Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAJJODA
SABR - g‘am-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish; o‘z ixtiyori bilan nafsni tiyish; yoqmagan narsa sodir bo‘lganda Alloh taolodan qo‘rqib va Uning roziligidan umidvor bo‘lib o‘zini tutishlik. Islomda to‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan borish uchun kishi o‘z mayllarini so‘ndirishi lozimligi ta’kidlanadi. S.li bo‘lish musulmonlarning asosiy fazilatlaridan biri hisoblanadi. Qur’onning bir necha oyatlarida musulmonlarning S.li bo‘lishiga da’vat bor. Hadislarda inson uchun S.dan yaxshiroq va ulug‘roq ne’mat ato etilmagani bayon qilingan. Tasavvufda S. turlicha talqin etiladi. S. doim kerak. Yaxshilik yetganida ham, yomonlik yetganida ham, zarar-kamchilik paytda ham, foyda-borchilik paytida ham. Yo‘qchilikka S. qilish oson. Ammo borchilik, to‘qchilikka hamma ham S. qila olmaydi. Aslida esa, banda og‘ir paytda bardosh bilan, ne’mat yetganida shukr va yaxshilik bilan S. qilish kerak. Ulamolarning ta’kidlashlaricha, S. turli xil bo‘ladi. Eng ulug‘ S. imon - islom talablarini bajarish yo‘lvdagi qiyinchiliklarga chidash. Odamlarning noo‘rin tasarruflariga S. qilish. Yetgan musibatlar va ne’matlarga S. qilish va h.k. S. ko‘pchilik xayol qilgandek salbiy ma’noda, ya’ni nima bo‘lsa ham S. qilyapman, deb jim-harakatsiz turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengashdagi S.dir. Eng bosh S. havoi nafs, rohat-farog‘at, mansabni tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidamdir. Qur’oni karimda S.ga da’vat ko‘p gakrorlanadi. Chunki, Allohga toatda ham, gunoxdan saqlanish yo‘lidagi to‘siqlarni yengish uchun ham, zaiflik kelib qolganda ham, havoi nafsni jilovlash uchun ham S. kerak va h.k. O’tgan ulamolar S.ni umumiy tarzda uchga bo‘lganlar: Birinchisi: Alloh harom qilgan narsalardan va gunoxlardan saqlanishga S. Ikkinchisi: toat va kurbat hosil qilish uchun S. Uchinchisi: yetadigan musibat va qiyinchiliklarga S. Payg‘ambar (as)ning hadislarida ham S.ga ko‘plab chaqiriqlar bor. A.bu Musodan rivoyat qilinadi: ''Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va kengroq ne’mat ato qilinmagan", dedilar. Rasululloh (sav): "Odamlarga aralashib, ularning ozorlariga S. qilgan musulmon, ularga aralashmaydigan va ozorlariga S. qilmaydigan musulmondan yaxshidir", deydilar. Bundan odamlarning ozoridan qo‘rqib ularga aralashmay qo‘yish durust emasligi chiqadi. Odamlarga aralashib ularning ozorlariga S. qilgan odam savob oladi. U o‘sha aralashishi davomida ularga yaxshilik ham qilib yurgan bo‘ladi. Odamlarga aralashmagan kishi esa, ko‘pchilikka foyda yetkazishdan bosh tortgan bo‘lishi mumkin. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 255 SAVOB (arab. - yaxshilik, ezgulik, ajr) -diniy e’tiqodga ko‘ra, xudoning marhamatiga loyiq ish va shunday ish uchun xudoning marhamati. Insonning xatti-harakati va faoliyati yaxshilik va yomonlikdan iborat bo‘lib, bu islomda savob va gunoh deb ataladi. Diniy ko‘rsatmalarni bajarish, inson manfaati yo‘lida faoliyat ko‘rsatish kabilar S. hisoblanib, insonning ish kitobi (nomai a’moli)ga farishta vositasi bilan yozib boriladi. Oxiratda insonlarning S. va gunohlari tarozuda tortilib, natijalar Allohning hukmiga havola etiladi. Lekin, hadisi sharifda ta’kidlanishicha, insonning qilib o‘tgan har qancha S. ishlari jannatga kirishga sabab bo‘la olmaydi. Unga kirish Allohning fazli, marhamati va ehsoni xisoblanadi. S. ishlar esa, jannatga kirgandan keyin erishiladigan darajalar uchun kerak bo‘ladi. S. so‘zi barcha yaxshi va ezgu ishlarga nisbatan ham ishlatiladi. SADAQA (arab. - chin dildan qilingan ehson) - xayr-ehson. S. berish haqida Qur’onda ham ta’kidlab o‘tilgan. S. haqidagi masalalarni fiqhning uqubot va ahkom bo‘limlari talqin qiladi. S. berish imkoni bo‘lgan har bir kishi uchun zarur hisoblanadi, bu ish mandub amallardan sanaladi. Birovga S. bera olishga qurbi yetmaydigan kishilar S. olishlari mumkin. S.ning quyidagi turlari mavjud: Bir martalik xayr-ehson ko‘rinishdagi S.; kafforat, ya’ni xayrli maqsadlarga sarf etiladigan jarima ko‘rinishidagi S.; o‘ziga to‘q bo‘lgan musulmonlarning daromadlaridan yo‘qsil, miskinlar foydasiga ajratib beriladigan S. Dastlabki ikki holatda S. pul, ovqat, kiyim, xizmat ko‘rsatish va uy-joy bilan ta’minlash, qarzdan va majburiyatdan kechish va b. shaklida bo‘lishi mumkin. Uchinchi holatda S. - faqat pul bilan beriladigan, u maxsus soliqchilar tomonidan yig‘ilib, markaziy yoki mahalliy xazina (bayt ul-mol)ga kelib tushgan. Bu mablag‘ S. deb ataluvchi zakotdan to‘plangan mablag‘ bilan birgalikda maxsus vakolatli shaxslar tomonidan sugurta vositasi turi sifatida markaziy hokimiyat nomidan kambag‘al, muhtoj kishilarga tarqatilgan. S. mablag‘laridan yordam olishga kambag‘allar va nogironlar haqli bo‘lib, ularning bu holati to‘g‘risida jamoaning uch a’zosining shohidligi lozim bo‘lgan. Shuningdek, biror sabab bilan xonavayron bo‘lgan, qurbi yetmaydigan xarajatlar, to‘lovlarni to‘lashga (mas., muhtoj qarindoshlarini boqish, qarindoshi uchun diya (xun) to‘lash va b.) majbur bo‘lgan kishilarga ham S. beriladi va h.k. Ularning ishi yurishib ketsa, S. to‘lash to‘xtatiladi. S. mablag‘adan urush paytida yordam bergan, lekin ulush- o‘lja olmaganlarga mukofot beriladi, kulni ozod qilish uchun to‘lanadigan pulning yetishmayotgan qismi (agar u kishining ishlari yurishmayotgan bo‘lsa) (mukotab)ni qoplash uchun beriladi. Shuningdek, S. to‘plovchi va taqsimlovchi amaldorlarga, musofirxonalarga, biror sabab bilan safarni davom ettira olmay qolgan yo‘lovchilarga ham mablag‘ ajratiladi. Hadislar va fiqhga oid adabiyotlarda S. istilohi bilan zakot anglatilgan. S. va zakot dastlab bir tushuncha ekanligi, zakotdan qoladigan mablag‘ni olish huquqiga ega kimsalar ham S. mablag‘laridan foydalanish huquqiga ega bo‘lganligi bilan ham tasdiq topadi. Ixtiyoriy S.ni majburiy to‘lovdan farqlash uchun uni sadaqa at- tatavvu ("ixtiyoriy sadaqa") deb ataydilar. S.ning majburiy turiga zakot, xiroj, ushr, fitr, kafforat (jarima) kabilar kiradi. Ixtiyoriy S.lar esa, xudoyi, to‘ylar, ziyofatlar, xayriya tashkilotlariga, jamg‘armalarga beriladigan moddiy xarajatlardan iborat. Odatda S. deganda faqat muhtojlarga, gadolarga beriladigan narsa tushuniladi. Lekin diniy istiloxda S. xayr-ehsonning barcha turlari uchun qo‘llanilaveradi. Islomda S. qilishga ko‘p targ‘ibot qilinadi. Uning savobi, fazilati va foydasi to‘g‘risida Qur’on va hadislarda ta’kidlangan. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 256 SADR (arab. - old, ko‘krak) - musulmon mamlakatlaridagi turli mansabdor shaxslarga beriladigan unvon. Bu unvon ba’zan din peshvolariga ham berilib, ularga butun davlatning yoki biror viloyatning vaqf ishlarini boshqarish vazifasi yuklatilgan. Mas., 12- 13-a.larda Buxoroda hukmronlik qilgan burhoniylar Sadri jahon nomi bilan mashhur bo‘lgan. 16-a.dan Usmonli turk saltanatida va 19-a.dan Eronda eng yuqori mansabdor shaxs (vaziri a’zam) S. (to‘lig‘i Sadri a’zam) deb atalgan. 20-a.ga kelib bu unvon tugatilgan. Anjuman va ilmiy majlislarda to‘rdan joy berilib, suhbatni boshqargan olim kishini ham qadimdan Sadri majlis deb atab kelinadi. SAJDA (arab. - ibodatda yerga egalish, yerga bosh qo‘yish) - namoz o‘qishdagi holatlardan biri. Har bir rakaatdagi oxirga harakat, bunda namoz o‘qiyotgan dindor tiz cho‘kkan holda oldinga egilib boshini yerga qo‘yadi (ya’ni S. qiladi) va uch bor subhana robbiyal a’lo deb tasbeh o‘qiydi. SAJJODA ("ta’zim qilmoq", "tiz cho‘kmoq", boshqa nomlari: musallo, bisat, xasir, xumra (arab.), joynamoz (fors.), namozlik (turk.) -q. Joynamoz. SAJOX - soxta payg‘ambar ayol. O’zini xudoning elchisi deb e’lon qilgan va islomni qabul qilgan arablarning bir qismini yo‘ldan urishga erishgan. S. tag‘libiylar orasida voyaga yetgan va ular orasida tarqalgan xristianlikdan yaxshi xabardor bo‘lgan. Muhammad (sav) hayotliklari chog‘idayoq u xudoni "bulutlar egasi" deb atab, undan xabarlar kelayotganini bildirgan. "Vahiylar"ni qofiyali saj’ usulida, maxsus minbardan turib aytgan, ibodatga chaqiruvchi muazzini ham bo‘lgan. Iroqdan S. bir guruh tarafdorlari bilan o‘zining qadrdon tamim qabilasi hududiga ko‘chib o‘tgan, u yerda qabilaning o‘zaro kurashayotgan qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lib, ularni harbiy yurishlarga boshlab boradigan siyosiy rahbarga aylangan. Bir necha muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng 633 y. tamimiylar Yamomaga bostirib kirganlar. Bu yerda hanifa qabilasi boshlig‘i, "payg‘ambar" Maslama (Musaylima) ichki nizolarni tinchitish va musulmonlarning hujumlarini qaytarish bilan band edi. U Yamomadan olinadigan ikki hosilning yarmini berish evaziga tamimiylardan qutulgan. S. bilan Maslama o‘rtasida yana qandaydir bir vaqtinchalik shartnoma ham tuzilgan. Musulmon rivoyatlariga ko‘ra, ular o‘rtasida nikoh shartnomasi tuzilib, musulmonlar bilan bo‘lgan jangda S. Maslama yonida halok bo‘lgan. Aslvda esa, S. Yamomaga qilingan yurishdan so‘ng Iroqqa qaytib, keyinchalik o‘sha yerda islomni qabul qilgan. SAID ibn ZAYD (taxm. 600-671) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashshara axlidan. Otasi Zayd Banu Adaviy urug‘idan bo‘lgan. Saidning bobosi johiliya davrida Makkadaga boshliqdardan hisoblangan. S. ibn 3. Umar (ra)ning pochchasi edi. Zavjasi Fotima bilan ikkisi Umar (ra)dan avval musulmon bo‘lishgan, Habashistonga ham birga ko‘chishgan. Talha bilan birga Shomga jo‘natilgani uchun Badr jangida qatnashmagan. Lekin g‘animatlardan uning ulushi ajratilgan. Boshqa janglarda qatnashgan. Xalifa Abu Bakr Siddiq davrida Shom fathida ishtirok etgan. S. ibn 3. saxiy, ibodatga qattiq berilgan, taqvo sohibi, mujohid bir zot bo‘lgan. Dunyo ishlariga ahamiyat Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 257 bermagani uchun biror vazifa olmagan. Madina yaqinidagi Aqiq degan joyda vafot etgan. S. ibn 3. Rasuli Akramdan to‘rt hadis rivoyat qilgan. SAID ibn al-OS (625-679) - sahoba. Islom amirlaridan. Umar (ra) huzurida tarbiya topgan. Usmon (ra) uni Kufaga amir qilib tayinlagan. Hazrat Usmon (ra)ga qarshi uyushtirilgan fitnada uni himoya qilgan. Usmon (ra) shahid bo‘lganidan so‘ng (658) Makkaga ketgan. Muoviya xalifalik zamonigacha (661) u yerda qolgan, so‘ng to umrining oxirigacha Madinaga voliy bo‘lgan. Tabariston (Eronning shimolida) fathida qatnashgan. Usmon (ra) huzurida bo‘lib, Qur’oni karimni jamlash va kitob holiga keltirishda faoliyat ko‘rsatgan. Uning Madinada qurgan qasri hozirgacha saqlanib qolgan. SAYID OTA, Sayid Ahmad ibn Sayid Abu Bakr (? - 1292 yoxud 1311) - yassaviya tariqatining yirik vakili. Toshkentda tavallud topib, ta’lim olgan. Zangi otaning 2-xalfasi (shogirdi). S.o. nafaqat solih amallari, tariqat yo‘lida chekkan zaqmatlari, balki jihodda ishtirok etganligi bilan ham mashxur. Umrining oxirida Toshkentdan Orolga ko‘chib borib, o‘sha yerda vafot etgan. SAYYID - qabila boshlig‘i, janob, rahbar. Arabistonda johiliyat davrida qabila zodagonlari vakili, boshlig‘i. Qur’on va hadisda bir necha ma’nolarda kelgan. Ba’zi hadislarda insonga nisbatan rabb ("janob") istilohini S. istilohi bilan almashtirish lozimligi aytilsa, boshqa bir hadislarda keltirilishicha, Rasuli Akram (sav) o‘zlarini S. deb atashlarini man etganlari, chunki S. - faqat Allohdir deganlari rivoyat qilinadi. Asta-sekin shialar tashviqoti ta’sirida S. istilohi Payg‘ambar (as) avlodlariga, Xusayn avlodlariga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lgan. Ular musulmon jamiyatida imtiyozli ijtimoiy tabaqani tashkil qilib, dindorlar orasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lishgan. Xalq S.larni ko‘pincha avliyolar qatoriga qo‘ygan. Avliyo ayollarni Sayyida deb atashgan. S. istilohi musulmon hukmdorlarining rutbalarida keng qo‘llanilgan. Bu bir tomondan Payg‘ambar (as) bilan qarindoshlikka da’vogarlik qilish bilan bog‘liq bo‘lsa (Dehli Slari, Buxoro amirlari, Xiva xonlari va b.), ikkinchi tomondan S.ni johiliyat davridagi ma’nosini saqlab qolishda va uni qo‘llashda ko‘rinadi, xususan S. istilohi musulmonlar hukmronlik qilgan Ispaniyada 10-11-a. boshlarida hukmdor devoniga qurilgan (S.; as-Sayyida al-Kubro, as-Sayyida al-Valida - "hokim onasi"), Bahrayndagi Qarmatlar davlatida oqsoqollar kengashining 6 a’zosini anglatgan, Masqatn sultonliga hukmdorlari S. deb atalgan (18-a.). Ba’zi musulmon mamlakatlarda (mas., Yaman) S. tabaqasi o‘z mavqeini saqlab qolgan. SAYFIDDIN BOHARZIY (1190, Xurosonning Boharz qishlog‘i - 1261, Buxoroning Fathobod qishlog‘i) - kubroviylik tariqatining yirik namoyandasi, shayx. Movorounnahr va Xurosondagi diniy hamda ijtimoiy-siyosiy hayotda muhim rol o‘ynagan. Hirot va Nishopur madrasalarida o‘qigan, Xorazm va so‘ngra Buxoroda muqim yashagan. Najmiddin Kubroning sevimli shogirdi bo‘lib, bu tariqatni ustozi vafotidan so‘ng yanada rivojlantirdi. S.B.dan kubroviylik tariqatining hind tarmog‘i - firdavsiyya boshlanadi. S.B. mo‘g‘ullar istilosi va hukmronligiga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Uning xapq ommasi o‘rtasidagi kuchli nufuzidan cho‘chigan mo‘g‘ul hukmdorlari u bilan kelishishga intilganlar. "Tarixi Banokatiy" (15-a.) asarida yozilishicha, mo‘g‘ul xon (qoon)lari Munkexon (1251-1257), Hulaguxon (1256-1265) va Hubilayxon (1259-1294)larning Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 258 onasi Buxoroda maxsus madrasa va xonaqoh kurdirib, unga juda ko‘p qishloqlarni vaqf qilgan va mutavalli qilib shayx S.B.ni tayinlagan. Chingizxonning nevarasi, Oltin O’rda xoni Barakaxon (1255-1266) Buxoroga maxsus kelib, S.B.dan islom dinini qabul qilgan va unga murid tushgan. U musulmon bo‘lgan, o‘ziga Barakaxon ismini olgan. Barakaxon Shim. Kavkazdan Sibirgacha cho‘zilgan ulkan davlati hududida islom dinini joriy qilgan, masjvd va madrasalar kurdirgan. Bu voqeadan so‘ng S.B.ga "Shayx ul-olam" darajasi, Buxoro sh.ga esa, "Buxoroyi Sharif" unvoni berilgan. S.B. qabri Buxoro yaqinidagi Fathobodda bo‘lib, 1261 y.da dahma kurilgan. Ibn Battuta 1333 y. bu yerda bo‘lganligini yozib qoldirgan. Keyinchalik Chig‘atoy ulusi xoni Bayonkulixon (1348-1358) va Turon hukmdori Amir Temur tomonidan dahma atrofida Boharziy maqbarasi va xonaqosi hamda katta ziyoratxona kurilgan (14-a.). SALAFIYLAR, As-Salafiya (salaf -"ajdodlar", "o‘tmishdoshlar") - islomning turli davrlarida ilk musulmon jamoasi "solih ajdodlar" (as-salaf as-solihun) e’tiqodi va turmush tarziga rioya etishni da’vat etib, keyingi davrda kiritilgan barcha yangiliklarni, jumladan, Qur’onni majoziy-ramziy talqin etishdan boshlab musulmon dunyosini G’arb bilan aloqasi natijasida kirib kelgan yangiliklarni bid’at deb e’lon qilgan musulmon din arboblarining umumiy nomi. S.ga barcha sahobalar, tobeinlar, taba’a tobeinlar, mazhab sohiblari va axli sunna val jamoa e’tiqodidagi yirik olimlar kiradilar. G’arb adabiyotida S. mafkurasini ta’riflashda "traditsionalizm", "fundamentalizm", "tiklashchilik" (gevivalism) kabi terminlar ishlatiladi. SALLA - musulmonlarda boshga o‘raladigan mato. Faqat erkaklar o‘raydi. Oq, yashil, kul rang matolardan, ko‘pincha dokadan iborat bo‘lib, do‘ppi, kuloh ustidan o‘raladi (Hindiston, Pokistondagana S. bosh kiyimsiz o‘raladi). Shim. Afrika, G’arbiy Osiyo va O’rta Osiyo, qisman Kavkazda keng tarqalgan. S. o‘rash usullari, matosi kishilarning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligiga qarab belgilangan (mas., shialik ruhoniylari qora, sayyidlar va hojilar yashil matodan S. o‘raganlar). O’tmishda S. musulmonlik belgisi hisoblangan, ulamolar, namozxonlar uchun majburiy bo‘lgan. Ba’zi holatlarda S. kafanlik o‘rnini bosishi ham mumkin. Madaniyat taraqqiyoti, zamonaviy kiyimlarning keng tarqalishi tufayli S. hatto musulmon mamlakatlarida ham urfdan chiqib qolayotir. Islomda S. bilan namoz o‘qishga targ‘ib qilingan. SALMON al-FORSIY, Abu Abdulloh Salmon al-Forisiy (? - 658) - sahoba; Rasululloh (sav)ning mavlolaridan. Asli isfahonlik. Din qidirib safarga chiqqan. Majusiy dinidagi otasidan qochgan. Avval nasroniy diniga kirib, bir necha vaqtdan keyin Madinaga borib, islom dinini qabul qilgan. 627 y.dagi Xandak, jangida aynan S. al-F. Muhammad (sav)ga Madina sh. atrofiga xandaq qazishni va unga kamonchilarni joylashtirishni maslahat bergan. Arabistonda ilgari ko‘rilmagan bu yangi taktik usul makkaliklar harbiy kuchining asosiy zarbdor qismini tashkil etgan badaviylar otliq qo‘shinining jangovarlik imkoniyatlarini ancha pasaytirgan. Bu ular uchun kutilmagan hol bo‘lib, sarosimaga solgan, natijada musulmon qo‘shini zafar qozongan. S. al-F. tasavvufning asoschilaridan biri hisoblanadi. Shialar S. al-F.ni Alining sodiq safdoshi sifatida juda qadrlaydilar. Madoin sh. (Iroq)ga hokim bo‘lganda, bo‘yra to‘qib sotib, o‘z mehnati evaziga tirikchilik Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 259 o‘tkazgan; maoshini muhtojlarga sadaqa qilgan. Rasuli Akram (sav)dan ko‘plab hadislar rivoyat qilgan. SALOT - bir kunda, muayyan vaqtlarda ko‘rsatilgan tartib va shartlar asosida qilinadigan ibodat. S. 5 ta islom ruknlarining eng muhimidir (yana q. Namoz). SAMOSIY Xoja Muhammad Boboyi (13-a. oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlog‘i - 1340/1354) - xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning beshinchisi. Xoja Ali Romitaniydan tahsil olib, uning vafotidan so‘ng xojagonlik silsilasini boshqargan. "Silsilai sharif"da 14-halqaning piri sifatida keladi. U sayyid Mir Kulol Buxoriyga ta’lim bergan. Bahouddin Naqshband tug‘ilgach, uch kunlik chaqaloqni ma’naviy farzandlikka qabul qilib, shogirdi Mir Kulolga Bahouddin tarbiyasi bilan shug‘ullanishni topshirgan. S. haqida "Maqomati Mir Kulol", "Maqomati Shohi Naqshband", "Nasoyim ul-muhabbat" asarlarida muhim ma’lumotlar bor. Samos qishlog‘ida dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara, atrofdagi masjid va toshquduq mustaqillik yillarida ta’mirlangan. SAMO’ - 1. "tinglash, quloq solmoq". Hadisshunoslik va arab musulmon adabiyotida hadislar va to‘liq asarlarni tinglovchiga yetkazish usullaridan birini anglatuvchi texnik istiloh. S. quyidagi jarayondan iborat: muhaddis yoddan yoki yozilgan matnga qarab roviylar va isnodga suyangan holda hadisni aytadi, tolib hadisni eshitib, esda saqlab, uni ovoz chiqarib qaytaradi: material to‘g‘ri o‘zlashtirilganiga ishonch hosil qilgan muhaddis tolibga uni boshqalarga yetkazishga ijozat (ijoza) beradi. Yangi hadisni o‘rganishda bu jarayon qaytarilgan; tolib hadisni yozib olishi ham mumkin bo‘lgan. Asarlar S. usuli bilan qismlarga ajratilgan holda o‘zlashtirilgan. S. o‘zlashtirish, yetkazishning samarali va yaxshi usuli hisoblangan, shuning uchun adabiyotda ko‘pincha unga havola (ishtiboh) kdlinadi. 2. Qo‘shiq, musiqa tinglash; darvishlarning zikr majlislarida gir aylanib, jo‘shib raqs tushishlari. S. ikki xildir: 1) so‘z tinglamoq; S.ning birinchi xilida tasavvufga oid biror so‘z tinglanib, undan ibrat va saboq olinadi, bunda S. poklik va qalb huzuri bilan eshitilmog‘i lozim. 2) kuy tinglamoq; bunda musiqa tinglash ruh ozig‘i sifatida e’tirof etilgan. Shunda ruh yuksak maqomlarga parvoz qiladi, deb hisoblangan. SAM’ONIY, Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniy (1113-1167) -muhaddis, tarixchi, adabiyotshunos. Marvda tugilgan. S.ning ajdodlari butun islom olamida mashhur muhaddis, faqihlar bo‘lishgan. Marvdagi mashhur olimlardan saboq olgan. Dastlab sayohatini S. amakisi Ahmad ibn Mansur as-Sam’oniy bilan birga Nishopurga qilgan. So‘ngra Xuroson, Movarounnahr, Iroq, Xijoz, Suriya va Tabariston shaharlari bo‘ylab uzoq safarda bo‘lgan; 8 yil Bag‘dodda yashagan, u yerdan 2 marta Makkaga haj qilgan. Ray, Hamadon, Damashq, Kufa, Basra, Tus, Quddusda bo‘lgan. Sayohati davomida S. olimlar bilan uchrashib, ulardan saboq olgan, o‘z asarlari uchun material to‘plagan. 1143-44 y.da S. Marvga qaytib, al-Amidiya madrasasida dars bergan. Keyingi yillarda u o‘g‘li Abduraxmon bilan O’rta Osiyo shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan. S. fiqh, hadis, arab tili tilshunosligi, grammatikasi, adabiyotiga doir 50 dan ziyod asar yozgan. S.ning ayniqsa tarix va geografiyaga doir asarlari qimmatlidir. Uning "Kitob ul- Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 260 ansob"("Nisbalar kitobi")da Xuroson va Movarounnahrda yashagan yuzlab muhaddislar, mufassirlar, faqihlar haqida noyob ma’lumotlar keltirilgan. SAM’ONIY, Abul Muzaffar Mansur ibn Muhammad as-Sam’oniy (1035-1096) -mufassir, muhaddis, faqih, qozi, adib. Tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as- Sam’oniyning bobosi. Marvda tug‘ilgan. Yoshlikdan hadislarni o‘rgangan va ota-bobolari singari fiqhdagi qodiriya oqimiga mansub bo‘lgan. Uzoq yillar Xuroson, Iroq va Xijoz sh.lari bo‘ylab sayohat qilgan va 1069 - 70 y.da Makkada shofi’iylarga qo‘shilgan. Sayohati davomida 100 dan ortiq eng yirik muhaddislardan 1000 ta eng sara hadislarni to‘plagan. 50 dan ziyod shogirdi bo‘lgan. Fiqh, hadis, tilshunoslikka oid 10 ta asar yozgan. SANAVIYA - dualistlar. Borliqning ikki oliy ibtidosi - yorug‘lik va zulmat, xudo va shayton va b.ni tan oluvchi g‘ayriislomiy ta’limot (zardushtiylar, moniychilar, mazdakiylar, daysoniylar) vakillarining islomda atalishi. Islomning ichida esa, S.ga ba’zan Allohdan o‘zga qandaydir oliy ibtido borligani da’vo qilgan ta’limot vakillari kiritilgan. Mu’taziliylar Allohni mohiyatidan farkli o‘laroq abadiy sifatlar egasi deb hisoblaganlari uchun sifatiylarni S. qatoriga kiritganlar; qadariylar inson o‘z xatti- harakati "ijodkori" deb ta’lim berganlari uchun mu’taziliylarni S. deb hisoblashgan; falsafa dunyoni abadiy deb hisoblagani uchun S.ga mansub deb qoralangan. Shuningdek, ismoiliylar, xususan qarmatlarni ikki turdagi "yorug‘lik" - "yorqin" (nur sha’sha’ani) va "xira" (nur zulmani) mavjudligi haqida ta’lim berishgani tufayli S. qatoriga qo‘shishgan. SANUSIY (yoki Snusiy), as-Sayyid (Sidi) Muhammad ibn Ali al-Mujoxiriy al-Hasaniy al- Idrisiy (taxm. 1791-1859) - shim. afrikalik so’fiy, sanusiylar tariqati asoschisi. Mostag‘anim sh. (Jazoir) yaqinidagi Turs mavzeida tug‘ilgan. Nufuzli so’fiylik tariqati - tijoniya peshvosi Ahmad at-Tijoniy (1815 y. v.e.)ning qarashlari unga katta ta’sir ko‘rsatgan. 1829 y. S. safarga chiqib, mudarrislik qilgan, turli so’fiylik tariqatlari zikrlarida qatnashgan, Qohira va Makkada bo‘lib, xidriylar yoki xadiriylar (xidriya, xadiriya) tariqat peshvosi shim. afrikalik so’fiy Ahmad ibn Idrisga shogird tushgan. Ustozi molikiy faqihlar quvg‘inidan xalos bo‘lish uchun Makkani tark etib, Jan. Arabistondagi Sobiya sh.ga yashiringanda, S. unga ergashgan. Ahmad ibn Idris vafotidan so‘ng uning izdoshlari ikki tariqat barpo etganlar, ulardan biriga S. bosh bo‘lgan. 1840 (yoki 1843 y.) S. tariqatlar o‘rtasidagi nizo oqibatida Makkani tark etishga majbur bo‘lgan. Kirenaikaga kelib zoviyalar qurdirgan S. sanusiylar tariqati markazi etib Jagbubni tanlagan. Uzoqni ko‘zlovchi siyosiy va mohir tashkilotchilik qobiliyati S.ni mahalliy qabilalar orasida obro‘sini ko‘targan. Jagbubdagi as-S. qabri ustiga hashamatli maqbara qurilgan. U yaqin vaqtlargacha sanusiylarning bosh ziyoratgohi bo‘lib kelgan. S. ta’limoti asosida ilk islom davridagi "poklik"ga qaytish yotgan, lekin shu bilan birga u so’fiylik va undagi avliyolarga e’tiqod qilishni rad etmagan. S.ning so’fiylik qarashlaridaga xarakterli xususiyat payg‘ambar Muhammad (sav)ga sajda qilish bo‘lib, uning fikricha, sanusiylar doimo o‘z ibodatlarini u zotga bag‘ishlashlari (aurod, ahzob), uni belgilangan mikdorda (40 tadan 100 gacha) qaytarishlari kerak bo‘lgan. S. va uning izdoshlari o‘z tariqatlarini "Muhammadiy" (at-tariqa al- muhammadiya) deb atashgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling