Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
MUHTASIB (arab. - nazorat qiluvchi) - o‘rta asr musulmon davlatlarida islom marosimlari, urf-odatlari va shariat qonunlarining bajarilishi, odamlarning jamoat joylarida yurish-turishi ustidan nazorat qiluvchi amaldor. Shariat tizimiga xos mansabdor shaxslar toifasiga kirgan. O’rta Osiyoda bunday amaldorlar rais deb atalgan. M.lar bozorlardagi narx-navo va o‘lchov asboblarining to‘g‘riligi ustidan nazorat qilish, urf- odatlarning bajarilishini kuzatish, diniy vazifalarini bajarmagan kishilar (mas., ramazon oyida ro‘za tutmaganlar)ni jazolashga hukm chiqarish va o‘sha yerning o‘zvda hukmni ijro ettirish kabilar bilan shug‘ullangan. M.ni odatda davlat boshlig‘i tayinlagan va u qozi bilan barobar ish ko‘rgan. Ammo, M. ma’muriy jihatdan qozidan pastroq lavozim hisoblangan va undan ancha kam maosh olgan. M. shaharni non bilan ta’minlash, taqchil Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 214 paytlarda uning bahosini ma’lum chegaradan oshirmaslik, shuningdek, kemalar va hatto hammol, yuk tashuvchi hayvonlarga qancha yuk ortilganini ham tekshirib turish va h.k. bilan shug‘ullangan. M. lavozimi ayrim xristian davlatlari (Quddus qirolliga, Armaniston)da ham bo‘lgan. Yaqin-yaqin vaqtlargacha (1920 y.ga qadar) Buxoroda M. turli vazifalarni bajarib kelardi. O’zbekiston musulmonlari idorasvda masjidlarning moddiy va ma’naviy faoliyatini nazorat qilib turuvchi muhtasiblik bo‘limi mavjud. MO’MIN (arab. - e’tiqod qiluvchi, dinga ishonuvchi) - ilk islom davrida Madina jamoasi (q. Umma) a’zosi. Shar’iy amallarni to‘kis bajaruvchi shaxs esa, muslim deb atalgan. M. va muslim lug‘aviy jihatdan bir-biridan tafovut qilngan. Keyinchalik ular bir mazmunda tushuniladigan bo‘lgan. Qur’onda M. so‘zi Allohning sifati va dindor e’tiqodining ichki, axloqiy tomonini aks ettiruvchi alohida tushuncha sifatida besh joyda qo‘llanilgan. Ulamolar kimni M. qatoriga kiritish haqida turli fikrlarni bildirganlar. Chunonchi, axli sunna va jamoa "qalban ishongan" (akd bi-l-qalb), o‘z imonini ochiq, barchaga e’lon qilib (iqror), chin niyat bilan yaxshi, solih amallarni qiluvchini M. deb hisoblaydi. Murji’iylar bo‘lsa, qalban ishongan va o‘z imonini ochiq, barchaga e’lon qilgan kishi (solih amal qilmasa ham) M.dir, deydilar. M.ning mana shu ikki asosiy mohiyati haqidagi fikr boshqa tariqat va oqimlar tomonidan e’tirof qilingan. M. -oddiy xalq tilida yuvosh, muloyim odam degan ma’noni ham bildiradi. MO’JIZA (arab. - aqlni ojiz qoldiruvchi hodisa) - payg‘ambarlarning haqiqatan ham Alloh tomonidan bandalarga yuborilgan elchilar ekaniga dalil-hujjat sifatida yuz beradigan g‘ayri tabiiy hodisa. Mas., Muso (as)ning hissasi tayoq sifatida qo‘y haydashdan tashqari, kerak paytda boshqa shaklga kirib, daryoga ko‘prik bo‘lar, yoki ajdarga aylanib payg‘ambar foydasiga xizmat qilar edi. Qo‘llari qo‘yniga suqib olingach, tunda yo‘lni yoritishdek yog‘du sochar edi. Iso (as)ga og‘ir, bedavo kasalliklarni ham bir nafas bilan tuzatish, murdalarni tiriltira olish kabi mo’jizalar ato etilgan. Muhammad (sav) esa, bir necha o‘nlab mo’jizalarga ega bo‘lganlar. Ularning ichida eng ulug‘i - o‘qish, yozishdan mutlaqo xabari yo‘q savodsiz (ummiy) shaxsning Qur’oni karim oyatlarini yoddan tilovat etishi va ularning nazm va mazmun jihatidan bashariyat imkonida yo‘q oliy darajada aytilgan ilohiy vahiy ekanidir. G’ayritabiiy hodisalar deganda havoda bevosita uchish, suv betida yurish, uzoq masofani bir lahzada bosib o‘tish, jonsiz narsalarni gapirtirish, zarur hojatlarning ravo bo‘lishi, duosining ijobat etilishi kabi ishlar nazarda tutiladi. Bu xildagi hodisalar aziz-avliyolardan sodir bo‘lsa u karomat deyiladi. MO’TABAR JOYLAR, qadamjolar-dindorlar muqaddas deb hisoblagan va ziyorat qiladigan joylar. Bular - payg‘ambar, shayx, eshon, avliyolar nomlari bilan bog‘liq deb hisoblangan va ziyoratgohga aylanib ketgan maqbara, buloq, daraxt yoki tepaliklar, g‘or va b.dir. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 215 - N - NABIY (arab. - ko‘pligi anbiyo, ilohiy xabar keltiruvchi) - payg‘ambar, Allohning farmoyishini insonlarga yetkazib beruvchi vositachi shaxs. N.larga ishonish islom dini aqidalaridan biri hisoblanadi. O’zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga (ya’ni Alloh elchisiga) ato etilgan kitob va shariatga amal qilmoqqa buyurilgan payg‘ambarlar N.lar deyiladi. Nlarning hech biri rasul bo‘la olmaydi, ammo rasullarning har biri N. nomi bilan ham ataladi. Allohdan vahiy olib turuvchi shaxs Qur’onda Muhammad (sav)ning rasul (elchi) degan ismi bilan bir qatorda eng asosiy sifatlaridan (nomlanishlaridan) biri. Qur’onda, shuningdek, undan avval o‘tgan qad. payg‘ambarlar, jumladan, birinchi payg‘ambar Odamato haqida ko‘p zikr qilingan. Muhammad (sav) esa, eng oxirgisi bo‘lib, "hotam an-nabiyin" - "payg‘ambarlar muhri" deb ataladilar. Qad. payg‘ambarlar Allohga imon keltirishga chaqirganlar hamda Muhammad (sav)ning dunyoga kelishlarini bashorat qilganlar. Rivoyatlarga ko‘ra, ularning soni 124 ming. Biroq, Qur’onda 25 tasining nomi zikr qilingan. Ulardan ko‘pining qo‘shimcha nisbalari bor. Mas., Ibrohim (as) Xalilulloh (Allohning do‘sti), Iso Ruhulloh (Allohning ruhi), Muhammad Rasululloh va h.k. To‘qqizta payg‘ambar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Ular Nuh, Ibrohim, Dovud, Yaqub, Yusuf, Ayyub, Muso, Iso, Muhammad. Ulardan bir nechasiga muqaddas kitoblar: Musoga Tavrot, Dovudga Zabur, Isoga Injil, Muhammad (sav)ga Qur’on nozil qilingan. NAVOIY, Nizomiddin Mir Alisher (1441 -1501) - ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri, davlat arbobi. Hirotda tug‘ildi. Temuriylar davrida yashab, temuriy shahzodalar bilan birga tarbiyalandi. 4-5 yoshlarida maktabga bordi, Qur’oni karim va hadislar uning dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir qildi. N. "yoshlik va yigitlik zamonida doimo darvishlar suhbatining talabgori edi" (Xondamir). Uning hayoti va ijodiy faoliyatida yirik shoir, Hirot naqshbandiylik tariqatining yetakchi vakili Abdurahmon Jomiy bilan uchrashuvi katta iz qoldirdi. Jomiyni ustoz-pir hisoblab, uning tasavvufi tarixi va namoyandalari haqidagi bir necha asarini turkiy tilda qayta yaratdi. 1466-68 y.larda N. Samarqandda yashab taniqli fiqhshunos Xoja Fazlulloh Abullaysdan saboq oldi. Shoirning fiqh ilmini sinchiklab o‘rgangani badiiy ijodida ham, ijtimoiy faoliyatida ham asqotdi. N. o‘z umri davomida musulmonlik tartib-qoidalariga, islom ko‘rsatmalariga to‘la amal qildi. Ayni vaqtda payg‘ambarlar, so’fiylar, mashoyixlar hayoti, ularning yashash tarzlari xususida ma’lumot beruvchi "Nasoyimul-muhabbat" ("Muhabbat shabbodasi"), "Tarixi anbiyo va hukamo" ("Payg‘ambarlar va hakimlar tarixi") kabi asarlar yaratdi. N.ning "Xamsa" asariga kirgan dostonlarda, devonlarda so’fiylar, darvishlar, oriflar xislatlarini ta’riflovchi g‘azallar, muxammaslar, qitalar, boblar bor. N. bu zotlarni Xudo va payg‘ambardan keyin tilga olib, ularni Alloh bilan insoniyat orasidagi vositachi, ruhiy va ma’naviy olam posbonlari sifatida e’zozlaydi. N. muqaddas kitoblardagi ilohiy fikrlardan o‘z ijodida foydalanib, ularni maxsus risolalar uchun manba sifatida qabul qildi. Chunonchi, "Arbain" ("Qirq hadis"), "Nazmul-javohir" ("Gavharlar tizimi"), "Mahbubul-qulub" ("Ko‘ngillarning sevgani"), "Munojot", "Sirojul-muslimin" ("Musulmonlar chirog‘i") kabi kitoblari Qur’oni karim va hadisi shariflar ta’sirida yuzaga keldi. Ularda shariat axkomlari, Alloh sifatlari, islom arkonlari va aqidalari xususida so‘z yuritdi, bu bilan islom ta’limotining ommalashishiga, ravnaq topishiga katta hissa qo‘shdi. N. vazir va hokim lavozimlarida ishlaganida ham, keyin ham badiiy ijod bilan shug‘ullanish barobarida masjid va madrasalar, xonaqoh va rabotlar bunyod etish, ilm-san’at ahdlarini tarbiyalash yo‘lida Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 216 sa’y-harakatlar qildi. Hirotdagi Jome masjidi va uning huzuridagi madrasa, "Xalosiya" xonaqosiga, Astrobod, Mashhad, Marv singari chekka o‘lkalardagi qurilishlarga ham mablag‘larini ayamadi. O’z jamg‘armasidan 4 ta katta madrasa, 25 dan ortiq masjid va xonaqoh, 50 dan ortiq rabot va h.k. kurdirdi. N.ning elga inoyat va marhamati ro‘za oyida, hayit kunlarida ayniqsa beqiyos bo‘lar edi. Shoir "Vaqfiya" asarida bu jarayonni deyarli qonunlashtirib qo‘ygan. Keyingi yillarda N. asarlarini tadqiq qilish va nashr etishda yangi bosqich boshlandi. Uning ijodiga tasavvufning ta’siri, asarlarida so’fiylik g‘oyalarining badiiy talqini masalalarini o‘rganishga kirishildi. NAVRO’Z - Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining kad., an’anaviy Yangi yil bayrami. Tarixiy manbalarda N. katta bayram sifatida Ahomaniylar davridan nishonlab kelinadi. Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma' asarida N. bayramining urfga aylanishini qad. pahlaviy kitoblaridagi ma’lumotlarga asoslanib Eron eposining qahramoni shoh Jamshidga bog‘laydi. Markaziy Osiyo, Eron va Afg‘onistonga islom dini tarqalgach, bu o‘lkalarda N.ni bayram qilish avvalgidek tantanali bo‘lmasa-da, ammo butunlay yo‘qolib ham ketmadi. Markaziy Osiyo va Eron xalqlari 9-10-a.larda arab xalifaligi asoratidan kutulgach, N.ni bayram qilish yana umumxalq bayramiga aylanib rasmiylashdi. Bayram kuni mahbuslar ham ozod qilingan. Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit-turk" asarida ham bahor va N.ga bagishlangan xalq qo‘shiqlaridan namunalar keltirilgan Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida hayotiy va diniy bayramlarning kelib chiqishi haqida yozgan. N. bayrami yangi yil birinchi oyi - hamalning birinchi kuni, mil. yil hisobi bilan har yili 21 mart kuni nishonlab kelinadi. N. bayrami bahor oyiga - q. x. ishlarining boshlanishiga to‘g‘ri kelgan. N.ning birinchi va OLTINCHI kunlari nihoyatda tantanali o‘tkazilgan. N. bayrami 80-y.lar o‘rtalarida asossi; ravishda diniy bayram va marosimlar qatorida man qilindi. Keyinroq bu bayram boshqa qadriyatlar qatorida tiklandi. Xoz. N respublikada umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishonlanadi va dam olish kuni deb e’lon qilingan. NAJAF, Mashhad Ali - Iroqdagi shahar, Kufadan 10 km g‘arbda, Mesopotamiya vodiysi va sahro chegarasida joylashgan ziyoratgoh, An’anaga binoan Kufa atrofida, hoz. N, joylashgan yerda Ali ibn Abu Tolib (kv) dafn etilgan. Umaviylar hukmronligi davrida qabr o‘rni sir tutilgan, shu tufayli keyinchalik N.dagi turli joylar Ali dafn etilgan yer deb belgilangan. Rivoyatga ko‘ra, sag‘ana xalifa Horun ar-Rashid (786-809)ning ko‘rsatmasiga binoan qurilgan. Ibn Havqalning xabar berishicha, Mosul hokimi, hamdoniylardan bo‘lgan Abul Xayja uning tepasiga katta gumbaz o‘rnatgan, 10-a. oxirida esa, maqbara kurilgan. 11-a. o‘rtasida maqbara sunniylar tomonidan yondirib yuborilgan, lekin tez orada qayta tiklangan. 14-a. boshiga kelib shaharda so’fiylar xonaqosi paydo bo‘lgan. 1326 y. N.ga geograf Ibn Battuta kelib uni batafsil ta’riflagan: jumladan u shaharning oltin darvozalari, maqbaraning oltin chiroqtsonlari, hashamatli gilamlari va darpardalarini qayd etgan. O’sha davrdayoq N. Iroqning eng muhim shaharlaridan hisoblangan. Hoz. N. - shialik ilohiyotining yirik markazi, ziyoratgohi. Ayniqsa, ashuro kunlari va hazrati Ali vafot etgan kun nishonlanayotgan vaqtda N. gavjum bo‘ladi. 1964-1978 ylarda bu yerda Erondan quvg‘in qilingan oyatulloh Ruhullo Humayniy yashagan Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 217 NAJMIDDIN KUBRO MAQBARASI -Ko‘hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (14-a. 20- 30-y.lari). So’fiylikdagi kubraviylik oqimining asoschisi, shoir, olim va shayx Najmiddin Kubro nomi bilan bog‘liq. Maqbara 3 xona (Najmiddin Kubro sag‘anasi joylashgan katta xona, bir necha qabrlari bo‘lgan kichik xona va ziyoratxona)dan iborat. Miyonsaroy va xonalar gumbaz tomli, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan. Bosh tarzi chuqur ravoqli, peshtoqgumbazli, koshinkori naqsh bilan hoshiyalangan, yozuvlarida qurilgan yili saqlangan. Peshtoq yuqorisi muqarnasli sharafa bilan yakunlangan. Peshtoq devorlari va sag‘ana oq, ko‘k, havo rang va jigarrang koshin bilan qoplangan. Yog‘och o‘ymakorligida ishlangan eshigiga islimiy naqsh tushirilgan. Katta xonaning ichki gumbaz osti bag‘ali qalqonsimon, 16 qirrali, 4 burchagi toquravoqli, ganchkori murqarnaslar bilan bezatilgan. Xona o‘rtasidagi sag‘ana o‘ziga xos milliy uslubda ishlangan. Bu keyinchalik Xorazm me’moriy yodgorliklarida namuna sifatida keng qo‘llanilgan. N.K.m.da Xorazm me’morligida musavvir va koshinpazlar tomonidan erishilgan barcha yutukdar namoyon bo‘lgan. NAJJOR, al-Husayn ibn Muhammad (? -taxm. 845) - mashhur ilohiyotchi; uning izdoshlari o‘zlarini najjoriylar yoki husayniylar deb atashgan. Qum sh.da tug‘ilgan, duradgorchilik qilgan N. munozara qilishga o‘chligi bilan shuhrat qozongan, ayniqsa, Basra mu’taziliylari rahbari an-Nazzom (835/836 yoki 845 y.v.e.) bilan QIZEIN munozara olib borgan va shulardan biri chog‘ida vafot etgan. Shahristotyning fikriga ko‘ra, Rey va uning atrofidagi ko‘pchilik mu’taziliylar N. ta’limotiga amal qilganlar. Ibn an Nadim N.ning 20 ga yaqin asari nomini keltirib o‘tgan. Ba’zi masalalarda u sunniylar bilan, ba’zilarida esa, mu’taziliylar bilan birga bo‘lgan. Xususan, barcha mu’taziliylar kabi u "abadiy ilohiy sifatlar"ni inkor etgan, buning uchun uni sunniy-sifatiylar tanqid qilganlar. Shu bilan birga u mu’taziliylarning inson irodasi erkinligi haqidagi aqidasini rad etgan va sunniy-sifatiylarning Alloh -inson xatti-harakatlarining ijodkori va harakat qilish imkoniyati harakat bilan bir paytda sodir bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilgan. Uni jabariy deb ham atashgan, chunki, u dunyoda faqat Alloh xohlagan narsagana bo‘ladi, deb hisoblagan. Aqoidning xususiy masalalari bo‘yicha najjoriylar ichida o‘zaro ixtilof paydo bo‘lgach, ular ayrim guruhdarga bo‘linib ketishgan, ularning orasida burgusiylar, za’faroniylar va mustadrikiylar mashhur. NAZAR - mushohadaga asoslangan mulohaza, nazariy qarash. Bu ma’noda fiqhda ra’y va qiyos terminlari ishlatilgan. Kalomda N. deganda, asosan, ma’lumdan noma’lumga eltuvchi muhokama tushunilgan va shu ma’noda unga bahs, fikr, tafakkur, istidlol so‘zlari ma’nodosh bo‘lib xizmat qilgan. Shunga ko‘ra, ularning ilmi ko‘pincha "ilm an- nazar va-l-istidlol" deb nomlangan. Falsafada nazariya va amaliyotning o‘zaro nisbatiga asosan nazariy aql (al-akd an-nazariy) va amaliy aql (al-akl al-amaliy) farkdangan, fanlarni esa, nazariy (ulum nazariya-fizika, matematika, metafizika) va amaliy (ulum amaliya-etika, uy-ro‘zg‘or yuritish, siyosat)ga ajratganlar. NAZZOM, Abu Ishoq Ibrohim ibn Sayyor (? -835-36 yoki 845) - mu’taziliylarning Basra maktabi mashhur namoyandasi; uning izdoshlari o‘zlarini an-nazzomiya (nazzomiylar) deb atashgan. N.ning asarlari saqlanmagan, uning qarashlari shogirdi al-Johiz asarlarida keltirib o‘tilgan. N.ning fikricha, barcha narsalar bir paytda yaratilgan (jumlatan); jismlar cheksizlikkacha bo‘linadi, shuningdek, harakatdagi jism bir yerdan ikkinchi yerga, Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 218 o‘rtadagi masofani chetlab sakrashi (tafra) haqida; hissiy qabul qilinadigan sifatlarning jismga egaliga; jismlarning o‘zaro birikishi (mudoxala) haqidagi qarashlari ma’lum. Johizning guvohlik berishicha, N. va uning izdoshlari "itlar va xo‘rozlar ustida olib boriladigan tajribani namoz va Qur’on o‘qishdan..., haj va jihoddan afzal ko‘rishgan", "choryorlar"ni qoralaganlar, mashhur muhaddislar Abu Hurayra va Abdulloh ibn Mas’udlarni soxta hadis aytganlikda ayblaganlar. NAZR (arab. - so‘z berish, va’da qilish, kuchayish) - islom fiqhida biror savobli ishni bajarishga ahd qilish va uni og‘zaki yoki yozma ravishda ifoda etish (mas., falon ishimni bitirsam yoki sogayib ketsam, Alloh yo‘liga bir qo‘y so‘yib, qurbonlik qilaman kabi). Islomda N.ga tashviqot yo‘q. Ammo, N. qilgan odam uni bajarishi shart hisoblanadi. Agar bajarmasa bir vojib amalni tark etgan hisoblanib, or gunohkor bo‘ladi. Keyinchalik xalq o‘rtasida N. so‘zi xayr, sadaqa, ehson qilish ma’nolarida ham ishlatila boshlagan (mas., masjid, mozor yoki tilanchiga N. berish kabi). Islomga ko‘ra, N. imkoni bor kishi uchun vojib. Moddiy yoki jismoniy jihatdan bajarishga qodir bo‘lmagan odam N. qilmasligi lozim. NAMOZ (fors., arab. - salot) - islom ko‘rsatmalari bo‘yicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi besh rukndan biri. N. musulmonlarga me’roj kechasi (q. Isro va me’roj) farz qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda besh mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) N. o‘qish farz hisoblanadi. N. o‘qish "Allohu akbar" deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, Qur’on oyatlaridan tilovat qilish, tasbeh va duolar o‘qish, ruku’, sajda, tiz cho‘kib o‘tirish, salom berish kabilar bilan yakunlanadi. N.da bajariladigan barcha amallar birlashtirilib, yozma holda Muhammad Shayboniy (805 y.v.e.) tomonidan qayd etilgunga qadar, N. o‘qish tartibini bir xillikka keltirish ustida o‘tgan 150 yil mobaynida sa’y-harakatlar qilingan. Qur’on oyatlari va hadisi shariflarda N.ning ahamiyati, fazilatlari haqida gapirilib, uni mukammal ado etishga tashviqot qilinadi. N.o‘qish uchun namozxonning badan va kiyimlari hamda o‘qish joyi pok bo‘lishi shart. N. Makkadagi Ka’ba ibodatxonasiga qarab o‘qiladi. Uni o‘qishda maxsus to‘shama -joynamozdan foydalaniladi. N.ni kishi bir o‘zi yoki jamoa bo‘lib o‘qishi mumkin, lekin juma kunidagi juma N.ini masjidda o‘qish tavsiya etiladi. Jamoa bo‘lib N. o‘qiganda namozxonlar qator turadi, ulardan biri (odatda imom, lekin u ishtirok etishi shart emas) imomlikka o‘tadi. N. paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, dunyo ishi bilan yig‘lash, yo‘talish, turli harakatlar qilish va b. mumkin emas. Kasal va nogaronlar N.ni o‘zlariga kulay holatda o‘qiydilar. Islomdagi mazhablar ko‘rsatmalarida N. o‘qish qoidalarining bir-biridan fark qiladigan jihatlari bor. O’zbekistonda N. asosan hanafiylik mazhabiga muvofiq o‘qiladi. Mamlakatimizda N. o‘qish uchun barcha qulayliklar mavjud bo‘lgan ikki mingga yaqin masjid faoliyat ko‘rsatmoqda. NARIGI DUNYO - oxirat, boqiy dunyo. Diniy aqidaga ko‘ra, bu dunyo foniy, ya’ni qachondir tugaydi va undan keyin qiyomat qoyim bo‘ladi, oxirat-boqiy dunyo boshlanadi. Barcha odamzod qayta tirilib, Alloh huzurida yorug‘ dunyoda qilgan yaxshi-yomon ishlari to‘g‘risida hisobot bergandan so‘ng jannat yoki do‘zaxga mahkum bo‘lishi oxirat ishlaridan deb talqin etiladi. Qur’on va hadislarda oxirat to‘g‘risida juda ko‘p eslatib o‘tiladi. Zero, N.d.da qilmishlaridan hisobot berishiga ishongan odam, albatta, Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 219 yovuzlikdan qaytib, ezgulikka moyil bo‘ladi. N.d. yoki oxiratni inkor etish islomda shakkoklik hisoblanib, imonidan mahrum bo‘lishiga olib keladi. NASAFIY, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad (1069-1142) - tarixchi, faqih, tilshunos, muhaddis, mufassir olim. Uning musulmon qonunshunosligaga doir "Manzumatun Nasafiya fil-xilofiyut" ("Kelishmovchiliklar borasida Nasafiyning nazmiy asari"), "Aqoyid un-Nasafiya" ("Islom aqidalari Nasafiy tazminida"), shariat qonunlari va Qur’oni karim sharhiga doir "Al-yavoqit fil-mavoqit" ("Qulay vaqtlar xususida yoqutlar"), 3 kitobdan iborat (100 bosma taboq hajmida) "Taysir fit-tafsir" ("Tafsir etishdagi qulayliklar"), shuningdek, tasavvufga doir "Risomayi Najmiya" kitobi bizgacha yetib kelgan bo‘lib, ular yetarli tadqiq etilmagan. Musulmon olamida Abu Hafs Nasafiy asarlariga qiziklsh qadimdan katta bo‘lgan. Uning "Manzumatun-Nasafiya" asariga zamondoshi Alovuddin Abulmujohid Muhammad Samarqandiy (vafoti 1157 y.) "Xasrul masoyil va kasrud-daloyil" ("Masalalarning cheklangani va dalillar kasri") deb, nomlangan tafsir bitgan. Sohibqiron Amir Temur davri olimlaridan Sa’duddin Mas’ud ibn Umar Taftazoniy (vafoti 1390) N. asarlariga "Sharhi aqoyid un-Nasafiya" nomli tafsir yozgan. N.ning "Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand" ["Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand(dek shirin kitob)"] nomli asari, asosan, samarqandlik mashhur kishilar hayoti va faoliyati hamda ular rivoyat qilgan hadislarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Movarounnahr tarixi, geogr., toponimikasi hamda Islom tarixiga doir muhim ma’lumotlar mavjud. Asarga kiritilgan mashhur shaxslar tarjimai holi arab alifbosi tartibida joylashtirilgan bo‘lib, uning bizgacha to‘liq yetib kelmagan qo‘lyozma nusxasining "xo"dan "kof" harflarigacha bo‘lgan qismigina saqlanib qolgan. Shunday bo‘lsa-da, bu asar mustaqil yurtimiz o‘tmishiga doir bo‘lak manbalarda uchramaydigan ma’lumotlarga ega ekanligi boisidan nihoyatda muhimdir. O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti N.ning ushbu asarini "Samarqandiya" nomi ostida chop etgan (2001). NASAFIY, imom Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy (? - 1310) - imom, fiqhshunos, muhaddis. Ustozi Muhammad ibn Abdusattor al-Kardariy bo‘lgan. N. fiqhga doir ko‘plab asarlar yozgan. Olimning "Kanz ud-daqoiq" asari ayniqsa, mashhur. Musulmon huquqshunosligi asoslari, hanafiylik va shofi’iylik mazhablarining o‘ziga xos jihatlari haqidagi bu risola Nasrulloh ibn Muhammad ibn Jammod al-Irdi Kermoniy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. N.ning "Madorikat-tanzil" tafsir kitobi ham mashhur. Uni ta’lif etishda imom Zamaxshariyning "Kashshof" tafsiridan istifoda qilgan. N. tafsiri hoz.gacha ulamolar va ilmi toliblar o‘rtasida shuhrat topib kelmoqda va undan islom o‘quv yurtlarida qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda. N. hayotining so‘nggi yillarida Bag‘dodda mudarrislik qilgan va o‘sha erda vafot etgan. N. asarlari O’zRFA Sharqshunoslik in-tining qo‘lyozmalar jamg‘armasida saqlanmoqda. NASORO (arab. - nasroniy so‘zining ko‘pligi; masihiylar, xristianlar). Qur’oni karimda Iso payg‘ambarga ergashgan dindorlar shu nom bilan atalgan. Bu so‘zning kelib chiqishiga sabab - Iso Masih Nosira nomli shaharda tug‘ilgan bo‘lib, uni Nosiriy deb atar edilar. Unga ergashgan kishini esa, nasroniy deb yurita boshlaganlar. N. Iso Masihni ilohiylashtirganlari uchun islom dini nuqtai nazarida shirk axlidan hisoblanadilar. Zero, islomda Alloh taologa hech bir narsani tenglashtirish hatto o‘xshatish mumkin emas. N. esa, Iso payg‘ambarni uchta muqaddas kuch -iloxlardan biri deb e’tiqod qiladi. Shuning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling