Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
#165
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55

ISTISLOH (arab. - manfaatlarni hisobga olish) - fiqhning qo‘shimcha manbalaridan biri
uning me’yorlarini aql-idrok bilan ifodalash usuli (q. Ijtihod). I. "mutlaq manfaatlar" 
atamasining sinonimi. I. tushunchasi asosida musulmonlar dinini saqlash, ularni hayotda 
qo‘llab-quvvatlash, avlodning aql-idrokli bo‘lishi uchun qayg‘urish, ularning davom 
etishini ta’minlash, mol-mulkini himoya etish g‘oyasi yotadi. I. tarafdorlari fikricha, 
Qur’onda, sunnada aniq javoblar berilmagan masalalar yuqoridaga besh manfaatni 
hisobga olish yo‘li bilan hal etilishi lozim.  
 
 
ISTIG’FOR (arab.) - Allohdan gunohni kechirishni, afv etishni so‘rash. Kimki qilgan 
gunoh ishlari uchun astoydil tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul etadi, degan qat’iy 
ishonchga asoslanadi. Hadislardan biriga ko‘ra, inson yomon ishning ortidan yaxshi ish 
qilsa, o‘sha yomonligini yuvgan bo‘ladi. Qur’oni karimda "... saharlarda istig‘for 
aytuvchilar" (3.17), deyilgan. Ibn Kasir I.ning eng afzali sahar paytidagisi ekaniga shu 
oyatni dalil qilgan. Rasul (sav) deydilarki: "Alloh taolo har kecha dunyo osmoniga 
tushadi. Bu payt kechaning oxirgi uchdan biridir. Shunda Alloh subhonahu aytadi: 
"So‘rovchi bormi, beraman. Duo qiluvchi bormi, ijobat etaman. Istig‘for aytuvchi bormi, 
mag‘firat qilaman..." I. gunohlardan forig‘ bo‘lishning, o‘z-o‘zini poklashning, tavba 
qilishga da’vat qilishning muhim vositasi hisoblanadi.  
 
 
ISTIHSON (arab. - bir narsani yaxshi deb hisoblash, yaxshilash, ma’qullash) - fiqhga 
oid tushuncha; shariat masalalariga qiyosiy tatbiq etishda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 
xulosalardan musulmonlar jamoasi uchun qaysinisi yaxshiroq, foydaliroq, ma’qulroq 
bo‘lsa, o‘shanisini qo‘llash tamoyili. Buni shariatga Abu Hanifa (ra) kiritgan. Tajriba 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
asosida, k,iyos bo‘yicha qabul qilingan rasmiy qaror maqsadga muvofiq bo‘lmasa yoki 
zarar keltirsa I. qo‘llaniladi. Mas., shariat kishi o‘zida yo‘q narsani sotishdan qaytargan
lekin I.ga, asosan, kosiblar, zargarlarga ruhsat bergan. Zero kosib, zargar xaridor ila hali 
tikilmagan mahsi, qilinmagan taqinchoq uchun savdolashadi. I. tamoyili kishilarning 
hayotdagi ehtiyoji va urf-odatlariga moslashtirilgan. 
 
 
ISHOQ (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri; Ibrohim (as)ning Sora 
ismli ayolidan tug‘ilgan o‘g‘li. "Bani Isroil" qavmining barcha payg‘ambarlari I. (as) 
avlodidandir. Rivoyatga ko‘ra, yoshi 90 ga yetgan Sora I.(as)ga homilador bo‘ladi va u 
tug‘ilgach, unga "Yashak" (arabcha "yazxak" - "kuladi" ma’nosida) deb nom qo‘yadi. 
Bunday nomlanishidan maqsad, ota-onasi shu yoshga yetganda farzand ko‘rganini 
eshitgan barcha odam taajjublanib kulishi tabiiy edi. I. (as) voyaga yetgach, Rifqa nomli 
qizga uylanadi va undan egazak farzand ko‘radi. Ular Iysu va Yaqub edilar. Rivoyat 
qilinishicha, I.(as) 180 yil umr ko‘rgan, Madinatul Xalilga dafn etilgan. I.(as) haqida 
Soffot surasi 112-113-oyatlarda va Sod surasi 45-47-oyatlarda bayon qilingan.  
 
 
ISHOQ ibn IBROHIM ash-SHOSHIY (? -937) - faqih. Shoshda tug‘ilib, dastlab shu 
yerda ta’lim olgan. So‘ngra Misrga borib qozilik ishlari bilan shug‘ullangan, ba’zi 
idoralarni boshqargan. Shoshiy umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Uning "Fiqh 
usuli" degan asari bo‘lgan. Bu asar "Usul Shoshiy" nomi bilan shuhrat topgan.  
 
 
ITTIHOD (arab.- birlashish) - tasavvuf tushunchasi. So’fiyning jazavaga tushish 
holatida xudo bilan ruhan "qo‘shilib ketishi" tushuniladi. So’fiylar xudoga bo‘lgan 
muhabbat (ishq)ni I.ning zaruriy qismi deb qaraydi. I. turli davrda turlicha talqin 
qilingan. Sunniy tasavvufda I. qatiy rad etilgan.  
 
 
IFRIT (ko‘pligi afarit; "qudratli", "g‘alaba qiluvchi") - eng serjahd, ayyor va kuchli jinlar 
nomi. Ko‘plikda (afarit) ba’zan jinlar va shaytonlarning umumiy nomi hisoblanadi. 
Qur’onda "Jinlardan I." Sulaymon (as)ga Saba malikasining taxtini keltirishga otlanadi 
(27:39). Ko‘pincha folklor va xalq adabiyotida haqiqiy shaxs sifatida uchraydi (mas., 
"Ming bir kecha" ertaklarida). So‘ngti o‘rta asrlarda Misrda Ilar qatl etilgan, zo‘rlab 
o‘ldirilgan kishilarning ruhlari hisoblangan. 
 
 
IFTOR (arab. - og‘iz ochish, ro‘zani ochish) -islomda ro‘za tutish bilan bog‘liq odat. 
Ro‘za kunlari ko‘pchilik ishtirokida ziyofat -iftorlik o‘tkazilishi islomda savob ishlardan 
sanaladi. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda "Kimiki bir ro‘zadorni og‘zini ochirsa, 
unga ham ro‘za tutgan kishining savobi berilur" deyilgan. Demak, savob bo‘lishi uchun 
ro‘zador og‘zini ochirish lozim ekan. 
 
 
IXVON as-SAFO (arab. - sof birodarlar) - 9-a.da Basrada paydo bo‘lgan diniy-falsafiy 
maktab. Uning vakillari o‘z nomlarini e’lon qilmasdan 52 ta risola yozib tarqatgan. 
Ularning maqsadi falsafiy, tabiiy-ilmiy bilimlarni yoyish bo‘lgan. "Risolalar to‘plami" 10-
a.da Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalgan. U chuqur falsafiy mazmunga ega 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
144
bo‘lib, omma uchun emas, ziyolilarga mo‘ljallangan. Bu to‘plam bizgacha yetib kelgan va 
1995 y.da Eronda chop etilgan. 1150 y.da xalifa Mustanjid risolalarning barchasini 
yondirishga buyruq bergan, lekin ko‘p nusxalari saqlanib qolgan, forsiy va turkiyga 
tarjima qilingan. Risolalar riyoziyot va mantiq, tabiatshunoslik va ruhshunoslik hamda 
ilohiyot va shariatga bag‘ishlangan. I.as-S. vakillari o‘zi orzu qilgan insonni tarbiyalash 
tizimini ishlab chiqqan. I.as-S. risolalari barcha musulmon mutafakkirlari va tasavvuf 
ahliga katta ta’sir ko‘rsatdi. 16-a. oxiriga kelib mustaqil yo‘nalish sifatida yo‘qolib 
ketgan. 
 
 
ISHROQ ("sharqiy munavvarlik") -so’fiylikdagi - falsafiy ta’limot; Yahyo as-Suxravardiy 
(1191 y. v.e.) tomonidan ishlab chiqilgan. Yorug‘lik va zulmat ramzlaridan, shuningdek, 
zardushtiylikdagi muqaddas kitoblardan olingan obrazlardan keng foydalanib as-
Suxravardiy aslini olganda o‘ziga xos ta’limot yaratgan. I. haqidagi ta’limotga asosan har 
qanday mavjudlikning manbasi va energiyasi "Oliy nur" (nur al-anvar; fors. - xorra) 
bo‘lib, u o‘zining borlig‘i bilan birinchi maxluq - "farishta", Baxman nurini "yoritadi". 
I. ta’limotiga ko‘ra bayon etilgan dunyo manzarasi so’fiyning o‘ta berilib zikr tushishi 
paytida o‘ta sezgir va ongli bilimga ega bo‘lishi mumkinligiga isbot bo‘lib xizmat qiladi. 
So’fiyning ruhi moddiy olamning har xil "chiqitlari"dan zohidlik tajribasi orqali 
poklangach, ilohiy nur bilan "nurlanadi", u "dunyoning sir-asrorlaridan" boxabar bo‘ladi 
va o‘z manbasi tomon uchib, u bilan qo‘shilib ketadi. 
 
 
ISHQ (arab. - muhabbat) - tasavvufda Allohga bo‘lgan ishq. Allohdan o‘zga har qanday 
mahbubga bo‘lgan ishq yoki muhabbat soliklar nazdida majoziy ishq sanalgan. 
Tasavvufona bitilgan g‘azal va boshqa turdagi she’rlarda majoziy ishq orqali haqiqiy ishq 
tarannum etiladi. 
 
 
I’JOZ al-QUR’ON - islom aqidasida Qur’oni karimni mo‘jizakor va beqiyos ekanligani 
anglatuvchi atama.  
 
 
IQOB (ko‘pligi iqobot; sinonimlari uquba, azob, jazo, naqal) - jazolash, fiqhning eng 
muhim kategoriyalaridan biri. Qonunni buzganlik uchun I. faqat sud hukmi, ya’ni imom, 
qozi, odilona sud qiluvchi yoxud jamoat tartibini nazorat qiluvchi boshqa bir shaxsning 
hukmi bilan qonuniy ravishda berilishi mumkin. Jazo berish xillari deyarli to‘liq suratda 
johiliya davridagi kundalik huquqiy me’yorlardan olingan. Barcha jazolar quyidagi 
turlarga bo‘lingan: o‘lim jazosi, undan ko‘zlangan maqsad jamiyatni jinoyatchidan to‘liq 
xalos etish; qasos oluvchi jazolar, ular ijtimoiy adolat hissini qondiriishari lozim bo‘lgan; 
oldini oluvchi jazolar, ular evaziga kelajakda huquqbuzarliklar kamayishi ehtimoli 
oshadi; ibratli jazolar, ular, asosan, huquqbuzarning o‘ziga ta’sir ko‘rsatib, uni 
keyinchalik xukuqni buzishdan qaytarishga qaratilgan. Jazolash usullariga qarab, ular 
jismoniy, ozoddikdan mahrum qilish va quvgan qilish, jarimalar, jamoatchilik ta’siri va 
tavba qilish kabilarga bo‘linadi. Jazo jinoyatning og‘ir-engilligi qatiy mutanosib bo‘lmoga 
lozim. O’lim jazosi (qatl) islomga qurol ko‘tarib chiqqanlarga, ya’ni isyon ko‘targani 
uchun yoki dindan qaytish haqida va’zxonlik qilgani uchun berilishi mumkin. Agarda 
qo‘lga tushgan jinoyatchi tavba qilsa, u holda o‘lim jazosi yengilroq jazo bilan 
almashinadi. Qotil, ayniqsa talon-torojlik bilan bog‘liq qotillikka o‘lim jazosi belgilanadi. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
145
Agarda jinoyatchi uni qo‘lga olgunlarigacha bo‘yin egab kelsa u holda uni qatl 
etmaydilar, lekin u diya to‘lashi va tavba qilishi lozim bo‘ladi. O’lim jazosi ko‘pincha 
aybdorning boshini tanasidan judo qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan, biroq uni dorga 
osish, nimtalash va b. xil usul bilan jazolash ham mumkin bo‘lgan. Hoz. vaqtda otishga 
hukm qilish joriy etilgan. Er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro xiyonat o‘lim jazosining maxsus turi 
- toshbo‘ron qilish (rajm) bilan jazolanadi. 
Qasos oluvchi jazolar (qasos, qavad, sa’r) inson hayoti va salomatligiga yetkazilgan og‘ir 
jinoyatlar: qotillik, mayib qilish, zaharlash va b. uchun beriladi. Bunday jinoyatlar uchun 
jazolar, agar bu bilan yanada og‘irroq ziyon yetmaydigan bo‘lsa, talion tamoyili (ko‘zga 
ko‘z) asosida beriladi. Bunday holatlarda, shuningdek qotillik yoxud yetkazilgan ziyonlar 
atayin qilinmagan bo‘lsa, diya to‘lash lozim bo‘ladi. Agarda qotillik buyruq yoki 
majburlash yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, qotillikni amalga oshirgan shaxs buyruq 
bergan shaxsga qandaydir bog‘liq yeri bor bo‘lsa u holda buyruq bergan shaxs qotil 
hisoblanadi. Agarda jinoyat biror-bir shaxsning gij-gajlashi orqali sodir etilgan bo‘lsa, u 
holda qotil va gij-gijlovchi teng javobgar bo‘ladilar. Qasos oluvchi jazolar agarda jabr 
ko‘rganlar yoki ularning huquqiy vorislari jinoyatchilarni afv etgan takdirda bekor 
qilinishi mumkin. 
Oldini oluvchi jazolar (hadd) butun jamiyatga yetkaziladigan og‘ir jinoyatlar va 
huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd dindan qaytganlik va isyon uchun, agarda sud 
jinoyatchini qatl etishni lozim topmagan bo‘lsa beriladi. Shuningdek, diniy marosim 
ko‘rsatmalarini namoyishkorona buzgani va ularni tahqirlagani; qasamxo‘rligi va og‘ir 
oqibatlarga sabab bo‘lgan soxta guvohligi, huquqbuzarlik qilish uchun undagani; g‘ayri 
qonuniy jinsiy aloqa qilgani, agarda ular o‘zaro nikoxda bo‘lmasalar; voyaga 
yetmaganlarni zo‘rlagani, ichkilikbozligi, ichkilik va qimorbozlikka o‘rgatgani; firibgarligi 
va shunga o‘xshash boshqa huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd jazosi - qamchin yoki 
kaltak bilan 40 tadan 100 tagacha urish bilan amalga oshiriladi. Aybdor o‘lib qolmasligi 
uchun jazo ijrosi bir necha xil usulda amalga oshirilishi mumkin. Sud qaroriga ko‘ra hadd 
qo‘shimcha mikdorda kaltaklash, jarima, ozodlikdan mahrum qilish va mahalliy 
udumlarda ko‘zda tutilgan boshqa jazolar bilan yanada qattiqroq bo‘lishi mumkin. 
Ibratli jazolar (ta’zir) hokimiyatga bo‘ysunmaganlik, jamoat tartibini buzganlik, atayin 
birovning mulkidan foydalanganlik, mayda firibgarlik, savdo qoidalarini buzganlik va b. 
uncha katta bo‘lmagan huquqbuzarliklar uchun beriladi. Ta’zir -qamchin bilan savalash 
yoki kaltak bilan urish (5 tadan 39 tagacha), yoxud olti oygacha qamoq yoki uy 
qamog‘ida saqlash, yoki jamoatchilik o‘giti yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bozorda qilingan 
o‘g‘irlik, agarda u jabrlanuvchiga katta moddiy zarar keltirmagan bo‘lsa, bir necha marta 
kaltak bilan urishga hukm qilinishi yoki umuman kechirib yuborilishi mumkin. Agarda 
o‘g‘irlik malakali xarakterga ega bo‘lsa, o‘g‘riga nisbatan hadd belgilanadi. Qayta o‘g‘irlik 
qilish chap qo‘l panjalarini chopish bilan jazolangan. 
Yuqorida zikr etilgan choralardan tashqari, mansabdor shaxs tomonidan qilingan jinoyat 
uchun uning mol-mulki musodara qilinishi mumkin. Har qanday hadd jazosiga o‘sha 
zahoti ta’zir jazosi ham qo‘llanishi mumkin, bundan tashqari u barcha jazo turlari 
doirasida ham ogirroq jazolanishi mumkin. Har qanday jazo huquqbuzarning qilgan 
ishiga afsuslanishiga mo‘ljallangan. Agarda u qaysarlik qilsa, jazo qayta berilishi 
mumkin. Agarda u tavba qilsa, kafforat amallarini qilishi lozim bo‘ladi, uni sud belgilaydi 
(ikki oygacha ro‘za tutib berish, uzoq vaqt jinsiy aloqadan saqlanish, ahd bo‘yicha haj 
qilish, bir kulni ozod qilishi yoki sotib olishi lozimligi, katta mikdorda sadaqa berishi va 
b.)- Sud tomonidan belgilangan talablar bajarilgach, kishi g‘usl qilmoga lozim bo‘ladi va 
shu paytdan e’tiboran u yana qaytadan jamiyatning odatdagi a’zosiga aylanadi. 
Jazoni belgalashdagi katta erkinlik sudga aybdorning shaxsiga nisbatan, ham uning 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
aybini e’tiborga olgan holda, ham unga nisbatan eng munosib jazo berishni ko‘zda 
tutgan holda tabaqaviy yondashish imkonini beradi. Umuman olganda har qaysi 
musulmon, agarda uning aybi isbotlansa, har qanaqa jazoga tortilishi mumkin. Biroq sud 
uning madaniy darajasi va ijtimoiy ahvolini hisobga olishi shart va shunday jazoni 
tanlashi kerakki, u eng samarador bo‘lgani hodda ortiqcha qattiq ham, tahqirlovchi ham 
bo‘lmasin. 
Huquqbuzarlik uchun javobgarlik insonning umumiy huquqiy qobiliyati shakllaridan 
biridir va shunga ko‘ra barcha huquqiy qobiliyatlar (mas., yosh bolalar va aqli zaiflar) 
jazoga tortilmaydilar, qullar, ayollar va b. to‘liq huquqqa ega bo‘lmaganlarga erkin 
musulmon erkakka beriladigan jazoning yarmi beriladi. Jazoni teng yarmiga bo‘lishni 
imkoni bo‘lmagan holatlarda (mas., o‘lim jazosi), qul xuddi erkin kishi kabi jazoga 
tortiladi. Agarda jinoyatchi g‘ayridin bo‘lib, uning jinoyati qaysi dindaligi bilan mutlaqo 
bog‘lanmagan bo‘lsa, u xuddi musulmon kabi jazolanadi; tabiiyki u tavba qilishdan ozod 
etiladi, albatta, buning o‘rniga unga jarima to‘lash yuklatilishi mumkin. Hoz. vaqtda 
jazoning barcha turlari shaklan saqlanib qolgan, biroq eng rivojlangan mamlakatlar 
qonunchilik idoralari tomonvdan qabul qilingan jazo turlari, ya’ni qamoqqa olish va 
majburiy mehnatga jalb etish, jarimalar va jamoatchilik o‘giti kabilar afzal ko‘rilmoqda. 
 
 
IQTISOB - bu dunyo ne’matlariga erishmoq. O’zi va yaqinlarini I. doirasida zaruriy 
narsalar bilan ta’minlash har bir musulmonning vazifasidir, unga qad. payg‘ambarlar va 
Muhammad (sav)ning sahobalarini savdo va hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlari 
ham misol bo‘lishi mumkin. Hunarmandchilik va savdo yo‘li bilan topilgan mablag‘ davlat 
maoshidan ko‘ra sofrokdir. I. Allohning marhamatiga umid qilib (tavakkul) o‘zini o‘zi 
ta’min etishdan voz kechuvchi taqvodan afzaldir, o‘z nafsini barcha narsadan tiyish - har 
qanday qotillik kabi gunoxdir. 
 
 
IQTO’ (ko‘pligi iqta’ot; aqta’a fe’lidan - "kesmoq", "taqsimlab bermoq")- ma’lum 
hududdan xiroj olish huquqini davlat tomonidan biror shaxsga berilishi. Yer bo‘lib 
berishlar Muhammad (sav) hayotliklari davrida ham qayd etilgan va ayniqsa Usmon (ra) 
davrida (644-656) keng tarqalgan. Odatda davlatga qarashli egasiz va tashlandiq yerlar 
merosiy va musodara qilish huquqi bilan biror kishiga xususiy mulk (muqta) tariqasida 
berilgan. Bu er uchastkalari qati’a deb atalib mulkka o‘xshash bo‘lgan, in’om etish 
hodisasining o‘zi esa iqto’ deb atalgan. Aksariyat hollarda muqta’ (muqtadorlar) yerga 
o‘zlari ishlov bermaganlar, balki yerni o‘sha joydagi ijaradorlar bilan qo‘shib olganlar 
yoki sugorishga mablag‘ sarflab, o‘zlashtirilgan yerni ijaraga berganlar. Muqta’ yerdan 
ushr to‘lagan, unga yer solig‘i deb emas balki zakot sifatvda qaralgan. Haqiqiy, mumtoz 
I.da, ya’ni xiroj olinadigan yer berilgan takdirda, muqta’ xiroj bilan ushr o‘rtasidagi 
farqni o‘z foydasiga olgan. Ilk fiqhshunoslar (Yahyo ibn Adam, Abu Yusuf) faqat ana 
shunday I. shaklini biladilar. 
Mo‘g‘ullar davrida I. istilohi rasmiy suratda ishlatilmasdan, uning o‘rniga suyurg‘ol -
merosiy qilib berilgan yer mulki va tuyul (tiul) - vaqtinchalik yoki umrbod muddatga 
berilgan yerni anglatuvchi istiloxlar ishlatila boshlangan. 
 
 
IHVON al-MUSLIMUN (arab. - musulmon birodarlar) - musulmon birodarlar uyushmasi 
(MBU) diniy-siyosiy tashkiloti a’zolari. Bu tashkilotni 1928 y.da shayx Hasan al-Banno 
Ismoiliya sh. (Misr)da tashkil etgan. MBU murakkab tuzilishga ega bo‘lib, unda so’fiy 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
birodarlar tashkiloti va hoz. zamon Yevropa partiyalarining unsurlari qo‘shilib ketgan. 
Uyushmaning asoschisi targ‘ib qilgan ta’limot keyinchalik bir necha boshqa islom 
mafkurachilari (Said al-Qutb, Mustafo as-Siboi va b.) tomonidan rivojlantirildi. MBU 
faoliyati mafkura, qonun, axloqiy me’yor va b.ning yagona manbai sifatida islom 
qoidalariga asoslangan "adolatli islom jamiyati"ni qurishga qaratilgan. Bu maqsadga 
erishish uchun, MBU rahnamolari fikricha, "taraqqiyotning islom yo‘li"dan borish kerak. 
MBU xayr-ehson va ma’rifatchilik faoliyatidan (1928-36) to siyosiy hayotda terror usulini 
keng qo‘llashda faol ishtirok etishgacha bo‘lgan murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. 
1949 y.da Hasan al-Banno o‘ldirilganidan keyin tashkilotda ajralish yuz berdi: bir qancha 
mustaqil guruhlar va tashkilotlar paydo bo‘ddi. 1954 y. Misrda bu tashkilotlarning 
respublika tartib-qoidalariga qarshi qaratilgan faoliyati g‘ayriqonuniy, deb e’lon qilindi. 
Lekin ular keyingi yillarda yashirin holatda ish ko‘rib, prezident Nosir hukumatini 
ag‘darib tashlashga bir necha marta urindilar. 70-y.larda prezident Sadat davrida I.al-m. 
tashkiloti ochiq holatga o‘tib, yana faoliyatini kuchaytirdi. 70-y.lar oxiri - 80-y.lar 
boshida Misrda I.al-m. va unga yaqin bir necha o‘nlab tashkilotlar faol ish olib bordi. 
1981 y.da Sadat ekstremistik islom guruhdaridan birining a’zolari tomonidan 
o‘ldirilgandan keyin, Misrda I.al-m..ning ko‘pchilik tashkilotlari man etildi, rahbarlari 
qamoqqa olindi. 30-y.lar o‘rtalaridan boshlab MBU bo‘limlari Misrdan tashqarida ham 
vujudga keldi. Hozirda I.al-m. tashkilotlari bir qancha musulmon mamlakatlarida 
mavjud. Bu tashkilotlarning faoliyati "ixvoniylar" ("birodarlar") harakati degan umumiy 
nom oldi. Ixvoniylar harakati o‘zining ijtimoiy-sinfiy tarkibi hamda siyosiy va g‘oyaviy 
yo‘nalishi jihatdan bir xil emas. Bu harakat ichida uch asosiy yo‘nalish mavjud. Bular: 
"mo’tadil" Misr mafkurasining tarafdorlari (I.al-m. nomini olganlar); turli nomdagi ko‘p 
guruhdarni o‘z ichiga olgan o‘ng ekstremistlar hamda bir necha yirik xalqaro tashkilotlar 
(mas., 50-y.larda Iordaniyada tashkil etilgan Islom ozodlik partiyasi va b.); "islom 
sotsializmi" mavqeida turuvchi "islom demoqratlari"dir. Bu harakatning g‘oyaviy-siyosiy 
yo‘li hozir mustaqillikka erishgan yosh mamlakatlarda har xil qo‘poruvchilik ishlarini 
amalga oshirish va davlatlar o‘rtasida nizolar chiqarishga qaratilgan. 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
- J -
 
 
JABARIYLAR (arab. jabr so‘zidan - zo‘rlik ishlatish, majbur qilish ma’nosida) - 7-a. oxiri 
- 8-a. boshida islom ilohiyotida paydo bo‘lgan oqim tarafdorlari. J. islomda taqtsir 
masalasida adashgan deb tan olingan firqalardan biri hisoblanadi. J. ahdi sunna val 
jamoada tan olingan takdir masalasini inkor qiladi. J. inson takdirini xudo mutlaq 
oldindan belgilab qo‘ygan, insonda hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo‘q, bular 
faqat xudoda mavjud, inson esa, ana shu faoliyatni o‘zlashtirib olish imkoniyatiga ega, 
degan aqidalarni ilgari surgan. Iroda erkinligi tarafdori bo‘lgan qadariylarga J. qarshi 
bo‘lgan. Shuningdek, J. turli davrlarda ma’lum muddat hokimiyat tepasida bo‘lgan 
xalifalarga ta’sirini o‘tkazib, siyosiy hayotda muhim rol o‘ynagan. Natijada o‘ziga qarshi 
oqim va mazhablarga tazyiq o‘tkazgan. J.ni hokimiyat tepasida turgan umaviylar qo‘llab-
quvvatlab, ularga qarshi bo‘lgan diniy firqa va siyosiy guruhlarni ta’qib ostiga olgan. 
JABROIL - islomda to‘rt bosh farishtadan biri (Mikoil, Isrofil, Azroil bilan birga). Alloh 
amrlarini Payg‘ambarlarga yetkazib, vahiy keltiruvchi (xabar beruvchi), samoviy 
ofatlarni yer yuzida ijro qiluvchi farishta; barcha Payg‘ambarlarga jumladan 
Payg‘ambarimiz (sav)ga ham xudo tarafidan kelgan vahiylar farishtalar ulug‘i J. orqali 
kelgan. J. Allohning irodasi bilan Muhammad (sav)ga Qur’on oyatlarini yetkazib bergan 
Qur’oni karimda J. "muqaddas ruh" "olijanob elchi" nomi bilan tilga olinadi Qur’ondan 
keyingi rivoyatlarda J.ni avvals Muhammad (sav) hayotlaridagi o‘rni batafsil bayon 
qilingan. U Rasulullohga me’roj kechasi hamroh bo‘lib, u zotni ehtiyot qilgan va yo‘l 
yo‘riqlar ko‘rsatgan, harbiy yurishlarda va ilohiyotga doir munozaralarda ko‘maklashgan 
J. boshqa Payg‘ambarlar tarixida ham muhim o‘rin tutgan. Alloh taolo Odamatoni 
yaratish uchun J.ni tuproq keltirishga yuborgan, J Odamato jannatdan quvilganida unga 
g‘amxo‘rlik qilgan, Nuh (as)ni xalos bo‘lishiga yordamlashgan va Ibrohim (as)ning 
o‘g‘illarini qutqargan, Yusuf (as)ni ko‘p tillardan boxabar qilgan, Dovud (as)ga sovut 
yasashni o‘rgatgan Sulaymon (as)ga yordamlashgan, Zakariyo (as)ga Yah’yo (as)ni 
tug‘ilishini bashorat qilgan va b. JAZAVA (arab. "jazaba" so‘zining buzilgan shakli) - 
kuchli asab qo‘zg‘alishi, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilolmay qolish xayolot va voqelik 
o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qolishi natijasida yuzaga keladigan holat J-ning eng ko‘p 
turlari odatda shialikdagi "shaxsey-vaxsey"d,a uchraydi. Tasavvuf istilohida esa, J. 
tariqat ahlining ilohiy ishq ta’sirida shavku zavqqa tulishi, zikr va samo’ asnosida o‘zidan 
ketish holatlari sifatida talqin etiladi.  
 
 
"JAMOATI ISLOMIY" - Hindistonda 1941 y. barpo bo‘lgan umumhindiston partiyasi. 
1948 y. uning asosida mustaqil "Jamoati islomiy hind" tarkib topdi. Hoz. vaqtda u so‘l 
islom oqimlarining umumiy g‘oyaviy uyushmasi sifatida Pokiston, Hindiston va 
Bangladeshda (1971 y.dan) faoliyat olib borayotir. "J.I."ning nazariy dasturini 
pokistonlik Abul A’lo Mavdudiy (1981 y.v.e.) ishlab chiqqan. Partiyaning nizomiga ko‘ra, 
rahbariyat tarkibi islomiy qoida - mushovara (maslahat) asosida tuziladi. Tashkilotni 
barcha a’zolar tomonidan saylangan amir boshqaradi. Partiyaga a’zolik cheklangan. 
Unga "shaxsiy va ijtimoiy hayotda shariat qonunlariga qatiy rioya qiladigan", sinov 
muddatini o‘tagan hamda qasamyod qilgan shaxslar qabul etiladi. Mavdudiy ta’biri bilan 
aytganda, Pokistonning atigi 4-5% aholisi haqiqiy musulmon xisoblanishi mumkin. Shu 
boisdan partiyaning go‘la huquqli a’zolari soni uncha katta emas (2500-3000), ammo 
uning asosiy kuchini behisob "tarafdorlar" va "xayrixohlar" tashkil etadi. "J.I." ijtimoiy 
jihatdan zyolilar, talabalar, kichik mulkdorlar va shahar quyi tabaqalari hamda 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling