Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASHAHHUD
www.ziyouz.com kutubxonasi 281 qilib, o‘zlari shogird tayyorlay boshlaganlar. Bularning hammasi T.ning tez tarqalishiga olib kelgan. 10-a. oxiri - 11-a. boshlarida T.ga oid kitoblar yozildi. Ular orasida at-Tusiy (988 y. v.e.), al-Kalabodiy (990 yoki 995 y. v.e.), Abu Tolib al-Makkiy (998 y. v.e.), as-Sulamiy (1021 y. v.e.) kabilarning bizgacha yetib kelgan asarlari bor. Bu mualliflar T.ga doir bilimlarni tartibga soldilar, so’fiylik istiloxlarini tushuntirib berdilar. T.ni izchil islom ta’limoti bilan yaqinlashtirib, uni keyinchalik rasmiy ta’limot sifatida tan olinishida Razoliy, Abdulqodir Giloniy (Jiloniy)ning (1161 y. v.e.) xizmati katta. 12-a. o‘rtalari - 13- a. boshlarida so’fiylar tashkil etgan zoviyalarda, xususan shaharlarda T. tariqat (suluk)lari vujudga kela boshladi. Bag‘dodda paydo bo‘lgan dastlabki suxravardiya va qodiriya tariqatlari butun musulmon olamiga tarqaldi. Tariqatlar tariqat nomi berilgan kishilar -Umar as-Suxravardiy va Abdulqodir Giloniydan ham ko‘ra, ko‘proq ularning shogirdlari va izdoshlari tomonidan vujudga keltirilgan, bu hol umuman tariqatlarning shakllanish jarayoni uchun xarakterlidir (mas., shoziliya, mavlaviya, badaviya va h.k.)-Tariqatlarning vujudga kelishi bilan T.ning ta’siri yanada kuchaydi. Ko‘pincha ma’murlar tariqat va zoviyalar rahbarlarining qo‘llab-quvvatlashini istab, ularga turli imtiyozlar berdilar, hatto faoliyat yuritishi uchun pul ajratdilar. Ayni vaqtda ko‘p so’fiy rahnamolar dunyoviy ishlarga aralashmasdilar, ma’murlar bilan bevosita aloqada bo‘lmasdilar va moddiy yordamidan bosh tortardilar (chishtiya). Umuman so’fiylar xalq ommasi bilan yaqinlashishga harakat qilardi. Har qaysi alohida mintaqada so’fiylik tashkilotlarining faoliyati mahalliy xususiyatlar va an’analar ta’sirida bo‘ldi. T.ning ko‘p qoidalari tub ahshi o‘rtasida ildiz otgan majusiylik ko‘rinishlari: ajdodlarga sig‘inish, animizm, sehrgarlik kabilar bilan qo‘shilib ketdi (shoziliya, qodiriya). Hindistonda so’fiylik mafkurasiga buddaviylik va hinduizm qoidalari o‘z ta’sirini o‘tkazdi (14-16-a.lar). T. g‘oyalarining 12-13-a.larda musulmonlarning turli qatlam va ijtimoiy guruhlari o‘rtasida keng tarqalishi munosabati bilan uning ichki farqlanishi yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Asosan xalq ommasining ma’naviy ehtiyojlariga qaratilgan "amaliy" T. bilan birga so’fiylik ta’limotining birinchi navbatda o‘qimishli musulmonlar manfaatlarini ko‘zlovchi quruq muhokamaga asoslangan jihati yanada rivojlandi. Bu "falsafiy" T.ning asosiy qoidalarini Ibn Arabiy bayon qilib berdi. U o‘z falsafiy qarashlari bilan "vahdati-vujud" g‘oyasini keng ko‘lamda tarqatdi. "Falsafiy" T. 13-14-a.larda yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgach, keyin o‘z mavqeini yo‘qota bordi. "Komil inson", "borliqning birligi" (vahdati-vujud), "Mutlaqning o‘zini namoyon qilishi - jilolanish" (tajalli) va "nurlanish" kabi g‘oyalar bahs va munozaralar manbai bo‘lib qoldi (mas., vahdati mavjud va vahdati vujud tarafdorlari o‘rtasidagi tortishuvlar). T. g‘oyalari nazariy risolalardagina emas, shu bilan birga ko‘pdan-ko‘p she’riy asarlarda o‘z ifodasini topdi. So’fiylik ramziy ifodalari, timsollari va mavzulari butun diniy va dunyoviy fors she’riyatiga (Jaloliddin Rumiy, Sanoiy, Sa’diy, Amir Xusrav Dehlaviy, Hofiz, Jomiy, Ansoriy, Nizomiy va b.), shuningdek, ma’lum darajada arab she’riyatiga singib ketadi. Turkiy xalqlarning (birinchi navbatda Alisher Navoiy), Bolqon ya.o., Shim. Hindiston, Indoneziya musulmonlari adabiyoti va folklori to‘g‘risida ham shu gaplarni aytish mumkin. T.ning o‘zgaruvchanligi va yot ta’sirlarga "ochiqligi" uni turli-tuman oqimlarga bo‘linib ketishiga olib keldi. T. avval boshda mo‘min-itoatkorlik va dunyo halovatidan kechishni targ‘ib qilgan bo‘lsa, butun tarixi davomida bir necha bor isyonkorlik va Mahdiylik harakatlarining [Andalusiyadagi "muridlar isyoni" (12-a.), Anatoliya (Anadolu)da shayx Badriddin (1416 y.da o‘ldirilgan) boshchiligidagi diniy-siyosiy harakat, bobiylar, shoziliylar va h.k.]ning, keyinroq esa, mustamlakachilikka qarshi kurash (sanusiylar, qodiriylar, Shomil) mafkurasiga aylandi. T. ko‘pchilik musulmon rahnamolari tomonidan Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 282 e’tirof etilgandan so‘ng uning himoyasi ostida eng keskin mavqeidagi turli xil jamoa va oqimlar -hurufiylik, ahd-i haqq va h.k. ish olib bora boshladi. Anatoliyada, keyin esa Bolqonda, O’rta Osiyo va Eronda aralash so’fiylik -shialik ta’limotiga amal qiluvchi tariqatlar (bektoshiya, mavlaviya, nurbaxshiya, ne’matullohiya, kubraviya, xalvatiya, zahabiya) tarqaldi. T. tarafdorlari soni ortishi bilan uning tartibotlari rasmiylasha bordi, tariqatlarning tuzilmalari murakkablashib, ichki hayoti qat’iy belgilab qo‘yila boshladi. Tariqat boshlig‘i o‘z vazifalarini avvalgidek bevosita emas, ko‘p sonli vositachilari (xalifa, muqaddam) orqali amalga oshirdi. Dunyoviy hokimiyatlar qo‘llab-quvvatlashini istagan shayxlar tobora ularga bog‘liq bo‘lib qola boshladi. Ayrim mamlakatlarda (Misr) tariqat rahbarlari amalda hukmron doiralar va yirik yer egalari bilan qo‘shilib ketdi. Bunday salbiy hodisalarga norozilik tarzida malomatiylar an’analari tiklana boshladi, biron-bir tariqatga aloqasi bo‘lmagan darbadar darvishlar ko‘paydi. 19-20-a. boshida T. musulmon davlatlari siyosiy va diniy hayotida muhim rol o‘ynashda davom etdi. Musulmon olamining u yoki bu mintaqasidagi muayyan vaziyatga qarab bu rol ham reaktsion, ham nisbatan ilg‘or bo‘lishi mumkin edi. Sharkda jamiyatning yoppasiga din ta’siridan chiqa boshlashi, xo‘jalik va madaniy hayotdaga o‘zgarishlar, yanga ma’naviy va axloqiy qadriyatlar tomon yuzlanish T.ning mavqeiga hamma joyda salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘pchilik arab mamlakatlarida T. diniy-siyosiy doiralar tomonidan keskin tanqidga uchradi. Yosh avlodning ko‘pchiligi T.ni o‘z mamlakatining qolokdigi sabablaridan biri deb bildi, uni taraqqiyot va gullab-yashnash yo‘lidagi g‘ov deb hisobladi. Bir qancha musulmon mamlakatlarida tariqatlar faoliyati qisman yoki butunlay man qilindi. Garchi T. o‘zining avvalgi obro‘sini ancha yo‘qotgan bo‘lsa-da, u shahar va qishloq aholisining muayyan qatlamlari orasida o‘z ta’sirini saqlab kelmoqda. Ular ruhiy taskin va madad izlab, so’fiylik tariqatlari safiga kirmoqda. 20-a.da ham yangi suluklar paydo bo‘lganligi T.ning yashovchashshgidan dalolat beradi. Bu suluklarga Jazoirdagi al-alaviya (asoschisi Ahmad al-Alaviy, 1934 y. v.e.), Tunisdagi al-madaniya (asoschisi Muhammad al- Madaniy, 1959 y. v.e.), Qohiradagi al-Hamidiya-ash-shoziliya (asoschisi Salama ar- Radiy, 50-y.lar oxirida v.e.)ni kiritish mumkin. Hozirgi davrda so’fiylik "yo‘li"dan borish uning muxlislariga (shayx va uning yaqin safdoshlari bundan mustasno) o‘z jamoat vazifalarini bajarishiga xalaqit bermaydi. So’fiylar orasida (ularning ko‘pchiligini hamon kuyi ijtimoiy tabaqalar tashkil etadi) birmuncha "obro‘li" kasb vakillari: o‘qituvchilar, turli darajadagi davlat xizmatchilari, uchuvchilar va h.k. bor. Ularning tariqatga a’zoligi ko‘p jihatdan oilaviy an’analar bilan bog‘liq bo‘lib, chuqur ichki e’tiqod oqibatida emas. TASBIH (arab.) - 1) "Subhonalloh" ("Alloh har qanday sherikdan pok" kalimasini aytish); 2) duolar va ibodat so‘zlarini hisoblash uchun ishlatiladigan munchoq shodasi. T. ishlatish keng tarqalgan barcha dinlarda uchraydi, dindorlik va taqvodorlik belgisi hisoblanadi. Musulmonlarda 33 bor subhonalloh, 33 bor alhamdulilloh va 33 bor Allohu akbar kalimalari ushbu tasbeh bilan sanaladi. TAFSIR (arab. - bayon qilish, ochib berish va ravshan qilish) - inson qudrati yetguncha Qur’oni karimdagi Allohning murodini o‘rganadigan ilm. Bu ilm Payg‘ambar (sav)ning davrida yuzaga kelgan. U kishi odamlarga Qur’onning ma’nolarini bayon qilar, sahobalarning Qur’on oyatlari ma’nosi to‘g‘risidagi savollariga javob berar edi. Sahobalarga T. ilmi Payg‘ambar (as)dan meros qoldi. Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Mas’ud, Ubay ibn Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 283 Ka’b va b. T. ilmida mashhur bo‘lganlar. Tobeinlar esa, T.ni sahobalardan o‘rgandilar. Va ulardan ko‘plari bu ilmda shuhrat qozondilar. Mas.: Mujohid ibn Jabr Makkiy, Ikrima, Said ibn Jubayr, Ato ibn Abu Roboh va b. Sahobalar va tobeinlar asrida T. og‘zaki rivoyat va naql shaklida bo‘lib, ta’lif qilib yozilmagan edi. T.dan birinchi kitob yozgan shaxs Abdulmalik ibn Jurayjdir (8-a.). Keyinchalik Muhammad ibn Jarir Tabariy, Yahyo ibn Salom, Abu Bakr Nisoburiy va b. mufassirlar shuhrat topdilar. T. ilmi kelib chiqishi va rivojlanishi jarayonida bir necha qismlarga bo‘lingan: Birinchi qism - "T. bil ma’sur". Bu qismdagi T.da mufassir Qur’on oyatlarini rivoyat qilgan sahih hadislar va sahobalarning qavllari bilan T. qiladi. Bu uslubda yozilgan T.larning mashhurlari quyidagilar: Muhammad ibn Jarir Tabariyning "Jomi’ul bayon fi tafsiril Qur’on", Abu Muhammad Husayn ibn Mas’ud ibn Muhammad Bag‘aviyning "Ma’olimut tanzil", Imodiddin Ismoil ibn Kasirning "Tafsirul Qur’onil azim", Jaloliddin Suyutiyning "ad-Durrul mansur fi-t-tafsir bil ma’sur" kitoblari. Ikkinchi qism - "T. bir-ray". Bu qismda mufassir o‘z fikri va ijtihodi ila T. qiladi va u ikkiga, joiz va g‘ayri joizga bo‘linadi. Joiz bo‘lgan ray bilan T. qilishda mufassir ishonchli masdarlarga suyangan holda jaholat va zalolatdan uzokda bo‘lib T. qiladi. Joiz bo‘lmagan qismda esa, mufassir jaholat, bid’at va zalolat bilan T. qiladi, shuning uchun ham barcha allomalar bu navdagi T.ni man qilganlar. Joiz bo‘lgan ray bilan qilingan Tlardan; Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Husayn Faxriddin Roziyning "Mafotihul g‘ayb", Nasriddin Abdulloh ibn Umar ibn Muhammad ibn Ali Bayzoviyning "Anvoruttanzil va asrorut-ta’vil", Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiyning "Madorikut tanzil va haqoiqut ta’vil" kitoblari. Uchinchi qismi - "T.i ishoriy". Bu qismda mufassir oyatning zohiriy ma’nosiga qaramay, uning maxfiy ishoralari taqozosi bilan T. qiladi. Bu faqat suluk va tasavvuf arboblarining uslubidir. Bu qismga doir T.lar: Nizomiddin Hasan ibn Muhammad Husayn Xurosoniy Naysoburiyning "G’aroibul Qur’on va rag‘oibul Furqon", Sheroziyning "Aroisul bayon fi haqoiqil Qur’on" kitoblari. Keyinchalik T.ning yo‘nalishlari ko‘payib ketdi. Misol uchun Qur’ondagi hukm oyatlarini alohida T. qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu yo‘nalishdagi T.lar "Ahkom oyatlari tafsiri' deb nomlandi. Bu yo‘nalishdagi qad. T.lardan hanafiy olimlardan Jassosning "Ahkomul Qur’on" va b. ulamolar yozgan T.lardan "Tafsirot Ahmadiya" kitoblarini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Zamonaviy ulamolardan Muhammad Ali Saisning "Tafsiru oyotil ahkom" va Muhammad ALI Sobuniyning "Ravoi’ul bayon fi tafsir oyotil ahkom" kitoblari misol bo‘la oladi. Shuningdek, madaniy T.lar ham yozildi. Ularda Qur’on oyatlari madaniyat tushunchasi asosida T. qilindi. Bu xildaga T.larga Sayyid Qutb (1966 y. v. e.)ning "Fi Zilolil Qur’on" va Muhammad Javod Mug‘niyaning "Tafsir Koshif" kitoblari misol bo‘ladi. Ilmiy T atamasi ham paydo bo‘ldi. Bu turdagi T.larda oyatlarda kelgan ma’nolar ilmiy kashfiyotlarga mosligi haqida fikr yuritiladi. Bu yo‘nalishdagi Tlar ichida eng mashhurlaridan biri Javohiriyning "Tafsir javohir' kitobidir. Ko‘pchilik ulamolar bu kitobni T.dan uzoklashib ketganlikda tanqid ham qiladilar. O’zbekiston hududidan chiqqan ba’zi mashhur T.chilardan avvalo Imom Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud: Moturidiyni ko‘rsatish mumkin. U zotning aksariyat muallafotlari tavhid ilmida, ya’ni ilmi kalomda bo‘lgan. Imom Moturidiy o‘zlarining "Ta’vilot ahdis sunna" NOMLI tafsirlarida ilmi kalom ulamolari yo‘lidan borganlar va Qur’oni karim oyatlarini aqidada Ahli sunna val jamoa mazhabini qo‘llab T. qilganlar. Keyingilari Imom Abu Lays Samarqandiy bo‘lib, u zot Imom Hodiy nomi bilan mashhur bo‘lganlar, Imom Abu Lays Samarqandiy ko‘plab kitoblar ta’lif qilganlar. T kitoblarini esa, "Bahrul ulum" deb nomlaganlar va bu T. "Tafsir bil ma’sur' toifasidandir. Ulug‘ Imom Zamaxshariy turli ilmlarga doir ko‘plab kitoblar tasnif qilganlari va eng Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 284 mashhur muallafotlaridan biri "Kashshof an haqoiqit tanzil va uyunil aqovil fi vujuhit ta’vil" T. kitobi bo‘lib, u ko‘pchilikka "Kashshof" nomi bilan mashhurdir. Imom Faxriddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Husayin Roziyning "Mafotihul g‘ayb" nomli T. kitoblari ilm ahdi o‘rtasida oyatlar orasidagi munosabatlarni va suralar o‘rtasidaga bog‘lanishlarni bayon qilish va b. bir qancha imtiyozlari bilan mashhur bo‘lgan. Imom Abul Barokot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy. O’zlarining "Madorikut tanzil" nomli T. kitoblarini ta’lif qilishda Imom Zamaxshariyning "Kashshof" T.laridan istifoda qilganlar. Imom Nasafiyning "Madorikut tanzil" nomli bu kitoblari hozirgi kunimizgacha ulamo va tolibi ilmlar orasvda zo‘r e’tibor bilan shuhrat topib kelmoqda va ko‘pgina islom o‘quv yurtlarida qo‘llanma sifatida ishlatib kelinmoqda. Qur’on T.i bilan shug‘ullanadigan kishida bo‘lishi zarur shartlar: Birinchi shart: Sof e’tiqoddi bo‘lish. Chunki, e’tiqod masalasi o‘ta nozik ish ekanligi hammaga ma’lum. E’tiqod masalasida nuqsoni bor kishi T. qilsa, T. ham nuqsonli chiqishi turgan gap. Shuning uchun ham e’tiqodida "Ahli sunna val jamoa" mazhabidan ozgina og‘ish bor shaxsga T. qilishga izn berilmagan yoki undoq odam qilgan T. yo‘q qilingan. Ikkinchi shart: Havoi nafsga ergashishdan xoli bo‘lish. Boshqacha qilib aytganda, T.chi bo‘lish niyatidagi shaxs tarafkashlik dardiga chalingan bo‘lmasligi kerak. Aks holda, uning ishida xiyonat sodir bo‘lishi hech gap eas. Shuning uchun ham, qadariya, rofiza, mu’tazila kabi toifalarga mansub shaxslarning Tlari qabul qilinmagan. Uchinchi shart: Arab tilini o‘ta yaxshi bilmoq. Bu hech qandoq izohga o‘rin qo‘ymaydigan shartdir. Qur’on arab tilida nozil bo‘lgan, arab tilini yaxshi bilmay turib, Qur’onni bilaman, deyish mutlaqo noo‘rindir. Arab tili nahv, sarf, maoniy, bayon, badiy’, fasohat kabi bir qator ilmlarni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi shart: Qur’onga bog‘liq ilmlarni yaxshi bilmoq. Mazkur ilmlarga jumladan: Qiroatlar ilmi, ilmi Tavhid, ilmi Sababi nuzul, ilmi Nosix va mansux, ilmi Om va xos, ilmi Mutashobih va b. bir qancha ilmlar kiradi. Beshinchi shart: Avvalo Qur’onni Qur’on bilan T. qilmog‘i shart. Chunki, bir ma’no Qur’oni karimning bir joyida umumiyroq zikr qilingan bo‘lsa, boshqa bir joyida batafsilroq bayon qilingan bo‘ladi, bir oyatda qisqa ishora qilib ketilgan narsa ikkinchi oyatda kengaytirib tushuntiriladi. Shuning uchun Qur’oni karimni yaxshi va chuqur anglashda uning oyatlarini bir-biriga solishtirib o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi. Oltinchi shart: Qur’onni sunnat bilan T. qilmoq. Payg‘ambar (sav)ning sunnati Qur’onning sharhi va tatbiqi bo‘lib kelgan. Shuning uchun Qur’onni T. qilmoqchi bo‘lgan shaxs Payg‘ambar (as)ning sunnatlarini juda ham yaxshi bilmog‘i shartdir. Yettinchi shart: T.ni Qur’onning o‘zidan yoki Payg‘ambar (sav)ning sunnatlaridan topmasa, sahobalarning gaplariga qaytmoq. Chunki, sahobai kirom (ra)lar Qur’oni karimning nozil bo‘lishiga shohid bo‘lgan, o‘sha davrda Payg‘ambar (sav) bilan birga yashagan, Qur’onni aniq tushunib yetgan kishilardir. Sakkizinchi shart: Agar T.ni yuqorida zikr qilingan masdarlardan birortasida ham topa olmasa, tobe’inlarning T.iga qaytish. Chunki tobe’inlar, sahobalardan dars olgan avloddirlar. Sahobalardan keyin Qur’oni karimni eng yaxshi biladigan avlod ham o‘sha kishilardir. To‘qqizinchi shart: O’tkir fahmli bo‘lmoq. Bu sifat, bir ma’noni ikkinchisidan ustun qo‘ya bilish va shariat maqsadlariga mos ma’nolarni istinbot qilish uchun kerak bo‘ladi. Mufassir odoblari quyidagilardan iborat: -Yaxshi niyatli va sog‘lom maqsadli bo‘lmoq. - Husni xulkdi bo‘lmoq. -Ilmiga amal qilmoq. -Ma’nolarni naql qilishda sodiq va aniq bo‘lish. -Izzatini bilmoq. -Haqgo‘y bo‘lmoq. -Viqorli bo‘lmoq. -Tavozu’li va halim bo‘lmoq. -Og‘ir- bosik, va salmoqli bo‘lmoq. -Peshqadam olimlarni o‘zidan ustun qo‘ymoq. Qur’onni tarjima qilishga dastlab ruhsat berilmagan. Ulamolar bir ovozdan Qur’onni tarjima qilib Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 285 bo‘lmaydi deganlar. Ularning fikricha, Qur’on ilohiy, mo’jiza kalom bo‘lib, unga o‘xshash arabcha kalom keltirish imkoni bo‘lmaganidan keyin, uning maqsadini boshqa tilda, ayni shaklda bayon qilish imkoni ham yo‘q edi. Qur’on saviyasida bo‘lmagan narsani Qur’on, deb atash esa, mutlaqo mumkin emas. Eng muhimi, Qur’on tarjimasi, degan da’vo bilan kishilarni haqiqiy Qur’ondan uzokdashtirish xavfi tug‘ilishi mumkin edi. Shuning uchun ham, qadimda boshqa tillarda Qur’onga yozilgan T.lar yoki tushuntirishlar boru, ammo, Qur’on oyatlarining bevosita tarjimalari yo‘q. Birinchi bo‘lib g‘arb xalqdari Qur’onni o‘z tillariga tarjima qilishni boshladilar. Ana o‘sha tarjimalarni nafaqat mustamlakachilar, balki, ularning tilini biladigan ba’zi musulmonlar ham o‘qiy boshladilar. Ushbu va b. omillar ulamolarni Qur’on ma’nolarini tarjima qilish masalasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Musulmon ulamolar Qur’on ma’nolarining tarjimasi haqida fatvo chiqardilar va bunday tarjima uchun kerakli shartlarni ham bayon qildilar. Mazkur shartlar, ko‘r’on ma’nolari tarjimasi uning T. dek narsadir, degan tushuncha asosida qo‘yilgan edi. Shu bilan birga ma’nolar tarjimasiga T.ga qo‘yilgan shartlar ustiga qo‘shimcha shartlar ham qo‘yildi. Ulardan ba’zilari quyidagilar: - Tarjimon arab tilini o‘ta yaxshi bilishi bilan birga tarjima qilinayotgan tilni ham juda yaxshi bilishi shartligi. - Tarjimani, Qur’on tarjimasi emas, balki, Qur’on ma’nolari tarjimasi, deb atash va tushunish lozimliga. Chunki, islom ta’limotiga ko‘ra, Qur’onni ayni o‘zidek tarjima qilish umuman iloji yo‘q narsa va insonlar nafaqat tarjima, balki, arab tilida ham Qur’onning biror oyatiga o‘xshash matnni keltira olmaydilar. - Mazkur ma’nolar tarjimasidan faqat Qur’on ma’nolarini tushunishdagi yordamchi sifatida foydalanish mumkinligi. - Ma’nolar tarjimasini ibodatda qiroat qilish, ulardan hukm chiqarishga harakat qilish, tarjimalar atrofida ixtiloflar qilish mutlaqo mumkin emasligi. - Qur’on ma’nolari tarjimasini yozganda, albatta, arabcha oyatlar bilan birga yozish. Chunki, shunda asl matnning qudusiyati balqib turadi. Qolaversa, tarjimaning aniqligani har doim tekshirish imkoni bo‘ladi. Keyingi yillarda Qur’on ma’nolari o‘zbek tiliga ham tarjima qilindi. Hozirgacha ikkita to‘la ma’nolar tarjimasi bor. Alouddin Mansur va Abdulaziz Mansurov tomonidan qilingan tarjimalar. Manbalar: Tafsiri Tabariy. Tafsiri Kurtibiy. Mabohis fii ulumil Qur’on-Subhi Solih. Mabohis fii ulumul Qur’on-Manno’ Qatton. Nuzulul Qur’on alo sab’ati axruf Manno’ Qatton. Manohilul irfon fi ulumil Qur’on-Abdul aziym az-Zarqonsh. Itqon fii ulumil Qur’on- Jaloliddsh Suyutiy. Burhon fii ulumil Kuron-Zartshiy. An-Nabaul azim-Abdulloh Daroz. Zohira Qur’oniya-Molik va b. TAFTAZONIY, Sa’diddin Mas’ud ibn Umar (1322-1390) - kalom ilmining taniqli namoyandasi. Niso sh. (hoz. Turkmaniston) yaqinidaga Taftazon qishlog‘ida tug‘ilgan. Al-Ijiy va Kutbiddin ar-Roziy kabi ulamolardan arab tili, ilohiyot, mantiq, nutq san’ati asoslarini o‘rgangan. 30 yilga yaqin Movarounnahr va Xuroson shaharlarini kezib, madrasalarda islom falsafasi, kalom, mantiq ilmidan dars bergan, mazkur fanlar sohasida asarlari bilan mashhur bo‘lgan. Amir Temur taklifi bilan Samarqandga kelib, umrining oxirigacha saroyda yashagan. Eng mashhur asari - "Tahzib al-mantiq va-l-kalom", ("Mantiq va kalomdagi tuzatishlar") Jaloliddin Davoniy va Kurdistoniy sharxdari orqali, "Maqosid at-tolibin" ("Din asoslarini izlovchilarning maqsadlari") kitobi esa o‘zining sharxdari bilan bizgacha yetib kelgan. T. Qur’on tafsirining ham muallifidir. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 286 T. o‘z asarlarida ilmi kalomning muhim mavzularidan biri - insonning iroda erkinligi masalasiga kengroq to‘xtaladi. Uning fikricha, olijanoblik xislati va xayrli ishlar aslida Allohning mohiyatidan kelib chiqadi va U insonlarni yomon xulq-atvordan tiyilib turishga buyuradi. Yomon xulq, gunohdar esa inson uchun xos bo‘lmay, shular vositasida sinovdan o‘tkazib turiladi. Binobarin, Alloh o‘z bandalariga ikki yo‘lni ko‘rsatadi, ya’ni inson xayrli, sharafli ishlar qilib, savob oladi yoki nomatlub ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib, gunohga botadi va shunga yarasha jazosini oladi. T.ning ta’kidlashicha, Alloh tomonidan kishilarga ko‘proq xayrli ishlarigana buyurilgan, g‘ayri sha’riy ishlar esa, insonning o‘z irodasiga bog‘likdir. Shu boisdan ham Alloh yomon xulq-atvorli odamlarni qilmishiga ko‘ra jazolaydi. Shuningdek, T. islom falsafasi - kalomga mantiqiy xulosalarni tatbiq etib, ilohiyotning fan sifatida rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. TASHAHHUD - q. Kalimai shahodat. TASHBIH, (arab. - o‘xshatish) - xudoni odamlarga o‘xshatib ta’riflaydigan ta’limot (antropomorfizm). Ilk islom ilohiyotida vujudga kelgan. Qur’onning ko‘p suralarida xudo ham eshitadi, ko‘rib turadi, ushlaydi, jazolaydi deb ta’riflanadi. Alloh taolo o‘zi yoki Rasuli vasf qilganidek, o‘xshatmasdan vasf qilinishini yaxshi ko‘radi. U bizga o‘xshab eshitadi, bizga o‘xshab ko‘radi, kabi gaplar aytilishi joiz emas. Ilk islom ilohiyotchilari ichida T. tarafdorlari xudoning qiyofasini insonga o‘xshatib talqin etganlar. Ular mu’taziliylarning xudo hech qanday sifatga ega emas degan ta’limotiga (bu ta’limot islom tarixida ta’til, uning tarafdorlari muattila deb nom olgan) qarshi chiqqanlar. Ta’til - Alloh taoloning sifatlarini inkor qilishdan iboratdir. Ularning ikkovlari ham botildir. Chunki, ta’til qiluvchi, yo‘qqa ibodat qiladi. T. qiluvchi esa, sanamga ibodat qiladi. T. va ta’tilga qarshi kalom tarafdorlari, xususan Ash’ariy qattiq kurash olib borgan. T. va ta’til ta’limotlari va ularning tarafdorlari bo‘lgan mushabbiha va mu’attila alohida ilohiyot oqimiga aylangan emas, balki muayyan oqimlar (mas., mu’taziliylar)ga mansub ilohiyotchilar ta’limotining bir tomoni sifatida ma’lum bo‘lgan. Kalom hukmron mafkuraga aylangach, bu ta’limotlar yo‘qolib ketgan. TA’VIL (arab. - izoxlash, asl ma’nosiga qaytarish) — ayrim murakkab oyatlar mazmunini o‘z bilimi doirasida izohlash. Ma’lumki, Qur’oni karimda o‘nlab "mutashobih" va "muqattaot" deb nomlanuvchi oyat va iboralar borki, ularning tub ma’nolarini Alloh taolodan o‘zga hech kim aniq bilmaydi. Bu to‘g‘rida Oli Imron surasining 7-oyatida bayon etilgan. Lekin, shunga qaramay, ba’zi tafsir ulamolari ularni T. etishga urinib ko‘rganlar. Hanafiy-moturidiy mazhabi bo‘yicha bu kabi oyatlarni T. qilish, sharxlash yoki izohlash shakkoklik hisoblanadi. Kim T. yo‘li bilan yoki boshqa yo‘l bilan Alloh taoloning sifatlarini manfiy-salbiy qilishdan saqlanmasa, shuningdek, Allohning sifatlarini Uning mahluklari sifatiga o‘xshatishdan saqlanmasa, hakdan toygan bo‘ladi va hech qachon poklanishga erisha olmaydi. Bu mu’taziliylarga va ko‘rish masalasida ular bilan hamfikr bo‘lganlarga raddiyadir. Shuningdek, Allohni Uning maxluqotlaridan biror narsaga o‘xshatadiganlarga raddiyadir. T. qilganlar ham o‘zlariga yarasha javob aytib: "Agar biz ularga aniqlik kiritmasak, chalasavod kishilar turlicha fikrga borib, odamlarni chalg‘itib yuborgan bo‘lur edilar" - deydi. Imomi A’zamning sifatlardagi mazhabi - o‘tgan sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar jumhurining mazhabidir. Qisqasini aytganda, bu asrning eng yaxshi mazhabi bo‘lib, sifatlarda T. qilmaslik, ularni T. nomi ila qadariya va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling