al-araq) uzoq vaqt turadilar (al-mauqif). Alloh odamlarni qilgan a’moli bo‘yicha so‘roqqa tuta boshlaydi (as-sual), farishtalar odamlarni barcha yaxshi va yomon a’mollari yozilgan kitoblarni keltiradilar. So‘ngra qilingan gunoh va yaxshi a’mol tarozuga tortib ko‘riladi (al-mavazin). Katta hovuz (al-haud) yonida odamlarni Muhammad (sav) kutib olib, ayrim, arzimas gunohlar qilgan ba’zi taqvodorlar uchun Allohdan shafqat qilishini so‘raydilar. Shuning uchun ba’zi gunohkorlar uchun jahannam abadiy bo‘lmasligi mumkin, ayrim insonlarni esa, jannatga tushishdan avval uning darvozasi oldida kutishiga to‘g‘ri keladi. Barcha insonlarning jahannam ustidan tortilgan soch tolasidek ingichka ko‘prikdan (as-sirot) o‘tishlari lozim bo‘ladi: gunohga botganlar undan pastga qulaydilar, taqvodorlar esa, hech qanday to‘siqsiz jannat bog‘larigacha o‘tib oladilar. "Aqoidun Nasafiy" nomli sunniy aqidalarning to‘plamida (12-a.) musulmon esxatologik (oxirat zamonga oid) ta’limotining asosiy va e’tirof etilgan belgalari deb quyidagilar atalgan: al-ba’s (tirilish), vazn (gunohkorlarni tarozuda tortish), kitob (a’mol yozilgan Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 189 kitob), as-sual (so‘roq), al-haud (Muhammad (sav) quduklari), as-sirot (jahannam ustidagi ko‘prik), jahannam, jannat. Oxir zamon alomatlari: Dajjolning paydo bo‘lishi, Yerdan hayvon (maxluq)ning chiqishi, ya’juj va ma’jujning paydo bo‘lishi, Iso (as)ning qaytib kelishi, Quyoshning g‘arbdan chiqishi. Umuman olganda al-M. kontseptsiyasi islomni boshqa monoteistik dinlar bilan birlashtiradi. O’rta asrlarda uning yanada kengroq tafsilotlar bilan boyib borgani arablar, shuningdek, islomni qabul qilgan boshqa xalqlarning qad. e’tiqodlaridan olingan tafsilotlarni qo‘shilgani bilan izoxdanadi. MA’RIFAT (arab. - bilish, anglash, idrok etish) - tasavvuf tushunchasi; tasavvufdagi maqomlardan biri; solik ma’naviyatining kundan-kunga ortib borishi, koinot va tabiat ilmu hikmatidan, shuningdek, insoniy va ilohiy sir-asrorlardan voqif bo‘lib borishi. Hadisi sharifda: "Kimki o‘zini yaxshi tanisa, Parvardigorini ham, albatta, tanib oladi", deyilgan. Ya’ni, inson o‘zining tuzilishi, murakkab tarkibi, jismoniy va ruhoniy vujudini qanchalik chukur tafakkur bilan o‘rganib, bilib borsa, Allohning ulug‘ hikmati va beqiyos qudratining buyuk ekanini shunchalik idrok etadi. Inson o‘zidagi kamchilik va xatolarni qancha ko‘p sezib iqror etsa, Allohning benuqson komil zot ekanini shuncha payqab oladi. Har bir inson o‘z M. ini bilimiga karab yuqori darajalarga ko‘tarishi mumkin. MA’UNA - rost imonlari, go‘zal e’tiqodlari sababidan kulfat va mashaqqatlardan xalos bo‘lishlari uchun avom musulmonlar tomonidan sodir bo‘ladigan g‘ayrioddiy ish. MAQBARA (arab. marqad, turbat) - biror mayitning jasadi joylashgan me’moriy inshoot yoki tosh tobut (dahma, sag‘ana). Mlar hashamatli murakkab imoratlar taklidida taraqqiy topdi. Bunday hashamatli M.lar yaratilishi qad. Misr exromlarida Fir’avnni ilohiylashtirish bilan buyuk va o‘lmas degan g‘oya olib borilgan. O’rta Osiyoda dastlab kabr ustiga biror tosh qo‘yish, imorat kurish man etilgan bo‘lsa-da 9-a.dan xalifalar sharafiga M.lar qurila boshlangan. Movarounnahrda ham 9-a.dan maxsus M.lar qurish odat tusiga kirgan. Keyinchalik, asosan, mashhur kishilar (podshohlar, ruhoniylar, olimlar) qabri ustiga turli M.lar qurilgan. Oddiy M. gumbazli chorsi xonadan iborat bo‘lgan, unga peshtokdi eshik orqali kirilgan. Ba’zan xonaning 4 tomoni ravokdi-chordara shaklida bo‘ladi, keyinchalik M. kurilishi tobora murakkablasha borib, unda ziyoratxona, go‘rxona, tagxona-sardoba kabi maxsus xonalar paydo bo‘lgan. MAQOM (arab. - joy, o‘rin, manzil) -islomda so’fiylikka xos tushuncha, har bir so’fiy bosib o‘tishi lozim bo‘lgan bosklchlar. Tariqatlarda M.larning soni har xil keltiriladi, lekin ko‘p hollarda 4 M. tilga olinadi: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat (q. Tasavvuf). Lekin, tasavvufning ayrim yirik namoyandalari M.larni ko‘proq deb hisoblagan. Mas., Fariduddin Attor 7 maqom, G’azoliy 9 maqomni ta’riflagan. Har bir M. ham o‘z navbatida bir necha kichik bosqichlarga bo‘linadi (ayrim so’fiylarda bu bosqichlar 8 dan 10 gacha ko‘rsatilgan) va ular manzil deb ataladi. MAQSURA ("To‘silgan") - xalifa, hokim yoki boshqa yuqori mansabdor shaxslarni olomondan to‘sib turish maqsadida shaharning jome’ masjidida mehrob va minbar yonida o‘rnatilgan o‘yma yog‘och panjarali ravon (pavilon) yoki oddiy panjara bilan Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 190 to‘silgan joy. Uni joriy qilishni Muoviya (661-680) bilan bog‘laydilar, u hayit namozlarida tiqilinch paytida sodir etiladigan suiqasdlardan o‘zini saqlamoqchi bo‘lgan; 7-a. oxiri - 8- a. boshida M. eng yirik noibliklar markazlarida paydo bo‘lgan, so‘nfa yirik ma’muriy markazlardagi barcha jome’ masjidlariga tarqalgan. Asta-sekin bu istilohni qo‘llash ham o‘zgargan, M. deb masjiddagi har qanday to‘silgan, ajratib qo‘yilgan joy, mas., ayollar namoz o‘qiydigan panjarali ayvon yoxud xazina saqlanadigan ravon (pavilon) atala boshlangan. Zamonaviy masjidlarda odatda M. yo‘q. MAHDIY (arab. - Alloh tomonidan to‘g‘ri yo‘lga yetaklanuvchi) - islomda zamona oxir bo‘lganda yerga qaytib kelib adolat o‘rnatadi, deb tasavvur etiladigan payg‘ambar. Shialikda M.ga e’tiqod qilish katta o‘rin egallagan. MAHDIYLIK - zamona oxir bo‘lishi va Imom Mahdiyning kelishi haqidagi diniy ta’limot. Zamona oxir bo‘lganda "yashiringan imom" yerga qaytib kelib, adolatli tuzum o‘rnatadi, degan e’tiqod dastlab shialar o‘rtasida kelib chiqqan. Keyinchalik bu ta’limot sunniylarga ham o‘tgan. Islom mamlakatlarida M. g‘oyalaridan ayrim davlatga qarshi harakatlarning rahnamolari ham foydalangan. Mas., Eronda bobiylar qo‘zgolonining boshlig‘i Ali Muhammad (q. Bob) va 1881 y.da Sudanda dehqonlar va ko‘chmanchilarning isyoniga rahbarlik qilgan Muhammad ibn Axmad (1848-85) va b. o‘zlarini al-Maadiy deb e’lon qilgan. MAHMAL (mihmal, mahmil) - keng ma’noda tuyaning ustiga o‘rnatilgan taxtiravon; unda boy sayyoxdar, odatda ayollar olib yurilgan. M. ash-sharif, yoki oddiy M. – hashamatli bezatilgan bo‘sh taxtiravon, muqaddas shaharlar Makka va Madina (al- Xaramayn) ustidan siyosiy homiylik ramzi. 1266 y.dan va tanaffuslar bilan 1952 y.gacha bir qator musulmon davlatlari (Misr, Iroq, Suriya, Yaman) Makkaga hajga yuborilayotgan asosiy hojilar karvoni qatorida M.ni ham qo‘shib jo‘natganlar. Bu an’ananing paydo bo‘lishi mamluk sultoni Beybars (1260-1277)ning Bag‘dodni mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinganidan so‘ng (1258) xalifaning ayrim imtiyozlariga merosxo‘r bo‘lishi, Misr va Yaman bilan raqobatda (1258-1282) kisva jo‘natish huquqini qo‘lga kiritishga intilishi bilan bog‘liq. Bu amaliyotga rioya etish, u yoki bu mamlakat tomonidan Makkaga M. jo‘natishdan bosh tortish davlatning qudrati yoki siyosiy obro‘sining oshgani yoki zaiflashganini, musulmon hukmdorlariningo‘zaro raqobatini aks etgirgan. An’ana bir necha bor vahhobiylarning qarshiligi tufayli to‘xtab qolgan. Musulmon xalqlari orasida M. - haj marosimlarini bajarishni ifodalovchi eng muqaddas ramzdir. M. alohida tuya yoki maxsus vagonda tashilib karvonning markazi bo‘lib xizmat qilgan. M.ni Makkaga jo‘natish, u yerda uni shaharning ko‘zga ko‘rinarli yeriga, so‘ngra uni Arafot tog‘i etagiga o‘rnatish, M.ni xojilar karvoni bilan qaytib kelishi xalq bayramiga aylanib ketgan. M. - baraka keltiruvchi deb hisoblangan. M. jo‘natish amaliyoti bekor qilingandan keyin u bilan bog‘liq udumlar xotiradan o‘chib bormoqda. MAHR (turkcha mehr; sinonimi sadoq) - teng huquqli nikoh (zavoj) tuzilgan paytda xotiniga ajratib beradigan mulk. M. to‘lash - shunday nikohning asosiy sharti bo‘lib, nikoh munosabatlari uchun xotinga to‘lanadigan haq sifatida qaraladi. M. faqat xotinga tegashli bo‘lib, xotinning eri vafot etsa yoxud eri taloq etib beva qolgudek bo‘lsa, uni Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 191 moddiy ta’min etgan. Ozmi-ko‘pmi qiymatga ega va mulk huquqi joriy etilgan barcha narsa M. bo‘lishi mumkin. Eng kam M.mikdori 10 dirham (30 g kumush), eng ko‘pi cheklanmagan. M. quda tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan belgilanadi. M. mikdori va uni to‘lash shartlari alohida nikoh bitimi (sig‘a)da aytiladi. M. nikoh shartnomasi tuzilgan zahoti berilishi (mahr mu’ajjad) yoki bo‘lib-bo‘lib, yoxud ajralish paytida (mahr mu’ajjal) berilishi mumkin. M.ning katta qismini kuyov albatta to‘y kuni qimmatbaho buyumlar, bezaklar, kiyimlar va b. (sadoq) ko‘rinishida olib kelishi shart bo‘lgan, bu ham nikoh shartnomasida alohida qayd etib o‘tilishi lozim. M. kelinning vasiysi yoki ishonchli odamiga (vakil ota), odatda otasi yoki qarindoshlarining kattasiga berilishi mumkin, zero bordi-yu ajralish sodir bo‘lsa kelin o‘sha xonadonga qaytib borishi mumkin bo‘lsin. Biroq M. bevosita kelinni o‘ziga ham berilishi mumkin, u holda M. kelinning shaxsiy mulki hisoblanib, kelin uni to‘la huquqdi egasi bo‘lgan. M.ni o‘z vaqtida to‘lamaslik xotinga to u to‘liq to‘lanmaguncha shartli ajralish (fash) huquqini bergan. Bordi-yu, er vafot etib qolsa, to‘lanmagan M. uning mulkidan tegashli M. ajratilib xotinga beriladi. Xotin bundan tashqari erining merosidan ham ulush olish huquqiga ega. Bordi-yu, ayolning ixtiyori bilan nikoh bekor qilinsa (xul) va ikki tomon bir-birini qarg‘ab, la’natlab ajralishsa (li’an) va M. to‘lanmagan bo‘lsa, xotin kishi M.dan mahrum etiladi. U yoki bu shaklda M. to‘lash odati hozirgacha islom mamlakatlarida saqlanib qolgan. Ba’zi mamlakatlarda M. mikdorini biroz cheklash yo‘lida hukumat tomonidan qonuniy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. M. faqat islomga xos, shuning uchun uni qalin bilan aynan deb bilish xatodir. Qalin, garchi tashqi tomondan M.ga o‘xshasa-da, u islomni qabul qilgan ko‘p xalqlarning qadimdan qolgan urf-odati hisoblanadi. MAHRAM (arab. - qarindosh) - shariatga xos tushuncha; ayol kishi yuzi ochiq holda ko‘rishishi mumkin bo‘lgan erkak yaqin qarindoshlar. Shariatga ko‘ra, ayolning otasi, o‘g‘illari, aka-uka, amaki, buva, tog‘a, qaynatasi M., undan yiroq turgan erkak qarindoshlar va yot erkaklar nomahram hisoblanadi. Ayol kishining M. doirasiga kirgan erkaklar bilan nikoh qilinishi taqiqlangan. Ayolga uylanishi mumkin bo‘lgan erkaklar nomahram hisoblanadi. Ayol har bir oilaning or nomusi, himoyaga muhtoj inson. Shu boisdan payg‘ambarimiz (as) ayollar safarga M.siz chiqmasinlar, deganlar. MAHSHAR (arab. - to‘planish, yig‘ilish joyi) - sunniylikdagi oxirat va shialikdagi ma’od aqidasi bilan bog‘liq tasavvur. Islom an’anasida dunyo tugagach (q. Oxirat), insonlar tirilib, o‘rnidan turib (q. Qiyomat) to‘planadigan va so‘roq qilinadigan kun, deb tasavvur etiladi. Shundan M. kuni oxirat kuni yoki qiyomat kuni mazmunida tushuniladi. MEROS (sinonimlari irs, virasa, virs, tarika, turas) - mol-mulk, huquq va majburiyatlar egasi vafot etishi bilan ularning boshqa shaxs ixtiyoriga o‘tishi. M.ning barcha majmuasi, jumladan meros bo‘yicha o‘tadigan narsalarni belgilash, merosxo‘rlarni ko‘rsatish, uni olish va taqsimlash tartibi asosan johiliyat davridagi Arabiston o‘troq aholisining huquqiy me’yorlaridan olingan va Qur’onda tasdiqlangan. M. ilm al-faroidning alohida huquqiy sohasi hisoblanadi. M. tushunchasiga o‘lganning mulkini olishdan tashqari uning qarzlarini to‘lash, uvdan qolgan majburiyatlarni bajarish, vasiyatini ijro etish, o‘lgan kishi oilasini o‘z qaramog‘iga yoki vasiyligiga olish va b. kiradi. Merosxo‘rlar o‘rtasida qolgan mulkning kamida uchdan ikki qismi taqsimlanadi, vasiyat bo‘yicha esa, ko‘pi bilan Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 192 uchdan biridan mahrum etish mumkin. Marhumning M. olish huquqiga ega bo‘lgan qarindoshlari uch toifaga bo‘linadi: a) 1-darajadagi eng yaqin qarindoshlar: ota-onasi, xotinlari, farzandlari; b) 2-darajadagi qarindoshlar: bobolar va buvilar, aka-uka va opa- singillar, nabiralar; v) 3-darajadagi qarindoshlar: amaki, tog‘a va amma-xolalar, ammavachcha, amakivachcha, xolavachchalar. Bunda qondosh va o‘gay qarindoshlar o‘zaro teng huquqqa ega, boqib olingan bolalar qondoshlar bilan teng deb belgilanadi. 2- darajadagi qarindoshlar 1-darajadagi qarindoshlar yo‘q bo‘lsa, M.ga ega bo‘lishlari mumkin, 3-darajadagi qarindoshlar agarda 1- va 2-darajadaga qarindoshlar yo‘q bo‘lsa, M.ga ega chiqishlari mumkin. M. taqsimlanish paytida, bu jarayon boshlanishidan avval vafot etgan shaxsning mulkidan u ijaraga olgan, shartnomaga ko‘ra uning ixtiyorida bo‘lgan barcha narsalar ajratib qo‘yiladi, qarzlar to‘lanadi, xotinlarga mahr ajratiladi, xo‘jayini vafot etgach, ozod qilinishga va’da berilgan qullar ozod etiladi. So‘ngra barcha qolgan mol-mulk baholanadi va undan vasiyat bo‘yicha mahrum etilgan qism ajratiladi; faqat shundan so‘nggina u merosxo‘rlar o‘rtasida ularning ulushiga qarab taqsimlanadi. ME’ROJ - q. Isro va me’roj. MEHROB (arab. - sajdagoh) - 1) masjidning Makka (Ka’ba) tomonidagi devori ichiga taxmon shaklida qurilgan joy. M. islom dinining dastlabki davrlaridan har bir masjidda mavjud. U namoz o‘qiladigan tomon (qibla)ni belgilash uchun xizmat qiladi. 2) Arablarda majlislarning to‘ri. 3) Uyning to‘ri. MIKOIL, Mekoil - islomda to‘rt bosh farishtadan biri (Azroil, Jabroil, Isrofil bilan birga). Diniy an’anada koinotni moddiy ta’minlovchi farishta hisoblanadi. U Qur’onda Jabroil bilan bir qatorda tilga olinadi (2-sura 92-oyat). Rivoyatlarda aytilishicha, M. Jabroil bilan birga Odamatoga birinchi bo‘lib sajda qilgan, Muhammad (sav)ning ko‘ksilarini yorib, yuraklarini poklagan. Musulmonlarga Badr jangda boshqa farishtalar bilan birga yordam qilgan. MILLA - din, diniy jamoa. Qur’onda M. istilohi bilan majusiylik (18:20/19; 14:13/16), yahudiylik va xristianlik (2:120/114), Ibrohim (as)ning haqiqiy dini, uni yahudiylar, xristianlar va majusiy-arabiylar tomonidan buzilgani (6:161/162; 2:128/122; 130/124; 3:95/89; 4:125/124 va b.), Muhammad (sav) tomonidan tiklangani va u zotning izdoshlarini birlashtirgani anglatilgan. M. Rasululloh (sav) tomonidan diniy belgilariga ko‘ra birlashgan kishilar uyushmasini anglatgan (q. Umma), Qur’ondagi istilohlar qatorida turadi. M. istilohining ikki xil ma’noda (din -uyushma) ekani Muhammad (sav) zamondoshlari bo‘lgan shoirlar ijodida, o‘rta asr musulmon adabiyotida (mas., Tabariy, Ibn Xaddun), o‘rta asr hukmdorlari unvonlarida (mas., ilk G’aznaviylarda) ko‘zga tashlanadi. Istiloh "yo‘nalish", "tariqat" ma’nosida ham ishlatilgan [mas., al-Hallojda]. Usmoniylar saltanatida 15-a. 2-yarmidan M. istilohi bilan (millat shaklida) davlat tomonidan rasman e’tirof etilgan va cheklangan muxtoriyat huquqini olgan diniy jamoalar (grek-pravoslav, arman-figorian va yahudiylar jamoasi) anglatilgan. Yangi davrda M. istilohi eski, Qur’ondagi ma’nosi bilan birga "xalq", "millat" kabi ma’noga ega bo‘ldi. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 193 MINBAR - masjidda imom va’z aytadigan baland joy, keng zinapoyali supa. Birinchi M. baland o‘rindiqli bo‘lib, unga 2 zina bilan chiqilgan, Muhammad (sav) 628-629 ylarda va’z o‘qiganlarida unda o‘tirganlar. Shu yagona M.dan birinchi uch xalifa foydalangan, faqat Ali davrida Kufada ikkinchi M. paydo bo‘lgan, keyinchalik Muoviya davrida Damashqda yana bir M. vujudga kelgan. Umaviylar davlat boshqaruvining oxirigacha M. taxt singari hokimiyat ramzi sifatidagi ahamiyatini saqlab qoldi. Va’zxonga kafedra bo‘lib xizmat qilgan birinchi M. 748 y.da, Marvda Abu Muslim g‘alaba qilgandan keyin paydo bo‘ldi; shu vaqtdan boshlab siyosiy hokimiyat ramzi bo‘lmay qoldi. MINORA (arab. - mayoq) - asosan, masjid va madrasalar yonida yoki ularga tutash qurilgan baland inshoot. Muazzin M.ga chiqib, azon aytadi - namozxonlarni ibodatga chaqiradi. Ba’zi M.lar shaharga, ma’lum bir me’moriy majmuaga ko‘rk va salobat beruvchi yodgorlik sifatida ham quriladi. Mas., Samarqand, Xiva (Islomxo‘ja madrasasining minorasi, Kalta minor) va Buxorodagi (Minorai Kalon) M.lar. MINORAI KALON (Katta minora) Arslonxon minorasi - Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Muhandis va me’mor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). M.k. o‘rnida avval ham minora bo‘lgan, u kulab tushgach, hoz.si mustahkam qilib qayta qurilgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chukur, bal. 50,0 m, kursisi qirrador, tanasi g‘o‘lasimon, tepasi gumbazli davra kafasa-ko‘shk bilan bog‘langan. Minora yuqoriga ingachkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi Kalon tomonidan minoraga o‘tiladigan ko‘prikcha bo‘lgan. M.k.ning o‘zagi ham, bezagi ham chorsi g‘isht (27x27x4-5 sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak g‘ishti o‘rniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil xandasiy shakldagi bejirim bezakli halqalari g‘ishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan (keyinchalik to‘kilib ketgan). M.k. shu turdagi qad. inshootlar orasida alohida o‘rin tutadi. Shaqllarning o‘zaro monandligi va mutanosibliga, handasiy uyg‘unlik, ajoyib ko‘rk va mahobatlilik M.k.ga chinakam go‘zallik bag‘ishlaydi. Tanasi va muqarnaslari ta’mir etilgan (1924). Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib ta’mirlangan (1960). Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan M.k.da ta’mirlash ishlari olib borildi (1997). M.k. Buxoro sh.ning noyob va ko‘hna yodgorliklari qatoridan markaziy o‘rin egallagan. "MIR ARAB" MADRASASI - Buxorodagi diniy o‘quv yurti. Malakali diniy mutaxassislar tayyorlaydi. O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. Yamanlik amir Abdulloh tomonidan Buxoro xoni Ubaydullaxon in’om qilgan mablag‘ hisobiga qurilgan (1530-36); madrasa amirning laqabi bilan Mir Arab deb atalgan. Sho‘rolar davrida faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 1945 y.da yana giklangan. O’quv muddati 4 y. O’quv yurti kunduzgi bo‘limiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan o‘rta va to‘liqsiz o‘rta ma’lumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlarni, arab tilini uqitish O’zbekiston musulmonlari idorasi gomonidan tuzilgan reja asosida, umumta’lim fanlarni o‘qitish esa, respublika Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan maktab va o‘rta maxsus Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 194 o‘quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalar asosida olib boriladi. O’kuv mashg‘ulotlari ma’ruza, seminar tarzida o‘tkaziladi. Darslar o‘zbek va arab tillarida olib boriladi. Talabalarga ingliz, rus va fors tillari ham o‘rgatiladi. O’quv rejasi va dasturlari talablarini to‘liq bajargan, bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalarga diplom beriladi. MIR DOMOD, Mir Muhammad Boqir ibn Shamsiddin Muhammad al-Husayniy al- Astrobodiy (? - 1631/32) - shia ilohiyotchisi za faylasuf, Isfahon falsafa maktabi asoschisi. Astrobodda, mashhur shia oilasida tug‘ilgan. Tusda ta’lim olgan, shoh Abbos I davrida (1587-1629) Isfahonga borib saroyda xizmat qilgan. Ilohiyot va falsafa bilan ko‘p shug‘ullangan. Najafda vafot etgan. MD.ning ma’naviy dunyosi Ibn Sino falsafasi, as-Suxravardiyning ishroq teosofiyasi va shialikdagi imomat kontseptsiyasi ta’sirida shakllangan. Olimlar o‘rtasida M.D. "Uchinchi muallim" ("Birinchi muallim" - Aristotel va "Ikkinchi muallim" - al-Forobiydan so‘ng) unvonini olgan. Ishroq g‘oyasi doirasida Isfahon maktabi vakillari shialikdagi uzlarining ta’limotlarini yaratganlar. M.D. ko‘p asarlar yozgan. Ularning orasida eng mashxurlari - "Kitob ar-ravashix as-:amaviya", "ar- Risala al-xal’iya", "al-Jizavat" bo‘lgan. MIR KULOL Buxoriy (taxm. 1288, Buxoro yaqinida (hoz. Kogon tumani)gi Suxor qishlog‘i – 1371) - xojagon-naqshbandiya silsilasining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning oltinchisi. Xoja Muhammad Boboyi Samosiydan tahsil olgan. Kulolchilik bilan shug‘ullanganligi sababli Mir Kulol nomi bilan mashhur. "Silsilai Sharif"da 15-halqaning piri sifatida kelgan. Uning 114 xalifasi bo‘lib, Bahouddin Naqshband, Shamsuddin Kulol (Amir Temurning piri), Orif Deggaroniy eng mashhurlari sanalgan. Uning hayoti haqida "Maqomati Mir Kulol" kitobi yaratilgan. Tug‘ilgan qishlog‘ida dafn etilgan Qabri ustida maqbara o‘rnatilgan. MIR SAID BAHROM MAQBARASI -Karmanadaga me’moriy yodgorlik (10-11-a.lar) Bir xonali murabba tarxli (4,5 x 4,5 m), gumbaz tomli. Somoniylar davri me’morligiga xos uslubda pishiq g‘isht (21 x 21 - 3 sm)da bezakli qilib terilgan. Peshtoqi 3 qismdan iborat, hoshiyali. Sharafasi va ikki yon tomoni mayda g‘ishtlardan terilgan. Ravoq hoshiyasida kufiy yozuvida Qur’ondan oyatlar bitilgan Tabadoniga yoy shakldagi o‘yma panjara ishlangan. Ustungo‘shasiga g‘ishtlar juft-juft qilib "qo‘sh" uslubida terilgan. Yon va orqa devorlari bezaksiz. Ichki gumbaz osti bag‘ali sakkiz qirrali ravoq (5 g‘ishtin ustun)ga tayangan. Peshtoqi pishiq g‘isht (26,5 x 26,5 5 sm)dan qayta terilgan. Maqbara bir necha bor ta’mir etilib (1960-70 ylar), dastlabki ko‘rinishini yo‘qotgan. Maqbara me’moriy qismlarining o‘zaro aniq nisbati naqshlarining ixchamligi bilan ajralib turadi Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling