Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «elektronika va avtomatika» fakulteti «ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi


-rasm. Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi


Download 239.62 Kb.
bet2/5
Sana07.12.2020
Hajmi239.62 Kb.
#162029
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs iwi

1-rasm. Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi.
Shesternyalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. Shesternyaning bir marta to‘liq aylanishiga hisoblagich o‘lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgan suyuqlik miqdori shesternyaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi.

I holatda (1-rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishida aylantiradi, o‘ng shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishiga qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning 1-qismini chiqarib tashlaydi. II holatda shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini chiqaradi. O‘ng shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmni hisoblagichning chiqishiga uzatadi. Ish paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternyaga ham ta’sir qiladi. III holatda chap shesternya etaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini chiqaradi. IV holatda o‘ng shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap shesternya esa 2-hajmni hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-hajm batamom chiqariladi, ikkala shesternya ham yarim aylanishni bajarib o‘ng shesternya yana etaklovchi bo‘lib qoladi. Shesternyalar aylanishining ikkinchi yarimi yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning hajmi shesternyalar aylanishiga mos.

Ovalsimon shesternyali suyuqlik hisoblagichlari 0,8...36 m3/soat chegaradagi o‘lchashlarni ta’minlaydi. Shartli o‘tish diametrlari 15...80 mm, asbobning xatosi ±0,5%, ish bosim 1,57 mPa (16 kgk/sm2). Hisoblagich ishlashida quvurdagi bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm2).

Ovalsimon shesternyali suyuqlik hisoblagichlar turli xil neft mahsulotlarini o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi. Ular GOST 12671-81 * E 0.25 va 0.5 .. sinflariga muvofiq ishlab chiqarilishi kerak.



Hisoblagichlar 0.6, 1.6, 2.5, 4.0, 6.4 MPa bosim uchun va o‘lchanadigan suyuqlikning uchta harorat oralig‘i uchun ishlab chiqariladi: -40 dan +50 ° C gacha; -10 dan +60 ° C gacha va +60 dan +120 ° C gacha.

1.3. Barabanli hisoblagichlar.
Ular u yoki bu shakldagi bir nechta bir xil kattalikdagi o‘lchash kameralaridan tashkil topgan barabandan iborat. Barabanga suyuqlik kirganda og‘irlik markazining aylanish o‘qi bo‘ylab vertikaldan siljishishi, barabanning davriy yoki doimiy aylanishiga olib keladi. Gaz hisoblagichlarida, baraban kirish va chiqishdagi gaz bosimidagi farq natijasida doimiy ravishda aylanadi. Barabanli hisoblagichlar faqat katta miqdordagi suyuqlik yoki gazning hajmini o‘lchashda ishlatiladi.



2-rasm. Barabanli uch kamerali hisoblagich: (1 - aylanma naycha; 2 - ichki silindr; 3 - pastki tirqish; 4 - olchash kamerasi 1; 5 - ichki silindrdagi boshliq; 6 - olchash kamerasi 2; 7 - kameraning tugash teshigi; 8 - naycha; 9 - stakan; 10 - olchash kamerasi 3; 11 - korpus)

Rasmda uch kamerali barabanli suyuqlik hisoblagichning eng keng tarqalgan modeli ko‘rsatilgan. Hisoblagich o‘qi atrofida suyuqlik kirib, so‘ngra ichki silindrga quyiladigan aylanma naycha bor. Silindrda o‘lchash kameralari bilan ulangan uchta teshikcha mavjud. Silindrdan suyuqlik pastki teshikchadan o‘tib, 1-o‘lchash kamerasiga kiradi. Bunda, hisoblagichning balansi buzilmaydi, chunki kamera markaziy vertikal o‘qga nisbatan simmetrik pozitsiyani egallaydi. 1-kamerani to‘ldirgandan so‘ng, silindrdagi sath ko‘tariladi va suyuqlik teshikcha orqali 2-kamerani to‘ldirishni boshlaydi.



Natijada ogirlik markazi chapga siljiydi va hisoblagich soat yonalishiga qarshi 120 ° ga aylanadi. 7-teshikcha orqali suyuqlik 1-kameradan chiqish naychasiga ulangan qurilma korpusiga tokiladi va 2-kamerasi tolishni davom ettirib pastki pozitsiyani egallaydi. Hisoblagichning songgi devoridagi ochiq uchlari bilan tugaydigan quvurlar kameradandan havo olib chiqishga xizmat qiladi..

Kameraning juda tez bo‘shashiga yo‘l qo‘ymaslik va barabandagi suyuqlik boshqa kameraga kirib ketishining oldini olish uchun to‘siqlar qo‘yiladi.

Sanoatda har bir kameraning nominal hajmi 0,33; 1; 2; 5; 10 va 20 litr bo‘lgan barabanli hisoblagichlar ishlab chiqariladi.

(1 - 100) qmax oralig‘idagi o‘lchov xatosi 1% dan oshmaydi, va (0-1) qmax oralig‘ida 2% dan oshmaydi.



Barabanli hisoblagichning xatosi quyidagilarga bogliq:

  • suyuqlikning sirt tarangligiga;

  • uning haroratiga;

  • yopishqoqligi va zichligiga va boshqalar.

Bundan tashqari, sarf qancha kop bolsa, yuqoridagi omillarning xatoga tasiri shunchalik kop boladi.


3-rasm. Barabanli hisoblagichda δq xatolikning sarfga bog‘liqligi (1 - suv; 2 - spirt; 3 - moy; 4 -dvigatel moyi; 5 - qurilmada ishqalanish kuchaygandagi suv.)

Suvni o‘lchashda (1-egri chiziq, 3-rasm), sarf qanchalik past bo‘lsa, suyuqlikning bir qismi o‘lchash kamerasidan ichki silindrga oqib chiqishiga olib keladigan kapillyar kuchlarning ta’siri kuchayadi. Shuning uchun, past sarfda, 1 egri ko‘tariladi va kichik musbat xato mavjud. Havoning suyuqlikdan ajralib chiqmaganligi va o‘lchash kamerasi hajmining bir qismini egallashi sababli, yuqori sarflarda1-chiziqda yana ko‘tarilish paydo bo‘ladi. Juda katta sarf bo‘lsa, 1-sonli egri chiziq keskin pasayadi, chunki ichki silindrda suyuqlik darajasi ko‘tariladi va havo trubkasi orqali kameraga 10 va undan keyin qurilma korpusiga kiradi.



Sirt tarangligi past bo‘lgan spirt uchun 2-egri chiziq gorizontalga yaqin. Shuning uchun, agar 100: 1 oralig‘idagi suvdagi xato 1% bo‘lsa, spirt tarkibida u 0,4% gacha kamayadi. Qovushoq suyuqlik natijasida kameralarning devorlari suyuqlik qatlami bilan qoplanadi va ularning foydali hajmi kamayadi. Bu 3 va 4-sonli egri chiziqlar boshida katta musbat xatoga olib keladi. Bundan tashqari, ichki silindrdagi sath ko‘tariladi va sarfi suv yoki spirtga nisbatan ancha past bo‘ladi, suyuqlik havo trubkasidan 5-kameraga oqib chiqadi va bu egri chiziqning keskin pasayishga olib keladi.

Barabanli gaz hisoblagichlari ishlab chiqarishda ishlatilmaydi, ular faqat laboratoriya ishlari uchun ahamiyatini saqlab qolgan. 1-GSB-160 va 1-GSB-400 gaz olchagichlari 2 va 5 l olchovlarning toliq hajmiga ega, xato 1-2%.

Download 239.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling