Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- NOMAHRAM
www.ziyouz.com kutubxonasi 220 uchun ham Qur’oni karimning ko‘pdan-ko‘p oyatlarida N. haqida batafsil to‘xtab o‘tiladi va Muhammad (sav)ni e’tirof etishga da’vat qilinadi. NASX (arab. - bekor qilish) - Qur’on oyatlaridan ayrimlarining qiroati va yozuvini o‘zgarishsiz saqlagan holda, ularni faqat amaldan qoldirish, tatbiq etmaslik. Shu kabi oyat - "mansux", uni bekor qiluvchi oyat -"nosix" deb ataladi. Islom tarixiga ko‘ra, Qur’on oyatlari yaxlit emas, balki vaqti-vaqti bilan, zarurat va ehtiyojga ko‘ra 23 y. mobaynida nozil qilingan. Bu asnoda shariatning ayrim hukmlari oyat va hadislar ko‘rsatmasi bilan yangilanib turgan. Shuning uchun ba’zi oyatlar mazmuni bir-biriga zid tuyuladi. Bunday vaqtda ulardan qaysi biri keyin nozil qilingan bo‘lsa, o‘shanisi nosix, oldin nozil qilingani esa, mansuxdir. "Baqara" surasining 106-oyatiga yozilgan tafsirlarda N. haqida mufassal ma’lumotlar berilgan. NAQIB (arab. - boshliq, yetakchi, rais) -o‘zlarini Muhammad (sav) avlodlarvdan deb hisoblaydigan sayid (o‘zbeklar orasida -to‘ra)lar jamoalarining yetakchilari, rahbarlarining lavozimi. N. lavozim sifatida o‘rta asrlarda xalifalar hukmronligi davrlarida vujudga kelgan, hukmdorlar N.lar orqali sayidlar jamoalari bilan muomala qilgan. N.lar xazinadan ta’minlab turilgan. Keyinchalik N.lar sayidlar jamoalari va avlodlarining rahbarlari, ularning hayoti va turmushida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi rahnamolari sifatida ish ko‘rgan. Xorijiy mamlakatlarda Nlar hozir ham bor, ular sayidlar jamoalari hayotini boshqaradi, ular nomidan davlat hokimiyati vakillari bilan muomala qiladi. N.lik lavozimi avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tgan. NAQSHBANDIYLIK - tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan. N. ta’limotining asosida "ko‘ngil Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘lsin" ("dil ba yoru, dast ba kor") shiori yotadi. Unga ko‘ra, dilni Alloh bilan bog‘lagan hodda kasbu hunar va qo‘l mehnatini aslo tark etmaslik kerak. Faqirona yashash, xayr-ehson hisobiga emas, o‘z mehnati hisobiga hayot kechirish lozim. Bu g‘oya tariqat asoslanadigan o‘n bir qoidada ham o‘z ifodasini topgan. Turonzamin tasavvufida zikr tushishning ikki usuli amalda bo‘lgan. Biri - zikri lisoniy, ikkinchisi - zikri xufiya. N.da zikri xufiya amalda bo‘lib, bunda zikr tushayotgan solik so‘zlarni til bilan talaffuz qilmaydi, ovoz chiqarmaydi, so‘zlar faqat dilda aytiladi. N. o‘zidan oldingi oqimlardan bevosita hayotga yaqinligi bilan ajralib turadi. N. tasavvufdagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq qoidalarni bir qadar yumshatdi, mo’tadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Bu esa, N.ning keng aholi qatlamlari ichiga kirib borishini taminladi. N. O’rta Osiyo, O’rta va Yaqin Sharq halklarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy hayotida muhim o‘rin egalladi. Yusuf Hamadoniy, Abdulxoliq Rijduvoniy N. tariqati rivojiga hissa qo‘shdilar. 15-a.da Xoja Ahror bu tariqatning eng yirik rahnamosi bo‘lib maydonga chikdi. Temuriylar davrida mashhur shaxslar N. pirlariga murid bo‘lgan edi. Jomiy, Navoiy, Bobur, Mashrab kabi shoirlar N. tariqatida edilar. Ular o‘z asarlarida N. ta’limotini targ‘ib etdilar. N. O’rta Osiyodan tashqari, Kichik Osiyo, Kavkaz, Kurdiston, Afg‘oniston, Eron, Pokiston, Hindiston, Turkiya va hatgo AQShda keng tarqaldi. Ayrim musulmon mamlakatlarida hozir ham bu tariqat katta mavqega ega. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 221 NE’MATULLOH VALIY, Amir (sayid) Nuriddin Ne’matulloh ibn mir (sayid) Abdulloh (laqabi - Shoh Ne’matulloh Valiy) (1330-1431) - so’fiy, shoir; ne’matullohiylar so’fiylik tariqati asoschisi. N.V. sunniy -shofi’iy bo‘lib, o‘z shajarasini shialarning 5-imomi Muhammad al-Boqir orqali (21-bo‘g‘imda) Muhammad (sav)ga yetkazgan. Halabda tug‘ilgan, Iroqda, so‘ngra Makkada - shayx Abdulloh al-Yofe’iy (1298-1367) qo‘lida tahsil olgan, 7 yildan so‘ng uning xalifasi bo‘lgan. Iroq, Misr, Tabriz, Ardabil, Movarounnahrda bo‘lib, turkiy qabilalar orasida islomni faol targ‘ib qilib, uni yoygan. Uzining zohidona turmush tarzi (40, 100 kunlik ro‘za tutish, ma’lum muddat to‘liq sukutga ketishi va b.) bilan xalq orasida shuhrat qozongan. Samarqand va Qarshida bir muddat yashagan. Amir Temurga (1336-1405) uning va’zlari yoqmagan, shundan so‘ng N.V. Hirotga ketib, amir Imodiddin Hamza al-Husayniy al-Hiraviyning qiziga uylangan. Hirotdan u Yazdga, u yerdan Ko‘hbanon muzofoti (Kermon viloyati)ga o‘tgan. Keyingi o‘ttiz yillik umrini Yazd, Sheroz va Kermonda, so‘nggi 25 y.ni esa, Mohon qishlog‘i (Kermon atrofida)da o‘tkazgan. Bu yerda u darvishlar uchun alohida binosi bo‘lgan katta xonaqoh va masjid qurdirgan. Uning maqbarasi hozirgacha ommaviy ziyorat qilish joyi hisoblanadi. N.V. tasavvufga doir 544 ta risola yozganliga ma’lum, shundan 110 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari u 1541 g‘azalni o‘zida jamlagan katga Devon tuzgan, N.V. ta’limotida arab mistitsizmi (Ahmad ash-Shoziliy va Abu Madyon), Ibn Arabiyning vahdati vujud ta’limoti, Najmiddin Kubro g‘oyalari va xojagon tariqati qarashlari aralash bo‘lgan. So’fiylik tajribasida u al-Junayd va Boyazid al-Bistomiy yo‘lidan borgan. N.V. fikricha, so’fiy 6 bosqich (marhala)ni bosib o‘tishi lozim. Bular - faqr, mehr, taslim, vara’, rido va fano bo‘lib, shundan so‘ng so’fiy Allohga qo‘shilib ketadi. N.V. hunarmand va dehqonlar mehnatini madh etgan. NE’MATULLOHIYLAR - shialikdagi so’fiylik tariqati tarafdorlari. Shialarning 5-imomi Muhammad al-Boqir avlodidan hisoblangan sayid Ne’matulloh Valiy (1330-1431) asos solgan. U Samarqand, Hirot, Yazd va ko‘proq Kermonda yashagan. Xonaqohi va maqbarasi o‘sha yerda. Sulton Shohruh (hukmronlik davri 1405-1447) N. va ularning piri Ne’matullohni o‘z panohiga olgan. 16-a.da Eronda shialik hukmron mafkuraga aylangach, N. tariqati keng tarqalib, asosan shaharlarning savdo-hunarmand doiralarini o‘ziga jalb qildi. N. siyosiy faolligi, davlatning ichki hayotiga ta’sir ko‘rsatishi bilan boshqa tariqatlardan ajralib turardi. N.ning Hindistonda ham tarafdorlari bo‘lgan. Bu yerdaga N. tariqatiga a’zo bo‘lgan har bir shaxs ismiga Ali shoh qo‘shimchasi qo‘shilishini shart qilib qo‘yganlar, boshqa jihatdan Erondagalardan farq qilinmagan. N. Ali (kv) va tariqat asoschisi Ne’matulloh Valiyga sadoqatli bo‘lishga qasamyod qilib, o‘z zikrlarida Ali (kv) va yashiringan imom-mahdiyni madh etishgan. Tariqat a’zosi bosqich (taslim, zuhd, faqr, rido, mahabba, fano, vafo)dan iborat yo‘l (marhala)ni bosib o‘tishi kerak bo‘lgan. N.dagi qutb lavozimi merosiy bo‘lgan. 19-a. o‘rtalarida ko‘plab guruhlarga bo‘linib ketgan. Uning tarafdorlari Eronda hozir ham bor. NIZOMIY GANJAVIY Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf (1141-1209) — ulug‘ ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ganja sh. (Ozarbayjon)da tug‘ilgan. Yeshlik chog‘laridan insonparvarlik, mardlik, o‘zaro yordam shiorlariga amal qiluvchi axiylar jamoasiga kirgan. N.G.ga shuhrat keltirgan "Xamsa" ("Besh doston") asarida (1173-1203 y.lar) shoirning teran diniy-falsafiy qarashlari aks etgan. "Xamsa"ning birinchi qismi "Mahzanul asror" ("Sirlar xazinasi") deb ataladi. Doston Xudoga munojot, Muhammad (sav)ga na’t (maqtov) bilan boshlanadi. Alohida boblarda Xudoi taolo tomonidan insonning yaratilishi, Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 222 uning jannatdan kuvilish, tavba-tazarrulardan so‘ng poklanishi va aziz zotga aylanishi tasvirlanadi. Muhammad (sav) hayotiga oid boblarda me’roj voqeasi badiiy tarzda yoritiladi. Shuningdek, unda Muso (as), Iso (as) va b. payg‘ambarlar boshidan kechgan ayrim voqealar ifodalanadi. Doston boshdan oxirigacha so‘fiyona ruh bilan sug‘orilgan, tasavvuf ruknlari ibratli masallar, rivoyatlar, ramziy hikoyatlar orqali tavsif qilingan. Turkiy va forsiy adabiyotlarda N. G.ning bu asariga javoban 40 dan ortiq doston yaratiddi. Jumladan, Alisher Navoiy "Hayratul-abror" dostonini undan ilhomlanib yozgan. NIKOH, zavoj ("turmush kurish", uylanish; sinonimlari zavoj, urs) - tenghuquqli nikoh. Islomda N. tartibi johiliyat davridaga oila-huquqiy munosabatlar asosida shakllangan va islomning dastlabki davrlarida batafsil ishlab chiqilgan. Islomda N. Allohga xush keladigan amallardan sanaladi, unga har bir kishi, hatto jamiyatda teng huquqli bo‘lmaganlar, aqli norasolar ham haqlidurlar, agarda buni ular uchun xojalari, vasiylari va vositachilar hal etsalar. Musulmon kishi nasoro Vki yahudiy ayol bilan N. tuzishi mumkin, lekin musulmon ayol faqat musulmonga erga tegashi mumkin xolos. N. uchun cheklashlar juda oz, lekin o‘zaro N.dan o‘tayotganlarga bir-birlariga yosh va jamiyatdagi mavqei bo‘yicha mos kelishlariga rioya etishlari tavsiya etiladi. Birinchi N.da kelinning roziligani olish talab qilinmaydi, otasi yoki vasiysi rozi bo‘lsa bas, beva yoki erdan ajrashgan ayol vositachi (vakili) orqali roziligini o‘zi bildiradi. N.dan o‘tayotganlarning o‘zaro qarindosh-urug‘chilik yaqinligi yon tomondagi qarindoshlik bo‘yicha uchinchi darajadan yaqin bo‘lmasligi lozim. Bir avloddan tarqalgan qarindoshlar o‘rtasidagi N. umuman taqikdangan. Tutashgan qarindoshlik ikkinchi darajadan yaqin bo‘lmasligi kerak. O’z kuli yoki cho‘risi bilan N. o‘qitish man etiladi, lekin xojaning cho‘risi bilan birga yashashga ruhsat qilinadi. Begona qullar bilan N.ga ruhsat etiladi, shuningdek, xojalari ruhsati bilan qullar o‘rtasidaga N.ga ham izn berilgan. N.ning birinchi bosqichi - kelishish, unashtirish (xitba) bo‘lib, unda kuyov o‘zi yoki vakili orqali kelinning otasi, vasiysi yoxud ishonchli kishisiga taklifini aytadi. Erning ayolga ajratadigan mulki (mahr) va N. shartnomasi (sig‘a)ga kiruvchi boshqa shartlar xususida ham shu vaqtda kelishib olinadi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlar - kelinni kuyov xonadoniga uzatish (zifof) va to‘y tantanalari (urs, valima). Bular oldinma-ketin bo‘lishi ham mumkin, chunki, agarda kelin hali balog‘at yoshiga yetmagan go‘dak bo‘lsa, uni uzatish to 13-15 yoshga to‘lmaguncha kechiktiriladi. Valima vaqtida sig‘a aytiladi va mahr yoki uning bir qismi (sadoq) to‘lanadi. Mana shu barcha bosqichlarda faqat kelinga qilingan sarf-xarajatlarni (mut’a) hisobga olmaganda N. hech qanday oqibatsiz to‘xtatilishi mumkin. So‘nggi bosqich - amalda er-xotin bo‘lish (nikoh), shundan keyin N. amalga oshgan hisoblanadi. N.ning zaruriy shartlariga mahr to‘lash, ayolni boqish va unga uning oilasining mavqeiga qarab muomala qilish, erlik vazifalarini ado etish va farzandlarini boqish kiradi. Erning teng huquqli N.da bo‘lgan xotinlari, ya’ni ular uchun mahr to‘langan xotinlari to‘rttadan oshmasligi lozim. Shuning uchun erkak to‘rtta xotini ustiga yana xotin olmoqchi bo‘lsa, ulardan bittasi bilan ajralishi kerak. Xotin kishi N.da o‘z xuquqini to‘la saqlab qoladi, unga tegishli mulkka erining hech qanday haq-huquqi yo‘q va faqat uning roziliga bilangina eri ishonchli kishi sifatida uning ishlarini yuritishi mumkin. N.ni qanday o‘tkazish quda tomonlarning boy-kambag‘alligaga, ularning jamiyatdaga mavqeiga va mahalliy urf-odatlarga bog‘liq bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik musulmon mamlakatlarda N. o‘qitish nikoh notariusi (ma’zun) tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘pgana islom mamlakatlarida garchi bunday N.larning umumiy foizi hech qachon baland bo‘lmasa-da, poligam N.larni cheklashga, hatto umuman man etish yo‘lida sa’y- harakatlar qilinmoqda. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 223 NOJIYA ("Najot topganlar") - to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi, haqiqiy dinga e’tiqod qiluvchi musulmonlar jamoasi. Hadislarga ko‘ra, Muhammad (sav) musulmonlar jamoasi 73 jamoaga bo‘linib ketadi, shundan 72 tasi "halok bo‘lib" do‘zaxga tushadi va faqat bittasi "xalos bo‘lib" (najiya) jannatga tushadi, deganlar. Bu - Rasululloh (sav) va u zotning sahobalari amal qilgan e’tiqodga ergashuvchi ahli sunna val jamoadir. NOMAHRAM - q. Mahram NOSUT - oromiycha "inson tabiati". Dastavval "o‘ta" shialar orasida tarqalgan. Ular Alini, o‘zlarining imomlarini va goyaviy rahbarlarini ilohiylashtirganlar va Alloh yoki "ilohiy ruh" (ruh iloh) N.ga joylashishi mumkin deb da’vo qilganlar. Bu istilohni shialardan al-Halloj olgan va uni tasavvuf ta’limotiga singdirib yuborgan. N. va "ilohiy tabiat" (lohut)ning o‘zaro nisbati masalasi bo‘yicha ko‘p asrlardan beri ulamolar o‘rtasida munozara davom etib kelmoqda. NUBUVVAT (arab. - payg‘ambarlik) - shialik ilohiyotiga xos tushuncha, uning 5 aqidasidan biri. Payg‘ambar va uning vazifasini aqida sifatida tan olish va unga ishonish (q. Shialik). NUR - ilohiy haqiqat, diniy bilimni ifodalovchi ilohiy nur haqidaga tushuncha. Islom dini tomonidan qad. dinlardan (yahudiylik, xristianlik) va yunon gaostiklaridan o‘zlashtirilgan. Qur’onda N. - Allohning o‘zini ham anglatgan ("osmonlar va yer nuri") (24:35) va Uni o‘z payg‘ambari Muhammad (sav) orqali yuborgan vahiylari nuri (61:8-9: 64:8). Ustiga ustak bu - "toza nur", "nur ustiga nur", uni olovga qiyoslab bo‘lmaydi, u yerdan tashqarida paydo bo‘lgan. Musulmonlar an’anasida N. - Allohning ko‘plab sifatlaridan biri. NUR MUHAMMADIY (fors. nur-i Muhammadiy; "Muhammad nuri") - Muhammad (sav)ning qalin nur taratuvchi nuqta ko‘rinishidagi ruhlari azaldan mavjud bo‘lganligi haqidagi ta’limot; oldindan belgilangan barcha ruhlar shundan kelib chiqqan. Bu ta’limot mualliflari uni Qur’onning "nurli oyati"dan (24:35) olib, uni "ilohiy nur" haqidagi ta’limot bilan bevosita bog‘lashgan. NURBAXSHIYA - shialik ichidagi so’fiylik tariqati; 15-a. boshida kubroviylik tariqatidan uning shialikdagi tarmog‘i sifatida ajralib chiqqan. Asoschisi - sayyvd Muhammad ibn Muhammad Nurbaxsh (1392-1464), bahreynlik arab bo‘lgan. U o‘z shajarasini shia imomi Muso al-Kozimga bog‘lagan. Shia shayxi Xoja Ishoq al-Xuttaloniyning muridi bo‘lgan. Qur’on va "barcha fanlar"ni yaxshi o‘zlashtirgani uchun ustozi unga Nurbaxsh laqabini hamda o‘zining vafot etib ketgan ustozi Kubroviylar shayxi sayyid Ali al- Hamadoniyning hirqasini berib, xonaqohga bosh bo‘lishni topshirgan. Nurbaxsh tarafdorlari uni adolat o‘rnatish uchun kelgan imom-Mahdiy va xalifa deb e’lon qilganlar. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 224 Iroqda uning sha’niga atab tangalar zarb etilgan va xutbalar o‘qilgan. Uning dovrug‘i Kurdiston, Ozarbayjon, Gilonga tarqalgan. Temuriylardan Shohruh davri (1405-1447)da N. tariqati qattiq quvg‘in ostiga olingan. Nurbaxsh qolgan umrini Ray viloyatidagi kichik qishlokda shogirdlari orasida o‘tkazgan. N. g‘oyalari Eronda safaviylar ta’limotini qaror topishiga zamin hozirlagan. N. ta’limoti Muhammad Nurbaxshning "ar-Risolat al-i’tiqodiya" va "al-Fiqh al-axvat" kabi asarlarida bayon etilgan. N. ta’limoti negizida ikki imomlikka e’tiqod qilish yotadi: haqiqiy (haqiqiya) va qo‘shimcha (idofiya), ularni shuningdek, "katta jihod" va "kichik jihod" deb ham ataydilar. Imomning tashqi va ma’naviy sifatlari majmuasi "kichik jihod" deb ataladi. Haqiqiy imom, qo‘shimcha sifatlarga ega bo‘lib valiy darajasiga ham yetishi lozim. Bunga faqat Ali ibn Abu Tolib (kv) erishgan. "Kichik jihod" belgilarini valiylik bilan uyg‘unlashuvi, Nurbaxshning fikricha, "katta jihod"ni tashkil qilgan. Nurbaxsh Muhammad (sav) davrlaridagi urf-odatlarni tiklash va saqlab qolishga, "yanga udumlar"ni (bid’at)ni bekor qilishga da’vat qilgan. NURIDDINBASIR, shayx Nuriddin Basiro, Qutbi chaxordaxum(?-1248) - O’rta Osiyolik mashhur shayxlardan, mutasavvif. "Kutbi chaxordaxum" ("O’n to‘rtinchi qutb") nomi bilan mashhur bo‘lgan. Shayx Zayniddin bobo Kuyi Orifoniyning shogirdi, xalifasi bo‘lgan. "Samariya"da aytilishicha, shayxlikda tugallanib, eng so‘nggi bosqichiga mingach, yo‘lboshchisining g‘aybiy ishorati yuzasidan, onasi bilan birga No‘jkent (Toshkent yaqinidagi qishloq)dan Samarqandga ko‘chib kelgan. N.B.dan "Sizning zamoningazda qutb kimdir?", deb so‘ralganda u: "birodarim Abdullo o‘n uchinchi kutbdir, biz o‘n to‘rtinchimiz", deb javob bergan. "Basir" atalishiga sabab, u onadan so‘qir tug‘ilgan bo‘lsa ham valiylikning nuri bilan barcha ko‘rguliklarni ko‘rar edi. N.B. qabri Samarqandning Chokardiza qabristonida, Novadon ariga bo‘yida joylashgan. NUSAYRIYLAR, alaviylar- shialikka mansub firqalardan birining tarafdorlari. 9-a.da yashagan Muhammad ibn Nusayr Basriy rahnamo bo‘lgan. N.ning asosiy aqidasi shialarning birinchi imomi xalifa Alini ilohiylashtirish (shundan "alaviylar" nomi kelib chiqqan), unda xudoning o‘zi mujassamlangan deb ishonishdan iborat. Ularning diniy ta’limoti va marosimlariga xristian dini va ayrim qadimiy e’tiqodlar ta’sir etgan. Xristianlikdagi muqaddas uchlik (troitsa) kabi, N. ham Muhammad, Ali va Salmon al- Forisiyni Xudoning uch xil namoyon bo‘lishi, deb e’tiqod qiladi. Islom aqidasining zohiri va botini (sirti va ichi) bor deyishadi va shu orqali uni buzishga harakat qilishadi. Barcha harom narsalarni halol sanashadi. Ular o‘z falsafalarini yunon, hind, fors va nasroniy falsafalaridan jamlashgan. Ular Kuyosh, Oy va yoritqichlarga sig‘inadilar, jonning ko‘chib yurishiga ishonadilar. Ularning e’tiqodida yana quyidagilar asosiy o‘rin tutadi: N.ning bir qismi Alini oyda yashaydi deb e’tiqod qiladi, ba’zilari esa, Quyoshda yashaydi deydi. N. Muhammad (sav)ni Ali yaratgan deb e’tiqod qiladi. Hajni e’tirof qilmaydi. Zakotni boshqa musulmonlardek belgilamaydilar, balki xums (beshdan bir qism) beradilar. N.ning bayramlari quyidagilardir: Navro‘z -bahor bayrami, Yeadir bayrami, mubohala bayrami, Qurbon hayiti va shuningdek, nasroniylarning cho‘qintirish, barbarlik, Isoning tug‘ilgan kuni, xoch kabi bayramlarini ham nishonlaydi. Hukmron diniy oqimlar tomonidan asrlar davomida ta’qib qilingani sababli N. o‘z e’tiqodlarini sir tutadi, marosimlarini kechalari, maxfiy ado etadi. Ularda namoz, ro‘za va b. islom marosimlari, masjid kabi ibodatxonalar yo‘q. N. hozir Suriya va Turkiyada bor. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 225 NUMON ibn BASHIR, to‘liq ismi An-Nu’mon ibn Bashir ibn Sa’laba ibn Sa’d al-Ansoriy al-Xazrajiy (taxm. 623-683) -sahoba. Onasi - Amra bint Ravoha (Abdullo ibn Ravohaning sinshisi) sahobalardan bo‘lgan. N.i.B. juda ko‘plab hadislarni rivoyat qilgan va ko‘plab tobe’inlar undan hadislarni rivoyat etgan. Muoviya ibn Abu Sufyon zamonida (661-680) Xums va Kufada amir bo‘lgan. Xalifa Yazid ibn Muoviya (680-683) vafotidan so‘ng, xalqni Abu Bakr Siddiq, (ra)ning nabirasi az-Zubayrga bay’at qilishga chaqirgani uchun Xums aholisi undan norozi bo‘lib o‘ldirgan. NUH (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Injildaga Noyga to‘gri keladi. Qur’onga ko‘ra, Alloh N.(as)ni o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yuborgan. N. (as) o‘z qavmi ichida uzoq umr ko‘rdi, ya’ni, 950 yil yashadi (Ankabut surasi, 14-oyat). U turli iloxlarga, butlarga sig‘ingan qavmini to‘g‘ri yo‘lga boshlab, faqat Allohga ibodat qilishga da’vat etdi. Lekin qavm uning so‘ziga kirmadi, uni masxara qildi. N.(as)ning da’vatiga hatto o‘zining xotini va bir farzandi ham ishonmadi. Shunda N.(as) Allohdan yordam berishni, kofirlarni jazolashni so‘radi (Shuaro surasi, 118-119-oyatlar). Alloh uning iltijosini qabul etib, N.(as)ga kema yasashni va barcha jonivorlardan bir juftdan olib kemaga joylashtirishni buyurdi. Keyin osmondan juda ko‘p yomg‘ir yog‘dirdi, yerning hamma tomonidan ham suv chiqartirdi. Osmon suvi bilan yer suvi qo‘shilib ulkan to‘fon paydo bo‘ldi. To‘fonda barcha kofirlar halok bo‘ldi, faqat kemadagilar sog‘ qoldilar. To‘fon boshlanishidan oldin N.(as)ning farzandlaridan biri kemaga chiqmadi. N. (as)ning otalik mehri qo‘zg‘ab, o‘g‘lini kemaga chiqishga undadi. Allohga kufr keltirgan farzand esa, otasiga rad javob aytib imon keltirishdan yana bosh tortdi va toqqa chiqib jon saqlamoqchi bo‘ldi, lekin u ham halokatga uchradi (Hud surasi, 45-47-oyatlar). Suv pasaygandan keyin kema Judiy tog‘i ustida to‘xtadi. Kema tog‘ tepasiga kelib to‘xtab, yer to‘fon suvini yutib bitirgach, Alloh N. (as)ni kemadan yerga tushishga buyurdi. N. (as) va unga imon keltirgan kishilar kemadan tushishdi. Bu zamin Musil degan yurt edi. N. (as) qissasini bayon qiluvchi "Nuh" surasi ham nozil bo‘lgan. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 226 - O - ODAMATO (as) - Qur’onga ko‘ra, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi birinchi odam va inson zotining otasi. Alloh O. (as)ni loydan o‘zining yerdagi o‘rinbosari (xalifa) sifatida yaratib, unga o‘z ruhidan jon ato etgan. O. (as) Abul-bashar (insoniyat otasi) deb ham ataladi. Islomda O. (as) birinchi payg‘ambar hisoblanadi. Alloh O. (as)ga barcha narsalarning nomlarini o‘rgatdi va bu bilan O. (as)ni farishtalardan yuqori qo‘ydi (Baqara surasi, 32-33-oyatlar) va farishtalarga O. (as)ga bosh egib sajda qilishni buyurdi. Faqat Iblis sajda qilishdan bosh tortdi (Sod surasi, 73-78-oyatlar). Iblis takabburligi va sarkashligi tufayli jannatdan quvildi. O. (as) jufti haloli Momohavo bilan jannatda yashab, ularga barcha ne’matlardan yeyishga ruhsat berildi, faqatgina bir daraxtning mevasidan yeyish taqiklandi (A’rof surasi, 19-21-oyatlar). Iblis O. (as) bilan Momohavoni aldab taqiklangan daraxt mevasini yediradi. Buning jazosi evaziga ular jannatdan chiqarilib, ularning avlodlari yerda yashashga va mehnat qilishga mahkum etiladi. OISHA (ra) (613-678) - Muhammad(sav)ning xotinlari, birinchi xalifa Abu Bakrning qizi. Laqablari Siddiqa, unvonlari Ummul-mo‘minin (Mo‘minlar onasi)dir. Muhammad (sav) vafotlaridan keyin O. (ra) xalifalik hokimiyatiga nomzodlar o‘rtasidagi munozaralarda faol ishtirok etgan. O. (ra) payg‘ambarning safdoshlari Talha va Zubayr tomonida turib Ali tarafdorlariga qarshi chiqqan. Islom tarixida hazrati O. (ra)ning ilm jihatdan mavqei juda balanddir. O. (ra) bevosita Muhammad (sav) bilan birga yashagani tufayli juda ko‘p hadislarning roviysi hisoblanadi. Sahobalar ba’zi oilaviy munosabatlarga doir murakkab masalalarni O. (ra)dan so‘rab bilib olar edilar. Abu Bakr, Umar va Usmon (ra) zamonlarida fatvolar ham bergan. O. (ra) tafsir, hadis, fiqhni mukammal bilgan, arab tili va adabiyotidan yaxshi xabardor bo‘lgan. Hazrati O. (ra) nihoyatda qanoatli ayol bo‘lib, butun hayoti davomida bir juftgina oyoq kiyim, bir nechtagina ko‘ylak kiyganlari rivoyat qilinadi. Mil. 678 y. 13 iyulda vafot etgan, janozasini Abu Hurayra (ra) o‘qigan. Madinadagi Baqiy qabristoniga dafn qilingan. Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling