Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISLOM KONFERENSIYASI TAShKILOTI
www.ziyouz.com kutubxonasi 131 mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo bo‘ldi. Musulmonlarning diniy birligi muammo bo‘lib qoldi. 10-11-a.larda an’anaga sodiq sunniylar bilan imomiy shialar, mu’taziliylar hamda ash’ariylar o‘rtasida munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketdi. Xalifa Qodir (991-1031) an’anaviy I.ni qonun asosida barcha uchun majburiy bo‘lgan davlat dini deb qaror toptirishga urinib ko‘rdi. Shu maqsadda an’anaga. sodiq ilohiyotchilar imzolagan "Dinning qodiriy ramzi" e’lon qilindi. Unda "haq din" deb e’lon qilingan an’anaviy diniy ta’limotning asosiy qoidalari mufassal bayon qilib berildi, undan chetga chiqish jazolashga loyiq e’tiqodsizlik deb qaraldi. Biroq, bu tadbir ham I.da diniy birlik o‘rnatilishiga olib kelmadi. Royaviy kurash keyingi asrlarda ham davom etdi. Bu kurashda sunniylar ilohiyotchisi Ibn Taymiya ayniqsa ajralib turdi. U ilk islomni tiklashga "haq din" asosida diniy birlikni o‘rnatishga astoydil harakat qildi. I.daga uchinchi taraqqiyot bosqichi musulmon dunyosi "chekka" o‘lkalarining ahamiyati va o‘rni ortgani bilan bog‘likdir. Batamom o‘zga madaniy an’analarga ega bo‘lgan xalqlar musulmon dunyosining ma’naviy hayotiga qo‘shilgach, I.ga o‘z diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy me’yorlari va odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr, Eron, Shim. Afrika, Hindiston, Indoneziya kabi yirik tarixiy-madaniy mintaqalarda I. o‘ziga xos xususiyatlar kasb etadi. I.ning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar katta hissa qo‘shdi. Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan hadislar to‘plami - "Al-Jomi’ as-Sahih" I. dinida Qur’oni karimdan keyingi iyusinchi manba hisoblanadi. Buxoriy va uning safdoshlari I. ilohiyotining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim tadqiqotlar qildilar. Jumladan, I. nazariyotchiligida yuqori baholanadigan "Ilal ash-Shariat va Xatm ul-Asliyot" risolasini ta’lif etgan Hakim Termiziy, I. huquqshunosligini o‘rganishning asosiy qo‘llanmasi hisoblangan "Hidoya"ning muallifi Burxoniddin Marg‘inoniy, I. aqidasi asoslarini muayyan tartibga solgan, kalom ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy (q. Moturidiylik), buyuk faqih Abu Lays Samarqandiy, musulmon dunyosining eng e’zozli muhaddislaridan Abu Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis, shariat qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda o‘ziga xos iz qoldirgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mahdumi Azam, Najmiddin Kubro, So‘fi Olloyor, Xoja Ahror, Abdulxoliq G’ijduvoniy va b.ni misol qilib keltirish mumkin. Ular musulmon e’tiqodini xalq dunyoqarashi bilan uyg‘unlashtirganliklari tufayli O’rta Osiyoda madaniy hayotning adabiyot, me’morlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi. I. dini musulmon mamlakatlari san’atvda o‘z izini qoldirdi. Me’morlik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari (masjid, minora, xonaqox., madrasa va b.) ning paydo bo‘lishiga hamda keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. I. dini paydo bo‘lgan davrida avj olgan butparastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida Muhammad (sav) suratkashlikni qattiq taqiqlab qo‘ygan edi. Shu asosda I.ning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy san’atning bu turini taqiqlangan ishlar qatoriga qo‘shganlar. Bundan ular amaliy san’at turlari, naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va o‘simliklar suratini istisno qilishgan. I.da inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiklanishiga asosiy sabab - payg‘ambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sig‘inib ketish xavfining mavjudligi bo‘lgan. 15-a.ga kelib Alisher Navoiy kabi taraqqiyparvar olim va mutafakkirlar musulmonlar qalbida Allohga bo‘lgan imon va e’tiqod mustahkamlanib, suratparastlikka mutlaqo moyillik qolmaganini e’tiborga olib, endilikda inson suratini chizishga ruhsat berishlikni lozim deb topganlar. Natijada Behzod, Mahmud Muzahhibga o‘xshash miniatyura san’atini rivojlantirgan yetuk musavvirlar yetishib chiqqan, Hirot miniatyura maktabi, Buxoro miniatyura maktabi kabilar rivojlangan. 20-21-a.larga kelib, I. dunyosi ulamolarining bu san’atga munosabatlariga yana bir karra aniqlik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sig‘inishi maqsadida inson rasmini chizish mumkin emasliga e’tirof etildi. Ammo, fotosuratlar, shuningdek, yosh Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 132 bolalar uchun yasalgan odam shaklidagi qo‘g‘irchoqlar taqiq doirasiga kirmaydi. Ulamolarning bergan fatvolariga ko‘ra, musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni ifoda etuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasviridan boshqa tasviriy san’at turlari taqiqlanmaydi. Musulmon Sharqi 8-11-a.larda taraqqiyotda Rarbdan oldinda edi: g‘arb olimlari musulmon faylasuflari va tabiblaridan saboq olishgan; g‘arb savdogari I. dunyosidagi savdoning ko‘lamiga havas bilan qaragan; sharq tovarlari g‘arbda zebi ziynat mollari hisoblangan. Sharq shaharlarining boyligi va hashamati G’arb uchun afsonadek tuyulgan. Bularning barchasida asosiy mafkura vazifasini bajargan I.ning ijobiy xizmati buyuk, albatta. Ammo 12-13-a.lardan keyin musulmon dunyosi dastlab turg‘unlik, so‘ng tanazzulga yuz tuta boshladi. Ba’zilar konservativ (qotib qolgan) din sifatida I. taraqqiyotga to‘siq bo‘ldi, deya unga katta ayb qo‘ymoqchi bo‘ladilar. Aslida so‘nggi o‘rta asrlarda yuz bergan musulmon dunyosining tushkunligi juda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘sha davrdagi I.ning o‘zi ana shu tushkunlikning muayyan shakldagi ifodasi edi. 19-a. boshidan 20-a.ning 2-yarmigacha o‘tgan bir yarim asrlik davr I.ning rivojlanishida muhim burilish bosqichi bo‘ldi. Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishidagi o‘zgarishlar yangi sinf - milliy burjuaziyaning vujudga kelishi, milliy ozodlik harakatining avj olishi - bularning hammasi I.ning jamiyatdagi mavqeiga bo‘lgan qarashlarda ham, ijtimoiy hayotdagi yangaliklarni I. nuqtai nazaridan baholashda ham o‘zgarishlar yasadi. I. diniy-falsafiy va huquqiy me’yorlarining yangi tarixiy sharoitga moslashish jarayoni 19-a. o‘rtalaridan boshlanib, hoz.gacha davom etmoqda. Bu jarayonni ko‘pgana tadqiqotchilar "I. islohotchiligi" deb ataydilar, u xristian reformatsiyasvdan tubdan farq qiladi. Bu tafovut, birinchidan, shundan iboratki, mazkur jarayonlar turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy sharoitlarda ro‘y berdi. Ikkinchidan, "I. islohotchiligi" dunyoviy hayotning turli jihatlarini diniy nuqtai nazardan qayta baholashda namoyon bo‘ldi va sof ilohiyotga doir masalalarga u qadar daxli bo‘lmadi. Uchinchidan, I.da xristianlarnikiga o‘xshash cherkov bilan ruhoniylarni bog‘lab turuvchi tizim bo‘lmaganidan I.dagi islohotlar xususiyatiga jiddiy ta’sir qildi. O’rta asrlarda tarkib topgan musulmon sudlov tizimida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Musulmon huquqi tizimining o‘zi ham muayyan darajada o‘zgardi: shariat sudlari huquqi asta-sekin cheklana bordi; 19-a. o‘rtalariga kelib, usmoniylar imperiyasi hududida shariat sudlari va dunyoviy sudlarning vakolati butunlay chegaralab qo‘yildi. Bir qancha mamlakatlarda shariatda ko‘zda tutilmaydigan jinoyat kodekslari va b. huquqiy hujjatlar joriy qilindi. Misrda Muhammad Alining islohotlari va usmoniylar imperiyasidagi tanzimat siyosati (islohotlar) tufayli I.ning ijtimoiy hayotdagi mavqeida muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish talablari musulmon ilohiyotchilari va huquqshunoslarini I.ning bir qancha an’anaviy qoidalarini yangicha talqin etishga majbur eta boshladi. Biroq, bu jarayon oson kechmadi va uzoqqa cho‘zilib ketdi. Bu, jumladan, musulmon mamlakatlarida bank tizimini yaratish joizmi (yoki gunohmi) degan masala yuzasidan boshlangan munozarada o‘z aksini topdi. 1899 y. muftiy Muhammad Abdu bank omonatlari va ulardan foiz olish sudxo‘rlikka kirmaydi, binobarin, u man qilingan ribo hisoblanmaydi, degan fatvo chiqardi. Bu fatvo mavjud moliya tizimini milliy sarmoyadorlar manfaatiga moslashtirdi. Musulmon mamlakatlarida tadbirkorlikning avj olishi shariat qoidalarini ham, musulmonchilikdagi boshqa an’anaviy tamoyillarni ham yangacha talqin qilishga olib keldi. Ijtimoiy ong sohasida ro‘y bergan o‘zgarish juda muhim rol o‘ynadi. Bu, avvalo, milliy o‘zini anglash jarayoniga taalluqlidir. Shu jarayon davomida I.ning barcha musulmonlarning birliga to‘g‘risidaga an’anaviy qoidasi yangacha ma’no kasb etdi. Jamoliddin al-Afg‘oniy musulmonlarning birdamligi g‘oyasini ko‘tarib chikdi. M. Abdu, J. Afg‘oniy, Rashid Rizo va b.ning g‘oyalari milliy ozodlik Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 133 harakatlariga turtki bo‘lib, ko‘pchilik musulmon davlatlarining siyosiy mustaqilligiga erishuvida ijobiy rol o‘ynadi. Ayni vaqtda I. birdamligi g‘oyasiga asoslangan xalqaro I. harakati shakllana boshladi: 1926 y. birinchi xalqaro musulmon tashkiloti - Islom olami kongressi (Mu’tamar al-alam al-islomi) tashkil qilindi. Shuningdek, I.ning go‘yo Muhammad (sav) zamonidaga "asl" tamoyillariga qaytishga da’vat etishga turli fundamentalistik oqimlar (q. Vahhobiylik) va mutaassib guruhdir (mas., hizbut-taxrir) paydo bo‘ldi. 20-a.ning 2-yarmida jamiyatda ijtimoiy adolat o‘rnatish masalasida ham I. omilidan foydalanishga qaratilgan urinishlar sodir bo‘ldi (Eron islom inqilobi, Liviya Jamohiriyasi va h.k.). Bir qator mamlakatlar (MAR, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Afg‘oniston va sh.k.)da I. davlat dini (yoki rasmiy din) sifatvda tan olingan. Ayrim mamlakatlarda "I." so‘zi davlatning rasmiy nomi tarkibiga kiritilgan: Eron Islom respublikasi, Pokiston Islom respublikasi, Afg‘oniston Islom respublikasi, Mavritaniya Islom respublikasi va b. Osiyo, Afrika qit’asidagi ba’zi mamlakatlarda I.ning tarqalishiga musulmon partiyalari ta’sir qilmoqda, ular ko‘pincha siyosatda muhim rol o‘ynamoqda. Erondagi Islom respublikasi partiyasi, Indoneziyadaga Birlik va taraqqiyot partiyasi, Malayziyadagi Panmalayziya islom partiyasi, Hindiston va Pokiston Jamoati islom partiyasi bunga misol bo‘la oladi. Bir qancha mamlakatlarda diniy-siyosiy tashkilotlar (shu jumladan, qonundan tashqaridaga tashkilotlar - "Musulmon birodarlar", Islom ozodlik partiyasi) tarqalgan, ko‘pgina diniy bilim yurtlari (qorilik maktablari, madrasa, musulmon un-tlari), islom jamiyatlari, missionerlik tashkilotlari, tijorat korxonalari (islom banklari, sug‘urta kompaniyalari) ishlab turibdi. 19-a.ning 70-80-ylaridagi shariatning ilgari amaliyotda bekor qilingan ba’zi bir qoidalarini tiklashga urinib ko‘rildi (mas., Pokistonda, Sudanda prezident J. Nimeyri davrida, arab monarxiyalarida jinoiy ishlar uchun tan jazolari berish). O’tgan asr 70-y.larining oxiri - 80-y.larining boshida xalqaro ishlarda hukumat darajasida yoki nohukumat darajasida ish olib boruvchi xalqaro musulmon tashkilotlari muayyan mavqega ega bo‘la boshladi. Bunday tashkilotlardan eng nufuzlisi Islom konferentsiyasi tashkiloti (Munazzamat al-mu’tamar al-islomi) bo‘lib, u 1969 y. tuzilgan, unga 55 mamlakat (O’zbekiston Respublikasi 1996 y.dan) a’zo. Xalqaro nohukumat musulmon tashkilotlari orasida Islom olami uyushmasi, Islom olami kongressi, Islom olami tashkiloti, Yevropa islom kengashi, AQSh Oliy islom kengashi va b.ni ko‘rsatish mumkin. Ular, asosan, I.ni targ‘ib qilish va yoyish, diniy arboblarning xalqaro uchrashuvini tashkil qilish, turli mamlakatlardagi I. jamoalariga yordam berish bilan shug‘ullanadi. I. Turkiston mustamlakachilik davrini boshdan kechirgan paytda, ayniqsa, sho‘rolar davrida turli ta’qib va har tomonlama cheklashlarga duch keldi, ulamolarning takdiri ayanchli bo‘ldi. I.ga oid bebaho kitoblar yo‘qotiddi, muborak yodgorlik va qadamjolar oyoqosti qilindi, din peshvolari eng xavfli yov, muxolif sifatida mahv etildi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin, I. dini hayotda munosib o‘rinni egallay boshladi. Musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarni ado etishlari uchun sharoit yaratib berildi. Qur’oni karim 2 marta o‘zbek tilida chop etildi (1992, 2001 ylar), hadis to‘plamlarining tarjimasi, I. ulamolarining yuzlarcha kitoblari yana xalqqa yetkazildi. I. tarixi manbalari va marosimlarini har tomonlama, ilmiy, xolisona o‘rganishga kirishildi, mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Shu maqsadda Toshkent davlat sharqshunoslik in-tda islomshunoslik kafedrasi ochildi (1992), deyarli barcha viloyatlarda diniy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsata boshladi, Toshkent Islom ushversiteti tashkil qilindi (1999), uning tarkibida Islomshunoslik i.t. markazi ishlab turibdi. I. tarixi manbalari, aqidalari, marosimlari. Qur’oni karim, Muhammad (sav) hayoti va faoliyati, payg‘ambar hadislarini o‘rganish, tadqiq qilish I.shunoslik fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu sohadagi tadqiqotlar I. tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 134 Movarounnahrda I. va uning yozma manbalari paydo bo‘lgandan buyon olib boriladi. Musulmon dini tarixi va Qur’onni o‘rganish Amerikada (G. Grunebaum, X. Gibb, M. Vott va b.), Yevropada (I. Golddier, L. Kaetani, A. Masse, R. Sharl), jumladan, Rossiyada (A.E.Shmidt, V.V.Bartold. I.Yu.Krachkovskiy va b.) 19-a. o‘rtalaridan keng tus oldi. Sho‘rolar davridaga tadqiqotlarda I.ga, asosan, yagona marksistik mafkura nuqtai nazaridan kelib chiqib yondashildi. I.ning insoniyat tamadduni tarixidagi ahamiyatini ommaga tushuntirishda, Turon zaminida yetishib chiqib islomiy ilmlar xazinasini boyitgan ulug‘ allomalarning merosini xalqqa yetkazishda Eshon Boboxon Abdumajidxon o‘gli, muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon, Alixonto‘ra Sog‘uniy, shayx Abdug‘ani Abdullo va Yusufxon Shokirovlarning xizmati kattadir. 20-a. oxirlaridan boshlab mamlakatimizda I. bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyati tug‘ildi. O’zbekistonlik olimlar I. manbashunosliga, Qur’on tarjimasi va tafsiri, I.dagi mazhablar, oqimlar, mashhur muhaddis va faqihlar xalqaro I. tashkilotlari, diniy bag‘rikenglik, diniy ekstremizmga oid bir qancha asarlar yozdilar (marhum M.A.Usmonov, shuningdek, N. Ibrohimov, H. Karomatov, A. Mansurov, A. Hasanov, 3. Husniddinov, 3. Islomov, U. Uvatov, B. Eshonjonov, B. Abduhalimov, A. Juzjoniy, A. Mo‘minov, A. Azimov, R. Obidov va b.)- O’zbekiston musulmonlari idorasi "Movarounnahr" nashriyoti faoliyat ko‘rsatadi, "Islom nuri'' gaz., "Hidoyat" jur. nashr etiladi. Ad.: Qur’oni karim, T., 2001; Hadis (Al- Jomi’ as-sahih), 1-4 j.lar (2-nashri), T., 1997; Hidoya (1-j.), T., 2000; Sog‘uniy A., Tarixi Muhammadiy, (1-2-kitob), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1-kitob: Johiliya asri), T., 2001; Komilov N., Tasavvuf, T., 1999; Husniddinov 3., Islom: yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000. ISLOM BAYRAMLARI - musulmonlar nishonlaydigan va muayyan diniy marosimlar bilan o‘tkaziladigan mashhur kunlar. Ular ko‘pchilik musulmon davlatlarida rasmiy umumdavlat ahamiyatiga ega. Qurbon hayit (iyd al-adha), ramazon hayiti (iyd al- fitr) asosiy I. b. hisoblanadi (q. Hayit). Hamma I. b. hijriy yil hisobi bo‘yicha nishonlanadi. I.b.ni Payg‘ambarimiz (sav) quyidagicha ta’riflaganlar: "Har bir millatning o‘z bayrami bor. Musulmonlar bayrami ro‘za va qurbon bayramidir". Ammo isro va me’roj, rajab, ashuro, mavlud kabi kunlar umumiy bo‘lmay, ularni nishonlash ixtiyoriydir. Nishonlamaganlar ayblanmaydi. Shu bilan birga ular turli joyda turlicha nishonlanadi. Musulmonlar haftaning juma kunini "sayyid al-ayyom va haj al-masakiyn" (kunlar ulug‘i va miskinlar uchun haj deb) hisoblaydilar. ISLOM DAVLATI - islom dini davlat dini deb e’lon qilingan mamlakatlarga va aholisining asosiy qismi musulmonlardan tashkil topgan davlatlarga nisbatan qo‘llaniladigan tushuncha. Islomiy shiorlar ostida faoliyat yurituvchi hoz. siyosiy harakatlarning dasturlarida bayon etilgan maqsadni ifodalashda ham "I.d." tushunchasidan foydalaniladi. Bunda mazkur tushuncha "islom jamiyati" ma’nosida ipshatiladi va ijtimoiy adolatni o‘zida mujassamlashtiruvchi jamiyat ramzini bildiradi. "I.d." g‘oyalari hoz. sharoitda jamiyatni siyosiy jihatdan tashkil etishning an’anaviy islom modelini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. "I.d." nazariyotchilari fikricha, bunday davlatda Alloh -hokimiyatning birdan-bir asosi sifatida tan olinadi; dunyoviy va diniy hokimiyat biron-bir shaklda o‘zaro qo‘shilib ketadi; daromadni adolatli ravishda taqsimlash qoidalari amadda bo‘ladi; iqtisodiyot sohalari shariat ko‘rsatmalariga muvofiq boshqariladi va h.k. Pokistonlik islom mafkurachilari va siyosatdonlari Muhammad Iqbol, Muhammad Ali Jinna, Parvez, indoneziyalik mafkurachi Natsir, marokashlik olim al-Fasil Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 135 va eronlik oyatulloh Humayniy Ruhullo Musaviy "I. d." haqidagi nazariyalarning asoschilari hisoblanadi. Islom dini davlat dini deb e’lon qilingan ba’zi mamlakatlarda "islom" so‘zi davlatning nomiga qo‘shib aytiladi. Mas., Eron Islom Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Mavritaniya Islom Respublikasi va b. ISLOM KONFERENSIYASI TAShKILOTI (IKT) - hukumatlararo xalqaro tashkilot. Islom mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining 1-konferentsiyasida (1969 y., Rabot sh., Marokash) asos solingan. Islom davlatlari tashqi ishlar vazirlarining 3- konferentsiyasida (1972 y. Jidda sh., Saudiya Arabistoni) ta’sis etilib, ustavi qabul qilingan. Hozir IKT diniy mushtaraklik asosida jami 55 davlatni, jumladan, mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlarini, shuningdek Falastin ozodlik tashkiloti (FOT)ni birlashtiradi. IKTning maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va b. sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, irqiy kamsitishni, barcha shakldagi mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tadbirlar belgilash, Falastin arab xalqining o‘z huquqlarini tiklash va uning yerlarini ozod qilish uchun kurashini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. IKTning rahbar organlari - Davlat va hukumat boshliqlari konferentsiyasi (1981 y.dan har 3 yidda bir marta chaqiriladi) va Tashqi ishlar vazirlarining konferentsiyasi (har yili yoki zarurat tug‘ilganda chaqiriladi) va bosh kotib rahbarligidagi kotibiyatdir. IKT qarorgohi Jidda sh.da. IKT huzurida Islom taraqqiyot banki, Fan va texnika sohasida hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mita faoliyat ko‘rsatmoqda. 1975 y.dan IKTga Birlashgan Millatlar Tashkiloty (BMT) huzurida kuzatuvchi maqomi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi 1996 y.dan IKTga a’zo. ISLOM MAZHABCHILIGI - islom dinida ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar va hokimiyat uchun kurash jarayonida vujudga kelgan xilma-xil yo‘nalishlar va oqimlarning umumiy nomi. Mazhab tor ma’noda shariatga xos huquq yo‘nalishlarini anglatadi. Lekin, mazhabchilik iborasi keng ma’noda dinlardagi barcha guruhlarga ajralishlarni ifodalaydi. Shu ma’noda I. m. bu dindagi barcha guruhlar ajralish shakllarini o‘z ichiga oladi, ularning 5 turini bir- biridan tafovut qilish kerak: 1) islomdagi asosiy yo‘nalishlar. Islomda dastlab yuz bergan ixtiloflar natijasida alohida diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid bir qator masalalarda bir-biridan tafovut qiladigan 3 asosiy yo‘nalish vujudga kelgan. Bulardan sunniylik va shialik hozirda ham mavjud, lekin xorijiylar yo‘nalishi o‘rta asrlardayoq avval ko‘p firqalarga ajralib, keyinchalik yo‘qolib ketgan, undan faqat bitta ibodiylar (abodiylar) firqasi saqlanib qolgan. 2) Islomdagi firqalar, mohiyatan aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida oz yoki ko‘p darajada bir-biridan tafovut qiladigan diniy guruhlar. Islomda firqalarning eng ko‘pi shialikdan ajralib chiqqan, bulardan qarmatiylar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar, druzlar va b. hamda ular ichidan ajralgan ko‘p kichik firqalarni, yangi davrda vujudga kelgan bobiylik, bahoiylik kabilarni tilga olish mumkin. Sunniylik islomda ortodoksal diniy ta’limot hisoblangan, o‘rta asrlarda undan firqalar ajralib chiqmagan. Urta asr oxirlari va yangi davrga kelib unda ham firqa va oqimlar paydo bo‘lgan. Bulardan ravshaniylar (17-a.), ahmadiya, voisovchilar firqalarini (19-a.), vahhobiylik, mahdiylik, panislomizm kabi diniy-siyosiy oqimlarni ko‘rsatish mumkin. 3) Mazhablar, shariat mazhablari ham islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat. 4) Ilohiyot oqimlari bo‘lib, ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar bo‘yicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. Bulardan ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar va b.ni ko‘rsatish mumkin. Ortodoksal ilohiyot ta’limoti bo‘lgan Kalom shakllanib hukmron Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 136 rol o‘ynay boshlagach, ilohiyot oqimlarining barchasi yo‘qolib ketgan. 5) So’fiylik yoki tasavvuf tariqatlari. So’fiylik goyalari keng tarqalgach, musulmon mamlakatlarida har biri o‘z yo‘li (suluk)ni olib borgan so’fiylik rahnamolari (pirlar) nomi bilan bog‘liq ravishda juda ko‘p uyushmalar paydo bo‘lgan. Ulardan ko‘plari o‘rta asrlardayoq yo‘qolib ketgan. Lekin, hozirda ham g‘oyat ko‘p tariqatlar mavjud. O’rta Osiyoda -naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik, Kavkazda - muridizm, xorijiy Sharq mamlakatlarida o‘rta asrlardan ma’lum bo‘lgan qodiriylar, bektoshiylar, rifo’iylar, tayfuriylar, suhrovardiya, mavlaviylar, shoziliylar, chishtiylar, safaviylar, haydariylar, ne’matullohiylar, jaloliylar keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud. O’rta asr oxirlari va yangi davrda Arab mamlakatlari, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlari orasida ham ko‘p tariqatlar tarqalgan: salafiylar, shartariylar, rashidiylar, rahmoniylar, tayyibiylar, tinoniylar, ammoriylar, hamoliylar, muridiylar, barqiylar, idrisiylar, sanusiylar, g‘ufriylar va h.k. Umuman olganda 30 dan ortiq tariqat mavjud. I. m.ning barcha ko‘rinishlari islom tarixida yuz bergan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy aqidaviy va hayotning boshqa sohalaridagi ixtiloflarni ifoda etadi. Shu jihatdan islomni shartli ravishda yaxlit din hisoblash mumkin. Xilma-xil oqim va firqalarning vujudga kelishiga birinchi navbatda ijtimoiy-siyosiy harakatlarning diniy shaklda namoyon bo‘lishi sabab bo‘lgan. Islom dinini qabul qilgan xalqdarning madaniyati, an’analari, ilgariga diniy e’tiqodlari, shuningdek ular yashagan geofafik sharoitlar ham oqimlarning xarakteriga ta’sir etgan. "ISLOM NURI" - O’zbekiston musulmonlari idorasining diniy-ijtimoiy gazetasi. 1990 y.dan chop etiladi. Islom dinining asosiy manbai bo‘lgan Qur’oni karim va hadisi shariflarga suyangan holda faoliyat ko‘rsatadi. Uning sahifalarida O’zbekiston musulmonlari idorasining fatvolari, Oliy hay’at va Ulamolar kengashi qarorlari e’lon qilinadi va islom arkonlari tashviq va targ‘ib qilinadi. O’zbekiston musulmonlari hayotiga, axloq-odobga oid maqolalar, diniy asarlar keng yoritiladi. Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling