Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
#165
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
246
etilgan (1064). Q. Nishopurga qaytgan. Q. islomiy ilmga doir 20 dan 30 tagacha, 
jumladan 2 ta tafsir, hadislar, so’fiylik nazariyasi va amaliyotiga doir asarlar yozgan. 
Uning "ar-Risola fi ilm at-tasavvuf" asari so’fiylar uchun qo‘llanma bo‘lgan va shunday 
bo‘lib kelmoqda. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
247
- R -
 
 
RABOT - 1) 7-10-a.larda Kichik va O’rta Osiyo hamda Shimoliy Afrikaning musulmonlar 
va xristianlar (yoki butparastlar) yonma-yon yashagan hududlarida vujudga kelgan 
harbiy istehkomlar yoki qal’alar. R.larda istiqomat qilgan musulmonlar odatda ko‘ngillilar 
sifatida g‘ayridinlarga qarshi urushlarda qatnashganlar. 11-12-a.larda Marokashda 
paydo bo‘lgan al-Murobitun harakati va davlati o‘z nomini R. atamasidan olgan. Ayni 
vaqtda Eronda R. o‘zining harbiy ahamiyatini yo‘qotdi va darvish-qalandarlarning 
qarorgohi -xonaqohlarga aylandi. Keyinchalik R.ning aynan shu ma’nosi butun 
musulmon dunyosiga yoyildi. 2) O’rta asrda musulmon shaharlari ichkarisidaga 
omborxona, karvonsaroylar yoki shahar tashqarisidagi bozorlar.  
 
 
RAVSHANIYLAR - Afg‘onistonda vujudga kelgan islom dinidaga firqa. Boyazid Ansoriy 
(1525-1572) ta’limoti asosida pushtu dehqonlarining mahalliy hukmdorlar va boburiylar 
siyosatiga qarshi harakati kuchaygan. Piri Ravshan deb nom olgan (firqaning nomi 
shundan) Boyazid Ansoriy, so‘ngra uning o‘g‘illari va nabiralari rahbarligidagi bu harakat 
17-a.ning 30-y.larigacha davom etgan, keyin bostirilgan. R. an’analari islom 
an’analaridan birmuncha farq qilgan. R. harakati pushtu xalqi milliy ongining 
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan, o‘z davrida bu xalqning yirik shoirlari Arzoni, Davlat, 
Muxlis va b. R. tarafdori edi. Ularning va R. ba’zi rahnamolari adabiy merosining pushtu 
adabiyotida muayyan o‘rni bor.  
 
 
RAJM - toshbo‘ron qilish, faqat zino qilganlik uchun qo‘llaniladigan qatl turi. R. haqidaga 
masala to‘laligicha fiqhning ukubot bo‘limiga tegashlidir. R. johiliyat davridagi huquqiy 
normalardan qabul qilinib, Qur’on va sunna bilan tasdiqlangan. R. faqat sud hukmiga 
binoan, qozi yoki uning vaqilining nazorati ostida amalga oshiriladi. Maxsus ajratilgan 
yerda to‘plangan kishilar mahkumga qarata tosh otib, uni o‘lguncha toshbo‘ron qiladilar. 
Agarda zino guvoxlar ko‘rsatmalari bilan aniqpangan bo‘lsa, birinchi toshlarni guvoxdar 
otishi lozim, agarda zinokor o‘z gunohiga iqror bo‘lsa - imom yoki qozi otishi kerak 
bo‘ladi. Jazolanuvchi o‘zini chetga tortmasligi yoki qochib ketmasliga uchun bog‘langan 
yoki tizzasi yoxud beligacha yerga ko‘milgan bo‘lmog‘i lozim. Ayol kishi qatl etilayotgan 
paytda uni chachvon bilan yaxshi o‘ralgan bo‘lishiga va o‘layotib badani ochilib 
qolmasligiga e’tibor berish talab qilinadi. Agar zinokorning aqli noraso ekanligi aniklansa, 
qatl bekor qilinadi. Agarda homilador ayol jazoga tortilishi kerak bo‘lsa, unda ba’zi 
mazhablarga ko‘ra, to ayol tug‘gunicha qatl qoldiriladi, boshqasiga ko‘ra esa, emizish 
davri tugaguncha yoxud qatl umuman bekor qilinadi. Zinoni isbot qilish amalda juda 
murakkab bo‘lganligi tufayli barcha zamonlarda kamdan-kam hollarda R. jazosi 
qo‘llanilgan. Kishini ko‘cha-kuyda hech kanday tekshirishsiz va sudsiz toshbo‘ron 
qilingani haqida keng tarqalgan tasavvurlar g‘irt cho‘pchakdan boshqa narsa emas.  
 
 
RAKAAT (oddiy tilda rakat; arab. - muayyan vazifalarning namozda takrorlanishi) -
islomda namozning asosiy qismi, namoz o‘qishda bajariladigan muayyan harakatlar va 
ular bilan qo‘shib o‘qiladigan duolar majmui. Har R. bir necha ibodat harakatlarini o‘z 
ichiga oladi: qo‘l ko‘tarib takbir aytish, tik turish, belgacha egilish (ruku’), boshni yerga 
qo‘yish (sajda), tiz cho‘kish (qa’da) va yana tik turishdan iborat bir tartibdagi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
248
harakatlardan tashkil topadi. Bir R. tugagach, yangi R. boshlanadi. Har bir namoz 
ma’lum mikdordagi Rlardan iborat, ulardan bir nechasi farz, yana bir nechasi sunnat deb 
belgilangan.  
 
 
RAMAZON - hijriy yil hisobining to‘qqizinchi oyi. Islom dinida R. oyida Alloh Muhammad 
(sav)ga Qur’onni vahiy qilgan deb talqin etiladi. Shu sababli, R. muqaddas oy 
hisoblanadi, bu oy davomida dindorlarga ro‘za tutish buyuriladi. 
R. - arablarda islomdan avvalgi to‘rt muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga to‘g‘ri 
kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada R. oyida yaxshi amallar qilish 
(tahannus) an’ana bo‘lgan. R. oyining 27-kuniga o‘tar kechasi Muhammad (sav)ga 
birinchi vahiy kelgan (q. Laylat ul qadr). R.da ro‘za tutish hijratdan 17-18 oy keyin, ya’ni 
qibla tomon o‘zgartirilgandan bir oydan so‘ng joriy etilgan. 
R. bilan bog‘liq ko‘p sanalar ichida Rasululloh (as)ning nabiralari Husash tavallud topgan 
kun (6-kun), Muhammad (sav)ning zavjalari Xadicha vafot etgan kun (10-kun), Badr 
jangi kuni (17-kuni), Muhammad (sav)ning Makkaga kirib kelishlari kuni (19-kun), Ali va 
imom Ali ar-Rizo vafot etgan kun (21-kun), Ali tavallud topgan kun (22-kun) kabilar 
e’zozlanadi. Ro‘zaning tugashi iyd al-fitr bayrami bilan nishonlanadi. Turli musulmon 
mamlakatlarida qadimgi dinlarga oid marosim, bayramlarni R.oyiga to‘g‘ri kelib qolishi 
natijasida R.ga oid marosim va an’analar ham har bir mamlakatda o‘ziga xos o‘tkaziladi. 
 
 
RASUL (arab. - elchi) - islom an’anasida Alloh tomonidan tanlab olinib, vakil qilingan va 
targ‘ibot yuritish, da’vat qilish vazifasi topshirilgan, ilohiy kitob nozil qilingan 
payg‘ambar. Muhammad (sav)ga nisbatan doimo R. nomi qo‘llanib kelinadi, bu hatto 
tashahhud (kalimai shahodat)da ham ifodalangan. Nabiy - kitob nozil qilinmagan 
payg‘ambar. Shu boisdan ham har bir rasulni nabiy deb atash mumkinligi, ammo 
nabiylarni R. deb bo‘lmasligi qayd qilingan.  
 
 
ar-RA’Y ("qarash", "fikr", "hukm qilish") - fiqhda asosan faqihning mustaqil fikrini yoki 
hukmini anglatib, shunga asosan uning qandaydir huquqiy qaror chiqarishi. Ar-R. 
tushunchasi xalifa Umar (ra) davri (634—644)da paydo bo‘lgan Umar (ra) sahobalardan 
Abdulloh ibn Mas’udni Iroqqa hakamlik va dindan ta’lim berish uchun jo‘natayotganda 
"qanday ko‘rsang va xohlasang" (bi-r-ra’y va n-nazar) shunday sud qilish haqida 
ko‘rsatma bergan. Xalifa shu bilan birga ar-R. deganda qiyos bo‘yicha ish ko‘rish va 
jamoatchilik foydasi (al-maslaha) nazarda tutilishini aytgan. Abdulloh ibn Mas’udning 
Iroqdagi izdoshlarini "mustaqil fikr tarafdorlari" (ashob ar-ra’y) deb Madina faqihlarini 
"rivoyat tarafdorlari" (ashob al-hadis) deb atay boshlaganlar. 
Mazhablar shakllanib bo‘lgach, ar-R. tushunchasi muomaladan chiqqan, uning o‘rniga 
ijtihod yoki al-qiyos tushunchasi qo‘llanilgan 
 
 
ar-RAHMON (Mehribon) - Allohning ismlaridan biri (q. al-Asmo al-husno), odatda 
bismilloh ar-Rahmonir-Rahim (Rahimli) shaklida ishlatiladi. Har ikki ism Allohning eng 
asosiy sifatlaridan bo‘lib, insonlarga Qiyomat kuni Allohning marhamat ko‘rsatishi, 
mehribonlik qilishini anglatadi. Ar-R. istilohini johiliyat davrida Arabistondagi yahudiy va 
xristianlar yagona xudoni anglatish uchun qo‘llaganlar. U Jan. Arabistondagi 4-6-
a.lardagi monoteistik yozuvlarda uchraydi. Ichki va Shim. Arabistonda yashovchi haniflar 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
249
shuningdek, Muhammad (sav)ning zamondoshlari va raqiblari - "soxta payg‘ambar" 
Abxala al-Asvad va Musaylima o‘z xudolarini shunday ataganlar. Qur’onda ar-R. - Alloh 
va Rabb (Parvardigor)dan so‘ng Xudoni anglatuvchi eng ko‘p ishlatilgan atama. Qur’on 
nozil qilinishining Makka davrida Muhammad (sav) xudoni asosan ar.-R. deb ataganlar. 
Ar-R. ko‘plab shaxs nomlari tarkibiga kirgan (mas., Abd ar-Rahmon, "Rahmonning kuli", 
ya’ni "xudoning kuli"). 
 
 
RIBO (arab - sudxo‘rlik) - pulga foyda (foiz) olish - sudxo‘rlik. Islomdan ilgari arablar 
orasida R. keng tarqalgan edi. Ilk islomda savdo qilish va u orqali foyda ko‘rish keng 
rag‘batlantirilgani holda, pulga foyda olish qat’iyan taqiklangan va bu taqiq Qur’onda 
ham o‘z ifodasini topgan (2 : 276). Hozir ham musulmon mamlakatlaridagi bank va 
moliya ishlarida ushbu taqiqqa amal qilinadi (q. Islom taraqqiyot banki).  
 
 
REVGARIY Xoja Orif, Mohitobon (12-a. o‘rtasi - Shofirkonning Revgar qishlog‘i - 1259) 
- xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning 
ikkinchisi. 
Abdulholiq G’ijduvoniy (Xojai jahon)dan tasavvuf ta’limotini o‘rgangan. Ular G’ijduvon 
bilan Shofirkon o‘rtasidagi Ro‘yibinon qishlog‘ida uchrashib, suhbatlashib turganlar. 
G’ijduvoniyning 4-xalifasi sifatida ustozi vafotidan so‘ng xojagon silsilasini boshqargan. 
"Silsilai sharif"da "11-halqaning piri" sifatida zikr etiladi. "Qutbul avliyo" "Valiylar 
yo‘lboshchisi" unvoniga sazovor bo‘lgan. Xoja Mahmud Anjirfag‘naviyga ustozlik qilgan. 
Shofirkon sh.da dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara va atrofdagi masjid mustaqillik 
yillarida ta’mirlangan. R. mozori obod ziyoratgoh sifatida mashhurdir. 
Tasavvufning o‘zak masalalari xususida so‘z yuritilgan "Orifnoma" risolasi o‘zbek tilida 
ham nashr qilingan (T., 1994). Tasavvufshunos olim Ibrohim Haqqul R. haqida "Xoja 
Orif Mohitobon" essesini yozgan (T., 1996). As.: Orifnoma, T., 1994.  
 
 
RIDDA (arab. - orqaga qaytish, chekinish) -musulmon bo‘lib yurgan odamning o‘z 
ixtiyori bilan islomdan qaytishi. Islom tarixida birinchi R. - ba’zi arab qabilalari orasida 
yuz bergan. Ular Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng islomdan chiqqanlar. R. 632 y. 
bevosita Abu Bakr Siddiq xalifa sifatida davlat boshqaruviga o‘tirgach boshlandi va 1,5 
yilcha davom etdi. Bu harakatga rahbarlik qilgan ba’zi shaxslar o‘zlarini payg‘ambar deb 
e’lon qilganlari bois, islomda ular "mutanabbiylar", ya’ni "soxta payg‘ambarlar' nomini 
oldi. Markaziy Arabistonda Asd G’atfon, Tayy qabilalariga Tulayha, Sharqiy Arabistonda 
Hanifa qabilasiga – Musaylima, Tamim qabilasiga - Sajjoh ismli ayol va nihoyat, 
Yamanda Mazhij qabilasiga Abhala yetakchilik qildi. Ular Abu Bakr davrida zakot 
berishdan bosh tortdi. Xalifa Abu Bakr bu harakatni R. hisobladi. R. urushlarida ayniqsa, 
sarkarda Xolid ibn Valid katta shuhrat qozondi. R.ni bartaraf etishda erishilgan g‘alabalar 
ilk musulmon davlatiga butun Arabiston bo‘ylab to‘liq hukmronlikni o‘rnatishga, 
keyinchalik yarim oroldan tashqariga yurishlarni boshlashga imkon yaratib berdi. 
 
 
RIYOZAT (arab. - "qiynalish" "mashaqqatlanish") - tasavvufda tariqatning asosiy 
shartlaridan biri. Darvish, murid so’fiyning o‘z istagidan o‘zini tiyib, bu yo‘lda qiynalishi, 
mashaqqat chekishi, azob uqubatlarga chidashi. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
250
 
RIYOKORLIK - har qanday savobli, ezgu ishlarni, ayniqsa, xayr-ehsonni odamlar 
ko‘rsin, maqtasin uchun, manmanlik bilan amalga oshirish. R. islomda qattiq qoralanadi 
Qur’oni karimda R. bilan qilingan har qanday ishning zoe ketishi haqida uqtiriladi.  
 
 
RIZQ (arab. - ulush) - 1) Qur’onga ko‘ra Allohning har bir insonga bergan ulushi Islom 
diniga ko‘ra, barcha bandaning Rini Alloh belgilab bergan, o‘lchab qo‘ygan, kimning R. i 
tugasa, vafot etadi. R.ni faqat Aploh taoloning o‘zigina beradi. 2) Devonga mansub 
kishilar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat ulushi (xalifa O’mar tomonidan 638 y. joriy 
etilgan va bu 8-a. oxirigacha davom etgan). Oziq-ovqat ulushi devon ro‘yxatidagi 
jangchilarning oila a’zolariga ham belgilangan. 9-10-a.larda R. - asosan jangchilar 
maoshi ba’zan umuman maosh (mas., O’rta Osiyoda somoniylar davrida). Misrda 12-15-
a.larda ma’lum yer maydonidan natura shaklida to‘langan maosh, shundan - umuman 
ko‘chmas mulkdan olingan daromad. 16-a.dan Usmonli turk saltanatida R. deb daromad 
keltiruvchi yer maydoniga, xususan vaqf yerlariga aytilgan. 
 
 
RIFO’IYLAR - so’fiylik tariqati a’zolari. O’rta asrlarda vujudga kelgan. Bu tariqatga 
basralik Sayyid Ahmad Rifo’iy (1182 y. v.e.) asos solgan. R. Yaqin Sharkda, xususan, 
Eronda keng tarqalgan darvishlardan iborat bo‘lgan. Ular hozir ham mavjud.  
 
 
ROBIA al-ADAVIYA (713/714-801) - Basra zohidlarining taniqli vakilasi. Bolaligida 
cho‘ri qilib sotilgan. Keyinchalik xudojo‘yligi va zohidlarga xos turmush tarziga ixlos bilan 
rioya etgani sababli ozodlikka chiqarilgan. Bir necha yil sahroda yolg‘iz yashagan. R.A. 
Allohni sevishdan boshqa jamiki narsalarni rad etish tarafdori bo‘lgan. Allohdan hech bir 
tama’ - manfaat ko‘zlamay, uni mutlaq sevish - inson ma’naviy hayotining mohiyati 
ekanligini zohidlardan birinchi bo‘lib ta’kidlagan. R.A. g‘oyalari keyingi avlod so’fiylari 
orasida keng tarqalib, Bistomiy, Halloj, Ibn Farid, Ibn Arabiy va b. so’fiylar ta’limotining 
asosini tashkil etgan. R.A. taqvodorlik, Allohni sevish namunasi deb bilinib, "avliyo" 
sifatida ulug‘lanadi. 
 
 
ROBITA ("aloqa", "rishta") - Sharkdagi tasavvufga xos bo‘lgan istiloh. Murid bilan uning 
piri (murshid) yoki avliyo (valiy) o‘rtasida paydo bo‘ladigan ruhiy aloqa. Muridning butun 
fikri-zikrini murshid qiyofasiga jamlashi, u bilan muloqotga kirishi va o‘zligini unda 
qo‘shilib ketishi bilan erishiladi. Naqshbandiylik va qodiriya tariqatlarining ayrim 
risolalarida R. zikrdan afzal sanalgan.  
 
 
ROMITANIY Xoja Ali, Xojai Azizon (13-a. o‘rtasi, Romitan tumanidagi Qo‘rg‘on qishlog‘i 
- 1316/1321) - xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik yetti 
pirning to‘rtinchisi. Xoja Mahmud Anjirfag‘naviydan tahsil olgan. Uning vafotidan so‘ng 
xojagonlik silsilasini boshqargan. "Silsilai sharif"da 13-halqaning piri hisoblanadi. R.ning 
"Risolai Azizon" asari mashhur bo‘lib, unda tasavvuf maqomlari xususida so‘z yuritilgan. 
Tojik tilida bitgan she’rlarida tasavvuf g‘oyalari ilgari surilgan. Xoja Muhammad Boboyi 
Samosiyga ustozlik qilgan. Qo‘rg‘on yaqinidagi Saribo‘ston qishlog‘ida dafn etilgan. Qabri 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
251
ustida maqbara qurilgan. G.Navro‘zova va I.Qosimov "Hazrat Xoja Ali Romitaniy" 
risolasini nashr qilishgan (1984). 
 
 
ROFIZIYLAR (arab. rofiz - tark etish, rad etish, ba’zan maslagidan qaytish ma’nolarida) 
- o‘rta asrlarda sunniy islom ilohiyotida izchil islom yo‘lidan chetga chiqqan oqimlar, 
xususan shialar (Abu Bakr (ra) va Umar (ra)ning xalifalik huquqini rad etganlari uchun) 
R. deb atalgan. Keyinchalik Alini ilohiylashtirish tarafdorlari bo‘lgan firqalar (xususan 
ismoiliylar) shu nom bilan atalgan. Umumiy ma’noda R. imomiylar, alaviylar va 
zaydiylarga nisbat beriladi.  
 
 
RUKN (arab. - asos, ustun), arkon ad-din (din asoslari) - islomda eng muhim sanalgan 
beshta vazifa. Unga "kalimai shahodat", namoz, zakot, ro‘za va haj ibodatlari kiradi. R. 
talablarini bajarish islomda har bir mo‘min-musulmon uchun majburiy-farz hisoblanadi. 
Lekin ba’zi istisno holatlarda bu majburiyat zimmadan soqit bo‘ladi. Mas., boyligi shariat 
belgilagan ma’lum mikdorga (nisobga) yetmagan kishi zakot bermaydi yoki qodir 
bo‘lmagan musulmonlar zimmasidan haj ibodati ham soqit bo‘ladi. Imonning ruknlari 
esa, ikkitadir. Ya’ni, Muhammad (sav) Alloh tomonidan keltirgan barcha ahkomu arkon 
va ma’lumotlarga dil bilan tasdiq etib, til bilan iqror qilishdir.  
 
 
RUMIY, Jaloliddin Muhammad ibn Bahouddin Muhammad al-Balxiy (1207-1273) - shoir, 
mutafakkir, mavlaviylar (mavlaviya) tariqatining norasmiy shayxi. Balx (Shim. 
Afg‘oniston)da tug‘ilgan. Otasi - Muhammad ibn al-Husayn al-Xatibiy al-Balxiy (1148-
1231) Xorazmshohlar davlatida "Sulton ul-ulamo" ("Ulamolar sultoni") deb ulug‘langan. 
1231 y.da otasi vafot etgach, R. uning o‘rniga Ko‘niya madrasasining bosh mudarrisi 
bo‘ladi. Tariqat yo‘lini tutib, shoir Said Burhoniddinga shogird tushadi, so‘ng qalandar-
so’fiy Shamsiddin Muhammad Tabriziy bilan do‘stlashib, uni o‘z piri deb e’lon qiladi va 
aqliy izlanishlardan voz kechadi. Bu R. muridlari, ulamolar noroziligiga sabab bo‘ladi va 
ular fatvosi bilan Tabriziy o‘ldiriladi. R. bu fojiadan qattiq ta’sirlanib, pirining ismi 
sharifini taxallus qilib, g‘azallar yoza boshlaydi. R. she’rlarida insonlar irqi, millati, dini va 
tilidan qat’i nazar teng va hur ekanligi kuylanadi, aqidaparastlik va mutaassiblik 
qoralanadi. R. Ko‘niya (Kichik Osiyo)da vafot etgan. 
R. har bir so’fiy islom farzlarini albatta bajarishi shart, deb hisoblagan, o‘zi asos solgan 
tariqatda she’r va musiqa tinglashni, samo’ paytida gir aylanib, raqs (zikr) tushishni 
rasm qilgan. Bu esa, R. dushmanlari tomonidan shariat ko‘rsatmapariga zid deb 
baholangan. 
R.ning 25.500 baytdan ortiq "Masnaviyi ma’naviy" asari "tasavvufning chinakam 
qomusi" deb tan olingan. Unda Sharq xalqlari ogzaki ijodi namunalari - yuzlab rivoyat, 
afsona, masal, maqol, matal, ramziy hikoyatlar orqali islom va tasavvuf g‘oyalari 
masnaviy turda talqin etilgan. Jomiy va Navoiy R. ijodiga yuksak baho berishgan. 
Mashrab esa, "Masnaviyi ma’naviy"dan ilhomlanib, "Mabdai nur" axloqiy-ta’limiy 
dostonini yaratgan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda R.ning "Ichingdagi ichingdadur" 
(Toshkent, 1997) kitobi, "Masnaviyi ma’naviy" izoxdi nashrining 1-kitobi (Toshkent, 
1999) va b. asarlari nashr qilindi.  
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
252
RUSTUFAG’NIY, Abul Hasan Ali ibn Said ar-Rustufag‘niy (? - 961) - hanafiylikdagi 
mashhur muhaddis, faqih. Samarqand viloyatidagi Rustufag‘n (Rustufagn) qishlog‘ida 
tug‘ilgan. Fiqhga doir 3 ta asar yozgan. Sam’oniyning ma’lumotiga ko‘ra, 
Samarqandning yirik faqihlari, jumladan, Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad al-
Moturidiy va Abul Qosim Ishoq ibn Muhammad al-Hakim as-Samarqandiy va b. R.dan 
ilmi hikmat va ilmi haqiqatdan saboq olganlar. V.V.Bartoldning fikricha, Samarqand 
yaqinidagi Beyli ota qishlog‘ida (bu qishloq o‘rta asrlardagi Rustufagn o‘rnida 
joylashgan) R.ning maqbarasi saqlanib qolgan. RUH (arab. - jon, ko‘pligi arvoh) - diniy 
tushunchaga ko‘ra, kishi hayotida u bilan birga, vafotidan keyin esa, tanadan chiqib 
abadiy qoladigan ko‘zga ko‘rinmas narsa. Hadisi sharifda aytilishicha, ona qornidagi 
chaqaloq to‘rt oylik bo‘lgan kuni unga R. ato etiladi va umri davomida shu R. bilan 
bo‘ladi. Ba’zi ulamolar R. - bu qon desa, boshqalari nafas deb hisoblaydi. Ayrimlar esa, 
R.ni latif va nafis havodan iborat deb, uni moddiy narsalar safiga kiritadi. Qur’onga 
ko‘ra, Alloh odamzotni yaratmasdan oldinroq dastlab qiyomatga qadar keladigan 
odamlarning R.larini paydo qilgan. Islomda R.ning mohiyati haqida bahs yuritish man 
etiladi. Qur’oni karimning Isro surasida (85-oyat) R. Allohning ilmiga havola etiladigan 
sir ekani, R. to‘g‘risida odamlar juda oz ma’lumotga ega bo‘lishlari ta’kidlangan.  
 
 
RUHOBOD - Samarqanddagi Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy maqbarasi (14-a.). Amir 
Temur maqbarasining shim.da joylashgan chorqirra shaklidagi gumbazli bino. Shayx 
Burhoniddin Sog‘arjiyni Amir Temur o‘ziga ma’naviy pir deb qabul qilgan. Sog‘arjiy 10-
a.da Somoniylar davrida yashab, avliyolikda Kutb pog‘onasiga ko‘tarilgan zotdir. Uning 
nasli-nasabi Umar ibn Xattobga borib taqaladi. 
 
 
RO’ZA (fors. - ro‘za, kunduzgi ish; arab tilida "savm" deyilib, biror narsadan o‘zini tiyish 
ma’nosini anglatadi) - islomdaga beshta rukn (majburiyat)dan biri. Har yili bir oy -
Ramazon oyida R. tutish farzligi Qur’oni karimda qayd etilgan. Bunda bomdod namozi 
vaqtining boshlanishidan to quyosh botgunga qadar yemaslik, ichmaslik, jinsiy yaqinlik, 
g‘iybat, chaqimchilik qilmaslik, harom qilingan narsalarga qaramaslik shart. R. sog‘lom, 
safarda bo‘lmagan, balog‘at yoshidagi musulmon-mo‘minlarga farz qilingan. Homilador, 
emizikli ayollar, safarda yurganlar, og‘ir bemorlar R. tutmasligi, keyin imkoniyat 
tug‘ilganda ado (qazo) etishlariga ruhsat berilgan. R.ga toqati yetmaydigan qariyalar, 
surunkali bemorlar R. o‘rniga fidya sadaqasi (bir miskinni bir bor to‘ydirish) berishlari 
mumkin. R. tutish Qur’onda belgilanganidek, insonni taqvoga, ya’ni moddiy va ma’naviy 
jihatdan sabr-toqatli bo‘lishga, irodani mustahkamlashga o‘rgatadi. R.ning ko‘pgana 
kasalliklarga shifo baxsh etishini keyingi paytda olimlar ham tasdiqlamoqdalar. Lekin, 
shariat ko‘rsatmalariga ko‘ra, R.ni boshqa maqsadlarda emas, faqat Allohning farz qilgan 
ibodatini ado etib savob orttirish, taqvoli bo‘lish maqsadidagana tutish buyuriladi. R. 
dastlab Muhammad (sav) Madinaga hijrat qilganlaridan 18 oy o‘tgach farz qilingan. Agar 
R. qasddan ochib yuborilsa, ramazondan keyin biror kun qoldirmay oltmish kun R. tutib 
beradi, bunga zaiflik yoki bemorlik tufayli qodir bo‘lmasa oltmish miskinga taom berish 
bilan kafforat to‘lanadi. R. bir necha turli bo‘ladi: yoinki 
1. Farz. Bu Ramazon oyi R.sidir. 
2. Vojib. Mas., naflga kirishib, keyin buzib qo‘yganda, uning qazosini tutib berish 
vojibdir. 
3. Nafl. Dushanba, payshanba kunlarida, shavvol oyida olti kun tutilgan R.lar. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
253
4. Makruh. Yolg‘iz juma yoki shanba yakshanba kunlarida, shuningdek, ikki hayitda 
tutilgan R.lar. 
 
 
RO’ZA HAYITI - q. Hayit 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
254
- S -
 
 
SABAIYLAR, as-Saba’iya - "o‘ta" shialarning g‘oyaviy o‘tmishdoshlari; Abdulloh ibn 
Saba’ning izdoshlari. Sunniy mualliflar S.ni Ali (kv) ibn Abu Tolibni ilohiylashtirishni 
targ‘ib qilgan islomdagi eng dastlabki guruh deb hisoblashgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Ali 
(kv) uni xudo deb e’lon qilgan S. guruhini gulxanda yondirishga buyruq bergan, bunga 
javoban S. "endi biz sening haqiqatan ham xudo ekanligingni bildik, zero faqat xudogina 
o‘t bilan jazolaydi" deganlar. S. Ali (kv)ni vafot etganligini rad etadilar, ularning fikricha, 
u dushmanlaridan o‘ch olish va adolat o‘rnatish uchun qaytib kelar emish. Ali (kv)ni 
payg‘ambar Muhammad (sav)ning vasiyatlariga ko‘ra, vorisi deb e’lon qilgan S. islomda 
birinchi bo‘lib, Ali (kv) imomligini to‘xtashi (tavaqquf) va uni Qiyomat kunigacha Mahdiy 
sifatida qaytishi" (ar-raj’a) haqidagi g‘oyani ilgari surganlar. Bu tasavvurlar keyinchalik 
"o‘ta" shialar, xususan kaysoniylar orasida rivojlangan, ular imomlarni "yashirin holati" 
(al-g‘ayba) va ularni Xaloskor (al-Mahdiy) sifatida qaytib kelishi haqidagi g‘oyani ishlab 
chiqqanlar.  
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling