Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi


Download 219.41 Kb.
bet12/18
Sana21.01.2023
Hajmi219.41 Kb.
#1106616
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
kurs ishi

Shaxslararo nizo. Mehnat jamoalarida nizoning bu turi ko‘plab uchraydi. Aksariyat rahbarlarning fikricha, bunday nizoning yagona sababi – xodimlar xarakterlarining o‘zaro nomutanosibligidir. Biroq, mazkur nizoga oid vaziyatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, shaxslararo ziddiyatlar asosida, ko‘p hollarda, obyektiv sabablar yotar ekan. Bulardan biri - tashkilotdagi resurslarning cheklanganligidir. Masalan, ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, ularga egalik kilish, ish vaqtiga va intizomga rioya etish, ishchi kuchiga bo‘lgan talabdan kelib chiquvchi muammolar shular jumlasidan. Odatda, har qanday xodim bunday resurslarga boshqa kimsa emas, balki aynan o‘zi muhtoj deb hisoblaydi. Rahbar bilan xodim o‘rtasida nizo yuzaga kelaganda esa, xodim o‘ziga ajratilayotgan ish hajmini adolatsiz deb hisoblashi, rahbar esa xodim ishga sovuqqonlik bilan qarayapti degan fikrda bo‘lishi mumkin.
Shaxs bilan guruh o‘rtasidagi nizo. Har qanday guruh ichida o‘zaro muomala, mehnat faoliyati va xulq-atvor normalari shakllanadi. Guruhning har qanday a'zosi bu normalardan kelib chiquvchi talablarni bajarishi shart. Qabul qilingan normadan chetlanish salbiy hodisa deb baholanadi va shaxs bilan guruh o‘rtasidagi nizoni keltirib chiqaradi. Nizoning bu turi hatto rahbar va unga itoat etuvchi xodimlar o‘rtasida ham sodir bo‘ladi. Masalan, rahbar tomonidan qo‘llanuvchi boshqaruv uslubining o‘zgarishi, ko‘p hollarda, u bilan xodimlar o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishi mumkin. Tashkilot miqyosida eng ko‘p muammolar guruhlararo va ijtimoiy nizolar asosida yuzaga keladi. Bunday nizolarni hal etishda rahbar o‘z maslakdoshlari va yordamchilar ko‘magiga mu htoj bo‘ladi.
Guruhlararo nizo. Mazkur nizo manbalaridan biri – jamoadagi rasmiy va norasmiy guruhlar o‘rtasidagi mavjud muamolardan kelib chiqadi. Masalan, tashkilot rahbariyati bilan xodimlar o‘rtasida, bo‘lim ichidagi norasmiy guruhlar orasida, ma'muriyat bilan kasaba uyushmasi o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar bunga misoldir.Afsuski, guruhlararo nizoning tez-tez uchrab turishiga misol qilib boshqaruvning oliy va nisbatan quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi kelishmovchilikni keltirish mumkin. Bunday nizo tashkilot nufuzi hamda mehnat samarasiga katta putur yetkazadi, xodimlar orasida sarosima va ikkilanish tarqatadi, kelajakka ishonchning yo‘qolishiga olib keladi va natijada mehnat motivasiyasi susayadi. Guruhlararo nizoning asosiy sabablaridan biri tashkilotda ijtimoiy raqobatning mavjudligidir. Bunda bir jamoa a'zolari boshqa guruhga xos bo‘lgan jihatlarni salbiy deb baholashadi, ularni yomon xulq-atvor egasi sifatida idrok qilishadi. Mazkur nizo natijasi sifatida o‘zga guruhga nisbatan tajovuzning yuzaga chiqishi kuzatiladi. Binobarin, guruhlararo nizo natijasida xodim o‘z guruhini nisbatan yuksak va ijobiyroq baholaydi. Guruhlararo nizoda psixologiya fanida “atribusiya” deb nomlanuvchi hodisa kuzatiladi va bunga muvofiq o‘zga tomon vakillariga asoslanmagan tarzda u yoki bu xislatlar mansub deb topiladi. Masalan, biron salbiy hodisalar uchun aynan begona guruh sababchi, deb hisoblash odatiy holga aylanadi.
Nizolarni tahlil etishda alohida o‘rinni ijtimoiy nizolar egallaydi.
Ijtimoiy nizo – sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy institut va jamoalarning to‘qnash kelishida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy nizo – o‘zida bir qancha jabhalarni mujassam etgan murakkab hodisadir. Bunday ziddiyatda qarama-qarshi tomonlar maqsad va manfaatlari, harakatning an'anaviy uslublari ifodalanadi.
Psixologiya fanida hissiyot inson munosabatlarini aks ettirish jarayoni, deb ta'riflanishi ham bejiz emas. Yuqoridagi ta’riflarga asoslanib quyida nizoli vaziyatni to‘xtatishning asosiy sharti va imkoniyati sifatida nizo predmeti doirasida harakat etish zarurati ta'kidlanadi. Bunday harakatda hamma e'tibor nima sababdan nizo kelib chiqqanligi va muammoni hal etishga intilish, iloji boricha shaxsiy munosabatni oshkora etish doirasiga o‘tib ketmaslik lozim.

Download 219.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling