Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 208 MUQQARRABUN (arab. - yaqinlashtirilganlar) - Qur’onda to‘rt bosh farishta (Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofil)ning umumiy nomi. Islom aqidalarida ular Allohga eng yaqin farishtalar deb ta’riflanadi. MUG’AYRA ibn SHU’BA (? - 666) -sahobalardan. Kufadaga saqafiy qabilasidan. Umar (ra) uni Basra hokimi etib tayinlaydi. Yarmuk jangida bir ko‘zidan ayrilgan, Nihovand va Qodisiyya janglarvda ishtirok qilgan. Keyin Kufa hokimi bo‘lib, shialar va xorijiylar orasida yuz bergan fitnalarni bostirgan. MUG’IYRIYLAR, al-Mug‘iriya - "o‘ta" shialar jamoasi, Mug‘iyra ibn Sa’id al-Ijliy izdoshlari. Xolid ibn Abdulloh al-Kasriyning Iroqdagi noibligi davrida (724-738) Mug‘iyra Kufada o‘zini "payg‘ambar", Muhammad ibn Abdullohni mahdiy deb ochiqdan-ochiq da’vo qilib chiqqan. Noibning amriga ko‘ra, Mug‘iyra va uning bir guruh izdoshlari qo‘lga olinib, gulxanda yoqilgan (736 y.). Mug‘iyra tarafdorlari Ja’far as-Sodiqning imomligini tan olmaganlar, ularning fikricha, imom Muhammad al-Boqir (732 y. v.e.) imomlikni Mahdiy kelishigacha Mug‘iyraga vasiyat qilgan. 762 y. imomlik uchun kurashda Muhammad ibn Abdulloh halok bo‘lgan, biroq M. va unga imom sifatida qasamyod qilgan abbosiy shialarning bir qismi uning vafot etganini inkor etganlar, ularning fikricha, uning qiyofasidagi shayton o‘ldirilgan, uning o‘zi esa, tog‘larga yashiringan va aynan uning o‘zi, Muhammad (sav)ga ismdosh bo‘lgani tufayli, Mahdiy sifatida qaytadi. Shundan ularning boshqa bir atalishi - muhammadiylar kelib chiqqan. MUHADDIS (arab.- hadis rivoyat qiluvchi) -hadislarni to‘plash, saralash va sharxlash bilan shug‘ullangan ilohiyotchi. Muhammad (sav) vafotlaridan keyin hadislarni to‘plash keng an’anaga aylana boshlashi natijasida ilohiyotchilarning bir qismi bu sohada ixtisoslashgan va ular M.lar deb nom olgan. Hadis to‘plamlari islom an’anasida e’tibor qozonib, M.lar (mas., Muhammad al-Buxoriy, Muslim'ibn al-Hajjoj, Ibn Moja va b.) islom tarixida mashhur bo‘lib ketgan. Islomda hadis Qur’ondan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. MUHAMMAD (sav), Ahmad ibn Abdulloh (570/571 - 632) - islom dini payg‘ambari va musulmonlarning birinchi jamoasi asoschisi. Musulmonlar e’tiqodiga ko‘ra, Allohning oxirgi payg‘ambari va uning elchisi. U zot orqali odamlarga Qur’on nozil qilingan. Islom ta’limotiga ko‘ra, M. nomlarini aytgan yoki eshitgan kishi "sallalohu alayhi vasallam" (sav) - "unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin" yoki "alayhissalom" - "unga salmlar bo‘lsin" deb salovat aytib qo‘yish vojib hisoblanadi. Quraysh qabilasining hoshimiylar urug‘iga mansub, Makkada uncha boy bo‘lmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tug‘ilganlar. M. (sav)ning bolalik va o‘smirlik yillari haqidagi ma’lumotlar juda kam. M. (sav) go‘dakliklaridayoq yetim qolganlar; otalari Abdulloh - payg‘ambar (as) tug‘ilmaslaridan avval, olti yoshliklarida esa - onalari Omina vafot etgan. So‘ng M. (sav)ni o‘z tarbiyasiga olgan bobolari Abdulmuttalib ham ko‘p o‘tmay olamdan o‘tadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakilari Abu Tolib o‘z zimmasiga oladi. 12 yoshlarida M. (sav) bir muddat Abu Tolibning podasini boqadilar, keyin tijorat ishlariga jalb qilinganlar. 21 yoshlarida Abu Tolib M. (sav)ni Huvaylid ibn As’adning qizi, badavlat beva ayol Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 209 Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shug‘ullangan M. (sav) Suriyaga safar qilganlar. xususan. Xalab va Damashq shaharlariga boradilar. M. (sav) 595 y. 25 yoshda 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanganlar. Xadicha hayotligada M. (sav) boshqa xotin olmaganlar. M. (sav)dan Xadicha uch o‘g‘il (Qosim, Tohir, Tayyib) va to‘rt qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) ko‘rgan. O’g‘illari go‘dakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagana M. (sav) avlodlarini davom ettirgan. Xadicha vafotidan so‘ng M. (sav) bir necha bor uylanganlar (lekin, Oishadan boshqa bokira qiz xotin olmaganlar), ulardan farzand ko‘rmaganlar. Faqat joriyalari Moriyadan Ibrohim ismli o‘gil bo‘lgan. U ham juda yoshligida nobud bo‘lgan. M. (sav) qirq yoshga to‘lganlarida o‘zlarini boshqacha seza boshlaganlar. Yolg‘izlikni qo‘msab, Makka yonidagi Hiro tog‘ida joylashgan g‘orga borib ibodat bilan mashg‘ul bo‘lar, o‘yga tolardilar. Taxm. 610-y.da M. (sav) Makkada o‘zlarining xudodan vahiy olayotganlarini e’lon qiladilar. Buni birinchilardan bo‘lib Xadicha, M. (sav)ning amakivachchalari Ali ibn Abu Tolib hamda asrandi g‘illari Zayd ibn Horisa e’tirof etib imon keltirishgan. Ko‘p o‘tmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf va Usmon ibn Affon M. (sav)ning chin payg‘ambar deb tan olishgan. M. (sav) izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning qolgan aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayshiylar esa, M. (sav) ta’limotlarini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan qarshi olgan. Buning natijasida M. (sav) tarafdorlaridan 11 xonadon (50 ga yaqin odam) Habashiston (hoz. Efiopiya)ga ko‘chib ketgan. M. (sav) jamoalariga jasur jangchilar sifatida tanilgan Hamza bilan Umarning qo‘shilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda quraysh zodagonlarining M. (sav) va u zotning tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620 y.da Xadichaning, so‘ngra Abu Tolibning vafotidan so‘ng Makkada vaziyat yomonlashadi, M. (sav) muayyan xatar ostida qoladilar. Har yilgi an’anaviy Makka ziyoratiga kelgan Yasrib (hozirgi Madina sh.)lik Avs va Xazraj qabilalarining vakillari M. (sav) bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga va’da berishadi, M. (sav)ni Yasribga ko‘chib borishga da’vat qilishadi. Avval M. (sav)ning izdoshlari (ashoblar) o‘z oilalari bilan quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh bo‘lib ko‘chadi. Oxirida M. (sav)ning o‘zlari Abu Bakr (ra) bilan jo‘nab ketadilar. 622 y.da yuz bergan bu ko‘chish payti (arab. xijra)dan musulmonlar erasi - hijriy yil hisobi bolshanadi. Dastlab, ko‘pchilik Makkalik musulmonlar, keyinchalik M. (sav)ning o‘zlari ham Yasribga ko‘chib o‘tishgan (Rabiul avval oyining 12 yoki 8-sanasida yoki 622 y.ning 24 yoki 22 sent.ida). Yasrib Madinat an-Nabiy ("Payg‘ambar shahri") yoki shunchaki, Madina deb atala boshlandi. M. (sav) jamoaning oddiy da’vatchisidan siyosiy yetakchisiga aylanganlar. Asta-sekin Makkadan M. (sav) bilan birga ko‘chib kelgan musulmon - muhojirlar va madinalik musulmon ansorlar M. (sav)ning asosiy tayanchlari edilar. Shanba o‘rniga musulmonlar uchun jamoa bo‘lib namoz o‘qiladigan juma kuni belgilanadi. Ka’ba muqaddas haj ziyoratgohi deb e’lon qilinadi. U islom dinining asosiy ziyoratgohi, ibodat qiluvchilar o‘sha taraf (Qibla)ga qarab ibodat qiladigan bo‘ldilar. Madinada birinchi masjid, M. (sav) uylari quriladi, musulmon arkonlari (aqoid) -ibodat, tahorat, ro‘za, namozga chorlash - azon xayr-ehson ehtiyojlari uchun zakot yig‘ish qoidalari ishlab chiqila boshladi. M. (sav) Allohning elchisi, odamlarga ilohiy yo‘l-yo‘riq va qonunlarni yetkazuvchi payg‘ambar deb taniladilar. Madinada M. (sav) atroflariga birlashgan muhojir va ansorlardan iborat musulmonlar jamoasi (umma) vujudga keldi. Bu jamoa Arabistonda azaldan hukm surib kelgan qon-qarindoshlikdan iborat urug‘- qabilachilik birlashmalari asosida emas, balki yagona diniy ta’limot asosida vujudga kelgan edi. Umma diniy ruhdagi uyushma bo‘lib, M. (sav) ayni vaqtda jamoaning ham diniy, ham dunyoviy, ham harbiy rahbari edilar. Hijradan so‘ng bir necha yil davomida Madina va atrofdagi arablar islomni qabul qilib, jamoaga a’zo bo‘lib kirishdi. Shahardagi Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 210 yahudiylar musulmonlar bilan tuzgan ahdnomani buzgani uchun qisman haydab chiqarildi, bir qismi qirib yuborildi. Shunday qilib, M. (sav) diniy ta’limot, marosimlar va jamoani uyushtirishning asosiy tartib qoidalarini shakllantirganlar. Bu qonun-qoidalar keltirilgan vahiylarda kisman M. (sav)ning va’zlari, xatti-harakatlari va qarorlarida o‘z aksini topdi. Madina davrining avval boshidan jamoani jipslashtirish va uni kengaytirishning shakllaridan biri makkalik mushriklarga qarshi kurashish edi. 623 y. musulmonlarning Makka savdo karvonlariga hujumlari boshlandi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush, ular farovonliganing asosiy manbai bo‘lgan savdo karvonlari ishini chippakka chiqardi. 624 y.da Badr qudukdari oldida, (q. Badr jangi) 625 y.da Uhud tog‘i etagida (q. Uhud jangi) janglar bo‘ldi. 626 y.da makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. M. (sav) Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladilar, shahar atrofiga chukur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi o‘qchilar joylashtirildi. Qattiq to‘zonli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu g‘alaba Madina jamoasini yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yanga badaviy qabilalarning qo‘shilishiga olib keldi. Hijraning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni kelishuvchilik yo‘li bilan bartaraf etish uchun M. (sav) bilan tengma-teng muzokara olib borishga majbur bo‘lishdi. Xususan, Xudaybiyada muhim bitim tuzildi: unga ko‘ra, makkaliklar kelgusi yili Madina musulmonlarining Ka’ba ziyoratiga to‘sqinlik qilmaslik, ular Makkaga kelgan kunlari shahardan tashqariga chiqib turish majburiyatini oldi. Madinaliklar o‘z navbatida bundan buyon Makka karvonlariga tegmaydigan bo‘ldi. Bu davrga kelib makkaliklarning G’arbiy Arabistondagi siyosiy ta’siri tobora zaiflasha boshlagan edi. Shu sharoitda Makka hukmron doiralari M. (sav) jamoasi bilan munosabatlarni mustahkamlash zarurligini tushuna boshladi, Madinaga qarshi kurashning yetakchilaridan biri bo‘lgan Abu Sufyon M. (sav) tarafiga o‘tdi. 630 y.da Makka M. (sav)ga jangsiz taslim bo‘ldi, islomning diniy markaziga aylandi. Ka’ba ichidagi butlar va sanamlar buzib tashlandi, u yangi dinning eng muqaddas sajdagohiga aylantiriddi, bu yerga ziyorat (haj) qilish bu dinning shartlaridan biri deb e’lon qilindi. Makkaliklarning o‘zlari esa M. (sav) jamoalariga qo‘shildi. Bu hol M. (sav) jamoalarining badaviylarga ta’sirini yanada kuchaytirishda va ular o‘rtasida islomni kengroq yoyishda muhim ahamiyat kasb etdi. 631 y.da ko‘p qabilalar M. (sav)ga bo‘ysundi va islomni qabul qildi. Hijraning 10-yili (632 y. martida) M. (sav)o‘z oila a’zolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirga marta ziyorat (haj)ga bordilar. Buni islomda hajjat ul-vado’ deyiladi. Mana shu ziyorat Makkaning islom diniy markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. O’shandan buyon o‘tgan barcha asrlar davomida musulmonlar Makkani ziyorat qiladi. Ana shu ziyoratdan uch oy keyin uzoq davom etmagan kasallikdan so‘ng M. (sav) Madinada vafot etadilar. Payg‘ambar (as)ni o‘z hujralariga dafn qilishgan, maqbaralari keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid ichiga olingan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan. M. (sav)ning hayotlari va tarjimai hollari Siyrdyaa, u zotning so‘zlari va qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar Hadislarda bayon etilgan. Islom ta’limotida M. (sav) komil inson sifatida ta’riflanadilar. Sunnada payg‘ambar (as)ning hayotlari barcha musulmonlar uchun namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi. Islom an’anasida M. (sav) hech qanday g‘ayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasliklari, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi paygambarlari ekanliklari qayd etiladi. M.(sav)ning shaklu shamoillari, siyratu sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa payg‘ambarlardan farq etadigan xususiyatlari to‘g‘risida birga yurgan, suhbatlaridan bahramand bo‘lgan sahobalar hamda nikohida bo‘lgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar asosida ko‘plab Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 211 asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning "Shamoili nabaviya", Muhammad Busiriyning "Qasidai burda", Abu Ja’far Barzanjiyning "Mavlidin-Nabiy", Muhammad ibn Solihning "Muhammadiya", Mavlono Mu’inning "Siyari sharif", Akbarobodiyning "Nodirul- me’roj", Sayyid Mahmud Taroziyning "Shirin kalom", "Nurul kalom", "Nurul-basar" va b. ko‘plab mualliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning "Shamoili nabaviya" kitobi ular ichida kadimiyligi va rivoyatlarining sahixdigi bilan ajralib turadi. Unda M.(sav)ning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil ta’rif berilgan. Mas., ikki kiftlari o‘rtasida "Muhammadun-Rasululloh" deya bitilgan muhri nubuvvatlari bo‘lgani, soch-soqollarining oku qorasi nechta bo‘lganidan tortib, kiyim-kechaqlari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin o‘qigan duolari, suv ichishlari, xushbo‘y narsalarni iste’mol qilishlari, so‘zlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari, musiqa va she’riyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari, umrlarining mikdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va b. sifatlari to‘g‘risida alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari to‘g‘risida jumladan shunday naql qilinadi: "Ul zotning bo‘ylari unchalik novcha ham, past ham emas, bosh, qo‘l, oyoq va kiftlari yo‘g‘on, yuzlari qizg‘ish, ko‘zlari katga, oqi juda oq, qorasi o‘ta qora, o‘tkir, sochlari quloqlarining yumshoqdarigacha yopib, yelkalariga tegib-tegmay turar, bo‘yinlari sochlari orasidan tovlanib, go‘yo kumush ko‘zadek ko‘rinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hvd taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi bo‘lsalar boshlarinigana burib qaramay, balki butun gavdalari bilan o‘girilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday ko‘rsalar, orqa tomonlarini ham shunday ko‘rar edilar. M.(sav)ning soyalari yer uzra namoyon bo‘lmas edi. MUHAMMAD SHAYBONIY, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Hasan (749- 805) -faqih, musulmon huquqshunosligini bir tizimga solib, tartib beruvchilardan biri. Vosit sh.(Iroq)da mavlo oilasida tug‘ilgan. 14 yoshidan 18 yoshigacha Abu Hanifa mashg‘ulotlariga qatnagan, so‘ngra bir muncha payt Abu Yusufdan saboq olgan. 20 yoshida Kufaning jome masjidida va’z aytgan. Sufyon as-Savriy (777-78 y.v.e.) va Abdurahmon al-Avzo’iy (774 y.v.e.) ma’lumotlaridan foydalanib hadislarni o‘rgangan. 3 yil mobaynvda Madinada Molik ibn Anas ma’ruzalarini tinglagan. Iroqqa qaytib kelgach, M.Sh. Bag‘dodning eng e’tiborli faqihlaridan biriga aylangan. 792-93y.larda zaydiylar imomi Yah’yo ibn Abdullohni qo‘llab-quvvatlagani uchun xalifa Horun ar-Rashidning qahriga uchragan. Biroq, keyinchalik xalifa o‘z qarorgohini Furotga ko‘chirishga jazm qilganida xalifa M.Sh.ni xalifaljning yangi poytaxti - Rakka sh. qozisi etib tayinlaydi. 805 y. Xurosonga yo‘l olgan xalifa Horun ar-Rashid M.Sh.ni o‘zi bilan olib ketgan. Xalifa uni Xuroson qozisi etib tayinlamoqchi edi. Biroq, u yo‘dda, Ray sh. yaqinida vafot etgan. M.Sh. juda katta sa’y-harakat qilib, asarlarida Abu Hanifa ilmiy merosini to‘plagan. Shu bilan birga uning qarashlari ko‘p hollarda Abu Hanifanikidan farq qilgan. M.Sh. fiqhga ovd al-Mabsut (2-nomi - Kitob al-asl fi-l-furu) to‘plamini tuzgan va unga Kitob az- ziyodatni qo‘shimcha qilgan; fiqhga doir katta ma’lumotnoma - Kitob al-jome al-kabir va kichik ma’lumotnoma - Kitob al jome as-sag‘irni, shuningdek, harbiy huquqqa oid asar va b.ni yozgan. M.Sh. imom Molik ibn Anasning al-Muvatta asarini tuzuvchi va sharxlovchisidir. M.Sh. shogirdlari orasida eng mashhuri shofi’iy mazhabi asoschisi Muhammad ash-Shofi’iy hisoblanadi. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 212 MUHARRAM (arab. - taqiklangan, muqaddas) - qad. arablarning Oy taqvimvda, shushshgdek, musulmonlarning hijriy yil hisobida birinchi oy. M. islomdan ilgari ham arablarda muqaddas oy hisoblangan, bu oyda qabilalar o‘rtasidaga urush-janjallar va qon to‘kishlar taqiqlangan. Bu M. oyining nomidan ham ko‘rinib turadi. M. oyining birinchi o‘n kunida shialar imom Husaynni yodlab motam tutadi, turli diniy marosimlar o‘tkazadi (q. Ashuro). Islomda M. urush man qilingan to‘rt oyning biridir. MUHOJIR ("hijrat qilgan") - Makka fathiga qadar Muhammad (sav)ga ergashib Madinaga ko‘chib borgan musulmon. Dastlabki yillarda M.lar soni yuzga yaqin erkak bo‘lgan. Badr jangida 70 ga yaqin kishi qatnashgan. Ular musulmon jamoasining eng sara qismini tashkil qilgan. Ular imon, e’tiqod yo‘lida qarindoshlik rishtalarini uzib, uy- joy, mulklarini tashlab Rasululloh (sav)ga ergashganlar. Dastlabki davrda M.larning ko‘pchiligi badavlat dindoshlari xayriyalari hisobiga qashshoq yashaganlar (Qur’onda saxiylikka qilingan ko‘plab da’vatlar shu bilan bog‘liq), lekin, yahudiylarning Banu Nadir qabilasi ko‘chirib yuborilgach, ular uy va yerlarga ega bo‘lishgan, o‘lja hisobiga boyiy boshlashgan. Umar I ularga boshqa musulmonlarga qaraganda kattaroq maosh belgilagan (qancha ilgari hijrat qilgan bo‘lsa shuncha ko‘p); o‘lja taqsimotida ularga ko‘proq ulush ajratilgan. Hatto 8-a. boshidagi Misr hujjatlarida Mlarga atalgan ta’minotlar alohida qayd etib o‘tilgan. Xalifalik taxtiga da’vogarlarning barchasi M.lar ichidan chikqan. Muhammad (sav) M.lar qatoriga Makkadan Habashistonga ko‘chgan va 629 y. Madinaga qaytib kelgan musulmonlarni ham kiritganlar, lekin Umar I maosh belgilash chog‘ida ularni oliy darajaga kiritmagan, zero, ular dastlabki janglarda qatnashmaganlar. Keyinchalik ularni M. deb atashmagan. MUHOKAMA - sud jarayoni. Sud yuritish tartibi islomda, asosan, 8-a. o‘rtasiga kelib shakllangan. U uchta tamoyilga asoslangan: jarayonda tomonlarning shaxsan ishtirok etishi, jarayonning oshkoraligi, jarayonning uzluksizligi. Jarayon og‘zaki olib borilmog‘i lozim, yozma guvohliklar va dalillar esa, xotira uchun yozuv sifatida qaralgan, ularning haqqoniy ekani guvohlar (shohidlar) tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan. Tomonlarning o‘zlari ayblov yoki da’vo qo‘zg‘atganlar va o‘zlari himoya qilganlar. Agarda tekshiruv lozim bo‘lsa, uni qozi yoki uning vakshsh olib borgan. Agar tomonlardan biri jarayonda ishtirok qila olmasa, uning nomidan vakil qatnashgan, lekin unga albatta qozining ruhsati lozim bo‘lgan. Tomonlar tashqaridan taklif etilgan huquqshunoslar ko‘magidan foydalanishlari mumkin bo‘lgan, ular jarayonda advokatlik vazifasini bajarishgan, lekin, sud uchun ular faqat guvoh hisoblanishgan. Keng oshkoralikni ta’minlash uchun jarayon shunday joyda o‘tishi kerakki, u yerda xalq to‘plana olsin: maydonda, hokim yoki qozining uyi oldida, maxsus xona (mahkama)da va b. Sud shtati doimiy bo‘lmagan: qozi o‘z xohishiga ko‘ra unga kotib, tarjimonlar, xabarchilar va b.ni kiritgan, ularga sudning umumiy xarajatlaridan pul to‘lagan. Sud jarayoni vaqtida haqiqat, yoki tomonlarning biri boshqasini haq ekanini e’tirof etishi, yoki guvohlarning ko‘rsatmalari, yoxud tomonlarning biri qasam ichib o‘z hakdigiga ishontirishi yo‘li bilan aniqlangan. Jarayon quyidagi tartibda o‘tkazilgan: ayblov yoki da’vo qo‘zg‘atilgach, qozi tomonlarning kelish imkoniyatlarini hisobga olib ishning ko‘rilish joyi va vaqtini tayinlaydi. Jarayon boshlanishida ayblovchi tomon o‘z ayblovi yoki da’vosini izhor etib, imkoni boricha dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalarini keltiradi, ayblanuvchi tomon o‘zini himoya etuvchi dalil, asoslarni keltiradi. Bordi-yu, tomonlardan biriga qo‘shimcha dalillar to‘plash uchun vaqt zarur bo‘lsa, jarayon shu davrga kechiktirilishi mumkin. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 213 Agarda na dalillar, na guvoxlarning ko‘rsatmalari tomonlardan birining haq ekanini isbotlay olmasa, tomonlar qasam ichiriladi, bunda ayblovchi tomon birinchi bo‘lib qasamyod qildiriladi. Bordi-yu, mana shu barcha imkoniyatlar ham samara bermasa, tsa’volar isbotlanmasa, jarayon to‘xtatiladi. Agarda ayblovchi tomon jarayondan so‘ng qo‘shimcha dalillar topgudek bo‘lsa, u yangi jarayonni boshlashi mumkin bo‘lgan. Hozirgi davrda bunday sud jarayonlari, asosan, urf-odatni buzish bilan bog‘liq, oilaviy va ba’zi mulkiy munosabatlar (merosxo‘rlik va mulk gaqsimoti, vasiylik, topshiriq, mahr to‘lash ustidan nazorat va b.)ni ko‘ruvchi diniy sudlardagina olib boriladi. Murakkab zamonaviy usullarni qo‘llash bilan bog‘liq tekshiruvni talab qiluvchi barcha ishlar diniy sudlar tomonidan ko‘rilmaydi. MUHOSIBIY, Abu Ali al-Horis ibn Asad al-Anaziy (taxm. 781-857) - bag‘dodlik ilohiyotchi, so’fiylikning birinchi nazariyotchilaridan biri. Basrada tug‘ilgan. Hadislar va fikxni mashhur alloma Yazid ibn Horun (821 y. v.e.)dan va Abu Ishoq al-Kurashiy degan shaxsdan o‘rgangan. Yoshligida Bag‘dodga ko‘chib o‘tib, o‘qishni mustaqil davom ettirgan. U zohidona turmush kechirgan, otasi qoldirgan katta merosdan voz kechgan, zero, u mutaziliylarning "inson irodasi erkinligi" haqidagi ta’limoti tarafdori bo‘lgan. M.ning taqvodor va bilimdonligi unga katta shuhrat keltirgan va uning atrofida ko‘plab shogirdlar to‘planishiga olib kelgan. Biroq, taxm. 846 y. Ibn Hanbalning o‘zi boshchiligida hanbaliylarning unga qilgan quvginlari oqibatvda u o‘z va’zlari va darsini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Uni bid’atda ayblashgan va Bag‘dodni tark etishga majbur qilishgan. U qolgan umrini butunlay darveshona hayot kechirib, har qanday ijtimoiy faoliyatni to‘xtatgan, qashshoqlikda vafot etgan. M. ("Qalblar va xotiralar") asarida so’fiylik "psixologiyasi"ning asosiy qoidalarini ta’riflab bergan. Shaxs o‘z-o‘zini kamolotga yetkazishining asosiy vositasi o‘z-o‘zini kuzatuv va o‘zini nazorat qilishi (muroqaba va muhosaba) deb bilgan. Laqabi Muhosibiy shundan olingan, ya’ni "o‘zini-o‘zi nazorat qiluvchi, o‘ziga-o‘zi hisob beruvchi". M. 30 dan ziyod asar yozgan, ulardan mashhurlari "Kitob ar-ri’aya li-huquq Alloh" ("Allohning haqlariga rioya qilish"), "Kitob at-tavahhum" va "Kitob al-ba’s va-n-nushur" ("Qayta tirilish va yig‘ilish kitobi"), so’fiylikka qadam qo‘yganlar uchun o‘gitlar sifatida "Kitob al-vasaya" ("Tavsiyalar kitobi") va b. M. Bag‘dodning mashhur so’fiylari an-Nuriy (907 y. v.e.) va al-Junayd (910 y. v.e.) va b.ning ustozi bo‘lgan. Uning qarashlarini al-G’azoliy qabul qilib, ularni yuqori baholagan. "Kitob ar-ri’aya" butun musulmon olamida keng mashxur bo‘lib, uni muridlar uchun "shart bo‘lgan adabiyotlar" sifatida tavsiya etishgan. Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling