Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 349 sifatida ham maydonga chiqqan. Sh. aslida zamindor guruhlar o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bo‘lsa-da, bu ixtiloflar ko‘pincha diniy ta’limotdaga tafovut shaklida namoyon bo‘lgan. Sh. tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi Qur’onni ilohiy deb e’tirof etadi, lekin ayrim o‘ta reaktsion ruhdagi oqimlari xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi. Sh. ilohiyotchilari Qur’onning mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z ta’limotlarini asoslaydi. Sunnada hadislar masalasida esa, ular faqat Ali(kv) va uning tarafdorlari nomi bilan bog‘liq bo‘lgan hadislarni tan olgan va shunday hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar tuzgan. Bu to‘plamlar Axbor deb atalgan. Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib, Sh.da tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan 4 aqida - tavhid (Allohning yagonaligani e’tirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, ya’ni takdir aqidasi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat yoki ma’od (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), asosan, sunniylik ta’limoti bilan mos tushadi. 5-aqida imomat (imomlar hokimiyatini e’tirof etish) esa, sunniylikka va sunniy xalifapar hokimiyatiga zidliga bilan farq qiladi. Sh. Ali(kv) va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan barcha xalifalarni, xususan dastlabki xalifalardan Abu Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874-878 y.lar orasida 7-9 yoshida bedarak yo‘qolgan 12-imom Muhammad al-Mahdiyni ular "yashiringan" hisoblaydi, zamona oxir bo‘lganda uning qaytib kelishini va adolat o‘rnatishini kutadi (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon). Bu tasavvur malum darajada sunniylikda ham tarqalgan. Ba’zi urf-odat va marosimlarda, shariat normalarida ham Sh. bilan sunniylik o‘rtasida ma’lum tafovutlar bor. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga, Karbalo, Najaf sh.larida joylashgan TTT. imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladi. Sh. shariatida ja’fariylik mazhabi hukmron bo‘lib, shialar imom Husaynga motam tutadi, shaxsey- vaxsey deb nom olgan motam yurishlari o‘tkazadi va h.k. O’rta asrlarda Sh. ichida ixtiloflar yuz bergan, natijada ko‘p firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va b. hozir ham mavjud. Sh. hoz. vaqtda Eronda hukmron e’tiqod hisoblanadi. Iroq, Afgoniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Ozarbayjon va Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) aholining muayyan qismi Sh.ka e’tiqod qiladi. SHIBLIY, Abu Bakr Dulaf ibn Jahdar (ibn Ja’far) (861-946) - bag‘dodlik so’fiy, al-Junayd va al-Hallojning eng yaqin shogirdi va safdoshi. Samarrada tug‘ilgan, otasi xalifaning bosh hojibi, amakisi -Iskandariyada amir ul-umaro bo‘lgan. Sh.ning o‘zi xalifa al- Muvaffaqning hojibi vazifasida ishlagan. 40 yoshida Shim. Erondagi Damovand viloyati voliysi etib tayinlangan, biroq to‘satdan bundan voz kechib, Bag‘dodning mashhur so’fiylaridan Xayr an-Nassoj huzurida (majlis) "tavba" qilib so’fiylikni ixtiyor etgan. Dastlabiga hissiyotga o‘ta beriluvchan xarakterli Sh. al-Halloj targ‘ib etgan "o‘ta" so’fiylikka moyillik bildirgan. Biroq, ta’qib etishlar, so‘ngra al-Hallojning qatl etilishi uni o‘z qarashlarini o‘zgartirishga majbur etib, al-Junayd va tarafdorlari kabi ehtiyotkorona mavqeni tutishiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Sh. al-Hallojdan yuz o‘girib, uni mumtoz shaxslar mulki bo‘lgan "sirlar"ni ochganlikda qoralaganligi haqida ma’lumotlar bor. Al-Halloj qatlidan so‘ng Sh.ning hulqi juda g‘alati bo‘lib qolgan. Uning g‘alati qiliqlari (qimmatbaho kiyimlari va mushk anbarlarini yoqib yuborishi, o‘zini o‘zi qiynoqqa solishi va b.) hissiyotga o‘ta beriluvchanligi uni telba deb hisoblashlariga olib keldi, shuning uchun bu davrda g‘ayrifikrlovchilar va bid’atga qarshi kurash olib borayotgan Bag‘dod hukmron doiralari unga e’tibor bermaganlar. Sh.ni shuningdek, badavlat xonadonda tug‘ilganligi va o‘sha paytda shu kurash tashabbuskorlaridan bo‘lgan molikiylar Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 350 mazhabiga mansubligi ham kutqarib qolgan bo‘lsa kerak. Huquqiy va Qur’on ilmlarida Sh., olimlarning fikricha, bu sohadagi eng kuchli allomalardan qolishmagan va hatto ulardan ustun turgan. Sh.ga nisbat beriladigan so’fiyona she’rlar badiiy qimmatga ega. Uning tarjimai holiga oid parchalar, aytgan so‘zlari va she’rlarini barcha mo’tabar so’fiylik risolalaridan topish mumkin. Uning Bag‘doddagi qabri saqlangan va bugungi kunda ham ziyoratgoh sanaladi. SHIRK - sherik keltirish. Allohning sherigi bor deb e’tiqod qilish. Sh. - Alloh taologa xos bo‘lgan sifatlarni Undan o‘zgaga sobit qilishdir. Sh.ning shar’iy tushunchasi - Maxluqni Robbil olamiynga 5 ishdan birida tenglashtirishdir. Ya’ni, Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va hukmlarida sherigi bor, deb e’tiqod qilishdir. Sh.ning turlari: 1) ibodatda Sh. keltirish. 2) duoda Sh. keltirish. Bandalarning toqatidan tashqari narsalarda, oddiy sabablardan ustun narsalarda Allohdan boshqadan nusrat va yordam so‘rab duo qilishi - Sh. bo‘lib, bu ish insonni tavhid sohasidan chiqarib, kufr doirasiga kiritadi. 3) robbilikda Sh. keltirish. 4) hukmda Sh. keltirish. 5) mulk va sultondagi Sh. keltirish. 6) xalq-yaratishdagi Sh. keltirish. 7) itoatda Sh. keltirish. 8) tashri’dagi Sh. keltirish. Bundan tashqari, imom Dehlaviy fikricha, Sh.ning quyidagicha 8 xil turi mavjud: 1-Sajdada Sh. keltirish. Islomdan avval sanamlarga va yulduzlarga sajda qilar edilar. Allohdan o‘zgaga sajda qilish man qilindi. Alloh taolo: "Kuyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar, ularni yaratgan Allohga sajda qilinglar" (Fussilat surasi, 37), dedi. 2- Yordam so‘rashdagi Sh. keltirish. Islomdan avvallari bemorga shifo berish, kambag‘alga boylik kabi hojat talab ishlarda Allohtsan o‘zgadan yordam so‘rar edilar. Nazr qilishdagi Sh. keltirish ham shu jumlaga kiradi. Chunki, Allohdan o‘zgaga nazr qiluvchi, o‘ziga kelgan yordamga shukr qilish maqsadida yoki bo‘lajak yordamdan umid qilib nazr ataydi. Mushriklar sanamlariga nazr atar va o‘sha nazr tufayli ulardan maqsadlariga erishtirishlarini kutar edilar. Barakot umidida ularning ismlarini tilovat qilar edilar. Alloh taolo ularga namozda, "Iyyaka na’budu va iyyaka nastaiyn" (Fotiha surasi, 4), deb aytishni vojib qildi. Bu sajda va ibodatda Sh. keltirishdan, shuningdek, yordam so‘rashda Sh. keltirishdan qaytarish edi. Alloh taolo: "Alloh bilan birga birovga duo qilmang!" (Jin surasi, 18), degan. Chunki, duo yordam so‘rash uchun bo‘ladi. Shuning uchun ham, hojatlarda, musibat va alamlarda Allohdan boshqaga duo qilish man qilingan. 3-Uluhiyat (ibodatga sazovor)likdagi Sh. keltirish. Ular o‘zlarining ba’zi sherik xudolarini Allohning qizlari, o‘g‘illari, deb atashar va buni ularning ilohning juz’i bo‘lganlari uchun uluhiyat haqqini berish uchun qilar edilar. Batahqiq bu ishdan juda ham qat’iy ravishda qaytarildilar. 4-Tashri’dagi Sh. keltirish. Yahudiylar o‘z axbor (diniy olim)lari va rohiblarini Allohdan o‘zga Robbilar qilib olar edilar. O’shalar halol degan narsani, qilsa bo‘laveradigan halol narsa, ular harom qilgan narsani esa, gunoh bo‘ladigan harom narsa, deb e’tiqod qilar edilar. Harom qilishning ma’nosi falon narsa uchun jazo chorasi ko‘riladi, deyishdir. Halol qilishi esa, falon narsa uchun jazo chorasi ko‘rilmaydi, deyishdir. Bas, jazo chorasini ko‘rish va ko‘rmaslik Allohning sifatlaridandir. 5-Allohdan o‘zgaga atab so‘yishlik ila Sh. keltirish. Mushriklar sanamlarga va yulduzlarga qurbat hosil qilish maqsadida ularga atab jonlik so‘yar edilar. Bunda ular yoki o‘sha narsalarning nomini aytib so‘yishar, yoki maxsus butlariga olib borib so‘yar edilar. Bas, bundan Allohning quyidagi so‘zlari ila qaytarildilar: "Allohdan boshqaning nomi aytib so‘yilgan narsa" (Moida surasi, 173) va "Allohning ismi zikr qilinmagan narsadan yemanglar' Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 351 (An’om surasi, 119). 6-Allohdan o‘zganing nomi ila qasam ichish bilan Sh. keltirish. Ular ba’zi kishilarning ismlarini muborak ulug‘, deb e’tiqod qilishar, ularning ismi bilan yolg‘ondan qasam ichganning molu dunyoga va axliga nuqson yetadi, deb o‘ylar edilar. Shuning uchun, bu ishni qilishmas va talashib qolgan odamlardan o‘shalarning ismlari ila qasam ichishni talab qilar edilar. Bas, bu ishdan man qilindilar. 7-Allohdan o‘zgaga haj yoki ziyorat qilish ila Sh. keltirish. Ya’ni, o‘sha Allohga Sh., deb e’tiqod qilinayotganlarga xos tabarruk joylarga borib, ularga kurbat hosil qilishga urinish Shariatda bu ishdan ham man qilingan Payg‘ambar (as): "Faqat uchta masjidgagina ko‘ch bog‘lab (ziyoratga) boriladi", dedilar. 8-Nom qo‘yishdagi Sh. keltirish. Mushriklar o‘z bolalariga Abdul Uzzo, Abdush Shams kabi nomlarni qo‘yar edilar. Payg‘ambar (as) Sh.ka ishora qiluvchi ko‘plab ismlarsh o‘zgartirdilar. "Ismlarning eng afzali Abdulloh va Abdurahmon", dedilar. Islomda Sh. hech kimdan kechirilmas gunoh hisoblanadi SHIRKAT, shirka ("sheriklik" "kooperatsiya") - bitim (akd)ning maxsus turi Unga ko‘ra, ikki va undan ortiq kishi umumiy ish olib borish uchun (savdo, hunarmandchili* yoki boshqa sohada) birlashadilar. Buning uchun ular o‘z mablag‘larini o‘rtaga qo‘yib, birgalikda harakat qilishadi. Bunda har bir sherik umumiy mulkdan foydalanish huquqiga ega va umumiy ishda qatnashishga majburdir. Daromad: va zarar har bir Sh. qatnashchisining qo‘shgan ulushiga qarab, yoki kelishuvga asosan taqsimlanadi. Sh.ning 4 turi bor: 1) To‘liq Sh., unda qatnashchilar teng ulush qo‘shib o‘z imkoniyatlariga ko‘ra teng bo‘ladilar, ya’ni ular bir kasb-hunar bilan shug‘ullanadilar yoki bir savdoda mashg‘ul bo‘lib erkin musulmon hisoblanadilar; 2) To‘liq bo‘lmagan Sh., unda faqat o‘zaro bitim talab etilib, ulushlarning tengligi talab etilmagan; 3) Maqsadli Sh.. unga ko‘ra, umumiy mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. lekin kreditga qilish mumkin bo‘lgan umumiy ish bor; 4) Sh. - kooperatsiya, unda turli kasb-hunar kishilari umumiy ish yuritish uchun birlashadilar (ko‘nchilar, egarchilar, etikdo‘zlar, quyuvchilar, temirchilar va b.). Ayrim mazhablarga ko‘ra, Sh.ning so‘nggi 2 turini ularda umumiy mablag‘ bo‘lmagani tufayli e’tirof etish mumkin emas. Sh. tartibi hozirda islom mamlakatlari iqtisodiy hayotining barcha jabhalarvda to‘liq saqlanib qolgan bo‘lib, yangi sharoitlarga moslashib bormoqda. SHIS (as) - payg‘ambar. Odam (as)ning Hobil o‘ldirilganidan keyin tug‘ilgan 3-o‘g‘li. Injilda Sif deb atalgan. Xudojo‘y kishi bo‘lgan, Allohdan unga vahiy kelib turgan. Vahiy 50 sahifani tashkil etgan, deb hisoblanadi. Makkada yashagan, haj marosimini muntazam ravishda ado etgan. Loy va toshdan Ka’ba binosini kurgan. Odamato va Momohavo bilan birga Makka yaqinidaga Abu Qubays tog‘ining g‘orida dafn etilgan. SHOZILIYLAR, ash-Shoziliya - Shim. Afrikadagi eng yirik so’fiylik tariqati. Asoschisi - Abu-l-Hasan ash-Shoziliy (1196/ 97-1258) mag‘riblik bo‘lib, shajarasini shayx Ibn Xorazm (1236 y. v.e.) orqali mashhur Abu Madyonga bog‘lagan. Sh.ga g‘oyaviy asos bo‘lgan Shoziliy ta’limoti o‘zining asosiy qoidalarida mo’tadil so’fiylik g‘oyalariga asoslangan. Ular o‘z davrida al-Junayd va b. "mo’tadil" so’fiylar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Abu Madyon tomonidan Shim. Afrika sharoitiga moslashtirilgan. Shoziliy Tunisdagi o‘z tarafdorlariga yo‘llagan maktubida va og‘zaki va’zlarida itoatda bo‘lishga, Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 352 Allohdan qo‘rqishga, hukumat bilan hamkorlik qilmaslikka, shariat ko‘rsatmalariga qat’iy rioya etishga, Rasululloh (sav) sunnatlariga ergashishga, dunyo lazzatlaridan yuz o‘girishga da’vat etgan. Sh. bir necha asr mobaynida Afrikaning Sudandan to Maligacha bo‘lgan ichki viloyatlarida muvaffaqiyat bilan islomni tarqatgan. Sh. va uning tarmoqlari Marokash, Tunis, Jazoir, Sudan va b. Afrika mamlakatlarida bugungi kunda ham mavjud. ShOM - 5 vaqt o‘qiladigan namozning biri. Sh. namozining o‘qilish vaqti Kuyosh botgandan boshlab, mag‘rib ufqidagi qizil shafaqning ko‘rinmay ketadigan vaqtigacha deb belgilangan. Bu taqriban 60 daqiqaga teng. Sh. namozi 3 rakaat farz, 2 rakaat sunnat o‘qishdan iborat. Sh., xufton va bomdod namozlarining farzi jamoat bilan o‘qilganda imom qiroatni jahriy (ovoz chiqarib) o‘qishi vojib amallardan hisoblanadi. Yakka o‘qigan odam uchun bu ixtiyoriydir. 2) Quyosh botgan payt ham Sh. deb ataladi. SHOFI’IY, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofi’iy (767- 820) - imom, shofi’iylik mazhabining asoschisi, sayyidlardan. 2 yoshida onasi Makkai Mukarramaga olib kelgan va shu yerda Qur’oni karimni yod olgan. 10 yil arab olamida shirin tili va fasohati bilan mashhur bo‘lgan Huzayl qabilasida yashagan, natijada yirik arab tilshunosi, she’riyat bilimdoni bo‘lib yetishgan. Ko‘p yerlarga safar qilgan. Makka muftisi Muslim Xolid az-Zanjiy va Madinai munavvarada Imom Molik huzurlarida ta’lim olgan. Imomi A’zamning shogirdi Muhammad ibn Hasan bilan Bag‘dodda yaqin muloqotda bo‘lib, unga shogird tushgan va shu yerda o‘z mazhabini tuzgan. Imom 111. mazhabi, asosan, Misrda, Hind okeani davlatlarida, ayrim orollarda tarqalgan. Sh. bir qancha muddat goh Iroqda, goh Hijozda istiqomat qilgan. 815 y. Qohirada muqim turib qolib, shu yerdagi "Amr ibn Os" jome’ masjidida fiqhdan dars bergan. Sh.ning "ar-Risola", "al-Umm" asarlari islom olamida mashhurdir va shofi’iy ulamolar uchun eng zarur manba bo‘lib xizmat qiladi. Sh. "Usul al-fiqh" ilmiga asos solgan. Boshqa faqihlar o‘zlariga manba deb hisoblagan "Istihson"ni qabul qilmagan, uni xato deb tushungan. Bu zot haqida Imom Axmad ibn Hanbal shunday degan: "Siyoxdon ko‘targan har bir kishining zimmasida Shofi’iyning haqqi bor". Boshqa olimlar esa: "Muhaddislar g‘aflat uykusida edilar, Imom Shofi’iy ularni uyg‘otdilar", deyishgan. SHOFI’IYLIK - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Imom Shofi’iy asos solgan. Sh. huquq tizimi xanafiylar va molikiylarning diniy-huquqiy ta’limotini o‘ziga singdirgan bo‘lsa-da, ko‘proq molikiylarga yaqin turadi. 111. qiyosni va ra’yni cheklab ko‘llaydi. Sh. Qur’on va sunnaga yagona manba sifatida qaraydi. Sh.ga ko‘ra, sunna Qur’onni to‘ldiradi, xolos, sunnaning o‘zi qiyoslab o‘rtacha hukm chiqarish uchun asos bo‘lolmaydi. Sh. tarafdorlari madinalik rivoyatchilarning hadislarini ustuvor hisoblab, ular aytgan hadis yoki ijmo’ga tayanib ish ko‘rish mumkin, deb biladi. Sh. Suriya va Misrda shakllangan. O’rta asrlarga kelib Yaqin Sharq mamlakatlarida keng garqalgan. Keyinchalik bu mazhabning ta’sir tsoirasi torayib borgan. Hoz. vaqtda Misr, Indoneziya, Shimoliy Kavkaz musulmonlari orasida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba’zilarida, qisman Suriyada va jan. arab sultonliklarida Sh. mazhabi diniy-huquq gizimiga amal qiluvchilar bor. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 353 SHOH VALIULLOH Axmad Abdurahim (1703-62) - islom mafkurasining yirik namoyandasi, 18-a.da Hindiston musulmonlari o‘rtasida boshlangan diniy islohotchilik harakatining asoschisi. Yirik ruhoniyning o‘g‘li. Diniy maktabni tamomlab, otasi asos solgan ;'Madrasai Rahimiya"da falsafa, ilohiyot va mantiqdan dars bergan. Hindistonda boburiylar saltanati inqirozga uchragan davrda uning ta’limoti saltanat shuhratini tiklashga qaratildi. Sh.V. zodagonlar va ulamolar doirasidan tashqari, keng musulmonlar o‘rtasida ham ilm va ma’rifatni, axloqiy garbiyani kuchaytirish, ilmsizlik va jaholatga qarshi kurash tarafdori bo‘lib maydonga chiqqan. Sh.V.ning falsafa va ilohiyotga doir 50 dan ortiq asari bor. SHOHI ZINDA ANSAMBLI Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (11-12-a.) Afrosiyob tepaligi janubidagi maqbaralardan iborat ansambl. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi bo‘lib, xalq orasida Shohi Zinda (Tirik shoh) degan afsona bor. Sh.z.a. bir-biri bilan yo‘lak orqali bog‘langan uch guruh binolar (14-a. o‘rtalari va oxirlari hamda 15-asrda qurilgan)dan iborat. SHOHID - guvoh. Sh.ning sud jarayonida ishtirok etishi an’anaviy sud yuritishning muhim qismidir. Sh. har 2 tarafning biri tomonidan sudga taklif etilishi va b. bir garaf tomonidan izohsiz rad etilmasligi lozim. Sh.dan zo‘rlab ko‘rsatma olish mumkin emas, lekin sababsiz ko‘rsatma berishdan bosh gortish diniy majburiyat(farz)ni jiddiy buzish deb baholanadi. Har qanday huquqiy layoqatli kishi, uning ijtimoiy mavqei va dinidan qat’i nazar Sh. sifatida taklif qilishi mumkin. Biroq g‘ayridin faqat dinga aloqador bo‘lmagan masalalar yuzasidan guvohdik berishi mumkin, qaram kishi esa, o‘z xojasi, homiysi yoki qarindoshi ishi yuzasidan guvoxlik bera olmaydi. Haqiqatni aniqlash uchun 2 ozod kishining Sh.ligi kifoya. Bitta erkakning guvoxdigi 2 ayol yoki 2 cho‘rinish guvohligiga tenglashtiriladi. Faqat go‘dak tug‘ilishini tasdiqpash chog‘ida bir cho‘rining guvoxdigi yetarli hisoblanadi. Soxta guvoxlik bergan Sh. jinoiy javobgarlikka tortilib. uning keyingi guvohliklari qabul qilinmaydi. Ijtimoiy hayotda Sh. - ijtimoiy va xizmat yuzasidan tug‘iladigan turli holatlarni o‘z so‘zi bilan tasdiqlash majburiyatini olgan shaxs. Hoz. paytda notarial idoralar va o‘zaro kafolatlarning turli shakllari taraqqiy etishi bilan Sh o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. SHOHIMARDON (fors. "erlar shohi": "mardlar shohi") - choryorlarning to‘rtinchisi Aliga berilgan nomlardan biri. Hazrat Ali janglarda jasurlik, mardlik ko‘rsatib shu nomga sazovor bo‘lgan. Farg‘ona viloyati Hamzaobod qishlog‘ining sobiq nomi Sh. edi. Ma’lumki, xorijiylardan bo‘lgan Ibn Muljam Alining boshiga qilich urib, og‘ir yarador qilgan va 2 kundan so‘ng Ali vafot etgan. Naql qilinishicha, o‘limi oldidan o‘g‘illari imom Hasan va imom Husaynni chaqirib: "jigarbandlarim, bugun sizlar bilan abadiy vidolashsam kerak. Ertaga ertalab ok tuya mingan bir badaviy (arab) kelib, sizlardan mening jasadimni so‘raydi. Sizlar darhol jasadimni unga topshiringlar! Ammo, zinhor uning orqasidan ergashmanglar", deb vasiyat qiladi. O’g‘illari yig‘lashib, "Uning ortidan bormasak, qabringazni qaerdan izlab topamiz" deb so‘raydi. Ali, qaerda 3 tomoni tog‘ bilan o‘ralgan tekislik bo‘lsa, o‘sha yer mening qabrim bo‘ladi, deb dunyodan ko‘z yumadi. Dunyo bo‘yicha ana shunday maskandan bugungi kunda yettitasi mavjud. Farg‘onadagi Sh. nomli qishloq ham ana shulardan bittasidir. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 354 SHUAYB (as) - Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Arab millatiga mansub bo‘lgan 4 payg‘ambardan (Hud (as), Solih (as), Muhammad (sav) bilan birga) biri. Sh. (as) o‘z qavmini fasohatli usullar bilan imonga da’vat etganligidan "payg‘ambarlar xatibi" deb nom olgan. Sh. va uning qavmi Arabiston ya.o.ning Qizil dengaz qirg‘og‘idagi Madyon degan joyda yashab o‘tgan. Bu qavm, asosan, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Ular Allohga ibodat qilish o‘rniga turli ilohlarga sig‘inadigan, moddiy boylik orttirishga hirs qo‘ygan, bu yo‘lda har qanday razolat, nohaqliklardan qaytmaydigan kishilar edi. Savdo qilganlarida tosh-tarozidan urib qolishga odatlanishgandi. Sh. (as) o‘z qavmini savdoda halollikka, kishilar haqqiga xiyonat qilmaslikka da’vat eta boshladi. Sh. (as)ning nasihatlariga ko‘nmagan qavmning barchasi zilzila yuz berishi natijasida halokatga uchradi. Qur’onda payg‘ambarlarga bo‘ysunmagan qavmlarni Alloh qattiq azobga duchor qilishi eslatiladi. Sh. (as) va uning o‘z qavmini da’vat qilgani va gumroh qavmning boshiga tushgan azob-uqubatlar haqida Qur’onda A’rof surasi, 85-87-oyatlar, Hud surasi, 87-90-oyatlarda bayon qilingan. "SHO’ROI ISLOMIYA" - Turkiston taraqqiyparvar ziyolilarining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti. 1917 y. 14 martda Toshkentda tuzildi. Uning tashkil topishida Munavvarqori Abdurashidxonov katta xizmat qildi. Tashkilot faoliyatida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mustafo Cho‘qay o‘g‘li (1890-1941), Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘on (1890-1970) kabi ma’rifatparvarlar muhim rol o‘ynadi. Tashkilot tashabbusi bilan Butun Turkiston musulmonlarining 1-qurultoyi o‘tkazildi (1917 y. apr.). Qurultoyda qabul qilingan tashkilot dasturida o‘lka musulmonlari orasida islohotlar o‘tkazish g‘oyalarini tarqatish, mintaqadagi barcha musulmonlarni yagona fikr va maslak asosida birlashtirib Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurash vazifasi qo‘yilgan. "Sh.i." butun o‘lkadagi musulmonlar manfaati uchun kurashganligi tufayli unga turli xalqlar va tabaqalar vakillari kirgan edi. Tashkilot "Sho‘roi islom" nomli jarida ham chiqardi (1917 y. apr.-iyun). Biroq taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar "Sh.i." tashkiloti safida tarafkashlik yuz berishiga olib keldi. Undan ajralib chiqqan bir guruh ulamolar "Sho‘roi ulamo" jamiyatiga asos soldi (1917 y. iyun). Turkistondaga sovet rejimi esa, 1918 y. boshida "Sh.i." tashkiloti faoliyatini umuman taqiqladi. "SHO’ROI ULAMO" - Turkiston ulamolari jamiyati. 1917 y. iyunda "Sho‘roi islomiya"dan ajralib chiqqan. Jamiyatning Toshkent, Qo‘qon, Samarqand sh.laridagi sho‘‘basi faol ish olib bordi. Jamiyat dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qatiy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlarni yuksaltirishga da’vat etilgan. "Sh.u." "al-Izoh" (1917 y. iyun - 1918 y. may), "al-Isloh" (1917-18) jur.larini nashr etdi. Ularda davrning dolzarb muammolari: diniy, axloqiy, ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalar yoritib borildi. "Sh.u." tashabbusi bilan Toshkentda Turkiston va Qozog‘iston musulmonlari qurultoyi o‘tkazildi (1917 y., sentyabr). Unda ulamochilar va Sho‘roi islomchilar o‘zaro birlashib, "Ittifoqi muslimin" degan siyosiy partiya tuzdilar. "Sh.u." jamiyati sof musulmon muxtoriyati g‘oyalarini ilgari surdi, sho‘rolar rejimiga qarshi faol kurashdi. Bolsheviklar 1918 y. boshlarida jamiyat faoliyatini taqiqladi. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 355 - CH - Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling