Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z O’ G’ Sh Ch - A - ABBOSIYLAR
- ABDULXOLIQ G’IJDUVONIY
Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 1 ISLOM ENSIKLOPEDIYASI Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida Taqrizchi: akademik Ne’matulla Ibrohimov © «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004 LOTIN ALIFBOSI A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z O’ G’ Sh Ch - A - ABBOSIYLAR - arab xalifalari sulolasi (750-1258), Muhammad (sav) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim qo‘zg‘oloni natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti - Kufa sh. "Saffoh" ("Xunrez") laqabi bilan mashhur bo‘lgan Abul Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Ja’far Mansur (754-775) Bag‘dod sh.ga asos solib, poytaxtni shu yerga ko‘chirdi. A. hukmronligining dastlabki davrida mulkchilik munosabatlari o‘sib, savdo-sotiq rivojlandi. Bag‘dod Sharqning yirik savdo markaziga aylandi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tabiiyot va b. fanlarga oid ko‘plab asarlar yaratildi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari - Mag‘rib, Hindiston, Movarounnahr A. qo‘li ostiga o‘tdi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning o‘g‘li Ma’mun zamoni A. sulolasining gullagan davri edi. 9-a.ning ikkinchi yarmidan boshlab A. xalifaligi zaiflasha boshladi, Afrikada ag‘labiylar, Misrda tuluniylar, Xuroson va Movarounnahrda somoniylar A. xalifaligidan ajrab chiqdilar. 10-a.ning boshiga kelib faqat Bag‘dod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat A. qo‘lida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qo‘liga o‘tib ketdi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar. 10-a. o‘rtalariga kelib A. siyosiy hokimiyatni tamoman qo‘ldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi (payg‘ambar o‘rinbosari)gina bo‘lib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945 y.) Bag‘dodni o‘z qo‘liga oldi, lekin ular A.ning mavqei bilan hisoblashar edi. Bag‘dod saljuqiy-sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin A. siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va dinning mavqei mustahkamlandi. 1258 y. mo‘g‘ullar Bag’dodni vayron qilib, A.ni tamoman tor- mor keltirdi. Mo‘g‘ul xoni Huloku buyrug‘i bilan Abbosiy xalifalarning so‘nggisi -Musta’sim qatl etildi. A. sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517 y. Misrni olgunga qadar) A. Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261 y. mamluk sultoni Beybars A.dan biri al-Mustansirni xalifa deb e’lon qildi. 1517 y. A.ning avlodi Mutavakkil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlariga topshirgan. A. dan 37 kishi xalifa bo‘lgan. Ular quyidagilar: hijriy milodiy 1. Saffoh 132 750 2. Mansur 136 754 3. Maadiy 158 775 4. Hodiy 169 785 5. Horun ar-Rashid 170 786 6. Amin 193 809 Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 2 7. Ma’mun 198 813 8. Mutasim 218 833 9. Vosiq 227 842 10. Mutavakkil 232 847 11. Muntasir 247 861 12. Musta’in 248 862 13. Mu’tazz 252 866 14. Muhtadiy 255 869 15. Mu’tamid 256 870 16. Mu’tazid 279 892 17. Muktafiy 289 902 18. Muqtadir 295 908 19. Qohir 320 932 20. Roziy 322 934 21. Muttaqiy 329 940 22. Mustakfiy 333 944 23. Mute’ 334 946 24. Toi’ 363 974 25. Qodir 381 991 26. Qoim 422 1031 27. Muqtadiy 467 1075 28. Mustazhir 487 1094 29. Mustarshid 512 1118 30. Rashid 529 1135 31. Muqtafiy 530 1136 32. Mustanjid 555 1160 33. Mustazi’ 566 1170 34. Nosir 575 1180 35. Zohir 622 1225 36. Mustansir 623 1226 37. Musta’sim 640-656 1242-1258 ABD (arab. - qul, banda) - keng ma’noda "qul" tushunchasi; shuningdek, majoziy ma’noda aksariyat musulmonlar ismining tarkibiy qismi (mas., Abdurahmon, Abdurahim va b.). Allohning quli, bandasi ma’nosini bildiradi. Qur’onda Alloh bilan inson o‘rtasidaga munosabat xoja bilan qul o‘rtasidagi munosabatga o‘xshatilgan. Bunga binoan Alloh insonlarga qanchalik g‘amxo‘r bo‘lsa, xojalar ham qullariga shunday g‘amxo‘r bo‘lmoqliklari lozim. O’z ixtiyori bilan qulni ozod qilish solih amallardan sanalib, u yetim yoki kambag‘alni ocharchilik paytida yedirib-ichirganida olgan savobidek savobga erishadi. Xoja ichgan qasamini buzsa yoxud ataylab emas, bexosdan biror-bir musulmonni o‘ldirsa, o‘ziga xos xun to‘lash shakli sifatida qul ozod qiladi. Ozod qilinganlik yozma ravishda qayd etiladi. Muhammad (sav)ning yigirmatacha (ismlari ma’lum) qullari bo‘lib, u zot ularni turli vaqtlarda ozod etganlar; payg‘ambar (sav)ning ikki ayollari qul-cho‘rilardan bo‘lishgan, ozod ayollaridan farqli suratda ularga mahr berilmagan. Musulmon huquqi barcha musulmonlarni erkin, ozod deb bilib, ularni musulmon davlatlarida qul qilinishi, jumladan qarzi evaziga qulga aylantirilishi mumkin emas deb hisoblaydi. Shunga binoan topib olingan go‘dak, hanafiylik ta’limotiga ko‘ra, musulmonlar yashaydigan yurtdan topilgan bo‘lsa, musulmon va erkin hisoblanadi. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 3 Kimda-kim dalillarsiz uni qul deb da’vo qilsa, u qabul qilinmaydi. Biroq qulning islom diniga kirishi, uning o‘z-o‘zidan erkin, ozod bo‘lganini bildirmaydi. Qonun merosxo‘rlarning manfaatidan kelib chiqqan holda, vasiyatnomada qullarni, 1/3 qismidan ortig‘ini ozod etilishiga ruhsat etmagan. Cho‘ri bilan turmush qurish - unga egalik qilishning shakllaridan biri. Agar tug‘ilgan farzand xojadan bo‘lsa (xoja uni o‘ziniki deb tan olsa) cho‘ri umm valad ("go‘dak onasi")ga aylanadi va ayrim imtiyozlarga ega bo‘ladi. Agar xojaning ozod xotini bo‘lmasa u cho‘riga uylanishi mumkin bo‘lgan, cho‘ri esa, ozod ayolga nisbatan yarim huquqqa ega bo‘la olgan. Uning farzandlari erkin hisoblangan, ya’ni bolalar otaga merosxo‘r bo‘lganlar. Shuning uchun cho‘ridan tarqalganlik shaxsning sha’niga dog‘ tushirmagan. Ko‘pchilik xalifalar (mas., Horun ar- Rashid) cho‘rilarning farzandlari bo‘lishgan. Qullar xojalarining roziligi bilan oila qurish huquqiga ega bo‘lganlar, bu hatto Qur’onda ham tavsiya etilgan. Ajralish uchun xojaning roziligini olish shart emas, hatto xoja o‘z qullarining nikohini bekor qilishga haqqi bo‘lmagan. Diniy jihatdan musulmon-qul erkin musulmonlar bilan teng deb bilingan, biroq juma namozida bo‘lish hamda zakot to‘lash va sadaqa berish uning uchun majburiy hisoblanmagan. Bordi-yu, namoz paytida erkin musulmon bo‘lmasa, qul imomlikka xam o‘tishi mumkin bo‘lgan, lekin mustaqillikni talab etuvchi bironta ham diniy mansablarni (qozi, muhtasib, maosh oluvchi imom) unga topshirish mumkin bo‘lmagan. Islom davlatlarida qulchilik 20-a. o‘rtalarigacha saqlanib kelgan. Jazoirda - 1848 y., O’rta Osiyoda 1865-73 y.larda rasman, amalda esa 20-a. 1-choragida, Afg‘oniston, Eron, Iroqda- 1923-29 y.larda, Saudiya Arabistonida - 20-a.ning 70-y.larida bekor qilingan. ABDI BERUN, Xoja Abdi Berun, Sayid Abdi ibn Ya’kub ibn Sa’id ibn Usmon ibn Affon (9- a.) - Muhammad (sav)ning (qizlari Ruqiya tomondan) avlodi. Abdi nomli arab qabilasidan. A.b.ning bobosi (Sa’id ibn Usmon) Movarounnahrni fath etishda qatnashgan. A.b. Samarqand qozisi bo‘lgan. Qabri shahar tashqarisida bo‘lganligi uchun shunday atalgan. ABDI DARUN, Xoja Abdi darun, Abd al-Mu’iziddin ibn Muhammad Ya’qub ibn Muhammad Abdi ibn Usmon ibn Affon (9-a.) - Muhammad (sav)ning (qizlari Ruqiya tomondan) avlodi. Abdi berunning o‘g‘li. Laqabi Xojai Ganjravon. Qabri Samarqand sh. ichida bo‘lgani uchun shunday atalgan. A.d. Samarqand qozisi bo‘lgan, nihoyatda adolatli, to‘g‘riligi bilan shuhrat qozongan. Uning qabri muqaddas ziyoratgohlardan sanaladi. ABDI DARUN MAQBARASI, Xoja Abdidarun maqbarasi-Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (12-a. - 15-a.ning 1-yarmi). Samarqand qal’a devorining sharqiy tomonida (darun - ichkari) joylashgan qad. ziyoratgoh. Markazida eng yirik bino - xonaqoh (15-a.) bor. Uning peshtoqi, gumbazi va devorining bezaklari Ulug‘bek davri me’morligi mahsuli. Xonaqohning ichida Abdi darunning qabri bor. Xoja Abdi darunni Xojai Kunj deb ham ataganlar. ABDOL (arab. - avliyo(lar)) - tasavvufda valiylikning muayyan bir darajasiga erishgan guruh. Keng ma’noda avliyolar, shayxlarni ham anglatadi. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 4 ABDU (Abdo) Muhammad (1849-1905) -misrlik ilohiyotchi, jamoat arbobi. Qohiradagi al-Azhar dorilfununida tahsil olgan (1869-77). Milliy-ozodlik kurashida ishtirok etganligi uchun hibsga olinib, so‘ngra Misrdan chiqarib yuborilgan (1883-88); 1884 y.da Parijda Jamoliddin al-Afg‘oniy bilan birgalikda "Al-Urvat al-vusqo" ("Mustahkam birlik") yashirin jamiyatini tuzgan, bu jamiyat musulmon ziyolilari orasida katta ta’sirga ega bo‘lgan, shu nomda gazeta nashr etgan. 1889 y. Misrga qaytib kelib, qozilik, al-Azhar dorilfununida mudarrislik qilgan. 1898 y. "Al-Manar" jurnaliga asos solgan. 1899 y.dan umrining oxirigacha Misr muftiysi bo‘lgan. A. ijtihod huquqini ilgari surib, islom aqidalarini har bir davrning shart-sharoitidan kelib chiqqan holda talqin qilish zarur deb hisoblagan, ba’zi urf-odat va taqiqlarni yengillashtirishni yoqlab chiqqan. A. "Tafsir al-Qur’on al-hakim" ("Qur’on tafsiri"), "Risolat at-tavhid" ("Yakkaxudolik to‘g‘risida risola"), shuningdek shariat, ta’lim tizimini isloh qilishga oid 30 ga yaqin kitob muallifi. ABDULAVVAL NISHOPURIY (? - 15-a.) -mutasavvif. Nishopurda tug‘ilgan. "Masmuot" ("Eshitilganlar") kitobi bilan mashhur. Bu asar naqshbandiylik tariqatining namoyandasi Xoja Axrorning so’fiylik qarashlariga bag‘ishlangan. Uning yoshligidan to umrining oxirigacha bosib o‘tgan so’fiyona hayot yo‘li o‘sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy ahvol bilan bog‘lab ko‘rsatilgan. Kitobda Mirzo Ulug‘bek davri (15-a. 1-yarmi) voqealari ham o‘z ifodasini topgan. Bu asarning nodir 2 nusxasi saqlangan. A.N. Samarqandda Xoja Ahror qabristoniga dafn etilgan. ABDULJABBOR ibn Axmad al-Xamazoniy (? - 1025 - mu’taziliylarning yirik mutakallimi, shofi’iylik mazhabi faqihi. Buvayhiylar davrida mu’taziliyaning qayta tiklanishi A. faoliyati bilan bog‘liq. Kalomda u dastavval ash’ariylar ta’limotiga suyangan, so‘ngra mu’taziliylar qarashlarini qabul qilgan. Bag‘dodda yashagan, taxm. 971 y. buvayhiylar vaziri mu’taziliya kalomi homiysi as-Sohib ibn Abbod (938-995) tomonidan fiqhdan saboq berish uchun Rayga taklif etilgan. Rayda A. qozi ul quzzot etib tayinlangan. A. - kalom, fiqh va tabiiy fanlarga ovd ko‘plab asarlar muallifi. A.ning hoz. davrgacha saqlangan (1950 y.lar boshida topilgan) asarlari, shuningdek uni bevosita shogirdlari Abu Rashid an-Naysaburiy (taxm. 1024 y. v. e.) va Ibn Mattuvayx (1076 y. v. e.) ishtirokida yozgan asarlari mu’taziliya ta’limotiga oid asosiy manba hisoblanadi. ABDULLOH ibn ABBOS (yoxud al-Abbos) Abul Abbos (619-686) - Muhammad (sav)ning amakivachchalari. A.i.A. nihoyatda ilmli bo‘lgashshgi tufayli "xabr al- umma"("jamoa donishmandi") laqabiga sazovor bo‘lgan. Muhammad (sav) va sahobalarning faoliyatlari, aytgan so‘zlari haqidagi hikoyalarini (hadislar) to‘plash fikri dastlab A.i.A.ga kelgan. A.i.A. Qur’onni tafsir qiluvchi, fiqhga oid masalalarni sharxdovchi (huquqga doir masalalar bo‘yicha uning o‘zi xulosa chiqargan), johiliyat davri tarixi, Muhammad (sav)ning g‘azotlariga oid hikoyalarni yetkazuvchi sifatida mashhur. ABDULLOH ibn ABU BAKR (? - 632) - Abu Bakr Siddining o‘g‘li, payg‘ambarimiz (sav) ning qayin inilari. Islomning dastlabki yillarida musulmonlikni qabul qilgan. Hijrat chog‘i Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 5 payg‘ambarimiz (sav) birodarlari Abu Bakr bilan uch kun Savr g‘orida qolib ketganlarida Abdulloh ularga ham yegulik keltirib, ham mushriklarning ishlaridan xabardor qilib turish bilan muhim vazifani ado etgan. Keyin u ham Makkadan ketib, "muhojir" degan nomga sazovor bo‘lgan. Makka fathida qatnashgan. Hunayn va Toif janglarida ishtirok etgan. Toifdagi muhosarada o‘q tegib, yaralangan. ABDULLOH ibn MAS’UD, to‘liq ismi Abdulloh ibn Mas’ud ibn Rofiya ibn Habib al- Xuzaliy; kunyasi - Abu Abdurahmon (590-653) - sahoba, buyuk faqih va mujtahidlardan biri, Muhammad (sav) xizmatlarida turgan zotlardan. Shu sababli Qur’oni karimni hammadan yaxshi o‘rgangan, juda ko‘p hadis eshitgan va yod bilgan. Rasululloh og‘izlaridan eshitib hifz etgan, tafsir ilmining eng mohiri. A. i. M. Qur’oni karimni Makkada qurayshlar orasida eng avval yoygan, Maqomi Ibrohimda Rahmon surasini ochiq-oshkor o‘qigan. Badr va Uhud va b. barcha janglarda qatnashgan. Rasululloh (sav) vafotlaridan so‘ng Kufa xazinasining boshlig‘i bo‘lgan. Usmon (ra) davrida Madinaga kelib shu yerda 63 yoshida vafot etgan. ABDULLOH ibn MUBORAK, to‘liq ismi Abu Abdurahmon Abdulloh ibn al-Muborak al- Xanzaliy al-Marvaziy (736-797) - ikkinchi darajali tobeinlardan; so’fiy, muhaddis. Hadis, fiqhda zamonasining yetakchi olimi. Xorazm turkiylaridan Muborak ibn Vozihning o‘g‘li. Xurosonning ilmiy-madaniy markazi Marvda tug‘ilgan. Butun umrini haj, jihod, ilm va ibodat yo‘liga baxsh etgan. Ko‘p mamlakatlarga sayohat qilgan. Sayohatlarida Abu Hanifa bilan ko‘rishgan va uning eng mumtoz shogirdlari safidan o‘rin olgan. So’fiylik, fiqh, hadisshunoslik, tarix, filologiya va tafsirga oid asarlar yozgan. 20 ming hadisni o‘z ichiga olgan 20 asarini Abu Hanifaning abvobi fiqhiga ko‘ra tartib etgan. Jihod haqida ilk asar ta’lif etgan va ilk daf’a Arba’in (qirq hadis) yozgan. A.i.M.dan bahramand bo‘lganlardan biri Ahmad ibn Xanbaldir. Imom Buxoriyning otasi - Ismoil A.i.M.ning shogirdlaridan bo‘lgan. Tarsus (Suriya)dan qaytayotganda vafot etgan va Furot daryosining qirg‘og‘idagi Xish sh.da dafn etilgan. Uning "Kitob az-zuhd varraqoiq" nomli 16 juzdan iborat kitobi bizgacha yetib kelgan. ABDULLOH ibn UMAR, to‘liq ismi Abdulloh ibn Umar ibn al-Xattob al-Adaviy, kunyasi - Abu Abdurrahmon (taxm. 612-693) - ashobi kiromning eng yuksak olim va mujtahidlaridan biri. Hijoz fiqhi va huquqining tamal toshini qo‘ygan zot. Oltmish yil fatvo berish bilan shug‘ullangan. Abu Hurayra (ra)dan so‘ng Rasuli Akram (sav)dan eng ko‘p - 2630 hadis rivoyat etgan. Otasi Umar (ra) bilan Madinaga hijrat qilgan, Usmon (ra) vafot etgach xalifalik taklif qilingan, ammo bu rutbadan bosh tortgan. ABDULLOH NADIM, to‘liq ismi - Abdulloh ibn Misboh Ibrohim al-Idrisiy an-Nadim (1845-1896) - misrlik jamoat arbobi, ma’rifatparvar, mutafakkir. Arablar ozodlik harakatining namoyandalaridan biri. Qohiradagi al-Azhar un-tida o‘qigan. 80-y.larda A.N. taraqqiyparvar va vatanparvar ziyolilar bilan birgalikda inglizlar asoratiga qarshi kurashda faol qatnashgan, jurnallar nashr etgan. Islomning axloqiy ta’limotiga asoslangan ijtimoiy tenglik va adolat g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Bir qancha vatanparvarlar qatori A.N. ham o‘lim jazosiga hukm qilingan, lekin u qochib, 9 y. muhojirlikda ta’qib ostida yashagan. A.N. 20 dan ortiq asar yozgan. Ular orasida "Sulofat an-nadim fi Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 6 muntaxabat as-sayid an-Nadim ibn Misboh" ("An-Nadim ibn Misboh tanlangan asarlarida do‘st uchun shirin may"), "Xoni an-Nadim" ("Nadimning nolalari") kabilar ayniqsa mashhur. Umrining oxirgi yillarini Istanbulda o‘tkazgan va shu yerda vafot etgan. ABDURAHMON ibn AVF (taxm. 579-654) -sahoba; makkalik ilk (Xadichadan keyin) sakkiz musulmonning beshinchisi. Asharai Mubashsharalardan. A.i.A. ham Habashistonga, ham Madinaga ko‘chgan muhojirlardan. Badr, Uhud va b. janglarda Muhammad (sav)ning yonlarida bo‘lgan. Uhud jangida yigirma joyidan yaralangan. Dastlab faqir edi, so‘ngra tijorat bilan shug‘ullanib boyib ketgan. Xayr-ehsonni ko‘p qiladigan, bu odatni yaxshi ko‘radigan zot bo‘lgan. Bir kunda o‘ttiz qulni ozod qilgan. Mol-dunyosining bir qismini hayotligida musulmonlarga tarqatgan, bir qismini g‘oziylarga vasiyat qilib qoldirgan. Umar (ra)dan so‘ng xalifa bo‘lishni istamagan, hakamlik qilgan. Usmon (ra)ni xalifa etib saylagan va hammadan oldin unga bay’at qilgan. ABDURAHMON ibn SAMUR al-ANSORIY (? - 670) - sahobalardan. Tobuk g‘azoti, Iroq, Sijiston, Xuroson va b. mamlakatlarni fath etishda qatnashgan. Seyiston noibi (653-666). Basrada vafot etgan. Mahmud ibn Valining yozishicha, uning qabri Marvi Shohijahon (Marv)da joylashgan. ABDUSSALOM al-MUBORAKPURIY, to‘liq nomi Abulhuda Muhammad Abdussalom ibn ash-Shayxxon Muhammad (1872-1924) -hadisshunos, tarixchi. Hindistondagi Muborakpur qishlog‘ida, ziyoli, taqvodor oilasida dunyoga kelgan. Qur’oni karim, hadisi sharif, tafsir, fiqh, tarix, hikmat va tabobat ilmlari bo‘yicha zamonasining eng yirik allomalaridan ta’lim olgan. 22 yil davomida boshlang‘ich va oliy madrasalarda, so‘ng umrining oxirigacha "Dor ul-hadis ar-rahmoniyya" un-tida mudarris. Uzoq yillar olib borgan tadqiqotlariga tayanib, islom ilmi va tarixga doir bir qancha asarlar yaratgan. Ulardan "Siyrat al-Imom al-Buxoriy" islom olamida mashhur bo‘lib, hadis ilmi va muhaddislar xususidagi asarlarning eng batafsili va mukammali hisoblanadi. Bu asar 1955-86-y.larda Banorasda ikki marta nashr etilgan. ABDULXOLIQ G’IJDUVONIY - q. G’ijduvoniy. ABODILA (arab. abdullohlar) – Fiqh ilmida to‘rt sahobai kirom (Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Azz ibn Zubayr, Abdulloh ibn Amr ibn Oss)ga nisbatan qo‘llaniladigan istiloh. Biror fiqhiy masala A.ning so‘zi sifatida zikr etilsa, bu masalada mazkur shaxslarning muttafiq (bir xil fikrda) ekanlari tushuniladi. "Abdulloh" ismli sahobai kiromning adadi, ibn as-Salohning so‘ziga ko‘ra, ikki yuz yigirmaga, ibn ul Fathunning zabt va tahqiqiga ko‘ra esa, uch yuzga yetadi, ammo "abodila" istilohi faqat mazkur to‘rt shaxsga nisbatangina qo‘llaniladi. Ilmi fiqhni to‘la egallagan bo‘lishiga qaramay, Abdulloh ibn Mas’ud A. qatoriga kirmaydi. Chunki bu istiloh uning vafotidan so‘ng paydo bo‘lgan. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 7 ABRAXA (habashcha Ibrohim) - Yaman hokimi. Rivoyatga ko‘ra, A. Yamanda hukmronlik qilib turgan vaqtda Sa’no sh.da Qullays nomli bahaybat xristian cherkovini barpo etib, xalqni Makkaga borib haj qilmasdan, uni ziyorat qilishga da’vat etgan. Lekin Yaman ahdi Makka ziyoratini tark qilmagan. Shunda A. Ka’bani vayron qilish uchun fillar bilan hujum boshlagan (A. shuning uchun Sohib ul-fil laqabini olgan). Alloh taoloning qudrati bilan uning qo‘shini ustiga to‘p-to‘p qushlar uchib kelib, tosh parchalarini yog‘dirib fillarni ham, lashkarlarni ham halok etgan. Bu voqea Muhammad (sav) tavalludlaridan bir oz oldin bo‘lib o‘tgan. Qur’onning 105-surasi "Fil" nomi bilan atalishi va Muhammad (sav) "Fil" yilida tug‘ilgan deyilishining sababi ham shu. ABROR (arab. - yaxshilar, pok kishilar) - tasavvufga ko‘ra, darajalari o‘rta hol kishilar. Ularning darajasi avliyolardan quyi, oddiy xalqdan yuqori hisoblangan. Ular Allohning buyruqlarini o‘rtacha bajaradilar, man qilgan ishlaridan saqlanib yuradilar. ABU (arab. - ota so‘zining izofa holatidagi shakli) - arablar va b. musulmon xalqlarda ko‘pchilik kunyalarning tarkibiy qismi. Mas., Abu Nuvos, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy va b. ABU BAKR VARROQ, Shayx Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Varroq (? - 907) -faqih. Balxdagi Ayoz mahallasida tavallud topgan. Islomdan tashqari yahudiylik va xristian dinlaridan ham mukammal bilimga ega bo‘lgan. Ilohiyotga doir o‘nga yaqin asar, jumladan "Kitob al-ixlos", "Kitob al-xuruf", "Kitob al-ajab", "Kitobi Xadiqat al-botin" va b. muallifi. Mahmud ibn Valining yozishicha 907 y. Siyohjird qishlog‘ida vafot etgan, Termizdagi Mashohid degan joyda dafn etilgan. ABU BAKR SIDDIQ (ra), to‘liq ismi Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir (571/572 - 634.23.8) - islomda "xulafoi roshidin" ("to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar"), Movarounnahrda "chahoryorlar", "choryorlar" deb atalgan dastlabki to‘rt xalifadan birinchisi (632-634). Muhammad (sav)ning eng yaqin safdoshlari, qaynotalari (Oishaning otasi). Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan. Muhammad (sav) da’vatlari bilan islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan. Islomga kirishdan oldin ismi Abdulka’ba edi. Abdulloh ismini Muhammad (sav) qo‘yganlar. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va me’roj hodisasini eng birinchi bo‘lib tasdiqdagan. Muhammad payg‘ambar unga Siddiq, ya’ni imoni kuchli deb laqab berganlar. Makkadan Madinaga hijrat qilishda Muhammad (sav)ga hamroh, g‘orda hamnishin bo‘lgan. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va b. joylardagi janglarda ishtirok etgan. A.B.S. (ra) umr bo‘yi to‘plagan 40 ming dirhamlarini islom yo‘liga sarf qilgan, chunonchi, Bilol Habashiyni sotib olib, qullikdan ozod etgan. Muhammad (sav) vafotlaridan keyin birinchi xalifa bo‘lib saylangan (632). Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi ko‘targan qo‘zg‘olonlarini bostirgan (q. Ridda). A.B.S. (ra) xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath etgan. 634 y.dan Vizantiya imperatori (Rum sultoni) Irakliy (Xiraqil) yuborgan yuz mingdan ortiq qo‘shin ham islom lashkarlaridan yengilgan. Qur’oni karimni tartibga solib, jild holiga keltirishga kirishgan. Sarvari olamdan 142 hadis rivoyat qilgan. Islom davlatini boshqarishda qator tartiblar joriy etgan, mamlakatni boshqarish uchun Maslahat kengashi, har bir viloyatga voliy (hokim) tayinlash, Baytulmol tashkil etish Islom Ensiklopediyasi Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling