Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
#165
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
    Bu sahifa navigatsiya:
  • VALIY

www.ziyouz.com kutubxonasi 
300
jumladan asosiy manbalar haqidagi tushunchalarga ham taalluqlidir. Chunonchi
molikiylar ijmo’ni barcha mujtahidlarning emas, balki Madinada yashovchi savodli 
kishilarning mushtarak fikri deb hisoblaydilar. Zohiriylar va ayrim hanbaliylar 
payg‘ambar sahobalari (choryorlar)ning yakdil fikrinigana e’tiborga oladilar. 
Ja’fariylarning U. al-f. haqidagi tasavvurlari o‘ziga xosliga ular qabul qilgan imomat 
kontseptsiyasi bilan izohlanadi. Shu sababli ular sunnadan tashqari eng mo’tabar o‘n ikki 
imomning fikriga ham murojaat qiladilar. Huquqiy masalalarni hal etishda turli aqliy 
usullarni qo‘llash sohasida mazhablar o‘rtasidagi tavofut juda yaqqol ko‘rinadi. Mas., 
hanafiylar istihsondan, molikiylar esa, istislohdan keng foydalanadilar. Ayni vaqtda 
ko‘pgina ja’fariylar qiyosga shubha bilan qaraydilar, ba’zilari hatto uning fiqh manbai 
ekanini mutlaqo inkor etadilar. Bunday tavofutlar huquq sohasidagi amaliyotning xilma-
xilligini aks ettirgan, mazhablar o‘zlarining fiqh manbalari haqidagi tasavvurlarini ana 
shu amaliyot asosida rivojlantirganlar. Umuman olganda, U. al-f.ning klassik 
kontseptsiyasi aksar hollarda fiqhning qaror topishi va rivojlanishidagi haqiqiy 
jarayonlarni o‘rganishga, uning asl manbaparini umumlashtirishni emas, balki hatto 
aqliy yo‘l bilan, aslida ilohiy vahiy yordamida ulug‘langan manbalar vositasida 
ta’riflangan me’yorlarni rasmiy asoslashni nazarda tutadi. Shu yo‘l bilan fiqhning 
barqarorliga ta’minlanadi, uning har qanday tarixiy va ijtimoiy sharoitlarga muvofiqligi 
mafkuraviy jihatdan asoslanadi. U. al-f.ning o‘rta asrlar huquqshunoslari ishlab chiqqan 
klassik kontseptsiyasi zamonaviy musulmon huquqshunoslari tomonidan unchalik 
o‘zgarishlarsiz qabul qilingan va fiqhning nazariy asosi deb hisoblanadi. Shu sababli hoz. 
zamon huquqshunoslarining umumnazariy tadqiqotlari, umuman, mazkur 
kontseptsiyaga asoslangan bo‘lib, ko‘p jihatdan o‘tmishga qaratilganligi va hoz. voqelikni 
e’tiborga olmasligi bejiz emas. 
 
 
USULIY - imomiylar diniy-huquq tizimidagi oqimlardan biri. Unda shariat masalalarida 
qiyos va ijmo’ asosida obro‘li ilohiyotchilarning bergan fikrlariga asoslanish kengroq o‘rin 
olgan. Shuning uchun U. imomiylar orasida axboriylardan ko‘ra kenfoq tarqalgan. 
 
 
USHR (arab. - o‘ndan bir) - musulmon mamlakatlarida natura shaklida (ba’zan pul 
bilan) davlat foydasiga, ba’zan kambag‘al, yetim-esirlar hisobiga undirilgan soliq. Har yili 
dehqonchilik mahsulotlaridan olingan. U. olingan yer-suv "mulki ushriya" deb atalgan. 
Turli davrlarda U. shakli mahalliy shart-sharoitga ko‘ra o‘zgargan. Mas., Usmonli turk 
imperiyasida - o‘nta, o‘ntalik, salariy’a; Eron, Buxoro amirligi va b. joylarda - dahyak 
deb yuritilgan. Keyinchalik yangicha daromad solig‘i joriy etila boshlagach, U. ba’zi joyda 
(1918 y. Jazoirda, 1925 y. Turkiyada, 1935 y. Tunisda) bekor qilindi. Ammo ayrim 
musulmon davlatlarida hozir ham mavjud. Urta Osiyoda 20-a. boshigacha U. saqlangan. 
 
 
UHUD JANGI (Uhud - Madina sh. yaqinidagi tepalik nomi) - 625 y. 23 martda Uhud 
tepapigida musulmonlarning makkaliklar bilan bo‘lgan jangi. Badr jangida makkalik 
mushriklar mag‘lubiyatga uchragach, musulmonlardan o‘ch olmoqchi bo‘lishgan. 
Makkaliklar 3000 ga yaqin jangchidan iborat bo‘lib, jumladan 200 ta otlik askar, 800 ta 
sovut kiygan jangchi, Muhammad (sav)ning esa, 700 ta piyoda askarlari bo‘lib, 
shulardan 100 tasida sovut bo‘lgan. Makkaliklar jang maydonida yaxshi mavqeni 
egallagan edi. Muhammad (sav) ham askarlarini kerakli joyga joylashtirib tepalik 
tomonini qo‘riklash uchun 50 ta kamonchini qo‘yib, ularga bu yerdan hech yerga 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
301
siljimaslikni tayinlaganlar. Jang dastlabki paytda musulmonlar foydasiga hal bo‘la 
boshladi. Ular ayni dushmanni ta’qib etadigan paytda g‘animat (o‘lja) to‘plashga 
tushdilar. Kamonchilar ham o‘ljasiz qolib ketmaslik niyatida o‘z turgan joylarini tashlab 
ketdi. Bundan foydalangan makkaliklarning Xolid ibn Valid boshchiligidagi otliq qo‘shini 
musulmonlar qo‘shini orqa tomoniga o‘tib hujum qildi. Bu jangda musulmonlar ko‘p 
talafot ko‘rdi: Muhammad (sav) qurshovda qolib, yaralanganlar, 70 dan ortiq kishi halok 
bo‘lgan. Makkaliklar esa, 19 kishisini boy berdi. Musulmonlar bu jangda raqib ustidan 
yengilgina g‘alaba qozonamiz deb o‘ylashgan edi. Musulmonlar muvaffaqiyatsizlikka 
uchraganligining sababi Qur’on oyatlarida bayon etilgan (3:145/152 - 169/175). 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
302
- V -
 
 
 
VAZIR (arab., fors.) - davlat ma’muriy boshqaruvi rahbari. Qur’onda (20:29/30; 25:35/ 
37) bu so‘zning dastlabki ma’nosi - "yordamchi" shaklida uchraydi; mana shu ma’noda u 
Muhammad (sav) vafotlaridan keyin xalifa tayin etish paytida muhojirlar bilan ansorlar 
o‘rtasidagi munozarada uchraydi. Muhojirlar ansorlarga "Bizdan - amir, Sizdan - vazir" 
deyishgan. Abbosiylarning birinchi V.i Abu Salama bu unvonni "sulola yordamchisi" 
faxriy unvonining tarkibiy qismi sifatida olib yurgan. Faqat Mansur davri(754—
775)dagina V. ma’muriy boshqaruv apparat rahbari ko‘rinishida paydo bo‘lgan. O’rta asr 
arab (keyinchalik fors) tarixiy va adabiy asarlarida V. sosoniylarning vuzurg framandori 
deb ataladi. Ehtimol ularni o‘xshatishlariga "V." va "vuzurg" so‘zlarini ohangdoshligi 
hamda abbosiylar davridagi V. bilan vuzurg framandorning vazifalari bir xil bo‘lganligi 
ta’sir etgan bo‘lsa kerak. V.ni davlat ma’muriy boshqaruvi rahbari sifatida yuzaga 
kelishi, so‘zsiz abbosiylar davrida Eron madaniy an’analarini qayta tug‘ilishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan. V.ning asosiy faoliyat sohasi - ma’muriy, moliya, armiya va adliya ishlari odatda 
uning zimmasiga yuklatilmagan, amaldagi hokimiyat mavqei muayyan shart-sharoitga 
va V.ning shaxsiga bogliq bo‘lgan. 10-a.dan barcha yirik hukmdorlar, ayniqsa 
xalifalikning sharqiy qismidagi hukmdorlarning V.i bo‘lgan G’arbda aynan shu vazifalarni 
ijro etuvchi kishi ko‘pincha boshqa nom bilan yuritilgan. Usmonli turk saltanatida bir 
necha V. bo‘lgan, ulardan faqat ulug‘ V.gana sulton huzuriga kirib axborot bera olgan. 
Ahmad III davri (1703-30)da faqat bir kishi V. unvoniga ega edi, keyinchalik bu unvon 
yirik viloyatlarning posholariga berilgan, haqiqiy vazirlik ishini esa, faqat ulug V. olib 
borgan, u ayni vaqtda sulton muhrdori ham bo‘lgan. Yevropa ta’siri kirib kelishi bilan V. 
atamasi yevropaliklarning ministriga aynan bo‘lib qolgan. O’zbekistonda mustaqillik 
sharofati bilan V. istilohi qayta amaliyotga kiritildi (mas., Bosh V., Vazirlar Mahkamasi va 
b.). 
 
 
VAKIL OTA - musulmonlarning nikoh marosimlarida kelin tarafidan tayinlanadigan 
vakil. V. o. kuyovga va nikoh qiluvchi (o‘quvchi) domlaga qizning otasi o‘rnida kafillik 
bergan. Nikoxda kuyov tomonning kelin mahriga beradigan mol-mulki, kuyov va 
kelinning o‘zaro majburiyatlari V. o. huzurida e’lon qilingan. Mabodo er-xotin ajraladigan 
bo‘lsalar, mahrni ajrim qilishda V. o. qozi xuzurida yagona guvoh bo‘la olgan. V. o. 
tayinlash hozir ham rasm bo‘lib kelmoqda. 
 
 
VALIY - q. Avliyo. 
 
 
VALIULLOH AHMAD - q. Shoh Valiulloh.  
 
 
VASAN (jan. arab. vsn - "chegara ustuni", "but") - johiliyat davridagi Arabistonda 
butparastlar topinadigan sanamlarni anglatuvchi asosiy iboralardan biri. V.dan tashqari 
nusub (ko‘pligi ansob) va sanam (ko‘pligi asnom) atamalari ham qo‘llanilgan. Ansob - 
butlarga atab qurbonlik qilinganlarning qoni to‘kiladigan toshlar, qabrtoshlar va 
sajdagohning muqaddas hududi (xima)ning ihotalovchi (chegaralovchi) toshlardir. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
303
Bunday tosh ma’bud sifatida e’zozlanishi mumkin bo‘lgan, biroq u kamdan-kam 
holatlarda doimiy topinish ob’ekti hisoblangan. Har bir manzilda ko‘chmanchilar o‘zlariga 
ma’bud sifatida yangi toshni tanlab olganlar. Mil. 4-a. o‘rtalarida, asosan, Nabateya va 
Suriya - Falastin ta’siri ostida nusub -"tarashlanmagan tosh" - Arabistondagi o‘troq aholi 
muhitida sanam yoxud V. - ma’budning haykal ko‘rinishidagi tasviriga aylangan. Ibn al-
Qalbiyning ta’kidlashicha, sanam so‘zi yog‘och va metalldan yasalgan butni anglatgan, 
V. esa, tosh haykallarni anglatadigan istiloh bo‘lgan. Biroq johiliyat she’riyatida, Qur’oni 
karimda (6:74 va 29:17/16) va hadislarda vasan va sanam terminlari bir ma’noni 
anglatgan.  
 
 
VASIY (ko‘pligi ausiya) - vasiyatnoma ijrochisi. Islom aqidasiga ko‘ra, birinchi bo‘lib 
Abdulloh ibn Sabo har bir payg‘ambarning o‘zining V.si, vasiyatnoma bo‘yicha o‘rinbosari 
bo‘lgan, deb uqtirgan. Horun (as) Muso (as)ning V.si, havoriy (apostol) Petr - Iso 
(as)ning V.si, Ali ibn Abu Tolib (kv) - Muhammad (sav)ning V.si bo‘lgan. Shialarning 
da’vosiga ko‘ra, Rasululloh (sav) Ali (kv)ni o‘zlariga voris ekanligi haqida bevosita 
ko‘rsatma berganlar. V. haqidagi ta’limotni ishlab chiqish va targ‘ib etishda kaysoniylar, 
imomiylar - isno’ashariylar jamoalari faollik ko‘rsatgan.  
 
 
VASIYA (ko‘pligi vasaya; turkiycha - vasiyat) - 1) o‘lim to‘shagida yotgan kishining 
so‘ngti irodasini ifoda etuvchi topshiriq. V. haqida Qur’onda ko‘rsatma berilgan. Mol-
mulkning barcha turlari, munosabatlar, ish yuzasidan topshiriqlar, qarindosh-urug‘larga 
ko‘rsatmalar xullas, "so‘ngti xohish-istak"ni anglatuvchi barcha boshqa narsalar V. 
bo‘lishi mumkin. V.ga ko‘ra, harakatdagi va ko‘chmas mol-mulkning ko‘pi bilan 1/3 
qismi aytilgan kishiga berilishi mumkin. 2/3 qismi vorislar o‘rtasida meros tariqasida 
taqsimlanadi, V. qiluvchi agarda u boshqa merosxo‘rlarning huquqlarini poymol 
etmaydigan bo‘lsa, kimga nima qoldirayotganini ko‘rsatishi mumkin. 
V. bo‘yicha kimga mulk tegaaydigan bo‘lsa, u merosxo‘rlikka da’vo qilolmaydi. V. og‘zaki 
yoki yozma shaklda tuzilishi mumkin, unda 2 guvoh (shohid)ning ishtirok etishi maqbul 
hisoblanadi. V. o‘limdan ancha avval qilinishi mumkin va V. qiluvchi uni xohlagan paytda 
o‘zgartirishi yoxud bekor qilishi mumkin. Bordi-yu, V. noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa yoxud 
merosxo‘rlar unga rozi bo‘lmasalar, qoziga murojaat qilingan. Qozi V.ni tuzatish, bekor 
qilish haqida xukm chiqargan. Hozirda V. turli mamlakatlarda mahalliy odatlarga ko‘ra 
o‘ziga xos ko‘rinishga ega. 
 
 
VASL (arab. - "etishish", "visol") - tasavvufda "fano" maqomidan keyingi martaba, 
"Fano" maqomiga yetgan solik Allohning haqligi va ulug‘liga to‘g‘risidagi fikru zikrga 
g‘arq bo‘lib, foniy dunyodaga borliq narsalarni unutib yuborgan bo‘lsa, "vasl" maqomiga 
erishgan solik Allohdan o‘zga barcha borlikdan ajralib, Allohga "etishgan" bo‘ladi. 
 
 
VA’Z, xitobat - islomda, asosan, yaxshilik va ezgulikka chaqiruvchi da’vat. V. ibrat 
mazmunida ham ishlatiladi. V. aytuvchilar, bu borada mutaxassis bo‘lgan shaxslar "voiz" 
deb yuritiladi. Islomdaga ilk voizlardan biri Hasan Basriy (728 y.v.e.) bo‘lgan. U garchi 
arab bo‘lmasa-da, arab nutqining mashhur ustoziga aylangan. Odamlarning yuziga 
qarab fikrini, kayfiyatini sezib olar va buni V. vaqtida nazardan qochirmasdi. Islomda 
tajovuzkorlikka da’vat etib, yomonlikni tashviqot qilish V. hisoblanmaydi.  

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
304
 
VAQF (arab.) - musulmon mamlakatlarida davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan diniy 
ehtiyoj yoki xayriya ishlari uchun ajratilgan mol-mulk. Vaqfnoma orqali 
rasmiylashtiriladi. Yer-suv, uy-joy, maktab, masjid, shifoxona va b. V. mulki bo‘lishi 
mumkin. O’z mulkini V.ga topshirgan shaxslar mazkur mulkka nisbatan egalik huquqini 
yo‘qotadi. Lekin uning o‘zi yoki oila a’zolari yoxud uchinchi bir shaxs V. mulkidan 
vaqfnomada qayd etilgan maqsadlarda foydalanilayotganligini aniqlash uchun V. mulkini 
boshqarish huquqini saqlab qolishi mumkin. O’z mulkini V. mulki sifatida topshirgan 
shaxsning farzanddari yoki boshqa avlodlari mazkur V. mulkidan keladigan 
daromadlardan nafaqa olib turishi mumkin. V. mulkini shariat qonuni bo‘yicha davlat 
boshlig‘i yoki qozi nazorat qiladi. Bu tartib Sharqning ba’zi mamlakatlarida hozir ham 
amalda. 
 
 
VAHDATI VUJUD (arab. - birlik va borliqning bir butunligi) - abadiy yagona Allohgana 
bor, deb hisoblovchi ta’limot. Bu ta’limotga ko‘ra, moddiy olam, narsalar dunyosi haqiqiy 
emas, haqiqat faqat Allohda mujassamlangan, moddiy olam Allohning nuri, shu’lasidir. 
V.v. namoyandalari (Ibn Arabiy va b.) xudo butun borliqni yaratib turadi, deb 
hisoblashgan. V.v. ayniqsa 17-19-a.larda Hindiston va Turkistonda tasavvufning keng 
tarqalishiga sabab bo‘lgan.  
 
 
VAHDATI MAVJUD (arab. - mavjudot birligi) - Alloh bilan birga yagona moddiy olam 
bor, deb hisoblaydigan ta’limot. Bu ta’limot tarafdorlari tabiatni abadiy deb biladi. Alloh 
olamning o‘zida, unga singib ketgan deb qaraydi. V.m. vakillari odam bu dunyodan voz 
kechmay, tarki dunyo qilmay yashashga intilishi kerak degan fikrni olg‘a suradi. 
Hindistonda V.m. qadimdan mavjud bo‘lib, olamni moddiylik asosida tushunishga 
ustuvor tsarajada ahamiyat bergan. Shuning uchun ko‘pchilik musulmon ruhoniylari bu 
ta’limotga shubha va ehtiyotkorlik bilan qarashgan edi. Kindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Bedil 
bu ta’limotning namoyandalari hisoblanadi. V.m. namoyandalari fikricha, tabiat abadiy, 
undagi narsa va hodisalar o‘zaro bog‘liq, dunyo hamisha o‘zgarish, rivojlanish holatida 
turadi. V.m. tarafdorlari musulmon Sharqida tabiatshunoslik bilimlarining rivojlanishi 
uchun falsafiy asoslar yaratib berdi.  
 
 
VAHDONIYAT (arab. - yakkalik, yagonalik) -Allohning yakka-yagonaligani tanish va 
e’tirof etish. Islomning asosiy g‘oyasi hisoblanadi. Yahudiylik va xristianlik yakkaxudolik 
g‘oyasini himoya qilsa ham, bu dinlarda V. uzil-kesil shakllanmagan. Qur’oni karimda 
aytilganidek, yahudiy dinida Uzayr paygambar, xristian dinida Hazrat Iso xudoning o‘g‘li 
deb e’tiqod qilinadi (9:30). "Ixlos" surasida V. yaqqol va ravshan bayon qilingan. 
"Anbiyo" surasida esa, "Agar (osmonu zaminda) Allohdan o‘zga xudolar bo‘lganida har 
ikkisi buzilib ketar edi", deyilgan (21:22). Bu oyat zardushtiylikning ikkixudolik aqidasiga 
qarshi qaratilgan edi. Ko‘pxudolik e’tiqod shaklida tugab ketganiga qaramay, kishilar 
ongida turli ko‘rinishda paydo bo‘lib turadi. Hoz. zamonda islom olamida ko‘pxudolik 
aqidasi eskilik sarqiti sifatida u yoki bu shaklda uchrab qoladi. Ko‘pxudolik xalqdarni bir-
biriga qarama-qarshi bo‘lishiga olib kelgan, yakkaxudolik esa, ularni birlashtirishda 
asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan, tor qabilachilik tuzumiga barham berib, millatlarning 
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
305
 
VAHIY - diniy e’tiqodga ko‘ra, Alloh taoloning o‘z payg‘ambarlariga farishtalar orqali 
yuborgan buyruq yoki ko‘rsatmalari. V. aniq va ravshan qilib aytilgan. Lekin ba’zi V.lar 
tushda ko‘rilgan ishorat shaklida ham bo‘lgan. Mas., hazrat Ibrohim (as) ning tushida 
"o‘g‘ling Ismoil (as) ni qurbonlik qil" deb buyurilgani ham V. deb hisoblanadi. V. 
Muhammad (sav)ga farishta hazrat Jabroil orqali nozil bo‘lgani Qur’oni karimda 
keltirilgan (53:5-10). V. farishtalar orqali yoki bevosita Alloh taolo bilan roz aytish 
(gaplashish) orqali ham kelishi mumkin. Payg‘ambar Muhammad (sav)ga esa, V. 
quyidagicha hollarda tushgan: Oisha (ra) aytadilarki: 1. "Payg‘ambar (sav) V.ning 
birinchi kelishi o‘ngidan kelgan tush bo‘lgan. Ko‘rgan har bir tushlari uyg‘oklik vaqtlarida 
ham xuddi tong yorugidek kelar edi. 2. Farishta o‘zi ko‘rinmay turib, Payg‘ambar 
qalblariga kerakli xabarni yetkazar edi. 3. Qo‘ng‘iroq chalingandek ovoz chiqarib kelar 
edi. 4. Jabroil farishta Payg‘ambarga odam shaklida bo‘lib ko‘rinar edilar". Shu to‘g‘risida 
"Sahihi Buxoriy" kitobida quyidagi hadisi sharif keltirilgan: "Horis ibn Hishom 
Payg‘ambardan: "Yo Rasululloh, sizga V. qanday keladi?", deb so‘rabdi. Shunda ul janob 
quyidagi javobni beribdilar:"Ahyonda xuddi qo‘ng‘iroqdek jaranglab keladi, shunisi 
menga qiyin. U ketgandan keyin hamma narsani men o‘zimda singdirib olgan bo‘laman. 
Gohida, esa farishta menga odam shaklida kelib so‘zlab ketadi va uning aytganlarini 
anglab olaman". 5. Farishta o‘zining asl shaklida ko‘rinadi va V.ni yetkazadi. 6. Alloh 
taolo Payg‘ambar (as)ga me’roj kechasida namozni farz qilish va shunga o‘xshash ba’zi 
narsalarni bevosita V. qilgan. V. faqat payg‘ambarlargagina nozil bo‘lgan. Jabroil farishta 
payg‘ambarlarga V. keltirishga mas’ul bo‘lgan. V. tushgan paytda, agar kunlar sovuq 
bo‘lsa ham Paygambar (as) terlab ketardilar, nafas olishlari tezlashardi. Sahobalardan 
Zayd ibn Sobit shunday hikoya qiladi: "Mening sonim Rasululloh (sav)ning sonlariga 
tegab turgan paytda V. tushib qoddi, uning shiddatidan sonim yorilib ketay dedi". Agar 
Payg‘ambar (as) tuyada ketayotganlarida V. tushib qolsa, og‘irlikdan tuya ham yura 
olmay qolar ekan. V.ni Alloh ilhom shaklida ham nozil qilgan. Buni ayrim avliyolarning 
hayotida uchratish mumkin. Biroq avliyolar ilhomni o‘zlariga shaxsiy ko‘rsatma, 
payg‘ambarlar esa, V.ni xalqqa yetkazishi lozim bo‘lgan ko‘rsatma deb qabul qilgan. 
Johiliyat davrida (islomdan avval) butparast arablar Ka’ba ichiga Hubal nomli butni 
o‘rnatib, undan V. (ko‘rsatma) olganliklarini da’vo qilib kelgan va shu tariqa go‘yo 
o‘zlarining kundalik muammolarini hal qilgan. Islom davrida Hubal sindirib tashlandi. 
V.ning faqat payg‘ambarlarga nozil bo‘lishi musulmonlik e’tiqodini mustahkamladi. Bu 
borada har xil bid’at va xurofotlarni keltirib chiqarish va dinga zararli bo‘lgan turli 
qo‘shimchalarni kiritish man qilindi. Diniy tushuncha bo‘yicha V. ilohiy bir kuch sifatida 
insonlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish manbai bo‘lib xizmat qiladi.  
 
 
VAHHOBIYLIK - islom dinining hanbaliy mazhabidagi oqim. Arabiston ya. o.ning 
markaziy qismida 18-a. o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Asoschisi - Muhammad ibn 
Abdulvahhob. U 1703 y. Uyayna degan joyda, qozi oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni 
o‘z otasidan olgach, o‘spirinlik yillari Arabiston va ko‘shni o‘lkalar bo‘ylab ko‘p safar 
qilgan. Ibn Abdulvahhob aqoidda Ibn Taymiya, Ibn al-Qayyim va Ibn Kasirga ergashdi. 
Muhammad Ibn Abdulvahhob diniy targ‘ibotni taxm. 1730 y.da boshlagan, o‘z otasining 
vafotidan (1740) so‘ng uni faollashtirgan, chunki ota-o‘g‘il o‘rtasida da’vatning uslubi 
xususida ixtilof bo‘lgan. Turk tilidagi tadqiqotlarda Ibn Abdulvahhob uzoq yillar ingliz 
josusi bilan hamkorlik qilgani haqida dalillar mavjud. V. tarafdorlari fikricha, faqat Alloh 
ma’bud va islomning manbai faqat Qur’on va Sunnadir. Muqaddas joylarni ziyorat qilish, 
aziz-avliyolardan duolarda shafoat yordam tilash shirk hisoblanadi. Musiqa, qo‘shiq va 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
306
umuman ma’naviy taraqqiyotning boshqa ko‘p ko‘rinishlari "bid’at" ( keyin kirib kelgan 
yangilik) deb sanaladi. Vahhobiylar "dinni tozalashga, Muhammad davrvdagi asl holiga 
keltirish"ga harakat qiladi. 
V.da g‘ayridinlarga, "ilk islom ahkomlaridan chekingan" musulmonlarga qarshi kurash 
alohida o‘rin tutadi. Ularning da’vatini qabul qilmaganlarning barchasi go‘yo "kofir"dirlar. 
Dastlabki vahhobiylar imon masalasida o‘ta mutaassibchilik, siyosiy raqiblar bilan 
kurashda esa, oshkora ekstremizm bilan ajralib turganlar. V. ta’limoti o‘sha paytdayoq 
norozilik tug‘dirgan. Ibn Abdulvahhobni hatto Uyaynadan quvib chiqarishgan. Ammo bu 
ta’limot Arabiston ya. o.ning markaziy qismvda o‘sha davrdagi mavjud muhit uchun qo‘l 
kelib qoldi. Zero, bu yerda bir necha mayda sulolalar tomonidan boshqarilgan amirliklar 
doimo o‘zaro nizolashib kelardilar. Shunday sulolalardan biri - saudiylar - taxm. 4 a.dan 
beri ad-Dir’iyani o‘zlariga markaz qilib olib, atrofdagi amirliklarni birlashtirishga harakat 
qilardilar. Amir Muhammad ibn Saud (1725-1765) bu ishda V. ta’limotidan foldalandi. 
Muhammad ibn Saud va uning o‘g‘li Abdulaziz vahhobiylar bayrog‘i ostida yarim orolning 
katta qismini kuch bilan egallab, birinchi saudiylar davlatini barpo qildshtar. Ammo bu 
davlat 19-a. boshida misrliklar istilosi natijasida quladi. V. Imom Sannusiy vositasida 
Jazoirda, Muhammad Abduh yordamida Misrda, Sharqiy Afrikaning Zanzibar 
mamlakatida tarqala boshladi, Sayid Ahmad esa, Panjob va Shim. Hindistonda 
vahhobiylar davlatini barpo qilishga uringan. Ayni vaqtda V. Arabiston ya. o.dan 
tashqarida - Hindiston, Indoneziya, Sharqiy va Shimoliy Afrikada yoyila boshladi. 20-a. 
boshida Abdulaziz ibn Abdurahmon saudiylar davlatini tiklash uchun boshlangan 
harakatga rahbarlik qildi va hoz. Saudiya Arabistoniga asos soldi. 
V. xatarli, reaktsion diniy-siyosiy oqimdir. Vahhobiylar odatda terror yoki davlat 
to‘ntarishi yo‘li bilan hokimiyat tepasiga kelishga intiladilar. 19-a.ning 70-y.larida 
Hindiston vahhobiylari Kalkutta bosh sudyasi Normanni o‘ldirish bilan "shuhrat" 
qozondilar. 1979 y. noyabr oyida saudiyalik vahhobiychi Juhayman al-Utaybiy guruhi 
musulmonlarning eng muqaddas - Makkai mukarrama sh.dagi "Masjid al-Haram"ni bosib 
oldi. Masjidni egallagach, bu yerga kelishi kutilgan podshoh Xolidni bandilikka olish, 
oralarvda bo‘lgan "Mahdiy rahbarligida umumxalq qo‘zg‘olonini ko‘tarish, dastlab 
Saudiya Arabistoni, so‘ng boshqa mamlakatlarda ham "haqiqiy" islom g‘alabasiga 
erishish rejalashtirilgan edi. Saudiya xukumati frantsuz jandarmeriyasining 
mutaxassislari yordamida ikki haftadan ortiq muddatda bu harakatni bostirdi. Rasmiy 
ma’lumotlarga ko‘ra, vahhobiylardan 117 kishi o‘ldiriddi va 143 kishi hibsga olindi, ayni 
vaqtda hukumat kuchlaridan 127 kishi halok bo‘ddi va 451 kishi yaralandi. 
V. muayyan ko‘rinishda O’zbekistonda ham paydo bo‘ldi. Birinchi bo‘lib ular 1989 y. 
Namangan sh.dagi "Otavalixon" masjidini o‘zlariga qarorgoh qilib oldilar, so‘ng 1989-
1990 y.larda Qo‘qon va Andijon shaharlarida "Jome" masjidlarini zo‘ravonlik yo‘li bilan 
egalladilar. 1995 y. bu ikkala masjid faoliyati adliya boshqarmalari tomonidan 
to‘xtatilgach, vahhobiylar respublika bo‘ylab yoyilib ketdilar. O’zbekistondagi vahhobiylar 
uzun soqol qo‘yish, namozda ikki oyoqni keng kerib qiyom turish, qo‘llarni ko‘krakda 
bog‘lab turish, baland ovozda "omin" deyish bilan hanafiylik mazhabidagilardan ajralib 
turadilar. 1997 y. dek.da Namangan sh.da sodir etilgan qotilliklar ularning amaliy "ish 
uslublari" sifatida namoyon bo‘ddi. O’zbekiston hukumatining izchil siyosati V. 
ko‘rinishidagi diniy ekstremizm va aqidaparastlik yoyilishining oddini oldi.  
 
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling