Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ABULFATH ALOUDDIN MUHAMMAD
- ABULQOSIM HAKIM SAMARQANDIY
ABU QATODA, to‘liq ismi Abu Qatoda al-Haris ibn Rab’iy al-Ansoriy as-Sulamiy (taxm. 604-674) - ansori kiromdan va Paygambar (sav)ning suvoriylaridan biri. Rasuli Akramdan 170 hadis rivoyat etgan. Bulardan 21 tasida Buxoriy va Muslim hamfikrdirlar. Faqat Buxoriyda 2, Muslimda 8 hadisi bor. Qolgani boshqa kitoblardadir. Madinai munavvara yoki Kufada vafot etgan. ABU HANIFA, Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy; Imomi A’zam (699 - 767) - ilohiyotchi, fiqhshunos, muhaddis, ulug‘ imom, hanafiylik mazhabi asoschisi. Kufada tug‘ilgan. "Imomi A’zam" (buyuk imom) - ulug‘ligi e’tirof etilib berilgan unvon. O’ziga to‘q, zodagon oiladan bo‘lib, olim va fozil insonlar orasida voyaga yetgan. Otasidan qolgan katta boylikni ilm yo‘lida sarf etgan. Yoshligidayoq Qur’onni yod olgan. Kalom ilmi va mantiqni o‘rgangan. 22 yoshida iroqlik ulug‘ alloma, ilohiyotchi Hammod ibn Abu Sulaymonga shogird tushib, uning ta’limini olgan. Keyin Kufa va Basraning eng obro‘li faqihi bo‘lib yetishgan va o‘zi shogirdlar tarbiyalagan. Kamtar, mehribon va o‘ta saxovatli, nihoyatda taqvodor inson sifatida hurmat qozongan. Uning qirq yil mobaynida xufton tahorati bilan bomdod namozini o‘qigani, 55 marta haj qilgani haqida rivoyat bor. 747-48 y.larda A.H. Iroq hokimi ibn Hubayra ta’qibidan qochib Makkaga ketgan. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Iroqqa qaytib ulamolik faoliyatini davom ettirgan. Xalifa al-Mansur (754-775) unga yanga poytaxt Bag‘dodda qozilik yoki boshqa istagan yuksak lavozimni taklif qilgan. Biroq A.H. bu taklifni qat’iyan rad etgan. Shunda Mansur uni qamab, turli qiynoklarga solgan. A.H. ko‘p o‘tmay Bag‘dodda vafot etdi. Mansur A.H.ga zahar ichirgan va u shu sababdan shahid bo‘lgan, degan rivoyat ham bor. A.H. fiqhiy ilmni birinchi bo‘lib tasnif qilib, uni boblarga ajratib, tartibga solgan va kitob Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 15 shakliga keltirgan. A.H.ning ilmi kalom, fiqh, hadis, sarfga oid bir necha kitoblari bo‘lib, ular jumlasiga "Kitob as-salot" ("Namoz ahkomlari kitobi"), "Kitob al-Manosik" ("Haj kitobi"), "Kitob ash-shurut" ("Shartnomalar haqida kitob"), "Kitob al-faroiz" ("Meros ilmi haqida kitob"), "Kitob al-olim val-mutaallim" ("Ustoz va shogird haqida kitob"), "Kitob al-fiqh al-akbar" ("Katta fiqh kitobi"), "Kitobi al-vasiya" ("Vasiyatnoma kitobi") va b. kiradi. A.H. faqihlarning ustozi, imom Shofi’iy ta’biri bilan aytganda, "barcha odamlar fiqhda uning boqimandalari" edi. Hech qanday shubhaga o‘rin qolmaydigan darajadagi aniq hujjat va dalillar asosida hukm chiqaradigan olim bo‘lgan. A.H.ning bulardan tashqari hadis sohasida ham asarlari mavjuddir. O’rta asr faqihi Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud Xorazmiy A.H. musnadlarini jam qilib, kitob shakliga keltirgan, 1907 y.da Misrda chop etilgan bu kitoblar zamonlar osha musulmonlar tayanadigan ilmiy manba va asos bo‘lib kelmoqda. A.H.dan ta’lim olgan shogirdlar zamonasining yetuk peshvolari bo‘lib yetishgan. Ulardan biri Abu Yusuf bo‘lib, Horun ar-Rashid davrida qozilik vazifasida ishlagan. Ikkinchi shogirdi imom Muhammad ibn Hasan o‘z navbatida imom Shofi’iyga ta’lim bergan. Hadislarni saralashda nihoyatda mohir bo‘lgan, har bir masalani dalil bilan isbotlay oladigan Zufar ibn Huzayl ham A.H.ning ko‘zga ko‘ringan izdoshlaridandir. Yana bir shogirdi Hasan ibn Ziyod A.H.ning "Al-Mujarrad", "Qozining odobi", "Nafaqalar", "Faroiz" (Meros ilmi), "Xislatlar" kabi kitoblarini yozib tugatgan. A.H.ning o‘g‘li Hammod va nabirasi Ismoil ham shar’iy ilmlar borasida yetuk alloma bo‘lganlar, turli shaharlarda qozilik mansabida ishlagan. Xurosonda birinchi bo‘lib hadisni yozib olgan Abdulloh ibn Muborak ham A.H.dan ta’lim olgan. Movarounnahrdagi mamlakatlarda va dunyoning boshqa ko‘pgina joylarida musulmonlar A.H. mazhabi qoidalari asosida ibodat qiladi. ABU XAFS KABIR Buxoriy (767 - Buxoro - 832) - islom olamining buyuk fiqhshunos olimi. Imom Buxoriyning zamondoshi. Buxorodan Bag’dodga borib, imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy (804 y. v.e.)ga shogird tushgan. A.H.K. islom qonunshunosligi asoslarini yaratgan yirik olim bo‘lgan. Narshaxiyning yozishicha, uning sharofati bilan Buxoro "Qubbat ul-islom" - "Islom dinining gumbazi" unvonini olgan. Abu Hafsning o‘ziga "Kabir Buxoriy" - "Buxoriylarning kattasi" va "Hojatbaror imom" degan unvonlar berilgan, o‘g‘li Abu Abdulloh (Abu Hafs Sagir Buxoriy; 877 y. v.e.) ham otasi singari fiqh ilmida peshqadam bo‘lgan. A.H.K. fiqhning turli masalalari yoritilgan "Al-Ahvo’ val-ixtilof" ("Havoyi gaplar va kelishmovchiliklar"), "Ar-raddu alal-Lafziyya" ("Yuzaki qarovchilarga raddiya") va b. asarlar yozgan. A.H.K. Buxorodagi Darvozai nav qarshisidagi tepalikda dafn etilgan. Buxoroliklar u joyni muqaddas sanab, "Haqrah" ("Haq yo‘l") va Xoja Imom Abu Hafs deb ataganlar. Mustabid sovet tuzumi davrida uning qabri va atrofidagi me’moriy yodgorliklar buzib tashlangan. ABU HUZAYL ALLOF, Muhammad ibn al-Huzayl (749/753-841/849) - mu’taziylar (huzayliylar) Basra maktabining yirik vakili, g‘oyaviy rahnamosi. Alloflar savdo qiladigan joydan bo‘lganligi uchun al-Allof laqabini olgan. 818 y.da Bag‘dodga ko‘chib kelgan. Samarra (Iroq)da vafot etgan. A.H.A. ko‘p qismi bahs-munozara tusidagi 60 ta asarning muallifi bo‘lgan, ammo ularning birontasi bizgacha yetib kelmagan. Uning "Raddiyalar" asari boshqa dinlar (yahudiylik, xristianlik, zardushtiylik)ga ham, islom dinidagi turli oqim va maktablarga ham qarshi qaratilgan. Qur’on va sunna ta’limotini aql-idrokka mos talqin etishga urinib, ma’lumotlarni qabul qilishda faqat aqlga suyanish kerak, Qur’on Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 16 yaratilgan, banda o‘z fe’l-atvorini o‘zi yaratadi, degan g‘oyani ilgari surgan. A.H.A.ning "xudoning kalomi" iroda erkinligi, odamning o‘z xatti-harakatlari uchun ma’naviy javobgarligi, hayotiy ne’matlar haqidagi va b. fikrlari nafaqat sunniy ilohiyotchilar, balki boshqa mu’taziliy oqimlarning vakillari tomonidan ham tanqidga uchragan. A.H.A. xalifa Ma’munning ustozi bo‘lgan va ayni shu xalifa davrida (813-833) mu’taziliylar ta’limoti hukmron diniy e’tiqod hisoblangan. Xalifa amri bilan barcha qozilar, ilohiyotchi olimlar, mansabdor shaxslar aqidaviy masalalarda imtihon qilingan. Mutaziliylik, ya’ni A.H.A. aqidalarini tan olmagan kishilar xizmatidan bo‘shatilib, jazolangan, hatto o‘limga mahkum etilganlar. ABU HURAYRA (602 - 679, Madina) - mashhur sahoba, roviy, faqihlardan. Asli ismi Abdurahmon ibn Sahr al-Davsiy Abdushams. Rasululloh tomonidan Abdurrahmon deb atalgan. Mushuklarni juda sevgan. Bir kun uning etagida bir mushuk bolasini ko‘rgan Rasuli Akram, "Abu Hurayra" - mushukning otasi deya lutf etgan va u ham bundan iftixor etib, ushbu laqab bilan shuhrat topgan. Tijorat va boyligi yoxud ma’lum bir mashg‘uloti bo‘lmagani uchun ashobi Suffa sirasiga kiritilgan. U Doril-irfondan dars olgan va huzuri Rasulotdan bir lahza ham ayrilmagan. Ajoyib faqih bo‘lib, ifto (fatvo beruvchi) mavqeiga ko‘tarilgan. Umar (ra) tomonidan Bahrayn voliyligiga tayinlangan. Usmon (ra) zamonida Makka qozisi va Muoviya davrida Madina voliysi bo‘lgan. Favqulodda kuvvai-hofizaga ega bo‘lgan A.H. uch yil muttasil Nabiy (as)ning majlisidan ajralmagan va bu muddat mobaynida kuch-quvvatini Rasuli Akram(sav)ning so‘zlari va ishlarini egallash hamda qayd etishga baxsh etgan. 5374 hadis rivoyat etgan. Bulardan 335 tasida Imom Buxoriy va Imom Muslim hamfikrdirlar, 93 tasi faqat Buxoriyda, 189 tasi yolg‘iz Muslimda, qolgan 4757 tasi boshqa hadis kitoblarida keltirilgan. ABUD-DARDO, asl ismi Uvaymir, kunyasi bilan mashhur (? - 652) - ashobi kiromning faqihlaridan, olim va hakimlaridan biri. Shom fathidan so‘ng u yerga hokim qilib tayinlangan. 179 hadis rivoyat etgan. ABULABBOS MUSTAG’FIRIY- Imom Mustag‘firiy (to‘liq ismi: Nasafiy Samarqandiy Ja’far ibn Abu Ali Muhammad ibn Abu Bakr) (961-1041, Nasaf) - tarixchi, adib, muhaddis va faqih, Sam’oniyning "Kitob al-ansob" asarida yozilishicha, Ab.M bir qancha vaqt Marv, Saraxs, Nishopur, Buxoro va Samarqandda yashagan. 987 y.dan Nasaf jome masjidida ma’ruzalar o‘qigan. Umrining oxirida Nasafning bosh imom-xatibi lavozimida bo‘lgan. U "Kitob tarixi Samarqand", "Kitob tarixi Nasaf va Kesh" (2 jildlik), "Kitob ush- shi’r vash-shuaro" ("She’r va shoirlar haqida kitob"), "Kitob ul-vafo" ("Vafo kitobi"), "Kitob daloil an-nubuvva" ("Payg‘ambarlik dalillari"), "Kitob ud-da’vot" ("Targ‘ibotlar kitobi"), "Kitob xutab an-nabiy" ("Payg‘ambar xutbalari kitobi"), "Kitob tibb in-nabiy" ("Payg‘ambar tibbi kitobi") kabi o‘ndan ziyod asarlar yozgan. Uning "Kitob tibb in-nabiy" asari Tehronda nashr etilgan. ABULBAQO ibn BAHOUDDIN (16-a. 1-yarmi - 17-a. 1-choragi) - tarixchi. Xoja Ahmad ibn Jaloluddin Kosoniy (Mahdumi a’zamning nabirasi bo‘lib, Abdulazizxon (1540-49) saroyida kichik davlat lavozimi (hukmgar)da turgan. U bobosiga atab "Jome’ ul- maqomoti Mahdumi a’zam" ("Mahdumi a’zam maqomotining majmui") kitobini yozgan (1617). Bu asarda Mahdumi a’zamning hayotiga oid ma’lumotlardan tashqari, Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 17 Movarounnahrning 16-a. 1-yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar bilan Eron o‘rtasidagi munosabatlarga oid qimmatli ma’lumotlar bor. ABUL ASVAD DUALIY (? - 689) - islom olimlaridan, ulug‘ tobe’inlardan. Ayniqsa, go‘g‘riso‘z va hozirjavobligi bilan shuhrat qozongan. Hazrati Ali bilan birga Siffin jangida ishtirok etgan. Muoviya ibn Abu Sufyon zamonida ham hurmati baland bo‘lgan. Basrada qozilik qilgan. A.A.D.ning ikki ishini avloddar ehtirom bilan esga oladilar. U zot nahv ilmiga asos solgan hamda Qur’oni karimning harflariga nuqtalar qo‘yib chiqqan (avvalgi Qur’on nuqtalarsiz va harakatlarsiz edi). ABULFATH ALOUDDIN MUHAMMAD ibn Abdulhamid Usmandiy Samarqandiy (? - 1157) - fiqhshunos olim. Uning Abu Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniyning "al- Jomi’ al-Kabir" ("Katta to‘plam") kitobiga yozgan "Sharh ul-Jomi’ al-Kabir" ("Jomi’ al- Kabirning sharhi") nomli bir necha jildli asarining 1-si bizgacha yetib kelgan. U "Kitob ul- imon" ('Imon haqida kitob"), "Kitob un-nikoh" ("Nikoh haqida kitob"), "Kitob ush- shahodat" ("Shahodat kitobi"), "Kitob ul-qazo" ("Hukm kitobi") kabi boblarga bo‘linadi. Mazkur asarning kotib Ahmad ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Samarqandiy tomonidan 1361 y.da ko‘chirilgan nodir qo‘lyozma nusxasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik institutida (inv. № 5558) saqlanadi. ABULQOSIM HAKIM SAMARQANDIY, to‘liq nomi Ishoq ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Zayd (856-946) -hanafiylik mazhabining ko‘zga ko‘ringan nazariyotchisi, hakim. Samarqandda tug‘ilgan. Yoshligida ilm olish uchun Balxga borgan, u yerda Abu Bakr Varroq Termiziydan tariqat ta’limini olgan. U kalom, fiqh va tafsir ilmlarini chuqur o‘rganib, o‘sha davrning mashhur shayxlaridan hadis va rivoyatlar eshitgan. Manbalarga ko‘ra, keyinchalik u Samarqandga keladi, qozi lavozimida ishlaydi va shu yerda vafot etadi. Ulamolar somoniylar amiri Ismoil Somoniyga murojaat qilib, Movarounnahrda avj olgan turli mazhab va firqalarni kelishtirish uchun aqidalar majmui bo‘lgan bir kitob yaratishni tavsiya etadilar. Amir kitob yozishni A.H.S.ga topshirgan. Shu tariqa "as- Savod ul a’zam" ("Ko‘pchilik tomon") kitobi vujudga kelgan. A.H.S. o‘ziga xos kalom maktabini yaratgan. U o‘z asarida imonni yaratilmagan, ya’ni azaliy deb hisoblab, bu fikrga qo‘shilmaganlarni bid’at ahli deb atagan. A.H.S. hanafiy mazhabining asosiy aqidalarini himoya qilib, mazhabni tug‘ilib kelayotgan aqliy dalillar vositasida qayta ko‘rib chiqishga qarshi turgan, aqidaviy ixtilofga barham berish yo‘li bilan Movarounnahr musulmonlari o‘rtasidagi fikriy yakdillikni saqlab qolmoqchi bo‘lgan. U ahli sunna va jamoa ta’limotining shakllanishiga muhim hissa qo‘shgan. AVESTO, Ovasto (parfiyoncha: arastak -matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) -zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami. A.Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qad. davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlarini, forsiy va turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalarning yozuvlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. A. o‘rta fors (paxlaviy) yozuviga yaqin bo‘lgan maxsus Avesta yozuvida bitilgan. Mil. av. 6-a.da, Axomaniylar sulolasi zamonvda oromiy alifbosida ilk bor kitob qilib ko‘chirilgan. A.ning tafsiri "Zend A." nomi bilan yuritiladi. Zardushtiylik ruhoniylari Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 18 qo‘lida A.ning asl nusxasi muqaddas bitik sifatida saqlangan. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O’rta Osiyoda, xususan, Xorazmda mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mas., xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qad. Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yoxud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan. A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qad. qismlari mil. av. 2- ming yillik oxiri - 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda A. tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va h.k. qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa, 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolda saqlangan. Axomaniylar sulolasininng poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidda saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51-78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar shohi Xusrav I (531-579) davrida yaxlit kitob holiga keltirilgan. 9-a.da yozilgan "Denkart" asari A.ning 21 nask (qism)dan iborat ekanligi haqida ma’lumot beradi. A. hajmi katta kitob bo‘lgani sababli, dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli - "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-a.), zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombay sh.da o‘z jamoalarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Frantsuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini o‘rganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladigan kitoblarni o‘z ichiga oladi. A.da bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning to‘xtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va b. hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengashga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa, kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa, yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anxramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi. A. ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (xo‘kiz-odam; forscha Kayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar bekamu ko‘st, baxtiyor yashagan. 900 y. o‘tgach, shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Xayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylarning namoz ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 19 uch ibora bilan boshlanadi. A. mil. av. 6-a.da yashagan va o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan Spitama Zardusht faoliyati tufayli diniy asar sifatida tizimga solingan. Zardushtiylik jamoalari hozir ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida hamda Eronning ba’zi shaharlarida mavjud. Kaliforniya (AQSh) shtatida zardushtiylarning ilmiy markazi mavjud. Eronlik tadqiqotchi Pur Dovud 1920-1940-y.larda A.ning qad. nusxalarini fors tiliga tarjima qildi. Zardushtiylik dini ibtidoiy jamoa tuzumidan ijtimoiy tabaqalanishga o‘tish davrida vujudga kelgan, ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni diniy shaklda ifodalagan va ko‘p xudolik (politeizm)dan yakka xudolikka (monoteizmga) o‘tishni aks ettirgan. A. "Eng mo’tabar, qad. qo‘lyozmamiz... Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A.Karimov, "Adolatli jamiyat sari", T., 1998, 39- 40-bet). AVLIYO (arab. valiy so‘zining ko‘pligi, xudoga yaqin odam) - tasavvufda Allohning zoti va sifatlarini yaxshi bilgan, uning buyurganlarini bajarib, gunoh ishlardan o‘zini saqlovchi, dunyo lazzati va shahvoniy ishlardan yuz o‘giruvchi kishi. Islom an’anaslda A.lar qaysidir bir ishi, xizmati yoki xislati tufayli Allohga yaqin bo‘lib qolgan, duolari mustajob, solih, qobil, kamtar kishilardir. A.lar payg‘ambarlar darajasidan keyin turadi. A.larning mozorlarini ziyorat qilib ibrat olish islom dinining hanafiylik mazhabida savobli ishlardan hisoblanadi. AVRAT (arab.) - 1) himoyalanmagan, zaif joy; 2) jinsiy a’zo - shariatga ko‘ra, ibodat (diniy amallar) paytida namozxon tanasining kiyim bilan yopib turishi lozim bo‘lgan qismi. Namozda er kishining kindikdan to tizzagacha bo‘lgan gavda qismi, ayollarning esa, yuz va kaftlaridan boshqa hamma joylari hatto sochlari ham A. hisoblanadi. ADAB (arab.) - tasavvufda tariqatdan saboq beruvchi pir yoki shayx va saboq oluvchi murid yoki solikning rioya qilishi zarur bo‘lgan qonun-qoidalar. Shayxlar va soliklar A.i xususida ko‘plab asarlar yozilgan. ADL ("adolat", "to‘g‘rilik") - 1) adolat va to‘g‘rilik nuqtai nazaridan shaxsni axloqiy baholash tushunchasi. Qur’oni karimda A.-yaxshilik uchun ham, yomonlik uchun ham birday adolatli hukm chiqaruvchi Allohning sifatlaridan biri. Biroq Allohning A.i -inson ongi, tafakkuri anglab yetmaydigan darajadagi oliy adolat. Shu tufayli inson Allohdan adolat qilishni emas, raxm-shafqat qilishni so‘rab iltijo qilishi lozim. Insonga nisbatan A. - bu birovga nisbatan yomonlik (jabr) qilish niyati borligani payqab olish va uni bartaraf etish imkoniyati, shuningdek umumiy ma’nodagi adolat tushunchasi. G’azoliy A.ni ehson ("chin ko‘ngillik", "vijdon") tushunchasi bilan birgalikda qo‘llaydiki, bular "adolat va vijdon" ma’nosini anglatgan. Davlat xizmatidagi biror mansabga da’vogar yoki biron-bir muhim jamoatchilik majburiyatlarini, chunonchi: vasiylik, vakillik, guvoxdik va b.ni bajaruvchi har qanday shaxsda A. bo‘lishi lozim. Birovga jabr qilmagan, g‘ayriaxloqiy (fisq, fujur) harom yo‘llarga yurmagan har qanday musulmon odil, ya’ni A.i bor kishi deb qaraladi. Bu sifatlarni yo‘qotganlar (fosiqlar) agarda solih amallar bajo keltirib tavba Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 20 qilsalar va shundan so‘ng haqiqiy musulmonga xos hayot kechirsalar A.ni tiklashlari, unga erishishlari mumkin. 2) shialikdagi 5 aqidadan biri. AJAL (arab. - belgilangan vaqt, muxlat) -islom dinida inson umrining Alloh tomonidan belgilangan muddati tugashi. Islom aqidalariga ko‘ra, A. Alloh tomonidan qatiy belgilangan bo‘ladi. Qur’oni karimda shunday oyat bor: "Qachonki ularning ajali yetsa, bir lahza oldin ham, bir lahza keyin ham qo‘yilmaydi" ("A’rof" surasi, 34-oyat). AJAM (arab. - arab emas) - arablardan boshqa Sharq xalqlarining umumiy nomi. Shuningdek, arablar yashaydigan Sharq mamlakatlari, xususan, Turon, Eron .ham "Mulki ajam" deb yuritilgan. Bu yerlardan yetishib chiqqan olimlar "ajamiy" deb atalgan. Keyinchalik A. nomi faqat eronliklarga nisbatan qo‘llanilgan, Eronni esa, A. yoxud Ajamiston deb ataganlar. AJDODLARGA SIG’INISH - ibtidoiy din shakli. A.s.ning turli shakllari mavjud bo‘lgan. A.s. dafn marosimlari (o‘lgan kishilarning joni va ruhi haqidagi tasavvurlar), shaxsiy homiy ruhlarga, oila-urug‘ oqsoqol homiylariga sig‘inish kabilar asosida tarkib topgan. A.s.da ajdodlarning ruhlari urug‘ning a’zosi bo‘lib qolishi, lekin ular odamlardan kuchli bo‘lgani sababli urug‘ning farovonligi shu ruhlarga bog‘liq, degan tasavvur katta ahamiyat kasb etgan. Bu tasavvurlar obro‘-e’tiborli urug‘ oqsoqoli timsolini qabila xudosi darajasiga ko‘tarish uchun g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qilgan. Jamiyatda kishilarning ijtimoiy belgilariga ko‘ra, tabaqalashuviga mos ravishda ajdodlar ruhlarining ham tabaqalashuvi sodir bo‘ladi, natijada qabila boshliqlari, urug‘ oqsoqollariga sig‘inish birinchi o‘rinni oladi. Buning asosida qad. dinlarda qahramonlarga sig‘inish, keyin esa, avliyolarga sig‘inish vujudga kelgan. O’rta Osiyo xalqlari orasida ham bu odat mavjud. Arvohlarni eslash, ularga sig‘inib, madad so‘rash, jonliq so‘yish, is chiqarish kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. Islomda A.s. qoralanadi. Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling