Islom ensiklopediyasi


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.
#165
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55

ZAYNIDDIN BOBO, Shayx Abu Bakr Zayniddin boboKo‘yi Orifon Toshkandiy (1164-
1259) - shayx. Otasi Shayx Shahobiddin Abu Hafs Umar Suxravardiy, Bag‘dodning katta 
mutasavviflaridan bo‘lgan, suxravardiya tariqatiga asos solgan. Shayx Shahobiddin 
Suxravardiy 1215 y. Bag‘dod xalifasining elchisi sifatida xorazmshoh Muhammad 
huzuriga kelgan. Shunda Z. ham otasi bilan Movarounnahrga kelgan va keyinchalik 
Shosh (Toshkent)da, shaharning Ko‘kcha dahasidagi Ko‘yi Orifon mahallasi (laqabi 
shundan)dagi mavjud maqbara chillaxonasida hayot kechirgan va tasavvuf bilan 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
329
shug‘ullangan. Tarixiy manbalarda Z. "sayyidlarning ulug‘i va sharif kishilarning 
karomatlisi va buyugi", "oriflarning qutbi va ishonchli rahnamosi" deb ta’riflanadi. Amir 
Temur 1391-92 va 1402 ylarda Z. maqbarasini ziyorat qilgan va ta’mir ettirgan. Z. 
Toshkentda vafot etgan.  
 
 
ZAYNIDDIN BOBO MAQBARASI, Shayx Zayniddin bobo maqbarasi - Toshkentdaga 
me’moriy yodgorlik (13-14-a.lar). Amir Temur Ko‘kcha darvozasi tashqarisidagi Orifon 
qishlog‘iga dafn etilgan Zayniddin boboga atab soldirgan. Arxeologik tekshirishlarga 
ko‘ra, yodgorlik yonida joylashgan chillaxona 12-13-a.larga, maqbara o‘rnida bo‘lgan 
xonaqoh 14-a.ga oid. Maqbara devori asosi 16-a.da qurilgan, tepasi va peshtoqi 19-a. 
oxiri - 20-a. boshlarida ta’mir etilgan. Tashqi gumbaz baland asosga o‘rnatilgan. Yog‘och 
darvozaga ustaning nomi -"Mirsharob Abdumo‘min o‘g‘li" o‘yib yozilgan. Darvoza 
tepasidagi deraza o‘rnida yog‘och panjara saqlanib qolgan. 13-14-a.larda maqbara 
atrofida qabriston vujudga kelgan. 
 
 
ZAKARIYO (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Z. (as) Qur’onda 8 
joyda zikr qilingan. 3. (as)ning nasabi haqida Qur’onda biron narsa deyilmagan. Z. (as) 
yoshi ulg‘ayganda ham befarzand edi. Shu sababli o‘zlaridan keyin "Bani Isroil" 
qabilasining ahvoli ne kechar ekan, deya ko‘p o‘ylardi. Chunki, ular shariat ahkomlariga 
yaxshi rioya qilmas, Z. (as)dan keyin ularga nomaqbulroq kishi sardorlik qilsa, ular 
zalolat ko‘chasiga kirib ketishlari aniq edi. Qur’onda kelganqtsek, o‘zini ibodatga 
bag‘ishlagan Maryamga Z. (as) kafillik qilar, zero, Z. (as) Maryamning xolasining eri edi. 
Z. (as) masjiddan Maryam uchun maxsus joy hozirlab, har kuni uning holidan xabar olib 
turar edi. Masjidda Maryamga g‘oyibdan turli taomu sharbatlar, mevalar in’om 
etilayotganini sezgan Z. (as) uvdan bu nozu ne’matlar qaerdan kelayotganini so‘radi. 
Maryam bularning barchasi Allohning marhamati ekanligini aytdi. Shunda, Allohning har 
narsaga qodir ekanini bilgan Z. (as) Allohning marhamatidan umid qilib, qarib, zaif bo‘lib 
qolgani va befarzandlik dog‘i uni kuydirayotganini arz etib, Allohdan iltijo bilan farzand 
so‘radi. Farzand so‘rashidan asosiy maqsad nasl qoldirish va o‘zidan keyin qavmu 
qarindoshlarini yomon yo‘lga yurib ketishlaridan saqlab, ular orasida odilona hukm 
yurgazadigan o‘rinbosar bo‘lishini istagan edi. Bu hakda Ol Imron surasi 37-38-oyatlarda 
va Maryam surasi 2-7-oyatlarda bayon qilingan. Alloh taolo Z. (as)ning duosini qabul 
etganini, Yahyo ismli farzand dunyoga kelishi bashoratini maloikalar Z. (as)ga 
yetkazadilar. Z. (as) "o‘zim qari, xotinim yoshligidan befarzand bo‘lsa, endi bu 
xushxabar qanday bo‘lar ekan" deb taajjublanadi. Shunda unga: "Bu Allohning irodasi. 
Alloh har narsaga qodir zotdir" - degan vahiy bo‘ladi. Z. unday bo‘lsa xotini homilador 
bo‘lganligini qanday qilib bilishi mumkinligini Allohdan so‘raganida - "Xotining homilador 
bo‘lganida sen odamlarga gapira olmay, tiling so‘zga kelmay qolur. Faqat ishora 
bilangana ularga xitob qila olursan. Bu holat 3 kun davom etur. Ana shunda bilgilkim 
ayoling farzandga homilador bo‘lgan bo‘lur. Shu kunlarda sen Allohga tasbeh va tahlil 
aytishga mashgul bo‘lgan", - degan xitob bo‘ldi. Bu haqda Ol Imron surasi 41-oyatda 
bayon qilingan.  
 
 
ZAKOT (arab - tozalash, sadaqa berish) - mol-mulk va daromaddan beriladigan sadaqa, 
xayr-ehson. Islomning besh asosiy talablaridan biri. Shariatga muvofiq, muayyan 
boylikka nisobga ega bo‘lgan musulmon 3. beradi. Uning mikdori (85 gr. oltin 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
330
mikdoridagi mablag). Mazkur mablag kishining o‘zi va qaramog‘idagilarning zaruriy 
ehtiyojlaridan ortiqcha bo‘lishi lozim. Bu mablag‘ga kishining jamg‘armasi, do‘kondaga 
sotiladigan mollari, sotaman deb olib qo‘ygan narsalari, birovga bergan qarzi kiradi. 
Qur’oni karimning ayrim suralarida 3. namoz bilan yonma-yon zikr etilgan. U yilda bir 
marta berilishi shart bo‘lgan xayr-ehson (sadaqa) qatoriga kiradi va ayni vaqtda ibodat 
hisoblanadi. Beriladigan Z. mikdori mablag‘larning 1/40 ulushi (2,5%)ga teng; Zotan 
Z.ning asl hikmati faqir va muhtojlarning hojatlarini chiqarmoqdir. Z.ni bera olmaydigan 
musulmonlar olishga haqli, avval Z. qarindoshlar orasvdaga muhtojlarga, unday 
qarindoshlar bo‘lmasa, so‘ng boshqa kambag‘al, qarzdor, musofirlarga beriladi. 
Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan Z. miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan.  
 
 
ZALOLAT (arab. - adashish, haqiqatdan yuz o‘girish, gumrohlik) - haqiqiy e’tiqoddan 
adashish, yuz o‘girish, aynish. Hidoyatning qarama-qarshisi. Sharq mutafakkirlarining 
ta’kidlashlaricha, Z. to‘g‘ri yo‘ldan chiqib ketishdir. Boshqa guruhlar fikricha, Z. 
maqsadga erishish uchun olib boradigan narsaning yo’qligvdir. Tasavvuf axli odamni 
to‘g‘ri yo‘ldan boshlab olib bora olmagan tariqatni Z. deb hisoblaydi.  
 
 
ZAMAXSHARIY, Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad (1075-1144) - 
tilshunos, shoir, mu’taziliylar nazariyotchisi, faqih. "Jorulloh" - "Allohning qo‘shnisi", 
"Butun dunyoning ustozi", "Xorazm faxri" nomlari bilan ulug‘langan. Xorazmning 
Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi rahbarligida savod chiqarib, Gurganjda, Buxoroda 
ilm olgan. Bir necha yil xorazmshohlar saroyida xizmat qilgan. 1118 y.dan butun umrini 
ilm-fanga bag‘ishlagan. Ikki marta haj safarida bo‘lgan. Ko‘hna Urganchda vafot etgan. 
Z arab tili, adabiyot, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asar yaratgan, 
ularning 20 ga yaqini saqlanib qolgan. Uning Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan "Qur’on 
haqiqatlari va uni sharxdash orqali so‘zlar ko‘zlarini ochish" ("Al-Kashshof an haqoiq it-
tanziyl va uyun-il-aqoviyl fi vujuh it-ta’viyl) asari mashhurdir. 1132-1134 ylarda 
Makkada yozilgan bu kitob qisqacha "Kashshof" deb ataladi. Mu’taziliylik ruhidagi bu 
asarda Z Qur’onning yaratilgani g‘oyasi ifodalangan. Tavhid (yakkaxudolik) 
tushunchasini, Alloh sifatlarini mu’taziliylar nuqtai nazaridan talqin qilgan. Asar Qur’on 
matnini chuqur filologik tahlil qilganligi bilan qimmatlidir. Bu asar dunyoning turli 
shaharlarida qayta-qayta nashr qilingan. Musulmon ahli, olimlar undan hozirgacha 
muhim dastur sifatida foydalanadilar. "Kashshof"ning yuzga yaqin qo‘lyozmasi va unga 
yozilgan 20 dan ortiq sharhi bor. Z.ning fiqhga oid "Turli masalalarning muhimi", 
"Vorislik huquqi ilmi bo‘yicha mashq", din asoslari haqidagi "Usuldagi tartibotlar", 
"Shahodat kalimasi haqida risola", hadislarga bag‘ishlangan "G’arib hadislar haqida 
ajoyib asar", shuningdek til, nahv masalalarini keng yoritgan kitoblari, she’riy devonlari 
saqlangan bo‘lib, ular turli tillarga tarjima qilinib chop etilgan. 
 
 
ZAMZAM, Obi zamzam- Makka sh.dagi "Masjidi Harom" sahnidagi muqaddas buloq. 
Ka’ba yonida bo‘lib, hoz. vaqtda pastda -alohida va maxsus joyga o‘tkazilgan suv 
jo‘mraklari orqali ichiladi. Buloq suvi kengligi bir qarichdan ortikroq po‘lat quvur orqali 
chiqadi, oynaband xonada xizmatchilar uni Masjidning birinchi, ikkinchi va uchinchi 
qavati (tomi)ga tarqalishini nazorat qilib turadilar. Suv tarqatgach uskunalar kecha-
kunduz beto‘xtov ishlaydi. 
Z tarixi uzoq. Rivoyatlarga ko‘ra, buloqning paydo bo‘lishi Ibrohim (as)ning o‘g‘li 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
331
Ismoilning tavalludi bilan bog‘lanadi: cho‘lda qoldirib ketilgan bibi Hojar chaqalog‘i 
(Ismoil) dunyoga kelgach, yuvinish va chanqovini bosish maqsadida suv axtarib shu 
yaqindagi Safo va Marva tepaliklari orasida yetti marta yelib-yuguradi. Suv topolmay 
obdon toliqqan ona chaqalog‘i yoniga qaytsa, uning oyoklari ostidan suv 
chiqayotganligini ko‘radi. Nima kdlarini bilmay shoshib qolgan bibi Hojar "zam, zam" 
(ya’ni "to‘xta, to‘xta!") deydi. Boshqa bir rivoyatda onaning mushkul ahvolidan boxabar 
bo‘lgan Jabroil (as) yerni siypalab suv chiqarib bergan deyiladi. Lekin oradan ko‘p asrlar 
o‘tib buloq ko‘zi yopilib qoladi. Vaqti kelib Muhammad (sav)ning buvalari Abdulmuttalib 
buloq ko‘zini qayta ochgan. Z Qur’oni karimda tilga olingan. Z suviga yuz-qo‘llarni 
yuvish, undan ichish haj va umra amallarini bajarishning belgisi va savobli ish 
hisoblanadi. Ziyoratchilar qaytishda o‘zlari bilan suvdan olib ketib, ko‘pchilikka 
tarqatadilar. Hoz. Makkada suvni turli hajmlardagi idishlarga kuyadigan moslama ishga 
tushirilgan. 
Z suvi o‘ziga xos xususiyatga ega. Tarkibi kishi tanasi uchun foydali ma’danlarga boyligi, 
oshqozon-ichak, qon tomiri va b. ba’zi kasalliklarga davo ekani aniklangan. Shu bois "Z 
suvi salomat kishi uchun taom, kasalmandlar uchun shifobaxshdir" deyilgan hadisi 
sharifda.  
 
 
ZANGI OTA, asl ismi Oyxo‘ja ibn Toshxo‘ja (? - 1258) — avliyo, hakim. Toshkentda 
tug‘ilib, yashagani haqida ma’lumotlar bor. Ahmad Yassaviyning ustozi Arslonbob 
eshonning avlodi (avarasi). O’ta qora tanli bo‘lgani uchun zangi (zanji) deyishgan. 
Tasavvufni targib qilgan. El-yurt molini boqib podachilik bilan shug‘ullangan. Rivoyat 
qilishlaricha, uning qaramog‘idaga mollar yaylovda o‘tlab kechqurun uyga qaytishda 
kishilarning ekinzorlariga kirmas, o‘t-o‘landan bir chimdim ham yemas ekan (shu sababli 
chorvadorlar Z.o.ni o‘z pirlari deb hisoblaydilar). Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Zangi 
ota Hakim ota (piri)dan diniy bilimlarni olib, shu bilan birga mustaqil aql va ilm hosil 
qilgan. Hakim otaning asl nomi Sulaymon Boqirgoniy bo‘lib, u zot so’fiy shoir bo‘lgan, 
Ahmad Yassaviyning xalifasi edi. Hakim ota vafot etganidan keyin, oradan ma’lum vaqt 
o‘tgach Z.o. u zotning bevalari bo‘lmish bibi Anbarga Xorazmga sovchi yuboradilar va o‘z 
nikohiga oladi, Anbar bibidan bir necha farzandlar ko‘radi. Z.o. maqbarasi O’rta 
Osiyodaga g‘oyat ajoyib tarixiy va me’moriy obidadir. U 14-a.ning 90-y.larida qurilgan. 
Bu hakdagi bir rivoyatda, Amir Temur Yassaviyning qabrini ziyorat qilgani keladi va qabr 
ustiga maqbara qurishga farmoni oliy beradi, ustalar ishga kirishadilar, lekin har kuni 
kechasi devor kulab tushaveradi. Bu qiziq bir sinoat edi. Shunda Ahmad Yassaviyning 
ruhlari paydo bo‘lib, mendan avval shoshlik (toshkentlik) Z.o. (Oyxo‘ja)ga maqbara 
quringlar, degan ekanlar. Bu voqeadan keyin Yassi sh.dan Z.o. maqbarasigacha odamlar 
qator turib g‘ishtlarni qo‘lma-qo‘l uzatishgan emish. Z.o. qabrini me’moriy obidalar 
majmui ham deyiladi. Zero, u darvozaxona, minor-mezona, masjvd, madrasa, xonaqoh, 
shiypon, hovuz, Zangi ota va umrdoshlari Anbar bibi maqbaralaridan tashkil topgan. 
Olimlarning fikricha, maqbara uslubiy jihatdan Samarqand sh.dagi obidalarga 
o‘xshashligi chindanda, uning Amir Temur tomonidan qurilganidan dalolat beradi. Z.o. 
va Anbar onaning qabrlari Toshkentdan 16 km jan.da, Zangaota tumanidagi Zangaota 
qishlog‘ida. Bu maskan katta ziyoratgoh hisoblanadi. 
 
 
ZANGI OTA MAJMUASI - Toshkent viloyati Zangi ota qishlog‘idagi me’moriy yodgorlik 
(15-20-a.lar). Z.m. Zangi ota, Anbar bibi maqbarasi, darvozaxona, madrasa, masjid, 
xonaqoh-shiypon, minora va hovuzdan iborat. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
332
Anbar bibi maqbarasi, hovuz, shiypon va darvozaxona alohida-alohida qilib kurilgan. 
Zangi ota maqbarasi esa madrasa va masjid bilan yonma-yon tushgan bo‘lib, hovliga 
shim.-sharq va shim.-g‘arbdagi darvozalar orqali o‘tiladi. Minora ham shu hovlining 
o‘rtarog‘iga, masjid va maqbaraga yaqinroq qilib kurilgan. Z.m.ga ikki tomoni terakzorli 
xiyobon orqali boriladi. Majmuaga jandan qad. qabriston tutashgan, uning atrofi devor 
bilan o‘ralgan. Zangi ota maqbarasi peshtoqi hovliga qaragan, qolgan uch tomoni esa 
qabristonga yondosh qilib qurilgan. 
Zangi ota maqbarasi dastlab 4 xonali (ziyoratxona, go‘rxona va uning ikki yonida kichik 
xona qoldikdari saqlangan), bezaksiz bo‘lgan. Ichki xona devorlari ravokli chorsi 
asosdan, burchaqlaridagi bag‘al sakkiz qirrali, gumbazlari har xil. Darcha va tobodonlar 
ishlangan. Go‘rxonadagi oq marmar qabrtoshiga nafis o‘yma naqsh va arabiy xatlar 
bitilgan. Keyinchalik maqbara oldiga peshtoq qurilib koshinkori bezak berilgan. Peshtoq 
va xonalar tashqi devori, ziyoratxona va go‘rxona poygumbazi sayqallangan g‘ishtchalar, 
o‘ymakor rang-barang koshinlar bilan bezatilgan. Ichki xona idorasi parchinli, mehrobiga 
"P" shaklida koshin va arabiy yozuv bitilgan. Gumbaz osti bezaklari ustiga zarhal 
berilgan. Peshtog‘idagi namoyon hoshiyalari sopol, sirkor gasht va yig‘ma koshin terilib, 
unga sakkiz burchaqli turunjlar ishlangan. Maqbara Amir Temur tomonidan qurilganligi 
(14-a. 90-y.lari) va Ulug‘bek davrida (15-a.ning 20-y.lari) bezak ishlari bajarilganligi 
aniqlangan. 16-17-a.larda peshtoq va gumbazlari ta’mirlangan. Maqbara yoniga bir 
qavatli madrasa va namozgoh masjidi kurilgan (1832). Madrasa bir qavatli qator hujra, 
2 darvozaxona va 3 yirikroq xona (darsxona)dan iborat. 1870 y.da Z.m. ta’mirlanib, 
namozgoh masjidining peshayvoni qurilgan. Qo‘qonlik usta hoji Muhammad bezagan. 
Majmua atrofi obodonlashtirilib, tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.  
 
 
ZARAZMIY, Abul Hasan Ali ibn Xujr as-Sa’diy al-Marvaziy az-Zarazmiy (771-858) -
muhaddis, faqih, adib. Marv viloyatidagi Zarazm qishlog‘ida tug‘ilgan. Iroq va Xijozdagi 
shaharlar bo‘ylab ko‘p sayohatlar qilgan. Undan ta’lim olish uchun huzuriga turli 
mamlakatlardan olimlar kelishgan. Sam’oniy Z.ning 10 ta ustozi va 7 shogirdini sanab 
o‘tadi. Z fiqh va hadisga oid 3 ta asar yozgan. Zarazm qishlog‘idagi qabri ziyoratgoh 
bo‘lgan.  
 
 
ZAHABIY, Abu Abdulloh Shamsuddin Muhammad ibn Ahmad (1274, Damashq -1348) -
mashhur tarixchi va muhaddis. Damashq va Qohira madrasalarida tahsil olgan, so‘ng 
Damashq madrasasida mudarrislik qilgan. Islom olamida tarix va hadis allomasi sifatida 
shuhrat qozongan. 12 jildli "Tarix al-Islom" ("Islom tarixi"), "Al-Ibar" ("Ibratlar"), "Siyar 
an-nubalo" ("Olijanob kishilar siyratlari"), 'Tabaqot al-huffoz" ("Hadis hofizlari 
tabaqalari"), "Tabaqot al-qurro’" ("Qorilar tabaqalari"), "Miyzon al-i’tidol fiy naqd ar-
rijol" ("Hadis roviylariga baho berishning adolatli mezoni") kabi islom tarixi va hadisga 
doir ko‘plab asarlar yozgan. Bulardan eng mashhuri "Tarix al-Islom" asari bo‘lib, unda 
O’rta Osiyo, jumladan Movarounnahr tarixining o‘rganilmagan jihatlarini 
oydinlashtiruvchi ko‘plab muhim ma’lumotlar bor.  
 
 
ZIYOVUDDIN ibn ESHON BOBOXON (1908 - 1982) - muftiy, diniy arbob. Dastlab o‘z 
otasi Eshon Boboxon Abdumajidxon o‘g‘li qo‘lida, so‘ngra Toshkentdagi Baroqxon, 
Ko‘kaldosh madrasalarida tahsil ko‘rgan (1923-31). Qohiradagi al-Azhar dorilfununini 
tugatgan (1947). Z.E.B. O’rta Osiyo va Qozogaston musulmonlari diniy boshqarmasi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
333
tashkiliy qo‘mitasida bosh kotib (1942), diniy boshqarma raisining o‘rinbosari (1943-57), 
raisi (1957-82). Toshkentda Imom Buxoriy nomidaga Islom in-tini tashkil etdi (1969) va 
unga bevosita rahbarlik qildi. Uning sa’yi harakati bilan Buxorodagi "Mir Arab" madrasasi 
faoliyati qayta tiklandi (1945). Sobiq Sovet Ittifoqi va bir qancha musulmon 
mamlakatlarida o‘tkazilgan yirik xalqaro diniy anjumanlarning tashkilotchisi yoki faol 
ishtirokchisi sifatida turli xalqlar va dinlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilishiga harakat 
kdpdi. Masjidlar bo‘yicha Butunjahon Oliy Kengashi a’zosi etib saylandi (Makka, 1976). 
Ziyovuddinxon diniy merosni keng targ‘ib va tashviq qilishdan tashqari ilmiy, adabiy 
faoliyat bilan ham shug‘ullangan. Ibn Sinoning gagaenaga oid kitobini o‘zbek va rus 
tillariga o‘gargan (Abu Ali ibn Sina, Traktat po gigiene, T., 1982). Ziyovuddinxonning 
"Diyorimizda islom va musulmonlar" asari (1979, rus tilida)da islom dinining mohiyati 
ochib berilgan, u barcha zamon va xalqlar uchun salohiyatli din, uning tamoyillari barcha 
yaxshi niyatli kishilarning orzu-umidlari bilan hamohang ekani ko‘rsatilgan. Futuhiy 
taxallusi bilan she’rlar bitgan. Xalqlar o‘rtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida do‘stlik va 
hamjihatlikni mustahkamlash ishiga hissa qo‘shgani uchun Iordaniya, Suriya, Marokash 
va Misr Arab Respublikasining oliy ordenlari bilan takdirlangan. 1998 y. tavalludining 90 
yilligiga bag‘ishlab Toshkentda ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazildi. Toshkentdagi Qaffol 
ash-Shoshiy qabrlar majmuasida otalari Eshon Boboxon yoniga dafn etilgan. 
 
 
ZIYORAT (arab. - biror yerga yoki shaxs huzuriga borish) - muqaddas joylarga, mozor 
va qabristonlarga borib, muayyan rasm-rusumlarni bajarib kelish. Z marosimi odatda 
qabr tepasida Qur’onning ayrim suralari (ayniqsa Fotiha surasi)ni o‘qib, marhum haqqiga 
duo qilish, shuningdek xayr-ehson, sadaqa berish kabilardan iborat. Islom dini aqidasiga 
ko‘ra, aziz-avliyolarning maqbaralariga Z uchun borilganda ularning ruhlaridan madad 
so‘rapshik, hojatlar ravo qilinishi, dardlarga shifo berilishi, farzand ato etilishi kabi 
iltijolar nojoizdir. Chunki, bu kabi amallarni ro‘yobga chiqarish faqat Allohning 
ixtiyoridadir. Z qilinuvchilar payg‘ambar bo‘ladimi, avliyo yoki tariqat shayxi bo‘ladimi, 
ulardan najot so‘rash o‘rniga haqlariga duoi xayr qilish, sadaqa-ehson savoblarini 
ularning ruhlariga hadya etish o‘rinlidir. Islomda shaxsga sig‘inish shirk sanaladi. 
Muhammad (sav) o‘zlarining bir hadisi shariflarida aytganlar: "Qabristonlarni ziyorat 
qilib turingazlar, zero u oxiratni eslatadi". Oxiratni eslash esa, kishini yovuzlikdan 
uzoqlashtirib, ezgulikka yaqinlashtiradi. 
 
 
ZIYORATGOH - q. Muqaddas joylar.  
 
 
ZIKR, zikr tushish (arab. yodga olish, eslash) - tasavvufda xudoni yodga olish bilan 
bog‘liq marosim. Ilohiyotchilar Allohni yodga olish zarurligini Qur’oni karimning "Allohni 
zikr qilish bilan qalblar orom olur" (13:28) degan oyati bilan bog‘laydilar. Z ovoz chiqarib 
(zikr al-jahriy) va ovoz chiqarmasdan (zikr al-xafiy) tushiladi. Ovoz chiqarib Z tushish 
O’rta Osiyoda ham keng tarqalgan. Bunda bir guruh so’fiylar avval davra qurib o‘tiradi, 
bir kishi (qavvol) muayyan iboralarni ma’lum ohangda o‘qiydi, unga ayrim musiqa 
asboblari jo‘r bo‘ladi; bora-bora kishilar o‘rnidan turib, o‘ziga xos harakatlar qila 
boshlaydilar. Z vaqtida so’fiy va darvishlar "Alloh hayy" (Alloh tirik); "la iloha illalloh" 
(Allohdan o‘zga ma’bud yo‘q); "Allohu akbar" (Alloh -eng ulug‘); "al hamdu lilloh" 
(Allohga hamdu sanolar)" va b. so‘zlarni takrorlaydi. Uzoq vaqt takrorlangan so‘zlar, 
musiqa va raqs natijasida Z tushayotgan o‘zligani unutadi, Allohdan boshqa hech kim va 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
334
hech narsani yodiga keltirmaydi. Zotan so’fiylar uchun Z tushishdan asosiy maqsad 
Allohga yaqinlashishdan iborat. Z mavlud va boshqa diniy marosimlarning tarkibiy 
qismiga aylangan. 
 
 
ZIMMIY (arab. birovning zimmasidagi shaxs), ahli zimma- islom davlati soyasida 
yashaydigan g‘ayridinlar. Ya’ni, ular dini, joni, moli va b. sohalarining tinch-omonligi 
musulmonlar zimmasida bo‘lganlardir. Ular bilan ahdnoma tuzilganda musulmonlar ana 
o‘sha narsalar ila ularni ta’minlashni o‘z zimmalariga olganlar. Payg‘ambar (sav) 
davrlarida Madinai Munavvarada yahudiylar musulmonlar bilan ahdnoma asosida axli 
zimma bo‘lib tinch-omon o‘z dinlariga amal qilib yashaganlar. Abu Bakr Siddiq (ra)ning 
davrlarida ham ana o‘sha siyosat davom etdi. Umar ibn Xattob (ra)ning Baytul Makdis 
nasorolariga bergan ahdlari va ular bilan qilgan muomalalari islomda Zlarga bo‘lgan 
munosabatning namunasidir. U kishi Jobiyada turganlarida huzurlariga Iliya axli kelib 
omonlik so‘rashdi. Ular bilan jizya berish haqidagi sulh tuzildi va quyidagi ahdnoma 
yozildi: "Bismillahir roxmanir rohiym. Ushbu Allohning bandasi, mo‘minlarning amiri 
Umar Iliya axliga bergan omonlikdir. U ularning jonlariga, mollariga, cherkovlariga, 
xochlariga, bemorlariga va sog‘lariga hamda barcha millatiga omonlik berdi. Ularning 
cherkovlari maskan qilinmaydi, buzilmaydi va cherkovlar, ulardagi narsalar, xochlar 
hamda ularning molu mulklaridan biror narsa kamsitilmaydi. Ulardan biror kishiga zarar 
etkazshshaydi. Iliyada ular bilan birga birorta ham yahudiy maskan tutmaydi. Ahli Iliya 
zimmasida xuddi ahdi Madoin bergandek jizya berish bordir. Rumlarni (vizantiyaliklarni) 
va o‘g‘rilarni chiqarish ularning zimmasidadir. U yerdan kim chiqsa, to omonlik yeriga 
yetib olgunicha joni ham, moli ham omonda bo‘ladi. Ulardan kim muqim qolsa, u ham 
omondadir. Uning zimmasiga ham axli Iliyaga bo‘lgan jizya lozim bo‘ladi. Ahli Iliyadan 
kim joni va moli ila Rumlar bilan ketishni va ibodatxona hamda xochlarini qoldirishni 
istasa, ular omoshtik joylariga yetib olgunlaricha o‘zlariga ham, ibodatxona hamda 
xochlariga ham omonlik bor. U yerda yer ahdidan kim bo‘lgan bo‘lsa, ulardan kim 
qolishni istasa qolaveradi. U ahdi Iliya o‘tagan jizyani o‘taydi. Kim istasa, axli Rum bilan 
ketaveradi. Kim istasa, axliga qaytib kelaveradi. Hosillarini yig‘ib olmagunlaricha ulardan 
hech narsa olinmaydi. Qachon ular o‘z zimmalaridagi jizyani bersalar, ushbu 
maktubdaga narsalarda Allohning ahdi, Uning Rasulining zimmasi, xalifalarning zimmasi 
va mo‘minlarning zimmasi bor". Ushbu ahdnomani Iliyaning a’yonlariga olib 
borishganvda ular cheksiz kuyundilar. Bunchalik kengliklar va himoyalar bo‘lishi ularning 
yetti uxlab tushlariga ham kirmagan edi. Bir ming to‘rt yuz yildan ko‘proq oldin yozilgan 
ushbu hujjatda Islom davlatining g‘ayridin kishilarga qandoq munosabatda bo‘lishi 
ko‘rinib turibdi. Ular to‘liq erkinlik, haq-huquqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi ham yaqqol 
ko‘rinib turibdi. Shuning uchun ham o‘sha paytlarda ko‘pgina g‘ayridin xalqlar va 
jamoalar o‘z dindoshlari hukmidan ko‘ra musulmonlarning hukmini afzal ko‘rganlar. 
Bunga misollar ko‘p. Buni insofli g‘ayridin bohislar kitob qilib yozganlar. Ana o‘sha 
narsani hozirgacha birov qila olgani yo‘q. Hoz. xorijiy Sharkdaga musulmon 
mamlakatlarida Z haqidagi tasavvur borgan sari yo‘qolib bormoqda, qaysi dinda 
ekanidan qati nazar barcha fuqarolar umumiy qonunga itoat etadilar. 
 
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling