Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
#165
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55

SHAYTON (arab.) - oliy dargohdan haydalgan farishtaning nomi. Arab tilida shayton 
so‘zi jin, ins, hayvon va b. maxluqlarning bo‘ysunmas, sarkashlariga nisbatan ishlatiladi. 
Qur’onda talqin qilinishicha, Sh.ni Alloh olovdan yaratgan, keyinchalik amriga itoat 
qilmagani uchun oliy dargohdan quvilgan, (rajim) deb la’natlagan. Lekin Alloh 
bandalarini sinab ko‘rish uchun Sh.ga muxdat bergan. Shuning uchun u barchani 
yo‘ddan ozdirishga harakat qiladi. Qur’onda Sh. so‘zining sinonimi sifatida Iblis iborasi 
ham ishlatilgan. 
 
 
SHAYX (arab. - keksa, oqsoqol; qabila, urug‘, oila oqsoqoli) - islom dini tarqalgan 
mamlakatlarda avval bilimdon kishilar, olimlar, so‘ngra ruhoniylar, ulamolar, faqihlar. 
Keyinchalik so’fiylik tariqatidagi pirlar, eshonlar, muqaddas joylarning mutasaddilari ham 
Sh. deb yuritilgan. Arablarda islomdan ilgari urug‘, qabila boshliqlari, katta patriarxal 
oila oqsoqollari Sh. deb atalgan. Musulmon mamlakatlarida hozir Sh. oliy diniy 
maktablarning mudarrislari va yirik ulamolarning unvoni sifatida ham qo‘llaniladi. O’rta 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
343
Osiyoda Sh. ko‘pincha muqaddas mozorlar va qadamjolarda sadaqa va nazr-niyoz olib 
turadigan ruhoniylar tabaqasiga nisbatan ishlatilgan.  
 
 
SHAYX XOVANDI TAHUR, Shayxontohur (1359 y.v.e.) - shayx. Hoz. Bo‘stonliq tumani 
Bog‘iston qishlog‘ida tug‘ilgan. Shayx Umar Bog‘istoniyning o‘g‘li. Umar Bog‘istoniy 
befarzand bo‘lib, kunlarn ing birida o‘z zavjai muhtaramalari bilan Shayx Zayniddin 
maqbarasiga kelib Allohdan farzand ato etishni iltijo qilishadi. Ko‘p o‘tmay farzand 
ko‘rishadi. Unga Xovand Tahur (pok shayx) deb nom qo‘yishadi. Sh.X.T. ilohiyotga va 
tariqatga doir ilk saboqni otasidan olgan. "Rashahot ayn al-hayot" ("Hayot buloqlaridan 
oqqan tomchilar") nomli asarda yozilishicha, Sh.X.T. ilohiyot va tasavvuf ilmining yirik 
namoyandalaridan biri, yetuk mutasavviflardan bo‘lgan. 
U yassaviylik tariqati yo‘lidan borib, shu tariqat namoyandalaridan o‘rganadi hamda ilmi 
zohiriy va ilmi botiniy sir-asrorlaridan voqif bo‘lib, sohib karomat shayxlar orasida 
yuksak maqomga erishadi. Yakka xudolik haqidagi ta’limotni, tasavvufga oid iboralarni 
sharhlab bergan, shuningdek, she’riyat bilan shug‘ullangan. Sh.X.T.ning Dovud ismli 
o‘g‘li bo‘lib, u ham shayx sifatida mashhur edi. 
Sh.X.T. dafn etilgan joy ziyoratgohga aylanadi. Uning mozori atrofida boshqa saYeana 
va qabrlar paydo bo‘lib, Toshkentning katta va muqaddas qabristoniga aylangan. 15-
a.ning 2-yarmida Xoja Ahror qabr ustiga maqbara qurdiradi. Zotan uning volidai 
muhtaramasi shayx Dovudning qizi bo‘lgan. Xoja Ahror qurdirgan inshoot zamonlar 
o‘tishi bilan nurab, bizgacha yetib kelmagan. Hoz. maqbara esa, avvalgisining loyihasi 
va ko‘rinishini saqlagan holda 19-a.da qayta tiklangan.  
 
 
SHAYX XOVANDI TAHUR MAQBARASI - me’moriy yodgorlik. Shayx Umar 
Bog‘istoniyning o‘g‘li - Shayx Xovandi Tahurga atab solingan. Yodgorlik 15-a.ga oid 
ko‘hna maqbara poydevori ustiga 18-19-a.larda qurilgan. Xonalar gumbazlar bilan 
yopilgan, go‘rxona gumbazi qo‘shqavat bo‘lib, 12 qirrali asosga o‘rnatilgan; ziyoratxona 
arxitekturasi o‘ziga xos xonaqoh bo‘lib, sakkiz ravokdan iborat. Darchalardagi koshinkori 
panjaralar saqlanib qolgan. O’tmishtsa ziyoratgoh bo‘lgan.  
 
 
SHAYXIYLAR, ash-Shayxiya (yoki al-hasaniya) - 1. G’arbiy Xuroson (Eron)da 14-a.ning 
30-80-y.larida mavjud bo‘lgan shialikdagi so’fiylik tariqati. Uning asoschisi
mozandaronlik darvish Shayx Xalifa shayx Baluyi Amoliyning muridi bo‘lib, lekin ustozi 
qarashlarida "nuqson" borligani bilgach, uni tark etib bir muncha vaqt shayx Alouddavla 
Simnoniy xonaqosidan qo‘nim topgan. So‘ngra Sabzavor jome masjidida yashab, 
"isyonkorlik ruhi"dagi va’zlar bilan chiqa boshlagan, uning izdoshlari ko‘payib borgan. 
Sunniy faqihlar fatvo tuzib, unda Sh. rahbarini masjidda dunyoviy nutklar so‘zlaganlikda, 
ilohiyotchilarning taqiklarini buzganlikda va yashirin faoliyat yurgazganlikda 
qoralashgan. 1335 y. Shayx Xalifa yashirin suratda o‘ldirilgan va 1342 y.gacha Sh. 
tariqatiga shayxning muridi, Xuroson shaharlari aholisini Sh.ga da’vat qilgan Hasan Juriy 
bosh bo‘lgan. U muridlarni yashirin ish ko‘rishga, qurolli chiqishga tayyorgarlik ko‘rishga 
chaqirgan. Uning muridlari orasidan keyinchalik mo‘g‘ullar zulmiga qarshi ko‘tarilgan 
harakat a’zolari - sarbadorlar ham yetishib chiqqan. Tarixchi Xondamirning fikriga ko‘ra, 
shayx Hasan Juriy sarbadorlar amiri Mas’ud buyrug‘iga ko‘ra qatl etilgan (1342), uning 
vorisi Darvish Aziz ham 30 yildan so‘ng o‘ldirilgan. Sh. tariqati 14-a. 80-y.larigacha 
mavjud bo‘lib, so‘ngga sarbadorlar amiri Sh.ni taqikdab qo‘ygan. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
344
2. Eronda 19-a.da tarqalgan shialikdagi ilohiyot maktabi. Asoschisi - shayx Ahmad ibn 
Zayniddin al-Ahsoiy (1753-1826). Sh. mafkurasi shialikdagi axboriylardan farq qilgan: 
Sh. rivoyatlar sonining ko‘payib ketganligi va ular tanqid qilinmasligiga qarshi 
chiqqanlar. Sh.ga ko‘ra, 12 imom ilohiy irodaning namoyon bo‘lishi, Allohning 
xohishlarini sharhlovchilardir va shu jihatdan ular - yaralishning oxirgi sababidirlar. Ular 
Alloh yaratgan barcha narsalarni aks ettiradilar, lekin o‘zlari quvvatga ega emas. Sh. 
ta’limoti Erondagi bobiylar harakatiga g‘oyaviy asos yaratib bergan, biroq, Sh.ning unda 
ishtirok etganlari noma’lum. Lekin 19-a. o‘rtasida bobiylarga nisbatan qilingan 
qatag‘onlik, quvg‘in Sh.ga ham taallukli bo‘lgan, ularni ta’qib etish keyinchalik ham 
davom etgan.  
 
 
SHAYXULISLOM - muayyan mamlakatda islom tashkilotlari boshlig‘i - oliy diniy unvon. 
Faxriy unvon sifatida 10-a.dan u yoki bu faqih yoxud so’fiyga nisbatan ishlatilgan. 13-
a.dan keyin muntazam suratda qo‘llanilgan. Buxoro xonligi, Turkiya (16-a.dan 1924 
y.gacha) va b. davlatlarda Sh. - eng oliy diniy lavozim. Bunday lavozim va unvon 
musulmon mamlakatlarining ba’zilarida uchraydi. Shialikka mansub diniy boshqarma 
rahbari ham Sh. unvoni bilan yuritiladi. Sunniylikka mansub boshqarmalarning rahbarlari 
muftiy unvoniga ega. 
 
 
SHARIAT (arab. - ostona va suv ichish joyi; yo‘l; musulmonchilikda Sh. qonunchilik 
ma’nosida ishlatiladi) - Alloh joriy qilgan amaliy hukmlar majmuasi, shu ma’noda Sh. 
fiqh ma’nosida ham tushuniladi. Samoviy dinlarning barchasidaga amaliy qism Sh. deb 
ataladi. Islom Sh.i hukmlari Qur’on, sunnat, ijmo’ va qiyosdan olinadi. Sh.ning 
maqsadlari uchga; zaruriy, hojatlik va yaxshilash qismlariga bo‘linadi. Din va dunyo 
uchun zarur bo‘lgan maqsadlar zaruriy maqsadlar, deyiladi. Ular yo‘q bo‘lsa, dunyoning 
ishlari buziladi va oxiratda azobga qolinadi. Islom Sh.ining maqsadlari dinni, jonni, aqlni, 
naslni va molni asrashdan iborat. Sh.da ushbu narsalarni muhofaza qilish uchun zarur 
bo‘lgan barcha choralar ko‘rilgan. Sh.ning hojatlik maqsadlari esa, kishilarga osonlik 
tug‘dirish va ulardan qiyinchilik va mashaqqatni aritishga qaratilgan. Bunga musofir va 
bemor kishilarga namozni qasr qilib o‘qish va ro‘zani ochib yuborishga berilgan ruhsatlar 
va shunga o‘xshash ko‘plab shar’iy hukmlar kiradi. 
Sh.ning yaxshilash maqsadi jamiyatda bir biriga muruvvat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Agar 
u narsalar yo‘q bo‘lsa, hayot nizomi buzilib ketmaydi. Shuningdek, odamlarga 
mashaqqat ham tug‘ilmaydi. Ammo, insoniylik muruvvatiga putur yetadi. Bu maqsadda, 
asosan, yaxshi odatlar va husni xulq ko‘zda tutiladi. Pokizalikka boshlovchi, kiyim bosh, 
turar joy, jism va b.ni pok tutish haqidagi shar’iy ko‘rsatmalar, yeb ichish odoblari, 
oilaviy aloqalarni yaxshilash kabi ko‘plab ishlar haqidaga shar’iy xukmlar shu jumlaga 
kiradi. Payg‘ambar Muhammad (sav) rahbarligida birinchi Islom davlati tashkil topganda 
Sh. normalari o‘sha davlatning asosiy qonunlari bo‘lgan va jamiyat hayotining barcha 
jabhalarini qamrab olgan. Keyinchalik 4 roshid xalifa, umaviylar, abbosiylar va 
usmoniylar davlatlari vaqtida ham Sh. davlatning qonuni bo‘lib kelgan. Ammo, vaqt 
o‘tishi bilan turli omillarga ko‘ra, musulmonlar Sh. hukmlaridan uzoklashib borganlar. 
Asta sekin Sh. hukmlariga amal qilish ham susayib va ba’zida noto‘g‘ri yo‘llarga kirib 
borgan. 20-a.ning boshiga kelib, Sh.ga amal qilish ba’zi davlatlarda rasman bekor 
qilingan. O’zi shundoq ham sustlashib qolgan Sh.ga amal qilish ishi parokanda bo‘lgan. 
Musulmonlar yashaydigan davlatlar g‘arb davlatlari qonunlaridan ko‘chirma olishga 
o‘tdilar. Hozirga kelib faqatgana Saudiya Arabistoni davlati o‘zining Sh.ga amal 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
345
qilayotganini aytadi. Boshqa islom davlatlarida faqat oilaviy - nikoh, taloq, nafaqa kabi 
masalalarda va merosda Sh.ga to‘liq yoki qisman amal qilinadi. Boshqa qonunlar g‘arb 
davlatlari qonunlaridan o‘zgartishlar bilan olingan ko‘chirmadan iborat. 20-a.ning 
o‘rtalaridan turli shaxs va jamoalar tomonidan Sh.ga amal qilishni qayta tiklash 
chaqiriklari olib borilmoqda. Bunga qisman amal qilgan yerlar ham bor. Ammo, ko‘pchilik 
davlatlarda bu chaqiriklar gap bo‘yicha qolib kelmoqda. 
O’zbekiston hududida qadimda barcha musulmon o‘lkalari bilan bir qatorda Sh. tatbiq 
qilingan. Movarounnahrlik faqihlar chuqur bilimlari, mashhur asarlari bilan Sh.ning 
rivojiga muayyan hissa qo‘shgan. Movarounnahr hanafiylik mazhabining markazlaridan 
bo‘lib, shu yerlik xalqlarning huquqiy tizimi Sh. tamoyillari va qoidalari asosida 
yaratilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning "Hidoya", farg‘onalik Faxriddin Hasanning 
"Fatovo", buxorolik Ubaydulloh ibn Mas’udning "Muxtasar" singari kitoblari musulmon 
davlatlarida mashhur bo‘lgan. Ular o‘z asarlarida ayrim huquqiy me’yorlarni mahalliy 
sharoitga moslashtirishga intilganlar. Islom mamlakatlarida hoz. kunda Sh. jamiyatning 
ijtimoiy-ruhiy hayotini qamrab oluvchi tartib-qoida sifatida muayyan mavqega ega. 
Boshqa Islom yurtlari qatori bu hududda ham asta-sekin Sh. qonunlari o‘rni susayib 
borgan. Bolsheviklarning oktyabr to‘ntarishidan so‘ng Sh. umuman man qilingan. 2-
jahon urushi davrida Sh.ning ba’zi shaxsiy ibodatga oid ta’limotlariga amal qilishga 
chegaralangan shaxslarga ruhsat berilgan. Mustaqillik davrida namoz, ro‘za, haj kabi 
shar’iy amallarni fuqarolar bemalol qilish imkoniga ega bo‘ldilar. 
 
 
SHAMSIDDIN KULOL MAQBARASI -Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (14-15-a.lar). 
Amir Temurning piri shayx Shamsiddin Kulol dafn etilgan (1370). Maqbara to‘g‘ri 
to‘rtburchak tarhda (12,1x10,6 m) qurilgan bo‘lib, gumbazi saqlanmagan, keyinchalik 
yassi tom bilan yopilgan. Bino pishiq g‘ishtdan qurilgan, devorlari bir necha marta 
suvalib, dastlabki bezaklarini ham, qiyofasini ham qisman yo‘qotgan. 
 
 
SHARIF (arab. - "olijanob", "aslzoda") -Muhammad (sav) avlodlarining nomiga 
qo‘shiladigan hurmat so‘zi. Sh. yana bir necha mo’tabar atamalarga sifat tarzida 
qo‘shiladi. Mas., hadisi Sh., Buxoroyi Sh., Kalomi Sh., Kuddusi Sh., Mushafi Sh. va sh.k.  
 
 
SHATH (ko‘pliga shatahot yoki shathiyot; shataha fe’lidan - "harakatda bo‘lmoq", 
"qirg‘oqlar tomonidan qisib qo‘yilishi natijasida jo‘sh urmoq" - daryodaga suv haqida) - 
so’fiyning ekstaz holatida (vajd) o‘zini nazorat qila olmay qolgan so’fiy aytadigan ibora. 
Sh. istilohi ekstaz holatining o‘zini ham anglatadi. Fe’lning ma’nosidan kelib chiqib, 
tasavvuf nazariyotchilari Sh.ga so’fiyni zikr paytida Allohni mushohada qilishi 
(mushohadat al-haqq), undagi "men"ni "yo‘q bo‘lishi" (fano an nafsihi), U bilan o‘zining 
birligani his etishi (ittihod) natijasida uni chulg‘ab olgan hissiyotlarining "otilib chiqishi" 
deb ta’rif berganlar. 
Bu holatdagi so’fiylar og‘zidan chiqqan eng mashhur iboralardan Mansur al-Hallojning 
"Men-Xudo!" (ana-l-Haqq), Bistomiyning "Men sharafliman! O men qanchalar 
buyukman!" (subhani, subhani ma a’zama sha’ni), ash-Shibliyning "Sizning davringiz 
tugayapti, faqat mening vaqtimning na oxiri na boshi bor!", Ibn Sab’inning "Xutsodan 
o‘zga hech narsa yo‘q" va b.ni ko‘rsatish mumkin. 
Umuman olganda Sh.ni so’fiyda sodir bo‘ladigan shaxsiy ichki kechinmalar, uni so‘z bilan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
346
ta’riflash mushkul bo‘lgan hissiyotlarini izhor etishga bo‘lgan intilishi deb izoxdash 
mumkin. 
 
 
SHAFOAT (arab.) - boshqa birovga qo‘shilib, unga yordam berish va yonini olib, biror 
narsani uning uchun so‘rash. Ko‘pincha, Sh. martabasi va hurmati yuqori shaxsning 
o‘zidan past odamning tarafini olishi tushuniladi. Qiyomatdagi Sh. ham shundandir ("al-
Mufradot fi Rariybil Qur’on" 263 s.) Sh.chi o‘zini, Sh. qilinadigan shaxsga unga yordam 
berish va uning uchun bir narsani tilash uchun, qo‘shadi. Shuningdek, Allohning 
huzurida Sh. beruvchilar ham, gunohkorlarga ko‘mak beradilar. 
Sh. bir necha turlarga bo‘linadi. 1-ulug‘ Sh. bo‘lib, barcha payg‘ambar (as)lar ichidan 
Payg‘ambar Muhammad (sav)ning o‘zlariga xos qilingandir. Buning dalili, Buxoriy, 
Muslim va b. rivoyat qilgan "ulkan shafoat" hadisidir. 
2-Payg‘ambar (sav)ning, yaxshiliklari va yomonliklari barobar bo‘lib qolgan odamlar 
jannatga kirishlari uchun Sh. qilishlari. 3-Payg‘ambar (sav)ning, boshqa bir, do‘zaxga 
amr qilingan odamlarni unga kirmasliklari uchun Sh. qilishlari. 4-Payg‘ambar (sav)ning 
jannatga kirgan odamlarning amallari savobi taqozo qilgan darajadan yuqori darajaga 
ko‘tarish uchun Sh. qilishlari. 
5-Ba’zi qavmlarni jannatga hisobsiz kirishlari haqidagi Sh. Bu qismga dalil Ukosha ibn 
Musoning hadisidir. 
Rasululloh (sav) unga duo qilib, Alloh uni jannatga hisobsiz kiradigan yetmish ming 
kishilardan qilishini so‘raganlar (Buxoriy, 
Muslim). 
6-Azobga sazovor odamlardan azobni engillatish uchun Sh. Payg‘ambar (sav) amakilari 
Abu Tolibning azobini yengillatish haqidagi Sh.lariga o‘xshash (Muslim, Abu Sa’vd al-
Xudriy rivoyat kilgan). 
7-Payg‘ambar (sav)ning barcha mo‘minlarga jannatga kirish izni berilishini so‘rab 
qiladigan Sh.lari. 
8-Payg‘ambar (sav)ning o‘z ummatlaridan gunohi kabira qilganlariga Sh. qilishlari. 
Ushbu 8 tur Payg‘ambar (sav)ga va Sh. qilinuvchiga nisbatandir.  
Sh. shafoatchiga qarab ham 8 turli bo‘ladi: 
1-Anbiyo (as)larning ummatlariga Sh.i. 
2-Farishtalarning gunohkorlarga Sh.i. 
3-Kichik bolalarning ota-onasiga Sh.i. 
4-Allohning yo‘lida shahid bo‘lganning o‘z axlidan 70 kishiga Sh.i. 
5-Qur’onni yod olgan kishining axli baytiga Sh.i. 
6-Mo‘minlarning bir-birlariga Sh.i. 
7-Qur’oni karimning o‘z qorisiga Sh.i. 
8-Ro‘zaning ro‘zadorga Sh.i. 
Qur’oni karimning 2-sura, 255-oyatida Sh. to‘g‘risida jumladan shunday deyilgan: 
"Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruhsatisiz shafoat qilmas". 
 
SHAXSEY-VAXSEY - shialikdagi motam marosimi. Muhammad (sav) nabiralari (Alining 
o‘g‘li) imom Husaynning halok bo‘lgani munosabati bilan har yili muharram oyining 
boshida o‘tkaziladi. Sh.-v. Shialarning motam yurishlari vaqtida odat bo‘lgan "Shoh 
Husayn, voh Husayn" degan qichqiriqlarining qisqargan shakli (yana q. Ashuro). 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
347
SHA’BON (Hindiston va Pokistonda - shabi barot) - musulmon qamariy taqvimidagi 8-
oy. Islomga qadar Sh. - 4 muqaddas oydan biri (q. Qur’on, 9:36), chunki qad. arab 
taqvimiga ko‘ra, yozgi tengkunlik Sh.ga to‘g‘ri kelgan. Sh.da qo‘shimcha ro‘za tutish (va 
b. solih a’mollar qilish) keng tarqalgan, Sh.ning 15-kuni esa (u johiliyat davrida ham 
e’zozlangan), islomda eng ommaviy xalq bayrami - laylat al-baro’a ("yaratish kechasi", 
odatda "xalos bo‘lish kechasi" deb tushuntiradilar, ya’ni gunoxdarni kechirish) xuddi 
laylat al-qadr kabi qad. yanga yil bayrami belgilarini saqpab qolgan. Shu kechada Alloh 
"eng pastki osmon"ga tushib, gunohlarini afv etishni so‘raganlarning iltijosini ijobatga 
olar ekan. Laylat al-baro’ada Yosin surasi o‘qiladi, o‘lganlar yodga olinib, ular ruhiga 
duolar qilinadi. Hindiston va Pokistonda qashshoqlarga taom tarqatiladi, shirinliklar 
tanovul qilinadi, bayram charog‘bonligi o‘tkaziladi. 
Sh.ning 13-15-kunlari "Oq tunlar" (kunlar) deb atalib, bir qator mamlakatlarda bu 
kunlarda ro‘za tutiladi. Sh. oyining 3-kunida Rasululloh (sav)ning nabiralari Husayn 
tug‘ilgan, 5-kuni - boshqa nabiralari Hasan tug‘ilgan bo‘lishi mumkin deb hisoblangan 
sanalardan biri deb aytiladi. Sh.ning 15-kuni - qibla Quddusdan Makkaga o‘zgartirilgan 
kun deb hisoblanadi. Oy nomiga al-mu’azzam - "izzatli" sifatini qo‘shish bilan islomda 
Sh.ning ahamiyati uqtirib ko‘rsatiladi 
 
 
SHA’RONIY (yoki ash-Sha’roviy), Abdulvahhob ibn Axmad (1493-1565) - misrlik 
mashhur so’fiy va ilohiyotchi. Saqiyat - Abu Sha’ra qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘z shajarasini 
(asossiz ravishda) Ziyoniylar sulolasidan chiqqan Tlemsen hukmdorlariga, ular orqali 
alaviy Muhammad ibn al-Hanafiyaga bog‘lagan. Qohirada yashab, ijod etgan. Shofi’iylik 
fiqhini u Misrning atoqli faqihi Zakariyo al-Ansoriydan o‘rgangan. Ibn Arabiy qarashlari 
unga katta ta’sir ko‘rsatgan. Qohirada Sh. so’fiy va’zxon sifatida tezda shuhrat 
qozongan, tarafdorlari ko‘paygan. Badavlat qozi Abdulqodir al-Mag‘oziliy unga atab 
madrasa kurdirgan va vaqf sifatida bir qancha yer mulklari ajratib bergan. Sh. va uning 
avlodlari undan merosiy foydalanish huquqini olganlar. Shu tufayli Sh. ko‘p xayr-
sadaqalar qilgan, kambag‘allar, mayib-majruhlar, shuningdek, ko‘p sonli muridlarini 
boqqan, bular uning shuhrati yanada ortishiga sabab bo‘lgan. 1774 y. uning sag‘anasi 
ustiga uning nomi bilan ataladigan masjid bunyod etilgan, u hozir ham saqlangan. 
Masjid joylashgan ko‘cha va yaqin atrofdagi mavze ham uning nomi bilan ataladi. Sh. 
hadis, fiqh, so’fiylik va b.ga oid 60 dan ziyod asar yozgan. Ibn Arabiyning kuchli ta’siriga 
qaramay, Sh. uning vahdat al-vujud ta’limotini qabul qilmagan. U "ma’rifatli" so’fiylik 
tarafdori bo‘lib, fiqh va islom aqidalarini chuqur bilish har bir so’fiy uchun shart deb 
hisoblagan. U tavakkulni bir taraflama -har bir ishni Allohning irodasiga tashlab 
qo‘yishni, bu bilan "qashshoqlikda kun kechiruvchi bekorchilar va tekinxo‘rlarni" 
so’fiylikda ortib borishiga qarshi chiqqan. Fiqh sohasida Sh. mezon nazariyasini ishlab 
chiqqan, unga ko‘ra, islomdagi 4 asosiy mazhab o‘rtasidagi ixtiloflar asosan shariat 
qoidalariga amal qilishga oid. Sh.ga ko‘ra, barcha mazhab asoschilari haq bo‘lib, diniy 
qonun negazida sobitqadam bo‘lganlar. Ular o‘rtasidagi farq faqatgana shariatning u yoki 
bu qoidasini "murakkablashtirish" (tashdid) yoki "engillashtirish" (taxfif)dan iborat 
bo‘lgan.  
 
 
SHAHID (arab. guvoh) - islomda din yo‘lida halok bo‘lgan shaxs. Hadislarga ko‘ra, Sh. 
o‘z imonini kofirlarga qarshi urushda xalok bo‘lishi bilan tasdiqlaydi. Unga qabr azobidan 
xoli bo‘lib jannatga tushish kafolatlangan, shuning uchun u dafn etilishidan oldin 
yuvilmaydi. Sh.ning hayotidaga qilgan barcha gunoxlari kechiriladi, jannatda u Alloh 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
348
huzurida baland martabaga erishadi. Vaqt o‘tishi bilan g‘ayritabiiy o‘lim topgan (inson, 
hayvon tomonidan o‘ldirilgan, tabiiy ofat, og‘ir yuqumli kasalliklar, zaharlanishdan 
o‘lganlar, haj paytida vafot etganlar va b.) barcha kishilar Sh.lar deb hisoblangan. 
Hadislarda aytilishicha, o‘z obro‘si yo mol-mulki yoki joni yoxud dini, shuningdek, ahdu 
oilasining himoyasi yo‘lvda qurbon bo‘lganlar ham Sh.dir. Vabodan o‘lgan, ichki xastalik 
ila o‘lgan, g‘arq bo‘lib o‘lgan, tom bosib o‘lganlarni Sh. hukmida o‘lganlar deyiladi. 
Boshqa bandalardan farkli o‘laroq shahidlar uchun xos qilingan xislatlar ham bor ekan. 6 
xislat Alloh taoloning yo‘lida jihod qilib shahid bo‘lganlargagana nasib bo‘lar ekan. 1-Sh. 
1-daf’ada mag‘firat qilinadi; 2-Sh. o‘zining jannatdagi o‘rnini ko‘radi; 3-Sh. qabr 
azobidan saqlanadi; 4-Sh. katta qo‘rqinchdan omonda bo‘ladi; 5-Sh.ning boshiga bitta 
yoquti dunyo va undagi narsalardan yaxshi bo‘lgan viqor toji qo‘yiladi; 6-Sh.ni hurlardan 
72 jufti halolga uylantiriladi 7- Sh.ni yaqinlaridan 70 tasiga shafoat qildiriladi. 
 
 
SHAHODAT ("guvohlik") - 1) Kalimsi shahodat. 2) U yoki bu fakt yuzasidan beriladigan 
guvoxlik ko‘rsatmasi.Sh . haqiqiy bo‘lishi uchun u to‘g‘ridan to‘g‘ri, ya’ni boshqalarning 
so‘ziga asoslanmasdan (agarda u topshiriq va vasiyat bo‘lmasa) va 2 erkak yoki 4 ayol 
tomonidan berilmog‘i lozim. Qulning SH.I ayolning Sh.iga tenglashtirilgan 
G’ayridinlarning Sh.i ba’zi mazhablarga ko‘ra dinga taalluqli bo‘lmagan masalaga oid 
bo‘lsa musulmonlar Sh.iga teng deb hisoblangan lekin ular o‘z dinlari nomidan qasam 
ichishlari kerak bo‘ladi, boshqa bir mazhabp ko‘ra - umuman inobatga olinmaydi. Agarda 
kelishuv asosida soxta Sh. berilgan bo‘lsa ba’zi mazhablarga ko‘ra, u qasamxo‘r sifatida 
jazolanadi, boshqasiga ko‘ra esa - soxta guvoh sifatida jazoga tortiladi. Sh. tartibi Abu 
Yusuf (8-a.) tomonidan batafsil bayon qilingan. Sh. haqiqatni aniqlashda eng muhim 
usullardan biri sifatida shariat sudiga rioya qilinadigan barcha mamlakatlarda saqlanib 
qolgan. 
 
 
SHAHRISTONIY, Muhammad ibn Abd al-Karim ash-Shahristoniy (1075 -1153) -
shofi’iylik mazhabi faqihi, ash’ariylar, oqimiga mansub ilohiyotchi, din va diniy-falsafiy 
ta’limotlar tarixchisi, faylasuf U Eronning Xuroson viloyatidaga Shahriston sh.da 
tug‘ilgan. Sh. 10 dan ortiq asar yozgan ulardan ash’ariylar ilohiyot tizimining bayoni, 
Qur’onga sharhlar (ismoiliylar ruhidagi sharhlar)dan parchalar saqlanib qolgan. Uning 
Ibn Sino bilan bahs, shuningdek "Dinlar va mazhablar haqida kitob" ("Kitob al-milal va-
n-nihal") asari (1127) din tarixiga oid eng mashhur va e’tiborli kitoblardan biridir. Muallif 
o‘z asarining 1-qismida islom tarixini, 2-qismida esa, O’rta yer dengizi atrofi va Sharq 
xalqlari e’tiqodlari va diniy-falsafiy ta’limotlarini bayon etgan.  
 
 
SHIALIK (arab. - guruh, tarafdorlar) -islomdagi asosiy yo‘nalishlardan biri, O’zining 
tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati jihatidan sunniylikdan keyin 2-o‘rinda turadi. Hozir 
jahondagi musulmonlarning qariyb 8%i Sh.ka mansub hisoblanadi. Sh. 7-a. o‘rtalarida 
xalifa Ali(kv) hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. 7-
a. oxirlariga kelib, Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy 
yo‘nalishga aylangan. Sh. boshda har qanday ixtilof va aqidaviy farkdardan xoli holda, 
faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farkdar 
vujudga kelgan. Sh. diniy-aqidaviy ta’limotda, marosim va urf-odatlarda sunniylikdan 
ma’lum darajada farq qiladi. Diniy-siyosiy harakat sifatida xalifalar hokimiyatiga qarshi 
kurash olib borgan zamindor guruhlarning, hatto xalq qo‘zg‘olonlarining mafkurasi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling