Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 86 F. - huquqning ahamiyati tobora pasayib borgan bo‘lsa ham, hoz. vaqtda uning ayrim tarmoqlari, tartib-qoidalari va me’yorlari ko‘pchilik aholisi musulmon bo‘lgan Sharq mamlakatlarida biron-bir tarzda qo‘llanilmoqda (faqat Turkiya bundan istisnodir, bu mamlakat 20-y.lardan e’tiboran undan butunlay voz kechdi). Shaxsiy holat tarmog‘i izchil, keng va deyarli bekamu ko‘st amal qilayotir, ayrim hollarda (mas., Tunis va Yamanda) F. - huquqning oila-nikoh masalalariga oid qoidalari birmuncha o‘zgartirildi. F. - huquqning tartiboti jinoyat huquqida (mas., Saudiya Arabistoni, Yaman, Fors ko‘rfazi mamlakatlarida) ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda, ammo bir qancha mamlakatlar (Liviya, Eron, Pokiston, Mavritaniya va b.)da huquqning tarmog‘iga uning ta’siri 70- y.lardan boshlab hatto kuchayib ketdi. Fuqarolik va savdo huquqi haqida ham shu gapni aytish mumkin. F. - huquqning bu sohadagi me’yorlari vaqflarning huquqiy holatini tartibga solib kelmoqtsa (vaqflar tugatilgan Jazoir, Tunis, Yaman bundan mustasno). Bu me’yorlar fuqarolik kodeksiga ayrim moddalari (mas., huquqni suiiste’mol qilish, qarzni o‘tkazish, yerni ijaraga olishga oid moddalar) tarzida kiritilgan. Keyingi 10-15 y.da bir qancha mamlakatlar (Liviya, Pokiston va b.) fuqarolik va tijorat huquqida F. - huquq me’yorlarini qo‘llash miqyosi kengaydi. F. -huquqqa asoslangan soliq va moliya qonunlari (jumladan, foyda - ribo olishni taqiklaydigan va shu asosda islom banklari faoliyatini tartibga soladigan qonunlar) qabul qilingani bunga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik islom mamlakatlarida musulmon (shariat) sudlari saqlanib qolayotir (arab mamlakatlaridan faqat Tunis, Jazoir, MAR, Yamanda bunday sudlar tugatilgan). Ularning tashkil etilishi va faoliyati ko‘p jihatdan F. - huquq me’yorlari bilan tartibga solinadi. F. - huquq qoidalari va me’yorlari ayrim mamlakatlar (avvalo Saudiya Arabistoni) davlat huquqida aks etgan va hoz. vaqtda 1979 y. konstitutsiyasida islom respublikasi deb e’lon qilingan Erondagi davlat shaklida juda yaqqol ko‘rinib turibdi. Shuni ham aytish kerakki, barcha islom mamlakatlarida yoxud boshqa mamlakatlar aholisining ozchiligani tashkil etuvchi musulmon jamoalarida diniy qoidalar va namoz tartibini belgilovchi F. - huquq me’yorlari hali ham qo‘llanilayapti. Hoz. sharoitda F. rasmiy huquq manbai sifatidagi ahamiyatini saqlab qolgan. Bir qancha mamlakatlarning shaxsiy holat va jinoyat huquqiga oid qonunlarida ko‘zda tutilishicha, agar qonunda tegashli me’yorlar bo‘lmasa, F. - huquqshunoslik xulosalari qo‘llanilishi lozim. Ba’zi mamlakatlar (Misr, Suriya, Liviya, Iroq, Jazoir, Kuvayt)ning fuqarolik kodekslarida ham shunday qoida belgilangan. Hoz. vaqtda ko‘pgina islom davlatlarining konstitutsiyalari fiqhning asosiy va o‘zgarmas me’yorlarini qonunchilikning asosiy manbai deb tan oladi. Davlatning F. - huquqqa nisbatan bunday siyosati F. huquqshunoslikka oid ilmiy ishlarni rag‘batlantiradi. Bu ishlar ikki asosiy yo‘nalishda olib boriladi. Nazariy ilohiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan birinchi yo‘nalish an’anaviy fatvo janridan iborat (Misrning sobiq muftisi Hasanayn Muhammad Maxlufning ikki jildli fatvolar to‘plami bunga misol). Ikkinchisi - F. nazariyasi va tarixiga oid asarlardir. FOL (fors. - oldindan aytish, topish, arab. - kelajakning yaxshilik belgisi), r o m -kishilar takdirini, kelajakni yoki noma’lum voqea va hodisalarni "aytib berish"ning soxta har xil usullari. F. dastlab ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo‘lgan. Ovchilik, so‘ngra choravachilikning vujudga kelishi bilan qushlarning sayrashi, uchishi, harakatlariga qarab F. ko‘rish rasm bo‘la boshladi. Ibtidoiy dehqonchshshk paydo bo‘lgan davrda yulduzlarga qarab F. ko‘rish tarqaldi; keyinchalik bunday F. ko‘rish negazida soxta fan - astrologiya yuzaga keldi. F. bobilliklar, etrusklar, yunonlar va b. qad. xalqdarda keng tarqalgan edi. F. ko‘rish bilan maxsus kishilar - folbinlar shug‘ullanganlar. Ko‘pgana xalqlarda folbinlar Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 87 suyaklar, don-dukkakli o‘simliklarning mevalari, yong‘oq, qo‘y qumalog‘i va sh.k. yordamida F. ochganlar. O’rta Osiyo xalqdarida F. ochishda F. ochtiruvchining tomirini ushlab, nomini takrorlash yoki boshqa so‘zlar aytish, mayda toshlardan foydalanish yoxud piyoladagi suvga paxta tashlash kabi usullar qo‘llanilgan. Keyingi davrlarda kartaga va qo‘l kaftining chizikdariga qarab F. ochish keng tarqaldi. F.ning hoz. kunga qadar saqlanib qolgan eng qad. ko‘rinishi tushga qarab F. ochishdir. F. ochish negizida tabiat va odamlarni boshqaruvchi g‘ayritabiiy kuchlar bilan aloqa bog‘lab, noma’lum voqea va hodisani anglash mumkin, degan diniy tasavvurlar yotadi. FOROBIY Abu Nasr (873-950) - o‘rta osiyolik qomusiy olim, faylasuf. Sirdaryo qirg‘og‘idagi Forob sh.da tug‘ilgan. Buxoro va Samarqandda o‘qidi. Eron shaharlarida bo‘ddi. O’rta asr fani hamda tillarni o‘rgandi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan. Aristotel va Platon asarlarini sharhlab bergan. Sharq mamlakatlarida ulug‘lanib "Ikkinchi muallim", Shark Aristoteli deb nom olgan. U tibbiyot matematika, filologiya, musiqashunoslik, mantiq, axloqshunoslik, davlatshunoslik, falsafa va b. sohalar bo‘yicha 160 dan ortiq asar yozib qoldirgan. F. fikricha, olam - yagona mavjudot, Alloh hamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar uning emanatsiyasi (nurlanishi) asosida kelib chiqadi. "Fozil shahar aholisi" asarida qayd etishicha, faqat xudo o‘z zotiga ko‘ra tafakkur qiladi va tanho Ugana eng yaxshi ilmlarni biladi. Nazariy hikmat xudo zotini bilish ilmi bo‘lmay, balki U yaratgan narsalar haqidagi ilmdir va shu yaratilgan narsalarga qarab Uning jamolini, qudratini, hikmat va adolatini bilish mumkin. F. fikricha, aqd shariatning tayanchi va madadkori bo‘lib, mohiyatan u bilan birdir. Shariatni tushunish uchun akd ishlatish zarur. Inson tasavvuriy quvvat orqali erishishi mumkin bo‘lgan "eng mukammal bosqich" payg‘ambarlik bo‘lib, payg‘ambarlikning "eng mukammal bosqichi" tasavvuriy quvvat vositasida hosil qilinadigan vahiydir. "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Baxt-saodatga erishuv haqida" va shu kabi asarlarvda barcha aholini baxt-saodatga, ilm-ma’rifatga olib boruvchi, ularni komil inson qilib tarbiyalovchi ideal jamoa haqidagi fikrni olg‘a surdi. F.ning diniy, falsafiy qarashlari keyingi davr olimlariga muhim ta’sir ko‘rsatdi. FOSIQ (arab. - yo‘ldan adashgan, axloqsiz) - 1) islom an’anasida diniy majburiyatlarni ado etmagan gunohkor; 2) axloqiy ma’noda -fahsh, buzuq odam. "Fosiq" kalimasi johiliyat davrida qo‘llanilmagan. Qur’oni karimda o‘zak holida yetti, tuslangan fe’l sifatida o‘n va "fosiq" shaklida esa (ikkitasi birlikda, boshqalari ko‘plikda) o‘ttiz yetti joyda keladi. Ba’zi oyatlarda yahudiylar, xristianlar, mushriklar va munofiqlar haqida so‘z borarkan, ko‘plarining F. ekanlari bildiriladi (mas., Baqara, 99; Oli Imron, 110; Movda, 47, 59; Tavba, 67); boshqa ayrim oyatlarda esa, fisq va fusuq mo‘minlarga nisbatan ham ishlatiladi (Baqara, 197, 282; Nur, 4). Oyatlarda ma’lum qilishiga ko‘ra, Alloh F.lardan rozi bo‘lmaydi, moliy ehsonlarini qabul etmaydi va o‘zlarini hidoyatga erishtirmaydi. Ularni dunyoda jazolagani kabi, oxiratda ham jahannamga tashlaydi. FOTIMA (taxm. 605/606—632/633) -Muhammad (sav)ning kenja qizlari. F.ga e’tiqod qilish shialar o‘rtasida keng tarqalgan. Shia imomlari va musulmon mamlakatlaridagi ko‘pchilik sulolalar (Idrisiylar, Fotimiylar, Sa’diylar va b.) shuningdek, barcha sayyidlar F. va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. F. go‘zal bo‘lgani uchun Zahro (Guldek) deb laqablanadi. F.ni Alidan 5 farzandi (uch o‘g‘il (bittasi yoshligida vafot Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 88 etgan) 2 qiz) bo‘lgan. Hasan, Husayn, Ummu Kulsum va Zaynab. Muhammad (sav) vafotlaridan olti oydan so‘ng olamdan o‘tgan F. Madinada dafn etilgan. Makka va Madinaga borgan shia ayollari F. qabrini ziyorat qiladi. FOTIMIYLAR (909 - 1171) - ismoiliy xalifalar sulolasi; o‘zlarini Ja’far as-Sodiq (765 y.v.e.) o‘g‘li Ismoil orqali Ali va Fotima avlodi deb hisoblaganlar (q. Ja’fariylik). Sunniy muarrixlar F.ning Ali avlodi ekanliklarini rad etib, ularni ubaydiylar ya’ni ismoiliylar imomi Ubaydulloh al-Mahdiy (F. sulolasi asoschisi) avlodlari deb hisoblaydilar. F. Sitsiliya, Marokash, Misr, Falastin va Suriyaning bir qismini egallashga muvaffaq bo‘lishgan.971 y. ular Misrning yangi poytaxti - Qohiraga asos solganlar. Makka va Madinani o‘zlariga tobe etgan F. Bag‘dodni bosib olib, abbosiylarni taxtdan ag‘darish va o‘zlari hukmronligidagi yangi xalifalik barpo etishni rejalashtirganlar. Qohirada ular markaz tashkil etib, u orqali F. o‘zlarining tashviqot ishlarini olib borganlar. 11-a. o‘rtalarida Yamanda ismoiliylarning Sulayhiylar sulolasi qaror topgan. F.ning ta’siri asta- sekin susaya boshlagan, bu faqat saljuqiylarning kuchayishi bilan bog‘liq bo‘libgina qolmay, ismoiliylar mafkurasining tanazzulga uchrashi bilan bog‘liq edi. Vizantiya, ayniqsa, salbchilar bilan bo‘lgan urushlarda toliqqan F. davlatida yollanma gvardiya (mamluklar) tasiri kuchaygan. Kurd amiri Salohiddin hokimiyat tepasiga kelgach, abbosiy xalifalar hukmronligani tan olgan va ismoiliylar davlati asta-sekin sunniylar davlatiga aylangan. FOTIHA (arab. - ochmoq, boshlamoq) - 1) Qur’onning birinchi (boshlang‘ich) surasi nomi. F. 7 oyatdan iborat bo‘lib, unda Alloh taologa hamd, uning sifatlari, qiyomat kuni egasi ekanligi, ibodat, ixlos, duo, yolvorish, yaxshi ummatlarning zikri va yomon yo‘ldan yurganlarning oqibati nima bo‘lishi zikr qilingan. 2) Biron voqea munosabati bilan o‘qiladigan duo, Qur’onning ayrim qisqa suralaridan birini tilovat qilish. Islom an’anasvda F. marhumning vafoti munosabati bilan oila a’zolariga bildirilgan ta’ziyaning diniy shakli hisoblanadi. FURU’ al-FIQH - fiqhning "tarmoqlari", islom pozitiv huquqini tashkil qiluvchi fikhning bir qismi. Dastlab "furu’" istilohi Muhammad ash-Shayboniyning "Kitob al-asl fi-l-furu’" (al-Mabsut nomi bilan ko‘proq mashhur) asarida qayd etilgan. Muhammad ash-Shofi’iy aniq ta’riflagan fiqhning asos -"ildizlari" (usul al-fiqh)dan farqli o‘laroq pozitiv huquq qismlari o‘zaro chegaralanmagan va ayni bir masalaning o‘zi turli bo‘limlarga mansub deb qaralishi mumkin bo‘lgan. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 89 - G - GILONIY (Jiloniy) Muhiddin Abdulqodir ibn Abi Solih Jangiydo‘st (1077- 1166) - fors ilohiyotchisi, mutasavvif. Gilon viloyati (Eron) da tug‘ilgan. 18 yoshida Bag‘dodga kelib saboq oladi. Uning hanbaliylik mazhabiga oid va’zlari shuhrat qozonadi. Keyinchalik G. Qur’on tafsirchisi va muftiy sifatida faoliyat ko‘rsatadi. U hadis va fiqh ilmlaridan dars beradi. G. hanbaliylik mazhabida qat’iy turgan, Muhammad (sav) sunnatlariga so‘zsiz rioya etgan. Va’zlarida musulmonlar uchun zarur bo‘lgan o‘nta axloqiy qoidani bayon etgan. G. o‘zining tariqat uslubini vujudga keltirmagan, biror tariqatga boshchilik qilmagan bo‘lsa ham uni qodiriylik so’fiylik tariqatining asoschisi deb hisoblaydilar. Ammo, haqiqatda esa, bu tariqat uning avlodlari yoki muridlari tomonidan faqat 13- a.ning o‘rtalarida, ba’zi mutaxassislarning fikricha, hatto 15-a.da vujudga kelgan. Xalq ommasi uni mo’jiza ko‘rsatishga qodir bo‘lgan aziz-avliyo va bechoralarning homiysi deb, ulug‘lar edi. Unga "Ravsul A’zam" ("ulug‘ himoyachi") va "piri dastgir" ("madadkor pir") laqablarini berishgan edi. G. maqbarasi Bag‘dodda bo‘lib, islomdagi muqaddas joylardan biri hisoblanadi. G.ning "Al-g‘unya li tolib tariq il-haqq" ("Haq yo‘lini istovchilar uchun qo‘llanma") asari saqlanib qolgan. Bu asarda musulmonlarning ijtimoiy, axloqiy burch va vazifalari hanbaliylik mazhabi nuqtai nazaridan bayon qilingan. GUL - ayol jinsidan bo‘lgan jinning bir turi; nihoyatda badjahl va insonlarga dushmanligi bilan ajralib turgan. Go‘yo cho‘lu biyobonlarda yashab, turli qiyofalarga kirib yo‘lovchilarni o‘z tuzog‘iga ilintiradi, so‘ngra ularga hujum qilib o‘ldiradi. Erkak jinsdagi G. - kutrub; ba’zan G. si’lat bilan aynan deb qaraladi. O’rta asrlarda islom mamlakatlaridagi xalq rivoyatlarida G. Iblis va shaytonlar bilan aloqador bo‘lgan kofir jinlar qatoriga kiritilgan; ular odamxo‘r va o‘laksaxo‘r hisoblanganlar. Deyarli butun islom ahdi xalq adabiyoti va folklorida G. bilan bog‘liq sarguzashtlar bayon etilgan ko‘plab hikoyalar uchraydi. GUNOH (fors - jinoyat, ayb; asli shu ma’nodagi arab. "junoh" so‘zidan olingan) -shariat qonunlariga va diniy aqidalarga xilof ish yoki harakat. Islom dinida eng katta G. - shirk, ya’ni Allohni butunlay inkor etish yoki unga teng keladigan boshqa ilohiy kuchlar bor, deb e’tiqod qilish hisoblanadi va bunday G.ni Alloh kechirmaydi. Ammo undan boshqa katta va kichik G.larni xohlaganicha kechirishi yoki ma’lum me’yorda jazolashi mumkin. Katta G.larning adadi to‘g‘risida islom manbalarida turlicha fikrlar aytilgan. Ota-ona qarg‘ishini olish, sehr-jodu bilan shug‘ullanish, qotillik, yolgon guvoxlik berish, o‘g‘rilik, chaqimchilik, qimorbozlik, riyokorlik, firibgarlik, harom qilingan narsalarni iste’mol qilish, dilozorlik va h.k. katta G. hisoblanadi. Ba’zi islom olimlari katta G.lar sonini 300 tagacha sanab o‘tganlar. Kichik G.lar behisobdir. GURGONIY Abulqosim Ali (10-a. oxiri -vaf.taxm. 1058) - tasavvufning Xuroson maktabi shayxlaridan. Tug‘ilgan va vafot etgan yili, qabrining qaerdaligi haqida aniq ma’lumotlar yetib kelmagan. Ali ibn Usmon Hujviriy (vaf.taxm. 1072) "Kashf ul-mahjub" asarida G. bilan bir necha marta (aksariyat Tus shahrida) uchrashib, ba’zi masalalarni undan so‘raganligi haqida yozadi. G.ning Tusda xonaqo va masjidi bo‘lib, u o‘z davrining qutbi deya e’tirof etilgan. "Silsilat uz-zahab"dagi 9-piri murshid. Tasavvuf ta’limini Abu Usmon Mag‘ribiy va Abulhasan Haraqoniy (vaf. 1034)dan olgan. Tasavvufdagi nisbasi, bir tomondan, Abu Usmon Magribiy, Abu Ali al-Kotib, Abu Ali ar-Rudboriy orqali Junayd Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 90 Bag’dodiy (vaf. 910)ga, ikkinchi tomondan, Abulhasan Haraqoniy orqali Boyazid Bistomiy (vaf. 848 yoki 875)ga borib bog‘lanadi. Manbalarda G. ikki yo‘nalish "sahv" va "sukr"ni o‘zida birlashtirgan murshid sifatida zikr etiladi. G. Abu Ali Formadiy (1011- 1085)ning tasavvufdagi ustozidir. Shayx Abusaid Abulxayr (967-1049) bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar "Tabaqot us-so’fiya", "Risolai Qushayriy", "Nafahot ul-uns", "Nasoyim ul-muhabbat" singari asarlardan joy olgan. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 91 - H - HADD ("to‘xtatish", "chora ko‘rish") - Qur’on va sunnaga ko‘ra, odob-axloq va jamoat tartibiga doir jinoyatlari uchun beriladigan jazolar: kufr, buzuqiliq, soxta guvoxlik, tuhmat qilish, ichkilikbozlik, ichirib mast qildirish, qimorbozlik, savdo qoidalarini buzish, qalloblik va b. H. ayrim shaxsga nisbatan emas, balki qonunga qarshi sodir etilgan jinoyatga nisbatan qo‘llanilgani uchun tomonlarning kelishuvi va avf etish mumkin emas va albatta H. ijro etilmoga shart. H. faqat sudning xukmi bilan beriladi va 40 dan 100 tagacha qamchi yoki kaltaklash bilan amalga oshiriladi, undan tashqari ibratli jazo turi (ta’zir) ham qo‘llanilishi mumkin. Jazo o‘tab bo‘lingach, albatta tavba va kafforat to‘lanadi. Qadimda Usmoniylar davridagi Turkiyada H. yirik pul jarimasi to‘lash bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan. Mana shu tartib ko‘pgina islom davlatlari qonunchiligi tomonidan qabul qilingan. HADIS (arab. - "xabar", "yangilik"), hadislar - Muhammad (sav)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlar. Ikki qismdan iborat bo‘ladi: matn va isnod. H. ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi qudsiy; 2. Hadisi Nabaviy. H.lar e’tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sahih. 2. Hasan. 3. Zaif. Qur’oni karimda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniklik kiritish va izoxdab uqtirish uchun Muhammad (sav) o‘z H.larini aytardi. Bu H.larni payg‘ambarning safdoshlari yodda saqlashga harakat kdlardi. Rasululloh (sav) hayotlik chog‘larida sahobalarning Qur’oni karimga H.larni aralashtirib yuborishlaridan qo‘rqib, H.larni yozishdan qaytarar edilar Rasululloh (sav) vafotlaridan so‘ng H.larni nakd qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar Payg‘ambarimiz (sav) Hlariga begona so‘z aralashib qolishidan va H. nakd qiluvchi sahobalar vafot etishlari bilan H. zoe bo‘lishidan qo‘rqib, uni yozma shaklda to‘play boshladilar. Bu odamlar turli yurtlarga tarqalib ketganlar. 7-a. o‘rtalaridan boshlab ularni topib, H. larni ogizlaridan yozib olishga harakat qilingan. Bunda turkistonlik muhaddislar katta xizmat qilishgan. Islom olamida eng obro‘li hisoblangan H. to‘plamlari quyidagilar hisoblanadi: 1) "al-Jomi’ as sahih" yoki qisqacha, "Sahihi Buxoriy"; 2 "Sahihi Muslim", 3) "Sunani Termiziy"; 4 "Sunani Abu Dovud"; 5) "Sunani Nasoiy"; 6 "Sunani Ibn Moja". Shuningdek, Ibn Hanbal musnadi ham katta shuhrat qozongan (yana q Hadis to‘plamlari). HADIS TO’PLAMLARI - hadisga doir kitob turlari. Ahli hadis istilohiga ko‘ra, aqoidga taallukdi bo‘lgan hadislar "Ilmi tavhid va sifat"; hukmga dalolat qiluvchi hadislar "Sunan"; ilmi suluk va zuhdga oidlari "Riqoq"; yeyish, ichish va kiyinish, o‘tirish, turish va safar... odoblariga taallukli bo‘lgan hadislar "Ilmul adab"; tafsir hadislari "Tafsir"; tarix va she’r hadislari goh "Ilmu Va’dil-xalq", goh "Siyrat"; asri Jalili nabaviydan so‘ngra vujudga kelgan va kelajak fitnalarga doir bo‘lganlari "Ilmul-fitan"; manoqib va musolaba, ya’ni shaxslar, qabilalar, shaharlar va b. shu kabilarning maqtovi yoki aybloviga doir xabarlar "Ilmul-manoqib" deb ataladilar. Bu boblarning sakkizalovini ham jamlagan "Sahihi Buxoriy" kabi kitoblarga "Jomi’" nomi berilgan. Imomi Termiziyning kitoblari esa, ham "Jomi’", ham "Sunan" deyilgandir. Sahoba ismlari maxsus tartibga solinib, har biridan rivoyat qilingan hadislar jamlangan bo‘lsa, unday kitob "Musnad"; muallifning keksalari hurufi hijo (alifbo) tartibiga qo‘yilib, Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 92 har birining yo‘li bilan muallifga yetib kelgan rivoyatlarni to‘plagan kitob "Mujam" deyiladi. Hadis kitoblarining yana ko‘p xillari bo‘lsa ham, eng muhim turlari shulardir. HADISI QUDSIY - ma’nosi Alloh taoloniki bo‘lib, aytilishi Rasululloh (sav)dan bo‘lgan hadislar. Shuningdek, "Hadisi Rabboniy", "Hadisi ilohiy" deb ham aytiladi. Uni Alloh taolo o‘z nabiysiga ilhom berish, tushida ko‘rsatib bildirish orqali xabar beradi, Payg‘ambar (as) esa, buning ma’nosi Alloh nomidan, Alloh taolo aytdi, deb sahobalariga yetkazganlar. H.q-ning martabasi Qur’oni karim bilan hadisi Nabaviy o‘rtasida. H.q. talaffuzi bilan ibodat qilinmaydi, namozda qiroat etilmaydi, u bilan bahsga chorlanmaydi. U Qur’onning naqliga o‘xshab mutavotir holda naql qilinmagan. Balki, uning sahih, zaif va mavzu-yolg‘onlari mavjuddir. HAJ - Makkani ziyorat qilish, islomning besh asosiy ruknlaridan biri. H. amali uni ado etishga qurbi yetgan barcha musulmonlar uchun (juda bo‘lmaganda umrida bir marta) farzdir; unga qurbi yetmaganlar o‘zlarining o‘rinlariga "o‘rinbosar" (vakil al-H.) yuborishlari mumkin. H. zulhijja oyida amalga oshiriladi va turli marosimlarni (manosik al-H.) o‘z ichiga oladi. Ziyoratchilar karvoni Makkaga 7-zulhijjada yetib keladilar Ular maxsus joy - miyqotda poklanib ehromga kiradilar, "kichik H." marosimini o‘taydilar (q. Umra, tavof). So‘ngra umra va H.ni alohida o‘tashga qaror qilganlar sochlarini oldirib ehromdan chiqadilar. Ular bevosita H. oldidan yana qayta ehromga kiradilar. Umra va H.ni birga o‘tamoqchi bo‘lganlar (qiron) H. oxirigacha ehromda qoladilar. Zulhijja oyining 7-kuni ziyoratchilar Ka’bada xutba eshitadilar va namoz o‘qiydilar. Ertasi kuni (yaum at tarviya) Mino vodiysiga boradilar Ziyoratchilar zulhijja oyining 8-sanasidan 9-sanasiga o‘tar kechani Mino vodiysida o‘tkazadi, Zulhijjaning 9-kuni ertalabdan H.ning asosiy marosimi - Arofat tog‘i oldida turish (vukuf) boshlanadi. Ziyoratchilar xutba eshitadilar, namoz o‘qiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. So‘ngra ziyoratchilar Muzdalifa vodiysi tomon yuradilar (ifada) Shu yerda shom va xufton namozlari o‘qiladi va tunaladi. Zulhijjaning 10-kuni (yaum an nahr) bomdod namozidan keyin ziyoratchilar Mino vodiysiga yo‘l oladilar, bu yerda ular Muzdalifadan olgan 49 ta kichik toshning7 tasini birinchi kuni eng kichik shayton ramziga uloqtiradilar (q. Shayton). Bu marosimdan so‘ng, shu yerning o‘zida savdogarlar va badaviylardan sotib olingan jonliq qurbonlik qilinadi. Zulhijjaning 10-kuni musulmonlarning eng muhim bayrami hisoblanib, butun islom olamida keng nishonlanadi (q. Hayit, qurbonlik) Sochlarini oldiryb yoxud kestirib ziyoratchilar so‘nggi tavofni bajo keltirish uchun Makkaga yo‘l oladilar. Kimda kim dastlabki marosim umra qilmay H. qilgan bo‘lsa (H. ifrod) tavofdan keyin sa’yni ado etishadi Zulhijjaning 11-kunidan 13-kunigacha (ayyom at-tashriq) ziyoratchilar qurbonlik qilishda davom etadilar, Mino vodiysiga boradilar, u yerda endi hamma ustunlarga qarab 2 kun7 tadan toshcha otadilar (jamrat al-ula, jamrat al-vusta, jamrat al-aqaba), o‘z ishlari bilan band bo‘ladilar. H.ning asosiy marosimlari aqidaga ko‘ra Muhammad (sav) tomonidan 632 y. "vidolashuv H."ida (H. al-vado’") belgilab berilgan Keyinchalik asosiy huquqiy mazhab namoyondalari ziyorat marosim-udumlarini bajarishni batafsil ishlab chiqqanlar. H.ning g‘oyaviy va siyosiy ahamiyati bugungi kunda ham ulkan. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, yurtimiz musulmonlariga H. amalini ado etish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 93 al-HAJAR al-ASVAD - q. Qora tosh. HAZRAT XIZR MASJIDI - Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Shaharning eng qad. masjvdi shu yerda kurilgan. Xizr (as) nomidan olingan. Masjidning hoz. binosi 19-a. o‘rtalarida qad. bino poydevori ustida bunyod qilingan. Tik zinapoyadan darvozaxonaga chiqib, chap tomondagi ravokdan peshayvonga o‘tiladi. Binoning shim.-g‘arbiy qismi katta gumbazli xonaqoh. U 1854 y. ta’mir etilgan, peshayvon 1899 y., darvozaxona 1919 y. kurilgan. H.X.m. hozir ta’mirlangan. Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling