Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KULOH
www.ziyouz.com kutubxonasi 168 kechirishda oz narsa bilan qanoatlanish, mo’tadillik, tuban mayllardan ozod bo‘lish. 5. Uzlat - tanholikda bo‘lish, ruhni mustahkamlash, his-tuyg‘ularni jilovlash. Uzlatga ketish hissiyotlarning bosilishiga olib keladi. 6. Mulozamat az-zikr (uzluksiz zikr) - Xudoning ismini yod qilib turish, butun qalbni U bilan to‘ldirish. Shundagina pastkashlik, hasad, ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilik kabi razilliklar kishi ko‘ngliga yo‘l topa olmaydi. 7. Tavajjuh -butun vujud bilan Xudoga murojaat qilish, Unga cheksiz muhabbat qo‘yish, undan boshqa narsa borligani his etmaslik. 8. Sabr - o‘z ixtiyori bilan mashaqqatlar chekib bo‘lsa ham, nafs doirasidan o‘zini olib qochish. To‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan borish uchun kishi o‘z mayllarini so‘ndirishi lozim. Shundagina dil kuduratlardan poklanadi, ruh nafs natijasida zanglab qolgan bo‘lsa, jilo topadi. 9. Muroqaba (tafakkurga g‘arq bo‘lish) - qalb poklangani va tuban ehtiroslardan xoliligini tuyib, xotirjam bo‘linganini eslab xayolga cho‘mish, Xaq taolo rahm-shafqatini kutib turish holati. 10. Rizo - so’fiy endi xudo uni sevib qolganligani, Alloh ko‘nganligini sezadi, uning uchun ana shu muhimdir. Xudoga bo‘lgan muhabbat so’fiyning shaxsiy his-tuyg‘u sifatini yo‘qotib, yangi ko‘rinishda -Allohning istak-xohishi tarzida namoyon bo‘ladi. Rizolik maqomi Haqqa yetishganlikni bildiradi. Hozir ham K. ko‘rinishlarini uchratish mumkin. KULINIY (yoki al-Kulayniy), Muhammad ibn Ya’qub Abu Ja’far (? - 941 y. may) - imomiylar muhaddisi va faqihi, imomiylik (ja’fariya) huquqini birinchi bor ishlab chiqqan alloma. Rey sh. yaqinidagi Kulin, yoxud Kulayn qishlog‘ida tug‘ilgan, bu yerda uning otasining mozori mashhur bo‘lgan. Hayotining asosiy qismini Rey va Qumda o‘tkazgan, bu shaharlar o‘sha davrda shia ulamolari markazlari sanalgan. Umrining so‘nggi yillarini Bag‘dodning Bob al-Kufa r-nida o‘tkazgan va o‘sha yerda vafot etgan. Imomiylar an’anasi K.ni 'imomiylik tariqatini "yangilovchi" (mujaddid), iloqiyot va fiqh sohasida yirik olim sifatida biladi. Bunday yuksak bahoga u 20 yil umrini bagishlagan asosiy asari - "al-Kafi fi usul ad-din" tufayli erishgan. Bu shialik (imomiylik)dagi hadislar to‘plami bo‘lib, unda 16 mingga yaqin hadis bir tizimga solingan. Asar saqlangan bo‘lib, bir necha bor nashr qilingan. U 30 kitobdan iborat bo‘lib, har bir "kitob" ko‘plab boblarga ajratilgan, ularda hadislar mavzuga qarab taqsimlangan. Mavzuga qarab taqsimlanmay qolgan hadislar har bir "kitob" so‘nggida alohida bobga - "Bob an-navodir"ga birlashtirilgan. K. asari imomiylar mafkurasining g‘oyaviy asoslarini ishlab chiqishda juda muhim rol o‘ynagan. Shialikda u, "Sahih Buxoriy" sunniylikda o‘ynagan roldan xam yuqoriroq mavqeiga ega bo‘ldi, zero u shia imomiylar tomonidan turmushning barcha sohalari bo‘yicha eng e’tiborli qo‘llanma deb qaralgan. Manbalar "al-Kafi"dan tashqari al- K.ning yana besh asari nomini, jumladan "Kitob ar-radd ala-l-karamita" va "Kitob ar- rijal"ni qayd etishgan, bular saqlanmagan. Hoz. shia olamida, avvalo Eron va Iroqda "al- Kafi" va uning muallfining nufuzi baland; K.ning Bag‘doddagi qabri hanuzgacha saqlanib, qadamjoga aylangan. KULOH - qad. bosh kiyim. Qalin, dag‘al (ko‘pincha jun) matodan konussimon shaklda, ichiga paxta solib tikilgan. K.ni ko‘pincha qalandarlar, shayxlar kiygan. KURSAVIY Abu Nasr (1776, Kursa, Tatariston - 1812, Istanbul) - islomdagi islohotchilik harakati va tatar ma’rifatparvarligining asoschisi. Mahalliy madrasada saboq oldi. 19-a. boshida Buxoroga keladi va Niyozkuli at-Turkmaniy (naqshbandiya - mujaddadiya tariqatining mashhurshayxlaridan biri) ko‘lida tahsil oldi. Buxoro madrasalaridagi o‘quv Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 169 tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘z dasturini ishlab chikdi. Aqoid va Kalom masalalarida Buxoro ulamolari bilan tortishib qoldi. Yirik ilohiyotchi olim Sa’daddin at-Taftazoniy (1390 y. v.e.) kitobiga yozgan sharhida K. o‘z fikrini oshkora bayon qildi. 1808-09 y.da Buxoro amiri Haydar huzurida bo‘lgan ulamolar majlisida o‘z qarashlarini qat’iyat bilan himoya qilsa ham, u dahriylikda ayblandi va qisqa muddat tutqunlikda saqlandi. Buxorodagi mudarris ustozlarining talabi bilan ozodlikka chiqarildi. K. o‘z yurti - Qozon yaqinidaga Yuqori Kursa qishlog‘iga qaytib, mahalliy madrasada mudarrislik qildi. U o‘z qarashlarini mashhur "Al-Irshod lil-ibod" risolasida bayon qildi. Makkaga haj safari paytida Istanbulda vafot etdi va o‘sha yerda dafn qilindi. K. g‘oyalari hayotlik chog‘ida unchalik shuhrat topmadi. 19-a. 2-yarmida Marjoniyning asarlari orqali K.ning islom ilohiyotchisi va ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tarqatuvchisi ekanligi tan olindi. Turkistonda uning qarashlarli keng tarqalgan va ko‘plab tarafdorlari bo‘lgan. KURSIY (arab. - ikki qadam, o‘rindiq, taxt, tayanch, kursi) - islom manbalarida Arshning ikkinchi nomi, yetti qavat osmondan tashqari alohida sakkizinchi osmon ham tushuniladi. Qur’oni karimning Baqara surasidagi 255-oyat "Oyat al-Kursiy" deb nomlangan. Unda "Allohning Kursiysi Yeru osmonlardan ham kenglik qiladi" - deyilgan. Uning tafsirida ba’zi olimlar Arshning keng va kattaligi Yeru osmonlarni o‘z ichiga sig‘dirgudek hajmda deb bilsa, ba’zilari Yeru osmonlar, ularning ichi va tashqarisidagi barcha narsalardan xabardor bo‘lish Allohning ilmidir, deb hisoblaydi. Bu kabi bahslar Qur’oni karimdaga ayrim oyatlar mazmunini Muhammad (sav) hadislarida sharhlanmay qoldirilgani bois vujudga kelgan. Bunday holatda tafsir yozgan olimlar o‘zlarining akd va fikrlari doirasida izoh berishlari tabiiydir. KUTTOB (oromiychadan olingan arabcha so‘z) - alifbo va Qur’on o‘qitiladigan boshlang‘ich maktab. O’rta asrlarda K. so‘zi keng qo‘llanilgan. endilikda esa Arabiston, Misr va Tunis bilan cheklangan. Boshlangich ("Qur’on o‘qitiluvchi") maktab uchun boshqa nomlar (maktab, mekteb va b.) bo‘lgan va hozir ham bor. Unga joy sifatida biron-bir jamoat binosining xonasi yoxud hovlisidan foydal anishgan. "KUTUB us-SITTA" - sahixdigi darajasiga ko‘ra eng mo’tabar sanalgan 6 hadis kitobi. Payg‘ambarimiz(sav)ning hadislarini jamlashga ko‘p ulamolar qo‘l urishgan. Shu niyatda bir qancha hadis kitoblari yaratilgan. Lekin bu to‘plamlarning barchasi ham birdek qiymat kasb etmagan. Keyingi davr olimlari bu kitoblardagi hadislarning sahihlik darajalarini o‘rganishgan va 6 hadis to‘plamini e’tiborga molik topishgan. Ular "K.us-s." nomi bilan mashhur. Mo’tabar to‘plamlarning peshqadami so‘zsiz Imom Buxoriynint "Al- jome’ as-sahih" asaridir. 2-mo’tabar manba Imom Muslimnit "Sahih"idir. Imom Muslim to‘plamni tuzishda Buxoriyga ergashgan, qiyos olgan. Zero, ular ustoz-shogird edilar. Doruqutniy bu 2 ulug‘ imomga "Odamlar uchun kuyosh va oy" deb ta’rif bergan. Ular yaratgan to‘plamlar esa "Sahihayn" (Ikki sahih) ismi ila mashhurdir. Lekin, bu 2 asar sahih hadislarni to‘la qamrab olmagan. Qolgan 4 imomning hadislari quyidagilar: Abu Dovudnnng "Sunan"i, Termiziynnt "Sahih"i, Yaasoshning "Sunani Kubro" asari va Ibn Mojaning "Sunan" hadislar to‘plamidir. Bu bitiklarning sahihlik darajasi xuddi shu tartibda. "K. us-s."da payg‘ambarimiz(sav)ning sahih hadislari to‘plangandir. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 170 KUFR (arab.- satr, to‘smoq; inkor etmoq) -imonsizlik; Islomni tan olmaslik yoki uning amallarini bajarmaslik. K.ga jiddiy gunohlar va jinoyatlar: shirk keltirish, namozdan voz kechish, sehrgarlik, zinokorlik, o‘z joniga qasd qilish, ichkilikbozlik, qimor o‘ynash va b. kiradi. Shuningdek, olimni o‘z obro‘siga ishonib mo‘min-musulmonlarni hak yo‘ldan chalgatib boshqa yo‘lga boshlashi ham K.ga kiradi. K.ga munosabat islomning dastlabki davridan boshlab turlicha bo‘lgan. 7-a.ning 2-yarmida xorijiylar ularga qo‘shshshagan har bir musulmonni kofir, ya’ni dinga ishonmovchi, uni rad etuvchi deb hisoblashgan. 7- 8-a. boshida murji’iylar tarkibidan "mo’tadil" oqim ajrab chiqib, ularning fikricha K. sodir etgan kishi kofir bo‘lmaydi va u musulmonlar safidan o‘chirilmaydi, uning qilishi haqida faqat Qiyomat kuni Allohgana hukm chiqara oladi. K. turi uchta: 1. Haqiqiy K. Dilida ham, tilvda ham o‘zining kofirligini iqror etish. Bunday odamlar haqiqiy kofirlardir. 2. Inodiy K. Allohning haqligini, Muhammad (sav)ning haqiqiy payg‘ambar ekanligani bila turib, qaysarlik qilib va arzimagan sabablarni ko‘rsatib imon keltirmaslik. Bunga mal’un shaytonning va Abu Tolib (Muhammad (sav)ning amakilari)ning Klari misol bo‘la oladi. Zero, shayton Allohning zotu sifatini yaxshi bila turib, Uning farmonini bajarmadi. Odam (as)ga sajda qilmay tavqi la’nat va K.ga ega bo‘ldi. Abu Tolib esa, asosan, o‘z qo‘lida o‘sib voyaga yetgan Muhammad (sav)ning rostgo‘yligi va haqiqiy payg‘ambarligini yaxshi bilsa-da, tengqurlari, badavlat, nufuzli mushriklar oldida xijolat bo‘lib qolmaslik uchun o‘shalar imon keltirmaguncha men ham imon kalimasini aytmayman, deb olamdan o‘tdi. 3. Hukmiy K. Ba’zan shariatga xilof ishlarni qilish yoki kufr so‘zlarini bilib-bilmay gapirib qo‘yish sababli K.ga hukm qilinuvchi holat. Mas., bir musulmon odam Qur’onni tepsa yoki shariatni masxara qilsa yoxud "namoz farz emas", "to‘ng‘iz go‘shti harom mas" kabi rad so‘zlarini aytsa, musulmonchilikning boshqa hamma ko‘rsatmalarini bajarayotgan bo‘lsa ham, u kofir deb hukm qilinadi. Xoh haqiqiy, xoh hukmiy kofir bo‘lsin, umr bo‘yi qilgan toat-ibodatlari bekor bo‘ladi, nikohi buziladi. Shunday holatga tushib qolgan odamga yaxshi nasihat etib, tavba qilish va nikohini yangidan o‘kdtib olish tavsiya etiladi. Hoz. vaqtda K. tushunchasidan mutaassib musulmon jamoalari (mas., "Ixvon al- muslimun"), shuningdek, siyosiy kurashda (Eron-Iroq mojarosi) keng foydalanilmoqda. KO’XAKIY, Sulton Muhammad Hofiz Ko‘hakiy (Ko‘ykiy) Toshkandiy (1490, Toshkent viloyati, Parkent - 1572, Toshkent) - tarixchi, huquqshunos, Tarjimon, geograf, etnograf, matematik, faylasuf va mudarris. Ali Qushchining nabirasi, parkentlik ziyoli Mirzo Kamoliddinning o‘g‘li. Arab va fors tillarini, adabiyotni mukammal bilgan. Bir qancha mamlakatlarga, chunonchi Misr, Iroq, Suriya, Yaman, Saudiya Arabistoni, Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Sharqiy Turkiston (Qashqar, Xo‘tan, Yorkent, Turfon, Rulja)ga sayohat qilgan. Kotib Chalabiy (Hoji Xalifa) ning yozishicha, u 1528 y. Bobur huzuriga elchi bo‘lib borgan, 1569 y. esa Boburning nabirasi Akbar uni qabul qilib, bobosini ko‘rish sharafiga muyassar bo‘lgan tabarruk kishi sifatida ko‘p e’zozlagan. K. Toshkentning Sag‘bon ko‘chasidagi o‘z hovlisiga kurdirgan madrasada mudarrislik qilish bilan birga o‘ndan ortiq asarlar yozgan, chunonchi "Risola fiy fann at-tafsir val-usul val- furu’ val-mantiq val-kalom" ("Tafsir, usul, furu’, mantiq va kalom ilmlari xususida risola"), "Tarixi oli Chingaz" ("Chingazxon xonadoni tarixi"), "Sharhu odob al-munozara" ("Munozara odobi kitobiga sharh"), "Favoid ziyoiyya" ("Munavvar foidalar") shular jumlasidandir. Shuningdek, u tarixchi Muhammad ibn In’om (10-a.) ning 2 jildli "Tarixi Turkiston" asarini forschadan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 171 qabri Qaffol Shoshiy maqbarasiga kiraverishda, o‘ng tomonda. Hozir K. kurdirgan madrasa ta’mirlangan bo‘lib, u joylashgan mavze Hofiz Ko‘ykiy mahallasi deb ataladi. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 172 - L - LAVHUL MAHFUZ (arab. - muhofaza qilingan lavh) - Alloh insoniyatning taqdirlarini yozgan ulkan kitob; diniy manbalarga ko‘ra, oq durdan yasalgan, uzunligi yer bilan osmon oralig‘icha, eni Mashriq bilan Mag‘rib oralig‘icha, ikki sahifadan iborat. Uning yonida yozuv qalami bo‘lib, uning ham kattaligi Lavhga mos keladigan shaklda. U bir ulkan farishtaning ko‘kragiga o‘rnatilgan bo‘lib, ustki qismi Arshi a’loga bog‘lab qo‘yilgan. Alloh taolo hamma narsadan oldin mazkur Lavh bilan Qalamni yaratib, to qiyomatgacha yaratadigan narsalarini va bo‘lajak ishlarni, ilohiy kitoblarni, takdir va qazoni ham Lavhga bitib qo‘ygan. "Ra’d" surasining 39-oyatiga ko‘ra, Alloh taolo undagi yozuvlardan xohlaganicha o‘chirib, xohlaganicha o‘zgartirishlar kiritib turadi. L.M. to‘grisida Qur’oni karimning Buruj surasi 22-oyatida, Zuxruf surasi 4-oyatida ("Ummul Kitob" nomi bilan), Yosin surasi 12-oyatida (Imom nomi bilan) ham kelgan. Rasululloh (sav): "Albatta, Alloh lavhul mahfuzni oq durdan yaratgandir. Uning sahifalari yoqutdandir. Qizildir. Qalami nurdir. Kitobi nurdir. Unda har kuni Alloh uchun 360 lahza bor. Uning kengliga osmon bilan yerning orasicha. Har kuni unga 360 marta nazar soladi. Xalq qiladi. Rizq beradi. O’ldiradi. Tiriltiradi. Aziz qiladi. Xor qiladi. Xohlagan narsasini qiladi" -deganlar. (Tabaroniy "Mu’jamul kabir"da rivoyat qilgan). Qur’oni karim Alloh taolo huzuridaga L.Mda saqlangan. Bu esa, uni Alloh taolo naqadar zo‘r qadrlaganini ko‘rsatadi. Alloh taolo yetadigan har bir musibat -kasallik, ochlik, kambag‘allik, o‘lim va b., ular yuzaga chiqishidan avval ham L.M.da, Allohning ilmiga sobit bo‘lishini ta’kiddagan. LAYLATUL-QADR (arab. - qadr kechasi) -islom aqidasiga ko‘ra, ramazon oyining 26- dan 27-ga o‘tar kechasi. Bu kechaning ulug‘lanishi Qur’oni karimning shu kechada nozil etila boshlagani, bu kechada qilingan ibodat ming oylik ibodatdan afzal ekani to‘g‘risida Qur’onda bashorat berilgani bilan izoxlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida Yerga tushib, tong paytigacha bir yillik bo‘ladigan ishlar rejasini tuzadilar. Ular tuni bilan yana musulmonlar uchun istig‘for aytib, gunohlarini kechirishini so‘rab, Allohga iltijo qilar ekanlar. al-LOT - qad. Arabistonning butun hududi (Nabateya, Palmira, Xiro, Yaman)da islomdan avvalga davrda topiniladigan ayol - sanam, ayniqsa, Hijozda mashhur bo‘lgan, Vajj vohasidagi Toif yaqinida al-L. sanamining ramzi - oq tosh joylashgan. Mana shu tosh va uning yonidagi sajdagoh ziyoratgoh hisoblangan, vodiy muqaddas joy sanalgan. Al-L. Toifda yashovchi saqif qabilasining bosh ma’budasi hisoblangan, lekin, unga Makkadagi qurayshiylar ham uchta ma’buda (al-Lot, al-Uzza, Manat) qatori topinishgan. Al-L. sanami Makkadagi sajdagohda turgan. 631-632 y.larda saqifiylar islomni qabul qilishgandan so‘ng al-L. sajdagohi buzib tashlangan, sanamning bezaklari va xazinasi sahobalarning qarzlarini to‘lashga sarflangan. LOHUT va NASUT - "inson tabiati" (nasut)ga qarama-qarshi qo‘yiladigan "ilohiylik, ilohiy tabiat". Har ikki atama Qur’onda uchramaydi. Islomga ular ehtimol suryoniy xristianlar orqali kirib kelgan. Musulmon ilohiyotida L. va N.ning o‘zaro nisbati masalasi, ularning bir shaxsda uyg‘unlashuvi mumkinligini da’vo qilgan so’fiylik ta’limoti vujudga kelishi munosabati bilan ko‘ndalang bo‘lgan. 8-9-a.larda bunday ta’limotni "ashaddiy" shialar va ba’zi so’fiylar, jumladan al-Bistomiy va al-Halloj rivojlantirganlar. L. va N. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 173 istilohini ham amalda al-Halloj iste’molga kiritgan. Al-Halloj ta’limotiga ko‘ra, L. va N.ning birlashuvi inson bilan xudo o‘rtasidagi o‘zaro sevgi jarayonida amalga oshiriladi. LUT (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. Harron sh. (Mesopotamiya) da tavallud topib, Ibrohim (as) bilan birga Falastinga borgan. Sadum, Amura va uning atroflaridagi yerlarda chorvachilik bilan shugullangan. Payg‘ambarlik darajasiga yetishgach, odamlarga pand-nasihat qilgan, Allohning birligiga imon keltirishga chaqirgan. Biroq, axloqi buzuq Sadum aholisi bachchavozlik odatini tark etmay, L.(as)ning o‘zini bu yurtdan haydab chiqarmoqchi bo‘ladi. Farishtalar unga oilasi va imonli kishilar bilan birga (xotinidan tashqari, chunki xotini Allohning qahriga uchragan edi) shahardan chiqib ketishni buyurganligi rivoyat qilinadi. Qur’onning "Hijr" surasi, 61-65-oyatlari va 74-oyatida bayon qilingan. L. (as) ma’lum masofaga yetib olgach, shahar ostin-ustun qilib yuborilgani, qavm ustiga sopol tosh yog‘dirshtgani bayon etilgan. Hozir bu dinsiz qavm yashagan shahar o‘rnida dengiz mavjud bo‘lib, u "O’lik dengaz" va "Lut oroli" deb nomlanadi. LUTFULLOH, Chustiy bin Fathulloh (taxm. 1485, Fargona vodiysi, Axsikent mavzesi - taxm. 1571) - natsshbandiylsh tariqatining mashhur namoyandasi. Axsikentdagi madrasada tahsil oladi. Ilmini takomillashtirish maqsadida Samarqandga keladi. Ba’zi manbalarda Xoja Ahrorning xalifasi Muhammad Qozi huzurida 6 yil tarbiyalangani va sulukni o‘taganliga aytiladi. L.ga Mahdumi A’zamning istagi bilan "Farg‘ona va Toshkentdagi barcha naqshbandiylik birodarlari" ishonib topshirilgan. L. bir necha marta yashash joyini o‘zgartirgan. O’zining aytishicha, "qishloq ahlining fitnasi oqibatida" ko‘chishga majbur bo‘lgan. Oxiri Chustga kelib, muqim bo‘lib qoladi. Bu yerda dehqonchilik bilan tirikchilik o‘tkazadi. U shayboniylar orasida nufuz orttirishga muvaffaq bo‘ladi. Shu bois o‘sha davrda davlatdagi ko‘pgana ichki nizolarni bartaraf etishga, saroydagi ayrim bek va amirlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishga erishdi. Movarounnahrda kubroviylik tariqati yoyilgan bo‘lib, L. uning vakillarini ko‘p marta rofiziylik (islom yo‘lidan chetga chiqish)da aybladi. L.ning izdoshlari ko‘p edi. Ular Toshkent, Farg‘onadan tashqari Hisor hamda Movarounnahrning boshqa chekka viloyatlarida 20-a.ning boshlariga qadar faoliyat ko‘rsatgan. L.ning ijodiy merosi haqida ma’lumotlar kam. Manoqiblarda uning o‘z o‘quvchilariga tanbih tarzida yozilgan 2 ta kichik risolasi tilga olinadi. L.ning qabri qaerdaligi aniq emas. Ba’zi manbalarda u Chustga (bu yerda uning maqbarasi bor), boshqa manbalarda Hisorga dafn etilgan deyiladi. LUQMON (as) - Qur’onda tilga olingan donishmand (31-"Luqmon" surasi). L. (as)ning payg‘ambar ekani haqida rivoyat mavjud. Nakd qilishlaricha, L. (as) ming yil umr ko‘rgan bo‘lib, Alloh u zotga narsa va voqea-hodisalarning mohiyat-haqiqatiga bexato yetish va eng to‘g‘ri hukm chiqara olish ne’matini, ya’ni hikmatni ato etgan ekan. Qur’onda L. (as)ning o‘g‘liga qilgan pand-nasihatlari (Allohga shirk keltirmaslik, yaxshi amallar qilish, namoz o‘qish, sabr-toqatli bo‘lish, kibr-havoli, maqtanchoq bo‘lmaslik kabilar) keltiriladi. L. (as) haqida rivoyatlar ko‘p. Shulardan biriga ko‘ra, L. (as) Od qavmidan bo‘lib, uni L. (as) ibn Od deb atashgan. Rivoyatlarda aytilishicha, Arabistonda yashagan ana shu xalq Allohning g‘azabiga uchrab kurg‘oqchilikka duchor bo‘ladi. Xalq bu ofatdan qutulish maqsadida o‘z vakillarini Makkaga yomgar so‘rab, duo qilish uchun Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 174 yuboradi. Ularga L. (as) boshliq bo‘ladi, lekin u Allohdan o‘ziga uzoq umr so‘raydi. Alloh L. (as)ga yettita burgut umriga teng keladigan umr ato etadi. O’rta Osiyo xalqlari orasida L. (as) buyuk hakim, dono, bilimdon inson timsoli sifatida mashhur bo‘lgan. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 175 - M - MAVLAVIYLAR, mavlaviya- so’fiylik tariqati. Taxm. 1240 y.da Jaloliddin Rumiy Ko‘niya sh.(Kichik Osiyo)da asos solgan. Rumiyni ko‘pincha "mavlono" ("janob") deb atashgan. Shundan tariqat nomi olingan. Tariqat faoliyati Eron, so‘ngra Turkiya hududi bilan cheklangan. M. tariqatiga avval shahar aholisining o‘rta va quyi qatlamlari, keyinroq xos tabaqalari kirgan. M. o‘z mavlaviyaxona va takyalariga ega bo‘lib, bu yerda zikru samo’ qilishgan. Boshqa tariqatlardan farqli o‘laroq, M. jamoa bo‘lib, musiqa tinglash, kuylash va gar aylanib zikr tushish marosimiga alohida e’tibor berishgan. M. fikricha, mutlaq ruh - Ilohning inson qalbidagi zarrasi musiqa ta’sirida, zikr tushish paytida tiniklashib, poklanadi, ya’ni o‘z o‘zagaga yaqinlashadi, Allohga o‘z muhabbatini to‘laroq ifodalashiga yordam beradi. M. "gardi darvishlar" nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. M.ning birinchi rasmiy boshlig‘i shayx va xalifa unvonini olgan Hisomiddin Hasan Chalabiy (taxm. 1264 y.v.e.) edi. Rumiyning o‘g‘li, Sulton Valad (1226-1312)ni uning vorisi, tariqatning amaldagi tashkilotchisi, deb hisoblash mumkin. Sulton Valaddan boshlab M. rahbarlik lavozimi - asosan katta o‘shi Ulug‘ Orif Chalabiy (1272-1320) orqali -vorislik lavozimiga aylangan. M. ilk Usmonli turk sultonlari davrida (14-a.) Kichik Osiyo bo‘ylab tarqalib, juda mashhur bo‘lib ketgan. M. tariqati Turkiyada to 1925 y.ga qadar faoliyat ko‘rsatgan va shu yili Kamol Otaturk dekreti bilan tarqatib yuborilib, barcha yerlari, ko‘chmas mulki va bankdagi mablag‘i musodara qilingan. MAVLO (ko‘plikda - mavoli) - 1) rahnamo, homiy, janob (Qur’onda Alloh haqida: 3:150/ 143; 8:40/41 va b., odatda mavlono - "bizning janob", "xojamiz" shaklida); 2) homiylikdagi shaxs, ko‘pincha ozod etilgandan so‘ng xojasi yoki uning merosxo‘rlariga ma’lum darajada qaramlik rishtalarini saqlab qolgan qul; uning zimmasiga sobiq xojalariga yordamlashish yoki ularni himoya qilishdek ma’naviy majburiyat yuklatilgan, u uylanmoqchi bo‘lsa, ularning roziligini olishi lozim bo‘lgan, bevosita merosxo‘rlari bo‘lmagan takdirda uning mol-mulki xo‘jayiniga o‘tgan. Islom futuhotlaridan so‘ng tobe etilgan viloyatlarning arab bo‘lmagan aholisi M. deb atala boshlandi, bu aholi go‘yo arablar himoyasi ostiga olingan deb hisoblana boshlandi. Umaviylar davrida arab bo‘lmagan mavolilar salmoqli ijtimoiy tabaqani tashkil etib, ko‘pgina ommaviy harakatlarda, xususan, abbosiylar davridagi harakatlarda katta rol o‘ynaganlar. Shu davrda qaramlikning ikki asosiy shakli ko‘zga tashlanadi: shaxsly (homiy-xo‘jayindan) va guruhiy (qachonki M. to‘la huquqli bo‘lmagan a’zo sifatida qabilaga qo‘shilsa), bu shakl haligacha o‘rganilmagan. Xuroson qo‘shinida 7 ming kishidan tashkil topgan Mlarning maxsus otryadi mavjud bo‘lgani alohida holat bo‘lib, ular maosh va yegulik olmasalar- da, arablar bilan bir qatorda harbiy harakatlarda ishtirok etishgan, shu bilan bir qatorda boshqa M.lar o‘zlarining homiylari bilan birga jang qilganlar. Umar II davrida ularning huquqlarini boshqa jangchilar bilan tenglashtirishga urinib ko‘rilgan. Abbosiylar davlat to‘ntarishidan keyin, barcha musulmonlar - arablar va arab bo‘lmaganlar teng huquqqa ega bo‘ldilar. Shundan so‘ng guruhiy qaramlik yo‘q bo‘lgan bo‘lsa kerak va M. alohida ijtimoiy guruh sifatida ahamiyatini yo‘qotadi. M. arab va xalifalik hududidagi mahalliy madaniyatlar bilan uyg‘unlashuvi asosida o‘rta asr musulmon madaniyatini shakllanishida katta rol o‘ynadilar. Musulmon ilohiyoti va huquqining ko‘pgana namoyondalari M.lardan chiqqan (Abu Hanifa, an-Naxa’iy va b.). 10-13-a.larda ayrim hokimlar unvonida uchraydigan mavlo amir al-mo’minin yoki falonchining M.si kabi iboralar ko‘p hollarda faqat tobelikni izhor etishni anglatgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling