Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- YUSUF HAMADONIY
www.ziyouz.com kutubxonasi 322 Aqoid ilmi ulamolari Ya. va M. haqidaga oyati karima va hadisi shariflarni mukammal o‘rganib, quyidagi xulosani aytadilar: "Ya. va M. juda ham ko‘p sonli bir qavm bo‘lib, ularning chiqishlari qiyomatning alomatlaridan bir alomatdir. Ular yer yuzini fasodga va xarobaga to‘lg‘azadilar. Ularning qachon chiqishini esa, Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi". YA’QUB (as) - Qur’onda tilga olingan paygambarlardan biri. Ishoq (as)ning o‘g‘li, Yusuf (as)ning otasi Ya. (as) Allohning birligiga, ibodatiga da’vat etuvchi payg‘ambarlardan bo‘lgan. Qur’onda uning taqvodorligi va payg‘ambarligi Allohning Ibrohim(as) avlodlariga ko‘rsatgan marhamati sifatida ifodalangan (2:136/130, 140/134; 6:84). Ya. (as) o‘g‘illari orasida Yusuf (as)ga nihoyatda mehr qo‘ygan edi. Bundan ranjigan boshqa o‘g‘illar Yusuf (as)dan kutulish yo‘lini izlaydilar. Uning joniga jabr qilib, quduqqa tashlaydilar. Ya. (as) sevimli farzandi dardida yig‘layverib ko‘zi ko‘r bo‘lib qoladi. Qur’onda aytilishicha, Yusuf (as)ning ko‘ylagi Ya. (as)ning yuziga tekkach, uning ko‘zlari ochiladi. Rivoyatlarga ko‘ra, yer yuzidagi barcha yahudiylar Ya. (as)ning o‘n ikki farzandlaridan tarqalgan. YA’QUB CHARXIY Usmon bin Muhammad (taxm. 1363, Razna, Afg‘oniston - 1447, Chag‘oniyon hoz. Denov) - olim va tasavvuf murshidi. Razna sh.ga tobe bo‘lgan Charx qishlog‘ida tavallud topgan. Ch. boshlang‘ich ta’limni avval Charxda, so‘ng G’aznada olgandan keyin 1380 y. Hirotdan Buxoroga keladi. Buxoroda u Bahouddin Naqshband (1318-1389) bilan uchrashadi. U Ch.ni muridlikka qabul qilib, zikr aytish qoidasidan ta’lim beradi. Ch. Naqshband vafotidan so‘ng Badaxshonda, so‘ng Alouddin Attor (vaf. 1400 y.) taklifi bilan Chag‘oniyonda yashadi. Attor vafotidan so‘ng to umrining oxirigacha Halg‘atu (Dushanbe yaqinida) qishlog‘ida yashab, o‘z asarlari va faoliyati bilan naqshbavdiya tariqati rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Ch. Xoja Ahror (vaf. 1490 y.)ning murshididir. Ch. nafaqat tariqat murshidi, balki yetuk olim ham bo‘lib, undan bizga tasavvuf, fiqh, tafsir va davlatchilikka oid asarlar meros bo‘lib qolgan. U o‘z hayoti davomida 10 ga yaqin risola yozgani ma’lum, lekin bizgacha 7 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi tasavvufga, 1 tasi fiqhga, 1 tasi tafsirga, 1 tasi davlatchilikka oiddir. Ular quyidagilardan iborat: "Risolai qudsiya" ("Qudsiy kalimalar haqida risola"), "Risolai abdoliya" ("Abdollar haqida risola"), "Sharhi asmoulloh" ("Alloh ismlarining sharhi"), "Risolai unsiya" ("Do‘stlik haqida risola"), "Tafsiri Charxiy" ("Charxiy tafsiri"), "Kitob ul-faroiz" ("Meros taqsimi haqida kitob"), "Risola darmanoqib va aqoyid" ("Manoqib va aqoyid haqida kitob"). Ch. hayoti va ilmiy faoliyati haqida M. Razzoqova 2001 y.da "Ya’qub Charxiyning ilmiy merosi va uning naqshbandiya tariqati rivojida tutgan o‘rni (X1U-XU)" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ch.ning qabri obod ziyoratgohdir. YAHYO (as) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri. Zakariyo (as)ning o‘g‘li. Ya. (as) yoshlikdan ibodatga berilgan, Tavrotdaga hukmlarga astoydil amal qiladigan, nihoyatda halim va kamtar bo‘lgan. Iso (as) xudoning elchisi ekanligani birinchi bo‘lib oldindan aytgan, unga ishongan va yordam bergan. Voyaga yetgach, Shomga borib u yerdagilarni Allohning birligiga ishonishga, yolgiz Ungagina ibodat qilishga da’vat etgan. Ya. (as)ning shahid bo‘lishi haqida bir qancha rivoyatlar bor. Shulardan birida Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 323 aytilishicha, u nihoyatda kelishgan, chiroyli bo‘lgan. Podshohning xotinlaridan biri uni yaxshi ko‘rib qolib, o‘z muhabbatini izhor etadi. Lekin Ya. (as) ayollarga shahvoniy munosabatda bo‘lmasligini aytib, malikaga hech qachon eriga xiyonat etmaslikni nasihat qiladi. Ya. (as)ning bu harakatidan jaxli chiqqan ayol o‘zining siri oshkor bo‘lib qolishidan qo‘rqib, podshoxdan uni o‘ldirishni talab etadi. Ya. (as) mehrobda ibodat qilib turganida o‘ldiriladi. U shahid bo‘lgach, bu ishga Parvardigorning qahri kelib, podshohning butun xonadoni bilan yer yutgani rivoyat qilinadi. Damashqdagi umaviylar masjidida joylashgan Ya. (as) sag‘anasi musulmonlar ziyoratgohi sanaladi. YAHUD - yahudiylar. Ya. istilohi Qur’onda Makka davrida paydo bo‘lgan, Muhammad (sav) zamondoshlari bo‘lgan yahudiylarni yoki umuman yahudiylarni anglatgan va odatda nasorolar (xristianlar) bilan yonma-yon uchraydi (3:67/60; 5:18/21, 82/85; 9:30 va b.). Madinagacha yahudiylarning muqaddas tarixiga qilingan ko‘plab iqtiboslarda, asosan, Banu Isroil -"Isroil farzandlari" iborasi ishlatilgan. Qur’onda yahudiylarga nisbatan 2 xil yondashuv aks etgan. Bir tomondan ular musulmonlar kabi yakka xudolik tamoyillariga amal qilishgan, shuningdek, Ibrohim (Avraam) elchiliga bilan bog‘liqtsirlar, islom iudaizm (yahudiylik) tomonvdan yo‘qotilgan izchil yakkaxudolikni tozalagandek va tiklagandek edi, yahudiylar ahdi kitobga mansub edilar. Muhammad (sav) Makkada va Madinada bo‘lganlarining dastlabki paytlarida Yasrib (Madina) va Shim. Arabistondaga ko‘plab vohalar aholisiining anchagana qismini tashkil qilgan yahudiylar orasidan o‘zlariga safdosh va izdopshar topish umidida edilar. Biroq, Yasrib yahudiylari Muhammad (sav)ning payg‘ambar ekanliklarini tan olmadilar va u zotni ishonchsiz va masxaralab kutib oldilar, so‘ngra qurayshiylar bilan ittifoq tuzib, Rasulullohning ochikdan-ochiq dushmaniga aylandilar. Natijada, hijratning dastlabki yillarida musulmonlar bilan yahudiylikka e’tiqod qilgan yasribliklar o‘rtasida bir nechta to‘qnashuvlar sodir bo‘lib, oqibatda Banu Qaynuqo, Banu Kurayza va Banu Nadir qabilalari a’zolari Madinadan kuvg‘in qilinganlar, so‘ngra yahudiylarning markazlari - Xaybar, Fadak va b.ga harbiy yurishlar qilingan. Arabistondagi yahudiy jamoalari bilan raqobat Qur’onda ham aks etgan. Uzayr (Yezdra)ni ilohiylashtirganlari uchun yahudiylar qoralangan (9:30). YEVROPA ISLOM KENGASHI - Yevropadagi 12 mamlakatda ish ko‘ruvchi 30 dan ortiq islom markazlari va tashkilotlarining faoliyatini boshqarib turuvchi organ. 1973 yilda Londonda tuzilgan. Kengash islom tarixi muammolari, dolzarb siyosiy masalalar bo‘yicha anjumanlar o‘tkazadi, faol targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanadi, bir qancha vaqtli matbuot nashrlarini chiqarib turadi. YEZDRA, Ezra - Qadimiy Ahdda nomi kelgan rohib, Qonunni o‘rgatuvchi shaxs. Qur’onda nomi zikr etilgan Uzayr bilan bir deb hisoblanadi. Qur’onda aytilishicha (9:30), xristianlar Iso Masihni Xudoning o‘g‘li degani kabi yahudiylar Uzayrni Xudoning o‘g‘li deganlar. Rivoyatlarga ko‘ra, yaxudiylar Tavrot solingan kutini yo‘qotganlarida Uzayr ushbu muqaddas kitobni tiklab bergan. Tavrot topilganidan so‘ng Uzayr tiklagan kitob bilan bir xil ekani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng yahudiylar Uzayrni Xudoning o‘g‘li deganlar. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 324 YETIM - islom ta’limotiga ko‘ra, onadan emas, otadan ayrilgan norasida (balog‘at yoshiga yetmagan) go‘dak. Chunki, farzand tug‘ilganidan so‘ng uni boqib, voyaga yetkazish otaning zimmasida bo‘ladi. Ye.ning hakqini yeyish katga gunoh hisoblangani kabi uni o‘z kafolatiga olish, unga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lish eng ulug‘ savoblardan sanaladi. Bu hakda ko‘plab Qur’oni karim oyatlari va Paygambar hadislari mavjud. Sadaqa berish va har qanday ehson qilishda miskin, faqirlar bilan bir qatorda Ye.ning ham haqqi bor ekani zikr etiladi. YOSIN, Yasin - Qur’ondagi 36-suraning nomi. Sura avvalidagi "ya" va "sin" harflaridan tashkil topgan "yosin" kalimasi suraga nom bo‘lib qolgan. Bu sura Makkada nozil bo‘lgan va 83 oyatdan iborat. Yo.ning fazli haqida ko‘pgina xadislarda rivoyat qilingan. Ularning aksariyatida Yo. surasi Qur’onning qalbi ekani ta’kidlangan. Shuning uchun "Qur’on qalbi" suraga ikkinchi nom bo‘lib qolgan. Makkada nozil bo‘lgan boshqa suralar kabi Yo. ham asosiy e’tiborini e’tiqod masalasiga qaratadi. Xususan, qayta tirilish, Payg‘ambarlik hamda Alloh taoloning vahtsoniyati masalalariga apohida e’tibor beradi. Surai karimaning boshida Qur’oni karim bilan qasam ichilib, Muhammad (sav)ning haqiqiy Payg‘ambar ekanliklari ta’kidlanadi. Jaholatga botgan quraysh kofirlarining haddan oshib, Muhammad (sav)ni yolgonchiga chiqarganlari haqida so‘z yuritiladi. Shundan so‘ng bir qishloqqa yuborilgan Payg‘ambarlar va ular bilan o‘sha qishloq aholisi orasida bo‘lib o‘tgan hodisalar keltiriladi. Payg‘ambarlikni inkor etganlarning oqibati nima bilan tugaganiga urg‘u beriladi. Iymonga kelgan bir odamning o‘zini qanday tutgani va uning oqibati nima bo‘lgani ham ajoyib uslub bilan bayon etiladi. Keyin esa, Alloh taoloning borliqdagi vahdoniyatiga va cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi hodisalar haqida so‘z ketadi. Ko‘rib-qaqrab yotgan yerga hayot kirishi, kecha bilan kunduzning almashinuvi, quyoshning ziyo sochib, o‘z o‘rnida aylanishi, oyning burjlarga chiqib-botib turishi va b. jarayonlar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, qiyomat kuni va uning dahshatlari, sur chalinib, o‘liklarning qayta tirilishi, ularning mahsharga to‘planishi, kishilarning mo‘min va kofirga ajralishi, ularga mukofot va jazo berilishi kabi mavzularga ham surada o‘rin berilgan. Yo. insonlarning jismoniy azoblarini yengillashtiradi, shuning uchun uni ovoz chiqarib o‘lim to‘shagida yotgan bemor tepasvda yoxud ro‘za vaqtida o‘qiydilar. Yo. dafn marosimida, qabr tepasida ham o‘qiladi. Hadisi shariflarda rivoyat qilinishicha, kimki bu surani ixlos bilan o‘qisa hojati ravo bo‘lishi, och bo‘lsa qorni to‘yishi, tashna bo‘lsa serob bo‘lishi, kiyim-boshga ega bo‘lishi, xavf-xatarda bo‘lsa xotirjamlik topishi, kambag‘al bo‘lsa boy bo‘lishi, mahbus bo‘lsa ozod bo‘lishi, qarzdor bo‘lsa qarzidan oson kugulishi kabi va’dalar bayon qilingan. Yo. surasi yozilgan tumorlarni taqib yurish qadimdan udum bo‘lgan. Sura erkaklar ismida ham uchraydi. YoFAS, Abu Turk (g‘arb manbalarida Iafet, Yafet) s Nuh payg‘ambarning uch farzandidan biri (Som, Xom bilan birga). To‘fondan so‘ng omon qolgan Nuh (as) o‘g‘illariga Yer yuzini bo‘lib bergan. Jumladan, Ye. «otasining hukmi birlan... Atil (Itil) va Yoyiq suvining yoqosig‘a bordi. Ikki yuz ellik yil anda turdi. Taqi vafot tobdi. Sakkiz o‘g‘li bor edi (Turk, Xazar, Saqlab, Rus, Ming, Chin, Qamari, Tarix)» («Shajarayi turk»). To‘ng‘ich o‘g‘li nomidan Yo.ni «Abu Turk» («Turkning otasi») deb ham atashgan. Mirzo Ulug‘bekning yozishiga qaraganda, Yo.ga «Chin Mashriqining boshqa muhitlari, Qomarun tog‘lari va rus yerlari oxirigacha cho‘zilgan oq cho‘qqilar va beshinchi iqpimning qolgan uchdan bir qismi to ma’mur yerlarning oxirigacha va Shimolning zulumotigacha yerlar baxsh etilgan edi... Aytadilarki, Turon zamin va Turkistonni Yo. (as) o‘ziga asrab qo‘ygan edi. Shu sababli uni Abut-turk deyishgan». Qadimda turkiy o‘jalarda yomg‘ir yog‘diruvchi tosh (yada toshi) yordamida duo o‘qib osmondan yomg‘ir-qor yog‘diruvchi kishilar bo‘lgan. Mana Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 325 shu yada ilmini Ye.ga otasi Nuh (as) o‘rgatgan degan nakd bor. Turk otasining vafotidan so‘ng Yo. uning o‘rniga o‘tirib yurtni boshqargan. Xalq uni Yo. o‘g‘lon deb atagan. YOQUT HAMAVIY, Abu Abdulloh Shahobiddin Yoqub ibn Abdulloh ar-Rumiy (1179- 1229) -mashhur sayyoh, geograf, adib, tarixchi. Bolalik chog‘ida asir olingan. Uni bag‘doddik savdogar Asqar al-Hamaviy Suriyaning Hama (Hamot) shahrida sotib olgan va qullarga xos ismlardan Yokut ismini berib, Hamaviy nisbasi bilan atalgan. Yo.H. savod chiqargach, xo‘jasining tijorat ishlarini tartibga solib turgan. Keyinroq savdo ishlari bilan xo‘jasiga hamroxdik qilib ko‘p mamlakatlarni kezgan. 20 yoshida qullikdan ozod qilingach, Bag‘dod sh.ga borib, ilm o‘rganishni davom etgargan. 13-a. boshida Xurosonning Marv sh.da yashagan. 1213 y. safarga chiqib, 16 y. davomida Suriya, Falastin, Misr, Arabiston ya. o. janubi, Iroq, Eron, Afgoniston, Movarounnahrda bo‘lib, geografiya, tarix, filologiya, etnografiyaga oid ma’lumotlar to‘pladi. Manbalardan Yo.H. yozgan qariyb o‘nta asarning nomi ma’lum. Shulardan 1224 y. yozib tugatgan 14 jildli toponimik asari «Mu’jam ul-buldon» («Mamlakatlar qomusi»)da Farg‘ona vodiysi shahar va qishloklariga oid ma’lumotlar ham bor. Yetti jilddi «Mu’jam ul-udabo» («Adiblar qomusi») biografik asarida 7-13-a.lar boshigacha yashagan va arab tilida ijod qilgan qariyb 1100 olim mufassir, muhaddis, faqih, adiblar hakidagi ma’lumotlarni jamlagan. Asarda, jumladan, O’rta Osiyoning Xorazm, Buxoro, Marv, Axsjat, Samarqand, Farg‘ona, Forob kabi shahar va viloyatlaridan chiqqan olimlar (Abu-l-Vafo Muhammad Axsikatiy, Abu Rashod Axmad Axsikatiy, Abu Nasr Forobiy, Mansur ash-Shoshiy, Abu-l-Hasan O’zgandiy va b.)ning nomi zikr qilingan. «Mu’jam ul-udabo»da muallif buxorolik Ifriqiy ijodidan bahramand bo‘lganligani ta’kiddagan. Bu ikki yirik asar qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan, ular Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari kutubxonalarida saqlanmoqtsa. Yo.H. asarlari 13-a.gacha bo‘lgan davr geografiyasi, adabiyoti, tili, tarixini o‘rganishda muhim manba sanaladi. YUGNAKIY, Ahmad ibn Mahmud (taxm. 12-a.oxiri - 13-a. boshlari) - shoir, olim. Ahmadning bobosi Movarounnahrda islom dinini ilk qabul qilgan turkiy qavmlardan bo‘lgan. Alisher Navoiy o‘z asarlarida Yu.ni O’rta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qo‘yib, uning tug‘ma ko‘rligi haqida yozadi. Yu.ning "Hibat ul-haqoyiq" ("Haqiqatlar armugoni") asari saqpanib qolgan. U ilk islom davrining turkiy tildagi madaniyat obidasidir. Bu asar turkiy elatlarga islomiy odob qoidalaridan ta’lim berishga mo‘ljallangan. Asar boshdan oyoq tavhid e’tiqodiga tayanadi, muallif fikrlari Qur’on oyatlari, Payg‘ambar hadislari bilan dalillanadi. "Hibat ul-haqoyiq" O’zbekistonda keng o‘rganilib, o‘zbek adabiyoti tarixi darsliklariga kiritilgan. YUNUS (as) - Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Zu-n-nun, ya’ni katta baliq (kit) ning hamrohi degan nom ham olgan. Qur’onning 10-surasi uning ismi bilan ataladi. U Allohning yagonaligini tan olmagan o‘z qavmidan g‘azablanib, Parvardigorining iznisiz shahridan chiqib ketadi va dengiz qirg‘og‘iga keladi va u yerda ketishga hozirlanib turgan kema egalaridan o‘zini ham birga olib ketishlarini iltimos qiladi. Kema sohiblari rozi bo‘lib yo‘lga chiqishgach, ko‘p o‘tmay Allohning amri bilan qattiq shamol turib kuchli to‘lqin boshlanadi va kemaning cho‘kishi aniq bo‘lib qoladi. Shunda kemadagilar "Bizning oramizda kimdir gunohkorga o‘xshaydi", deyishdi va o‘zaro maslahat qilishib, qur’a tashlashga, kimgaki qur’a tushsa, o‘sha odam gunohkorliga aniq bo‘lishi va uni suvga Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 326 tashlab o‘zlarini saqlab qolishlariga kelishib olishdi. Kur’a bir necha bor tashlansa ham Yu.(as)ga tushaverdi. Shundan so‘ng Yu(as) dengazga tashlandi. Alloh katta bir kitga Yu.(as)ni yutishni va unga biron aziyat yetkazmaslikni amr etdi. O’z xatosini tushungan Yu.(as) Allohga tavba-tazarru qildi Alloh Yu.(as) ning duolarini qabul etib kitga amr qildi va kit uni dengaz sohiliga chiqarib tashladi. Shundan so‘ng u yana o‘z qavmini da’vat qiladi va xalq Yu.(as)ga imon keltirib 6u dunyo jazolaridan qutuladi. Bu hakda Soffot surasi 139-148-oyatlarda va Anbiyo surasi 87-88-oyatlarda bayon qilingan. Yu.(as) qissasida qavmni hidoyatga boshlashda sabr-toqatli bardoshli bo‘lishga da’vat bor. Hoz. vaqtda Iroqda Yu.(as) payg‘ambarning Mosul sh. yaqinidagi qabri qadamjolarda hisoblanadi. YUSUF (as) - Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Ya’kub (as) ning o‘g‘li Qur’onning 12-surasi Yu.(as)ning nomi bilan ataladi va undagi hikoya "eng go‘zal qissa" deb nomlanadi. Alloh Yu.(as)ga tushlar ta’birini aniq ayta olish qobiliyatini ato etdi. Naql qilishlaricha, Ya’qub (as) o‘z farzandlari orasida Yu.(as)ni ko‘proq yaxshi ko‘rar edi. Akalari unga hasad qilib quduqqa tashlab yuboradilar va Yu.(as)ning o‘limi haqida otasiga yolg‘on gapiradilar va Yu.(as)ni dashtda bo‘ri yeb ketdi deb aldaydilar. Karvonchilar Yu.(as)ni kudukdan chiqarib misrlik badavlat odamga sotadi. Uning xotini Zulayho Yu.(as)ni sevib qolib yo‘ldan urmoqchi bo‘ladi. Yu.(as) Allohdan qo‘rqib, ko‘nmaydi va Zulayho ig‘vosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi, zindondagilarning va Misr hokimining tushi ta’birini to‘g‘ri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saqlovchi lavozimiga tayinlanadi. Yu.(as)ning yurti Falastinda ocharchilik boshlanib, akalari uning oldiga keladi. Yu.(as)ning hayot ekani xursandchilik xabarini eshitgan otasi Ya’kub(as)ning ko‘zi tuzalib ko‘radigan bo‘ladi. Islom an’anasida Yu.(as) chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qur’onda Alloh barcha ummatlar boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. YUSUF HAMADONIY - q. Hamadoniy. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 327 - Z - ZABUR - diniy manbalarga ko‘ra, Dovud(as)ga. nozil bo‘lgan ilohiy kitob. Bibliya "Qadimga ahd" kismining bo‘limi. Yunon tilida "rsalom" ("psalom"), "psalterion" ("psaltir"), qad. yahudiy tilida "tahalim" deb atalgan "Hazrati Dovudning sanolar kitobi" nomi bilan mashhur bo‘lgan diniy-musiqiy oyatlar majmui. Mil av. 1500-500-yillarga tegashli. 3. sanolari, asosan, Xudoga bag‘ishlangan madhiyalar, duolar, shukrona, iltijo, nola-fig‘on, dushmanlardan shikoyat va h.k.dan iborat. Ularga ko‘ra, xudo hamma narsalarni ko‘rib-bilib, inson qalbini doim sinab-imtihon etib turuvchi zotdir, u Isroil mamlakati tarixida ham g‘aroyib mo’jizalarni namoyon qilgan. Ayrim sanolarda Yaso(as)ning dunyoga kelishi, azob chekib, jon taslim etishi, so‘ng tirilib, yer yuzida abadiy hukmronligini o‘rnatishi bashorat etilgan (mas., 2, 21, 44, 71, 109-sanolar). Z.ning ba’zi oyatlari Injilga aynan ko‘chirilgan, Iso(as) shu oyatlar mavzuida pandu nasihatlar qilgan ekan. Qur’oni karimning "Sod" surasi (18-20-oyatlar)da Dovud(as) sanolari tilga olinadi. Z.ning asl nusxasi ajoyib she’riyat namunasi sifatida Yevropa xalqlari madaniyati va san’atiga, og‘zaki ijodiga barakali ta’sir ko‘rsatgan. Z.ning o‘zbek tilidaga to‘liq matni Bibliyani tarjima qilish instituti (Stokgolm) tomonidan 1992 y.da "Injil", "Tavrot" ("Ibtido"), "Zabur" kitobi tarkibida chop qilingan (tarjimon doktor Yusuf Gulkarov). ZAYD ibn ALI (7-740) - shialikdagi zaydiylar firqasining asoschisi. Muhammad (sav) oilasining avlodi sifatida imomlikka da’vogarlik qilib, 739 y.da Kufa sh.da umaviylar hokimiyatiga qarshi isyonga bosh bo‘lgan. Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi bo‘lgan shialar uning ukasi g‘ayratli Z.i.A. atrofida birlashib, uni imom deb e’lon etadilar. Ammo xalifa Hishom (724-743) qo‘shinlari 740 y. isyonni bostiradi. Z.i.A.ning o‘zi jangda halok bo‘ladi. Jasadi Kufada chormix qilinib, kesik boshi Damashqqa, xalifa Hishomga yuboriladi. Z.i.A. tarafdorlari alohida diniy-siyosiy guruh tuzib, Hazrat Ali avlodiga mansub imom boshchiligida diniy davlat tuzishga intiladi. Ular Z.i.A.ni so‘nggi - 5-imom deb bilib, keyingi imomlarni tan olmagan. Z.i.A. o‘zining imomat da’vosini Hasan va Husayndan so‘ng Ali va Fotimaning har qanday avlodi imom bo‘lishi mumkin, deb asoslagan. Imomlikka da’vogar ko‘liga kurol olib, isyon ko‘tarishi - imomatga o‘tirishning asosiy sharti, deb bilgan. Shialarning imomlari, xususan, Jafar as-Sodiq esa, o‘z tarafdorlarni qurolli isyon ko‘tarmaslikka chaqirgan edi. ZAYD ibn SOBIT, Abu Xorija (Abu Said) Zayd ibn Sobit ibn az- Zahhok al-Ansoriy al- Xazrajiy (taxm. 615 - taxm. 665) -Muhammad (sav)ning kotibi, Qur’on yozma matni tuzuvchisi. Xazraj qabilasidan. 11 yoshida islomga kirgan va Muhammad (sav) huzurida Qur’onni o‘rgangan. Sahobalarning yetuk namoyandalaridan biriga aylangan. Oromiy (suryoniy) hamda yahudiylar xati (yozuvi) va tilini bilgan. Muhammad (sav) vafotidan so‘ng xalifa Abu Bakr as-Siddiq (ra) unga Qur’on matnini jam qilishni buyurgan. Xalifa Usmon ibn Affon (ra) davrida (650 y.dan so‘ng) unga uch makkalik (Abdulloh ibn az- Zubayr, Sa’d ibn al-Asom, Abdurahmon ibn al-Horis) bilan birga Qur’onning rasmiy yozma matnini tuzish topshirilgan. Tuzilgan bu to‘plam "Mushaf", "Usmon mushafi" nomi bilan yuritilgan. Uni xalifa Usmon (ra) birdan-bir to‘g‘ri va barcha musulmonlar o‘qishi uchun majburiy matn, deb e’lon qilgan. Undan farq qiladigan to‘plamlarning barchasini Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 328 yo‘qotish haqida buyruq berilgan. Z.i.S. shuningdek mol-mulkni taqsimlash qoidalari (faroiz) ning bilimdoni, hazrat Umar (ra) davrida qabilalar devonini tuzuvchilardan biri ham bo‘lgan. Xalifa Usmon (ra) davrida Madinada xalifaning xazinaboni bo‘lgan va qozilik qilgan. ZAYD ibn HORISA (? - 629) - sahoba, Muhammad (sav)ning ozod qilgan quli va tutingan o‘g‘li. Yoshligidan Payg‘ambar (as) oilasida tarbiyalangan. Xadichadan keyin makkalik ilk musulmonlarning uchinchisi, Qur’onda zikr qilingan birdan-bir sahoba (Ahzob, 37). Zaydning otasi Horisa qadoa qabilasidan edi. Kichik yoshdaga Zayd onasi bilan birga qabila ziyoratiga borayotib asir tushgan, Makkaga keltirib Ukoz tijorat markazida sotilgan. Bozordan hazrati Xadichaga atab sotib olingan. Zaydni keyinchalik Xadicha onamiz hazrati Muhammad (sav) ga hadya qilgan. Rasuli Akram (sav) esa, uni qullikdan ozod etganlar va Zayd otasi va qabilasiga qaytib ketishni istamagach, uni farzandlikka qabul qilganlar. 3. Badr jangidan tortib Muta jangida shahid bo‘lgunga qadar barcha g‘azavotlarda Muhammad (sav) bilan birga bo‘lgan. Payg‘ambar (as) chor atrofga yuboradigan sariyyalarga (o‘zlari bo‘lmagan qo‘shinlarga) doimo Zaydni amir etib tayinlaganlar. Zayd Muta jangida kdtnashgan askariy qo‘shinga amirlik qilgan va jangda halok bo‘lgan. ZAYDIYLAR - shialikda vujudga kelgan firqa tarafdorlari. 8-a. o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Arab xalifaligida ziddiyatlar keskinlashib, guruhlar o‘rtasidagi kurash kuchaygan, umaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Firqa shialarning 5- imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali Zayn al-Obidin nomi bilan atalgan. 864 y.da Z. qo‘zg‘oloni Shim. Eronda g‘alaba qilib, mustaqil davlat vujudga keldi. Tabariston, Daylam, Gilon viloyatlarini o‘z ichiga olgan bu mustaqil davlatdagi Z. imomlari 300 yilcha hukmronlik qilgan. 901 y.da Z. Yamanda ham hokimiyatni qo‘lga kiritib, mustaqil davlat tuzgan. Yamanda Z. hukmronliga 1962 y. 26 sent. inqilobigacha, ya’ni Yaman respublika deb e’lon qilinguncha davom etgan. Z. Zaydni so‘nggi 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydi. Ular o‘z aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o‘rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yo‘lini tutadi. Z. yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan ilgarigi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la’natlamasliklari, taqiyya tamoyilini va muta (yoki siyg‘a) nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig‘inishni hamda darvishlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar. O’z aqidalarida mu’taziylardan iroda erkinligi va Qur’onni Alloh yaratganligini, xorijiylardan esa, diniy e’tiqodni amaliy faoliyat bilan mustahkamlash tamoyillarini qabul qilib olganlar. Hoz. Yaman aholisining yarmidan ko‘prog‘i Z. firqasiga mansub. Saudiya Arabistonida, Pokiston va b. davlatlarda xam bor Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling