Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 162 KALOM (arab. - ravon nutq, jumla, gap, so‘z) - islom ilohiyot ilmi. 8-a.da arab xalifaligida paydo bo‘lgan. K. islom diniy ta’limotini asoslashga harakat qiladi. K. tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. K. turli diniy-siyosiy guruhlar (xorijiylar, qadariylar, jabariylar, murji’iylar va h.k.) paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bahslar jarayonida vujudga keldi va taraqqiy qildi. Ulamolar ilmi K.ning ta’rifida ham bir necha xil fikrlar aytganlar. Eng qad. ta’rif Abu Nasr Forobiyga tegashli bo‘lib, u, "Kalom sinoati ila millatning asoschisi aytgan chegaralangan gap va ishlarga nusrat berilur va unga xilof qilgan barcha so‘zlarni behudaga chiqarilur", degan. Ilmi K. haqida Razoliy quyidagilarni aytadi; "U bir ilm bo‘lib uning maqsadi ahli sunnaning aqidasini ahli bid’atning tashvishidan muhofaza qilish va qo‘rikdashdir. Alloh taolo O’z bandalariga O’z payg‘ambari tilida haq aqidani ilqo qildi. Unda ularning dini va dunyosining salohi bordir. Shuningdek, uning haqida Qur’on va xabarlar nutq qildi. So‘ngra shaytonlar o‘z vasvasasi ila bid’atchilarga sunnatga xilof ishlarni ilqo qildi. Ular o‘sha ishlarni gapirdilar va ahdi haqning aqidasini buzmoqchi bo‘ldilar. Bas, Alloh bir toifa mutakallimlarni paydo qildi va ularning himmatini tartibga solingan kalom ila sunnatning nusrati yo‘lida harakatga soldi. Shu orqali axli bid’atning sunnatga xilof ravishda chiqargan aldamchiliklari fosh qilinadi. Ana shunday ilmi kalom paydo bo‘ldi". Ilmi K. paydo bo‘lgan vaqtga kelib aqidaga oid masalalarga avvalgi vaqtlarga o‘xshab faqat Qur’on va sunnatdan dalil keltirish bilan kifoyalanib bo‘lmay qolgan edi. Qarshi taraf aqliy dalil ham keltirishni talab qilar edi. K.ga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor al-Ja’d ibn Dirham (742 y. qatl etilgan) ijodida uchraydi. U doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson salohiyati ojizlik qilgan hollardagina Qur’on oyatlarini ramziy-majoziy ma’noda talqin qilish mumkin, deb hisobladi. Uning shogirdi Jahm ibn Safvon (745 y. qatl etilgan) ustozining g‘oyasini davom ettirdi. Jahmning qarashlari mu’taziliylarga yaqin bo‘lgani bois odatda bu ikki ta’limotni bir-biridan farklamaydilar. Mu’taziliylarning K.i 9-a.ning 1- yarmida ravnaq topdi. Ammo, xalifa al-Mutavakkil (847-861) davrida quvgan ostiga olindi. Ma’lum vaqtgacha sunniylikda mu’taziliylarning falsafiy dalillariga qarshi kurashda g‘oyaviy kurol rolini o‘ynashi mumkin bo‘lgan aqoidlar tizimi mavjud emas edi va faqat Qur’on hamda hadislarga havola kilish bilan cheklanilardi. Aynan mu’taziliylar o‘zlarining mantiqiy-falsafiy isbotlash uslublari bilan haqiqiy islom yo‘li shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Bunday tizim 10 a.ga kelib ishlab chiqildi va uni K.ni aqidaparastlar bilan murosaga keltirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan al-Ash’ariy (873-935) va al- Moturidiy (870-944) amalga oshirdilar. Natijada K.ning ash’ariy va moturidiylik maktabi vujudga keldi. Mashhur musulmon ulamolari ilmi K. haqida o‘z zamonlari va bilimlariga qarab turlicha fikr biddirganlar. Imom Abu Hanifa ilmi K.da "al-Fiqhul Akbar" nomli kitob yozgan va "dindaga fiqh ilmdagi fiqhdan afzaldir. Chunki, dindagi fiqh asldir. Ilmdagi fiqh far’dir. Asl far’dan afzalligi ma’lumdir" degan. Imom Molik, Ahmad ibn Hanbal, Jaloliddin Suyutiy va Ibn Abdul Barrlar ham bu ilm haqida salbiy fikrda bo‘lganlar. Imom Abul Hasan al- Ash’ariy ilmi K.ni madh etib kitob yozgan. Imom G’azoliy o‘rtacha yo‘l tutgan va ilmi K.da yaxshi taraf ham salbiy taraf ham borligani ta’kidlab, u bilan faqat mutaxassis olimlar mashg‘ul bo‘lishi kerakligani uqtirgan. Bu fikrlarni tadqiq qilib o‘rgangan olimlar, ilmi K.ni, xususan, undagi adashuvlarni tanqid qilganlar. Uni madh qilganlar esa, foydali taraflarini e’tiborga olganlar. Shuning uchun uning ijobiy taraflaridan ko‘p narsani o‘rgansa bo‘ladi, deydilar. Boqilloniy (1013 y. v.e.), al-Juvayniy (1085 y. v.e.), ash-Shahristoniy (1153 y. v.e.) va ar-Roziy (1209 y. v.e.)lar ash’ariylik maktabining yirik namoyandalaridir. Ash’ariylar zohiran o‘zlarini mu’taziliylarga qarshi qo‘yib, hanbaliylar bilan murosa qilishga intilgan Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 163 bo‘lsalar-da, dunyoqarashi bo‘yicha mutaziliylarning aql-idrokka asoslangan yo‘lini davom ettirdi. K.ning ikkinchi yirik maktabi -moturidiylik ham mustaqil tarzda taraqqiy etdi. Ash’ariylar maktabi asosan shofi’iylar orasida tarqalgan bo‘lsa, moturidiylik hanafiylik doiralarida ko‘plab tarafdorlarga ega bo‘ldi va xususan, Movarounnahr musulmonlarining asosiy aqidasiga aylandi. 13-a.dan K. Ibn Sino asos solgan sharq falsafasi bilan yaqinlasha boshladi. Natijada, Ibn Xaldun ta’biri bilan aytganda, K. va falsafani bir biridan ajratish mushkul bo‘lib qoldi. Bu hol Baydoviy (1286 y. v.e.), Isfahoniy (1349 y. v.e.), Ijiy (1355 y. v.e.), Taftazoniy (1390 y. v.e.), Jurjoniy (1413 y. v.e.)lar ijodida o‘z ifodasini topdi. Yangi va eng yangi davrlarda Jamoliddin Afg‘oniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi musulmon islohotchilarining asarlarida K. va ayniqsa, mu’taziliylar g‘oyalari mafkuraviy asos vazifasini bajarib keldi. Vaqt o‘tishi bilan islom olamida faqat axli sunna va jamoaning ilmi K. bo‘yicha ta’limotlari hukm suradigan bo‘ldi. Falsafa va b. fikriy mazhablar chiqqanidan keyin ilmi K. istilohining o‘zi ham iste’moldan chiqib ketdi. KARBALO - Iroqdagi shahar, Karbalo muhofazasi (gubernatorligi)ning ma’muriy markazi, Furot daryosi vodiysida, Bag‘doddan 85 km jan.-g‘arbda. Shialikdagi musulmonlarning ziyoratgohi. Ali ibn Abu Tolibning o‘g‘li Husayn ibn Ali hokimiyat uchun kurashda 680 y.da K. yaqinidagi jangda halok bo‘lgan, K.da dafn qilingan, keyinchalik bu yerda maqbara barpo etilgan va shialar uchun ziyoratgoh bo‘lib qolgan. Imom Husayn maqbarasi bir necha marta buzib tashlangan, keyinchalik salobatli inshoot majmui qurilgan. K. har yili muharram oyida motam marosimi o‘tkaziladigan markaz hisoblanadi. KAROMAT (arab. - karomat, ikrom qilinish, yuqorilik, sharaf) - islom istilohiga ko‘ra, aqlni lol qoldiradigan g‘ayritabiiy hodisalar. Shu hodisalar payg‘ambarlardan namoyon bo‘lsa - mo’jiza, aziz-avliyolardan sodir bo‘lsa - K. deyiladi. G’ayridin, kufr ahdidan sodir bo‘lsa, sehr-jodu, ko‘zbaxshilik (fokus) yoki istidroj (vaqtincha omadli bo‘lish) deb ataladi. Mas., Muso payg‘ambar qo‘lidagi hassasini toshga urganda undan suv otilib chiqqani, kerak bo‘lganda u ajdahoga aylanib, sehrgarlar yasagan ilonlarni yutib yuborgani mo’jizadir. Muhammad (sav)ga berilgan mo’jizalarning eng ulug‘i - Qur’oni karim sanaladi. K.lar tasavvuf shayxlari, tariqat peshvolari, aziz-avliyolarning uzoq masofani oz muddatda bosib o‘tishlari, suv ustida, havoda bemalol yura olishlari, hojatlari zudlik bilan ravo bo‘lishi va b. bilan izohlanadi. K. 2 xil bo‘ladi: birinchisi -asliy; ikkinchisi - kasbiy. Asliy K. quyidagi oyatda ifodasini topgan: "Batahqiq, biz Bani Odamni mukarram qildik. Ularni kuruklik va dengazda ko‘tardik. Ularni pok rizklar ila rizqlantirdik" (al-Isro surasi, 70-oyat). Ushbu K. mo‘min bo‘lsin, kofir bo‘lsin, bashariyatning hamma a’zolari uchun umumiydir. Kasbiy K. quyidaga oyatda ifodasini topgan: "Albatta sizning Alloh huzurida mukarramrog‘ingiz, taqvodorrog‘ingizdir" (Hujurot surasi, 13-oyat). Bu K. taqvodor mo‘minda hosil bo‘ladi. Odatdan tashqari ishlarga K., deyishlik majoziydir. Chunki, Alloh taolo o‘sha ishlarni taqvodor mo‘minning ikromi uchun uning tomonidan sodir etadi. K.ning zohir bo‘lishidagi hikmat: K. sodir bo‘lganidan so‘ng valiyning ishonchi yana ham ziyoda bo‘lib, dunyodagi zuhdi-taqvosi kuchayib, havoyi nafs da’vosi yo‘qolishidir. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 164 KARROMIYLAR - ilohiyot oqimi. 9-13-a.larda Bag‘dod xalifaliganing markaziy va sharqiy viloyatlarida tarqalgan. Asoschisi -Abu Abdulloh Muhammad ibn Karrom (806- 869). Seyistonda tug‘ilgan, Nishopur, Balx, Marv, Hirot kabi shaharlarda ta’lim olgan. 5 yil Makkada istiqomat qilgan. Ibn Karrom o‘z yurtiga qaytayotib, Kuddusda xonaqoh barpo qilgan. Seyiston va Xurosonda o‘z ta’limotini targ‘ib qilgani uchun zindonga tashlangan. Quddusda vafot etgan. K. fikricha xudo - butun borliqning birlamchi asosi, u muayyan jismga ega. Xudo - barcha narsalarning yaratuvchisi, ammo inson o‘z faoliyatining natijalariga ta’sir ko‘rsata oladi. Mu’taziliylar kabi K. ham inson onga mustaqil ravishda, ya’ni vahiy yordamisiz, yaxshilik va yomonlikni farq qilishga qodir, deb uqtirdilar. Shuningdek, murji’iylar singari K. biror insonni musulmon deb tan olish uchun u Allohni til bilan e’tirof etsa kifoya, amal bilan tasdiqlashi shart emas, deb hisoblaydi. Ya’ni "La iloha illallohu Muhammadun rasululloh" kalimasini aytgan har bir inson - musulmondir. Ibn Karromning "Kitob as- sirr" va "Azob al-qabr" nomli (bizgacha yetib kelmagan) asarlari va "xudo jismga ega" degan tushunchasi hukmron islom oqimi ulamolarining keskin tanqidi va ta’qibiga uchradi. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng K. barham topdi. KASB ("ega bo‘lish", "o‘zlashtirish") - diniy-axloqiy kontseptsiyani anglatuvchi atama. Uning tarafdorlari qadariylar va jabariylar ta’limotlariga nisbatan kelishuvchan mavqeni tutish maqsadida inson xatti-harakatini Alloh tomonidan "yaratilishi"ni, lekin inson tomonidan "o‘zlashtirilishi"ni ta’kidlaganlar. KAFAN - dafn oldidan marhumning jasadi o‘raladigan oq mato. Islomiy aqidaga ko‘ra, musulmon erkak uchun 3 bo‘lak, ayol uchun 5 bo‘lak mato ila K.lab dafn etish tiriklar zimmasidagi muqaddas burchlardan (farzi kifoya) hisoblanadi. Klashdan oldin albatta mayyit yuviladi. Shahidlar yuvilmaydi va K.lanmaydi, balki o‘z kiyimlari bilan dafn etiladi. K.siz ko‘mib yuborilganlar uchun marhumlar emas, balki unga sababchi kishilar javobgar sanaladi. KAFORAT, kafforat- qilingan gunoh uchun evaz to‘lash yoki gunoh kechirilishi uchun beriladigan mablag‘. Mas., har bir musulmon ramazon oyida biron sabab bilan ro‘za tutmagan bo‘lsa, evaziga boshqa vaqt ro‘za tutgan. K. tushunchasi shariat ahkomlarvda muhim o‘rinni egallab, unda yolg‘on qasam ichish, biror shaxsga nohaq ozor yetkazish kabi holatlarda o‘z gunohini yuvish uchun ma’lum mikdorda sadaqa qilish belgilangan. Mas., bir kishi biror ishni qilaman yoki biror ishni qilmayman deb Alloh nomi ila qasam ichgan bo‘lsa, lekin qilaman deganini qilolmasa, qilmayman deganini qilib qo‘ysa, shariatga ko‘ra, u bir qudni ozod qilishi yoki kishini to‘ygazishi yoki kiyintirishi lozim. Yuqorida aytilganlarning xech birini qilishga kodir bo‘lmasa, 3 kun ro‘za tutishi lozim. Shunda u. Allohning nomi ila ichgan qasaminish uddasidan chiqa olmaganligi gunohiga K. bergan bo‘ladi. KASHSHIY, Abu Muhammad Abdulhamid (Abd) ibn Humayd al-Kashshiy (? - 863) - yirik mufassir, muhaddis, faqih, adib. Kesh (Shahrisabz)da tug‘ilgan. Fiqhshunoslikdagi maktab asoschisi, undan ta’lim olish uchun huzuriga ko‘plab mamlakatlardan olimlar Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 165 kelishgan. Sam’oniy K.ning 2 ustozi va 14 shogirdi borligani qayd etib o‘tgan. Fiqh, adabiyotshunoslik, Qur’on tafsiriga oid 7 asar yozgan. KA’BA (arab. - kub, to‘rt burchak) - islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi. Baytulloh (Allohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish - haj va umraning asosin amallaridan biri. K. Makkadagi eng katta Masjidi Haramning markazida joylashgan bo‘lib, 10x12x15 (bal. 15 m va poydevori 12x10 m) o‘lchamdaga bino. Odatda, K.ning usti qora mato (kisva) bilan qoplangan bo‘ladi, unga Qur’onning Makka va hajga oid oyatlari zarhal bilan yozib qo‘yilgan. K. devorining tashqi g‘arbiy burchagida "Qora tosh" ("Hajar al-asvad") joylangan. Shim.-sharqiy devordagi eshik ham choyshab bilan qoplangan va yerdan chamasi 2 m baland o‘rnatilgan. K.ning ichi tavof qilinganda devorga narvon qo‘yiladi. Ichkarida uchta ustun bo‘lib, shiftiga sirlangan ko‘pdan-ko‘p chIroq osilgan. Devorning eshik bilan "Qora tosh" oralig‘idagi qismi al-multazam deyiladi, uning yonida Allohga ayniqsa yoqadigan duolar o‘qiladi. Shim.-g‘arbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov ko‘rinib turadi, u al-mizob yoki mizob al-rahma deb ataladi. Shu tarnov bilan g‘arbiy burchak oralig‘i qibla hisoblanadi. Shim.-sharqiy devor yonidagi yarim doira shaklidagi devor (al-xatim) al-hijr (yoki hijr Ismoil)ni to‘sib turadi, hojilar tavof vaqtida bu joyga kiritilmaydi; Ibrohim (as) zamonida bu joy K.ning bir qismi bo‘lgan; bu yerga Ismoil (as) va uning onasi Hojar dafn etilgan, deb rivoyat qiladilar. Devor qarshisida maqom Ibrohim deb atalgan inshoot bo‘lib, undagi toshda odam izlari ko‘rinadi. Aytishlaricha, Ibrohim (as) K.ni qayta tiklayotganida shu tosh ustida turgan. "Qora tosh" yaqinida esa Zamzam bulog‘i bor. Rivoyat qilishlaricha, Muhammad (sav) 25-30 yoshlarida bu yerdagi ta’mirlash ishlarida qatnashganlar. Odamatoning uchinchi o‘g‘li Shis (as) tomonidan qurilgan, Ibrohim (as) tomonidan ta’mirlangan va Muhammad (sav) tomonidan kofirlardan tozalangan K. Yasrib (Madina)da qibla deb e’lon qilingach, uning ahamiyati juda oshib ketdi (o‘shangacha Kuddusga qarab ibodat qilinar edi). K. islomning alohida din sifatida shakllanishida g‘oyat katta vazifani bajardi. Muhammad (sav) boshchiligadagi musulmonlar 629 y.da Makkaga kichik haj qilgan, 630 y.da esa, ular Makkani egallab, Maryam va Iso (as) tasviridan boshqa barcha sanam va tasvirlarni olib tashlaganlar, suvrat va yozuvlarni o‘chirganlar. 630 y.da Abu Bakr (ra) boshchiligida birinchi haqiqiy musulmon haji ado etiladi. Muhammad (sav) 631 y.da haj amallariga boshchilik qiladilar. Xalifa Umar (ra) davrida K. yonidaga uylar buzib tashlandi va uning atrofida Masjidi al-Haram qurildi. 683 y.da K.ni Umaviylar qo‘shinlari o‘qqa tutdi. Keyin u qayta tiklanib, kengaytirildi (va uning yoniga al-hijr qo‘shildi. 929 y.da Qarmatiylar Makkaga hujum qilib, "Qora tosh"ni olib ketdi. Oradan 20 y. o‘tgandan keyin bu toshni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lindi. Asta-sekin K. tevaragida turli inshootlar, jumladan, asosiy musulmon mazhablarining minbarlari tiklandi. 20-a.ning 50-60-y.laridagi katta ta’mirlash vaqtida bu inshootlar olib tashlandi. K. butun dunyo musulmonlarining eng muhim markazi va birlik ramzi bo‘lib keldi, hozir ham shunday bo‘lib turibdi. Islom dinidagi barcha oqimlar uning muqaddasligi va alohida ahamiyatini tan oladilar. Har yili dunyoning barcha mamlakatlaridan musulmonlar haj ibodatini ado etish uchun bu yerga keladilar. KISVA - Ka’ba devorlarini yopib turadigan choyshab. Paxta aralashgan sakkiz bo‘lak qora shoyi matodan tikiladi. Devorning yuqori qismi uchdan bir bo‘lagani yopib turuvchi K. parchasiga Qur’oni karimning: "Albatta odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 166 birinchi uy - Makkadagi muborak va butun olamlar uchun hidoyat (mayog‘i) bo‘lgan Ka’badurki..." degan oyati (3:96) zarhal yozuvda bitilgan. Shuningdek, K.ga Qur’onning yana boshqa sura va oyatlari yoziladi. Ka’baga kiriladigan eshik maxsus zarhal bilan qogshangan bo‘lib, unga ham Qur’on oyatlari bitilgan. Muhammad (sav) hayotliklarida K. Yamanda tayyorlanardi. Xalifa Umar zamoniga kelib K. Misrda to‘qiladigan bo‘ldi. Xalifa Ma’mun (813-833) davrida K. har yili uch marta yangilab turilgan. Xalifa Mutavakkil (847-861), esa har ikki oyda Ka’batullohga yangi K. yuborgan. Xalifa Umar boshlab bergan an’ana davom ettirilib, K. 1924 y.gacha Misrda tayyorlandi. Har yili yangi K. haj safariga chiqqan misrlik ziyoratchilar bilan birga Makkaga keltirilardi. Avvalgi K. devordan olinib, Ka’ba xazinabonlari va Makka sharifi ixtiyoriga topshirilardi. 1443-1452 y.lari Shohruh Mirzo Misr K.si bilan birga Movarounnahrda tayyorlangan maxsus ka’bapo‘sh yopilib turishiga erishgan. 1925 y. qirol Abdul Aziz Makkada ixtisoslashgan fabrika ochib, unda qora rangli tabiiy shoyidan K. tiktirdi. Shundan boshlab Ka’ba K.si faqat Saudiya Arabistonida tayyorlanadi. Saudiya Arabistoni podshohi Fahd ibn Abdul Aziz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga tuhfa qilgan K. - Ka’bapo‘sh parchasi hozir Imom Buxoriy yodgorlik majmuida masjid devoriga osib qo‘yilgan. KOMIL INSON - tasavvuf falsafasining asosiy tushunchalaridan biri. Har jihatdan yetuk kishi. Axloqiy jihatdan oliy poklikka erishgan, borliq va Allohni anglashda to‘liq bilimga ega bo‘lgan va natijada Haqqa yetishgan (yoki Qur’on oyatlarining tub mohiyatini tushunadigan) inson. Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, Alloh K.i.da o‘zining barcha xislat va alomatlarini bamisoli ko‘zguda ko‘rgandek ko‘rib turadi. U borliqning bir-biriga zid ikki jihati: ma’naviy va moddiy jihatlarini birga qo‘shadi. Uning butun olam uchun bo‘lgan favkulodda ahamiyati ana shundan kelib chiqadi, u - Koinotning botiniy hukmdori, Olam yaratilishining sababchisi va maqsadidir. K.i. haqidagi ta’limot so’fiy faylasuf Ibn al- Arabiy tomonidan yaratilgan, keyinchalik uning izdoshlari, jumladan O’rta Osiyoda Ahmad Yassaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va b. tomonidan rivojlantirilgan. O’zbekiston mustaqshshikka erishgach, K.i.ni voyaga yetkazish milliy istikdol mafkurasining asosiy vazifalaridan qilib qo‘yildi. Prezident I.Karimov asarlarida K.i.ni voyaga yetkazish vazifalari atroflicha bayon etilgan. KOTIB - yozayotgan kishi, qayta ko‘chiruvchi, yozuvchi, mirza - amaldor. Dastlab K. - o‘qimishli kishilar bo‘lgan, ular Muhammad (sav)ning so‘zlari, farmoyishlari va maktublarini yozib borganlar. Musulmon Davlatida boshqaruv tizimining murakkab va kengtarmoqli bo‘g‘imi rivojlanishi jarayonida turli mansab pog‘onasidagi amaldorlar - devondagi mirzalardan tortib idora boshliqlarigacha K. deb atalgan. Oliy K.lar guruhi (K. as-sirr, K. al-insho, K. al-jayn) devonni tashkil etgan. Keyinchalik K. atamasini o‘rta va quyi darajadagi (oliy darajadagilar uchun vazir nomi paydo bo‘ldi va b.) amaldorlarga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lgan. K.lar uchun qo‘llanmalar, ularni madh etuvchi va haqorat qiluvchi asarlar yaratildi. Ko‘pgina shaxslar ularning avlodlariga ham o‘tadigan al-K. unvoniga ega bo‘lishgan. K.lar amaliy yozishmalar va bejamdor devon uslubining rivojlanishiga imkon tug‘dirganlar va bu bilan musulmon olami xalqlarining adabiyotiga ta’sir ko‘rsatganlar. KOHIN - g‘oyibdan xabar beruvchi, bashoratgo‘y. Islomdan avvalgi Arabistonda vasvasa holatida Alloh yoki uning vakili -farishta yoki jin bilan muloqot qilgan odam Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 167 shunday deb atalgan. Qabila odamlari biron-bir ish kishidan oldin uning oqibati qanday bo‘lishini K.dan so‘rashgan. Qabiladoshlari Muhammad (sav)ni ham dastlab K. - folbin deb o‘ylashgan. Qur’on oyatlarida (52:29; 69:42) ularning shubhalariga javoban Muhammad (sav) K. - folbin ham, majnun ham emasligi alohida ta’kidlangan. Umuman islom an’anasida K.lar kelajak haqvda yolg‘on so‘zlovchilar sifatida talqin qilinadi. Ularga qarshi islom tarafidan qattiq kurashish tavsiya etiladi. KUBRO, Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiy (laqablari: "Najmiddin" ("Dinning yulduzi"), "Kubro" ("Ulug‘"), "Abduljannob" ("Dunyodan chetlanuvchi, parhez etuvchi"), "Valiytarosh" ("Valiylarni tarbiyalovchi"); 1145-1221) — shayx, so’fiylikning mashhur vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining asoschisi. Xiva (Xorazm)da tug‘ilgan. Yoshligidanoq hadis VA kalomni o‘rganadi, ilm istab Misrga boradi U yerda shayx Ro‘zbixon Vazzon al-Misriydan ta’lim oladi va uning qiziga uylanadi, Keyinchalik Tabriz, Hamadon, Dizfulga kelib ilohiyotdan saboq oladi. Misrga qaytgach. Ro‘zbixon K. to‘la komil inson bo‘lib yetishdi deb hisobladi va unga o‘z vataniga qaytishni maslahat beradi. K. Xorazmga kelgach, xonaqox kuradi va o‘z diniy maktabini yaratadi. K.ning shogirdlari orasidan tasavvufning tanikli nazariyotchilari, so’fiylik bo‘yicha mumtoz adabiyot vakillari yetishib chikdi. K. mg‘ul bosqinchilariga qarshi jangda shahid bo‘lgan, Uning qabri xonaqohi bilan birga Ko‘hna Urganchda. Bilishning K.ga xos tasavvufiy yo‘li bo‘yicha inson o‘z mohiyati bilan kichik olamdir, u katta olam bo‘lgan koinotdagi barcha narsalarni va sifatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ammo, ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o‘ziga xos maqomlarda joylashganidan, haqiqat yo‘lini qidiruvchilar bunday kamolotga erishish uchun ma’lum riyozatli yo‘llarni o‘tishlari zarur. K. ana shu kamolotga erishish asoslarini ishlab chikdi. K. o‘z qarashlarini arab tilida yozgan bir necha risolalarida bayon etgan. Ulardan asosiylari: "Favoix al-jamol va favotih al-jalol", "O’n usul", "Risolat al-Xoif al-hoim min lavm al-loim" va b. Bu asarlar arab mamlakatlari va Turkiyada chop etilgan. 'U Qur’onga so’fiylar nuqtai nazaridan sharh berishni oxirigacha yetkaza olmadi, bu ishni shogirdlari tugalladilar. Tasavvuf ta’limotining rivoji va keng tarqalishida katta omil bo‘lgan. K. merosi respublikamizda mustaqillik tufayli o‘rganila boshlandi. 1995 y.da O’zbekistonda K. tavalludining 850 yilliga nishonlandi. "Najmiddin Kubro" (Toshkent, 1995), "Sharhi risolayi odobul zokirin" (Urganch, 1997) kitoblari nashr etildi. KUBROVIYLIK — tasavvuf tariqati. 13-a. boshida Xorazmda Najmiddin Kubro asos solgan. K. tasavvufning O’rta Osiyodagi maktabi bo‘lib, ma’naviy vorislik zanjirini Ma’ruf al-Karxiy (816 y. v. e.) orqali Abu Bakr yoki Ali ibn Abu Tolibga taqaydilar. K.da tariqat a’zolarining yagona tashkiliy tizimi bo‘lmagan. Ularni ta’limotning ruhi va maqsadi birlashtirgan. Kubroning shogirdi Sayfiddin Boharziy tomonidan Buxoro yaqinidagi Soktariy qishlog‘ida tashkil etilgan xonaqoh N. Kubro nomi bilan atalgan. Bu yerda K. tariqati 18-a.ning oxirlarigacha keng tarqalgan edi. Uning a’zolari Kubro g‘oyalarini Xitoyning g‘arbiy chegaralarigacha yoydi. Keyinchalik K.ning bir qancha mustaqil shaxobchalari vujudga keldi. Bular -firdavsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya oliya, ig‘tishoshiya, zahabiya, nurbaxshiya. K. ta’limotiga ko‘ra, har bir kishi kamolotga erishish uchun 10 asosga tayanmog‘i kerak. 1. Tavba - o‘z xohishi bilan Haq taologa qaytish; Xudoning amrisiz, kishining o‘z ixtiyori bilan Xudoni sevishi, o‘zining "men"idan kechishi. 2. Zuhd fi dunyo - barcha dunyoviy narsalardan tiyilish. 3. Tavakkal - barcha ishlarni qilishda Xudoning mehribonligi va qudratiga umid bog‘lash. 4. Qanoat - hayot |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling