Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
HAZRATI IMOM MAJMUASI, Hastimom - Toshkentdagi me’moriy yodgorlik. Majmua kurilishiga imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy (904- 976)ning qabri asos bo‘lgan (q. Qaffol Shoshiy). Qabr va uning atrofida vujudga kelgan qabriston hamda me’moriy yodgorliklar majmuasi (Kaykovus bog‘i bilan birga) Hazrati imom nomi bilan ataladi. Saqlanib qolgan binolarning eng qad.si 16-a.ga oid. Dastlab, 16-a.ning 30-y.larida 2 ta maqbara qurilgan; kattasi Toshkentning shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xoni Suyunchxo‘jaxon maqbarasi deb taxmin etiladi. 16-a.ning 50- y.larida bu binolar Baroqxon madrasasi me’moriy yodgorligi tarkibiga qo‘shilgan. O’sha davrda Hazrati imom qabri ustida Qaffol Shoshiy maqbarasi bunyod etilgan. 16-a. oxirlarida uning qarshisida "qush" uslubida Qaffol Shoshiyning avlodi, Boboxoji maqbarasi qurilgan (bu bino 1939 y. buzib tapshangan). 16-a.da H.i.m.da sayrgoh bog‘ bo‘lgan (asriy chinorlar, qayrag‘och va b. daraxtlar, hovuz va ayvonlar mavjud edi), xalq sayillari o‘tkazilgan. 19-a. o‘rtalarida Baroqxon madrasasi ro‘parasida Namozgoh (Tillashayx), Mo‘yi Muborak madrasasi, Jome masjid (saqlanmagan) qurilgan. 20-a. boshida olti ustunli, o‘n ikki gumbazli Tillashayx masjidi qayta qurilgan. H.i.m.da O’zbekiston musulmonlari idorasi joylashgan. HAZRATI IMOM MAQBARASI - Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (14-a.). 1384 y. Amir Temur avliyo Muhammad Shayboniyning xokini keltirib Dor us-saodatga, o‘g‘li Jahongar qabri oldiga dafn ettirgan, xorazmlik ustalar baland bino barpo etganlar. Muhammad Shayboniy islom olamida "Hazrati imomi Bag‘dodiy" nomi bilan mashhur bo‘lgan. Majmuaga Amir Temur o‘zi uchun katta xilxona qurdirgan. Majmuaning ulkan ark va devorlari, o‘n olti qirrali asosga qurilgan gumbazlari qimmatbaho tosh va shishalardan ishlangan naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan. HAYBAR - Madinadan shim.da joylashgan voha; mil. av. 6-a.dayoq mavjud bo‘lgan. Mil. 7-a.da H. hosildor, sersuv, xurmozor va dalalari bo‘lgan bir necha vodiylarda joylashgan. Aholisi yahudiy dehqonlar va yahudiylikni qabul qilgan arablardan tashkil topgan edi. Muhammad (sav) taxm. 1,5 ming kishilik qo‘shin bilan o‘zlariga dushman bo‘lgan H. aholisi ustiga yurganlar. Bir yarim oylik qamal va H.ning g‘atafon qabilasidan bo‘lgan ittifoqchilari ketishi bilan voha zabt etilgan. Taslim bo‘lish haqida H. aholisi bilan tuzilgan bitimda H. harbiy o‘lja (g‘anima) deb qaralgan, chunki u kuch bilan egallangan edi (anvatan). Vohaning 1/ 5 qism yeri Muhammad (sav) foydalariga (harbiy yurish rahbari sifatida) va u zotning oilalari foydasiga o‘tgan. Yerning qolgan qismi jangchilar o‘rtasida taqsimlangan; mahalliy aholi dehqonchilik qilib, olingan hosilning yarmini Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 94 musulmonlarga berishi lozim bo‘lgan. Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng qizlari Fotima H.dan olingan hosilning Rasululloh (sav)ga tegashli ulushiga merosxo‘r sifatida da’vogarlik qilgan. Xalifa Abu Bakr (ra) bu talabni rad etgan, bunga sabab qilib Muhammad (sav)ning "Mening merosxo‘rlarim yo‘q va mendan keyin qolgan barcha narsalar zakot kabi xayrli maqsadlarga mo‘ljallangan jamoaning mulkidir (sadaqa)" degan hadislarini keltirgan. Umar (ra) voha yerlarini qayta taqsim etib, H.ni egallagan jangchilar va ularning merosxo‘rlariga xususiy mulk qilib bergan. HAYDARIYA (haydariy) - o‘rta asrlarda va yangi davrda Eron va unga qo‘shni mamlakatlarda mavjud bo‘lgan so’fiylik va shialikka mansub uch guruhning umumiy nomi. 1. 12-a.ning oxirida Xurosonda paydo bo‘lgan va asoschisi - shayx Qutbiddin Haydar Zavo’iy (1221 y. v.e., Zavoda dafn etilgan, u Turbati Haydariy deb ataladi) nomini qabul qilgan ancha nufuzli so’fiylik guruhi (toifa, guruh, jamoa). An’anaga ko‘ra, u o‘rta osiyolik turkiy qavmlardan chiqqan va Ahmad Yassaviyning izdoshi bo‘lgan. U o‘z tarafdorlaridan riyozat chekib, uzoq vaqt uzlatda bo‘lishni talab qilgan; aynan u amaliyotga qo‘l va oyoqlarga temir bilaguzuk, bo‘yinga marjon shoda, qulokdar va qo‘l barmoqlariga joriy etgan. Dastlabiga H. Suriya, Kichik Osiyo va Hindistonda tez tarqalgan, lekin kundalik turmushdagi ko‘rsatmalar og‘irlik qilgani bois, uning ommaviyligi susaygan, a’zolarining soni keskin qisqargan, jamoalar yoki tarqab ketgan yoxud shu viloyatlarda faoliyat yurgizgan qapandariyaga qo‘shilib ketgan. 2. Boshqa bir nomi - mirhaydariy. Shialik (imomiylik)dagi tariqat. 14-a. oxiri - 15-a. boshida Eronda vujudga kelgan va butun mamlakatga keng tarqalgan. Asoschisi - Sulton Mir Haydar Tuniy (1427 y. Tabrizda v.e.). U o‘z shajarasini imom Muso al-Kozimga bog‘lagan. H.lar bayram kunlari maxsus kiyim kiyganlar: besh qavat qilib o‘ralgan salla, yelkalarida qo‘yning xom terisi; o‘ng qo‘lda - hassa-tayoq, chap qo‘lda - cho‘pon burg‘usi. Ular dastlabki uch xalifa va payg‘ambar (as)ning sahobalarini ochiq ravishda haqorat qilganlar. Ularga qarshi sunniylarning ne’matullohiylar tariqati a’zolari kurashganlar, ayniqsa, shia bayramlari vaqtida qattiq to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Faqat 20-a. 20-30-y.laridagana Eronda bunga chek qo‘yilgan. 3. "O’ta" shialar jamoasi (g‘ulot); 15-a.ning 60-y.larida Anadolu, Suriya va Ozarbayjonda ko‘chmanchilik qilgan turkman qabilalari orasida paydo bo‘lgan. Ular o‘zlarini Haydar ibn Junayd - safaviylikdagi beshinchi piri murshidning izdoshlari deb hisoblashgan. Haydar ibn Junayd tariqatga 1464-1488 ylarda boshchilik qilgan va o‘z tarafdorlari orasida maxsus bosh kiyimi (toj) kiyishni joriy qilgan. U qizil rangli kigizdan qilingan uzun quloqchin bo‘lib, atrofiga salla, 12 qavat qilib o‘ralgan yoki shu rangda tikilgan 12 og‘dan mato bog‘langan. Shundan uning tarafdorlarining nomi - qizilboshlar olingan. H. Alini iloh yoki ilohiy haqiqat (haqq) deb, shayx Haydar (keyinchalik uning o‘g‘li Ismoil I) - Alining mujassamoti deb hisoblaydilar. Ular ruhlarning ko‘chishiga (tanosux) qattiq ishonib, ularning murshidi gunohlarni kechirish qudratiga ega, Qur’on yaratilgan va Muhammad (sav) vafotlaridan keyin u umaviylar davrida butunlay soxtalashtirilgan, shuning uchun ilohiy vahiylar Qur’onda emas, balki Ismoil I ning "Devoni Xitoiy" ("She’rlar to‘plami")da namoyon etilgan, deb hisoblaydilar. Ismoil I davrida (1502-1524) H. tarafdorlari qisman qirg‘in qilingan, bir qismi Kichik Osiyoga ketib, bektoshiylar tariqati ta’limotiga ta’sir ko‘rsatgan. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 95 HAYIT (arab. iyd - bayram) musulmonlarning diniy bayrami. Islom an’anasida ikkita H. rasman diniy bayram sifatida nishonlanadi: katta H. yoki qurbon H.i (arabcha iyd al- kabir, iyd al-adho) va kichik H. yoki ro‘za D.i (arabcha iyd as-sag‘ir, iyd al-fitr). Qurbon H.i haj marosimi va qurbonlik qilish bilan, ro‘za H.i esa, ramazon oyi nihoyasida og‘iz ochish bilan bog‘liq. Kurbon H.i hijriy zu-l-hijja oyining 10-kunida, ro‘za H.i esa, shavvol oyining 1-kunida bayram qilinadi. H.da masjidda ertalab H. namozi o‘qish, ro‘za H.ida fitr-sadaqa berish (H. namozidan oldin), qurbon H.ida esa, kurbonlik qilish va sh.k. islom bilan bog‘liq marosimlar yuzaga kelgan. H.dagi bu marosimlarga ko‘p joylarda xalqlarning mahalliy odatlari: arafa kuni osh ulashish, yangi kiyim kiyish, "hayitlik" berish, sayil qilish, yaqin odamlarini ko‘rish va h.k. ham qo‘shilib ketgan. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, qurbon H.i ham, ro‘za H.i ham umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. HAKAM ("donishmand") - odatiy huquq bilimdoni. Unga xuddi sudyadek turli huquqiy masalalarni yechish uchun murojaat qilishgan. Johiliyat davrida Arabistonda H. qabila boshlig‘i (shayx) lashkarboshi (qoid) va bashoratchi (kohin) qatorida qabila rahbariyatiga kirgan. Islomning dastlabki o‘n yilliklarida uning o‘rniga xalifa tomonidan tayinlangan diniy sudya - qozi kelmaguncha H. o‘z mavqeini saqlab qolgan. Vaqt o‘tishi bilan o‘zining rasmiy maqomini yo‘qotgan H. yana ancha vaqtgacha qabiladoshlari va qo‘shinlari uchun huquq sohasidagi bilimdonligicha qolgan, unga xolis sudya (hokim) sifatida murojaat qilishgan. HALLOJ Husayn ibn Mansur (858-922) -tasavvufdagi o‘ta so‘l oqimning yirik vakili. Royaviy jihatdan qarmatlarga yaqin bo‘lgan. Tur, Bayda, Basra, Bag‘dod shaharlarida bilim olgan. Musulmonlarning ayrim odatlariga va shariatning ba’zi qoidalariga zid fikrlar aytgan. Islomning Alloh to‘g‘risidagi yakkaxudolik aqidasiga zid ravishda xudo insonda namoyon bo‘ladi, inson va umuman moddiy olam Xudoning jilolanishi, "Men haq (xudo) man", ("Ana-l-haqq"), mening o‘zligam - Xudoning o‘zligvdir, degan fikrni ilgari surgan va bu fikr bilan vahdati-vujud ta’limotiga yo‘l ochgan. H. o‘z g‘oyalarini O’rta Osiyo, Hindiston, Iroq va b. mamlakatlarda targ‘ib qilgan va muxlislar orttirgan. Musulmon olimlari H.ni bid’atchilikda va shakkoklikda ayblab, qatl etishga hukm chiqarganlar. HALOL ("erkin", "bog‘lanmagan", "tugunni yechish") - 1) Ruhsat berish; farz, mandub va muboh tushunchalariga kiruvchi ruhsat etilgan xatti-harakatlar; man etilgan xatti- harakatlar (harom)ning ziddi. H. haqidagi masalalarni fiqhning ahkom bo‘limi o‘rganadi. Shariatda esa, haromlik tuguni yechilgan, ya’ni haromlik sifati yo‘q narsaga, H. deb aytiladi. Chunki, harom narsaning man qilish tuguni bo‘ladi. H. narsada ana o‘sha tugun bo‘lmaydi, bo‘sh bo‘ladi. Hadisi sharifda, H. ochiq-oydindir, deyilgan. Avvalo, nima narsalar H. ekani ochiq-oydindir; suv, sut, meva suvlari kabi ichimliklar, non, meva, poliz ekinlari, Allohning ismi aytib so‘yilgan H. hayvonlar go‘shtlari kabi taomlar, ruhsat berilgan kiyimlar va nikohga olingan shaxslar kabilar H.dir. Qolaversa, ushbu narsalarga ega bo‘lish ishonchli, shariatda ruhsat berilgan yo‘l bilan bo‘lishi kerak. H. kasb deganda, aynan shu ma’noda gap ketadi. Ya’ni, H. narsaga H. yo‘l bilan ega bo‘lish lozim. H. mehnat, meros, hadya, ikki taraf roziligi bilan bo‘lgan tijorat tufayli qo‘lga kirgan mulk H. bo‘ladi. Musulmon odam uchun H. narsani talab qilish, H.dan molu mulk topish farzdir. Musulmon inson o‘zi H. bo‘lgan narsani, shariatda H. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 96 qilingan yo‘l bilan topib foydalanishi kerak. Shariatda H. hisoblangan narsani harom deb e’tiqod qilgan odam kofir bo‘ladi. 2) Shar’iy nikoxdan o‘tishlari mumkin bo‘lgan ayol yoki erkak. 3) Haj ziyoratidan qaytib kelib, sochlarini oldirgan va kundalik kiyim-boshini kiyib, ruhsat etilgan barcha odatdagi ishlar va kasb-hunar bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi holati. HAMADONIY Yusuf (1048, Hamadonning Buzanjird qishlog‘i - 1141, Afg‘onistonning Bomiyon sh.) - tasavvufning yirik namoyandasi, mashhur olim. Bag‘dodda Abu Ishoq Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda o‘z bilimini oshirgan. Tasavvufni Abu Ali Faryumodiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan o‘rgangan. Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir Giloniy (G’avsul-a’zam), Imom Razzoliy, shayx Hamiduddin Multoniy bilan muloqotda bo‘lgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan. H. Buxoroda uzoq muddat yashab, Ahmad Yassaviy va Abdulxoliq Rijduvoniyni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. U keyinchalik xojagon-naqshbandiya tariqatining bosh shiorlariga aylangan "xush dar dam", "nazar bar qadam", "safar dar vatan", "xilvat dar anjuman" qoidalarini ishlab chiqqan. Xalifalaridan 4 nafari: Xoja Abdulloh Barqiy (Barraqiy) Xorazmiy, Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy ustozidan so‘ng muridlarning tarbiyasi bilan shug‘ullanganlar. H. "Rutbat ul- hayot"("Hayot mezoni"), "Kashf", "Risola dar odobi tariqat", "Risola fi annal-kavna musaxxarun lil/inson", "Risola dar axloq va munojot" kabi asarlarni yozgan. "Hayot mezoni" risolasi o‘zbek tilida ham nashr qilingan (T., 2003). Hirotdan Marvga qaytayotganda Bomiyon sh.da vafot etgan. Keyinchalik xoki muridlari tomonidan Marv sh.ga ko‘chirilib, qayta dafn etilgan. H. haqida Abdulxoliq Rijduvoniy, Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy o‘z asarlarida muhim ma’lumotlar keltirishgan. HAMO’IL - tumorlar, munchoqlar. Sinonimlari xurz (ko‘pligi axroz), hamayya, hafiz, uza, ma’aza, nusxa, tilsam yoxud tilasm (yunonchadan) va b. Ilohiyotchilar doim H.dan foydalanishni qoralaganlar, lekin xalq orasida u keng tarqalgan; H.ni odatda darvish va duoxonlar tayyorlashgan. H. varaqacha yoki yozuvi, belgilari va suratlari bor bir necha varaqdan iborat bo‘lgan; H. sifatida tasodifan topib olingan (chig‘anoqlar, toshlar, suyaklar) yoki maxsus yasalgan, ba’zan qimmatbaho kichik narsalardan ham foydalanganlar; predmetlarning ko‘pincha yozuvlari va tasvirlari bo‘lgan. H.ni medalon, quticha, hamyonchaga solib olishgan yoxud teri, mato va b.dan tikilgan xaltachaga tikib olishgan va b.; ularning hajmi va shakli turlicha bo‘lgan. Tumor va munchoqlarga Allohning ismlari (99 ta go‘zal ism), farishtalarning ismlari (Mikoil, Jabroil, Azroil, Isrofil; juft va g‘aroyib eshitiladigan: Qaytar-Maytar, Tolix-Ilix, Kintosh-Yaqintosh, Xorut- Morut), "etti uxlovchi" va Qur’ondan oyatlar (ayniqsa 1 sura; 2:255/256; 9:129/130; 113 sura; 36-suradan parchalar), astrologik ramzlar (zodiak belgilari), sirli yozuvlar (xalqachalar, gajaklar, naqshlar, kichik "oy" va "toj" tasviri bilan birgalikdagi yahudiy va b. alifboning buzilgan harflari)ni yozishgan. O’rta asrlarda arab tilida tumorlar va munchoqlarning sehrli xususiyati, ularni yomon ko‘zdan asrashi, ilon, chayon chaqishidan, tabiiy ofatdan asrashi va b. haqida ko‘p asarlar yozilgan. Tumor va munchoqlarning kashf etilishi va tayyorlash usulini Odamato, Sulaymon podshoh, Balinas al-Hakim, Jirmis al-Musallis nomlari bilan bog‘laydilar (yana q. Sehr). Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 97 HANAFIYLIK - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Abu Hanifa asos solgan. Undan keyin H. mazhabi qoidalari Abu Yusuf Yoqub (795 y. v.e.), Muhammad ash- Shaybon (804 y. v.e.), Quduriy (1036 y. v.e.) va b. asarlarida ishlab chiqilgan. Bu mazhab tarafdorlari fiqhning to‘rt asosiy manbaini e’tirof etish (q. Usul al-fiqh) bilan birga boshqa oqimlar vakillariga nisbatan fiqh talablariga rioya etishning oqilona usullaridan kengroq foydalanadi. Bu mazhabning xususiyatlari quyidagilardan iborat: Qur’on huquq manbai sifatida hech so‘zsiz, to‘laligicha qabul qilinadi; sunna mustaqil manba sifatida qaraladi, biroq hadislar jiddiy tanlovdan o‘tgan bo‘lishi lozim; avval o‘tgan ulamolardan meros bo‘lib qolgan kelishilgan fikr (ijmo) faqat sahih hadis rivoyatchilaridan chiqqan takdirdagina hisobga olinadi. Lekin, yangi masalalar tadqiq qilinayotgan vaqtda boshqa har qanday obro‘li ulamolarning guruhining ijmosi qabul qilinadi va shu tariqa diniy ijmolar vujudga kelishi imkoni yaratiladi. Qiyos bo‘yicha hukm har qanday sahih manba asosida ham bo‘lishi mumkin. Agar qiyos bo‘yicha hukm zararli yoki mavhum natijaga olib kelsa, istihson bo‘yicha qaror qabul qilinadi. H. mazhabi oddiy huquq (urf)dan ham huquqning keng mustaqil yordamchi manbai sifatida foydalanishga imkon beradi, bu hol hayotiy ehtiyojlarni va mahalliy odatlarni hisobga olib huquqiy qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bu mazhab qoidalari mo’tadilligi, birmuncha yumshoqligi, qulayligi, xalqlarning mahalliy an’analarini e’tiborga olganligi sababli 11-a.dan boshlab shimol va sharqqa keng yoyilgan. Kichik Osiyo, Bolqon, Shim. Kavkaz, Qora dengaz, Volga bo‘ylari, O’rta Osiyo, Afgoniston, Hindiston va Xitoyning olis kengliklarigacha bo‘lgan hududlarga tarqalgan. Hoz. davrda dunyo musulmonlarining qariyb yarmi H. mazhabida. HANBALIYLIK - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Ahmad ibn Hanbal asos solgan. H. huquq tizimi o‘ta torligi, har qanday ko‘rinishdagi "yangilik"ka, diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat ahkomlariga rioya etishda qat’iy turishligi bilan ajralib turadi. H. tarafdorlari Qur’on va hadislarni erkin talqin etish yo‘lidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham bu mazhab keng tarqalmagan. Faqat 9-a.ning 2-yarmida arab xalifaligida mu’taziliylarning va ilohiyot sohasidagi hurfikrlilikning ta’qib ostiga olinishi tufayli H. ta’siri birmuncha kengaygan va 12-a.da mustaqil mazhabga aylangan. 10-a.da Eronda, 11-a.dan 15-a.gacha Suriya va Falastinda H. izdoshlari ko‘p bo‘lgan. Undan keyingi asrlarda H. tarafdorlari yana kamayib ketgan. Hozirda H. Saudiya Arabistonida rasman e’tirof etilgan, boshqa mamlakatlarda kam uchraydi. HANIF (arab. - chinakam e’tiqod qiluvchi, taqvodor) - haqqa moyil yakkaxudolikka e’tiqod qiluvchi taqvodor odam. Musulmonlar rivoyatiga ko‘ra, islomgacha Arabistonda qabila xudolariga sig‘inishni rad etgan, zohid, yakkaxudoga astoydil ishongan, lekin xristianlikka ham, yahudiylikka ham qo‘shilmagan va Ibrohim (as) dinlarida bo‘lgan odamlarni H. deb atashardi. Qur’onda Ibrohim (as) ham H. deb nomlangan, uning chinakam yakkaxudolikka asoslangan dinini Muhammad (sav) tiklagan, deb hisoblanadi. 8-9-a.lardan boshlab H. ko‘pincha "musulmon", islom esa, haniflik dini ma’nosida ishlatilgan. So’fiylar ham o‘zlarini H. deb atashardi. HARAM (arab. - sahn, chegara) - 1) musulmonlarda muqaddas deb hisoblanadigan, qon to‘kish, qurol olib yurish taqiqlanadigan joy, hudud. Makkai mukarrama sh. atrofida Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 98 belgilangan maxsus chegara ila o‘ralgan, shahar va uning atrofidagi ma’lum joylarni o‘z ichiga olgan mintaqa. Bu hudud Payg‘ambar (sav)dan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Alloh taolo osmonlaru yerni yaratgan kunida harom qilingan. U Allohning hurmati ila qiyomat kunigacha haromdir; daraxti kesilmaydi, o‘simliga yulinmaydi, hayvonlari ovlanmaydi va urush qilib bo‘lmaydi. Bu hukm johiliyat vaqtida ham joriy qilinar edi. Bir-birlari doimo urush qilib yuradigan arab qabilalari ham H. hududida o‘z dushmanlarini ko‘rib qolsa, unga tegmasdi. H.da nafaqat odamga, balki hayvonot va nabobot olamiga, hech bir narsaga ozor berilmaydi. Olimlar, jinoyat qilgan odam qochib H.ga kirib olsa, unga ozor berilmaydi, ammo unga joy, taom berilmasdan, muomala qilinmasdan, H.dan qaytib chiqishga majbur etiladi va chiqqandan so‘ng ushlab jazosi beriladi, deyishgan. H. chegarasida ov qilishga qat’iy hech kimga izn yo‘q. Alloh taolo O’zining muqaddas shahri Makkai mukarrama atrofidaga ma’lum hududni odamlar, hayvonlar, o‘simliklarga hech ozor yetkazilmaydigan mintaqaga aylantirgan. Hoz. kunda H. chegarasidan musulmon bo‘lmaganlar kirmasligi yozib qo‘yilgan va taftish ham bor. Makka va Madinadagi muqaddas joylar (q. Harom masjidi), Quddus ziyoratgohi (q. Aqso masjidi) va b. o‘z H.iga ega. 2) Boy musulmon xonadonining ayollar yashaydigan ichki qismi. 3) Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Arab mamlakatlari hamda O’rta Osiyoda hukmdorlar saroylarida xotin va kanizaklar yashaydigan qismi. 20-a.ning 20-y.laridan boshlab musulmon mamlakatlarining aksariyatida kup xotinlilikning man etilishi, iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyoti, demoqratik harakatlar, xotin-qizlar harakatining o‘sishi natijasida H.lar deyarli barham topgan. HAROM (arab. - man qilingan, taqiklangan) - shariatda hech qanday shubhasiz, ochiq- oydin ravishda man qilingan narsa. Araq, najosat tushgan suv kabi ichimliklar, cho‘chqa go‘shti, Allohning ismi aytilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shti, erkak kishilarga ipak kiyimlar va nikohida bo‘lmagan shaxs ila jinsiy aloqada bo‘lish kabilar H.dir. Shu bilan birga o‘zi halol bo‘lgan narsalarga shariatda man qilingan H. yo‘l bilan ega bo‘lsa, ular ham H.ga aylanib qoladi. Misol uchun, zulm, o‘grilik, riboxo‘rlik, aldamchilik, poraxo‘rlik yo‘li bilan topilgan har bir narsa, o‘zi qancha pok bo‘lsa ham, topuvchiga H.dir. Shuning uchun ham ulamolar mutlaq H.ni - o‘zida H.lik sifati bor yoki man qilingan yo‘l bilan topilgan narsadir deb ta’rif qiladilar. Musulmon inson uchun H.dan hazar qilish farzdir. Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni H. - botil yo‘l bilan birovning molini yeyishdan qat’iy ravishda qaytargan. Bir luqma H. taom yegan odamning necha kunlab duosi qabul bo‘lmasligi ta’kidlangan. Musulmon inson H. yo‘l bilan molu dunyo kasb qilishdan, xuddi cho‘chqaning go‘shtini yeyishdan hazar qilgandek, hazar qilish kerak. H. yo‘l bilan molu dunyo topgan odam ikki dunyoda sharmanda bo‘ladi. Bu dunyoda azob-uqubat, turli balo-ofatlarga yo‘liqib, u dunyoda jahannam ichida turib, qorniga olovni taom o‘rniga yeydi. Shariatda H. hisoblangan narsani halol deb e’tiqod qilgan odam kofir bo‘ladi. H.ga ota-onaga oq bo‘lish, zinokorlik, ribo (sudxo‘rlik), sehrgar va folbinlarga ishonish, o‘g‘rilik, qaroqchilik, poraxo‘rlik, josuslik, chaqimchilik, yolg‘onchilik, qotillik, nohaq qon to‘kish, xiyonatkorlik, o‘likka dod-voy solib yig‘lash, savdo-sotikda g‘irromlik, g‘iybat, tuhmat kabilar H. amallardir. Yeyiladigan narsalardan to‘ng‘iz, vahshiy hayvonlar, o‘zicha o‘lgan halol hayvonlar, so‘yilganda oqqan qon, "bismilloh" aytmay so‘yilgan halol hayvon go‘shtlari, dinsiz (majusiy)lar so‘ygan hayvon go‘shtlari, mast qiluvchi ichimlik va giyoxlarning hammasi islom shariatida H. qilingan. Bulardan tashqari erkaklarga tilla narsa taqish, Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 99 ipak kiyim kiyish, ayollarga erkakcha kiyinish, tilla-kumush idishda ovqatlanish, avrat joylarini ochib yurish kabilar ham H. amallardan sanaladi. Foydalanishi H. etilgan va istifoda qilgan kishiga faqat zarar beradigan o‘simliklarni ekish ham, parvarish qilish ham islomda H. hisoblangan. Mas., nasha, qoradori, afyun singarilar. Tamaki ham shular toifasiga kiradi. Bir narsaning H. ekani shubhasiz, ochiq dalillar bilan ma’lum bo‘lsa, uni ekish va yetishtirish ham H.dir. Agarda u narsa makruh bo‘lsa, uni ekish va yetishtirish ham makruh sanaladi. Musulmon kishi g‘ayrimusulmonga sotish niyatida H. narsani ekishi (u narsadan o‘zi foydalanmasa ham) halol bo‘lmaydi. Chunki, musulmon hech qachon H.ga qo‘l urmasliga, H-Dan istifoda etmasligi, undan uzoq turishi kerak. Shunga ko‘ra, mas., nasroniylarga sotish uchun cho‘chqa boqish ham musulmonga joiz emas. Bu xususda islomning hatto araq tayyorlanishi aniq ma’lum bo‘lgan joyga uning xomashyosini (uzum yo bug‘doyni) sotishni ham H. qilganini e’tiborga olsak, masala yanada oydinlashadi. Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling