Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
#165
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55

XOJA AHROR MAJMUASI - Samarqand viloyati, Samarqand tumani Ulug‘bek 
qishlog‘idagi me’moriy yodgorlik (15-20-a.)-Xoja Ahror qabri yaqinida turli davrlarda 
bunyod etilgan Nodir Devonbegi madrasasi, ikki ayvon, namozgoh masjid, minora 
hamda hovuzdan iborat. 
 
 
XOJA MUHAMMAD PORSO, to‘liq ismi Muhammad ibn Mahmud al-Hofiz al-Buxoriy 
(1345-1419) - O’rta Osiyoda naqshbandiylik tariqatining yirik vakili, Bahouddin 
Naqshbandning xalifasi (o‘rinbosari). Buxoro madrasalarida Qur’on, hadis, kalom 
ilmlarini puxta o‘rgangan. Temuriylardan Xuroson hukmdori Shohruh u bilan turli diniy 
masalalar bo‘yicha yozishib turgan. Mirzo Ulug‘bek X.M.P.ning qomusiy bilimdonligiga 
tan bergan. X.M.P.ga Naqshbandning o‘zi ta’lim va tarbiya bergan va o‘limi oldidan uni 
o‘z o‘rniga tayin qilgan. X.M.P. "Risolai kudsiya" kitobida piridan eshitgan va o‘zi jamlab 
yurgan ibratli kalimalaridan namunalar keltirib, ularni birma-bir sharhlaydi, pirining 
hayoti va ma’naviy dunyosi, naqshbandiylik tariqatining asoslari haqida ma’lumotlar 
beradi. 
X.M.P. shariat va tariqatga oid o‘nlab asarlar yaratgan. Jumladan, "Qur’on tafsiri", 
"Tariqat mashoyixlarining qudsiy kalimalaridan", "Tasavvuf istilohlari haqida risola", 
"Murid odoblari haqida risola", "Karomatlar haqida risola", "Makka shahrining qisqacha 
tarixi", yetmish ikki firqa", "Maqomoti Xoja Alouddin Attor", "Maqomoti Xoja Bahouddin 
Naqshband" asarlarida islom dini va tasavvufga oid fikrlarini bayon etadi, eng mashhur 
so’fiylarning faoliyati haqida ularning o‘z asarlari va mulohazalari asosida hikoya qiladi. 
Yana bir mashhur asari - "Fasl ul-xitob bi vaslil-ahbob" ("Do‘stlar visoliga yetishda oq ila 
qorani ajratuvchi kitob") esa, bir necha bor chop qilinib, islom ulamolari tomonidan eng 
ishonchli qo‘llanma sifatida foydalanilgan, shariat, tariqat, diniy firqalar to‘g‘risida biron-
bir munozara chiqqudek bo‘lsa, shu asarda keltirilgan fikrlar ishonchli dalil - hujjat deb 
qabul qilingan. Asarda islomda bahsli hisoblangan 500 ga yaqin masala batafsil yoritilib
tavsiflab berilgan. 
X.M.P. ikkinchi marta haj ziyoratidan so‘ng kasallikka chalinib vafot etadi. Qabri 
Madinadagi "Jannatul-baqi’" qabristonida 
 
 
MUHAMMAD ISLOM (1493-1563) - Jo‘ybor xojalaridan. Buxoro xoni Abdullaxon II ning 
piri. Musulmon Sharqida katta nufuzga ega bo‘lgan. Hindiston, Eron, Koshg‘ar, 
Badaxshon hokimlari u bilan xat yozishib turganlar. Shayboniylar davlatidaga ko‘pgana 
kurilish ishlari (masjid, madrasa, xonaqoh, hammomlar, rastalar, ustaxonalar, 
sardobalar, kanallar va b.) uning va o‘g‘li xoja Sa’dning (1531-89) nomi bilan bog‘liq. 
X.M.I.ning Buxoro, Miyonkol, Samarqand, Balx, Badaxshon, Hirot, Marv, Murg‘ob, 
Mehna, Mashhad, Chorjo‘y va Andxudda katta yer mulklari bo‘lgan. Hasanxoja 
Nisoriyning "Muzakkir ul-ahbob" asari unga bag‘ishlangan.  
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
315
XOKSOR - so’fiylik tariqati; 18-a. oxirida jaloliya-suxravardiya tariqati (Shim. 
Hindistonda Sayyid Jaloliddin Husayniy tomonidan 14-a. o‘rtasida asos solingan)dan 
mustaqil bo‘lib ajrab chiqqan; o‘ziga haydariya (Mir Haydariya) va qalandariyaning bir 
qancha guruh va jamoalarini, shuningdek, ne’matullohiylarning turli tarmoqdarini 
birlashtirgan. 
X. ilk tarixi mavhum, chunki tariqatning adabiy an’anasi yo‘q bo‘lgan. Bizgacha yetib 
kelgan turli qo‘lyozma qo‘llanma va ko‘rsatmalar bir to‘plamga keltirilib "Risolayi tariqa-
yi faqr-i xoksor" deb atalgan. X. mustaqil nazarii qoida ishlab chiqmagan. O’zidan 
avvalgi tariqatlarning qorishmasidan iborat. 
"Yo‘l" to‘rt bosqichdan iborat, unda 20 yoki 44 manzil (maqom) bor, odatda shulardan 
atigi 14 tasi, shuningdek, tolib-darvish sinashi lozim bo‘lgan 12 sarhushlik holati (piyala) 
aytiladi. X. darvishi tariqat yo‘lidan yurishi lozim, ya’ni oziga qanoat qilmog‘i, barcha 
boyligini boshqalar bilan baham ko‘rmog‘i, ustozini doimo yodda tutishi, uni kundalik 
ibodatda eslashi (q. Chishtiya), sochi, mo‘ylabi, qoshi va soqolini olib yurishi (hamma 
ham rioya etmagan) lozim bo‘lgan. Hayoti davomida X. darvishi to‘rtta safarni amalga 
oshirishga intilish lozim: a) odamlardan xudoga; b) xudodan odamlarga, so‘ngra 
xudoga, keyin xudodan xudoga; v) xudo bilan xudoda; g) xudo bilan odamlar orasida. 
Tariqat a’zolari o‘zlarini - tariqa-yi alaviya-yi xoksor-i husayni-yi jaloliy - deb atashadi.  
 
 
XOLID IBN VALID (? - 642) - ilk islom davridagi arab sarkardasi. Dastlab 
musulmonlarga qarshi kurashgan. Uhud jangidan so‘ng islomni qabul qilgan (629). 
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng Arabiston ya.o.dagi arab qabilalarining isyonlarini 
bostirgan. Hirotni egallagan musulmonlar qo‘shiniga qo‘mondonlik qilgan, 
Mesopotamiyada laxmiylarni tor-mor keltirgan. Sarkarda Amr ibn al-Os bilan birga 
Suriya fathida qatnashgan, keyinchalik bu yerda voliy bo‘lgan. Musulmonlar jamoasi 
oldidagi buyuk xizmatlari uchun "Sayfulloh" - "Allohning shamshiri" faxriy unvonni olgan.  
 
 
XOLIDOBOZIY, Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad al-Xolidoboziy al-Marvaziy (? -
951/952) - shofi’iylikdagi yirik imom, muhaddis, faqih. Marv viloyatidagi Xolidoboz 
qishlog‘ida tug‘ilgan. Bag‘doddagi al-Mansur masjidida fiqhdan ta’lim bergan. 
Sam’oniyning yozishicha, turli mamlakatlardan tolibi ilmlar uning huzuriga kelib ta’lim 
olishgan, 70 dan ziyod shogirdi bo‘lgan. Keyinchalik u Misrga ko‘chib o‘tib, u yerdagi 
shofi’iylarning peshvolaridan biriga aylangan. Fiqhga doir 5 asar yozgan. Misrda vafot 
etgan. 
 
 
XONAQOH - darvishlar, qalandarlar, shuningdek, g‘arib va miskinlar to‘xtaydigan, 
istiqomat qiladigan uy - qalandarxona, darvishxona. Musulmon mamlakatlarida zoviya, 
tak’ya, rabot nomlari bilan ham yuritiladi.  
 
 
XORIJIYLAR (arab. - ajralib chiqqan, isyonchi) - islomdagi ilk oqim tarafdorlari. Xalifa 
Ali bilan umaviylar o‘rtasidagi kurash davomida 7-a.ning 2-yarmi boshlarida vujudga 
kelgan. Taxt uchun kurashda Ali(kv) Muoviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara 
olib borishga ko‘ngan. Bu hol Ali(kv) haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb hisoblagan 
tarafdorlarining o‘rtasida norozilik tug‘dirgan. Qo‘shinning bir qismi (12 ming kishi) 
Ali(kv)ni kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketgan va keyinchalik Ali(kv)ga ham, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
316
umaviylarga ham bab-baravar qarshi kurash boshlagan. Ana shu guruh tarafdorlari X. 
deb nom olgan. X. harakati arablar tomonidan bo‘ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, 
oddiy arab-musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o‘zlarini haqiqiy musulmon deb 
hisoblagan. X. "dindan qaytgan", deb e’lon qilingan siyosiy va goyaviy raqiblarga 
nisbatan murosasiz bo‘lgan. X. ta’limotiga ko‘ra, xalifa tsiniy jamoa tomonidan saylanadi 
va jamoaga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli bo‘lsa 
ham) xalifa bo‘lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, 
vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl etiladi. X. fikricha, e’tiqod amaliy faoliyat bilan 
mustahdamlanishi lozim. E’tiqod, gunohkor kishilarni jazolash masalalarida X. 
murji’iylarga qarama-qarshi turgan. Keyinchalik X. bir necha mayda guruhlarga bo‘linib 
ketgan. Umaviy va abbosiy xalifalar 7-9-a.larda X.ga qarshi keskin kurash olib bordi. 
Buning natijasida X. qirib tashlandi, ularning qolganlari Shimoliy Afrikada o‘z davlatini 
vujudga keltirdi. X. xalifalikdagi ko‘pgina qo‘zg‘olonlar (Zinjiylar qo‘zg‘oloni, Abu Muslim 
qo‘zg‘oloni va b.)da qatnashgan. Hozirgi davrda X.ning ibodiylar firqasi mag‘rib 
mamlakatlarida (Jazoir, Tunis va b.da), Ummon, Tanzaniyada uchraydi.  
 
 
al-XOSSA (ko‘pligi al-xavoss) - diniy-ijtimoiy termin, keng ma’noda "mumtoz shaxslar", 
oqsuyaklarni bildirib, al-omma (ko‘pligi al-avomm) - omma, "olomon"ga qarshi 
qo‘yilgan. Al-X. va al-A.ni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilishi musulmon jamiyatining diniy 
va ijtimoiy bo‘linmasini turli bosqichlarida amalga oshirilgan. Al-X. sifatida mujtahidlar 
oddiy musulmonlarga, so’fiylikdagi avliyolar boshqa musulmonlarga qarama-qarshi 
qo‘yilgan.  
 
 
XRISTIANLIK - jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika 
mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik harakati natijasida Afrika, Yaqin Sharkda 
va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarida keng yoyilgan. X. cherkovi ma’lumotlariga 
ko‘ra, jahonda bu dinga 1 mlrd.dan ortiq kishi e’tiqod qiladi. X.ning asosiy g‘oyasi xudo-
odam - Iisus Xristos (Iso masih; q. Iso) haqidagi afsonalar bilan bog‘liq. Uning aqidalari, 
e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va taqiqpari Bibliya va b. 
muqaddas kitoblarda o‘z ifodasini topgan. X. 1-a.ning 2-yarmida Rim imperiyasining 
sharqiy qismida yashovchi yahudiylar o‘rtasida paydo bo‘lgan. Ilk X. qullar va ezilgan 
ommaning mavjud tartib va quldorlik tuzumiga qarshi noroziligini ifodalagan. Ilk X. 
dastlab iudaizmdan ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda o‘z 
ifodasini topgan. Rim imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy tanazzuli chuqurlasha borgan sari, 
X.dagi isyonkorlik, demoqratik tamoyillar yo‘qolib, sabr-chidamli bo‘lish, takdirga tan 
berish g‘oyalari birinchi o‘ringa qo‘yila boshlagan. Xristian jamoalarining ijtimoiy tarkibi 
ham o‘zgargan: ruhoniylar (klir) va oddiy jamoa a’zolari (miryan)ga bo‘lingan. Ayrim-
ayrim jamoalar o‘rtasidagi aloqalarning mustaxkamlanishi yepiskop boshliq cherkovning 
tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik to‘plab, siyosiy kuchga aylanib borgan. 
Dastlab xristianlarni ta’qib etgan Rim imperatorlari keyinchalik X. tarafdorlari bo‘ldilar. 
4-a.da X. Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi 
davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy qismidagi o‘ziga xos tarixiy 
taraqqiyot X. cherkovini ikkiga: katolitsizm (imperiyaning g‘arbiy qismi) va 
pravoslaviega (sharqiy qismi) bo‘linishiga olib keldi. X.ning bu bo‘linishi 1054 y.da 
rasman e’tirof etilgan bo‘lsa-da, biroq bu jarayon 13-a.ning boshlarida tugallangan. 
Rossiyada X. 10-a.ning oxirida Vizantiyaning ta’sirvda tarqalgan. O’rta asrda feodal 
tuzumga qarshi qaratilgan harakat ayni vaqtda xristian cherkoviga ham qarshi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
317
yo‘naltirilgan edi. Reformatsiya davri katolik cherkoviga qarshi kurash shaklidagi 
antifeodal harakatining eng cho‘qqisi bo‘ldi. 16-a.da Reformatsiya natijasida Yevropadagi 
qator cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib, X.ning uchinchi asosiy oqimi - 
protestantizm yuzaga keldi. 
 
 
XUVAHDRZODA (laqabi; asl ismi Abu Bakr Muhammad ibn al-Husayn al-Qudaydiy al-
Buxoriy) (? - 1090) - buxorolik taniqli muhaddis, mufassir va faqih. Sam’oniyning 
yozishicha, qozi va imom Abu Sobit Muhammad ibn Ahmad al-Buxoriyning jiyani bo‘lgani 
uchun X. deb laqab berilgan. Uning 5 ustozi va 3 shogirdi borligi manbada qayd etib 
o‘tilgan. X. fiqh va hadisga doir 6 asar yozgan.  
 
 
XUMS (arab. - beshdan bir) - islom an’anasida musulmon qo‘shinlari qo‘lga tushirgan 
o‘ljalarning (q. Ranimat) beshdan bir qismi. Uni avval Muhammad (sav) ixtiyoriga, 
keyinchalik xalifalar xazinasiga (q. Bayt ul-mol) ajratilgan, qolgan qismini harbiy 
boshliqlar o‘zlari va lashkarlarga taqsimlaganlar. Bu qoida ilk islom davridayoq Qur’on 
oyatlarida (8: 42) bayon etilgan va shu asosida amalga kiritilgan, u o‘rta asrlarda barcha 
musulmon mamlakatlarida qo‘llanilgan. X. sifatida to‘plangan mablag‘larning beshdan bir 
qismi avval Muhammad (sav) va uning avlodlarini ta’minlashga, shuningdek, qo‘shinlar 
xarajatlariga sarflangan. Xalifalar va keyinga hukmronlar davrida X. xazinaga tushgan. 
 
 
XURRAMYILAR, xurramiya (fors. xurramdin - "xush, xurram e’tiqodga ega") - 
sunniylikka qarshi bo‘lgan moniylik-mazdakiylikka xos oqimlarning umumlashma nomi. 
8-10-a.larda Eronda X. shiori ostida g‘alayonlar bo‘lgan. Zardushtiylik muhitida - 
bid’atchi sekta bo‘lib, nomi zardushtiylarning o‘zlarini atashlari - bexdin - "yaxshi e’tiqod 
egasi"ga aynan mos keladi. 
Nizomulmulkning ta’rifiga ko‘ra, X. islom dushmani, ular nafaqat shariatni, balki 
umuminsoniy axloqiy normalarni ham inkor etganlar, ular barcha man etilgan narsalar 
joiz deb, jumladan, boshqalarning mol-mulki va hatto ayollariga egalik qilishni ham joiz 
deb hisoblashgan. Ular Abu Muslim, Mahdiy, Abu Muslimning qizi Fotimaning o‘g‘li 
Feruzga ibodat qilib, butun faoliyatlarini islomni buzishga qaratganlar. Ular 
zardushtiylarning goyaviy merosxo‘ri bo‘lganlar. X. mafkurasining asosini dualizm - 
yorug‘lik bilan zulmat o‘rtasidagi kurash tashkil qilgan. Ular kishilarning umumiy tengligi, 
soliq va majburiyatlarni bekor qilish, moddiy boyliklarni teng taqsimlashni yoqlab 
chiqishgan. Nazariy jihatdan X. yovuzlikka qarshi qurolli kurashni inkor etadilar, amalda 
esa, 8-10-a.da xalifalikdagi barcha qurolli xalq harakatlarini qo‘llab-quvvatlashgan. 10-
a.da xalifa qo‘shinlari X. qal’alarini tor-mor keltirgach, X.ning aksariyati shialikka o‘tgan. 
15-a.dan keyin X. atamasi manbalarda uchramaydi. 
 
 
XUTBA (arab. - targabot, nutq) - juma namozi oldidan va hayit namozidan keyin xatib 
(masjid imomi)ning va’zxonligi, diniy pand-nasihat. O’rta asrlarda X.ning muhim siyosiy 
ahamiyati bo‘lgan. Namozxonlar mamlakat hukmdori ismini aytib, uning haqqiga duo 
qilishlari lozim edi. 9-a. 2-yarmidan ayrim xukmdorlar X.da o‘z ismlarini xalifa ismidan 
keyin qo‘shib aytilishi uchun harakat qilishgan. X.da hukmdor ismining yodga olinishi 
hukmdorning mustaqil ekanliganing asosiy tashqi belgilaridan biri hisoblangan. Hozir 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
318
musulmon mamlakatlarining ko‘pida X.ning mazmunida dunyoviy hokimiyat va siyosat 
masalalarini muhokama qilish o‘rin olmoqda.  
 
 
XUFTON (forscha - uxlash) - 5 vaqt o‘qiladigan namozning biri. Uning vaqti shom 
namozi vaqtining tugashi bilan kiradi. Ya’ni, taqriban kun botgandan bir yarim soat keyin 
kirib, bomdod vaqtigacha davom etadi. X. namozi uchun eng barakotli, kulay vaqt 
tunning uchdan birinchi qismi hisoblanadi. X. namozi 4 rakaat farz, 2 rakaat sunnat, 3 
rakaatli vitr, vojib namozlarvdan iborat.  
 
 
XO’JA (fors. xoja - xo‘jayin, janob) - turli islom mamlakatlarvda turli davrlarda turlicha 
ma’nolarda ishlatilib kelingan faxriy unvon va murojaat shakli. 
1. Misrda o‘rta asrlarda X.lar - badavlat fors va b. kelgandi savdogarlar. Somoniylar (9-
10-a.) va Raznaviylar (10-12-a.) davlatlarida ulug‘ (buzurg) X. - vazir unvoni. 
Usmoniylar saltanatida X. - ulamoni anglatgan. Sulton murabbiysi, saroy kitobdori va 
haram og‘alari ham shunday atalgan. X. i jahon - Hindiston sultonliklarida (14-15-a.) 
yuqori mansabdor shaxslar unvoni. Ko‘pligi xojagon -Usmoniylar saltanatida (16-20-a.) 
amaldorlar sinfi nomi. X. boshi - viloyatlarda soliq xizmati boshlig‘i. Hoz. Turkiyada X. - 
din bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va o‘qituvchiga nisbatan murojaat shakli. Bir qator 
hoz. arab mamlakatlarida xavoja (xuvaja) - savdogarlar, birinchi navbatda nomusulmon 
savdogarlarni anglatadi hamda nomusulmonlarga nisbatan muomalaning yumshoq 
shakli. 
2. O’rta Osiyoda 20-a. boshiga qadar X. - xulafoi roshidin (Abu Bakr, Umar (asosan), 
Usmon va Ali (uni Muhammad (sav) qizlari Fotimadan bo‘lgan avlodlaridan tashqari; q. 
Sharif) dan tarqalgan ekanliklarini da’vo etuvchi shaxslarning faxriy unvoni. Boshqa 
manbalarda X.lar arablarning fathiy yurishlarida boshchilik qilgan sarkardalarning 
avlodlari deb hisoblanadi. X.lar islomda oqsuyaklar tabaqasi sifatida sayyidlardan keyin 
turib, imtiyozlarga ega bo‘lganlar, ba’zi musulmon mamlakatlarida hozir ham ularning 
imtiyozlari saqlanib kelinmoqda. Urta Osiyoning siyosiy va iqtisodiy hayotida X.lar katta 
nufuzga ega bo‘lganlar, juda katta yer va mulkka egalik qilganlar. 
3. Abdulxoliq G’ijduvoniy asos solgan Xojagon so’fiylik tariqati a’zosini anglatuvchi 
istiloh, keyinchalik (19-a.) kelib chiqishi mana shu tariqat bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha 
hukmdorlar sulolasi. 
4. Hindistondagi ismoiliylar-nizoriylar jamoasini anglatuvchi istiloh. Ular shuningdek, 
Zanjibar, Afrikaning sharqiy qismi, Hindikush (u yerda mavolis deb ham atalganlar), 
O’rta Osiyoning bir qancha viloyatlari, Sharqiy Eron va Fors ko‘rfazi intaqasida 
yashaydilar.  
5. Hindistonda, asosan, ismoiliy-nizoriylar, sunniylar, shia-imomiylardan tarkib topgan 
aholi guruhiga nisbatan ishlatiladigan istiloh. 
 
 
XO’JA ALAMBARDOR - Movarounnahrda islom dinini targ‘ib va tashviq qilgan zotlardan 
biri. Imom Abu Bakr Muhammad Qaffol Shoshiy (903-976)ning safdoshi, alambardor 
(bayrokdor, dinni bayroq qilib ko‘tarib, tashviq etuvchi) nomi bilan tanilgan. X.A.ning 
taxmin qilingan qabri Toshkentning Kamolon darvozasi ortida bo‘lgan. Tarixda 
alambardorlar ko‘p o‘tgan, ular xalqning yuksak e’tiborida bo‘lganlar. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
319
XO’JA ALAMBARDOR MAQBARASI -Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (19-a.). 
Maqbara islom dini arboblaridan Xo‘ja Abdul Aziz Alambardor nomi bilan bog‘likdir. Islom 
fotixdari Choch (Shosh, hoz. Toshkent)ga kelganida lashkarning bayroq ko‘taruvchisi -
alambardori Abdul Aziz Samarqand darvoza tashqarisiga islom tugini qadagan. O’sha joy 
hoz. Xo‘ja Alambardor qabristonining o‘rtasi bo‘lib, keyinroq bu yerda bir sag‘ana 
qurilgan. Xo‘ja Alambardor umrining oxirgi yillarini Isfijob (Sayram)da o‘tkazadi va o‘sha 
yerda vafot etadi. Keyinroq uning qabri yon atrofiga Ahmad Yassaviyning ota-onalari 
ham qo‘yilgan. Demak mazkur maqbarada Xo‘ja Alambardorning o‘zi yo‘q. Ammo ichida 
katta-kichik beshta qabr mavjud. Maqbara bir necha marta qayta tiklangan. Ichida o‘sha 
vaqtda qo‘yilgan islom bayrog‘i tug‘i hamon saqlanadi. Tug‘da "Alloh" va "Muhammad" 
so‘zlari yozilgan. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
320
- Y -
 
 
YALANG’OCH OTA - turkiy xalqlarda qadimda shamol homiysi. 20-a. boshida etnograf 
A.Divaev keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, qozoqlarda shamol chaqirish marosimida ijro 
etiladigan qo‘shiq namunasida shamol homiysi sifatida Ya.o.ga murojaat etilgan. Ya.o. 
nomi Toshkent atroflari hamda Jan. Qozog‘istonda yashovchi o‘zbeklar o‘rtasida keng 
tarqalgan. Uning shaxsiyati bilan bog‘liq mikrotoponimlar ham mavjud. Mas., hoz. 
Toshkent sh. 2-Shim.-Sharq massivi ilgari Yalang‘och ota deb yuritilgan. 
 
 
YASSAVIY Ahmad (taxalluslari: Hazrati Xoja Ahmad Yassaviy, Kul Xoja Ahmad, Qul 
Ahmad va b.) (1105-1166/67) - donishmand, shoir, yassaviylik tariqatining asoschisi. 
Sayramda tugilgan. Otasi Shayx Ibrohim uzoq yillar Yassi va Sayramda shayxlik qilgan. 
Ya. piri Arslonbob maslahati bilan Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniydan tasavvuf 
bo‘yicha mukammal ma’lumot olgan. So‘ngra, Turkistonga qaytib so’fiylikni targ‘ib 
etgan. El orasida katta obro‘ orttirib, avliyo deb ulug‘langan. "Madinada - Muhammad, 
Turkistonda - Ahmad" degan ovozalar tarqalgan. Muridlari ko‘payib, yassaviylik tariqati 
tarkib topgan. Yassida qazo qilgan. Mozori muqaddas qadamjoga aylangan. 1395-97 
ylarda Amir Temur Ya.ning qabri uzra mahobatli maqbara kurdirgan. Ya. tuzgan 
tariqatning barcha aqidalari "Devoni hikmat" she’riy asarida bayon etilgan. Unda poklik, 
to‘g‘rilik, kamsuqumlik, mehr-shafqat, halol kun kechirish, nafsni tiyishga intilish, imonli 
bo‘lish kabi asl insoniy fazilatlar maqtalgan. Zolimlar, poraxo‘rlar, mutaassib shayxlar, 
johil va nodon kimsalar esa qoralangan. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda Ya. hayoti, faoliyati va ijodi keng 
o‘rganilib, i.tlar yaratildi. "Devoni hikmat" 2 marta (Toshkent, 1991, 1992) ko‘p nusxada 
chop etildi. 
 
 
YASSAVIY MAQBARASI - Turkiston (Qozog‘iston)dagi me’moriy yodgorlik (1389-95). 
Dastlab Ahmad Yassaviy qabri ustida kichik maqbara kurilgan (12-a.). Maqbarani ziyorat 
kdpgan Amir Temur uni qayta kurishga farmoyish bergan. Yozma manbalarga ko‘ra bino 
loyihasini ishlab chiqishda shaxsan o‘zi qatnashgan. Qurilishni Mavlono Ubaydulla Sadr 
boshqargan. 
 
 
YASSAVIYLIK (jahriylik) - tasavvuf tariqatlaridan biri. Markaziy Osiyoda vujudga 
kelgan. Asoschisi Yassaviy Axmad. Ya. Yusuf Hamadoniy va Abdulxoliq G’ijduvoniy 
ta’limotlari negizida shakllangan. Ya.da islom qonun-qoidalari (shariat), tasavvuf 
maslaga (tariqat), ishqi ilohiy (ma’rifat), Alloh visoliga erishish (haqiqat) keng targ‘ib 
etilgan. Unga ko‘ra, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat yo‘q. 
Bularning har biri alohida bosqich bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Murid 
o‘z piri rahnamoligida mazkur bosqichlardan o‘tib, ilohiy ishq sari intilishi, kamolotga 
erishishi zarurligi alohida ta’kidlanadi. Ya. da murid rioya etishi shart hisoblangan odob 
qoidalari bo‘lgan. Ularga binoan, murid hech kimsani o‘z piridan afzal ko‘rmasligi, uning 
hamma topshiriqlarini sidqidildan, bekamu ko‘st ado etishi, pand-nasihatlariga so‘zsiz 
amal qilishi zarur. Ya.da zikru samo’ga ham katta e’tibor berilgan, jahriya (lisoniya) usuli 
qo‘llanilgan. Pir va muridlar kundalik o‘qib yuradigan maxsus kalima va duolarni baland 
ovoz chiqarib aytishgan. Shu bois Ya. jahriylik deb ham ataladi.  

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
321
 
 
"YASHIRINGAN IMOM" - shialik ta’limotida zamon oxir bo‘lganda yerga qaytib kelib 
adolat o‘rnatadi, deb talqin qilinadigan imom (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon). Shialik 
tarqalgan mamlakatlarda "Ya. i." haqidaga tasavvur hozir ham saqlanib qolgan.  
 
 
YA’JUJ VA MA’JUJ - Qur’onda zikr etilgan buzg‘unchi qavmning nomi. Ya. va M. haqida 
Kahf surasida quyidagilar aytiladi: "Ular: "Ey Zulqarnayn, albatta, Ya’juj va Ma’juj yer 
yuzida buzg‘unchilik qiluvchilar-tsir. Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida 
to‘siq qilib berurmisan?" dedilar. 2 tog‘ orasvdaga biron gapni anglamaydigan qavm 
Zulqarnaynga Ya. va M.dan shikoyat etdilar. Ularning yer yuzasidagi buzg‘unchiliklaridan 
arz qildilar. Mazkur qavm Zulqarnayndan, agar xaroj to‘plab bersak, o‘sha Ya. va M.lar 
bilan bizning oramizga to‘siq qurib berasanmi, deb so‘radilar. Shu bilan ularning 
hujumlaridan, buzg‘unchiliklardan qutulmoqchi bo‘ldilar. Zulqarnayn ularning bu savoliga 
odob bilan javob berdi: "U: "Robbim menga bergan imkoniyat yaxshidir. Bas, siz menga 
kuch ila yordam bering. Siz bilan ularning orasida bir devor qilajakman. Menga temir 
parchalarini keltiring", dedi. Nihoyat, 2 tog‘ tomonlari ila barobarlashganda: "Dam 
uringlar", dedi. Nihoyat, u (to‘p temir)ni o‘tga aylantirgach: "Olib kelinglar, ustidan mis 
quyaman", dedi. Zulqarnayn mazkur qavm bilan Ya. va M. orasida ulkan va mustahkam 
to‘siq - radm qura boshladi U odamlarni temir topib kelishga buyurdi Ular olib kelgan 
temir parchalarini o‘sha 2 tog‘ orasiga to‘plata boshladi. Nihoyat, temir parchalarini 
to‘plab-to‘plab, 2 tog‘ orasini to‘ldirdilar. Undan keyin Zulqarnayn bosqonlar bilan dam 
urib, temirlarni qizitib eritishga kirishdi. U 2 tog‘ orasiga to‘plangan temirni bosqonlar 
bilan dam urib alangalatib eritib olov holiga keltirdilar. Ana shunda Zulqarnayn 
odamlariga, endi eritilgan mis olib kelinglar, olov bo‘lib turgan temir ustidan quyaman, 
dedi. 
Ya. va M.lar Zulqarnayn qurgan radm-devor to‘siq ustiga chiqa olmadilar va ular uni 
teshib ham o‘ta olmadilar. Zulqarnaynga Ya.va M.dan shikoyat qilib yordam so‘ragan 
qavmlar omonlikka erishdilar. 
Ya. va M. haqida Anbiyo surasida quyidagilar aytiladi: 
"Nihoyat, Ya’juj va Ma’juj ochilib, ular har bir tepapikpardan oqib kelganlarida. Va haq 
va’da yaqinlashgandagi holni ko‘rsang, kufr keltirganlarning ko‘zlari chaqchayib 
"Holimizga voy! Bizlar bundan g‘aflatda edik Yo‘q! Bizlar zulm qilguvchilar edik", derlar" 
Kahf surasida aytib o‘tilganidek, qiyomatning alomatlaridan biri - Zulqarnayn kurgan 
sadd-to‘gon ochilib, Ya. va Mlar chiqib ketishidir Demak, ular juda ko‘p bo‘lib, 
ko‘pliklaridan yurganlarida xuddi sel oqqandek oqib kelar ekanlar. 
Saddi Zulqarnayn bilan yo‘li to‘silgan Ya. vaM.lar haqida turli gaplar juda ham ko‘p 
Ba’zilar ular mo‘g‘ul-tatarlar, deganlar. Shuningdek, Ya. va M. haqida bir qancha 
hadislar ham kelgan. 
Imom Ahmad ibn Hanbal Sufyoni Savriydan qilgan rivoyatda Payg‘ambar (sav)ning 
zavjai mutahharalari ummul mo‘minin Zaynab bint Jahsh onamiz quyidagilarni aytadilar 
"Rasululloh (sav) uyqularidan yuzlari qizargan hollarida: "Arablarning holiga 
yaqinlashgan yomonlikdan voy bo‘lsin, bugun Ya’juj Va Ma’juj radmi-saddidan mana 
shuncha ochildi" deb turdilar, bosh va ko‘rsatkich barmoqlarini xalqa qilib ko‘rsatdilar. 
Men: "Ey Allohning Rasuli, ichimizda ahdi solihlar bo‘la turib halok bo‘lamizmi? Dedim. U 
kishi "Ha, agar yomonlik ko‘paysa", dedilar". 
Shuningdek, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Imom Ahmad, Imom Abu 
Dovudlarning rivoyatlarida ham Ya. va M. haqida xabarlar kelgan. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling