Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
HORUT va MORUT - qilgan gunoxlari uchun Bobiddagi zindonga tashlangan ikki farishta ismi. Ular Qur’onda sehr bilimdonlari va uni odamlarga o‘rgatuvchilar, lekin uni qo‘llash oqibatlaridan ularni ogoh etuvchilar sifatida qayd etilgan (Qur’on, 2:102/96). Aqidaga ko‘ra, Alloh insonlarni gunohkor ekanligini qoralayotgan farishtalarni ta’na qilib, ular ham yerdagi yo‘ldan ozdiruvchi narsalardan o‘zlarini imonda tiyolmay, poklikni saqpab qola olmasliklarini aytgan. Uchta farishta o‘zlarining barqaror ekanliklarini isbotlash maqsadida yerga ravona bo‘lishgan. Ularning biri yerdagi ehtiroslar o‘zidan g‘olib kelayotganini darhol sezgan va osmonga qaytgan. Qolgan ikkitasi -H. va M. - yerda qolib, go‘zal ayolga ilakishib, uning ta’sirida ko‘p bema’ni ishlar qilishgan - butlarga sig‘inishdan tortib qotillikkacha borishgan. Ularga kelajakdagi hayotda yoki hoz. hayotda jazolanishlari muddatini tanlash taklif qilingan. Ular hoz. hayotda jazolanishni tanlashgan va shundan beri Bobildagi zindonga tashlanganlar, u yerda zanjirband holda, tashnalik azobida qiyomatdan keyin ozod bo‘lishlarini kutib yotishmoqda. Kimki sehrgarlikni o‘rganmoqchi bo‘lsa, ularning yoniga keladi. HOSHIMIYLAR, banu hoshim - 1) Muhammad (sav) bobo kalonlari Hoshim ibn Abdumannof avlodlari; Rasululloh (sav) mansub bo‘lgan urug‘-xonadon. H. Muhammad Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 106 (sav) hayotlarida, ul zot vafotidan so‘ng esa arab-musulmon tarixida muhim rol o‘ynagan (q. Ahli bayt, sharif, sayyid, al-Alaviya, xo‘ja). 2) H. bir qancha musulmon hukmdorlari sulolasini shakllantirganlar. Chunonchi, 10-a.dan 1924 y.gacha Makka shariflari, uning hokimlari. Bu sulola vakshshari (al-Havoshim-Hoshimiylar) 20-a. boshida Hijozda (1908-1925) va Iroqda (1921-1958) davlatni idora etishgan, 1921 y.dan Iordaniya Hoshimiylar qirolligida, H.ning boshqa bir tarmog‘i esa Marokash Qirolligida (10-a.dan) hokimiyatni boshqarib kelmoqda. HUBAL - qad. arab ma’budi, kinona qabilalar uyushmasi va ularning o‘troq tarmog‘i - Qurayshiylar va Makka sh. homiysi. Rivoyatlarga ko‘ra H. kinoniylarga Shim. Arabiston (Nabateya)dan o‘tgan. Makkada uning sanamlari beshakl tosh hamda serdolik haykalcha ko‘rinishida mavjud bo‘lib, sindirilgan o‘ng qo‘li oltin qo‘l bilan almashtirilgan. Bu sanam Ka’bani ichida joylashib, uning bosh ma’budi bo‘lgan. H. uchta ma’buda - al-Lot, al-Uzza va Manatning eri, momoqaldiroq va yomg‘ir hukmdori hisoblangan. Uning haykali yonida kamon o‘qlari yordamida fol ochishgan. Makkalik mushriklarning musulmonlar jamoasi bilan kurashi davrida H. Allohga qarshi qo‘yilgan, biroq bu haqda Qur’onda zikr etilmagan. Makka fathidan so‘ng H. sanami Ka’badan chiqarilib, parchalab tashlangan. HUD (as) - Qur’onda zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Qur’onga ko‘ra, u Od qavmiga payg‘ambar qilib yuborilgan. Bu qavm gavdali, jismonan baquvvat kishilardan iborat bo‘lib, Yaman va Ummon o‘rtasidagi Ahqof degan joyda yashagan, butlarga sig‘ingan, yolg‘iz Allohga ibodat qilishga da’vat etgan H.ni tahqirlab, yolg‘onchi va aqli zaif deb atagan. H. (as) o‘z qavmini agarda yolg‘iz Allohga ibodat qilmasalar avvalda o‘tgan sarkash qavmlarga bo‘lgani kabi, bularga ham Allohning azobi nozil bo‘lishidan ogohdantiradi. Ammo Od qavmi bari bir o‘z zalolatida davom etaverdilar va H. (as)ga itoat etmadilar. Shu kundan so‘ng Alloh 3 yil yomg‘ir yog‘dirmay, qurg‘oqchilikka gariftor etsa ham, bu qavm tavba-tazarru qilmagan. O’z qavmining imon keltirishidan umidini uzgan H. (as) o‘ziga imon keltirgan mo‘minlar bilan Makkaga ketib o‘sha yerda vafot etgan. Hidoyatga yurmagan qavm ustiga esa Alloh kuchli bo‘ron yuborib, hammalarini halok qildi ("Al-haaqqa" surasi 6-7-oyatlar). HUJVIRIY, Abu-l-Hasan Ali ibn Usmon al-Raznaviy al-Jullabiy (? - 1072-1076/77 y.lar oralig‘i) - fors tilida so’fiylikka doir birinchi asar muallifi. Unda so’fiylik tarixi va mohiyati, so’fiylar dunyoqarashi va amaliyoti sistematik tarzda bayon etilgan. Hujvir (G’aznadagi mahalla)da taqvodor oilada tug‘ilgan. Hanafiy mazhabiga e’tiqod qiluvchi sunniy H.. al- Junayd (910 y. v.e.) so’fiylik maktabining izchil tarafdori bo‘lgan. Hayotining ko‘p qismini safarda o‘tkazib, Farg‘onadan Huzistongacha, Hindistondan Suriyagacha bo‘lgan mamlakatlarni kezgan. Hayotining so‘nggi damlari Lohurda kechgan, bu yerda u bizgacha.etib kelgan yagona (10 tadan) asari - "Kashf al-mahjub li-abror al-qulub"ni yozgan. Asar 2 qismdan iborat. Birinchi - kirish qismi 14 bobdan tashkil topib, unda so’fiylikdagi ixtiyoriy qashshoqlik va ruhiy poklik masalalari tahlil etilgan, 74 so’fiy- shayxlar tarjimai holi keltirilgan, 2 asosiy oqim (g‘arbiy va sharqiy) borligi qayd etilgan, shuningdek, so’fiylikdagi 12 "maktab" yoki mazhab ta’limotlari tahdil qilinib, shundan "10 tasi ma’qul topilib, 2 tasi esa, rad etilgan". Ikkinchi qism, asosan, javoblardan iborat bo‘lib, "Kashf al-hijob" deb nomlangan 11 qismdan iborat. Unda falsafiy qoidalar, so’fiylikdagi ta’limotlar va amaliyot, ularni shariat normalariga mos kelishi, so’fiylar Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 107 orasida qabul qilingan texnik terminlar va b. ko‘rilgan. Asar keyingi davrda so’fiylikka doir fors tilida yozilgan adabiyotlarga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. HUJJA (ko‘pligi hujaj, "dalil", "isbot", "dalil keltirish") - kalom, falsafa, lochika (sinonimlari dalil, burhon) va fiqhda (sinonimlari bayyina, shahoda, iqror) keng ishlatiladigan istiloh. Qur’onda bir necha bor faqat Allohgana ishonchli dalillarga ega ekanligi uqtirilgan (6:83, 149/150), insonlarni Allohga qarshi vajlari Uning nigohlari oldida hech qanday ahamiyatga ega emas (42:15/14; 45:25/24). Hujjat al-islom ("Islomning isboti") iborasi yuqori martabali ilohiyotchilarning faxriy unvoniga aylangan. Bu unvonga dastlab al-G’azoliy (1111 y. v.e.) sazovor bo‘lgan. Hoz. shialik olamida (avvalambor Eron, Iroqda) H. al-i. unvoni oyat Alloh al-uzmo ("Allohning eng buyuk ishorasi") va marja’ at-taqlid ("Taqlid qilish manbasi") unvonlari qatorida eng baland martabali mujtahid - oyatullohdarga beriladi (yana q. Hujjat al-islom). HUJJAT al-ISLOM (arab. - islom hujjati, islomning isboti mazmunida) - o‘rta asrlarda ba’zi yirik ilohiyotchilarga berilgan diniy unvon. Sunniylarda keyinchalik qo‘llanilmay ketgan, lekin shialik ulamolari o‘rtasida rasmiy unvon sifatida ba’zi mamlakatlarda (Eron, Iroq) saqlanib kelmoqda. H. al-i. unvoni Oyatulloh unvonidan quyi mavqeda turadi. Bu unvonga ilk bor imom G’azoliy (1111 y. v.e.) sazovor bo‘lgan. Safaviylar davrida Eronda H. al-i. unvonini eng mashhur mujtahidlar olgan. H. al-i. sohiblari odatda shialarning muqaddas shaharlari (Karbalo, Najaf va b.)da yashagan. HULMONIYLAR, al-Hulmoniya - Abu Hulmon al-Forisiy al-Xalabiy (taxm. 950 y. Damashqda v.e.) tarafdorlari. Dastlab Damashqda paydo bo‘lgan. H.ni so’fiylar qatoriga qo‘shishgan, ular panteizmning yorqin aks etgan estetik shaklini targ‘ib etganlar. Ular bu dunyoda go‘zallikning har qanday ko‘rinishi ilohiy mujassamotdir deb hisoblashgan. Har qanday go‘zal deb topilgan narsaga ular sajda qilishgan. Aqoid olimlari ularni Allohni muayyan narsalar va shaxslar bilan o‘xshatishda (hulul), shariat ko‘rsatmalariga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishda (ibohiya), ruhlarni ko‘chib yurishini e’tirof etishda ayblaganlar. HULUL (halla fe’lidan - "ko‘chmoq", "joylashmoq") - bir buyumning boshqasida bo‘lishi, joylashishi, namoyon etishi. Bu ma’noda H. istilohi Qur’onda qo‘llanilmagan. O’rta asr musulmon ta’limotlarida H. deganda quyidagilar tushunilgan: 4) jismlar va mavhumotlarda tasodifiy holatning bo‘lishi (hulul al-a’rod fi-l-ajsom va-l-mujarradot); b) yaxlitda qismni; v) buyumda belgani (hulul an-no’it bi-l-man’ut); g) ruhning tanada bo‘lishi (hulul ar-ruh fi-l-badan). Haqiqiy H. deb birining mavjudligi ikkinchisining mavjudligiga aylangan ikki buyumni uyg‘un bo‘lishiga aytilgan. Islomda H. tarafdorlari "o‘ta" shialar hisoblanib, ular Ali va ayrim so’fiylarni ilohiylashtirganlar. HUMAYNIY Ruhullo Musoviy (1900-1989) - din va davlat arbobi. Eronning Aroq sh. yaqinidagi Humayn qishlog‘ida ruhoniy oilada tug‘ilgan. Avval Aroqtsa, keyin Qumda o‘qigan, o‘sha yerda madrasada dars bergan. 50-y.lar oxirida Oyatulloh unvoni bilan Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 108 atala boshlagan. Eronda shoh hokimiyatiga qarshi kurash olib borgani uchun shoh jandarmeriyasi tomonidan 1963 y.da qamalgan, 1964 y.da Turkiyaga badarg‘a qilingan. 1965 y.da Iroqqa borib, shialikning muqaddas markazi hisoblangan Najafda madrasada dars bergan. Shoh hukumatining talabi bilan 1978 y.da H. Iroqdan ham badarg‘a qilingan. Kuvayt hukumati unga mamlakatga kelishga ijozat bermagandan keyin, Parijda joylashgan. U yerdan turib, shoh hokimiyatiga qarshi kurashni va Eronda boshlangan inqilobiy harakatga yo‘llanma berishni davom ettirgan. Shoh hokimiyati ag‘darilgandan so‘ng 1979 y. fevr.da Eronga qaytib kelgan. Eron Islom respublikasi tashkil etilgandan keyin H. rasman davlatning diniy rahbari (viloyati faqih) deb konstitutsiyada e’tirof etilgan. Diniy rahnamo sifatida u "marjai taqlid" hisoblanib, imom deb yuritilgan. HURLAR (arab. hur al-ayn-shahdo ko‘z) - islom an’anasi va Qur’onga ko‘ra, taqvodorlar bilan birgalikda jannatda yashaydigan qizlar. Qur’on (2: 23; 3:13; 4:60)da ular jismoniy va ma’naviy kamchiliklardan xoli bo‘lgan, odam ham, jin ham tegmagan (55:56, 74), bir-biriga teng, bokira, go‘zal qizlar deb tasvirlanadi. Qur’on sharhlovchilarining fikricha, H. jannatga tushgan taqvodorlarga ularning qilgan savob ishlari evaziga xotin qilib beriladi. HURUFIYLAR - 14-15-alarda Eronda vujudga kelgan g‘ulot shia firqalaridan birining tarafdorlari. Firqaga Fazlulloh Astrobodiy (taxm. 1340 y.da tug‘ilgan) asos solgan. 1386- 87 ylarda u o‘z ta’limotini targ‘ib qilib chiqqan. U arab harflari sirli mazmunga ega degan ta’limotni ilgari surgani uchun al-Hurufiy (lug‘aviy ma’nosi "harfchi") taxallusini olgan, firqaning nomi shundan kelib chiqqan. Tarixiy ma’lumotlar bo‘yicha, uni Amir Temur Shirvonga badarg‘a qilgan, shu sababli H. Temur va uning xonadonidan bo‘lgan hukmronlarga nafrat bilan qaragan. Temurning Eron va Ozarbayjon yerlarida hukmron bo‘lgan o‘g‘li Mironshohni ular dajjol deb ta’riflagan. H. tez vaqt ichida Eron, Ozarbayjon, Turkiya va Suriyada tarqalgan. H. olam abadiy, insonda xudoning qiyofasi aks etgan, olam taraqqiyotining har biri bosqichida xudo qiyofasi insonda mujassamlanib namoyon bo‘ladi, ana shunda insonning o‘zi Xudo bo‘ladi, oxirgi payg‘ambar - Muhammad, avliyolarning birinchisi Ali, o‘n birinchi imom Hasan al-Askariy esa, imomlarning oxirgasi, Fazlulloh Astrobodiy - xudo mujassamlashgan birinchi inson, degan ta’limotni ilgari suradi. Tez orada yerga Mahdiy kelib, ilohiy adolat o‘rnatadi, barchani teng qiladi, insonning insonga zulm qilishi tugaydi, deb kutadi. Ular mavjud hokimiyatga qarshi qurolli kurash tarafdori bo‘lgan, 1426-27 y.larda Hirotda temuriylardan bo‘lgan hukmdor Shohruhga kdrshi suiqasd uyushtirib, uni yarador qildi, lekin u tirik qoldi. Qo‘lga olingan H. maxfiy tashkilotining a’zolari beayov jazolandi va jasadlari olovda yondirildi. H. qatgiq ta’qib ostiga olindi va keyinchalik Eronda tugab ketdi. HUSAYN ibn Ali (626-680) - Ali ibn Abu Tolib(kv)ning (Fotimadan tug‘ilgan) kichik o‘g‘li, Muhammad (sav)ning nabiralari, uchinchi shia imomi. 669 y.da Hasan vafot etgandan keyin Ali(kv) tarafdorlari uni o‘z rahbari deb e’lon qilgan. 680 y. xalifa Muoviya o‘lgandan keyin Iroqda umaviylarga qarshi harakat faollashgan. H. Yazidga bay’at qilishdan bosh tortgan. Kufa shialari H.ni o‘zlarining imomi deb tan olib, Kufaga taklif etgan va xalifa Yazidga qarshi qo‘zg‘olonga bosh bo‘lishni so‘ragan. H. Makkadan Kufaga jo‘naydi. 70 jangchisi bilan Kufaga yaqin Karbalo dashtiga yetib kelganida xalifa Yazidning 4 ming kishilik qo‘shini unga qarshi chiqqan. 680 y. 10 okt. kuni H. jangda Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 109 shahid bo‘lgan, jasadi o‘sha yerga dafn etilgan. Shu munosabat bilan Karbalo shialarning asosiy muqaddas ziyoratgohiga aylangan. H. halok bo‘lgan sana shialarda motam kuni sifatida nishonlanadi (q. AShuro). HUSAYN VOIZ KOSHIFIY (1440-1505) -ilohiyotchi, shoir va adib. Xuroson viloyati Sabzavor sh. Bayhaq kentida tavallud topgan. Asosan, Hirotda yashab, uzoq yillar bu yerdagi madrasalarda dars bergan. Qur’onga to‘rt jildli sharh bitgan. Shuningdek, din tarixi, riyoziyot, falakiyot, kimyo, fiqh, adabiyot va san’at sohalarini to‘liq o‘zlashtirgan va bu fanlarga oid 200 dan ziyod asar yozgan. H.V.K. voiz, notiq sifatida ham dong taratgan. "Axloqi Muhsiniy", "Javoqirnoma", "Risolai Hotamiya", "Axloqi Karim", "Tafsiri Husayniy", "Futuvvatnomai Sultoniy", "Anvori Suhayliy", "Oinai Iskandariy" kabi kitoblarida din-diyonat, ma’naviyat, davlatni boshqarish, komil insonni tarbiyalash masalalari, gunoh va savob, vijdon, burch singari tushunchalar yoritilgan. Uning fikricha, Alloh yaratgan inson zoti dunyodagi eng yuksak, olijanob mavjudotdir, binobarin unda saxovat, shijoat, sabr-toqat, rostgo‘ylik va kamtarlik kabi fazilatlar mujassam bo‘lishi shart. Kishilar birlashib, jamiyatni hosil qiladi. Jamiyat, davlat esa, adolatli boshqarilsa, shariatga, diyonatga rioya qilinsa, odil siyosat yuritilsa jamiyat, mamlakat rivojlanadi, xalq yaxshi yashaydi. "Rashahot ayni-l-hayot" ("Hayot chashmasidan tomchilar") asarida naqshbandiylik tariqati mashoyixlari haqida hikoya qilinadi. H.V.K. yaratgan asarlar o‘nlab yillar davomida Xuroson madrasalarida darslik sifatida mutolaa qilingan, O’rta Osiyo va Eron tarixi hamda madaniyatini o‘rganishda muhim manba sanalib, arab, eski o‘zbek, tatar, ingliz, frantsuz va b. tillarga tarjima etilgan, Sharku G’arb mamlakatlaridagi kutubxonalardan o‘rin olgan. H.V.K.ning "Futuvvatnomai Sultoniy" asari nashr etilgan (Toshkent, 1993). Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 110 - I - IBLIS - q. Shayton. IBN al-ASIR Izziddin Abulhasan Ali (1160-1232) - tarixchi. Iroqning Mosul va Bag‘dod sh.lari madrasalarida tahsil ko‘rgan, so‘ng ilm talabida Shom (Suriya)ga safar qilgan. U yerdan qaytgach, butun umrini uzlatda, tarixga doir asarlar yozish bilan o‘tkazgan. Eng yirik va muhim asari - "Al-Komil fit-tarix" ("Tarix bo‘yicha mukammal asar") bo‘lib, u 12 jidddan iborat. Unda Islom olamida insoniyat tarixining ilk davrlaridan 1230 y.gacha bo‘lgan voqealar, xususan, Xuroson va Movarounnahrning 12-a. va 13-a.ning 1- choragidagi tarixi yilma-yil bayon qilingan. Asarning mo‘g‘ullar istilosiga bag‘ishlangan so‘nggi jildlari qimmatli manba hisoblanadi. Bu asarning tanqidiy matni Leyden (1851- 76) va Misr (1873) da nashr etilgan. Ogahiy o‘zbek tiliga tarjima etgan. I.al-A. "Tarix atabikat al-Mavsil" ("Mosul otabeklari tarixi"), "Usud ul-g‘oba fiy ma’rifat ahvol is- sahoba" ("Sahobalar ahvolini bilish xususidaga o‘rmon sherlari yanglig‘ qudratli kitob") nomli asarlar ham yaratgan. I.al-A.ning akasi [Majiduddin Muborak ibn Abil Karam Muhammad Jazariy ibn Asir (1166-1228)] va ukasi [Ziyoviddin Abul Fath Nasrullo ibn Asir (1180-1248)] ham tarix, hadis, ilohiyot va adabiyot sohalarida ko‘plab asarlar yaratgan. IBN ARABIY (Ibn al-Arabiy), Muhyi ad-din Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali al-Hotamiy at-Toiy (1165-1240) - diniy faylasuf, "vahdati vujud" ta’limoti asoschisi, so’fiylikning ko‘zga ko‘ringan vakili. "Ulug‘ shayx" (muallim), "Aflotun (Platon)ning o‘g‘li" nomlari bilan ulug‘langan. Andalusiya (Ispaniya)ning Mursiya sh.da tug‘ilgan va diniy bilim olgan. Dunyoqarashi so’fiylar ta’sirida shakllanib, Andalusiya va Shim. Afrika bo‘ylab safarga chiqqan, mashhur olim va mutafakkirlar bilan muloqotda bo‘lgan. I. A. shuningdek, Sharkdagi yirik musulmon so’fiy va ilohiyotchilari Xarroz, Hakim at- Termiziy, Xalloj, G’azoliy va b.ning asarlarini ham o‘rgangan. 1200 y.da haj ziyoratiga borib, umrining oxirigacha Sharkda qolgan. 1201 y.da Makkada yashagan, bu yerda mashhur she’riy to‘plami - "Tarjumon al-ashvoq" ("Ishqiy shavq tarjimoni")ni hamda so’fiylikka oid risolalarini yozgan. Shu yerda ko‘p jildli "Futuhot al-makkiya" ("Makkaning fath etilishi") asari ustida ish boshlagan. Bu asarni "so’fiylik qomusi" deb atashadi. I. A.ning eng mashhur risolasi "Fusul al-hikam" bo‘lib, unga 150 dan ortiq sharxlar yozilgan. Umuman I. A. ijodiy merosi 300 ga yaqin asarni tashkil etadi. Olim Damashq sh. yaqinidagi tog' yonbag‘riga dafn qilingan. Sulton Salim I buyrug‘i bilan 16-a. boshida uning qabri ustiga mahobatli maqbara qurilgan, bu maqbara hoz. ham mavjud. I. A. zamonasining barcha ilmiy oqimlaridan xabardor edi. U Ibn Rushd, Suhravardiy, ar- Roziy va b. bilan uchrashgan hamda yozishib turgan. Uning falsafiy dunyoqarashi panteistik xarakterda, hamma narsaning yagona asosi diniy substantsiya (ruh, ideya), deb hisoblaydi. Mashhur shaxslarga sajda qilishni inkor qilgan, turli dinlarning ahamiyati barobar deb hisoblagan. So’fiy sifatida Xudoni oliy, mutlaq haqiqat holda anglash va unga ko‘ngilni poklash orqali erishishni tan olgan. I. A. o‘rta asrlar musulmon olamida eng ziddiyatli shaxslardan biri. Uning qarashlarini Ibn Taymiya, Taftazoniy singari ilohiyotchilar, shuningdek, arab tarixchisi Ibn Xaldun keskin tanqid qilgan. Boshqa ko‘pgina musulmon ulamolari esa, uni himoya etgan. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 111 IBN ASOKIR (Abulqosim Ali ibn al-Hasan) (1105 - Damashq -1176) - tarixchi, muhaddis, faqih va shoir. Madrasada tahsil ko‘rgach, o‘z bilimlarini yanada ziyoda qilmoq istagida Iroq va Xuroson bo‘ylab kezib, u yerlardagi ulamolardan ta’lim olgan. So‘ng Damashqqa qaytib, An-Nuriyya madrasasida mudarrislik qilgan. Tarix, hadis va fiqhga doir ko‘plab asarlar yaratib, "Sadiqat ud-diyn" (Din vafodori) hamda "Nur ud- diyn" (Din nuri) kabi faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan. Uning eng yirik asari "Tarixu madiynati Dimashq" ("Damashq shahri tarixi") bo‘lib, u ko‘proq "Tarixu ibn Asokir" ("Ibn Asokir tarixi") nomi bilan ma’lum. Shom (Suriya) va Damashq tarixi hamda shomlik mashhur kishilar tarixiga bag‘ishlangan mazkur asar 80 jilddan iborat. I. A. hadis va fiqh ilmiga oid "Al-Muvofaqot", "Al-Atrof lis-sunan", "Mu’jam ash-shuyux", "Manoqib ash- shabob" nomli asarlar ham yozgan. IBN BOBUYA ash-Shayx as-Soduq Muhammad ibn Ali Abu Ja’far al-Qummiy (? - 991) - shialarning mashhur ilohiyotchi olimi, faqih; shia rivoyatlari bilimdoni, imomiylar (ja’fariylar) huquqini ilk bor ishlab chiqqanlardan. Yoshlik chog‘idayoq Xurosonda shia rivoyatlarini bilishda unga teng keladigan kishi bo‘lmagan. 965 y. u Bag‘dodga kelib, Buvayhiylar bilan yaqinlashgan va faol tashviqot ishlarini boshlagan. I.B.Ray sh.da vafot etgan. I.B. 200 ga yaqin asar yozgan, shundan 20 tasi saqlanib qolgan. Asosiy asarlari - "Man la yahduruhu al-faqih" - 4 rivoyatlar to‘plami (al-usul ar-arba’)dan biri shialikdagi imomiylar fiqhi bo‘yicha eng e’tiborli asar hisoblanadi. IBN JAUZIY, Jamoliddin Abul Faraj Abdurahmon ibn Ali (taxm. 1116-1201) -hanbaliylik mazhabi faqihi, ilohiyotchi, muhaddis, tarixchi, bag‘dodlik mashhur va’zxon. Bag‘dodda, o‘ziga to‘q misgar oilasida tug‘ilgan. Turli fanlardan ta’lim olgan. Xanbaliylikning mashhur allomalari unga ustozlik qilganlar, jumladan, faqih va va’zxon Ibn az-Zag‘uniy (1133 y. v.e.), Abu Bakr ad-Dinovariy (1137 y. v.e.) unga munozara qilish san’atidan, adib Abu Mansur al-Javoliqiy (1144 y. v. e.) unga ilmi adabdan, Abu-l-Fadl ibn Nosir (1150 y. v.e.) hadis va Qur’ondan saboq bergan, faqih Abul Hakim an-Nahravoniy (1161 y. v.e.), qozi Abu Yada Kichik (1163 y. v.e.) va b. I.J. Bag‘dodning diniy-siyosiy hayotida faol qatnashgan. Xalifa al-Mustadiy davri (1170-80)da hanbaliy mazhabi poytaxtda hukmron mavqega ega bo‘lgan. I.J. saroy masjidida va’zxonlik qilganida uni eshitish uchun juda ko‘p xalq to‘plangan. Xalifa vafotidan so‘ng o‘rniga an-Nosir o‘tirgach, vaziyat o‘zgargan va I.J.ning ishlari orqaga ketgan. 1194 y. hanbaliy vazir Ibn Yunus vazifasidan chetlatilib, qamoqqa olingan, o‘rniga shialardan bo‘lgan Ibn al-Qassob o‘tqazilgan. I.J. an-Nosir siyosatini tanqid qilgani uchun hibsga olinib, Vositga surgun qilingan, u yerda qamoqda qattiq nazorat ostida saqlangan. Xalifaning onasi aralashuvi tufayligina 5 yildan so‘ng ozod etilgan. I.J. Bag‘dodga tantanali suratda qaytib kelgach, biroz vaqtdan so‘ng vafot etgan. I.J. eng sermahsul musulmon allomalardan bo‘lib, 200 ga yaqin asar yozgan. Eng mashhur asari - 10 jidddi "al-Muntazam" - xalifalik tarixiga oid nodir manba. 12-a. 60- 80-y.larida Bag‘dod hanbaliylari peshvosi bo‘lgan I.J. hanbaliylik harakatiga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. IBN ISHOQ Muhammad (704-767) - arab tarixchisi. Muhammad (sav) vafotidan keyin uning hayotiga oid barcha yozuvlar va rivoyatlarni umumlashtirish asosida "Siyratu Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 112 Rasululloh" ("Alloh elchisining hayot yo‘li" - islom an’anasida "Siyra" nomi bilan mashhur) tarixiy asarini yozgan. Lekin bu asar bizgacha yetib kelmagan, uning qayta ishlangani ma’lum. IBN MOJA, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Moja ar-Rab’i al-Qazviniy (824, Qazvin, Eron - 886) - yirik muhaddis. I.M. hofiz, to‘g‘riso‘z tanqidchi, keng fikrli olim bo‘lgan. U yoshligidan Payg‘ambar (sav)ning hadislari va b. diniy ilmlar bilan shugullana boshlagan. Hadis yig‘ish niyatida Iroq, Hijoz, Shom, Misr, Kufa, Basra va islom olamining boshqa shahar va davlatlariga sayohat qilib, ko‘plab shayx, muhaddislardan dars olgan, bahs va munozaralarda ishtirok etgan va hadis ilmining yetuk bilimdoni darajasiga yetishgan. I.M. ko‘plab shogirdlar yetishtirgan. I.M.ning eng yirik asarlari sirasiga "Kitob as-Sunan" ("Payg‘ambar sunnati haqida"), "Tafsir al-Qur’on al-Karim" ("Qur’oni karimga tafsir"), "Kitob at-Tarix" ("Tarix kitobi"). I.M. ijodining bosh asari bo‘lmish "Sunan" asarini musulmon olimlarining ko‘pchiligi "Sihah as-sitta" ("Olti sahih hadislar to‘plami")ga oltinchi to‘plam sifatida kiritganlar. Uning ushbu asari 32 qism, 1500 bobdan iborat bo‘lib, 4341 ta hadis jam qilingan, ulardan 3002 tasi beshta "Sahih" to‘plamlariga berilgan hadislar bilan mos keladi. 1339 ta hadis ko‘shimcha hisoblanadi. I.M. "Sunan" asariga Al-Hofiz Jaloliddin as-Suyutiy (1505 y. v.e.) va Shayx as-Sindi al-Madiniy (1725 y. v.e.) sharxdar yozishgan. Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling