Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
SOG’ONIY (to‘liq ismi Roziyyuddin Hasan ibn Muhammad as-Sog‘oniy (577, Lahor - 650) - lug‘atshunos olim, faqih va muhaddis. G’aznada voyaga yetgan. 615 y. Bag‘dodga kelgan, bu yerda bir muddat yashagach, Hindistonga ketgan. Haj ziyoratini o‘tash uchun Makkaga, u yerdan esa Yamanga borgan, so‘ng tag‘in Bag‘dodga qaytib kelgan. Lugat ilmiga doir 2 jildli "Majma’ul-bahrayn" va "Sihohi Javhariy"ni mukammallashtirib, olti jildli bir asar yozgan. Bundan tashqari "ash-Shavorid", "an- Navodir fil-lug‘a", "Sharhi abyotil-mufassal", "Durrus-sahoba fi mavozii vafoyotis- sahoba", "Sharhi sahihi Buxoriy" (muxtasar); hadisga doir "Misbohud-dujo", "Mashorikul-anvorin-Nabaviyya min sihohil-axboril-Mustafaviyya" kabi asarlar yaratgan. 2246 hadisdan iborat bo‘lgan bu kitobni Buxoriy va Muslimdan tanlab tuzgan, abbosiy xalifalaridan Muntasirning kutubxonasiga tuhfa etgan. S. uydirma hadislarga doir ikki risola yozgan, bu xususda juda talabchanlik bilan bahs yuritgan. Bag‘dodda vafot etgan, vasiyati bo‘yicha Makkaga dafn etilgan. SOHIB az-ZAMON ("Zamon sohibi") - Ali (kv) xonadoniga mansub bo‘lgan kutilayotgan imom, qoim Mahdiyning sifatlaridan biri. S. az-Z.ning to‘laqonli hukmdor sifatida Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 268 "qaytishi", shialik ta’limotiga ko‘ra, "ilohiy amru farmon"ning g‘alabasi va yer yuzida adolat o‘rnatilishidan darak beradi. SOHIB as-SAYF ("Shamshir sohibi") - Ali (kv) xonadonidan bo‘lgan kutilayotgan imom, qoim Mahdiyning sifatlaridan biri; uning hukmdorlik ramzi shamshir hisoblangan. S. as- S. "qaytishi" bilan shialar yer yuzidan zolimlik va adolatsizlik yo‘qoladi deb hisoblaydilar. Faqatgana u qurol bilan zo‘ravon hukmdorlarga qarshi chiqish va dindorlarni ularni ag‘darishga da’vat qilish huquqiga ega. SUBAZMUNIY, Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad as-Subazmuniy al-Xorisiy al- Kalaboziy al-Buxoriy; laqabi U s t o z (872-952) - xanafiylikdagi yirik faqih, muhaddis. Buxoro vshyuyatidagi Subazmun (Sabazmun) qishlog‘ida tug‘ilgan. Sam’oniyning ma’lumotiga ko‘ra, u somoniylar amiri Ismoil ibn Ahmadning saroy faqihi bo‘lgan va saroyda fiqhga doir turli masalalarni yechish bilan mashg‘ul bo‘lgan, shu sababdan Ustoz deb nom olgan. S. Xuroson, Iroq va Hijoz bo‘ylab sayohat qilib, ilmi adabdan dars bergan. Sam’oniy uning 12 ustozi va 7 shogirdini sanab o‘tadi. Fiqhga doir 3 asar yozgan. SUDUR ("chiqish") - musulmon ilohiyoti va falsafasida Alloh tomonidan olam yaratilishi jarayonini ifodalovchi terminlardan biri. Razoliyning fikricha, olam yaralishining yagona sababi Allohning ixtiyoriy xohishidir. Alloh har bir onda bu sababiyatni yangidan yaratadi va istagan paytda voqelarning odatdagi rivojlanishini o‘zgartirib yubora oladi. SULAYMON (as) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri, adolatli va dono hukmdor, Dovud (as)ning o‘g‘li. S. 13 yoshida taxtga o‘tiradi. Yetuk bilimli, har bir ishda hukm chiqarishda otasidan ko‘ra olimroq bo‘ladi. Rivoyatga ko‘ra, u jamiki insu jin va hayvonlaru qushlar olamiga ham podshoxlik qilgan. Uchar shamollar ham uning ixtiyorida bo‘lib, istagan joyga bir zumda eltib qo‘ygan. S. (as) payg‘ambarga berilgan mo’jizalardan biri mis bulog‘i bo‘lib, rivoyat qilinishicha, undan suv o‘rniga mis oqib yotar, payg‘ambar izmidagi jinlar esa, o‘sha misdan uning xohlagan narsasini yasab berishar ekan. Jinlarning S. (as)ga qasrlar bunyod etgani, dengaz tubidan duru javohirlar olib chiqib bergani nakd etiladi. S. (as)qushlar tilini tushunganligidan, o‘z qo‘l ostida bir necha xil qushlarni tarbiya qilardi. Bu kushlar orasida Hudhud (Sassiqpopishak) ham bo‘lib, u bir necha vaqt g‘oyib bo‘lgan va S. (as)ga Sabo degan yurtdagi malika Bilqisni ko‘rganligi xabarini olib keladi. S. (as) Bilqisga maktub yo‘llaydi va Sabo yurtining malikasi Bilqisni yolg‘iz Allohga itoat etishga majbur qiladi (Naml surasi 20-27-oyatlar). S. (as)ning o‘limi bilan bog‘liq rivoyat jinlar g‘aybni - kelajakda ro‘y beradigan voqea-hodisalarni biladi, degan gumonlarni rad etadi: o‘tirgan holida jon taslim qilgan S. (as) tayangan asoni bir yil davomida yogoch kurti yeb u yerga qulab tushmaguncha, S. (as)ning vafot etganligini bilmasdan payg‘ambar ularga buyurgan vazifa - baland qasr bino qilish ishini davom ettiravergan (Saba surasi 14-oyat). S. (as) obrazi, u va unga tobe jinlar tomonidan ro‘yobga chiqarilgan g‘aroyib otlar, uning hashamatli saroylari, uchar galami va b. - o‘rta asrlardagi musulmon adabiyoti va folklorvda tez-tez uchraydigan mavzu. S. (as) shuningdek, musulmon olamida keng tarqalgan sehr-jodu ilmining ham yetakchilaridan biri sanalgan. Olti qirrali yulduz - S. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 269 (as) muhri ramzi bo‘lib, u jinlar va shaytonlarga berilgan farmonlarga mana shu muhrini bosgan. Olti qirrali yulduz musulmonlarda yomon ko‘zdan, yovuz ruhlardan himoya etuvchi asosiy ramzlardan sanalib, binolar, idishlar, tangalarda naqshi tushirilgan. SULAYMON BOQIRG’ONIY (taxm. 1186 y. v.e.) - mutasavvif, shoir. Uni "Hakim ota" deb ham ataganlar ("Boqirg‘oniy" adabiy taxallusi, tug‘ilgan joyiga ishora). Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi. She’rlarining tili va ruhi A. Yassaviy ijodiga g‘oyat hamohang bo‘lib, tasavvuf, din, shariat aqidalari shoirona targ‘ib qilinadi. "Bibi Maryam kitobi", "Oxir zamon kitobi" kabi dostonlar muallifi. She’rlari "Boqirg‘on kitobi" nomi bilan to‘plam qilingan. Bu kitob 1877 y. va undan keyin yana 2 marta Qozonda, 1991 y. Toshkentda nashr etilgan. SULAMIY, Abu Abdurahmon Muhammad ibn Husayn (937 yoki 942-1021) - Xuroson so’fiylik maktabining yirik vakili, ko‘plab asarlar muallifi. Nishopurda tug‘ilgan. S. xirqani otasidan olgan, lekin uni so’fiy bo‘lib shakllanishida bobosi Ismoil ibn Nujayd - mu’tadil malomatiy katta ta’sir ko‘rsatgan. Hadislar va fiqhni u as-Sibaiy, al-Asamm, ad- Daraquniy va b.dan o‘rgangan. S. ko‘p sayohat qilgan, jumladan Iroq, Suriya, Hijoz va xalifalikning sharqiy viloyatlarida bo‘lgan. Uzoq vaqt Bag‘dodda yashagan. Nishopurga qaytib kelib, o‘zining katta uyini kutubxonaga aylantirgan va uni so’fiylar ixtiyoriga topshirgan. S. vafotidan keyin ham so’fiylar undan foydalanishni davom ettirganlar. S. asos solgan so’fiylar dargohi (duvayra so’fiya) uning nomi bilan atalgan. S. 100 dan ziyod asar yozgan, shundan 30 ga yaqini saqlanib qolgan. Eng mashhurlari - "Tabaqot as-so’fiya" 9-10-a.lardagi so’fiylar haqida qimmatli manba sanaladi. S. ko‘plab shogirddar qoldirgan, ularning orasida uning ishini davom ettirgan al-Kushayriy va xurosonlik mashhur tarixchi olim al-Bayhaqiylarni ko‘rsatish mumkin. SULUK (arab. - yo‘l) - solikning tariqat yo‘lini o‘tish jarayoni. Ilohiy ma’rifatni egallashga bel bog‘lagan muridning ruhiy-axloqiy kamolotga erishish yo‘li. SULH (arab. - yarashish, kelishuv) -musulmonlar bilan fath etilgan viloyatlar aholisi o‘rtasida tuziladigan tinchlik bitimi; shahar bilan tuzilgan bitim shartlari butun mamlakat yoki shaharga tobe viloyatga taallukdi bo‘lgan. Bitimni musulmon lashkarboshi va bir necha guvoh, mahalliy aholi nomidan - hokim, shahar komendanti, yepiskop yoki o‘sha paytda shaharni boshqarayotgan boshqa shaxslar imzolashgan. S.ga ko‘ra, aholining hayoti va mol-mulki daxlsizligi, cherkovlar va shahar devorlari saqlab qolinishi kafolatlangan, buning evaziga aholi jizya yoki xiroj to‘lashi, harbiy harakatlarda musulmonlarga yordam ko‘rsatishi, tunash uchun joy berishi va uch kunlik oziq-ovqat bilan ta’minlashi lozim bo‘lgan. Har bir viloyatdan olinadigan soliq turlicha bo‘lgan. Qutayba ibn Muslimning Samarqand bilan tuzgan bitimi (712 y.)da S. shartlari batafsil sanab o‘tilgan. "SUNANI ABU DOVUD" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri. Muhaddis Sulaymon ibn al-Ash’as ibn Ishoq ibn Bashir ibn Shaddod ibn Amr Abu Dovud al-Azdiy as- Sijistoniyning shoh asari. Ungacha hadis to‘plamlari "al-Jomi’" yoki "al-Musnad" deb Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 270 nomlangan bo‘lsa, u o‘z to‘plamini "as-Sunan" deb atadi va unga sunnati saniyya va shar’iy ahkomlarni mavzular bo‘yicha boblarga bo‘lib yozib chikdi. "Sunan"da 4800 ta hadis rivoyat qilingan. To‘plam 35 fasl, 1871 bobdan iborat. Unga uchta olim tomonidan uch xil sharh ham bitilgan. "SUNANI DORIMIY" - to‘qqizta ishonchli hadis to‘plamlaridan biri. Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiyning shoh asari. "Sunan"ning 2 jilddan iborat nashri 1996 y. Bayrutda chop etilgan. Uning 1-jildi Imom ad-Dorimiyning tarjimai holi, nasabi, ustoz va shogirdlari, asarlari, olimlarning u haqda aytgan so‘zlaridan iborat. Asarning asosiy qismi muqaddima va 23 kitobdan (ular o‘z navbatida 1263 ta boblardan) tashkil topgan. "Sunan"da jami 3503 hadis rivoyat qilingan. "S.D."ni ba’zi olimlar 6 ishonchli hadis to‘plamiga (Ibn Mojaning "Sunan"i o‘rniga) kiritishni taklif etganlar. "SUNANI ibn MOJA" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid Ibn Moja al-Qazviniyning shoh asari. Asar 32 fasl, 1500 bobdan iborat. Ibn Moja o‘z to‘plamini fiqhiy masalalarga xos mavzularga bo‘lib chiqqan. "Sunan"dan jami 4000 ta hadis joy olgan. Ulamolar ushbu "Sunan"ni mashhur olti ishonchli hadislar to‘plamlari qatoriga qo‘shish yoki qo‘shmaslik masalasida uzoq tortishganlar. Zero, ularning oltinchisi sifatida Imom Dorimiy to‘plamini kiritish tarafdorlari ham talaygana edi. Nihoyat, Ibn Mojaning "Sunan"i oltinchi o‘rinda ishonchli to‘plamlar safiga kiritildi. "SUNANI NASOIY" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri, Abu Abdurahmon Ahmad ibn Aliy ibn Shuayb al-Xurosoniy an-Nasoiyning shoh asari. Nasoiy birinchi bo‘lib "as- Sunan al-kubro", ya’ni, katta hadislar to‘plamini yozgan. So‘ngra Ramla amirining iltimosiga binoan uni qisqartirib, eng ishonchli hadislarni qoldirib, unga "as-Sunan as- Sug‘ro" - kichik to‘plam yoki "al-Mujtabo", ya’ni tanlangan hadislar to‘plami deb nom qo‘ygan. Ulamolar fikricha, "Sunan" nomi bilan yozilgan barcha hadis to‘plamlaridagi hadislarning hammasi sahih emas, balki ularda zaif hadislar ham mavjud. "Sunan"ga Imom Jaloluddin Suyutiy, shayx Abul-Hasan Muhammad al-Hanafiy as-Sindiy va Shayx Sirojiddin Umar ash-Shofi’iy sharh bitgan. SUNNA, sunnat (arab. - odat, an’ana, xatti-harakat tarzi) - islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan Muhammad (sav)ning so‘zlari, amallari va xatti-harakatlari. S. muhaddislar istilohida, quyidagicha ta’rif qilinadi: "Payg‘ambar (sav)dan asar bo‘lib qolgan gap, ish, taqrir, xalqiy (tana tuzilishi), axloqiy sifatlar va tarjimai holga tegishli ma’lumotlar "Sunnat" deyiladi. 1. "Gap" - bunga Payg‘ambar (sav)ning turli holat va munosabatlarda gapirgan gaplari kiradi. Buni "qavliy (gap) sunnat" deyiladi. 2. "Ish" - Payg‘ambar (sav)ning qilgan ish-amallaridir. Misol uchun tahorat qilish, namoz o‘qish, haj qilish va b. Buni, "amaliy (ish) sunnat" deyiladi. 3. "Taqrir" - bir narsaga iqror bo‘lish, uning to‘g‘riligini tasdiqlash - ma’qullash ma’nosini anglatadi. S.dagi taqrir esa, Payg‘ambar (sav)ning sahobai kiromlar tomonidan sodir bo‘lgan ba’zi narsalarni ma’qullashlaridan iboratdir. Ma’qullash, gap bilan ma’qul, deb aytish yoki inkor qilmay, indamay qo‘yish bilan ham bo‘ladi. Buni "taqririy sunnat"- Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 271 deyiladi. 4. "Xalqiy" - tana tuzilishidagi sifatlar. Payg‘ambar (sav)ni ko‘rgan kishilar u zotning bo‘y-bastlari, tana tuzilishlari, sochlari, ko‘zlari va b. a’zolarini batafsil vasf qilib berganlar. Bu ma’lumotlar ham rivoyat bo‘lib muhaddislarga, ular orqali islom ummatiga etib kelgan. Mas., Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiyya" asari, aynan shu masalaga bag‘ishlangan alohida kitobdir. 5. "Xulqiy-axloqiy sifatlar". Sahobai kiromlar Payg‘ambar (sav)ning sabrlari, hilmlari, shijoatlari, saxiyliklari kabi barcha axloqiy fazilatlarini ham rivoyat qilib qoldirganlar. Bu hakdagi ma’lumotlar ham S.ga kiradi. 6. "Tarjimai hol". Payg‘ambar (sav)ning muborak hayotlari. Bu bobga tegashli rivoyatlar to‘plamini "Siyrat" ham deyiladi. Muhaddis ulamolar ushbu olti bandga tegashli har bir ma’lumotni atroflicha, chukur o‘rganib, so‘ngra o‘z kitoblariga kiritganlar. S. islom uchun, musulmonlar uchun o‘ta muhim manbadir. S. islom shariatida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi masdar-manba ekanligini Alloh taolo va Uning Rasuli Payg‘ambar (sav) aytgandir. Bu - musulmonlarning asrlar osha amal qilib kelayotgan ishi. Bu — sog‘lom aql va tafakkur taqozosi. S. - hadis ma’nosi Allohdan, lafzi Payg‘ambardan bo‘lgan vahiydir. Dinu diyonat, shariat va b. ma’nolarda Payg‘ambarimiz o‘z shaxsiy fikrlarini emas, Allohning vahiysini o‘z iboralari bilan takdim etganlar. S. Qur’oni karim bilan chambarchas bog‘likdir. Shuningdek, S.ning tarixi Qur’oni karim va islom tarixi bilan birdir. S. 7-a. o‘rtalarida yig‘ila boshlangan. Bir yarim-ikki asr davomida hadislar juda ko‘payib ketgan. Hadisshunoslikning "oltin asri" - 9-a.ga kelib bular tartibga solingan va din, axloq, fiqhning muqaddas manbaiga aylangan. Bulardan Buxoriy (810-870) va Muslim (817-875) to‘plamlari eng obro‘li hisoblanadi. S.da tarixiy asosga ega bo‘lmagan ayrim rivoyatlar mavjudligi bilan birga, arab xalifaliganing dastlabki ikki asrida islom dinining tadrijiy taraqqiyoti va turli ijtimoiy qatlamlarning axvolini ko‘rsatadigan tarixiy ma’lumotlar ham o‘z ifodasini topgan. SUNNIYLIK (sunna so‘zidan) - q. Ahli sunna val jamoa. SURA (arab. - tizma, qator, qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nosida) - faqat Qur’onga. xos tushuncha, uning bo‘limlari S. deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Ulamolar istilohida esa, S. - Qur’on oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Qur’on oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek bir toifasiga S., deyiladi. Qur’on S.lardan iboratdir, S. Qur’onning bir bo‘laga bo‘lib, uch yoki undan ko‘p oyatni o‘z ichiga oladi. Qur’onda 114 ta S. bo‘lib, ulardan har birining o‘z nomi bor. Ba’zi Slarning ismi S.ning avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o‘sha S.da zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan. Qur’oni karimdagi eng qisqa S. Kavsar S.si bo‘lib, uch oyatdan, eng uzun S. Baqara S.si bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir. Qur’on S.lari ikki qismga bo‘linadi: 1. Hijratdan oldin tushgan S.lar - "Makka S.lari" (Makkada tushgan) deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan S.lar - "Madina S.lari" (Madinada tushgan) deyiladi. SO’FIY - so’fiylik tariqatiga mansub shaxs, murid; "Tasavvuf" va "so’fiy" so‘zlarining o‘zagi va mazmuni to‘g‘risida olimlar fikri turlicha. Bu so‘zlar arabcha "suvf" (jun, po‘stin) so‘zidan kelib chiqqan, degan fikr ko‘pchilik ulamolar tomonidan ma’qullangan. Chunki, tasavvuf yo‘liga kirganlarning ko‘pchiligi o‘zlarini xilvatda tutish bilan birga egailariga po‘stin kiyib yurishar edi. Lekin so’fiylar orasida po‘stin kiymaydiganlari, Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 272 quroq, hirqa yoki boshqa xildagi kiyim kiyib yuradiganlari ham bo‘lgan. Ammo, po‘stin kiyishga odat qilgan so’fiylar ko‘pchilikni tashkil qilgan. SO’FIYLIK - q. Tasavvuf. SUFRIYLAR, as-Sufriya - xorijiylarning uch asosiy jamoalaridan biri. 7-a. 2-yarmida Basra (Iroq)da vujudga kelgan. Asoschisi -Ziyod ibn al-Asfar, jamoa uning otasi ismidan "sufriylar" (sufr - asfarning ko‘pligi) deb atalgan. Xalifa Yazid ibn Muoviya davri (680- 683)da S. Basra atrofida Abu Bilol Mirdas rahbarligida qo‘zg‘olon ko‘targanlar. 681 y. Mirdas o‘ldirilib, uning tarafdorlari qirg‘in qilingach, Solih ibn Musarrih Basrada S.ning g‘oyaviy rahbari va boshlig‘i bo‘lgan, u umaviylarni ag‘darib tashlashga va hukmron doiralardan qasos olishga da’vat etgan. 695 y. Dajla (Tigr) daryosi yuqori havzasida S. qo‘zg‘olon ko‘tarishgan. Solihning o‘limidan so‘ng (696 y.) qo‘zg‘olonga rahbarlikni Shabib ibn Yazid qo‘lga olgan. S. O’rta Iroqqa tarqalib, Madoinni egallashgan va unda mustahkam o‘rnashib olishgan. Biroq ikki jangda ko‘p talafot ko‘rgach, Shabib azrakiylar bilan qo‘shilish maqsadida Kermonga chekinishiga qaror qilgan. Daryodan kechib o‘tish chog‘ida Shabib cho‘kib ketgan, shundan keyin S. ko‘zg‘oloni tezda bostirilgan (697 y.). S. jamoasining vujudga kelishi xorijiylar o‘rtasidagi diniy-siyosiy ixtiloflar bilan bog‘liq. Xorijiylar kimni "kofir" deb hisoblash lozim va ularga qanday munosabatda bo‘lish kerak degan masalada ixtilofga borishgan. Azraqiylardan farkli ravishda S. qo‘zg‘olonda qatnashmagan dindoshlarini kofir sanamaganlar: ular azraqiylar tomonidan o‘z dushmanlarining ayol va bolalarini o‘ldirishlarini qoralaganlar, lozim bo‘lganda o‘z e’tiqodlarini yashirish (at-taqiya) mumkin deb hisoblashgan. SUXRAVARDIY (Shahob ad-din Yahyo as-Suxravardiy; 1155-1191) - Eron tasavvuf faylasufi, "porlash" (ishroq) haqidagi ta’limot asoschisi, shu tufayli uni Shayx ul ishroq deb ham atashadi. E’tiqodsizlikda va ismoiliylikni targ‘ib qilishda ayblanib Saloh ad-din amri bilan Halab sh.da qatl qilingan. S. falsafiy qarashlariga zardushtiylik kuchli ta’sir etgan. U borliqqa xilma-xil tezlikdagi ranglar majmui sifatida qaradi, ularni esa, Avesto qahramonlarining nomi bilan atadi. S. o‘ziga xos qorishiq ta’limot yaratdi, bu ta’limotda zardushtiylik belgilari bilan birga tasavvufga oid qarashlar qo‘shilib ketgan edi. S. juda ko‘p g‘oyalarni so’fiylik merosidan olgan, biroq u amalda so’fiy bo‘lmagan, balki musulmon falsafasiga yaqinroq turgan. Uning g‘oyalari Eron mutafakkirlari orasida keng tarqalgan. SUXRAVARDIYLIK, suhravardiya -so’fiylik tariqati. 12-a. oxiri - 13-a. boshida Iroqda, Ikki daryo oralig‘i hududida zohidlik maktabi doirasida tarkib topgan Aslida S.ni yaratgan kishilarning aksariyati arablardan emasdi. An’anaga binoan S musulmon zohidlik tarixida tuzilgan dastlabki birodarlik tashkilotidir. U shofi’iylik mazhabiga mansub o‘ta sunniylik yo‘lini tutgan. O’z silsilasini Ziyovuddin Abu Najib Suxravardiy (1097-1168)dan boshlab Ahmad al-Razoliy (1126 y. v.e.) va Junayd al-Bag‘dodiy (910 y. v.e.) orqali Ali ibn Abu Tolibga (661 y. v.e.) bog‘lagan. S. shaharliklar tariqati bo‘lib, a’zolari soni savdo- hunarmand ahli va jamiyatning o‘qimishli qatlamlari hisobiga ko‘payib borgan Zohidlik falsafasi va diniy amaliyoti (tariqati)ning mustaqil yo‘li bo‘lgan S asoschisi Shihobiddin Abu Hafs Umar Suxravardiy (1145-1234/35) hisoblanadi. U so’fiylikka oid bir necha Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 273 kitoblar va maktublar, jumladan, "Avorif al-maorif asarini yozgan. Bu kitob keyingi davrlarda yashagan barcha so’fiylarning avlodlari uchun axloq va amaliyot bo‘yicha qo‘llanma sanalgan Keyinchalik S. Hindiston (Sind, Panjob Mo‘lton, Gujarot)da tarqalgan va chishtiylk bilan bir qatorda eng ta’sirli tariqat sanalgan, dastlabki davrda bu mamlakatga kelib qolgan kamsonli musulmonlarni birlashtirishda muhim rol o‘ynagan. SUHUF (arab "sahifa" so‘zining ko‘pligi) -Qur’onning dastlab to‘plangan ilk qo‘lyozmasi Manbalardagi ma’lumotlar bo‘yicha, Muhammad (sav) vafotlaridan bir yil keyin - 633 Y.DA xalifa Abu Bakr Qur’onni xilma-xil yozuvlardan va uni yodda saqlagan kishilardan olgan va to‘plashni oxirgi davrlarda Rasulullohga kotib bo‘lib xizmat qilgan Zayd ibn Sobitga topshirgan. Tayyorlangan qo‘lyozma S. degan nom olgan. S. yozuvlari va qorilar og‘zidan tinglab yozilgan mushaflar soni 4 yoki 5 ta ekani to‘g‘risida turli rivoyatlar bor. Bu ish uchinchi xalifa Usmon (ra) xalifaligi davrida amalga oshirilgan. SUYUTIY (to‘liq ismi Jaloliddin Abulfazl Abdurrahmon Suyutiy, (? - 1505) -islom ulamosining eng buyuklaridan biri. Zamonasidagi mavjud fanlarning har biriga oid asarlar yozganligi bilan mashhur bo‘lgan mujtahidlardan. Ajdodi Misrga ko‘chib borib, Suyut qasabasida o‘rnashib qolgan. Otasi Qohira qozisi edi. S. ham Qohirada tug‘ilgan. Besh yoshida otasi vafot etgan. Otasining do‘stlaridan biri uni o‘z himoyasiga olib, ta’lim- tarbiya bergan. U sakkiz yoshidayoq, Qur’onni yod bilgan. Tahsilni tugatgach, Shom, Hijoz, Yaman, Hind kabi ilm markazlariga borib, mumtoz olimlarning suhbatidan bahramand bo‘lgan. Qohiraga qaytib kelgach, Shayxuniya madrasasida saboq bera boshlagan va shuhrati har tarafga yoyilgan. Shayxuniya mudarrisligidan ketgach, uzlatga chekinib, hayotini ta’limga bag‘ishlagan. Tafsir, hadis, fiqh, tarix, tarjimai hol, adabiyot va b. ilmlarga oid "Xusnul-muhodara" nomli asarida ta’kidlashicha, uch yuzdan oshiq asar yozgan. "Mu’jamul-matbuotil- arabiyya"ning muallifi S.ning 92 matbu (chop etilgan) asari haqida bahs yuritadi. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 274 - T - TABARIY, Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir (839-923) - arab tarixchisi, faqih, tafsirchi. Asli Tabaristonning Amul sh.dan, badavlat xonadonda tug‘ilgan. Yetga yoshida Qur’onni yoddan bilgan, sakkiz yoshvda jamoa namozida imomlik qilgan, to‘kqiz yoshida hadislarni yozib bora boshlagan. Umrining ko‘pini Bag‘dodda o‘tkazgan. T. arab xalifaligiga tobe bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarni aylanib chiqqan. T. rasmiy lavozimlardan voz kechib, butun umrini ilmga bag‘ishlagan. U o‘rta asr fanining birmuncha sohalarini, xususan, fiqh hamda tarixni mukammal egallagan, Qur’on va hadis bo‘yicha yirik asarlar yaratgan. T. asarlarida islom va arab xalifaligi tarixi keng yoritilgan. "Tarixi Tabariy" asari muhim tarixiy manba hisoblanadi. Shuningdek, u Qur’onning 30 jilddi yirik tafsiri muallifi. Bag‘dodda T. "Jaririya" (otasi nomidan) huquq maktabiga asos solgan. Uning tarafdorlari Ibn Hanbal qarashlarini tanqid qilganlar. TABARONIY, to‘liq ismi Abulqosim Sulaymon ibn Ahmad at-Tabaroniy (873, Tabariya qasabasi (Shom) - 973, Isfahon) -yirik muhaddislardan biri. Sahih hadislarni yig‘moq, uchun Yaman, Misr va b. islom ilm markazlarini Kezib chiqqan. Hofiz Abu Nuaym kabi tanikli muhaddislar uvdan hadis rivoyat etganlar. Asmoi sahobaga doir "Mo‘‘jami kabir", "Vasiyat", "Sag‘ir" nomli mo’tabar asarlar yozgan. Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling