Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi


Kurs loyihasining vazifalari


Download 46.07 Kb.
bet2/7
Sana22.01.2023
Hajmi46.07 Kb.
#1109023
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi.111

Kurs loyihasining vazifalari quyidagilarni tahlil qiladi:

  • Mehmonxona korporatsiyalarining vujudga kelishi va rivojlanishini o’rganish;

  • Mehmonxona korporatsiyalarini shakllantirishda turizm infratuzilmasining o‘rni;

  • Fransiyada mehmonxona korporatsiyalarining tashkil etilishi;

  • Fransiya mehmonxona korporatsiyalarining asosiy shakllari;

  • Fransiya mehmonxona korporatsiyalari salohiyati va istiqbolli loyihalar;

  • AccorHotelsGroup misolida Fransiya mehmonxonalar korporatsiyalari tahlili.

Kurs loyihasining obyekti va predmeti: Fransiyada asos solingan va butun dunyoga mashhur mehmonxona korporatsiyalari.
Kurs loyihasining tarkibiy qismi: Kirish, 2 bob, 4 reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan iborat.


I BOB. ZIYORAT TURIZMIDA OVQATLANTIRISH XIZMATLARINI BOSHQARISH
Amerika Milliy restoranlar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2005-yilda mamlakatda umumiy ovqatlanishda 913 ming korxona xizmat ko‘rsatib, 325 mlrd. dollar savdo tushumiga ega bo‘ldi va xizmat ko‘rsatish shtatlarida 9,8 mln. kishi qatnashdi.
Hozirgi vaqtda dunyoda restoranlar konsepsiyasi yirik savdo markazlarida yuqori sur’atda rivojlanmoqda. Bunday xizmatlar yordamida bu savdo markazlariga tashrif buyuruvchilar soni ortmoqda, natijada savdo hajmi 10-30% ga oshdi. Masalan: Buyuk Britaniyada 1000 ga yaqin shu turdagi restoranlar mavjud. Bu konsepsiyalarning xilma-xilligi savdo markazlaridagi bir qator kafe va restoranlardan tashkil topgan “Shaxobcha”lar konsepsiyasi bilan izohlanadi. London markazidagi “Meveniks Marshe” restoranida bitta bo‘limda bir vaqtning o‘zida 7 ta unchalik katta bo‘lmagan restoranlarga xizmat ko‘rsatiladi.
Turistlarni ovqat bilan ta’minlash tizimi turning shakliga, turistlarning kategoriyasiga, binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq. Ovqat bilan ta’minlash tartibi yo‘llanma, shartnoma, Vaucherda ko‘rsatiladi. qoidaga ko‘ra, nonushta turistlarga “shved stoli” tizimi shaklida beriladi bu o‘z-o‘ziga xizmat qilish va assortimentda mavjud bo‘lganlari o‘zlarining xohishlariga binaon amalga oshiriladi. Mehmonxonalarda ko‘pchilik nonushtalar kafeda-bufetda, restoranda yoki xonaga buyurtma berish orqali bo‘ladi. Minibar va oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. Ovqatlanishning “yarimpansion” shakliga ko‘ra turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechlik belgilangan vaqtda beriladi. “To‘liq pansion”da esa ovqatlanish 3-4 marta bo‘ladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinistik va boshqa turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlanish shakli (mustaqil) maxsus yarimfabrikat va konsenrantlardan mustaqil toam tayyorlashga asoslangan.



Download 46.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling