Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 201 shuning uchun topib olingan buyumning egasi noma’lum bo‘lsa, topgan kishining xususiy mulki bo‘la olmaydi - uni xayriya maqsadlariga berish yoki sarflash lozim bo‘ladi (bundan qad. xazinalar mustasno). Tashlandiq egasiz yer, uni qayta ishlagan shaxsning xususiy yeriga aylanadi - bu holda yer o‘z mohiyatini yo‘qotgan, foydasiz bo‘lib qolgan va shuning uchun xususiy egalik ob’ekti bo‘la olmaydi deb hisoblanadi. Biroq, amalda tashlandiq yer ko‘pincha oldi-sotdi ob’ektiga aylangan, demak uning egasi hayotligida yerga ishlov berilmagan hodda ham xususiy egalik huquqi bekor qilinmagan. Soliq belgilashdagi farqlar, soliq maqomining o‘zgarishlari yerga xususiy egalik huquqiga ta’sir qilmagan. Butun o‘rta asrlar tsavrida katta-katta mulk yerlari davlat boshliqlari ixtiyorida bo‘lib kelgan. Musulmon huquqiga ko‘ra, M. nafaqat moddiy ob’ektlar, balki turli huquqlar (mas., kanaldagi suvdan olinadigan ulushga bo‘lgan huquq) ham bo‘lishi mumkin, ularni ham sotib olish va sotish, garovga berish ham mumkin bo‘lgan. Faqat musulmon kishi uchun foydasiz yoki man etilgan narsalargana (vino, cho‘chqa va b.) xususiy egalik ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. MULLA - O’rta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida musulmon odatining bilimdoni, din xizmatchisi, diniy maktab o‘qituvchisi; savodli, ilmli odam. MULLA SADRA, Sadriddin Muhammad ibn Ibrohim Sheroziy (taxm. 1572-1640) - Eron ilohiyotchisi, faylasuf va so’fiy, safaviylar Eronidagi shialikning g‘oyaviy rahnamosi, faylasuflarning Isfahon maktabi peshvosi Mir Domodning eng yaqin shogirdlaridan biri. O’zining izdoshlari orasida Sadr al-muta’allihin - "teosoflar rahbari" nomi bilan ham mashhur. Boshlang‘ich ta’limni Sherozda olgan, Isfahonda davom ettirgan, uzoq yillar shayx Bahouddin Amiliy (1621 y. v.e.)ning muridi bo‘lgan: tafsir, shia hadislari, fiqh va b.ni o‘rgangan, so‘ngra mustaqil dars berishga ijozat olgan. Falsafa ilmida M.S.ga Mir Domod ustozlik qilgan Imomiy ilohiyotchilar uni hikmat va irfonga berilib ketganlikda ayblab, ta’qib etishgani uchun M.S. to‘qqiz (yoki o‘n bir) yil Qum yaqinidagi Kohak qishlog‘ida yashirin hayot kechirgan. M.S. Kohakdan Sherozga qaytib, qokimning taklifiga ko‘ra Sherozdagi katta madrasada mudarrislik qilgan. M.S. Sheroz falsafa maktabiga rahbar bo‘lgan, bu maktab Isfahon maktabi bilan bir qatorda Eronning muhim ilmiy markaziga aylangan. M.S. o‘z muridlaridan to‘rtta shartga so‘zsiz amal qilishni: boylik, dunyo lazzatlari, taqlid, itoatsizlikdan voz kechishni talab qildi. M.S. ilohiyot va falsafaga doir qirqqa yaqin asar yozgan. Ibn Sinoning "ash-Shifo", Suxravardiyning "Hikmat al-ishroq", al-Kuliniy (941 y. v.e.)ning "al-Kafi fi usul ad-din" asarlariga sharhlar, shuningdek, Qur’onga batafsil tafsir yozgan, u mohiyatan ta’vil hisoblanadi. Falsafaga doir "Kitob al-asfar al-arba’a al-akliya" yozgan. Eronda M.S. hayoti va ijodiga qiziqish katta. Uning deyarli barcha asarlari va ularga sharxdar 20-a.da nashr qilingan. MULHID - arab. xudosiz, ateist, dahriy, kofir so‘zining sinonimi. Islom dinida xudosiz M. deb ataladi. MUNAVVARQORI Abdurashidxonov (1878 -1931) - ma’rifatparvar, ulamo; Turkistonda jadidchilik harakati asoschilaridan biri. Toshkentning Shayxontohur dahasi Darxon mahallasida tug‘ildi. Uning otasi Abdurashidxon mudarrislik, onasi Xosiyatxon otinlik Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 202 qilgan. M. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida va Buxoro madrasalaridan birida tahsil oldi. So‘ngra Darxon mahallasi masjidida imomlik qildi. U Qur’onni yaxshi qiroat qilgani va diniy bilimlarni puxta o‘zlashtirgani uchun "qori" unvoniga sazovor bo‘ldi. M. ziyoli inson sifatida o‘qish va o‘qitish, madrasa va maktab islohotiga oid ilg‘or fikrlarni ilgari surdi. U jadid maktablarini ochib, u yerda dars berdi. Shunday maktablar uchun darslik va qo‘llanmalar yozdi. "Tajvid" (Qur’onni qoidali o‘qish) kitobi darslik sifatida qo‘llanilgan. M. Turkiston xalq dorilfununini tashkil etish va unda musulmon bo‘limi ochilishiga katta hissa qo‘shgan. M. "Havoyiji diniya" (1907) risolasida islom huquqi (fiqh)ning ibodat bo‘limiga oid tushunchalarni sharxdab bergan. U bu asarida islom dinining yetuk bilimdoni sifatida namoyon bo‘ldi. Boshqa asarlarida islom dini qoidalari, shariat ahkomlarini yoritishga katta o‘rin ajratgan. 1914 y. Salim Ismoil Ulviyning Qur’on qiroati bo‘yicha saboq beruvchi "Tajvid" qo‘llanmasini o‘zbekchaga o‘garib, Orenburgda nashr ettirdi. M. "Sho‘roi islomiya" tashkilotining asoschilaridan biri bo‘ldi. 1929 y. "Milliy ittihod" tashkiloti a’zolari bilan birgalikda kamoqqa olinib, 1931 y. Moskvada otib tashlandi. M.ning "Havoyiji diniya" asari Toshkentda nashr etilgan (1993). MUNKAR VA NAKIR - islomiy tasavvurga ko‘ra, o‘lganlarni qabrda dastlabki so‘roq qiluvchi, ulardan yerdaga qilmishlari to‘g‘risida hisobot oluvchi va qilgan gunohlariga qarab jazolovchi farishtalar. M. va N. taqvodor bo‘lgan mayyitlarni to qiyomat bo‘lgunga qadar tinch qo‘yadi, gunohkorlarni esa, aksincha, Alloh qancha xohlasa, shuncha azoblaydilar. M. va N. nomlari hadislarda eslatiladi, Qur’onda esa, bu farishtalar tilga olinmaydi. MUNOFIQLAR (arab. - ikkiyuzlama) - islom tarixiga xos tushuncha. Dinni yuzaki qabul qilib, o‘zi esa, avvalgi qabilaviy diniga sig‘inishni davom ettirgan arablarga nisbatan qo‘llanilgan. M. istilohi Qur’onning Makka davriga xos ilk suralarida ko‘p tilga olingan, Madina davrida o‘zini islomni qabul qilgan qilib ko‘rsatib, janglarda musulmonlarga yordam bermagan qabilalar ham M. deb atalgan. Munofiklik Qur’oni karimning ifodasiga ko‘ra, Allohga ishonmaganliklari holda musulmonlarning huzurida o‘zlarini imonli qilib ko‘rsatishdir. Alloh taolo M. haqida Baqara surasining 8-16-oyatlarida bayon qilgan. Shuningdek, Qur’oni karimda M.ning kirdikorlarini bayon qilib bergan alohida sura (63) ham mavjud. Hadisga ko‘ra, "...M.ning uch belgasi bor: gapirganda yolg‘on so‘zlaydi, bergan va’dasiga vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi". MURJI’IYLAR (arab. - kechiktirmoq, muddatni cho‘zmoq) - ilohiyot oqimi tarafdorlari. 7-8-a.larda paydo bo‘lgan. Xalifalikda umaviylar hokimiyatiga qarshi kurash kuchaygan davrlarda ilohiyotda gunohkor va uning taqdiri masalasi muhim o‘rin olgan. Katta gunoh qilganni darhol jazolash tarafdori bo‘lgan xorijiylarga qarshi M. uni kechiktirishni yoqlab chiqqan. Ularning nomi shundan olingan. Siyosiy kurashda xorijiylar umaviylar hokimiyatiga karshi turgan, M. esa, umaviylarni himoya qilgan. Umaviylar inqirozga uchrab, abbosiylar hokimiyatni egallagach (750), bu oqim ta’qib qilingan va yo‘qolib ketgan. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 203 MURID (arab. - ergashuvchi) – ixtiyoriy ravishda izdan boruvchi, shogird. Tasavvufda tariqat murshidlaridan dars oluvchi shogird ma’nosida ishlatiladi. M. shayx, pir, murshid oldida o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlar oladi, ular bilan pinhona ishonchli munosabatlar o‘rnatadi va ularning irodasiga bo‘ysunadi. Umuman M. atamasi so’fiy va hatto oddiy musulmon ma’nolarini ham anglatadi. MURIDCHILIK - so’fiylikning Shim. Kavkazda yoyilgan shakli. M. so’fiylik ta’limotining zohidlik, murshidlik va imomat g‘oyalariga asoslangan. M. 19-a.da o‘ziga xos diniy- siyosiy va harbiy uyushma sifatida tarqalib, G’ozi Muhammad, Hamzat, Shomil kabi imomlar rahbarligida tog‘liklarning Rossiyaga qarshi urushida namoyon bo‘lgan. Imomlar bu urushga diniy tus berib (g‘azovot e’lon qilib), islom dini va shariatga asoslangan teokratik davlat - imomlik tuzishga uringanlar. Lekin, tog‘liklarning olib borgan bu kurashlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. M. diniy mutaassiblikka asoslangan mafkura sifatida maydonga chiqqan. MUROBITLAR (arab. - rabotda yashovchilar) Shim. Afrikadagi zohid, darvishlarning harbiylashgan diniy jamoasi a’zolari. 11-12-a.larda M. Marokashni zabt etgan va Al- Murobitun sulolasi va davlatiga asos solgan. Keyinroq musulmon avliyo, yo‘lboshchilarini yoxud darvish jamoalarining tashkilotchilarini ham M. deb atashgan. MURTAD (arab. - orqaga qaytgan, chekingan) islom tarixida dindan qaytgan, undan voz kechgan, chekingan odam. Bunday odamlar eng katta gunox (q. Kabira) qilgan hisoblanib, o‘limga hukm qilingan. MURSHID (arab. - yo‘l ko‘rsatuvchi) -tasavvufda tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz. MUSAYLAMA (asl ismi Maslama: 633 y. v.e.) - Arabiston ya.o.da Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng, payg‘ambarlikni da’vo qilganlardan biri, Yamoma vohasida yashagan Bani Hanifa qabilasining diniy rahnamosi. Xalifa Abu Bakr (ra) davrida u mutanabbiylar (soxta payg‘ambarlar) safiga kiritilgan va musulmonlarning bu qabilaga qarshi jangada halok bo‘lgan. Musulmonlarga qarshi kurashgani uchun keyingi davr diniy adabiyotida uni kamsitish maqsadida M. (Maslama ismining arabcha kichraytirilgan shakli) deb atalgan. MUSALLO (arab. - namoz o‘qish joyi; fors. - namozgoh) - 1) dastlab, masjid so‘zining sinonimi, so‘ngra ro‘za va kurbon hayitlarida namoz o‘qiladigan joy. Bu joy shahardan tashqaridagi ochiq maydon bo‘lib, hayit kuni minbarni ham olib chiqishgan. M. O’rta Osiyo (Buxoro)da 20-a.ning boshigacha mavjud bo‘lgan. 2) Joynamoz, sathi tiz cho‘kib, sajda qilish va M.ga burun va peshonani tekkizish uchun etarli bo‘lishi shart. Qiblaga qaratiladigan tomoniga mehrob tasviri ip yoki ipak bilan tikilgan bo‘ladi. Ammo namoz o‘qish uchun albatga M. bo‘lishi shart emas, uning o‘rnida kiyim-kechak, hatto daraxt barsharini ham ishlatish mumkin, toza-pokiza joy bo‘lsa, kifoya. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 204 MUSANNAF (arab. - tanlab olingan, tanlangan) - hadis to‘plamlarining maxsus turi. Unda hadislar musnad turidagi to‘plamlardan farq qilgan holda mavzular bo‘yicha to‘plangan bo‘ladi. Shuning uchun ma’lum soha yoki mavzuga oid hadisni qidirib topish M. to‘plamlarida nisbatan osonroq bo‘lgan. Musnad tarixan ilgariroq, M. esa, keyinroq vujudga kelgan. Buxoriy, Muslim, Ibn Moja, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy hadis to‘plamlari M. turidagi to‘plamlarning eng mashhurlaridan hisoblanadi MUSLIM (arab. - o‘zini Allohga bag‘ishlagan) - musulmon. M.ning ko‘plik shakli (muslimun)ni buzib talaffuz qilinishi tufayli Eronda "musalmon", O’rta Osiyoda "musulmon", Rossiyada "basurman" atamalari kelib chiqqan. MUSNAD (arab. - asoslangan, dalillangan, ya’ni isnodga asoslangan) - 1) hadis to‘plamlarining ilk turi. M.da musannafdan farq qilgan holda, hadislar ularni bir-biridan eshitgan shaxslar silsilasiga asoslangan holda (har bir hadis uni xabar qilgan shaxsning ismi bilan bog‘langan holda) joylashtirilgan. Shariatning ilk vakillari - molikiylik va hanbaliylik mazhablarining asoschilari Molik ibn Anas va Ibn Hanbalning hadis to‘plamlari M. turidagi to‘plamlardir. Musnad 3 xil ma’noda qo‘llaniladi: 1. Sanadlarning bir-biriga bog‘lanishi. 2. Kitoblarning nomi, mas., Musnad Ahmad ibn Hanbal. 3. Umumiy shaklda, hadis roviylarining o‘zidan yuqorisidagilar ham M. deb ataladi. MUSO (as) - Qur’onda nomi tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Misr iodshosi (Fir’avn) Ramses II davrida tavallud topdi. Rivoyatga ko‘ra, Ramses II folbinlari "Bani Isroil" qabilasida bir go‘dak tug‘ilib, u voyaga etgach, podshohning taxtdan ketishiga sabab bo‘ladi deb aytganlar. Shunga ko‘ra, Fir’avn amri bilan barcha tug‘ilgan o‘g‘il farzandlar qatl etila boshlagan. M. (as)ning onasi Alloh amri bilan uni bir sandiqqa solib, Nsht daryosiga tashlaydi. Bu hakda Qur’onda Qasos surasi, 7-11-oyatlarda bayon qilingan. Bolani Fir’avnning xotini topib olib tarbiya qildi. Yosh M. (as) bir misrlik bilan urishib uni o‘ldirib qo‘yadi va Madyanga qochadi (Qasos surasi 12-51-oyatlar) u yerda uylanadi. Ba’zi rivoyatlarda M. (as) Shuayb (as)ning qiziga uylanganligi aytiladi. Bir necha yildan so‘ng Misrga qaytadi. Yo‘lda qorong‘ida adashib qolib, olov ko‘rinayotgan joyga yaqinlashadi. Bu yerda Alloh nidosini eshitadi va u payg‘ambarlikka ixtiyor etiladi. Unga yolg‘iz Allohga ibodat qilib, Fir’avn va uning xalqini iymonga da’vat etish buyuriladi. M. (as)ga birodari Xorun yordamchi qilib beriladi. Misrga qaytib kelgan M. (as) zolim Fir’avnni hidoyatga chaqirib, pand-nasihatlar qiladi. Biroq, Fir’avn va atrofidagilar M. (as) so‘zlarining rostligi, haqiqatan ham payg‘ambar ekaniga ishonmaydilar. M. (as)ning qo‘lidagi tayoqning ilonga aylanishi, cho‘ntagidan qo‘lini chiqarganda, oyna kabi yaltirab ko‘zlarni qamashtirishi kabi mo’jizalarini shunchaki "sehr" deb hisoblaydilar (A’rof surasi 106-126- oyatlar). Fir’avn M. (as)ning qavmi bo‘lmish "Bani Isroil"ga nisbatan tazyiqni kuchaytiradi. Shunda Alloh Misrga turli ofatlar yubordi. M. (as) o‘z qavmi bilan yurtni yashirincha tark etib, Falastin tomon ketadi. Fir’avn ularning izidan tushadi, lekin qo‘shinlarini Qizil dengiz yutib yuboradi (Yunus surasi 90-92-oyatlar). M. (as) Muhammad(sav)ning o‘tmishdoshi bo‘lgan haqiqiy payg‘ambar sifatida ulug‘lanadi. Unga Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 205 Tavrot kitobi nozil etilgan. Biroq yahudiylar, bu kitobdagi ma’lumotlarni, nasihatlarni buzgan, deb nakd qilinadi. M. (as) Nabu tog‘iga borib, o‘sha yerda vafot etgan. MUSTAKRAH (arab. noloyiq, nomaqbul hisoblangan) - uni qilgandan ko‘ra qilmagani yaxshiroq bo‘lgan amallar. Taomni katta-katta yeyish, ko‘chada ovqatlanish, baland ovozda kekirish, uvlab esnash kabilar M.ga kiradi. MUSTAHAB (arab. - sevilgan, yoqtirilgan) - shar’iy amal; uni bajargan kishi savobli bo‘ladi, bajarmagan kishi gunohkor bo‘lmaydi. Shar’iy hukmlar kitoblarida mo‘min- musulmonlar qilipshari ma’qul bo‘lgan o‘nlab M. amallar (nafl namozlarini o‘qish, nafl ro‘zasini tutish, sadaqalar berib yurish, turmushda oddiy odob qoidalariga rioya etish, atrofdagi odamlar uchun turli foydali ishlar qilish va h. k.) ko‘rsatib o‘tilgan. MUSULMON - q. Muslim. MUSULMON BIRODARLAR - q. Ixvon al-muslimun. MUSHAF (arab. - sahifalangan) - xalifa Abu Bakr Siddiq, (ra) davrida Qur’onni kiyik terisidan bo‘lgan sahifalarga yozilgan to‘plami, sahifalangan Qur’on. Xalifa Usmon ibn Affon (ra)ning davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalari M.lar deb nomlangan. Keyinchalik kitob shaklidagi Qur’onning har bir nusxasi M. deb nomlanavergan. Shu ma’noda M.larning tahoratsiz ushlash, ular bilan tahoratxonaga kirish man qilinadi. Toshkentda O’zbekiston musulmonlari idorasida saqlanadigan Qur’onning qad. qo‘lyozmasi (7-a.) ham M. nusxalaridan biridir. MUTAASSIBLIK - o‘z e’tiqodi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lish. M.ka yo‘liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlikni vujudga keltirishga urinadi. Insoniyat tarixida bunday e’tiqoddan g‘arazli maqsadlarda foydalanilgan. M.ning paydo bo‘lishiga diniy ziddiyatlar, shuningdek, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarning hal qilinmagani ham sabab bo‘lishi mumkin. Islom dini M.ga xayrixohlik bildirmaydi. Aksincha, teran o‘ylashga, boshqalarga nisbatan murosali bo‘lishga chaqiradi. MUTAVALLI (arab. - ishboshi, boshqaruvchi) - islom tarixida vaqf mulkiga va undan keladigan daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaddor. Vaqf yerlarini ijaraga berish, vaqf mulkida xo‘jalik ishlarini yuritishni ham M. bajargan. Xorijiy Sharq mamlakatlarida M.lar hozir ham bor, ular vaqflarni boshqaradi. Ayrim musulmon mamlakatlarida M. yirik ziyoratgohlar (maqbara, mozor va b.)ni, ulardan keladigan daromadlarni ham boshqaradi. O’zbekistonda masjidning xo‘jalik va moliya ishlarini boshqaruvchilar M. deyiladi. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 206 MUTAKALLIMLAR - musulmon ilohiyot olimlari. Ular islom diniy-aqidaviy ta’limoti - kalomni asoslab bergan. Hoz. islom ruhoniylari va ulamolariga nisbatan M. atamasi qo‘llanilmaydi, u tarixiy tushunchaga aylangan (yana q. Ash’ariylar). MUT’A (arab. - vaqtincha foydalaniladigan narsa) - shialikdagi ma’lum mablag‘ evaziga qilinadigan muvaqqat nikoh. M. asosida shialik shariati qozi tasdiqlagan rasmiy shartnoma asosida erkaklarga vaqtincha xotin olishga ijozat beradi. M.ning muhlati 1 kundan 99 y.gacha belgalanishi mumkin. M. nikohdik xotin va undan tug‘ilgan bolalar qonuniy xotin va undan tug‘ilgan bolalardan huquqiy jihatdan cheklanganroq bo‘lgan. Qiz bolaga M. nikohidan o‘tish taqikdangan. M. nikohi shialik tarqalgan xorijiy mamlakatlarda hozir ham amalda, lekin u ko‘pincha yashirin qilinadi. Ahli sunna val jamoaning to‘rttala mazhabida ham M. harom deyilgan. Ya’ni, M.ni zino-noshar’iy jinsiy aloqa deb e’tiborga olingan. Bunga Qur’on va sunnatdan dalillar keltirilgan. MUFID, ash-Shayx Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad al-Ukbariy al-Horisiy (948 yoki 950-1022) - shialikdagi mashhur ilohiyotchi va faqih, imomiylikning nazariyotchisi va faol targ‘ibotchisi. Otasi Vosit sh.da o‘qituvchi bo‘lgan, uning birinchi laqabi - Ibn al- Mu’allim ("muallimning o‘g‘li") shundan. Bag‘dodda mashhur ilohiyotchi, faqihlardan ta’lim olgan. Mohir suxandon bo‘lgan M. imomiy ilohiyotchilar peshvosiga aylangan. Uning targ‘ibotchilik faoliyati Buvayhiylar rahnamoligida o‘tgan, shu tufayli imomiylar aqidalari Iroqda, ayniqsa Bag‘dodda keng tarqalgan. Bu esa, shialar va sunniylar o‘rtasida qonli to‘qnashuvlarga olib kelgan. Diniy nizolarga barham berish uchun xalifa shialarning g‘oyaviy rahbari M.ni Bag‘doddan badarg‘a qilishga majbur bo‘lgan. M. Bag‘dodda vafot etgan, o‘z hovlisiga dafn etilgan, bir necha yildan so‘ng uning hoki al- Mashhad (al-Kozimayn)ga ko‘chirilgan. Uning qabri hozirgacha ziyoratgoh sanaladi. M. 200 ga yaqin asar yozgan (shundan 25 tasi saqlangan). Uning bir qancha asarlari imomiylik nazariyasi, ilohiyot va fiqh, Qur’on tafsiri va hadislar, shialar tarixi, imomlar hayoti va b. ga doir. MUFTI, muftiy (arab. - fatvo beruvchi, diniy masalalarda qaror chiqaruvchi) - shariat bilimdoni. M. diniy-huquqiy masalalarni izohlash, talqin qilib berish, shariatni tatbiq etish borasida hal qiluvchi huquqqa ega. Odatda, uning fikr va qarorlari fatvolarda bayon etilib, musulmonlar uchun qo‘llanma hisoblanadi. Ilk bor M.lar hokimlar va qozilar huzuridagi maxsus maslahatchilar sifatida xalifa Umar II (717-720) tomonidan Misrda tayinlangan. Har bir musulmon mamlakatda bosh M. bo‘lib, u katta obro‘ga egadir. M. davlat muammolariga oid (diniy jihatdan) ham, sof diniy masalalar bo‘yicha ham (mas., diniy bayramlar va ro‘zaning boshlanish vaqti haqida) qarorlar chiqaradi. So‘nggi paytlarda aksar musulmon mamlakatlarida dunyoviy hokimiyat va aholi keng ommasining turmushdagi, iqtisodiyot hamda siyosatdagi ko‘p yangiliklarga munosabati M.ning qanday fatvo chiqarishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Musulmon mamlakatlarida M.lik hukumat tayinlaydigan rasmiy lavozim hisoblanadi. O’zbekiston musulmonlari idorasiga ham M. boshchilik qiladi. U Ulamolar kengashi yig‘ilishida 5 yil muddatga saylanadi Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 207 MUSHABBIHA (arab. - o‘xshatuvchilar, o‘xshatish tarafdorlari) - islom ilohiyotida xudoni odamga o‘xshatib tasvirlaydigan ta’limot (antropomorfizm). Islom ilohiyoti - kalom tarafdorlari M. tarafdorlarini rad etib, ularga qarshi kurash olib borgan va ularni sanamga sig‘inuvchilar deb qaragan (yana q. Tashbih, Mujassima). MUSHRIKIYLIK, mushriklik (arab. -sheriklik, - xudoning sheriklari bor, degan tushunchadan) - ko‘pxudolikning arab qabilalari o‘rtasvda islom vujudga kelishidan oldin keng tarqalgan sodda shakli. Mushrikiy qabilalar turli sanam, tosh va h.k.ga, shuningdek, bir qancha erkak va ayol xudolarga e’tiqod qilgan. M. tushunchasi Qur’onda xudoni yakka deb e’tirof etmay, uning sheriklari bor, ya’ni xudolar ko‘p, deb tasavvur qilinadigan qabilaviy dinlar ta’limotiga nisbatan ishlatilgan. Muhammad (sav) yakkaxudolik ta’limotini targ‘ib qilib, M.ni qoralaganlar, islom ta’limoti M.ka qarshi kurash jarayonida shakllangan (yana q. Shirk). MU’ATTILA ("mahrum etuvchilar", "inkor qiluvchilar") - mu’attiliylar, mu’taziliylarning nomlaridan biri. Ular mushabbihadan farqli ravishda "ilohiy sifatlar"ni mavjudligani inkor etishgan, bu esa, ulamolar tomonidan oxir-oqibatda Allohning o‘zini inkor etishga, xudosizlikka olib keladi deb hisoblangan. Har holda o‘rta asr musulmon ilohiyotchilari M. deb Allohning yuborgan elchisi, o‘liklarni qayta tirilishini, Yaratuvchini inkor etganlarni aytishgan. Biroq, ilk M. faqat Allohning o‘zini emas, balki sifatlarini inkor etishgan, shuning uchun ularni hoz. ayrim tadqiqotchilar fikricha, ateist (xudosiz) deyish to‘g‘ri emas. MU’TAZILIYLAR, mu’tazila (arab. -ajralib chiqqanlar, uzoqlashganlar) -islomdagi ilohiyot oqimlaridan biri. 8-a. o‘rtasida Arab xalifaligida vujudga kelgan. Asoschilari Vosil ibn Ato (699-748) va Amr ibn Ubayd (762 y. v.e.). Ular o‘z guruhi bilan ustozlari Hasan al-Basriy (728 y. v.e.) maktabidan ajralib chiqqan. M. Qur’onni diniy haqiqatning manbai deb e’tirof etadi, uni so‘zma-so‘z emas, majoziy talqin qiladilar, rivoyatlarga ko‘r-ko‘rona ishonishga qarshi chiqadilar. M. qadariylarning inson iroda erkinligi haqidagi ta’limotini rivojlantirdilar va asosladilar. Ular 9-a.da o‘zlarining aqidalar tizimini yaratdilar. Bungacha islomda davlat dini va barcha uchun majburiy deb e’tirof etilgan yagona aqidalar tizimi bo‘lmagan. Chunki, dastlabki ikki yuz yillik davomida islom turli fikr, maktab, mazhab, huquqiy firqalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan. Shuningdek, xalifalar diniy, siyosiy muxolifatdaga harakat (xorijiylar, shialar va b.)ga qarshi kurashuvchi mafkuraviy qurolga zarurat sezayotgan edi. Shuning uchun xalifa Ma’mun (813-833) M. ta’limotini davlat dini deb e’lon qildi. Xalifa farmoni bilan barcha qozilar, ilohiyotchilar, amaldorlar shu e’tiqoddami yoki yo‘qmi, sinab ko‘rildi. M. aqidasini (xususan, Qur’onning yaratilganini) tan olmaganlarni ishdan bo‘shatdi, hatto o‘lim jazo chorasini qo‘lladi. Maxsus jazo muassasasi - "mihna" tashkil etdi. Ammo, majburiy choralarga qaramasdan M. ta’limoti xalifalikda umuman qabul qilinmadi, xalifa Mutavakkil (847-861) davrida esa, M. ta’limoti "shakkoklik" deb e’lon qilindi. M. aql-idrokni ilohiyot asosi deb e’tirof etgan, tasavvufni inkor etishga uringan, o‘zlarini yakkaxudolik (tavhid) va adolat (adl) tarafdorlari, deb atagan. M.ning asosiy g‘oyalari vaqti kelib shia ilohiyotchilari tomonidan o‘zlashtirib olindi. Keyinchalik Iroq va Eronda 11-12-a.larga, O’rta Osiyoda 13-14-a.larga kelib yo‘qolib ketgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling