Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIBI MARYAM
www.ziyouz.com kutubxonasi 53 BEDIL (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644-1721) — shoir, mutafakkir. Ota- bobosi kesh(shahrisabz)lik, turkiy barlos urug‘idan. Yoshligidan turli fanlarga qiziqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirza Abdulqosim kabi olimlardan ta’lim olgan. Hindiston bo‘ylab ko‘p sayohat qilgan, 1685 y.dan umrining oxirigacha Dexdida yashagan. Uning falsafiy-axloqiy qarashlari tasavvuf aqidalari ta’sirida shakllangan. B. dunyoqarashi tasavvufning vahdati vujud ta’limotiga asoslanadi, ya’ni olamni Allohning ko‘zgusi, inson qalbini shu ko‘zguning markazi, deb biladi. Inson qalbi qanchalik sayqal topsa, u shunchalik Alloh nurini aks ettiradi. B. 120 ming misradan ortiq she’riy, ko‘pgana nasriy asar yozgan. Yirik asari "Chor unsur" ("To‘rt unsur", 1703) nasrda yozilgan bo‘lib, uning dastlabki boblarvda B. o‘z hayoti haqida hikoya qiladi. So‘nggi ikki bobda esa, to‘rt unsur -havo, suv, yer, olov to‘g‘risida; o‘simliklar, hayvonlar va odamning paydo bo‘lishi, mutlaq ruh, ruh va narsalar, din hamda ruhoniylarning o‘rni haqida fikr yuritadi. Kitobda parilar, jinlar, uyku, tush ko‘rish va b. haqida hikoya va afsonalar ham mavjud. B. "Irfon" ("Bilim", 1711-12; "Komde va Mudan", "Nukot" asarlari ham shuning tarkibida) dostonida falsafa, tarix, tibbiyot, adabiyot va ilohiyotning xilma-xil masalalariga to‘xtalgan. Borliq, yo‘qlik, fano, baqo singari falsafiy masalalar haqida fikr bildirgan. U xind falsafasvdaga tanosux nazariyasi hamda islom falsafasvdagi tavakkul ta’limotini tanqid qiladi. B.ning ijtimoiy qarashlarida ma’rifatparvarlik, muruvvat va odamiylik mavzulari asosiy o‘rinni egallaydi. B. asarlari 19-a.da O’rta Osiyoda keng tarqaldi. Ular falsafiy fikrga boyligidan B. Turkistonda "Abulma’oniy" ("Ma’nolar otasi") degan nom olgan. BEKTOSHIYLAR, bektoshiya- Turkiyada tarqalgan tasavvuf tariqati. Kichik Osiyoda 13- a. oxiri - 14-a. boshida mahalliy turk ko‘chmanchi va o‘troq aholisi orasida paydo bo‘lgan. Tariqatning nomi Hoji Bektosh Rumiydan boshlanadi. B. tariqatining haqiqiy asoschisi va’zxon va qalandar Hoji Bektosh Vali Nishopuri Xurosoniy (1208 - 1270) hisoblanadi. Uning silsilasi esa, turkistonlik shayx Ahmad Yassaviyga, undan esa, shia imomi Muso al-Kozimga taqaladi. B. a’zolari shialardek hazrati Ali va 12 imomga, ayniqsa, 6-imom Ja’far as-Sodiqqa e’tiqod qiladilar. Hoji Bektosh Kichik Osiyoda tez shuhrat qozongan. Bu tariqat ko‘proq qishloq aholisi orasida qo‘llab-quvvatlangan. Vaqti kelib B. keng tarmoq yoygan tashkilotga aylangan, o‘zining belgisi va maxsus kiyimiga ega bo‘lgan. B. tariqatining qat’iy uyushgan jamoaga aylanishida "Ulug‘ pir" Balim Sultonning (1516 y. v.e.) ta’siri katta. Ilmiy adabiyotda uni "Ikkinchi pir" ("Piri soniy") deb atashadi. Balim Sulton o‘zini Hoji Bektosh Rumiyning avlodi, deb e’lon qilgan va tariqat tuzilishiga aloqador bir qator islohotlarni amalga oshirgan. B. ayni Balim Sulton zamonida keng tarqalib, yanicharlar (Turkiyadagi imtiyozli piyoda askarlar) orasida yoyilgan, ular orqali davlat ishlariga o‘z ta’sirini kuchaytirgan. 1826 y.da Sulton Mahmud 11 yanicharlar korpusini tugatgach, B. faoliyati taqiqlandi. Uning yirik rahnamolari qatl etildi. B. tarafdorlari esa, Bolqonga va Albaniyaga tarqalib ketdi. Lekin hozir ham B. tarafdorlarini Turkiya va Iroqda uchratish mumkin. B. turk xalqi diniy dunyoqarashining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, uning madaniyati, musiqasi va ayniqsa adabiyotining rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shgan. BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973-1048) - o‘rta asrning buyuk qomusiy olimi, mutafakkiri. Xorazmning qad. poytaxti Kot (Kat) sh.da tugaldi. Yoshligidanoq ilm-fanga qiziqdi. B. o‘z ona tilidan tashqari arab, so‘gd, fors, suryoniy, Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 54 yunon va qad. yahudiy gillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rgandi. Tarix, matematika, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geofafiya va b. fanlarni chuqur o‘rgandi va bu ilmlarga oid 150 dan ortiq asar yozdi. B. Allohni birinchi yaratuvchi sifatida e’tirof etdi, lekin olam keyin tabiiy ravishda rivojlanadi, deb hisobladi. B. xudoga, uning payg‘ambariga bag‘ishlab madhlar aytgan. U koinotda Yerdan, bizning hayotimizdan tashqari yana boshqa dunyolar mavjudligi haqida fikr yuritgan. Uning mashhur "Mas’ud qonuni" kitobi astronomiya va matematika bo‘yicha ungacha yozilgan barcha kitoblarning eng mukammalidir. Qizig‘i shundaki, ushbu kitobda bayon etilgan ta’limotlarning ko‘pchiligini B. Qur’on oyatlari bilan solishtirgan. Shuning uchun ham uning "Hindiston", "Mas’ud qonuni" asarlari o‘tmishdaga barcha dinlar va islom uchun ham katta ahamiyatga egadir. Keyinchalik *Mas’ud qonuni"da bayon etilgan kashfiyotlardan Ulug‘bek rasadxonasida unumli foydalanilgan. Ulug‘bek kutubxonasida bu asarning bir necha nusxasi mavjud bo‘lgan. B. mamlakatning obodonchiligi ilm- fanning gullashiga bog‘liq, inson bilimli va ma’rifatli bo‘lgandagina baxtli bo‘la oladi, deb bildi. Zero, islom dini ham ilm olishga da’vat etadi. B. "Qadimgi xalqdardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston" asarlarida o‘sha davrdagi va undan oldingi davrdagi ko‘p dinlar (mas., hind e’tiqodlari, zardushtiylik va b.)ga xos urf-odatlar, marosimlar, taqvimlar qaqida boy ma’lumotlar qoldirgan. Uning dunyoqarashiga xos xususiyatlardan biri - diniy e’tiqodlarga xolisona qarashi, g‘ayri dinlarga beg‘araz munosabatda bo‘lishidir. U ma’rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi edi. B. asarlari rus, lotin, frantsuz, italyan, nemis, fors, ingliz, turk tillariga tarjima qilingan. Uning ijodi musulmon Sharqi madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. BEHBUDIY Mahmudxo‘ja (1875-1919) -ma’rifatparvar, muftiy, Turkistonda jadidchilik harakati asoschilaridan biri. Samarqand sh.da imom-xatib oilasida tug‘ilgan. Qorilar maktabini tugatgan. Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsil olgach, qishloq joylardagi qozilar va muftiylarga mirzalik qilgan. 1899-1900 y.larda haj safarida bo‘lgan. 1906 y. Nijniy Novgorodda o‘tkazilgan Butun Rossiya musulmonlarining 3-qurultoyida Turkiston delegatsiyasini boshqargan va ma’ruza qilgan. B. o‘sha paytda Turkistonda g‘oyalari tarqala boshlagan sotsial-demoqratik partiya dasturiga keskin qarshi chiqqan. "Biz musulmonlar uchun bu partiyaga kirish katta ziyon keltiradi. Sotsial- demoqratlarning dasturi shariatga xilofdir" ("Taraqqiy" gazetasi, 1906 y. 29-son). B. adabiy-ilmiy, noshirlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Uning yangi usuldagi maktablar uchun yozgan "Amaliyoti islom" (1908), "Muxtasari tarixi islom" ("Islomning qisqacha tarixi") (1909) darsliklarini alohida ko‘rsatish mumkin. B. o‘z davrining yirik islom ulamosi bo‘lib, fiqhga oid kitoblar ustida tinimsiz ishlagani bois unga muftiy unvoni berilgan. B. umrining oxirigacha Jomboyda muftiylik qilgan. Hamisha bid’atga qarshi kurashib, dinni to‘g‘ri tushunish va targ‘ib qilishga da’vat etgan. Uning umuman tarix, xususan, islom tarixi haqidagi asarlari diqqatga sazovordir. B. 1917 y. oktyabr to‘ntarishini zo‘ravonlik deb bilib, moddiyunchilik va xudosizlikni shior qilib olgan sho‘rolar tuzumini qoralagan. Shu bois sho‘ro ayg‘oqchilari chaquvi bilan Shahrisabzda hibsga olinib, 1919 y. qatl qilingan. B.ning "Tanlangan asarlar" kitobi mustaqillik yillarida 2 marta (T., 1997; 1999) nashr etilgan. BIBI MARYAM - q. Maryam. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 55 BIBI MUSHKULKUSHOD (fors. - mushkulni oson qiladigan ayol) - diniy tasavvurlarga ko‘ra kishini qiyinchiliklardan xalos etadigan avliyo ayol obrazi. B.M. haqidaga rivoyatlardan birida o‘tin yig‘ib yurgan chol o‘rog‘ini yo‘qotib qo‘yadi va uni qidirib B.M. yashaydigan g‘orga kirib qoladi. B.M. cholga agar u xar haftaning chorshanbasida unga atab ziyofat o‘tkazsa, o‘rog‘i topilishini va hozirgisidan ko‘proq o‘tin yig‘ishi mumkinligani aytadi. Chol bu talabni bajaradi va ishi yurishib ketadi. Chol ehtiyotsizlik qilib bir safar chorshanbani o‘tkazib yuboradi va yana og‘ir ahvolga tushib qoladi. Xatosini tuzatgach, yana ishi yaxshilanib ketadi. Rivoyatning musulmonlashtirilgan ko‘rinishida B.M. so’fiylik tariqatlaridan biriga asos solgan Bahovuddin Naqshbandiyning xolasi sifatida talqin qilinadi. Asosan, dindor ayollar orasida kishining mushkulini oson qilish, ishini yurgizish maqsadida qilinadigan irim-sirimlar B.M. rivoyatiga borib taqaladi. BIBI SESHANBA, Seshanba ona-diniy-xurofiy tasavvurlarga ko‘ra ayollar sig‘inadigan avliyo, afsonaviy shaxs (ona); charx yigiruvchi ayollarning homiysi, oila baxtining himoyachisi. Qad. diniy e’tiqodlarning islomga moslashib saqlanib qolgan ko‘rinishlaridan biri. Dindor ayollar B.S.ga sig‘inib, seshanba kunlari uning sharafiga ziyofat beradilar. Soddadil ayollar B.S.dan, muruvvat, madad tilaydilar, "mushqullarini oson qilish"ni iltijo qiladilar. B.S.ga sig‘inish, unga atab marosimlar o‘tkazish hoz. vaqtda juda kam uchraydi va shirk amallardan sanaladi. BIBLIYA (yun. Viblia - kitoblar) - yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. B. ikki asosiy qism - Qadimgi ahd va Yangi ahdga bo‘linadi. "Ahd" so‘zi Xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qad. ahd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qad. davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi ahd esa, faqat xristianlar muqaddas deb biladigan, ular dini shakllanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, B. - Xudoning kalomi, barcha insonlarga yo‘llagan, dunyo va odamzodning paydo bo‘lishi va "oxirat" sirini ochib beruvchi muqaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi - yagona haq Xudoning fazilatlari va insoniyat bilan munosabati haqidadir. B. mil. av. 8-a. va mil. 2-a.lar oralig‘ida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. B. matnlari tadqiq etilganda shu narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil davomida xilma-xil joylarda yaratilgan. B. eng qad. adabiy yodgorliklardan biri bo‘lib, diniy pand-nasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. B.da, bir yoqdan, odamzodning gunohkor bo‘lib, Xudo tomonidan rad etilishi, abadiy halokatga mahkum qilinishi to‘g‘risida gap ketsa, ikkinchi yokdan, Xudo insonni qutqarish uchun qanday rejalar tuzgani haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yo‘lini ochgan Iso Masih (as) to‘g‘risida to‘laqonli xabar beriladi. Jami qad. yahud tilida 66, lotin tilida 70 kitob (bo‘lim)ni o‘z ichiga olgan B. 13-a.da kardinal Stefan Lengton tomonidan hoz. ko‘rinishga keltirilgan, kitoblarni she’rlarga bo‘lish va raqamlashtirishni parijlik matbaachi Rober Stefan (16-a.) amalga oshirgan. B. - dunyodagi 1-bosma kitob (1452-55) bo‘lib, jahon bo‘yicha keng tarqalgan, asrlar mobaynida ko‘pgina xalqlarning axloqi, ma’naviyati, madaniyati, adabiyoti, musiqa va rangtasvir san’atiga barakali ta’sir ko‘rsatgan. B.ning ayrim qismlari 1891, 1913 ylarda Leyptsig sh.da arab imlosida, 1981, 1983, 1986, 1996 ylarda B.ni tarjima qilish in-ti (Stokgolm) tomonidan kirill yozuvida o‘zbek tilida chop etilgan. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 56 BID’AT (arab. - yangilik kiritmoq, yangitdan yaratmoq) - noma’qul yangilik; din aqidalariga xilof yangilik. Qur’on va Sunnatga xilof ravishda paydo bo‘lgan har bir narsa B.dir. Dastlab xalifa Usmondan norozi odamlar, asosan, shialar va xorijiylar uni Muhammad (sav) so‘zlari va amallariga zid yangiliklar kiritganlikda, B.da ayblaganlar. Keyinroq islom dunyosida diniy-g‘oyaviy ixtiloflar va bahslar avj olgan paytda B. tushunchasi "noto‘g‘ri yoki xato tasavvur", "yanglish fikr" degan ma’nolarni kasb etdi. B.ga nimani kiritishning aniq chegarasi bo‘lmagan. Faqixdar B.ni bir necha turga bo‘ladilar: 1) Harom B. - qadariylar, jabariylar, murji’iylar va xorijiylar mazhablarining qilgan B.lari; 2) Mandub B. - madrasalar tashkil etish, tarovih namozini jamoat bilan o‘kish: 3) Makruh B. - masjidlarni bezashga o‘xshash ishlar; 4) Muboh B. - namozdan keyin qo‘l olishib ko‘rishish, taom va libosda kengchilikka yo‘l qo‘yish; 5) Vojib B. - kerakli ilmlarni o‘rganishga o‘xshash ishlar. Ba’zi ulamolarning fikricha B. asosan, uch turli bo‘ladi: 1. Kofirlikka olib boradigan B. Mas., o‘liklardan, g‘oyib kimsalardan yordam so‘rash. 2. Harom bo‘lgan B. Mas., duoda o‘liklarni vosita qilish. 3. Makruh bo‘lgan B. Mas., juma namozidan keyin ehtiyot yuzasidan peshin namozini o‘qish. Muayyan amal bir fiqhiy mazhab vakillari tomonidan "nojoyiz yangilik", ya’ni islom ahkomlariga xilof ish deb baholansa, boshqa mazhab tarafdorlari uni Qur’on va sunnatga muvofiq keladigan "haq yo‘l" deb bilganlar. Bu xildagi bahslar hamon uchrab turadi. Aytaylik, Imom A’zam mazhabiga ko‘ra, ota-bobolar mozorlarini ziyorat qilish, olamdan o‘tgan ajdodlar ruhi poklariga duoi fotiha savob ish sanaladi va shunga rioya qilib kelinadi. Ammo hanbaliylik mazhabining vahhobiylik oqimi vakillari bularni B. deb hisoblaydilar. Shundan foydalanib odamlarni yo‘ldan urmoqchi, jamiyatda beqarorlik vujudga keltirmoqchi bo‘ladilar. B. bema’ni gap, safsata ma’nolarini ham anglatgan. Adabiyotda B. - xurofot, uydirma ma’nolarida keng ishlatiladi. BILOL, to‘liq ismi Abu Abdullo Bilol ibn Raboh al-Habashiy (? - 641) - islom tarixvdagi birinchi muazzin. Baland, shirali, ta’sirli ovozga ega bo‘lgan. Asli habashistonlik, Makkada islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan qullardan. Xojasi Umayya ibn Halaf islomdan voz kechishni talab etib, B.ga toqat qilib bo‘lmas azoblarni bergan. Abu Bakr Siddi (ra) B.ni Umayyadan sotib olib, ozodlikka chiqargan. Payg‘ambar (sav) bilan Madinaga hijrat qilgan. 622 y. Madinada ommaviy azon aytish joriy etilganda u birinchi bo‘lib baland ovozi bilan musulmonlarni namozga chorlagan va bir necha yil davomida Muhammad (sav)ga muazzinlik qilgan. Payg‘ambar (sav) vafotidan so‘ng Shomda yashagan va hazrat Husayn iltimosiga ko‘ra Madinaga kelganida bir bor bomdrd namozi azonini aytgan, degan rivoyat bor. Qabri Damashq sh.da. BILQIS - musulmonchilik rivoyatlarida va Qur’onda tilga olingan Sabo yurtining podshohi (malikasi). Injilda Savro podshosi sifatida tilga olinadi. Qur’onda Sulaymon payg‘ambarning ulug‘vorligini ta’riflovchi hikoyalardan birida keltirilishicha, hudhud qushi podshoga Sabo mamlakatiga borgani va u yerda "hamma narsa ato etilgan" xotin hukmronlik qilayotgani, ammo butun xalqi bilan shaytonga aldanib, Allohga emas, Quyoshga sig‘inayotganini aytadi. Sulaymon shu qush orqali malikaga maktub yo‘llab, unga bo‘ysunishni buyuradi. B. o‘z yaqinlari bilan maslahatlashib, Sulaymonga katta hadyalar yuboradi. Ammo Sulaymon malikaning elchilari oldida bu hadyalardan jirkanishini aytib, Sabo yurtiga qo‘shin tortishini e’lon qiladi. So‘ngra, matnda aytilishicha, malika Sulaymon huzuriga o‘zi keladi. Sulaymon xizmatida bo‘lgan sehrgar va jinlar ko‘z ochib-yumguncha, malikaning taxtini uning oldiga olib kelishadi. Malikani Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 57 saroyga kiritishganida, saroy sathini "suv to‘lqinlari sifatida ko‘radi va oyoklarini to‘pig‘igacha ochadi". Saroyning qadam bosiladigan qismi shaffof billurlardan iboratligini ko‘radi. Alloh hamma ishda yorlaqagan Sulaymonning bunday ulug‘vorligi dalillariga shohid bo‘lgan malika, o‘zining gumrohligini tan oladi va Allohga imon keltiradi (Qur’on, "Naml" surasi, 22-45-oyatlar). BISMILLOH, Bismillohir Rahmonir Rahim (arab. - "Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan") - islomda ko‘p tilga olinadigan, har bir niyat, ibodat va amaliy harakat oldidan aytiladigan oyat. B. Qur’onda 114 suradan 113 tasining boshlanishida ishlatilgan (faqat 9-surada yo‘q). Bu oyat xudo bandalariga rahmli (rahim), mehribon (rahmon), musulmonning har bir harakati Alloh nomi bilan boshlanishi lozimligini bildiradi. Payg‘ambar (sav) o‘z hadislaridan birida: "E’tiborli har bir ish "Bismilloh" bilan boshlanmas ekan, uning oxiri kesikdir" deganlar. Ya’ni uning barakasi bo‘lmaydi, oxiriga yetmaydi, deganidir. Qur’on tilovatida B. oldidan "A’uzu billohi minashshaytonir rajim" ("Shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman") ham qo‘shib aytiladi. Buni har qanday ish va xatti-harakat oldidan shaytonni haydash va uning vasvasasidan xoli bo‘lish mazmunida ham talqin etadilar. B. maktublar, rasmiy hujjatlar, diniy asarlar boshida ham yoziladi. Diniy manbalarda "basmala" nomi bilan ham yuritiladi. BISTOMIY, Boyazid Tayfur ibn Iso Bistomiy (? - 875) - fors tasavvuf oqimining asoschilaridan biri. Tayfuriya so’fiylik tariqatining piri. Uning bobosi islomni qabul qilgan zardushtiylardan bo‘lgan, butun umrini, asosan, Bistomda o‘tkazgan. Vafotidan keyin uni "Sulton al-orifin" laqabi bilan atay boshladilar. B. ta’limotiga ko‘ra, inson zikr holatida o‘zligini unutadi (g‘alaba) va xudo ishqidan mast bo‘lib (sukr) butun vujudini his-tuyg‘u qamrab oladi, pirovardida u xudoga singib ketadi. Bunday holatni u fano (mavjudlikni yo‘qotish) deb atadi va musulmon tarki dunyochiligining muhim ahamiyatli holati bo‘lgan "sen mendirsan, men esa sendirman" iborasining ta’rifini berdi. Buning ma’nosi shuki, go‘yo shaxs o‘zligini tark etib, ilohiylikka singib ketadi va uning sifatlarini qabul qiladi. Bunday xulosa an’anaviy islom tarafdorlarining ashaddiy qarshiligiga uchradi va B.ni "xulul" (xudolik da’vosini qilish)da aybladilar. B. tasavvufning ayrim tushunchalarini ishlab chiqqan bo‘lsa ham, o‘zining bir butun ilohiy tizimdagi ta’limotini yaratmadi. U nazariyada ilohiy (lohut) va insoniy (nosut) ruhni bir-biriga biriktirishga harakat qildi, ya’ni ma’naviy va moddiy ibtidoni bir-biriga qo‘shishga intildi. B. o‘zidan asar qoldirmagan. Uning ibratli gaplari, nasihatlarini mulozimlari yozib olishgan. Ayrim tasavvuf kishilari B. obro‘yidan foydalanib o‘zlarining shariatga unchalik to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarini ham B. fikri deb ko‘rsatishga uringan. BOB (taxallusi; asl ismi Sayid Ali Muhammad Sheroziy) (1819 - 1850) - bobiylik asoschisi, bobiylar qo‘zg‘oloni rahbari. Sayid Ali Muhammad 1844 y.da o‘zini B. (arab tilidagi "eshik", "darvoza" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, "haqiqat va adolat yo‘liga olib boruvchi eshik" degan ma’noda talqin qilingan) deb atadi. Mahdiyning xohish-irodasi, yo‘l-yo‘riqlari xalqqa "men orqali boradi", deb e’lon qildi. U xaloskor -Mahdiyning kelishi yaqinlashganligi g‘oyasini targ‘ib qildi. B. "Bayon" kitobida o‘zini Muhammad (sav) o‘rniga kelgan payg‘ambar, o‘z kitobini esa, Qur’on va shariat asosining o‘rnini olishi kerak, deb e’lon qilgan. B. 1847 y.da qamoqqa olindi, u yerda "Bayon" (arabcha - tushuntirish, yoritib berish, ta’riflash) asarini yozdi. "Bayon"da bobiylar harakatining asoslari yoritilgan. B. bobiylar qo‘zg‘oloni vaqtida Eron shohi farmoni bilan qatl etilgan. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 58 BOBIYLIK - 19-a.ning 40-50-y.larida Eronda shialik ichida vujudga kelgan diniy harakat. Asoschisi - Mirzo Ali Muhammad Sheroziy Bob laqabi bilan tanilgan (1849 y.v.e.) bo‘lib, vafotidan keyin Bahoullo laqabli Mirzo Husayn Ali harakatga rahbarlik qilgan. Shundan keyinroq bu harakat bahoiylik deb nomlandi. Bobiylar (bahoiylar) akddasini quyidagilar tashkil qiladi: ular e’tiqod qilishlaricha, Bob butun borliqni yaratgan. Tanosux (ruhning bir jismdan boshqasiga ko‘chib yurishi) B. aqidasining asosini tashkil qiladi. 19-raqamni muqaddas bilib oylarni va oylardagi kunlarni 19 tadan deb bo‘lgan. Shuningdek, B. aqidasida Budda, Konfutsiy, Brahma va Zardushtni payg‘ambar deb e’tiqod qilish buyuriladi. Iso Masihni xochga mixlangan deb ishonadilar. Jannat, do‘zax, farishtalar, jinlarni va payg‘ambarlar mo’jizasini inkor qiladilar. Ayollar satri avratda hijob bilan yurishini harom deydilar. Boylar, shoh zulmiga qarshi qaratilgan yirik xalq qo‘zg‘olonlari B. bayrog‘i ostida ko‘tarilgan. Bobiylar shaxsni himoya qilish, kambag‘allardan olinadigan soliklarni bekor qilish, yirik yer egalarining xususiy mulkini tugatish, barcha mol-mulkni teng taqsimlashni talab qildilar. Mavjud din va davlat tizimini ag‘darib tashlashni targ‘ib etdi. Bobiylar ta’qib etildi, ularning qo‘zg‘olonlari shafqatsiz bostirildi. Kutulib qolganlari yashirindi yoki mamlakatni tark etishdi. B. tarafdorlari Eronda, oz mikdorda Iroq, Suriya va Isroilda mavjud. BOBO DEHQON - 1) Markaziy Osiyo xalqlarining mifologiyasida dehqonchilik homiysi. Islomdan oldin vujudga kelgan timsol. Miflarda B.D. odamlar uchun turli narsalar - olov, o‘simliklar, mehnat qurollarini topib beradigan yoki dastlab ularni yaratgan, ularga ov qilish, hunar va san’atni o‘rgatadigan, ular orasida ijtimoiy tartib, nikoh qoidalari, sehrgarlik, urf-odat va bayramlarni joriy etadigan afsonaviy shaxs, baquvvat keksa dehqon sifatida talqin etilgan. Afsonalarda aytilishicha, B.D. birinchi bo‘lib omoch va sug‘orish arikdarini ixtiro qilgan. Markaziy Osiyoda islomning tarqalishi natijasida B.D. obrazi uning manfaatlariga moslashtirilgan, ba’zan B.D.ni Odamato va Xizr obrazlari bilan aynanlashtirilgan. Yer haydash, ekin ekish, hosilni yig‘ib olish va shunga o‘xshash dehqonchilik ishlari B.D. nomi bilan boshlangan. Hosilni yig‘ib olish munosabati bilan B.D.ga atab maxsus xirmon to‘yi o‘tkazilgan, har xil taomlar tayyorlangan, ularda mullalar, qorilar B.D. sharafiga duolar o‘qigan. O’zbek va tojiklarda yer xaydashni va ekishni birinchi boshlab bergan dehqon B.D.ning timsoli deb qaralgan; 2) dehqonchilik ishida katta tajribaga ega bo‘lgan odam, obro‘li dehqon. BOYKANDIY, Ahmad ibn Ali as-Sulaymoniy al-Boykandiy (923-1014) -muhaddis. Poykend (Boykend) sh.da tug‘ilgan. Iroq, Suriya va Misr shaharlari bo‘ylab ko‘p syohatlar qilgan va ko‘plab hadislar to‘plagan. Vataniga qaytib kelgach, har haftada bittadan hadis to‘plami yozib, juma kunlari uni Buxoroga olib borgan va shahar jome masjidida uni juma namoziga kelgan xalq o‘rtasida o‘qib bergan. B. jami 400 dan ortiq katta va kichik asarlar yozgan. BOMDOD (fors.), salotal-fajr, salot as-subh - besh mahal o‘qiladigan namozning biri. 2 rakaat sunnat, 2 rakaat farz o‘qiladi. B. namozi tong yorishgani(subh)dan boshlab to kun chiqqunga qadar ado etiladi (yana q. Namoz). Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling