Islom ensiklopediyasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- QURBON HAYITI
www.ziyouz.com kutubxonasi 240 lozim. Ayrim hollarni hisobga olmaganda, Q.lar faqihlar orasidan chiqqan. Garchi, Q.lik nasldan naslga o‘tishi mumkin bo‘lmasa-da, ko‘pincha bunday lavozimga ko‘p yillar davomida bir oila vakillari tayinlanib kelgan. 8-a.dan boshlab Q. faqihlar va muftilarga o‘xshab alohida kiyim kiygan, bu tartib ko‘p mamlakatlarda hozirgacha saqlanib keladi. Hoz. vaqtda Q. shariat sudlariga rahbarlik qiladi, bu sudlar urf-odat, oila, xususiy va qisman jinoyat huquqiga taallukli ishlarni ko‘rad QORA TOSH (arab. al-Hajar al-asvad) -musulmonlar ziyorat qiladigan tosh. Kumush chambar bilan birlashtirilgan bir necha bo‘lakdan iborat. U Ka’ba devorlaridan biriga tashqarvdan joylashtirilgan. Makkaga hajga borgan musulmonlar Q.t.ni o‘pib yoki qo‘l tekkizib ziyorat qiladi. Q.t. islomda mo’tabar hisoblangan narsalardan biri. Shariatga ko‘ra, umra yoki haj ziyoratiga borgan odam Q.t.ni o‘pishi yoki qo‘lining ichki tarafi bilan unga ishorot qilib, so‘ng qo‘lini o‘pishi (istilom) sunnat amallardan hisoblanadi. QORI (arab. - o‘quvchi) - Qur’onning barcha suralarini yod olgan va qiroat bilan o‘qiydigan kishi. Q.larni tayyorlaydigan maktablar (qorixonalar) musulmon mamlakatlarda keng tarqalgan. QORIXONA - qorilar tayyorlanadigan diniy o‘quv yurti. Dastlab arab mamlakatlarida, keyinchalik O’rta Osiyoda paydo bo‘lgan. Qlar odatda eski maktablar qoshida va katta mozorlar yonida ochilgan. Q.ga eski maktabni tugatgan 10 yoshdan katta o‘g‘il bolalar qabul qilingan. Q.lar xususiy bo‘lib, domlalar daromadi bolalar hisobiga bo‘lgan. Q.da bolalar 3-4 yil o‘qitilgan. O’qish jumadan tashqari har kuni ertalabdan kechgacha davom etgan. Diniy bayram kunlari mashg‘ulotlar to‘xtatilgan. Q.da, asosan, Qur’oni karim suralari yodlatilgan. Qur’onni yod olgan bola Q.ni tugatgan hisoblangan. O’rta Osiyoda, ayniqsa, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo‘qonda Q.lar ko‘p bo‘lgan. QOSHONIY (yoki al-Qoshiy), Kamoliddin Abdurazzoq ibn Ahmad ('? - 1329) - yirik mutasavvif va sharxlovchi. Uning tarjimai holiga oid ma’lumotlar oz. Qoshonda tug‘ilib o‘sgan. Nuriddin Abdusamadning shogirdi, Ibn Arabiy va uning vahdati vujud ta’limotining ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Mana shu asosda u vahdat ash-shuhud ta’limoti asoschisi va Ibn Arabiyning tanqidchisi Alo ud-davla Simnoniy (1336 y. v.e.) bilan yozma munozaraga kirishgan va unda, Jomiyning so‘zlariga qaraganda, g‘olib chiqqan. Ibn Arabiy, Ansoriy, Ibn al-Faridning tasavvufga oid asarlariga sharh yozgan. Q.ning mustaqil asarlari jumlasiga Qur’onga yozilgan kamida 2 sharh, "Latoif al a’lom", "Risola fi-l-qada va l-qadar", so’fiylikka doir terminlarning mashhur lug‘ati "Istilohot as-so’fiya" va b.ni kiritish mumkin. Ibn Arabiyning ko‘plab g‘oyalari Q.ning mohirona sharxlari tufayli keyinga avlod so’fiylariga yetib kelib, keng tarqalgan. QO’IM - shialik aqidasiga ko‘ra, g‘ayriqonuniy hokimiyatga qarshi ko‘tarilib (qo’im) yer yuzida adolat o‘rnatish uchun kelishi kutilayotgan "Payg‘ambar oilasi" a’zosi (Oli Muhammad)ni anglatuvchi atama. Mahdiylik g‘oyalari shialik muhitida islomning butun tarixi mobaynida rivojlanib va singdirib kelindi. Q. haqidagi tasavvur 8-a. boshida Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 241 Muhammad ibn al-Hanafiya (taxm. 700 y. v.e.)ning "qaytishini" kutgan kaysoniylar muhitida paydo bo‘lgan. 8-a.ning taxm. 70-y.laridan Ali(kv) xonadonidan bo‘lgan Q.ning qaytishi g‘oyasini ilk ismoiliylar, xususan, muborakiylar - Muhammad ibn Ismoil ibn Ja’far imomligi tarafdorlari targ‘ib qila boshladilar. Qarmatlar ularning g‘oyaviy izdoshlari edi. Imomiylar va ismoiliylar muhitida Q. ko‘pincha Mahdiy ("to‘g‘ri yo‘ldan boshlovchi") bilan aynan bir deb hisoblanadi. Bu - Ali xonadoniga mansub "yashirin" imom Qiyomatga yaqin paydo bo‘lishi lozim. Kelishi kutilayotgan Mahdiyga ishonish shialikdagi asosiy aqidalardan biri. Agarda sunniylar uchun kutilayotgan Mahdiy - "Payg‘ambar (as)ning so‘nggi o‘rinbosari (xalifasi) bo‘lsa, shialar uchun Q. Mahdiy - "ilohiy ko‘rsatma"ga ko‘ra, to‘la hokimiyatga ega bo‘lgan va mutlaq begunoh hukmdor. Bu - "mavjudlik kugbi" (kutb al-vujud), u tufayli yerda hayot mavjud. QUBBAT as-SAXRA ("Qoya gumbazi") -Quddusdagi al-Harom ash-Sharif markazidagi, qadimdan e’zozlanib kelingan qoya ustidagi gumbazli masjvd, Ibrohim (as) Ismoil (as)ni shu qoya ustida qurbonlikka keltirishga jazm etgan. Musulmon an’anasi uni isro’ va me’roj voqeasi bilan bog‘laydi. Q. as-S. islomning eng muqaddas ziyoratgohlaridan, o‘rta asrlarda muqaddasligi bo‘yicha 3- (Makka va Madinadaga masjidlardan keyin) bo‘lgan. Abdulmalik davrida qurilgan (686-691). Musulmon diniy me’morligining eng noyob yodgorliklaridan biri. Qoya uzra diametri 20,5 m va bal. 30 m bo‘lgan tumbaz qad ko‘targan. Bu yerda Muhammad (sav)ning mo‘yi muboraklari saqlanadi. Salib yurishlari davrida Q. as-S. cherkovga aylantirilgan, bu davrdan xotira sifatida yog‘och ayvon (minbar) saqlanib qolgan bo‘lib, u Qur’on qo‘yiladigan taglikka aylantirilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Q. as-S. o‘zining ulug‘vorligi bilan Quddusdagi xristian cherkovlarini o‘z soyasida qoldirib ketish maqsadida qurilgan. QUDDUS, Bayt ul-Muqaddas, Bayt ul-Makdis, Ierusalim (arab. - al-Quds) -xristianlar, yahudiylar va musulmonlarning muqaddas shahri. Q.da arab madaniyatiga oid yodgorliklar: Qubbat as-Saxra (7-a,), al-Aqso masjidi (8-a.) va b. bor. QURAYSH - Makkada yashagan arab qabilasi. Shu qabilaning hoshimiylar xonadonida Muhammad(sav) tugilganlar. Qdiniy yozuvlar, dunyoviy adabiyotlar va og‘zaki rivoyatlarda ko‘proqtilga olinadi. Qur’onning 106-surasi Q. nomi bilan ataladi. Islomning paydo bo‘lishi arafasida Q. zodagonlari savdo-sotiq tufayli ancha boyigan, Makkada pul muomalasi, sudxo‘rlik, qul savdosi kuchaygan. Islom paydo bo‘lib, markazlashgan davlat vujudga kelishi bilan Qlar katta siyosiy mavqega ega bo‘lgan. QURBON HAYITI - q. Hayit QURBONLIK (arab. manosik - yaqinlik. xudoga yaqinlashuv) - xudoga yaqinlashish VA uning rahm-shafqatiga sazovor bo‘lish uchun xudo yo‘liga jonlik so‘yish. Dastlabki davrlarda ko‘p xalqlarda, jumladan, islomdan ilgarigi arablarda qullarni, o‘z farzandlarini qurbon qilish odati bo‘lgan Qur’onning 108-Kavsar surasida xudo jannatdagi kavsar hovuzini ato etgani uchun jonliq so‘yib Q. qilish haqida so‘z boradi Muhammad (sav)ning Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 242 tarjimai hollari hisoblangan Siyrada Zamzam bulog‘i suvi kamayib turganda Muhammad (sav)ning bobolari Abdulmuttalib suvni ko‘paytirishni xudodan tilab o‘z o‘g‘illaridan birini Q.ka atagani haqida rivoyat saqlanib qolgan Davrlar o‘tishi bilan insonni qurbon qilish odatini hayvonni qurbon qilish odati egallagan. Qur’on bo‘yicha Ibrohim (as) Allohning buyrug‘iga ko‘ra, o‘z o‘g‘li Ismoil (as)ni qurbon qilishga qaror qilganda, Alloh uni to‘xtatib, bolaning o‘rniga qo‘chqor so‘yishni buyurgan (37:99-107). Islomda Q. haj marosimining qat’iy va majburiy qismlaridan biriga aylangan: hajda ishtirok etganlarning har biri bittadan jonliqni Q qilishi shart. Bu talab islomda farz deb belgilangan. Hajda ishtirok etmagan musulmonlar esa, haj kunlari qurbon xayitini bayram qiladi. O’sha kuni har bir o‘ziga to‘q-g‘aniy musulmon Q. qilishi lozim hisoblanadi Islom ta’limotiga ko‘ra, Q. qilishi vojib bo‘lgan musulmon nisobga (zakot berishga) qodir bo‘lishi lozim. Ammo, nisobga ega bo‘lmagan kishi Q. qilsa savob olib, qilmasa gunohkor bo‘lmaydi. Q. uchun so‘yiladigan hayvon - qo‘y, mol, tuya Bir qo‘yni bir kishi Q. qilishi mumkin. Mol tuyani esa, bir kishidan to yetti kishigacha bir bo‘lib Q. qilishlari mumki QUR’ON (arab. - o‘qimoq, qiroat qilmoq jamlash) - musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Q. o‘zidan oldin nozil bo‘lgan barcha ilohiy kitoblarning ma’no, hikmat va ahkomlarini o‘zida jamlaganiga ishorat bordir. "Ulumul Qur’on" ilmi ulamolari Q.NI quyidagacha ta’riflaydilar: "Q. - Alloh taoloning Muhammad (sav)ga vahiy orqali nozil qilgan, tavotur ila naql qilingan, ibodatda o‘qiladigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir". Tavotur ila naql qilingan, degani esa, kalomni yolg‘onga chiqarib bo‘lmaydigan darajada ko‘p sondaga kishilar tomonidan naql qilinishiga aytiladi. Ularning hammalari ishonchli odamlar bo‘lib, biror og‘iz yolg‘onga yaqinlashmagan, ko‘pliklari jihatidan yolg‘onga kelishib olish imkonlari ham yo‘q bo‘ladi. Q.ning birinchi kalimasidan oxirgi kalimasigacha, aynan xuddi shu tariqada nakd qilingan. Q.ni Allohdan vahiyning amiyni - ishonchli sohibi bo‘lmish, Jabroil (as) Muhammad (sav)ga naql qilgan. Muhammad (sav)ga Q. oyatlari Jabroil (as) tomonidan qandoq yetkazilishini ko‘pchilik sahobalar o‘z ko‘zlari ila ko‘rib, kuloklari ila eshitib turganlar. Buning ustiga har safar vahiy nozil bo‘lgandan so‘ng, Muhammad (sav), menga mirzalarni chaqiringlar, deganlar va vahiyni yozuvchi sahobalar kelganlaridan so‘ng, Jabroil (as)dan oyati karimalarni qandoq qabul qilib olgan bo‘lsalar, shundoq qilib o‘qib berganlar. Mirzalik qiluvchi sahobalar oyatlarning har bir harfini ulkan ehtimom ila yozganlar, boshqa sahobalar esa, ana shundoq ehtimom ila yod olganlar. Muhammad (sav) 40 yoshga yetganlarida Makka atrofidagi tog‘lardan biridaga Hiro nomli g‘orda Q.ning birinchi oyatlari nozil bo‘la boshlagan. Bu jarayon Makkada o‘n uch yil, Madinada o‘n yil, hammasi bo‘lib yigirma uch yil davom etgan. Q. suralardan iborat, sura Q.ning bir bo‘laga bo‘lib, uch yoki undan ko‘p oyatni o‘z ichiga oladi. Q.da 114 ta sura bo‘lib, har birining o‘z nomi bor. Ba’zi suralarning ismi suraning avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan. "Sura" so‘zi lug‘atda, qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nolarini anglatadi. Ulamolar istilohida esa, sura - Qur’on oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Q. oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek, bir toifasiga sura, deyiladi. Q. karimdagi eng qisqa sura Kavsar surasi bo‘lib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir. Q. suralari ikki qismga bo‘linadi: 1. Hijratdan avval tushgan suralar - "Makka suralari" (Makkada tushgan) deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar - "Madina suralari" (Madinada tushgan) deyiladi. Muhammad (sav) Q. oyatlarini farishtadan eshitib, yodlab olar edilar. Keyin boshqa Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 243 musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olishardi. Shu bilan birga, yozishni biladigan odamlar, shu jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b kabi kishilar o‘zlariga muyassar bo‘lgan xurmoning po‘stlog‘iga, yapaloq toshlarga, katta suyaklarga, teriga, qog‘ozga va shunga o‘xshash narsalarga Q.ni yozib borganlar. Payg‘ambar (sav) ularga yangi tushgan oyat qaysi suradan ekanini va qaerda turishi lozimligini ko‘rsatib berganlar. Shunday qilib, yigirma uch yil davomida Q. farishta orqali tushib ham bo‘lgan. Payg‘ambar (as) va sahobalar yodlab ham bo‘lishgan hamda yozishni biladiganlar yozib ham bo‘lishgan. Muhammad (sav) hayotlik vaqtlarida, yana vahiy tushib qolar, degan umidda Q. jamlab kitob shakliga keltirilmagan. U kishining vafotlaridan keyin Q. kishilarning qalbida va yozgan narsalarida qoldi. Muhammad (sav)dan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr (ra) boshliq etib saylandi. Uning davrida dindan qaytganlar bilan musulmonlar orasida qattiq janglar bo‘ldi. O’sha janglarda Q.ni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar shahid bo‘ldilar. Shunda Umar Abu Bakrga, qorilar o‘lib ketaversa, Q.ga zarar yetishi mumkin, shuning uchun uni kitob shakliga keltirib jamlab qo‘yish kerak, degan maslahatni berdi. Abu Bakr Zayd ibn Sobit ismli sahobani chaqirib, bu ishni amalga oshirishni unga topshirdi. Chunki, Zayd ibn Sobit Payg‘ambar (sav) bilan juda ko‘p birga bo‘lgan, Q.ni eng yaxshi yod olgan va uni payg‘ambar huzurida yozgan, Payg‘ambar vafot etadigan yillari Jabroil farishtaga Q.ni avvalidan oxirigacha o‘qib o‘tkazganida birga bo‘lgan edi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob (ra) va b. Q. karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning mustahkam, ishonchli bo‘lishiga harakat qilib, masjidda: "Kimning qo‘lida yozilgan Q. bo‘lsa va uni Payg‘ambar huzurlarida yozilganiga ikkita guvohi bo‘lsa, bizga olib kelsin, Q.ni jam qilishga xalifaning buyrug‘i bo‘ldi", deb e’lon qiddilar. Ular masjidda o‘tirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniklik bilan bir yildan ortiq vaqtda Q.ni jamladilar. So‘ng ko‘pchilikka ko‘rsatdilar, hamma rozi bo‘ldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Q.ni kiyik terisidan ipshangan sahifalarga yozib bo‘ldilar va uni belidan bog‘lab, Abu Bakrning uyiga qo‘yib qo‘ydilar. U kishi olamdan o‘tgandan keyin sahifalar Umarning uylarida, u kishidan so‘ng esa, qizlari va payg‘ambarning xotinlari Hafsa binti Umar huzurida qoldi. Vaqt o‘tishi bilan Islom davlatining chegarasi kengayib, ko‘plab xalqlar ham musulmonlikni qabul qilib, musulmonlarning soni ko‘paygandan so‘ng Q.ni o‘qishda turlicha kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bu holatni ko‘rgan o‘sha vaqtdaga xalifa Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridaga sahifalarni so‘rab olib, undan olti nusxa ko‘chirishga buyruq berdi. Nusxalar tayyor bo‘lgandan so‘ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga bittadan qori qo‘shib jo‘natdi va hammaga faqat shu nusxadan Q.ni ko‘chirish va shu qoridan qiroat o‘rganishga buyruq berdi. Usmon (ra) Makkaga bir dona mushaf bilan birga Abdulloh ibn Soibni yubordi. Shomga bir dona mushaf bilan birga Mug‘iyra ibn Shihobni yubordi. Kufaga bir dona mushaf bilan birga Abu Abdurrahmon Silmiyni yubordi. Basraga bir dona mushaf bilan birga Omir ibn Abdul Qaysni yubordi. Madinada qolgan mushafdan odamlarga qiroat ta’limi berishni Zayd ibn Sobitga topshirdi. Usmon (ra) o‘zlariga bir dona mushaf oddilar. Bu mushaf Imom mushaf deb nomlangan. Keyinchalik,nusxa ko‘chirish yo‘lga qo‘yilishi jarayonida faqatgana Usmon davrida yozilgan nusxalarga suyanish joriy bo‘ldi. Oxiri kelib, har bir nusxaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida, bu nusxa Mushafi Usmonga muvofikdir, deb yozib qo‘yiladigan bo‘ldi. Shundoq qilib, Q.ning harflarini yozib uslubi bir xilligi ham saqlab qolindi. Bu ma’nodagi ehtiyotkorlik shu darajaga yetdiki, Q.ning harflariga biror nuqtachalik ham o‘zgarish kirmasin, degan qasd ila ulamolar, mushaf ichiga gul, daraxt bargi va shunga o‘xshash Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 244 boshqa narsalarni mutlaqo qo‘yib bo‘lmaydi, aks holda, o‘sha narsalar sahifaga yopishib qolsa, shubha paydo bo‘lishi mumkin, deb fatvo chiqardilar. Zamon o‘tishi bilan olib borilgan maslahatlardan so‘ng, kishilar Q.ni xato o‘qimasliklari va Q. qiroati haqida turli ixtiloflarga tushmasliklari uchun, mushaflarga fatha, kasra, zamma alomatlari qo‘yish kerak, degan fikrga to‘xtaddi. Bunda ham asl harflarga zarra o‘zgarish alomati kirmaslik shartlari ishlab chiqildi. Tarixda bu ish Q.ni nuqtalash, nomi ila sobit bo‘ldi. Chunki, mazkur o‘ta ahamiyatli ishni hazrati Alining amrlariga binoan amalga oshirgan olim Abul-Asvad ad-Dualiy yuqorida zikr qilingan alomatlarni harflarning usti, osti va o‘rtasiga qo‘yilgan nuqtalar ila ifodalagan edi. Keyinchalik, zamon o‘tishi bilan, vaziyat taqozo qilganda, boshqa alomatlar ham xuddi shunday ehtiyotlik va aniqlik bilan qo‘yib chiqildi. Zamon o‘zgarib, texnik taraqqiyot davri kelganda, Q.ni texnik jihozlar vositasida chop etish masalasi ko‘ndalang bo‘ldi. Ulamolar dastlab, bu ishga ruhsat bermadilar. Ular mazkur uslub ila chop etish Q.ning obro‘siga to‘g‘ri kelmaydi, degan tushunchaga | borgan edilar. Vaqt o‘tishi bilan musulmonlar ! ham chopxona ishlarini o‘zlashtirdilar, Q. karimni ko‘plab chop etishga ehtiyoj ortib bordi va ulamolar kerakli shartlarni qo‘yib, Q.ni chop etishga izn berdilar. Q. islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy va 1-manbaidir. Musulmon faqihlar | biror narsaning shariatdagi hukmini bilmoqchi bo‘lsalar, albatta, oldin Q.ga | murojaat qiladilar. O’sha o‘zlari izlayotgan ] hukm haqida Q.da biror hukm bo‘lsa, uni darhol I qabul qiladilar. Usha narsa Q.da bo‘lmagan taqtsirdagana sunnat, ijmo’, qiyosga murojaat qilishga o‘tadilar. Boshqa sohalarda ham xuddi shundoq. Hatto arab tili qoidalari ham Q.dagi so‘zlar va oyatlardan olingandir. Q. o‘ziga e’tiqod qiluvchi xalqlar hayotida va tarixida asosiy o‘rin tutgan kitobdir. Bu kitob mazkur xalqlarning ilm- ma’rifat, adabiyot, turmush tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari va dunyoqarashlari va b. narsalarda o‘zining salmoqli izini qoldirgan. Hozirgacha Q. son-sanoqsiz odamlar tomonidan ishonchli tariqada naql qilinib kelinmoqda. Bu naqlda asosiy e’timod yod olishgadir. Har bir qori o‘z shogirdiga har bir harf, har bir kalima, har bir oyat va xar bir surani o‘z ustozidan qandoq qabul qilib olgan bo‘lsa, xuddi ana shunday qilib yetkazishi shart. Shuning uchun ham har bir Q. o‘quvchi musulmonning kiroat bo‘yicha silsilasi Payg‘ambar (sav) yetib boradi. Ana shu silsilaga suyanilmasa, ya’ni avloddan avlodga o‘tib kelgan rasmiy qiroat izni bo‘lmasa, Q. o‘quvchi qori hisoblanmaydi. Q. qiroati to‘g‘ri bo‘lishi uchun ustozdan tajvid ilmini o‘rganish kerak. Shogird o‘z ustozidan har bir so‘z talaffuzini va b. kerakli narsalarni eshitadi va o‘zi tayyorlanib qayta o‘qib beradi. Ustozi oyat yoki surani to‘g‘ri qiroat qilinganiga rozi bo‘lganidan keyingana boshqa oyat va suralarni o‘rganishga o‘tiladi. Har bir musulmon uchun o‘ziga kerakli mikdorda Q.dan yod olish farz ayndir. Har bir musulmon jamiyatda o‘zlariga kerakli mikdorda Q.ni to‘liq yod olgan qorilar bo‘lishi farzi kifoyadir. QUSAM ibn ABBOS, ibn Abdulmuttalib ibn Xoshim al-Qurayshiy (taxm. 624-677) - sahobalardan. Muhammad (sav)ning amakivachchalari. Otasi - Abbos ibn Abdulmuttalib - Rasululloh (as)ning amakilari. Onasi - Rasululloh (as)ning zavjalaridan bo‘lgan Maymunaning singlisidir. G’iyosiddin Javhariyning yozishicha, hazrat Kusam payg‘ambar (as) vafot etganlaridan so‘ng ul zotni yuvganlardan biridir. Rivoyatga ko‘ra, Q. ibn A. bu paytda 8 yoshda bo‘lgan, uning aftu basharasi va qiliqlari butkul payg‘ambar (as)ga o‘xshash edi. Xalifa Ali ibn Abutolib (kv) davri (655-661)da Makka voliysi bo‘lgan. Muoviya davri (661-680)da Xuroson voliysi Said ibn Usmon bilan birga O’rta Osiyoni fath etishda qatnashgan. "Samariya"da yozilishicha, Said dinni kuchaytirmoq va shariat Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 245 hukmlarini yurgazmoq tilagida Q. ibn A.ni bir necha islom qo‘shini bilan birga Samarqandda qoldirgan. 677 y. sug‘diylar shaharga hujum qilgan. Samarqand sh.ning Namozgohida Qusam shahid bo‘lgan. Uni Banu nojiya qabristonida g‘or yonida (boshqa manbalarda - G’oziylar yonida) dafn etganlar. Sulton Sanjar Moziy zamonasida (1118 - 1157) o‘sha qabristonda "Qusamiya" madrasasi solingan. U Obi mashhad arig‘i yaqinida bo‘lgan Amir Temur davrida ushbu mozor imorat qilinib, turli bezaklar bilan bezatilgan. Xalq orasida Shohi Zinda ("Tirik shoh") nomi b n mashhur bo‘lgan bu yodgorlik o‘rta asr me’morchiligining eng noyob obidalaridan sanaladi. QUTAYBA ibn MUSLIM, al-Bohiliy, Ab Hafs (taxm. 660 - 715) - umaviylarning Xuroson va Seyistondagi noibi (705-715) sarkarda. U 705-715 y.lar orasida Movarounnahrning katta qismini (Romiton, 707; Varaxsha, Poykend va Buxoroni, 709 Shuman, Kesh va Nasaf, 710; Koshg‘ar, 713 715) Arab xalifaligiga tobe ettirgan. 715 y Qilichmozor degan joyda (hoz. Andijon viloyati, Jalolkuduq tumanida, Andijondan 20-22 km sharqi-jan. tarafda) isyon ko‘targan arab askarlari tomonidan o‘ldirilgan Narshaxiyning yozishicha, "Qutaybani qabri Fargonada mashhur bo‘lib u "Raboti Sarhang degan joyda, "Koh" deb ataladigan bir qishloqda joylashgan. QUTB - tasavvufdagi eng yuqori daraja Tasavvuf falsafasiga binoan, Q. komil inson Allohning yer yuzidagi "xalifasi", uning insoniyat bilan aloqasida vositachi. So’fiylikda Q. va b. yuqori martabalarga erishgan shu kabi zotlar haqidagi qaydlar Tustariy va Hakim Termiziy (9-a.) asarlarida uchraydi. 10-11 a.larga kelib, barcha so’fiylar Q.ni tan olishgan, deyish mumkin. Ular dunyoda bir vaqtning o‘zida faqat bir Q. yashashi mumkin deb hisoblashgan. Shu bois Q.ni "zamon qutbi' "zamon sohibi" va "zamon mardi" deb tavsiflashgan. So’fiylar fikricha, Q. dunyoda Allohga ma’qul keladigan tartibotni saqlab turishga da’vat etilgan. Q. oddiy insonlar kabi oila quradi, molu dunyo to‘playdi payg‘ambarlarning xalifalari sifatida xalqni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llab turadi. Lekin odamlar ularning Q. ekanligani sezmaydi. Q haqidagi ta’limot Ibn Arabiy va uning izdoshlari tomonidan bayon qilingan. QUSHAYRIY, Abulqosim Abdulkarim ibn Havozin (986-1072) - xurosonlik ilohiyotchi va so’fiy, tasavvufdagi mumtoz risola "ar- Risola fi ilm at-tasavvuf" ("Tasavvuf ilmi haqida risola") muallifi. Nishopur atrofidagi Ustuvo mavzesida dehqon-arab oilasida tug‘ilgan. Bolalikdan harbiy san’atdan (furusiya, isti’mol as-siloh), arab tili, adabdan ta’lim olgan. O’smirlik chog‘ida Nishopurga borib mashhur so’fiy-ash’ariy Abu Ali ad-Daqqoq bilan uchrashgan va tez orada uning sevimli shogirdiga, so‘ngra esa, kuyoviga aylangan. Ustozining maslahatiga ko‘ra, Q. Abu Bakr at-Tusiydan shofi’iya fiqhini, so‘ngra ash’ariya kalomini o‘sha davrning yirik allomalari Ibn Furoqa va Abu Ishoq al-Isfaroiniylardan o‘rgangan. Ad-Daqqoq vafotidan so‘ng Q. uning madrasasida so’fiylar majlisiga (majlis at-tazkir) rahbarlik qilgan. 1046 y. hajdan qaytgach, Q. madrasada hadisdan saboq bera boshlagan (majlis al-imlo) va tez orada Nishopurning eng ko‘zga ko‘ringan diniy arbobiga aylangan. Taxm. 1048 y.dan e’tiboran rahbarlaridan biri Q. bo‘lgan ash’ariy- shofi’iy guruhi nishopurlik hanafiylar tomonidan qattiq quvg‘in ostiga olingan. Hanafiylarni saljuqiylar vaziri al-Kunduriy qo‘llab-quvvatlagan. Q. qamoqqa olingan, so‘nfa tarafdorlari tomonidan ozod qilinib, Bag‘dodga ketgan, u yerda xalifa al-Qoim saroyida hadis ilmidan dars bergan. 1063 y. vazir xalifa g‘azabiga uchrab, so‘ngra qatl |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling