Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi
Download 219.41 Kb.
|
kurs ishi
Diqqatni ko‘chirish. Nizoli vaziyat rivojlanayotganligini anglaganilgan zahotiyoq biron narsaga diqqatni ko‘chirish, begona obyektlarga e'tiborni qaratish lozim. Bunday paytda vaziyatni hazilga yo‘yish, biron bahona topib xonadan chiqib ketish va umuman, vaziyatdan diqqatni chalg‘itish lozim.Aniqlanishicha, inson nizo bosqichlari, ularning har bir xususiyati haqida garchand ko‘p bilimga ega bo‘lmasin, o‘z-o‘zini idora etish doim ham oson ish emas. Shu munosabat bilan nizoli vaziyatni boshqarish malakasini shakllantiruvchi quyidagi osongina mashqni taklif etish mumkin. Har qanday nizoli vaziyat bo‘lib o‘tgandan so‘ng shu vaziyatning boshlanishi, rivojlanishi, har bir bosqichdan o‘tishini ko‘z oldingizdan o‘tkazing. Miyangizda xuddi kinofilmga o‘xshash tasavvurlar yordamida bo‘lib o‘tgan jarayonni qayta tasvirlang. Nizoning qaysi qismida tetik harakatqilganingiz va qayerda jarayon rivojalanishini to‘xtatish imkoniyatim bor edi, deb o‘zingizdan so‘rang. Shundan so‘ng ushbu voqea tasvirlangan “kinofilmni” teskari holda ko‘z oldingizdan o‘tkazing, ya'ni nizoning oxiridan toki boshlanish nuqtasiga qadar vaziyatni qayta tasavvur etib chiqing. Bir voqeani boshidan oxiriga va qayta tarzda jonlantirish o‘xshash vaziyatlarni nazorat eta olish imkonini yanada oshiradi, jarayonga sovuqqonlik bilan qarash, shu kabi vaziyat yana qaytalaganda uni chetdan kuzata olish malakasini yaratishda birinchi qadam bo‘lib hisoblanadi. Nizoning boshlang‘ich bosqichlarida vaziyatdan o‘zini ajrata olish qurbiga ega bo‘lgan odam xohlasa nizoni rivojlantirmay, bamaylixotir muhokama qilishi yoki bo‘lmasa, hozircha boshqa narsalarga diqqatini yo‘naltirgan holda o‘zga tomon yupangandan so‘ng yana masalani muhokama etishga qaytish imkoni bor.
Tashkilotda sodir bo‘layotgan har qanday nizo rahbariyat nufuziga putur yetkazishi mumkin. Sodir bo‘lgan nizodan so‘ng ishlab chiqarish samaradorligi ham keskin pasayadi, jamoada nosog‘lom muhit hukm suradi. Shuning uchun rahbardan nizolarning oldini olish tadbirlarini tashkillashtirish va agar sodir bo‘lgan paytda esa ularni malakali tarzda hal etish qobiliyati talab etiladi. Rahbar shaxsi, hatto, nizoli vaziyatni yumshatishdagi asosiy omil bo‘lib ham ishtirok etishi mumkin. Rahbarning shaxsiy madaniyati, nizoli va muammoli vaziyatga munosabati alohida ahamiyat kasb etadi. Rahbar ijodiy bo‘lsa, muammoga ko‘p tomonlama yondosha olsa, asta-sekin bu xislat uning qo‘l ostidagi xodimlar xulqida ham namoyon bo‘la boshlaydi. Bundan tashqari, keskin vaziyatga nisbatan rahbarning sokin munosabati, sovuqqonlik bilan mushohada qila olish qobiliyati nizoning yumshashiga shart-sharoit yaratadi. Nizolarga qo‘shimcha tarzda yana boshqa muammolar ham borki, inson resurslarini boshqarishda samaradorlikni keskin pasayishiga olib keladi. Inson resurslarini boshqairshda rahbar bir qancha muammolarga, xususan, psixologik muammolarga duch kelishi tabiiydir. Inson resurlarini boshqarishda mutaxassis hisoblanga Anna Jiorji bunday muammolar quyidagi sabablar orqali vujudga keladi, deb ta’kidlaydi: – Hamkasblar o‘rtasida nosog‘lom raqobat; – Rahbar va xodim orasidagi ziddiyat; – Xodimga yuklatilgan vazifalarning haddan ziyod ko‘pligi; – Moliyaviy taqchilik.6 HR sohasida ruhiy sog‘lik va salomatlik ish beruvchilar uchun eng muhim ustuvor vazifalarga aylanmoqda. Darhaqiqat, HR mutaxassislari ruhiy salomatlik va farovonlikni xodimlarning yetishmasligi va iste’dodlarni saqlab qolishdan keyin turuvchi uchinchi eng katta muammo deb ataydi. Ishda yuzaga keladigan nizolarning ko‘pchiligi xodimning psixologik jihatdan bezovtaligi, ruhiy xavotirdaligidan kelib chiqadi. AQSh hukumati ruhiy salomatlikni shaxsning hissiy, psixologik va ijtimoiy farovonligi sifatida belgilaydi. Shubhasiz, insonning ruhiy salomatligi uning qanday fikrlashi, his qilishi va harakat qilishiga hissa qo‘shadi va bu uning stressga chidamliligi va boshqalar bilan munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa tomondan, inson resurslarini boshqarish jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, salomatlik xodimning ham aqliy, ham jismoniy salomatligini anglatadi. Ish beruvchilar sog‘lomlikka e’tibor qaratganda, ular xodimlarga kasalliklar va uzoq muddatli sog‘liq muammolarining oldini olish uchun profilaktik yechimlarni taqdim etishga intiladi. Masalan, sport zaliga a’zolik, yoga mashg‘ulotlari va meditatsiya mashg‘ulotlari HR rahbarlari ishchilarning sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan usullarni taklif qilishadi. Ruhiy salomatlik xodimning ruhiy holatini anglatadi, sog‘lomlik esa uning umumiy sog‘lig‘ini anglatadi. Ba’zan, hatto HR sohasidagilar ham farovonlik so‘zini salomatlik bilan yanglishtiradilar, ammo farq bor. Farovonlik ishdan qoniqishni anglatadi. Albatta, farovonlik ruhiy salomatlik bilan bog‘liq. Agar xodimlar ruhiy salomatlik bilan bog‘liq bo‘lgan tashvish, yuqori stress yoki charchashni boshdan kechirayotgan bo‘lsa, ular ishda salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirishi mumkin. Pandemiya ish joylarida ruhiy salomatlik va sog‘lomlashtirish dasturlariga ehtiyoj borligini ko‘rsatdi. Ham ong, ham tana tinchlantirishga muhtoj ekanligini yana bir bor isbotlashdi. Pandemiya boshlanganidan ikki yildan ko‘proq vaqt o‘tmoqda hamki, mutaxassislar o‘z takliflarini oshirishda davom etmoqdalar. Nima uchun HR rahbarlari ruhiy salomatlik haqida qayg‘urishlari kerak? Nima uchun har qanday rahbar xodimlarning sog‘lig‘i haqida qayg‘urishi kerakligi barchamizga ayon, biroq buni biznes tomonidan qaraydigan bo‘lsak, o‘ziga xos sabablari mavjud. Xodimlarning ruhiy salomatligi va sog‘lig‘ining yomonligi ish beruvchiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Jumladan: Download 219.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling