Islom ensiklopediyasi


Islom Ensiklopediyasi      www.ziyouz.com


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
#165
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55

 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
BOTINIYLAR (arab. botin - ichkari, yashirin, sirli) - 1) islomdagi mafkuraviy 
oqimlardan birining tarafdorlari. 8-a.da vujudga kelgan. Bu oqim tarafdorlari Qur’on 
oyatlari va hadislarni zohiriy va lug‘aviy talqin etishga qarshi chiqqan. Ularning 
iddaolaricha, oyat va hadislarning zohiriy ma’nolarini emas, balki yashirin mazmunlarini 
olish zarur. Bu aqida bilan ular islom shariatiga qarshi chiqqan bo‘ldilar. Zero, shariat 
hukmi bo‘yicha oyat, hadis va b. Zarcha manbalarning iboralari, u qaysi tilda bo‘lmasin, 
zohiriy, lug‘aviy va istilohiy ma’nolariga asoslangan holda talqin etiladi. Ba’zi fasohat, 
kinoya, tanbeh, istiora, ishora kabi so‘z o‘yinlari, "mutashobih" oyatlar va tasavvufiy 
talqinlar bundan mustasnodir. Islomning "Ahli sunna val jamoa" aqidasiga binoan, B. 
shariatga xilof e’tiqodda bo‘lgani uchun dinsizlar qatorida sanalgan. 2) Tasavvufda 
zohirdan ko‘ra botin islohiga ko‘proq e’tiborni qaratuvchi kishilar (yana q. Zohiriylar). 
 
 
BOQILLONIY, Abu Bakr Muhammad at-Tayyib al-Boqilloniy (? - 1013) -kalomning yirik 
vakili, Basrada tug‘ilgan. Asosan, Bag‘dodda yashab, shu yerda vafot etgan. Fiqh 
masalalarida molikiylik mazhabiga suyangan. B. 52 asar yozgan bo‘lib, bizgacha 6 tasi 
yetib kelgan. Ilohiy sifatlar va ilohiy mohiyat haqidagi mu’taziliylar oqimiga mansub Abu 
Hoshim al-Jubboiy ishlab chiqqan g‘oyaga qo‘shildi. Bir necha mu’taziliylarning bu 
masalaga doir g‘oyalarini rivojlantirib, Xudoning sifatlari haqida fikr yuritdi. Iroda 
erkinligi muammosini ham B. yuqoridagi fikrga muvofiq ravishda hal qildi: Xudo faqat 
"borliq" va "asos"ni yaratgani, inson esa, borliqni shakllantirib, amaliyotni muayyan 
yo‘singa solishini uqtirdi. U imomat masalasida shialar va rofiziylar bilan bahsga kirishib, 
imom yoki xalifa lavozimi merosiy emas, balki ular saylanishi zarur, deb hisobladi. 
Ammo bu lavozimga saylanadigan kishi Alining avlodlaridan bo‘lishi shart bo‘lmasa ham, 
qurayshiylardan bo‘lishi lozim. Agar imom o‘ziga topshirilgan vazifani uddalay olmasa 
vazifasidan tushirish zarur.  
 
 
BUVAYHIYLAR - G’arbiy Eron va Iroqtsa hukmronlik qilgan sulola (932-1055). 
Asoschilari - aka-uka Ahmad, Hasan va Ali. Ularning otasi Buvayh (sulola nomi shuning 
ismidan olingan) Eron podshohi Bahrom Go‘r naslidan bo‘lib, Daylam (Gilon viloyatining 
tog‘lik qismi)dan jangari qavmlar sardori edi. Shu boisdan mazkur sulola vakillari 
"daylamiylar" deb ham atalgan. Buvayh 930 y. somoniylardan ajrab chiqib, ziyoriylarga 
qo‘shilgan. Ziyoriylar hukmdori Mardovij (928-935) Buvayhning o‘g‘illaridan Alini Karaj 
sh.ga voliy, Ahmad va Hasanni esa, yirik harbiy qismlarga boshliq qilib tayinlagan. 
So‘ng, B. 932-945 y.larda Arrajon, Nubinjon, Isfahon, Hamadon, Ray, Kirmon, Ahvoz, 
Sheroz sh.larini bosib olganlar. Shunda Bag‘dod xalifasi Al-Mustakfiy Billoh (Abdulloh) 
(944-946) aka-uka B.ni o‘zlari istilo qilgan viloyatlarga noib etib tayinlashga majbur 
bo‘lib, Aliga "Imoduddavla" ("Davlat tayanchi"), Hasanga "Ruknuddavla" ("Davlat 
ustuni") va Ahmadga "Mu’izzuddavla" ("Davlat qudrati") degan faxriy unvon bergan. 
Keyin, B. 945 y. Bag‘dodni ham bosib olib, abbosiylar xalifaligining siyosiy mavjudligiga 
chek qo‘yganlarda, amalda davlatni o‘zlari boshqara boshlaganlar. 10-a.ning 2-yarmida 
B. qad. Eron hukmdorlarining "shahanshoh" degan unvonini qabul qilganlar. B.ning eng 
mashhur vakili - Adududdavla (949-983) mamlakatdagi barcha uluslarni birlashtirishga 
muvaffaq bo‘lgan. Uning davrida sug‘orish tarmoqlari kengaytirilgan, Sheroz, Bag‘dod va 
b. sh.larda katta qurilish ishlari olib borilgan, iqto’ yerlari ko‘paytirilgan, ilm-fan va 
san’at birmuncha taraqqiy etgan. Adududdavla vafotidan so‘ng mamlakatda boshlagan 
taxt uchun kurash oqibatida B. zaiflashib qolib, mamlakat yerlarining sharqiy qismi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
Mahmud G’aznaviy tomonidan ishg‘ol etilgan (1029 y.). Saljuqiylarning 1055 y. qilgan 
bosqini esa, B. sulolasi hukmronligini butunlay tugatgan.  
 
 
BUDDIZM (Budda nomidan olingan), B u d d a v i y l i k - jahonda eng keng tarqalgan 
dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Mil. av. 6-5-a.larda Hindistonda 
paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyo, Jan.-sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda 
tarqalgan. Hoz. kunda B. Shri-Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, 
Vetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy 
davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, ya’ni 
jahonning salkam 2/3 qismi aholisi ma’naviy qadriyatlariga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. 
Rivoyatlarga ko‘ra, B. ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B. da 2 asosiy 
yo‘nalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda ko‘p sekta va oqimlarga 
bo‘linadi. Boshqa dinlardan farkli ravishda B.da hech bir o‘zgarmas narsa yo‘q hatto 
xudo ham o‘zgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud bo‘lib, 
ularning har biri yo‘qolib, keyingisiga o‘rin beradi. B. ta’limotiga ko‘ra, inson doimo azob-
uqubatga mahkum va bunga uning o‘zi sabab bo‘ladi. Zero u, garchand befoyda bo‘lsa-
da, o‘z hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan 
qutulish uchun ko‘ngil xush ko‘rgan barcha narsalardan o‘zini tiyishi darkor. Muntazam 
ravishda yolg‘ondan, o‘g‘rilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan o‘zini tiyish 
hamda meditatsiya (ongai oliy haqiqatga yetishishga qaratish) "bodxi", ya’ni 
"xotirjamlik"ka va oxir-oqibatda nirvanaga (azob-uqubatning tugashiga) olib keladi. 
Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha 
hayotni taqozo etishi mumkin. B. zaminida 3 narsa - Budda, Dxarma va Sangxaga 
e’tiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. 
Dxarma - Gautama qoldirgan ta’limot. Bu ta’limotning eng qisqa bayoni "to‘rt oliy 
haqiqat"dan iborat: 1) azob-uqubat mavjud; 2) azob-uqubatning sababi (istak) mavjud; 
3) azob-uqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azob-uqubatning tugashiga olib 
keluvchi sakkiz bosqichli yo‘l mavjud. Sangxa - Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat 
ko‘rsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor ma’noda bu - o‘tgan asrlarda "oliy haqiqat"ga 
yetishgan ko‘plab avliyolardir. Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni 
ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) 
yolg‘on so‘zlamaslik; 3) o‘g‘rilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi 
ichimlik ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul 
qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8) ommaviy 
ko‘ngil-xushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland 
va yumshoq o‘rinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan txeravada 
B.ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yo‘li" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy 
kishilar (ya’ni oddiy qavm)ga ham; Buddaga e’tiqod qilinsa, bas. Kenfoq qaraganda, 
Sangxa -muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, B. - Buddaga ergashib, Dxarma 
talablarini bajarish va Sangxa jamoasining a’zosi bo‘lib qolishdir. 
B. tarixi 2500 y.dan ortiq davrni o‘z ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va 
jaynizmning ta’siri kuchli bo‘lgan. Imperator Ashoka (mil. av. 3-a.) davrida B. kuchli 
mustaqil din sifatida shakllandi. 9-a. muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatgan B. Hindistonda 
inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning o‘rnini hinduizm to‘liq egalladi. 
Ammo B. Shri-Lanka, Jan.-sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Koreya, 
Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri-Lanka va Jan.-sharqiy Osiyoning materik 
qismida txeravada B. (qad. an’analarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda 
esa, maxayana (yangicha yondashuvlar) tarqaldi. 15-a.da Osiyo qit’asida paydo bo‘lgan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
yevropaliklar B. bilan tanishdilar. Ularning ba’zilari B.ga kirgach, Angliya, Germaniya, 
AQShda o‘z jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu e’tiqodni 
Gavayya orollari va AQShning g‘arbiy sohillariga olib keldilar. Hoz. paytda AQShga 
ko‘plab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat 
bo‘ylab yirik B. jamoalari tashkil topdi. B. ning bir necha xalqaro tashkilotlari ham 
mavjud. 
B.da kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va 
xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda 12—13 yoshli o‘spirin 
20 yoshgacha, ya’ni balog‘atga yetgunga qadar monastirda rohiblikni o‘taydi, lekin 
taxm. ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qavm yoki 
dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi - rohiblarni ovqat bilan ta’minlashdir. 
Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan bo‘ladilar. 20-a.da jahon bo‘ylab dunyoviy kishilarni 
ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning o‘zida ham B. dunyoviy 
shaqida qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" (yangi dinlar) deb 
atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan "Aum sinrikyo" 
shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari, asosan, 
dunyoviy kishilardan tarkib topgan. 
O’zbekistonda bitta B. jamoasi rasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatadi. 
 
 
BURAYDA ibn al-HUSAYB, to‘liq ismi Abu Saxl Burayda ibn al-Husayb ibn Abdullo al-
Aslamiy (? - 684) - sahoba. Muhammad (sav) Madinaga hijrat qilib ketayotib, to‘xtagan 
vaqtlarida u va uning qishlog‘i aholisi (taxm. 80 xonadon) islomga kirgan. Uhud jangdan 
so‘ng Burayda Madinaga kelib, ko‘plab g‘azotlarda qatnashgan. Madina, Basra sh.lari 
so‘ngra Xurosonda yashagan. Marv sh. yaqinidagi qishloqlardan birida vafot etgan. 
BURDA (arab. yoping‘ich, xirqa) — Muhammad (sav)ning xirqalari. Rivoyatga ko‘ra, 
Alloh rasulini sharaflab shoir Ka’b ibn Zuhayr (661 y. v. e.) "Bonat Suod" qasidasini 
bitgan va uni Payg‘ambar (sav) huzuriga kelib o‘qib bergan. Bundan xushlangan 
Muhammad (sav) xirqai shariflarini shoirga hadya etganlar. Shoirning o‘g‘lidan xalifa 
Muoviya sotib olgan B. keyin abbosiylarga o‘tgan va islom dinining eng qadrli 
yodgorliklaridan biri bo‘lib qolgan. Boshqa bir shoir - Muhammad ibn Said al-Busiriy 
(1212-1294) ham o‘z asarini "Qasidai burda" deb nomlagan. Bu qasida muallifiga 
Muhammad (sav) o‘z xirqalarini uning tushida hadya etgan. Bu qasidani duoxonlar 
yodlab xastalarga dam solishi odat tusiga kirgan. Qasidaxonga ixlos qo‘yish 
musulmonlar o‘rtasida an’anaga aylangan. Har ikkala qasida musulmonlar orasida 
hamon mashhurdir.  
 
 
BUROQ (arab. "yarqiroq", "barq" so‘zidan) -islom rivoyatlarida juda tez chopadigan va 
uchadigan otsimon maxluqning nomi. Qur’oni Karimda zikr qilinishicha (17:1), 
Muhammad (sav) uni minib Makka sh.dan "tungi sayr"da dastlab Kuddusga, so‘nfa 
me’rojga chiqqanlar. Rivoyat qilishlaricha, B. Muhammad (sav)ni Ka’ba oldiga kelib kutib 
turgan, avvaliga u sarkashlik qilgan, hazrat Jabroil majbur etgandan so‘ng bo‘ysungan. 
B. boshqa payg‘ambarlar, chunonchi Ibrohim (as) va Dovud(as) ga ham xizmat qilgan, 
deydilar. B. goh ot, goho xachir shaklida ifodalangan, oq rangli, bo‘yni cho‘ziq, quloqlari 
uzun, oyoklarida qanoti bo‘lgan, deb ta’riflangan.  
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
BURHONIDDIN BUXORIY, to‘liq nomi Mahmud ibn Sadrus Said Tojuddin Ahmad ibn 
Sadrulkabir Burhoniddin Abdulaziz ibn Umar ibn Moza (16-a.) - buxorolik faqih. Ilmni o‘z 
davrining "sudurul ulamo"si (ulamolar peshqadami) hisoblangan ota-bobolaridan olgan. 
B.B. "Muhitul Burhoniy" ("Hujjatli muhit"), "Zahira"("To‘planma"), "Tajrid" ("Ajratish"), 
"Tatimmatul fatavo" ("Fatvolarni to‘ldirish"), "Tariqatul Burhoniya"("Xujjatlash yo‘li") 
kabi kitoblar, ko‘pgana asarlarga sharhlar yozgan. U o‘z asarlarida fiqhning muammoli 
masalalarini hal qilib berish bilan islom huquqi turli tarmoqlari rivojiga hissa qo‘shgan. 
Chunonchi, 62 ta mustaqil kitobni o‘zida jamlagan "Muhitul Burhoniy"da ibodat va 
muomalot masalalari alohida-alohida yoritilgan, vaqf, zakot va h.k. bo‘yicha mukammal 
ko‘rsatmalar bor. Bu kitob O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. 
 
 
BURHONIDDIN MARG’INONIY (to‘liq ismi - Abu-l-Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdu-l-
Jalil al-Fargoniy al-Rishtoniy al-Marg‘inoniy) (1123. 23. 9, Marg‘ilon - 1197. 29. 10, 
Samarqand) - fiqh olimi, islom huquqshunosi, imom. Dastavval otasi Abu Bakr ibn 
Abduljalil, imom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qo‘lida tahsil ko‘rdi. Rishton, 
Marg‘ilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim 
olib, hanafiy mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shariat ilmini muftiy 
Najmiddin Abu Xafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Xusomiddin Umar ibn Abdulloh 
ibn Umar ibn Maoz, as-Saraxsiy Abu Umar Usmon ibn Ali Poykandiy, Tojiddin Ahmad ibn 
al-Xusayn al-Banandinjiy, Ahmad ibn Abu Rashid al-Buxoriy kabi mashhur faqihlardan, 
hadis ilmini Abu Iso at-Termiziy Ziyo-ud-din Abu Muhammad Say’id ibn As’ad, al Hasan 
ibn al-Marg‘inoniy singari allomalardan o‘rgandi. B. M. fiqh bo‘yicha asosiy asari ("Fiqh 
o‘rganishni boshlovchilar uchun qo‘llanma")ni hanafiylik nazariyotchisi, shariat 
asoschilaridan Abul Hasan al-Kuduriy (1029 y. v. e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 
y. v. e.) asarlariga tayanib yozgan. B. M.ning "Bidoyot-al-mubtadiy" ("Qonunni 
o‘rganishga kirish") kitobi nazariy, asar edi. Undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin 
bo‘lgan. Shu sababli B. M.ning o‘zi 8 jildli sharh - "Kifoyat ul-Muntahiy" ("Yakunlovchilar 
uchun tugal ta’limot")ni yozishga qaror qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida "Kitob al-
Hidoya" ("Hidoya")ni yaratadi (1178 y.). Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki 
butun islom Sharqida bir necha tillarga tarjima etilib, ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. 
Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo‘yicha qo‘llanma sifatida foydalanilgan 
(q. "Hidoya"). 
B. M. yana bir qancha asarlar yozgan: "Nashr al-mazhab" ("Mazhabning tarqalishi"), 
"Kitob-at-tajnis val-Mazid" ("Fuqarolik huquqini taqtsim etish"), "Kitob ul-faroiz" ("Meros 
haqida kitob"), "Mazid fi-furu’-ul-hanafiy" ("Hanafiy mazhabiga qo‘shimchalar") va b. U 
o‘z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilik turli shakllari (davlat va xususiy 
mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi 
nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni ko‘rish 
masalalarini batafsil yoritib berdi. 
B. M.ning ilmiy merosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Jahondagi ko‘p oliy o‘quv yurtlarida 
musulmon huquqshunosligi fani B. M.ning fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi. 1997 y. 
dek.da O’zbekistonda B. M. vafotining 800 y.ligi nishonlandi. B. M. Samarqanddagi 
Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. 
 
 
BURHONIDDIN TERMIZIY, Sayid Husayn Burhoniddin Muhaqqiq (7-1240 yoki 
1275/76) - tadqiqotchi olim (Muhaqqiq laqabi shundan), shayx. Baho Valad (1231 
y.v.e.) degan donishmandga shoird tushgan va davrining eng yuksak - Sayidi sirdon 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
(hamma sirlardan voqif) unvoniga sazovor bo‘lgan. Umrining so‘nggi yillarida 
Turkiyaning Ko‘niyo sh.ga kelib, Jaloliddin Rumiy maqbarasi xonaqohida shayxlik qilgan 
va shu shaharda (boshqa manbalarga ko‘ra Qaysariyada) vafot etgan. B.T.ning "Maorif" 
asari bizgacha yetib kelgan. Unda falsafa, qonunshunoslik, tafsir, hadis ilmi bilan bog‘liq 
masalalar, islom mazhablari yoritilgan. Bu asar 1920 y. Tehronda bosilib chiqqan.  
 
 
BURHONIDDIN QILICH (11-a.) - o‘rta osiyolik shayx, sayid. O’zganda tug‘ilgan. 
Qoraxoniylardan Bug‘roxon Abu Ali al-Hasan ibn Sulaymon (1059-75) ga zamondosh 
bo‘lgan. Farg‘ona vodiysi, Qashqar, Samarqand va Badaxshonda katta obro‘-e’tibor 
qozongan. Unga "Qilich" deb berilgan taxallus haqidagi rivoyatda aytilishicha, 
Burhoniddin bolalik chog‘larida o‘z tengdoshlari bilan o‘ynab yurib, yog‘ochdan o‘yinchoq 
qilich yasagan va kunlardan bir kuni mana shu yog‘och qilich bilan qo‘shnisining o‘g‘lini 
qoq ikki nimta qilib chopib tashlagan. Uning ustidan shikoyat qilishgach, Burhoniddin 
podshoh huzuriga chaqirtirilgan. Bu yerda u podshohning farmoniga ko‘ra o‘zining 
yog‘och qilichi bilan buqani ikkiga bo‘lib tashlagan. Bunday kuch-quvvat mo’jiza deb 
e’tirof etilib, podshoh boladan o‘ldirilgan qo‘shni bolasi uchun xun olmay qo‘yib 
yuborgan. 
 
 
BUT (fors.), s a n a m (arab.), butparastlik - xudoni tasvirlaydigan va uning timsoli deb 
sig‘iniladigan moddiy buyum (ko‘pincha xudolarning tosh, yog‘och, sopol va b. 
narsalardan yasalgan haykalchalari, rasmlari, tasvirlari va b.). Islom dini shakllanishidan 
oldin Arabiston ya.o.dagi qabilalarda butparastlik rasm bo‘lgan, ya’ni har bir qabila o‘z 
xudosiga, uni ifodalovchi B.ga topingan. Bunday B.lar Makkadagi diniy ibodatxona - 
Ka’bada 300 dan ortiq edi. Islom dini shakllanib, yakka xudoga sig‘inish paydo 
bo‘lgandan so‘ng B.lar Ka’badan chiqarib tashlandi. Xristianlik, buddizm kabi dinlarda 
ham B. (mas., xristianlikda ikona, krest(xoch)ga, buddizmda kichkina haykalchalarga 
sig‘inish) saqlanib qolgan. Ko‘pxudolikka e’tiqod qiladigan qabilalar-da, xususan, 
Afrikadagi ayrim qabilalarda B.ga sig‘inish hali ham bor.  
 
 
BUXORIY, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) 
(810.21.7, Buxoro — 870.31.9, Samarkand yaqinvdagi Xartang qishlog‘i) - islom 
olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni 
deb ham yuritiladi. 
Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislarvdan, imom Molik ibn Anasning shogird va 
ashoblaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, 
oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 
yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga 
kirishadi. Tanikli muhaddislar-al-Dohiliy, Muhammad ibn Salom al-Beykandiy, 
Muhammad ibn Yusuf al Beykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy va b. dan 
saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan 
birorta ham hadis qoddirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingana boshqa 
shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. B. 16 yoshga yetguncha, o‘z 
yurtidaga mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon 
yo‘l oladi. 825 y. B. onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. 
Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat 
ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 y. Madinaga boradi. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Madinadagi mashxur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim 
ibn Hamza va b. bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda 
Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan 
edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash turli shahar va 
mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha, B. 
Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rixlati 6 y. davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va 
Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, 
Xirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq 
oldi va hadislar to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis 
ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu sa’yu kushishlari bu vaqtda Buxoroda 
hukmdorlik qilgan Xolid ibn Ahmad az-Zuhliyga xush kelmaydi. Shu sababli B. Buxoroni 
tark etib, Poykendga, keyin esa, Samarqavd yaqinidagi Xartang qishlog‘iga kelib 
yashashga majbur bo‘ladi. B. butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va 
moddiy jihatdan ko‘llab-quvvatlagan. Tijorat qilganda topgan oylik daromadidan besh 
yuz dirhamdan faqiru miskin va talabalarga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha 
dabdaba va sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan. B. umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga 
solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga 
ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va 
vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish bilan bog‘liq 
holda olib borgan. B. jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming 
"sahih" va 200 ming "g‘ayri sahih" hadisni yoddan bilgan. B. o‘zining noyob qobiliyati, 
iqtidori, quvvai-hofizasining o‘ta kuchliliga bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga 
o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etish B. ga shon-sharaf keltirdi, uni islom 
dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi. B. 20 dan ortiq kitob tasnif 
etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. B.ning "Al-Jomi’ as-sahih" ("Ishonchli 
to‘plam") deb nomlangan 4 jild (juz’)dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa 
muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir 
qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib, 
1991-96 y.larda 4 jildda nashr etildi (yana q. "Sahihi Buxoriy"). 
B. yaratgan "Al-Adab al-mufrad" ("Adab durdonalari") asari katta tarbiyaviy ahamiyatga 
molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir 
necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990 y. Toshkentda nashr qilingan. 
Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan "Kitob al-kunya" ("Kunyalar haqida kitob") 1940 
y. Hindistonda chop etilgan. B.ning "At-Tarix al-kabiyr" ("Katga tarix") kitobi esa 
Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod 
kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek, "At-tarix as-sag‘iyr" ("Kichik tarix") ham hadis 
tarixiga oid qimmatli asar xisoblanadi. U Hindiston va Qohirada chop etilgan. B. yaratgan 
"Kitob al-favoid" ("Foydali ashyolar haqida kitob"), "Al-Jome’ al-kabiyr" ("Katta 
to‘plam"), "Xalq af’ol al-ibod" ("Alloh bandalari ishlarining tabiati"), "Al-Musnad al-kabiyr 
("Katta musnad"), "At-tafsir al-kabiyr" ("Katta tafsir"), "Kitob al-xiba" ("Xayr-ehson 
haqida kitob") va b. asarlarning ba’zilari bizgacha etib kelmagan, ba’zilari jahonning turli 
mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. B.ning boshqa 
asarlari orasida "Tafsir al-Qur’on" ("Qur’on tafsiri") kitobini ham alohvda ta’kidlash 
kerak. B. asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida 
payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Davlat va 
jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari B. asarlariga tayanib ish tutadilar. 
Istiklol sharofati bilan azaliy va adabiy qadriyatlarimiz qatori B.ning o‘lmas merosi el-
yurti bag‘riga qaytdi, xalqimiz ongu tafakkurini ravshan eta boshladi. O’zR Vazirlar 
Mahkamasining "Buyuk muhaddis imom al-Buxoriy tavalludining 1225 (hijriy hisobda) 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling