Islom ensiklopediyasi


"IMOM al-BUXORIY SABOQLARI"


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
#165
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55

"IMOM al-BUXORIY SABOQLARI" - Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasining 
ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy jurnali. 2002 y.dan Toshkentda uch oyda bir marta nashr 
etiladi. Uning vazifasi - xalqimiz, ayniqsa yoshlarni milliy-diniy qadriyatlarni sog‘lom 
idrok etishiga yordam berish, milliy-ma’naviy merosimizdan bahramand etish. Jurnalning 
"Abadiy barhayot kitob", "Muhaddislar  
sultoni", "Hadislarning ulug‘ hikmati", "Movarounnahrlik buyuk allomalar", "Islom va 
ma’rifat", "Istiqlol va islom" kabi ruknlari bor. Bosh muharriri Zohidillo Munavvarov. 
Adadi 1000 nusxa (2002). 
 
 
IMOM BUXORIY XALQARO JAMG’ARMASI - buyuk muhaddis Imom Buxoriyning boy 
ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida tuzilgan xalqaro 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
jamg‘arma (1998 y. 4 noyab.). Muassislari: O’zbekiston musulmonlari idorasi, Madaniyat 
ishlari vazirligi, O’zbekiston Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar va Samarqand viloyat 
hokimliklari, "O’zbekturizm" va "O’zbekiston havo yo‘llari" milliy kompaniyalari, 
O’zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, "Ma’naviyat va 
ma’rifat" jamoatchilik markazi, "Mahalla" va "Oltin meros" jamg‘armalari va b. 
Boshqaruvi -Toshkent shahrida, Samarqand bo‘limi - Chelak tumanidagi Imom Buxoriy 
yodgorlik majmuida joylashgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning "Ymom al-Buxoriy xalqaro 
jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi Farmonida (1998 y. 16 noyab.) 
jamg‘armaning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Jamg‘armaning dastlabki ustav fondi 
Vazirlar Mahkamasi zaxira fondidan o‘tkazilgan 50 mln. so‘m va Kuvayt Davlati Amiri 
tomonidan Imom Buxoriy yodgorlik majmuiga xayriya etilgan 500 ming AQSh dollaridan 
shakllavdi. Jamg‘armaning asosiy fondlariga uning balansiga o‘tkazilgan binolar va 
ko‘chmas mulklar, jumladan, Imom Buxoriy yodgorlik majmui kiradi. Jamg‘armaning 
milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlari O’zbekiston fuqarolari va tashkilotlari, 
xalqaro tashkilotlar va xorijiy shaxslarning xayriya ulushlari uchun ochiq, deb 
belgilangan. Tashkiliy tuzilmasi rais va uning o‘rinbosarlari, ilmiy tadqiqotlarni 
muvofiqlashtirish, turizmni rivojlantirish, xalqaro aloqalar va investitsiyalar, qo‘lyozmalar 
elektron kutubxonasi, Imom Buxoriy nashriyoti kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.  
 
 
IMOM ad-DORIMIY MAQBARASI -Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (2000 y.). 
Imom Buxoriyning ustozlaridan biri imom Abdurahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy (q. 
Dorimiy) qabri ustida bunyod etilgan. Mustaqillik yillari qabr atrofi obod etilib, 
ziyoratgohga aylantirildi.  
 
 
IMOM MUSLIM, to‘liq ismi Abul-Husayn Muslim ibn al-Hajjoj ibn Varad ibn Kushoz al-
Qushayriy an-Naysoburiy (821-875) -mashhur muhaddis. Imom Buxoriydan keyin hadis 
ilmining eng zabardast allomasi. Fiqh ilmvdan ham yaxshi xabardor bo‘lgan. 12 yoshida 
hadis ilmini o‘rganishga kirishgan. I.M. shu maqsadda ko‘p mamlakatlarga sayohat 
qilgan, jumladan Hijoz, Misr, Suriya, Iroqda bo‘lgan. Ulamolarning qayd etishlaricha, u 
300 mingdan ziyod hadislarni ko‘zdan kechirib shundan atigi 12 mingtasini ishonchli 
(sahih) deb topib o‘zining "As-Sahih" asariga kiritgan. Bu kitob ahdi sunna nazdida "ikki 
sahihning biri" deb ta’vil qilingan, olti sahih kitobning ikkinchisidir. I.M. bundan tashqari 
"Al-Musnadul-kabir", "Al-asmo val-kuno", "Al-ilal", "Kitobu avlodis-sahoba" kabi asarlar 
yozgan. 
 
 
IMOM NASAIY, Abu Abdurrahmon Ahmad ibn Ali ibn Shuayb ibn Ali ibn Sinon ibn Bahr 
al-Xurosoniy (827-915) - muhaddis, hadischilik bobida eng ishonchli 6 hadis 
to‘plamlaridan birining muallifi. Naso(Niso) sh.da tavallud topgan. Ona yurtida Qur’oni 
karimni yod olib, boshlangach diniy ma’lumotlarni olgandan keyin kengroq ilmu ma’rifat 
hosil qilish niyatida xorijiy mamlakatlarga safarga chiqadi. 15 yoshli muhaddis Hijoz, 
Iroq, Shom, Misr va b. mamlakatlarga borib diniy fanlarni puxta o‘zlashtiradi. U Misrning 
"Zuqoq al-qanodil" mahallasida uzoq vaqt yashab, so‘ngra Damashqqa boradi. U yerda 
umaviylarga yon bosmagani sababli tazyiq ostida og‘ir holatga tushadi. Bir rivoyatga 
ko‘ra, Makkaga yetib borib, o‘sha yerda, ikkinchi rivoyatga ko‘ra, Baytil-Makdis 
(Quddus)da vafot etadi. Hadis bobida yozgan "as-Sunan al-kubro" to‘gshami uning shoh 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
asari hisoblanadi. Undan tashqari u "as-Sunan as-sug‘ro" yoki "al-Mujtabo", "al-Xasois", 
"Fazoil as-sahoba", "al-Manosik" va b. kitoblarni yozib qoldirgan.  
 
 
IMOMIYLAR - shialikdagi asosiy oqimlardan birining tarafdorlari, Ali avlodiga taallukdi 
12 imomni tan oluvchi mo’tadil shialar. I. 11-imom Hasan al-Askariy vafoti (873 y.)dan 
keyin uning yosh o‘gli Muhammadni oxirgi, 12-imom deb tan oladilar. Rivoyatlarga 
ko‘ra, bu imom yo‘qolgan (tarixda o‘ldirilgan bo‘lsa kerak) deb hisoblanadi. I. uni 
"yashiringan imom", ya’ni Mahdiy deb e’lon qilib, u qaytib kelishi bilan adolat tantana 
qiladi, deb hisoblaydilar. "Yashiringan imom"ga e’tiqod I.ning asosiy aqidalaridan biridir. 
Ular imomat ta’limotini asosiy qoida sifatida ilgari suradi, imomning saylab qo‘yilishini 
rad etadi. Ular o‘zlarining hamma imomlarini "jabrdiyda" deb biladi va ularga e’tiqod 
qiladi. I. shialarning ancha ko‘p tarqalgan qismidir. I. ta’limoti hoz. Eronning davlat dini 
hisoblanadi. I. Iroqda aholining deyarli yarmini tashkil etadi. I. jamoalari Livan, Kuvayt, 
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Afg‘oniston va b. mamlakatlarda bor. 
 
 
IMOMLIK, i m o m a t (arab. - boshqarmoq) - 1) musulmon teokratik davlatining 
umumiy nomi. Islom evolyutsiyasi jarayonida I. haqidagi tasavvur ham o‘zgarib borgan. 
Ilk islomda Muhammad (sav) va xalifalar musulmonlar jamoasida ma’muriy hokimiyat 
va diniy rahnamo(imom)likni birga qo‘shib olib borgan. Keyinchalik xalifalar hokimiyatida 
ma’muriy rahbarlik asosiy o‘rin egallagan. Diniy hokimiyat - I. esa nomigagana saqlanib 
qolgan. Shia mazhabida I. faqat Muhammad (sav) avlodlaridan bo‘lgan (Ali (kv) va 
Fotima avlodlari) shaxsning diniy va ma’muriy hokimiyati hisoblangan; 2) Dogaston va 
Chechenistonda muridlar davlati, 19-a.ning 20-y. oxirida chorizmning mustamlakachilik 
siyosatiga qarshi Shim. Kavkaz xalqlarining kurashi davrida paydo bo‘lgan. Imomlari: 
G’ozi Muhammad (1828-32), Hamzatbek (1832-34), Shomil (1834-59); 3) Namoz 
vaqtida jamoat oldida turib ibodatni boshqarish, imomlik qilish. 
 
 
IMON, i y m o n (arab. - ishonch, e’tiqod) -islom dinida Allohga, uning farishtalari, 
kitoblari, payg‘ambarlari, qiyomat kuni, takdir va o‘lgandan keyin tirilishga ishonish. Bu 
"imoni mufassal", ya’ni iymonning mufassal ta’biri deb ham ataladi. I. moturidiylik 
ta’limotiga ko‘ra, 2 narsaning butunligi -e’tiqod (dinga ichdan chuqur ishonish) , iqror 
(so‘zda buni tan olish)dan iborat deb hisoblanadi. Islomda I. talablari "arkon al-imon 
(e’tiqod asoslari) sanaladi. I. asoslariga, u aqlimizga xoh sig‘sin, xoh sig‘masin, baribir 
ularga shak-shubhasiz e’tiqod qilish talab qilinadi. I. talablari, ya’ni aqidalar islomning 
diniy dunyoqarash asoslarini tashkil etadi. Din va huquq ilk islom davrida ajratilmagani 
tufayli "I." muammosi ilohiyotchilarni ham, fiqhshunoslarni ham band etgan. I. 
tushunchasi islomda muhim va bahsli masalalardan biri hisoblanib, uni 8-a. boshidan 
turli ilohiyot va diniy-huquqiy maktab vakshshari turlicha talqin qilgan. Hoz. kunda I. 
so‘zi vijdonlilik, halollik, soflik, Vatanni sevish ma’nolarida ham ishlatiladi. 
 
 
INJIL - Alloh taolo Iso (as)ga Jabroil orqali og‘zaki tarzda nozil qilgan kitob. 
Musulmonlar bunga imon keltiradilar. Bu hakda Qur’onda bir necha oyatlar kelgan. "Va 
unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni o‘rgatadi" (Oli Imron surasi 48-oyat). "Ularning 
izlaridan Iso ibn Maryamni o‘zidan oldingi Tavrotni tasdiqdovchi qilib yubordik. Unga 
Injilni berdik. Unda hidoyat va nur bor. U o‘zidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. u 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
taqvodorlar uchun hidoyat va mav’izadir" (Moida surasi 46-oyat). Qur’onga ko‘ra, I.da 
Muhammad (sav)ning kelishlari haqida bashorat qilingan, biroq I. matni nasorolar 
tomonidan buzilgan. Lekin o‘sha ilohiy kitobning asl nusxasi hoz. yo‘q. Chunki, Iso 
(as)ning vaqtlarida I. kitob shaklida bo‘lmagan. Hech kim hech narsani yozmagan. U 
zotdan keyin ba’zi kishilar o‘zlari kitob yozib, mana shu I., menga vahiy qilindi va uni 
men yozib oldim, deb chikdilar. Asta-sekin "I. vahiy qilinganlar" ko‘payib boraverdi. Oxiri 
borib ularning soni juda ham ko‘payib ketdi. Ularning har biri o‘zining I.i haq ekanini 
da’vo qilar edi. Orada gap-so‘z, ixtiloflar kuchaydi. Shunda imperator Konstantin mil. 
325 y.da Nikeya (Nisea)da katta majlis chaqirdi. Bu majlisda 2048 patriarx qatnashdi. 
So‘ngra turli jamoalardan 2000 dan ortiq ruhoniy o‘nlab Ilarni ko‘tarib keldilar. 
Imperator majlis ahdi oldiga mavjud I.lardan eng ishonchlisini tanlab olish vazifasini 
qo‘ydi. Ular uzoq talashib-tortishishlardan keyin 4 dona I.ni tanladilar. Hoz.da nasorolar 
e’tiqod va amal qiladigan I.lar ana o‘sha 4 I.dir. 1-Mutto (Matfey) I.i. Bu I. eng qad. I. 
hisoblanadi. U Iso (as)dan 4 y. keyin yozilgan. U ibroniy tilda yozilgan edi. Ammo, o‘sha 
asl nusxasi ham hoz. yo‘q. Hoz. bori o‘shaning tarjimasi. Lekin tarjimon ham, u qaysi 
matndan tarjima qilgani ham hozirgacha ma’lum emas. Buning ustiga bu I.ning muallifi 
Mutto Iso (as)ning havoriylaridan emasdi. Keyinroq uni xoin Yahuzoning o‘rniga 
saylashgan edilar. 
2-Markos (Mark) I.i. Bu I. yunon tilida Iso (as)dan 23 y. keyin yozilgani aniq. Ammo uni 
kim yozgani noaniq. Ba’zi nasorolar, uni Pyotr yozgan, deydilar. Boshqalari esa, uni 
Pyotrning o‘limidan keyin Markos yozgan, deydilar. 
3-Luka I.i. Bu kitob Masih (as)dan 20 y. keyin yozilgan. Luka u zotning shogirdlaridan 
emas. U Polning shogirdi. Uning ustozi ham Iso (as)ni ko‘rgan emas. Buning ustiga Pol 
nasorolikka dushman bo‘lgan yahudiylardan edi. Shuning uchun hiyla bilan nasorolikka 
qarshi ko‘p buzg‘unchiliklar qilgan. 
4-Yuhanno (Ioann) I.i. Bu I. Iso (as)dan 32 y. keyin yozilgan. Ba’zi nasoro toifapari uni 
Iso (as)ning shogirdlaridan biri Yuhanno ibn Zabdiy yozgan, deydilar. 500 taniqli nasoro 
olimlari ishtirokida yozilgan "Britaniya entsiklopediyasi" bu kitobni, qalbaki kitob, degan. 
Musulmon shaxs I.ni Alloh tomonidan Iso (as)ga tushirilgan ilohiy kitob deb imon 
keltirmasa musulmonliga qolmaydi. Shu bilan birga musulmon shaxs asl nusxadagi 
I.ning yo’qdigi va hoz. Ilar buzilgan ekaniga ishonadi. Alloh Qur’onda Iso (as)ning 
tug‘ilishidan oldin uning kelajagi haqida quyidagilarni aytgan: "Va unga kitobni, 
hikmatni, Tavrot va Injilni o‘rgatadi" (Oli Imron surasi 48-oyat). Tavrot Muso (as)ga 
tushirilgan ilohiy kitobdir. U Iso (as)ga ham kitob bo‘lishini Allohning O’zi aytib turibdi. 
Tavrot Iso (as)ga kelgan dinning ham asosini tashkil etadi. I. esa, Tavrotni to‘ldirib 
kelgan. I.ning o‘zbek tilidagi to‘liq nashri kirill yozuvida 1992 y.da so‘zboshi, lug‘at, 
jadval va rangai suratlar bilan birga Bibliyani tarjima qilish in-ti (Stokgolm) tomonidan 
chiqarilgan (tarjimon - Ibrohim Abaev). 
 
 
IRAM ZOT al-IMOD ("ko‘p ustunli Iram") - Jan. Arabistonda go‘yo mavjud bo‘lib, 
Qur’onga binoan Alloh taolo tomonidan yo‘q qilib yuborilgan inshootlar majmuasi. 
Qur’onda (89:7/6) Alloh tomonidan kibrga berilib gunohga botganlari uchun nobud 
qilingan od va samud qavmlari bilan birga qayd etiladi. Ushbu oyatning eng ko‘p 
tarqalgan tafsiri I.Z.I.ni od qavmi tarixi bilan bog‘laydi. I.Z.I. - odiylar podshohi Shaddod 
tomonidan qurilgan shahar. Shaddod Allohning elchisi Hud (as)ning so‘zlariga quloq 
solmay Yer yuzida, Adan yaqinida jannatga o‘xshash makon yaratishni istagan; bu 
shaharning binolari oltin va kumushdan bunyod etilib, qimmatbaho toshlar bilan 
bezatilgan. Podshohning kibru havosi va imonsizligi uchun Alloh I.Z.I.ga kuchli bo‘ron 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
yuborib shaharni qumga ko‘mdirib yuborgan. Ba’zan sahroda adashib qolgan yo‘lovchilar 
mana shu o‘lik shaharni ko‘rganlari va u yerdan olib kelgan qimmatbaho toshlar kulga 
aylanib qolgani haqida afsonalar mavjud. Qur’ondagi I.Z.I. - qad. arab shaharlarining 
halokati haqidagi rivoyatlardan biri. Haqiqiy I.Z.I. - nabateylarning Shim. Hijozdagi ko‘p 
ustunli ar-Ramm ibodatxonasi vayronalari. Ko‘p ustunli I.Z.I. obrazida tadqiqotchilar 
ba’zan narigi dunyoning qad. mifologik ramzini ko‘radilar.  
 
 
IRIM - g‘ayritabiiy hodisalarning kishilarga ta’sir qilishiga ishonib, biror niyat bilan 
qilinadigan odat, xatti-harakat. I. o‘zni ehtiyotlash, birovlarga yaxshilik tilash yoki zarar 
yetkazish va b. niyatlarda qilinadi. Jahovdagi deyarli hamma xalqlarda va turli kasb-
hunar sohalarida uchraydi. I., bir tomondan kishilarning ezgulikka intilishlari, orzulari 
bilan bog‘lansa, ikkinchi tomondan, tabiat va jamiyatda qandaydir g‘ayritabiiy sehrli 
kuchlarning borligiga ishonishga asoslanadi. I.ni Islom dini bilan hech qanday aloqador 
joyi yo‘q. Islom diniga ko‘ra, bu amal xurofot sanaladi.  
 
 
ISLOM (arab. - bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirish) - jahonda keng 
tarqalgan uch din (buddaviylik va xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. I. diniga e’tiqod 
qiluvchilar arabcha "muslim" ("islomni qabul qilgan", "itoatli", "sadoqatli"; ko‘pligi 
"muslimun") deb ataladi. "Muslim", "muslimun" so‘zining boshqa xalqlar orasida 
o‘zgacha talaffuz etish (mas., forslarda -musalmon, o‘zbeklarda - musulmon, qirg‘iz va 
qozoklarda - musurmon, Ukraina va Rossiyada - basurman) natijasida bu dinga e’tiqod 
qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng 
tarqalgan. 
Jahonda qariyb 1,2 mlrd. kishi I.ga e’tiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan 
ko‘prog‘i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholisining 20% idan ortiqrog‘ini tashkil etadi. 
Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga to‘g‘ri keladi (qita aholisining deyarli yarmi). 
Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq mamlakatdan 35 tasida 
musulmonlar aholining ko‘pchiligani tashkil qiladi - Shim. Afrika, Rarbiy Osiyoning 
barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, 
Afg‘oniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va b. ba’zi mamlakatlarda aholining 80% 
dan ortig‘i musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 
80% igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada 
qariyb yarmi, ba’zi bir mamlakatlarda musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, ta’sir 
doirasi kuchli (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina Faso, Serra-Leone va b.)- 
Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar - Indoneziya, Hindiston, Pokiston va 
Bangladesh; musulmonlarning anchasi Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, 
Yevropaning ayrim mamlakatlari (Yugoslaviya, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, 
Frantsiya va b.), Shim. va Jan. Amerika qit’asi mamlakatlari (AQSh, Kanada, Argentina, 
Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fidji orollarida 
yashaydi. 
I. 7-a.da Hijoz (G’arbiy Arabiston)da paydo bo‘ldi. Uning asoschisi Muhammad (sav)dir. 
Islom dinining paydo bo‘lishi xususida islom manbalariga asoslangan diniy an’anada u 
ilohiy hodisa, insonlarni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi 
ta’limot deb hisoblanadi. I. talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan 
musulmonlar e’tiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, ya’ni Alloh odamlarga 
payg‘ambar - elchilar yuborgan. Ammo, insonlar payg‘ambarlar ta’limotini buzganlar. 
Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad (sav)ni tanladi, unga 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
o‘zining kalomi - Qur’onni nozil qildi. Muhammad (sav) oldin o‘z hamshaharlarini, so‘ng 
barcha arablarni ko‘plab qabila xudolariga sig‘inishdan voz kechish va yagona xudo - 
Allohga e’tiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga. tushish uchun bu 
dunyoda ezgu ishlar qilishga da’vat etdilar. Qur’onga ko‘ra, arablar va yahudiylarning 
umumiy bobokaloni Ibrohim (as) Allohga birinchi bo‘lib imon keltirgan. Demak, I. 
batamom yangi e’tiqod emas, balki Ibrohim(as)ning qayta tiklangan dinidir. 
I. dini tarixini o‘rganishda o‘sha davrdaga ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillarni 
hisobga olish kerak. I. dini vujudga kelgan davrda Arabiston ya. o.da Makka va Yasrib 
(Madina) kabi shahar-davlat (polis)lar boshqalarga nisbatan muayyan ustunlikka ega 
edilar. Bu shaharlar xalqaro savdoning eng yirik markazlaridan bo‘lib, iqtisodiy hayot 
jo‘shqin tus olgandi. Shahar-davlatning kelajak taraqqiyoti uchun polis tuzumi torlik qila 
boshlagan. Hijoz (Makka, Yasrib, Xaybar, Dumat al-Jandal, Tayma va b.) va umuman 
Arabistonni xalqaro savdoni barqaror qiladigan, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qodir 
harbiy kuchga ega bo‘lgan yagona saltanatga aylantirish davr talabi bo‘lib qolgan edi. 
Saltanat tuzish bilan bir qatorda Arabiston ya. o.dagi qabilalarning etnik va madaniy 
jihatdan birlashuvi, yagona arab tili, ogzaki va yozma adabiyot, umumiy fikrlashning 
shakllanishi va nihoyat, arablarning diniy tafakkurida o‘zgarish jarayonlari kechayotgan 
edi. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‘z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay 
olgan holdagana muvaffaqiyatga erisha olardi. Shuvday qilib, Muhammad(sav)ning diniy 
va siyosiy faoliyatlari yuqoridagi jarayonlarning xususiy ko‘rinishi bo‘lgan. Muhammad 
(sav) har tomonlama barkamol inson bo‘lganlari uchun, u zotning shaxsiy fazilatlari 
tufayli yahudiy-xristian ta’limotlariga yaqin g‘oya bilan yashovchi mahalliy hijozliklar 
harakati o‘ziga xos xususiyatlar kasb etdi, diniy va siyosiy kuchga ega bo‘ldi; bu kuch 
islomning vujudga kelishini eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi. 
Muhammad(sav) 610 y., ya’ni 40 yoshlarida vahiy (ilohiy ilhom) olayotganlarini e’lon 
qildilar. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning 
ko‘pchilik aholisi, ayniqsa, Quraysh qabilasining zodagonlari ularning targ‘ibotlariga 
ochikdan-ochiq qarshi chiqtsilar. U zot o‘zga yerlarda tarafdorlar izlashga majbur 
bo‘ldilar. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga ko‘chdi, so‘ng Makka 
zodagonlari bilan ma’lum davrdan buyon raqobatlashib kelayotgan Yasribdagi Banu Avs 
va Banu Xazraj qabilalarining vakillari 622 y. musulmon jamoasini o‘ziga qabul qilish, 
Muhammad(sav)ni umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi bo‘lishdi. Yasrib shahridagi 
mavjud etnik vaziyat ham shuni taqozo etgandi. Hijra nomini olgan bu voqea I. tarixida 
burilish yasadi. Ko‘chib o‘tgan kishilar muhojirlar (ko‘chib kelganlar), Madinada I.ni 
qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka o‘rtasida 
boshlangan kurash 8 y. davom etdi (q. Badr jangi, Uxud jangi, Xandaq jangi va b.). 628 
y. Makka zodagonlari Muhammad(sav) bilan kelishishga majbur bo‘ldilar. 630 y. 
musulmonlar qo‘shini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi 
yoppasiga I. dinini qabul qildi va Muhammad (sav)ni Allohning elchisi (rasuli) deb e’tirof 
etdi. Ana shundan boshlab Makka I. dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas 
ziyoratgohiga aylangan. Muhammad (sav) vafot etgan 632 y.da Arabiston ya. o. to‘la 
birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi I. dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, 
iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida I. dini muhim omil bo‘lib xizmat qildi 
va kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi. 
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn 
Affon, Ali ibn Abu Tolib payg‘ambarning o‘rinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. 
7-8-a.larda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shim. Afrika, Pireney ya. 
o., Shim. Hindiston fath etildi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shim. Xitoydan 
Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha bo‘lgan katta hududni zabt etildi va I. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
dini keng hududda tarqaldi. 
I.ning muqaddas kitobi Qur’ondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni 
Allohning vahiy qilingan so‘zi deb tushuniladi. I.ning aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy 
va axloqiy me’yorlari, cheklash va taqiqlari Qur’on bilan birga uning tafsirlarida, hadis 
to‘plamlari va shariat qo‘llanmalarida, shuningdek, 8-12-a.larda vujudga kelgan ilohiyot 
adabiyotlarida o‘z ifodasini topgan. 
I.ning asosiy aqidasi - "Allohdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad uning rasuli". I. 
ilohiyotining ilk shakli - kalom bo‘lib, 8-a.da arab xalifaligida vujudga kelgan. 
Mutakallimlar I. dini aqidalarini ishlab chiqqanlar. 
I. dini 5 "asos" yoki "ustun" (arkon ad-din al-islomiy)ga ega: 1) kalima keltirish; 2) 
namoz o‘qish; 3) ro‘za tutish; 4) zakot berish; 5) imkoniyat topilsa haj qilish. Shulardan 
birinchisi imon va qolganlari ibodat deb e’tirof etilgan. Imon 7 akddani - Allohga, uning 
farishtalariga, muqaddas kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, takdir (yaxshilik 
va yomonlik Allohning irodasi bilan bo‘lishi)ga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonishni o‘z 
ichiga oladi. Islomda xatna, ro‘za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlud, 
xudoyi, ashuro kabi o‘ziga xos diniy marosimchilik tarkib topgan. Bundan tashqari, 
mahalliy xalqlarda islomgacha mavjud bo‘lgan urf-odatlar, jumladan, fol ochirish, dam 
soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sig‘inish ham I. marosimchshshgaga 
moslashib ketgan. Islomda ilk davrdan paydo bo‘lgan eng birinchi yirik muammo - oliy 
hokimiyatni egallashga payg‘ambardan keyin kim haqliroq, degan masala bo‘ldi. Ali (kv) 
tarafdorlari "shia" nomini olib, islomda birinchi bo‘linishni boshlab berdilar. Uchinchi 
xalifa Usmon (ra) aynan shu bo‘linishning qurboni sifatida jon taslim qildi. Ikki taraf - 
sunniylik va shialik o‘rtasidaga kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yo‘nalish 
ham paydo bo‘li. Ammo, I. tarixi uzra sunniylik asosiy yo‘nalish bo‘lib keldi. O’rta 
asrlarda hukmronlik qilgan abbosiylar, saljuqiylar, ayyubiylar, mamluklar, usmonli 
turklar, temuriylar sulolalari sunniylar edilar. Hoz. kunda ham sunniylar 
musulmonlarning mutlaq ko‘pchiligi (93%)ni tashkil etadi. Birdan-bir davlat - Eronda 
"shia" rasmiy diniy yo‘nalish sifatida qabul qilingan. Iroq, Livan, Shim. Yaman, 
Ozarbayjon va Afg‘onistonda shialarning yirik jamoalari mavjud. Ummon va Shim. 
Afrikada xorijiylarning ba’zi toifalari saqlanib qolgan. Musulmon huquqshunosligi - fiqhda 
4 sunniy (hanafiylik, shofi’iylik, molikiylik, hanbaliylik} va 1 shia (ja’fariylik) mazhablari 
shakllangan. Mazhablar sekta (firqa)lardan farq qiladi. Sektalar, asosan, geofafik va 
iklimiy omillar hamda I.ni qabul qilgan xalqlarning oddingi madaniyati, an’analari va 
diniy tasavvurlari ta’sirida vujudga kelgan. Ularning aksariyati shia yo‘nalishiga mansub 
bo‘lib, eng yiriklari -imomiylar, ismoiliylar va zaydiylardur. Islomda ilk davrlardan shariat 
(barcha to‘la rioya qilishi kerak bo‘lgan qonunchilik) bilan tariqat (faqat ayrimlar Alloh 
xayrixoxligiga muyassar bo‘lishi mumkinligi) yonma-yon rivojlanib kelgan. Tariqat 
asoschilari - murshadlarning "vali-ne’mati" asrlar osha hoz. avlodgacha yetib keladi, 
degan tushuncha bor. 8-9-a.larda I.da diniy falsafiy oqim - tasavvuf paydo bo‘ldi. 
Sharkda eng mashhur bo‘lgan tasavvuf tariqatlari -naqshbandiylik, qodiriylar, 
shoziliylardir. 
I. dinining muhim xususiyatlaridan biri -uni qabul qilgan xalqlar vakillari uchun I. 
akddalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganidadir. U o‘ziga xos 3 
taraqqiyot bosqichi yoki davrni o‘tadi. Birinchisini, shartli ravishda, Qur’on davri deb 
atash mumkin. Qur’oni karimda o‘z aksini topgan Arabiston aholisining diniy ongi 
darajasini ifoda etuvchi diniy-siyosiy va ijtimoiy qarashlar, huquqiy va axloqiy mezonlar 
butun musulmon olami uchun hozirgacha shak-shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi. 
Deyarli 4 a. davom etgan ikkinchi davr I.da umumislomiy ahkomlar hukmronligi ostida 
turli fikrlar (plyuralizm)ga yo‘l qo‘yilgani bilan ajralib turadi. I.dagi yo‘nalishlar, 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling